SHAXS DAXLSIZLIGI, ERKINLIK VA YASHASH HUQUQINI TA'MINLASHNING MILLIY HAMDA XALQARO-HUQUQIY NEGIZLARI
Diyora Xusanova
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada shaxs daxlsizligi, erkinlik hamda yashash huquqining milliy va xalqaro-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Barchamizga ma'lumki ushbu fundamental huquqlar har bir insonning xavfsiz va erkin hayot kechirishi uchun muhim omillardan hisoblanadi. Maqolada shaxsiy daxlsizlik va erkinlik huquqlarining inson huquqlari sohasidagi universal prinsiplari, shuningdek, ularni ta'minlash uchun milliy qomusimiz bo'lgan Konstitutsiya va xalqaro hujjatlar asoslari muhokama qilinadi. Milliy darajada ushbu huquqlarni ta'minlash usullari, tegishli qonunchilik me'yorlari va davlatlar o'rtasidagi hamkorlik masalalari yoritib beriladi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan konvensiyalar, deklaratsiyalar va shartnomalar hamda ularning amaliy qo'llanishi ko'rib chiqiladi. Mazkur maqola yuzasidan olib borilgan izlanishlar va tadqiqot natijalari milliy va xalqaro miqyosdagi inson huquqlarini ta'minlash tizimlarini chuqurroq anglash uchun nazariy va amaliy xulosalar beradi.
Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy huquqlar, shaxsiy daxlsizlik, yashash huquqi, xalqaro konvensiyalar, huquq va erkinliklar, fundamental huquqlar, due process, Inson huquqlari monitoringi.
Dolzarbligi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir insonning fundamental huquqlari sifatida xalqaro va milliy darajada e'tirof etilgan. Biroq zamonaviy dunyoda globalizatsiya, texnologik rivojlanish va xalqaro munosabatlarning murakkablashishi tufayli ushbu huquqlarni ta'minlash hamda himoya qilish muammolari yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro huquqiy normalar va milliy qonunchilik asoslari bu huquqlarni kafolatlaydi, ammo ularni amalda ta'minlashda ko'plab muammolar, jumladan, noqonuniy hibslar, shaxsiy hayotga aralashish, qochqinlar va migratsiya masalalari, shuningdek, kiberxavfsizlik muammolari mavjud.
Metodlar. Ushbu maqolani yozishda empirik, normativ-huquqiy, qiyosiy-huquqiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, tarixiy, statistik metodlaridan foydalanilgan.
247
2024-yil, 7-dekabr
Kirish: Davlat inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligidan kelib chiqib, o'tgan yillar mobaynida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta'minlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, shaxsiy huquqlarni ta'minlash va himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslari, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida",1 "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida", "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi2 kabi qonunlarni qabul qildi.
Tadqiqot natijalari: Shaxs daxlsizligi, erkinlik va yashash huquqi har bir insonning ajralmas tabiiy huquqi sifatida milliy hamda xalqaro miqyosda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy qonunchilik, shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarni kafolatlaydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan, mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustuvor qo'ygan holda demokratik jamiyat qurishga asos bo'ldi. Konstitutsiyaning muqaddimasi, shuningdek, "O'zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib" degan so'zlar bilan, mamlakatimizda inson qadr-qimmati va huquqlarining oliy qadriyat ekanini ta'kidlaydi. Asosiy qonunimizning 13-moddasida esa "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" deb mustahkamlab qo'yilgan. Ushbu tamoyillar davlat organlari va mansabdor shaxslarning asosiy maqsadi va faoliyat yo'nalishlarini belgilab, inson huquqlarini himoya qilishni demokratik jamiyat qurilishini ta'minlovchi eng muhim omil sifatida e'tirof etadi.
2023 yilda O'zbekiston Konstitutsiyasiga referendum asosida kiritilgan o'zgartirishlar, jami 155 moddaning 40 dan ortig'i bevosita inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga, ularni himoya qilishga bag'ishlangan. Bu yangilanishlar, O'zbekistonning xalqaro huquq normalariga mos, adolatli va insonparvar jamiyat qurish borasidagi qat'iy qarorini yanada mustahkamlaydi.
1 O'zbekiston Respublikasining 2017 hhïï 5 Mangara «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida» O'RQ-369-son Qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014-y., 19-son, 209-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son
2 O'zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida // Qonuni, 17.08.2020 yildagi O'RQ-633-son (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 03/20/633/1187-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son) https://lex.uz/docs/-4953314
2024-yil, 7-dekabr
248
Inson huquqlarining asosiy elementi sifatida yashash huquqini ta'kidlab o'tish zarur. Yashash huquqi, insoniyat tarixining ilk davrlaridan boshlab, odamlarning hayotini himoya qilish maqsadida yuzaga kelgan. Dastlabki huquqiy tizimlar, ayniqsa qadimgi jamiyatlarda, inson hayotining daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan edi. Biroq, yashash huquqining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi va rasmiy tan olinishi, asosan, Yevropadagi zamonaviy huquqiy tizimlar rivojlanishi bilan yuzaga keldi.
