O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA FUQAROLARNING BURCHLARI, HUQUQ VA ERKINLIKLARI
Sunnatjon Jalil o'g'li Eshpo'latov
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari, shaxsni sha'ni, qadr qimmati, huquqlarini hurmat qilish, xalq qabulxonalari, fuqarolarni huquqlari himoya qiladigan davlat organlari haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: Huquq, fuqaro, inson, qonun, konstitutsiya, erkinliklar, ijro etuvchi hokimiyat, daxlsizlik, manfatlar, modda, norma, axborotlashtirish.
Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson qadri ulug'lanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy tajriba to'plandi.
O'zbekiston bugun o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo'lida dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirish uning maqsadi, ko'lamiga monand va munosib bo'lgan yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni shakllantirishni taqozo etadi.
Shu nuqtai nazardan, konstitutsiyaviy islohotlar tabiiy rivojlanish natijasi bo'lib, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun o'ta ahamiyatlidir, adolatli jamiyat qurish yo'lida ulkan qadamdir.
Binobarin, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha'ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat'iy qoidaga aylantirish, bir so'z bilan aytganda, "Inson qadri uchun" g'oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo'lgan "Inson -jamiyat - davlat" degan yondashuvni yangi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashuvdagi nutqida "Bosh maqsadimiz - har bir yurtdoshimiz ushbu hujjatni mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukammal darajaga olib chiqishdir", deb ta'kidlagan edi.
266
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^TheCOn
1992-yildan buyon konstitutsiyaga 15 marta o'zgartirishlar kiritilgan edi Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim, 27 bob va 155 ta moddadan iboratdir. Konstitutsiyaning 2 bo'lim 5 bobida fuqarolarning burchlari, huquq va erkinliklari belgilab qo'yilgan. Inson va fuqaroning burchlari va erkinliklari - insonga bekamu ko'st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda o'z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. O'zR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qo'llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi; O'zbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yo'li bilan himoya qilinishini kafolatlaydi.1 Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, o'zgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, o'zgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga o'z huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarishga yo'l qo'yilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni ta'minlashga qaratilgan, bu esa Respublika hududida bo'lib turgan yoki yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun ham bir xilda amal qilinadi, chet el davlat elchilari va konsullari bu holatdan mustasnodir chunki bu mansabdor shaxslar uchun alohida xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi. Barchamizga ma'lumki, insonning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari eng oliy qadriyat deb e'tirof etilgan. Adolat, tenglik, fuqorolarning huquqi va erkinliklaridan sud qarorlarisiz mahrum etib bo'lmasligi Konstitutsiyamizning 19-moddasida ko'rsatib o'tilgan. Ushbu moddada "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdir. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas",2 deb ko'rsatilgan. Gumon qilinuvchi shaxs aybi isbotlanmaguncha sudning hukmisiz uni aybdor deb atashga hech kimni haqqi yo'q, huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxs jinoyatda gumon qilingan paytdan boshlab 48 soat ichida uni aybini isbotlashi kerak bo'ladi, agar haqiqatdan ham shaxs aybdor bo'lsagina sud ajrimi bilan uni qamoqqa olinadi yoki aybi isbotlanmasa shaxsni darhol qo'yib yuboriladi.
1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
2 O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi // Qonuni; Toshkent: 28.07.2021 O'RQ-703-son 7-bet; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 02.03.2024-y., 03/24/917/0170-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son.
