"ILOHIYNOMA"ASARIDAGI MUSO ALAYHISSALOM BILAN BOG'LIQ
HIKOYATLAR TAHLILI
Nafosat Kamol qizi Tilakova
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi II kurs magistranti nafosattilakova280@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Farididdun Attorning "Ilohiynoma" asaridagi Muso alayhissalom bilan bog'liq hikoyatlari tahlil etilgan. Hikoyatlar sujeti bayon etilib, ularning mohiyati, ma'naviy ozuqasi yoritilgan.
Kalit so'zlar: Muso, obid, Alloh do'sti, rizq, iblis, taqdir.
ABSTRACT
This article analyzes the stories of Musa (as) in Farididdun Attar's Ilahiynama. The subject of the stories is told, their essence and spiritual nourishment are explained.
Keywords: Moses, obid, friend of Allah, sustenance, satan, destiny.
KIRISH
Muso alayhissalom obrazi mumtoz adabiyotimizda ko'p va xo'b qo'llanilgan. Muhammad (s.a.v.), Sulaymon, Xizr, Iso, Yusuf alayhissalomlar singari Muso alayhissalom obrazi va u kishi bilan bog'liq voqealar tizgini turfa talqinlarda tasavvuf adabiyoti hamda mumtoz adabiyotda nodir asarlar yaratilishiga imkoniyat bergan. Muso alayhissalom nomi Qur'oni Karimda 136 marta tilga olingan. Ba'zi rivoyatlarda Muso „Bani Isroil" qabilasida tug'ilishi, Misr podshohi (fir'avn) ning taxtdan ketishiga sababchi bo'lishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Alloh, Musoni Isroil qabilasini Firavn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga da'vat qiladi. Muso qo'lidagi tayoqning ilonga aylanishi, cho'ntagidan qo'lini chiqarganda oyna kabi yaltirab ko'zlarni qamashtirishi kabi mo'jizalarga ega bo'lgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar payg'ambar deb hisoblaydilar. Qozi Muhammad Sulaymon Salmon Mansurpuri rahmatullohi alayh "Muso alayhissalom ismlarining ma'nosi suvdan chiqarib olingan deganidir. U kishi solingan sandiqcha suvdan chiqarib olinganida, bu ism qo'yilgan" 1 - deya qayd etgan.
Manbalarda Alloh taolo payg'ambarlikda Musoga to'qqiz narsa: aso (tayoq), bayzo (porlagan qo'l), infijor (bit), infilok (shamol), toshqin (sel), chigirtka, kuya, baqa,
1 «Rohmatan lil a'lamiyn» kitobidan, 3-jild, 603-bet
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
qon berganligi aytiladi. Shulardan she'riyat badiiy-estetikasini o'ziga rom etgan hamda obraz ramziyatini ta'minlaganlari mo''jizalarga qodir "aso" va yuqoriga ko'targanda o'zidan porloq nur taratadigan "bayzo" timsollari hisoblanadi. Kalimulloh sifati ham boshqa nabiylardan farqli bo'lgan Musoning hollaridandir. Bu uning Alloh bilan so'zlashganiga nisbatan olingan maqomi bo'lib, badiiy talqinlarda turli majoziy holat va manzaralarni ifodalab keladi. Muso tarixiga oid "diydor talablik" motivi ham xuddi shunday nuqtalardan bo'lib, bu maqom qaysidir ma'noda Rasululloh "uruj holi"ga yaqin. Tasavvuf she'riyatida diydor - tajalliy, uruj - vahdat ul-vujudning tamsil ifodasi bo'lib keladi. Shu ma'noda mumtoz talqinlarda "bayzo" tajalliyotni ifoda etganligi aytiladi. Ikkinchi bir tomondan Musoning bani Isroil bilan turli sinov va to'siqlar osha sayri tasavvufda solikning sayru sulukiga ramz etiladi. Bunda Fir'avn solik yo'lida uchraydigan foniy nafs qutqulari timsoli bo'lib keladi.