Xalqaro huquq doirasida yashash huquqi yanada kuchli kafolatlangan. BMTning 1948-yilda qabul qilingan Inson Huquqlari Deklaratsiyasining 3-moddasida "Har bir insonning hayoti, erkinligi va shaxsiy xavfsizligi daxlsizdir"3 deb belgilangan. Ushbu tamoyil, yashash huquqini himoya qilishning eng muhim xalqaro huquqiy asosidir va har bir insonning hayoti daxlsiz ekanligini ta'minlaydi.
Shu tariqa, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, inson huquqlarini nafaqat ichki huquq tizimida, balki xalqaro huquq darajasida ham himoya qilishga qaratilgan qat'iy qadamlar qo'yadi. Bu esa mamlakatimizda insonning daxlsiz huquqlarini ta'minlash, uning hayotini, erkinligini va sha'nini himoya qilishda katta ahamiyatga ega.
Yana bir muhim xalqaro huquqiy hujjat, "Yevropa inson huquqlari konvensiyasi" hisoblanadi. Konvensiyaning 2-moddasida: "Har bir insonning hayoti daxlsizdir,"4 deb belgilangan, bu esa yashash huquqining himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu konvensiya, yashash huquqining xalqaro miqyosda ta'minlanishining muhim poydevorini yaratadi. Shuningdek, BMT tomonidan qabul qilingan Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi pakt ham yashash huquqini mustahkamlashga yo'naltirilgan hujjatlardan biridir. Paktning 6-moddasida yashash huquqi alohida ta'kidlanadi va har bir insonning hayoti daxlsiz ekanligini tan oladi.5
Konstitutsiyamizda ham insonning asosiy huquqlaridan biri, uning sha'ni va qadr-qimmatining daxlsizligi belgilangan. Konstitutsiyamizning 26-moddasida: "Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas," deb yozilgan. Bu huquq nafaqat davlat tomonidan, balki xalqaro miqyosda ham mustahkamlashgan bo'lib, inson qadr-qimmati va sha'ni himoya qilinishi kerakligini bildiradi. Shu bilan birga, "Hech kim qiynoqqa solinishi,
3 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi // Darslik / Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y. -448-bet.
4 Yakubov Sh.U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509
5 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.
2024-yil, 7-dekabr
249
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga duchor etilishi mumkin emas," deb belgilangan. Bu tamoyil, insonning daxlsizligini ta'minlashga, uning sha'nini va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan.
BMT tomonidan qabul qilingan qiynoqqa qarshi konvensiya (1984) ham shu maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan hujjatlardan biridir. 1984 yilda qabul qilingan ushbu konvensiya, qiynoqqa solish va boshqa g'ayriinsoniy muomalalarni taqiqlaydi, shu bilan birga, ular bilan kurashish va ularga qarshi kurashish maqsadida xalqaro huquqiy mexanizm yaratadi. 1987 yilda kuchga kirgan konvensiya, qiynoqqa solishning barcha shakllarini rad etadi va bunday muomalalarga qarshi qat'iy chora-tadbirlar belgilaydi.
Shuningdek, BMTning Inson Huquqlari To'g'risidagi Xalqaro Pakt (ICCPR), 1966 yilda qabul qilingan va 1976 yilda kuchga kirdi. Paktning 7-moddasida ham qiynoqqa solish, zo'ravonlikka, shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoki jazolarni taqiqlash alohida ta'kidlangan. Bu pakt, inson huquqlarini himoya qilish va ularni xalqaro miqyosda mustahkamlashda asosiy huquqiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Konstitutsiya nafaqat huquq va erkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini ta'minlash chora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi. Xususan, hokimiyatlar bo'linishi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so'zsiz tan olinishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kabilar kafolatlandi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz deb e'lon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas, deb belgilab qo'yildi.
Konstitutsiyamizning 28-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi, inson huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bu tamoyilga ko'ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs, uning aybi sudda isbotlanmaguncha va hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsiz deb hisoblanadi. Ya'ni, har bir shaxsning aybsizligi, sud jarayonida to'liq isbotlanmaguncha kafolatlanadi. Bu, shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri bo'lib, uning erkinligini va qadr-qimmatini himoya qiladi.
