Научная статья на тему 'TASAVVUFDA ZOHIDLIK, OSHIQLIQ VA ORIFLIK TUSHUNCHALARI'

TASAVVUFDA ZOHIDLIK, OSHIQLIQ VA ORIFLIK TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
4132
229
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shariat / ilm / axloq / tarbiya / tasavvuf / Ibn al-Arabiy / “Fusus ulhikam” / “Futuhot ul-Mak-kiya” Uilyam K.Chittik / orif / zohid / oshiq / kalom falsafasi / vara. / Shari'a / knowledge / ethics / education / Sufism / Ibn al-Arabi / "Fusus ul-Hikam" / "Futuhot ul-Mak-kiya" William K. Chittik / Sufi (mystic) / philosophy of theology / researcher.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Raxmonberdiyev, Islombek Ilxom O’g’li

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma’naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to’g’risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida “Zohid”, “Oshiq”, “Orif” tushunchalarining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan zohid,oshiq,orif tushunchalari bo‘yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPTS OF HERITAGE, LOVE AND ORIFICATION IN SUFISM

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Orif" and “Zohid" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Текст научной работы на тему «TASAVVUFDA ZOHIDLIK, OSHIQLIQ VA ORIFLIK TUSHUNCHALARI»

Scientific Journal Impact Factor

TASAVVUFDA ZOHIDLIK, OSHIQLIQ VA ORIFLIK TUSHUNCHALARI

Raxmonberdiyev Islombek Ilxom o'g'li

islombekrakhmonberdiev@gmail .com Ilmiy rahbar:fal.f.d Xolmo'minov J.M

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma'naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to'g'risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida "Zohid", "Oshiq", "Orif" tushunchalarining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan zohid,oshiq,orif tushunchalari bo'yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Shariat, ilm, axloq, tarbiya, tasavvuf, Ibn al-Arabiy,"Fusus ul-hikam", "Futuhot ul-Mak-kiya" Uilyam K.Chittik, orif,zohid,oshiq, kalom falsafasi, vara.

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Orif' and "Zohid" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Keywords: Shari'a, knowledge, ethics, education, Sufism, Ibn al-Arabi, "Fusus ul-Hikam", "Futuhot ul-Mak-kiya" William K. Chittik, Sufi (mystic), philosophy of theology, researcher.

В данном исследовании целесообразно раскрыть значение мистицизма в формировании духовно-нравственного воспитания современного молодого поколения и провести сравнительный анализ понятий «ариф» и «загид» в процессе его применения. Что касается важности мистицизма сегодня и его формирования на основе учений исламского мира, обсуждались концепции мистицизма и суфизма.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: шариат, знание, этика, образование, суфизм, Ибн аль-Араби, «Фусус уль-Хикам», «Футухот уль-Мак-кия» Уильям К. Читтик, ариф ,загид, философия теологии, исследователь.

Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda tasavvuf tariqatiarini o'rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va ta'mirlashga katta ahamiyat berilmoqda. Inson hayotda komil inson bo'lishi uchun haqiqat yo'lidan yurishi lozim. Haqiqatni qidirgan inson hayotda o'z baxtini ham to'g'ri yo'lga yo'naltirgan inson sifatida ulug'lanadi. Bu jarayonda inson yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashish kerakligini anglab yetadi. Shu bilan birga, bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar samaradorligi ham Islom falsafasiga e'tibor kuchayayotganligidan dalolat bermoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Zohidlik va oriflik tushunchalarining asl mohiyati mantiqiy izchillik jihatdan yoritib berildi. Tadqiqot jarayonida Xolmo'minov J.M. ning "Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti" nomli monografiyasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyat ma'naviy merosida, falsafa va adabiyot tarixida munosib o=rin tutgan sufiylik birdaniga yuzaga kelgan harakat bo'lmay, u uzoq tadrijiy tarixga ega. tasavvufshunoslar bu diniy oqimni dastlab, uch davrga: zoxidlik, oriflik va oshiqlikka ajratadilar. Ular sufiylarning o'zini ham orif sufiylar, zoxid sufiylar, faqir sufiylar, faylasuf sufiylarga ajratadilar1.