Hazrati Attor benazir "Ilohiynoma" asarida payg'ambarlar obrazini mohirona qalam bilan bitarkan, Muso alayhissalom bilan bog'liq qator hikoyatlarni mahorat va ilohiy kuch bilan yozgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shayx Farididdun Attor Muso obrazini yoritarkan, har bir hikoyatda kitobxonga bir dars beradi. Hikoyatlar didaktik ruhda va mohiyatan teran. Masalan, "Hazrati Muso va ko'p ibodat qilguvchi kimsa hikoyati" orqali Attor bandalik shartini eslatmoqda. Musoga bir obid umrini Allohga ibodat qilish bilan o'tqazayotganligiga qaramay qismatida badbaxtlik bitilgani, borib uni ogohlantirish kerakligi vahiy qilinadi. Musoning so'zlarini tinglaganidan so'ng ham obid ibodatga yanada zo'r beraveradi. U, Allohdan keladigan ish yomon bo'lsa ham men uchun yaxshidir, deydi.
Olovga suvni ur, andin ne kelgay?
Ne kelsa, xush kelur, ko 'ngling ochilgay.
Yordan kelgan jafo ham oshiq uchun totlidir. Haqni chin sevguvchi obid asl ishq mohiyatiga yetganligi sababidan Musoning so'zlari unga zarra qadar bo'lsa-da ta'sir etmadi.
U dargohdin ne kelsa, yozig 'ing ul,
Hama yaxshi, yomon, jon ozig 'ing ul.
Boshiga tushadigan har bir ish Allohning bitib qo'ygan qadari bilangina sodir bo'lar ekan, oshiq qul nega parishon bo'lsin? Obid ibodatlarini jannatga erishish, do'zaxdan xolos bo'lish uchun emas, balki yolg'iz Allohning rizoligi uchungina qilyapti. Shuning uchun ham uni do'zax qo'rqitmaydi, Allohdan kelgan har ish labbay deya javob beradi.
Yaqinmanmi, yiroqmen, o 'ylamam bir,
Hamisha men uning oldida hozir...
Obidning javoblari Allohga xush keladi va uning qismatini badbaxtlikdan baxtiyorlikka o'zgartiradi. Demak, bandalik burchi shuki, inson ibodatni natijasiga ahamiyat qaratmay, balki yolg'iz Alloh rizosi uchun qilmoqligi kerak. Oshiqlar yolg'iz Allohning yuzini istaydilar. Alloh ham ularni istaydi. Va ularni sadoqatini smash va yanada toblash uchun ularga bizni nazdimizda musibat va jazoday ko'ringan sinovlarni jo'natadi. Allohni talabgorlari bundagi hikmatni anglab yanada ibodatlarida bardavom bo'ladilar.
Shayx Attor ushbu hikoyatni keltirish orqali obid kabi faqat Alloh roziligi uchungina ibodat qilishga undaydi. Riyodan qochmoq, sof iymon bilan Allohga taqvo etmoq banda taqdirini baxt tomon burib qo'yadi [1-20]. Qolgani Allohga havoladir. Zero istasak ham, istamasak ham biz Allohni irodasi ostidamiz. Umar Hayyomning quyidagi misaralari ham buning tasdig'idir. Vujudimizgaki, ne naqsh solibsen, Yuzlab ajoyibot bizdan olibsen. Men bo 'la olmayman bundan yaxshiroq, Yasashda sen o 'zing shundoq qilibsen...
"Ilohiynoma" hikoyatlari ichida ko'ngil imoratini titratib yuboradigan hikoyatlaridan biri bu "Hazrati Musoning tangri taologa iltijo etgani" hikoyatidir. Hikoyat bandani Allohdan boshqasiga suyanishni noto'g'ri ish ekanligiga urg'u berish bilan birga o'z aslini va dunyoga munosabati qanday bo'lishi kerakligi teran bayon etgan. Bir kuni Muso alayhissalom Alloh taolodan do'stlaridan birini ko'rsatishini yolvorib so'raydi [21-36]. Allohga do'st bo'lish maqomiga erishgan suyuklini ko'rish hatto payg'ambarga orzu bo'lib turganidan bu maqomni naqadar yuksak ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Baland dargohimizning xosidir ul, Kunu tun bizni deb doim bosaryo 'l...
Bu misralarda ham ul do'stning darajasini Alloh aziz qilganligi izohlanadi. Muso uni ko'rishga oshiqadi. Borib janda yopingan, boshini bir siniq g'ishtga qo'ygan, atrofida chumoli-yu pashshalar g'ujgon o'ynagan bir bechorani ko'radi. Muso unga rahmi kelib biror ehtiyoji bormi-yo'qmi so'raydi. U Musodan bir qultum suv istaydi. Nabiyulloh suvni olib kelganida esa uni jonsiz holda ko'radi. Ming qayg'u bilan uni dafn etib Allohdan bu ishning hikmatini so'raydi: Dedi ul Haqqa: ey donandayi roz, Chu asrab o'stirarsen birguli noz.