Ayblanuvchiga o'zini himoya qilish uchun barcha zarur imkoniyatlar ta'minlanadi. Shu jumladan, sud jarayonida o'zini himoya qilish, zarur bo'lsa, huquqiy yordam olish huquqi mavjud. Bu, ayblanuvchining o'zini himoya qilish va
250
2024-yil, 7-dekabr
adolatli sud jarayonidan o'tish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ayblovdagi barcha shubhalar, agar ular bartaraf etilmasa, ayblanuvchining foydasiga qaror qilinadi. Ushbu tamoyil "in dubio pro reo" prinsipiga asoslanadi, ya'ni shubhalar ayblanuvchiga foyda keltirishi kerak (when in doubt, the judge must rule in favor of the accused). Bu, shubhalar mavjud bo'lsa, sud o'zgacha yo'l tutmasligi, balki ayblanuvchiga foyda keltirishi kerakligini bildiradi.
Shu bilan birga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas, ya'ni u o'zini himoya qilish uchun sukut saqlash huquqiga ega. Bu, har bir shaxsning o'zini himoya qilishda erkin bo'lishini ta'minlaydi va uning o'zi haqida sudda so'zlashishga majburlanmasligini bildiradi.
Ushbu barcha jarayonlar, bir so'z bilan aytganda, "due process"ni ifodalaydi. Bu atama, har bir shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlovchi jarayonni anglatadi. "Due process" atamasi, fuqarolarning huquqlariga ta'sir qiluvchi har qanday davlat harakati yoki qaroriga nisbatan qonuniy va adolatli muomala o'tkazilishi kerakligini bildiradi. Bu jarayon, shaxsning asosiy huquqlarini, erkinligini va daxlsizligini himoya qilishdagi muhim jarayonlardan hisoblanadi.
Xulosa: Shaxs daxlsizligi, erkinlik va yashash huquqi - insoniyatning ajralmas tabiiy huquqlari bo'lib, ular jamiyat taraqqiyotining asosi va huquqiy davlatning poydevori hisoblanadi. Bu huquqlarni himoya qilish milliy va xalqaro huquqiy tizimlar o'rtasidagi uyg'unlikni talab qiladi. O'zbekiston Konstitutsiyasi ushbu huquqlarni kafolatlab, har bir fuqaroning sha'ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida tan oladi. Shu bilan birga, xalqaro darajada Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro shartnomalar bu huquqlarni universalligi va daxlsizligini ta'kidlaydi.
Buyuk faylasuf Jon Lokk insonning tabiiy huquqlarini himoya qilishni davlatning asosiy vazifasi deb ta'kidlagan edi. Shu fikrni davom ettirgan holda, Emmanuil Kant insonni maqsad sifatida ko'rish zarurligini ta'kidlab, shaxs daxlsizligi va erkinligini himoya qilish jamiyat axloqiy tamoyillarining o'zagini tashkil etishini aytgan. Zamonaviy yondashuvda esa huquqshunoslar davlat organlarining mas'uliyatini kuchaytirish va xalqaro standartlarga rioya qilishni muhim deb biladi. Mazkur huquqlarning kafolatlanishi faqat qonuniy me'yorlar bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy ta'minotini ham talab qiladi. Bunda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolar jamiyatining o'zaro hamkorligi alohida o'rin tutadi. Xalqaro huquqshunos Rene Kassenning ta'kidlashicha, inson huquqlarini himoya qilishning samaradorligi faqat qonunlar emas, balki ularning ijrosi va fuqarolarning huquqiy madaniyatiga bog'liqdir.
251
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransfioiBeniveiBBBy^^^^^^^^^^^^e^eCons
Xulosa qilib aytganda, shaxs daxlsizligi, erkinlik va yashash huquqini ta'minlash nafaqat davlatning konstitutsiyaviy majburiyati, balki har bir fuqaroning farovon hayotini ta'minlovchi asosiy tamoyildir. Bu huquqlarni himoya qilish uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos islohotlarni davom ettirish va fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish zamonaviy davlatning ustuvor vazifasi bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. Инагамова М. М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик
252
2024-yil, 7-dekabr
йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023 www.lex.uz
9. European Convention of human rights 1948 www.echr.coe.int
10. International Covenant on Civil and Political Rights 1966 www.ohchr.org
11. Universal declaration of Human rights www.un.org
12. The Convention on the Elimination of All Forms of Racial Discrimination (CERD) (1965) www.ohchr.org
13. United Nations Convention Against Torture and Other Cruel, Inhuman or Degrading Treatment or Punishment (1984) www.un.org
14. "The Universal Declaration of Human Rights: Origins, Drafting, and Intent" by Johannes Morsink
15. "Yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini ta'minlashning milliy va xalqaro-huquqiy asoslari" by Ibrohim Shuxratovich Fayziyev Scientific progress Volume 2 Issue 5 2021 ISSN 2181-1601
16. Inson manfaatlari konstitutsiyasi Miravzal Mirakulov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo'lim boshlig'i, yuridik fanlar doktori.
17. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
18. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
19. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
20. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
21. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
253
2024-yil, 7-dekabr