267
2024-yil, 7-dekabr
Hozirgi kunda viloyat va tumanlarda 4 ta sektor faoliyat olib bormoqda bu ular hududdagi har bir xonadonga kirib, xonadon egalarini qiynayotgan muommolar, tashvishga solayotgan masalalarni tahlil etib zarur choralar ko'rmoqdalar.Bundan tashqari har bir tuman, shaharda Prezidentimiz tashabbusi bilan Xalq qabulxonalari tashkil etildi, bu fuqarolarni qaysi sohalarda muammoli vaziyatlari o'rganilib ularga amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda. Hozirgi kunda xalq qabulxonalari fuqarolar manfatlarini ta'minlovchi ishonchli maskanga aylandi. Ilgari yurtimiz fuqarolari biror bir muommoni hal qilish uchun tashkilotlar eshigi tagida soatlab navbat kutar edilar. Fuqarolarning muommolarini yengillashtirish, xalqning dardini eshitish uchun Prezident virtual qabulxonalari joriy etilishi ham yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va burchlariga katta e'tibor berilayotganligining yorqin dalilidir. Darhaqiqat, fuqarolarimizga berilayotgan mana shunday huquq va erkinliklar farovon kelajagimizning poydevoridir. Ozbekistonda insonlarning huquqlarini taminlash maqsadida bir nechta tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ularga misol qiladigan bo'lsak, sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar va ombudsman organlarini misol qilishimiz mumkin. Bular ham malum bir manoda insonga huquq va erkinliklar beradi. Adliya organi insonlarga huquqiy jihatdan komaklashadi va ularning buzilgan huquqlarini himoya qiladi. Yana bir institut bu Ombudusman hisoblanadi. Ombudsman so'zi -bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda «inson huquqlarini himoya qiluvchi» sifatida tushuniladi. Bu so'z shved tilidan olingan bo'lib "vakil" degan ma'noni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik Parlament shakllangandan so'ng 1809 yildan Parlament huzuriga ko'chgan. Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan. Ushbu institut MDH hududida birinchilardan bo'lib O'zbekistonda ta'sis etilgan. Hozirda ham bu instituti oz faoliyatini olib bormaqda fuqarolarga ko'maklashmoqda. Sud tizimiga nazar soladigan bo'lsak, "Sudlar to'g'risidagi" Qonunining 11-moddasida ham keltirilgan. Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e4iqodi, shaxsiy hamda ijtimoiy mavqeidan qafi nazar, qonun va sud oldida tengdir.3 Ushbu moddadan ko'rinib turibdiki, sud hamma fuqaroning ishlarini bir xilda ko'radi va ularning huquqlarini himoya qiladi, odilona qaror qabul qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo'lib mustahkamlangan. Bular: «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar». Fuqarolarning
3 O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022 PF - 175 - son Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.
2024-yil, 7-dekabr
268
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu O'zbekiston Konstitutsiyasida birinchi o'rinda berilganligida ham ko'rinadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, e'tiqodi bilan bog'liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir. Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi. Ular inson tug'ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta'minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya'ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta'minlanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi. O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda, fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi»4 qoidalariga amal qilindi. Natijada, birinchi marta Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu huquqni ta'minlashni davlat o'z zimmasiga oldi. Shaxsiy huquq va erkinliklar boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo'lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya'ni ba'zi hollarda cheklash qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat'i nazar, foydalanadi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qat'i nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi. Konstitutsiyaga asosan, shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog'liq, insonning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.
XULOSA
O'zbekistonda inson qadr-qimmati va uning hayoti oliy qadriyatdir. Inson hayotiga qilingan tajovuz eng og'ir jinoyatdir. Har bir shaxsning huquqlari Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan holda himoyalanadi. O'zbekiston Respublikasi o'z fuqarolarini o'z hududida ham, tashqarisida ham himoya qiladi va ularga homiylik qiladi. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va davlat bir-biriga nisbatan huquq va burchlari bilan o'zaro bog'liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarida mustahkamlab qoyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir,ularni sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga hech kim haqli emas.
4 M.Sattarov, U.Xolboyev, E.Eshtemirova, Inson huquqlari va erkinliklari doim qonun himoyasida // maqola 4 -bet
269
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons
REFERENCES
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil.
9. https://ombudsman.uz/oz/managements/ombudsman
10. O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi Qonuni; T:2022; 7-bet;
270
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
11. Xolboyev U. Eshtemirova E. Sattarov M. Inson huquqlari va erkinliklari doim qonun himoyasida maqolasidan 4-bet
12. Safaraliyeva Sh. Fuqarolarning huquq va burchlari maqolasidan.
13. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
14. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
15. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
16. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
17. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
271
2024-yil, 7-dekabr