Bu sho'rlik istamishdi bir yutum suv, Muyassar bo 'Imadi lek unga orzu.
Banda har bir hojatini Allohdan so'rashi kerak. Tavhidni eng birinchi sharti ham banda va Alloh orasida hech qanday begonani bo'lmasligidir. Agar zarra miqdorda Alohdan boshqadan umid qilishlik, bandani tavhid maqomidan uzoqlashtiradi.
Nechun suv bergali baxti qaroga,
Musoning ilki tushdi bul aroga?
Oraga vosita tushdi, birlik maqomi yo'qoldi. Shu paytga qadar u Allohdan suv so'rardi va Allohgina unga o'z ne'matidan o'zi istagani qadar berardi. Endi bir bandadan suv so'radi, Allohning rahmatidan uzildi va shu onda yo'q bo'ldi, jonidan ayrildi. Banda Alloh uchun bir amal qilsa va niyatida zarracha xolislik ketsa, Alloh bu amalni o'zi uchun deb qabul qilmaydi. Qalbni mutloq Allohga band qilish qiyin ish bo'lib, bunga dunyo muhabbati va qorin tashvishi, hamda hoy-u havaslardan to'siqlar qo'yilgan. Bu illatlardan tamom qutilmaguncha, hech kim Alloh do'stligiga erisholmaydi. Bu illatlardan qutilishni yo'li Alloh o'zi buyurgan shariat hukmlariga mutloq bo'ysunish va har bir ishni Allohdan deb bilish va barcha hojatlarini yolg'iz Undan so'rashdir. Ya'ni, o'zini Allohga topshirish va hech bir ish Uni istagisiz amalga oshmasligiga mutloq imon keltirish. Bu tavakkul maqomidir. Tavhid ham shudir. Oshiqlikni da'vo qiluvchi bularsiz maqsadga borolmaydi. Alloh bu bandani sevgisini qabul qilmaydi. Dargohga yaqinlashtirilmaydi. Endi qiyomatda bu bandadan har bir amali haqida bittama- bitta so'raladi. Hikoyatda bu haqda eslatilgan:
Aroga bas, bir begona kirdi endi,
Uni biz ham arodin surdik endi.
Bas endi, bermaguncha bizga tokim, Siniq g 'isht, jandaning sarhisobin.
Attor nasihatlarida qayta va qayta dunyo makrlaridan ogohlantirilishi shu sababdandir. Hikoyatni ixlos bilan o'qigan har kim bu haqiqatni o'z boshida kechirayotganiga amin bo'lishi shubhasizdir. Sharximni buyuk imom Abu Homid G'azzoliyni buyuk ogohlantirishi bilan yakunlamoqchiman: Dunyo podshohlari zarracha kiri bor kiyimni libos o 'rnida qabul qilmas ekanlar, nega dunyo kirlari bilan to 'la qalbingni olamlarpodshohi bo 'lgan Alloh qabul qilsin...
"Hazrati Muso hikoyati" didaktik ruhda yozilgan bo'lib, bandani dunyo bilan qanday muomala qilishini ta'lim bermoqda. Bu kichik hikoyati bilan Attor dunyo va din munozarasi borasidagi o'z qarashlarini bayon etadi. Haq taolo Musoga yolg'iz qolganda diliga nazar tashlamoqlikni amr etyapti. Chunki ko'ngil Allohning mulki. Haqiqiy mo'minni qalbi Allohning uyidir. U qalbda Alloh yashaydi. Bunday qablarni ziyorat etish, xushnud etish Allohni ham rizoligiga sabab bo'ladi. Quyidagi mashxur bayt bunga misoldir:
Tavofu bayt ul halil kori osonast,
Tavofu bayt ul jalil kori mardonast.
Ya'ni, Ibrohim halilulloh qurgan kabatullohni borib ziyorat qilish oson, imkoni bor odam borib tavof qilib kelaveradi. Ammo asl Allohning uyini, mo'minning qalbini ziyorat etish, tavof qilish bu mard odamning ishidir. Attor avvalo qalbni pok tutmoq shartligini uqtirgach, xalq orasida qanday bo'lmoq lozimligini uqtiradi.