Zohidlik davri so'fiylari (Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abu Hoshim Ko'fiy va boshqalar) taqvo va parhezlikni bosh maqsad deb bilgan bo'lsalar, keyingi, davr so'fiylari tafakkuriy-shuuriy rivojlanish—ya'ni dunyoni va ilohni bilish, tanishni asosiy maqsad deb hisoblaganlar. Birinchi davrni tasavvufni ibtidoiy davri deb tilga oladilar. Oriflik davri-ikkinchi davr IX asr o'rtalaridan boshlanadi va bir necha bosqichni o'z ichiga oladi. IX-X asrlar-xonaqohlar paydo bo'lishi, tariqat rusumlarining shakllanishi davri. XI-XII asrlar-tasavvuf maktablari, silsilalarning

1 Usmon Turar.Tasavvuf tarixi.1999 y.27-28- betlar

KIRISH

tarkib topishi davri. Bunda Misr, Bag'dod, Basra, Buxoro, Nishopur, Termiz, Balx shaharlari tasavvuf va tariqat markazlari sifatida muhim pol o'ynagan. Natijada Misr, Xuroson, Movarounnahr, Iroq va Turkiston maktablari shuhrat topgan. Davrning xarakterli jihatlaridan yana biri shundaki, bu paytga kelib kalom ilmi nihoyatda rivojlangan edi. Movarounnahrda Abu Bakr Kalodiy, al-Moturidiy (vaf 333/944y), al-Jubboiy (vaf.303/915y), Abu Hoshim (vaf.321/933), al-Ka'biy (vaf 319/931), Muso al-Ash'ariylar (vaf.324/935-936) bilan bir qatorda kalomning mumtoz davri asoschilari edilar. M.Imomnazarov zohidlik haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: -Zohidlik (zuhd) bu -irfon emas, ammo tasavvuf zohidlikdan ayrum ham emas2. Zohidlik, asketizm — tarki dunyochilik, saqlanish. Xudoning marhamatiga musharraf bo'lish uchun tarki dunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur. Zohidlik xristianlikda monaxlikda ko'rinsa, islomda darvishlik, chilla o'tirish, ro'za tutish, zikr tushish kabilarda namoyon bo'ladi. Tasavvufda Zohidlik Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etish demakdir. Bunda Allohga shirk keltirishdan saqlanish va ibodatda riyodan xoli bo'lish; barcha gunohlardan va harom narsalardan saqlanish va nihoyat ortiqcha dunyoviy ashyolarga mehr qoymaslik nazarda tutiladi. Shariat va tariqat odoblariga bu xilda rioya etishni Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Xoja Ahror, Najmiddin Kubro va boshqalar targ'ib etganlar.

Islomda zohidlik an'analari paydo bo'lishi va rivojlanishining sabablari musulmon jamoasi yashay boshlagan dastlabki ikki asrdagi ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar, chuqur g'oyaviy va ma'naviy izlanishlar bilan davom etgan diniy hayotning murakkablashuvi natijasidir. Zohidlarning o'ziga xos xususiyati Qur'on mazmuni ustida mushohada qilish, kundalik hayotda bu iloxiy kitob va payg'ambar xadislari ko'rsatmalariga qat'iy rioya etish, ko'p marta qo'shimcha namoz o'qish, bedorlik va ro'za tutish, xar qanday dunyoviy narsalardan yuz o'girish, kundalik hayotda taqvoli bo'lish, xususan, ruxsat etilgan narsalar bilan man qilingan narsalarni qat'iy ajratish, dunyoviy va xarbiy hukumatlar bilan hamkorlik qilishdan voz kechish, o'zini taqdiri ilohiyga topshirish bo'lgan. Ular faqirlikni ulug'lab, oxiratni oylab tavba qilish kayfiyati bilan yashaganlar, berganiga shukur qilganlar, azob-uqubatlarga sabr-toqatli bo'lishni