Agar xalq birla bo 'Isang, mehribon bo 'l, Tilingga berma erk, shirin zabon bo 'l.
Odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo'lmoq lozim. Kibrdan qochish, oyoq ostiga nazar tashlab boshni egib yurmoq solih qulga yarashar. Zero, oshiq qaddi kamon kabidur. Nafni jilovlash, rizq topaman deb Alloh ibodatidan benasib qolish bu g'ofillikdan o'zga narsa emas. Rizq umidida Haq rizoligidan benasib qolish, dunyo havaslarini deb yelib yugurgan kishi faqat xato ichradur. Rizq Allohdandir. Go'dak dunyoga kelarkan onasi ko'ksida sut paydo bo'ladi. Alloh har bandaning rizqiga kafil bo'lgan, lekin jannatga kirishiga kafil bo'lmagan. Hikoyat so'ngida shoir: Agar oqil esang, savdoni qo 'ygil. Bugunni o'yla sen, ertoni qo 'ygil
-deb bu holatga xulosa yasagan bo'lsada, men bu misralarni tasavvuf ko'zgusida ko'rsatishga jur'at qilmoqchiman. Bu misradagi erta nafaqat dunyo balki, oxiratda va'da qilingan Allohning mukofatlariga ham taalluqlidir. Banda ibodat va itoatidan shu mukofatlarni maqsad qiladi va bu kelajak tashvishlari hisoblanadi. Bugun esa hamisha bor va hozir-u nozir bo'lgan Allohni muhabbati bo'lib, bu muhabbatni natijasi kelajakka havola qilinmagan. Chunki Alloh doim biz bilan birga va doim bizni qalbimizdan O'zi uchun manzil istaydi. Deyilmoqchiki, Allohni muhabbati va natijasi ham naqd turganda, "nasya" bo'lgan jannat savdosini qo'ygin. Bor himmatingni Uni sevgisiga bag'ishla. Ertangi kuning ham, rizqing ham Uni qudrat qo'lida. Shu ma'noda Umar Hayyom ajoyib o'xshatish qilmish:
Derlar, jannatda hur, kavsar bo 'larmish, Ariq to 'la sut, shakar bo 'larmish, Piyolani to 'ldirib qo 'lginamga ber, Ming nasyadan bir ,,naqd" hushtar bo 'larmish...
"Hazrati Muso va Iblis hikoyati"ni tasavvuf xiyobonida turib tahlil etamiz. Bir tunda Muso alayhissalom Tur tog'iga yo'l olganda mal'uni lain-shaytonni ko'rib qoladi. Undan nega Odamga sajda qilmading deb so'roqlaydi. Iblis hech bir sababsiz Haq dargohidan quvildim deydi.
Chu bosh egmoqqa erk bo 'lsaydi menda, Kalimulloh bo 'lardim balki unda
Agar zarra qadar erkim bo'lganida kalimulloh bo'lardim deya javob bermoqda iblis. Hayotimizda sodir bo'layotgan har ish Olamlar Parvardigorining yozgan qadaridir. Bandasi har qancha urinmasin bu yozilmishlardan qochib qutula olmas. Faqatgina pok
iymon bilan qilingan duolar, istig'forlar taqdirimizni o'zgartirishi mumkin. Vallohi a'lam.
Shu gunohkorliging birla Allohni yod etasanmi deya so'roqlagan Muso iblisdan kutilmagan javob oladi.
Agarchi menga qancha qahri bordir,
Mening qalbimda shuncha mehri bordir.
Attor atri hikoyatning mana shu yerida o'zgacha ifor taratadi. Allohga isyon etib la'natlangan shayton ham Allohdan umid uzmas, mehrga to'la qalb bilan Haq oldida hozir. Ki ag'yor Haq uchun bel bog'lagan ekan sen nechun hamon ortdasan? Nafsing sehrbozlikni istar, ammo bu yo'lda xor bo'lgan Xorut va Morut hamon do'zax ichra zorlin unutdingmi? Ular har ikkisi sehr bobida yagona bo'lib ham o'zini choxdan qutqara olishmadi. Shunday ekan bu ilm bilan ko'ngil shod bo'larmi? Aslo! Sen sehring ila nafsingni xushlab yurganingda bir aso kelib nahang kabi barchasini yutib yuborur. Xuddi Muso asosi yanglig'. Fir'avn sehrgarlaring sehrlarini Alloh amri ila yutib yuborgan Muso asosi yanglig'. Sening zehningni shayton chulg'abdur. Ya'ni nafsing faqat havoyi narsalarni istayotur. Agar nafsingni, ko'nglingdagi shaytonni chin musulmon eta bilsang sehring fiq-u kufring iymon bo'ladi. Sehrning haloli shudir. Shunday qilsang kamolga yetasan.