Tasavvuf- so'fiylik dastlab zohidlik ya'ni bu dunyo xoyu-xavasidan voz kechish harakati ko'rinishida bo'lib Bag'dod, Basra, Kufa, Damashq kabi shaharlarda keng yoyilgan. Ammo zoxidlik biz tushungan darajadagi tasavvuf emas,

2 M.Imomnazarov,M.Eshmuhamedova -Milliy ma'naviyatimiz asoslarill.llToshkent islom universiteti -nashriyoti.Toshkent-2001

shu bilan birga tasavvufni zohidlikdan ayri xolda tasavvur etish xam mumkin emas. Chunki zohidlik harakatida tasavvufning maqomlari, qonun- qoidalari tugal ishlab chiqilmagan, muayyan tizimga tushib shakllanmagan ko'rinishda bo'lgan.

Ilk davr sufiylarining, aniqrog'i zohid va obidlarining o'ziga xos xususiyatlaridan - Qur'oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur'on va Payg'ambar a.s. sunnatlariga qat'iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o'tkazish, kunduzlari ro'za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o'zini uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara=), o'zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta'kidlash mumkin. Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.

Vara3 so'zining ma'nosi parhez, taqvo bo'lib bulg'anishlardan, ma'naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir. Shibliyning ko'rsatishicha, vara'ning uch ko'rinishi bor: til vara'i, ya'ni tilni bema'ni gaplar uchun ishlatmaslik, g'iybat-tuhmatga berilmaslik; ko'z vara'i-shubhali narsalardan saqlanish, g'aliz shakllarga boqmaslik; qalb vara'i, ya'ni past himmatni tark etish va noxush qiliqlarni qilmaslik. Ko'ngil man etgan jamiki narsalardan parhez qilish, tamadan saqlanish, mahrumlikdan qo'rqishdan hazar qilish.

Xullas, tilga, ko'zga, quloqqa va oyoqqa band solish. Zuhd-vara'ning davomi hisoblanadi, bu ham parhez, hazar qilish demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd so'fiy uchun dunyo va oxirat tarki, dunyo moliga ega bo'laman, deb intilmaslikdir. Bu haqda Junayd Bag'dodiy: -Zuhd-qo'lni mulkdan xoli tutish, dilni esa Haqdan o'zga har narsadan pok saqlash demak; G'azzoliy: -Zuhd dunyodan ihtiyoriy ravishda voz kechish va buning uchun qayg'urmaslikdir deganlar.

Muhabbat tuyg'usi har bir shahsda o'z xarakter xususiyatidan kelib chiqqan holda tushuniladigan ruhiy holat bo'lib, uning mohiyati qadimdan insoniyat tafakkurini mashg'ul etib kelgan. Uni turlicha ifodalaydilar, tushunadilar va talqin etadilar. Jumladan, Platon: -Sevgi bir butunlikka erishishga tashnalik va unga ehtiros bilan intilishdir4,- deb ta'rif beradi. Insonparvarlik ezgulikni, yaxshilikni, vatanparvarlikni muhabbatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Muhabbatning ob'ekti doimo go'zallik, manfaatsiz go'zallik. U Allohmi, Vatanmi, yormi-muhabbat egasiga undan-da go'zalroq narsa yo'q. Yorga bo'lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga bo'lgan muhabbatni inkor etmaydi, aksincha barqaror qiladi. Inson o'zi o'zgaga aylanganida, o'zgani esa o'ziga aylantira Muhabbat tuyg'usi har bir shahsda

3 Komhtob H. TacaBBy^. - T.: Movarounnahr" - "Ozbekiston", 2009. - E.3

4 Abdurahmonov A. Saodatga eltguvchi bilim. - T.: Movarounnahr. 2003. - 562 b.

825

Scientific Journal Impact Factor

o'z xarakter xususiyatidan kelib chiqqan holda tushuniladigan ruhiy holat bo'lib, uning mohiyati qadimdan insoniyat tafakkurini mashg'ul etib kelgan. Uni turlicha ifodalaydilar, tushunadilar va talqin etadilar. Jumladan, Platon: -Sevgi bir butunlikka erishishga tashnalik va unga ehtiros bilan intilishdir5,- deb ta'rif beradi.