Uni etmoqqa qodirsen ham et,
Etarkan, o 'zgacha etma, chunon et. XULOSA
Farididdun Attor hikoyatlari mohiyati va falsafasi chuqur. Ma'no olamiga g'arq bo'lib, fanoga yetmoq uchun ruhga ozuqa beradi. Muso alayhissalom mumtoz asarlarda ham ko'p hollarda tolib sifatida talqin etiladi. Misol uchun Xizr alayhissalom va Muso uchrashuvi singari. Qur'oni karimning "Kahf surasi"da Xizr va Muso uchrashuvi haqida gap boradi. Unda keltirilishicha, Muso a.s. Allohga murojaat qilib, ozidan ham ilmi ziyoda kishi bor yoki yo'qligini so'raydi. Olloh taolo Xizr undan ilmliroq ekanligini aytadi. Muso Xizr bilan uchrashadi. Unga hamroh bo'lishga ruxsat so'raydi. Xizr u nima ish qilsa ham o'zi aytmaguncha so'ramasligini uqtiradi. Yo'lda Xizr tomonidan kemaning teshilishi, bir bolani o ldirishi, yiqilay deb turgan devorni tuzatishi Musoni hayratga soladi. Sabr qilolmay, har birining sababini so'raydi. Xizr hamrohlik shu yerda tugashini aytadi va voqealar sababini izohlaydi. Ayrim ulamolar shunday deyishgan: "Bu oyatda, garchi martabalari farq qilsa ham, ilm oluvchi olimga itoat qilishiga dalolat qilinmoqda. Musoning Xizrdan ta'lim olishi Xizrning Musodan afzal ekanini ko'rsatmaydi. Zero, fozil fazilatda o'zidan pastroq darajadagi odamdan ham tahsil olishi mumkin. Demak, Alloh u ikkisidan birini boshqalar bilmaydigan ilm bilan siyladi. Muso alayhissalom ilmi shariat ahkomlari, zohiriy hukmlar bilan bog'liq edi. Xizr alayhissalom ilmi esa ba'zi g'ayb narsalar va botiniy ma'rifat bilan bog'liq edi".
ADABIYOTLAR:
[1] Shayx Farididdun Attor. Ilohiynoma. T. :Musiqa,2007. 270-bet
[2] «Rohmatan lil a'lamiyn» kitobidan, 3-jild, 603-bet
[3] Umar Hayyom. Ruboiylar. T. : 0'qituvchi,2017.
[4] @Fariduddin_Attor telegram kanali
[5] Ашурова, Ф. Л. (2019). Фонетический аспект коммуникации. Novalnfo. Ru, 7(97), 123-125.
[6] Ашурова, Ф. Л. (2019). Коммуникативная значимость просторечной лексики в стиле газет. Наука и образование сегодня, (7 (42)).
[7] Азизова, Ф. С. (2009). Непрерывное образование педагога: среда, истоки и условия. Образование через всю жизнь. Непрерывное образование для устойчивого развития. Труды международного сотрудничества, 7, 419-422.
[8] Saidbakhramovna, A. F., & Lutpullayevna, A. F. (2020). Teaching English Phraseological Units to Linguistic University Students. Journal of Critical Reviews, 7(5), 671-674.
[9] Azizova, F. S. (2018). Linguacultural peculiarities of teaching English phraseological units to the students of higher educational establishments (based on the examples of English and Uzbek languages) (Doctoral dissertation, Thesis paper for Doctor of Philosophy in Philology.-Tashkent).
[10] Azizova, F. S. (2018). Lingua-cultural features of teaching phraseological units in the Uzbek language to the students of higher education establishments (under the examples of English and Uzbek languages): The dissertation thesis (PhD). Tashkent,-56
P.
[11] Saidbakhramovna, A. F. (2020). Linguoculturological aspect of phraseological units as an object of translation. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(1).
[12] Азизова, Ф. С. Семантическая классификация ФЕНЖ по о тематическим группам/Электронный журнал SCIARTICLE.
[13] Azizova, F. S. (2021). THE ROLE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH PHRASEOLOGICAL UNITS. Scientific progress, 2(8), 438440.
[14] Saidbakhramovna, A. F. (2018). SPECIFIC FEATURES IN TEACHING ENGLISH IDIOMS AS A FOREIGN LANGUAGE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 6(6).
[15] Азизова, Ф. С. (2009). Проблемы перевода фразеологизмов в системе непрерывного образования. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, 7.
[16] Tuksanova, Z. I., Ashurova, N. A., Safarova, G. A., & Hikmatova, M. F. (2018). HEALTH STATUS OF SCOOL CHILDREN DEPENDING ON HEALTH CARE ACTIVITIES OF FAMILIES. European science review, (9-10-2), 164-166.
[17] Furkatovna, H. M. (2021). TO STUDY THE ANTHROPOMETRIC PARAMETERS OF CHILDREN AND ADOLESCENTS INVOLVED IN ATHLETICS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(06), 238242.
[18] Furkatovna, H. M. (2021). MEDICINAL PLANTS FOR BLOOD THINNING IN PREGNANT WOMEN. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(1), 5-7.
[19] Furkatovna, H. M. (2021). Pakistan pharmaceutical stocks behavior during covid19. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 2(1), 8-10.
[20] Hikmatova, M. F., & Khamdamova, M. T. (2021). A study of morphometric features of anthropometric parameters of adolescents living in the city of Bukhara engaged in athletics. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 215-217.
[21] Hikmatova, M. F., & Khamdamova, M. T. (2021). Morphometric features of anthropometric parameters of adolescents living in the city of Bukhara engaged in athletics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 492-495.
[22] Хикматова, М. (2021). Лёгкая атлетика-ключ здоровья. Общество и инновации, 2(8/S), 439-443.
[23] Хикматова, М. Ф. (2021). Взгляд Ибн Сино о проведении опорожнения. Science and Education, 2(9), 72-78.
[24] Furkatovna, H. M. (2021). TO STUDY THE MORPHOMETRIC FEATURES OF THE ANTHROPOMETRIC PARAMETERS OF CHILDREN AND ADOLESCENTS INVOLVED IN ATHLETICS. Биология и интегративная медицина, (1 (48)).
[25] Izatulloyevna, T. Z., Azimovna, A. N., Avazxonovna, S. G., & Furqatovna, H. M. (2018). Health status of Scool children depending on health care activities of families. European science review, (9-10-2).
[26] Gulomjonovna, N. N., Khabibullaevna, M. B., Sobirjonovna, M. M., Djakhonobodkhonovna, K. G., & Bakhtiyarovna, Y. E. (2020). Gardens created by Kokand Khanates. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(7), 80848089.
[27] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.
[28] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.
[29] Saidbakhramovna, A. F., & Lutpullayevna, A. F. (2020). Teaching English Phraseological Units to Linguistic University Students. Journal of Critical Reviews, 7(5), 671-674.
[30] Ashurova, F. L. (2021). FEATURES OF THE TRANSLATION OF APHORISMS FROM FOREIGN LANGUAGES. Scientific progress, 2(8), 434-437.
[31] Amirovich, K. S., GilyazetdinovEldarZamirovich, A. F. L., Nabiyevna, I. Z., & Saliyevna, S. D. (2021). Cross-Cultural Context Of English Language Teaching. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 3737-3750.
[32] Lutpullaevna, A. F. COMMUNICATIVE AND PAGMATIC FEATURES OF COLLOQUIAL VOCABULARY IN NEWSPAPER STYLE.
[33] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.
[34] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.
[35] Gulomzhohnovna, N. N., Bakhtiyarovna, Y. E., & Sobirzhonovna, M. M. (2019). Preparing guide-translators in the sphere of tour industry. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).
[36] Akhmadjanovna, N. R. N., Abdukhalilovna, M. H., & Habibullaevna, M. B. (2019). Integrating language skills into the process of the English language teaching. Вестник науки и образования, (19-2 (73)).