Muhabbat tuyg'usi har bir shahsda o'z xarakter xususiyatidan kelib chiqqan holda tushuniladigan ruhiy holat bo'lib, uning mohiyati qadimdan insoniyat tafakkurini mashg'ul etib kelgan. Uni turlicha ifodalaydilar, tushunadilar va talqin etadilar. Jumladan, Platon: -Sevgi bir butunlikka erishishga tashnalik va unga ehtiros bilan intilishdir6,- deb ta'rif beradi.

Insonparvarlik ezgulikni, yaxshilikni, vatanparvarlikni muhabbatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Muhabbatning ob'ekti doimo go'zallik, manfaatsiz go'zallik. U Allohmi, Vatanmi, yormi-muhabbat egasiga undan-da go'zalroq narsa yo'q. Yorga bo'lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga bo'lgan muhabbatni inkor etmaydi, aksincha barqaror qiladi. Inson o'zi o'zgaga aylanganida, o'zgani esa o'ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi.

Muhabbat tasavvufda husni mutlaqqa - Allohga bo'lgan kuchli, shiddatli sevgi bo'lib, tariqatning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. haqiqiy muhabbat- husni mutlaqqa, majoziy muhabbat esa odam va olam go'zalligiga bo'lgan oshiqlikdir. Sufiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham ta'maning bir ko'rinishidir.

Holbuki, sufiy uchun na dunyodan va na oxiratdan ta'ma bo'lmasligi kerak. Yagona istak bu - Allohning diydorini ko'rish, xolos. Mashhur sufiy ayol Robiya Adaviya (714-801 y.y.) Tangriga munojotlarida aytar ekan: -Ey Yori aziz, agar jannatning ta'masida toat qilayotgan bo'lsam jannatdan benasib qil, do'zaxingdan qo'rqib ibodat qilayotgan bo'lsam, meni do'zax o'tida kuydir, men roziman. Agar jamolingni deb ibodat qilayotgan bo'lsam meni jamolingdan benasib etmas7.

Robiya al-Adaviya haqida Olmon olimasi Annemarie Shimmel: -Robiya sufiylikka yagona Allohni sevish tushunchasini olib kirgan. Shuning uchun islomdagi sufiyona muhabbat tarixi shu ayol nomi bilan boshlanadi. -deb ta'kidlaydi.

Mazkur fikrlardan ko'rinib turibdiki, Robiya al-Adaviya Xudoga nimadandir qo'rqib, yoki biror narsa ilinjida munojaat qilmagan, balki mahbub sifatida, ya'ni qalb bilan muhabbat izhorini qildi. Shu ma'noda shariat Islomning tashqi-huquqiy

5 Abdurahmonov A. Saodatga eltguvchi bilim. - T.: Movarounnahr. 2003. - 562 b.

6 Abdurahmonov A. Saodatga eltguvchi bilim. - T.: Movarounnahr. 2003. - 562 b.

7 Annemarie Shimmel . Jonon mening jonimda T. Sharq nashriyot matbaa kontserni bosh tahriryati.1999 -14 b.

Scientific Journal Impact Factor

ko'rinishi bo'lsa, tariqat uning ichki-axloqiy, yuksak bosqichdagi ko'rinishi hisoblanadi. Xudo ham o'z o'rnida insonni ayricha bir muhabbat bilan -mukarram qilib yaratgan. Tasavvufning mohiyati ikki tomonlama muhabbatni talqin qilish bo'lib, tasavvuf axloqshunosligida muhabbat his -tuyg'ulik maqomidan tushuncha darajasiga ko'tarilgan. Allohni sevish, Uning zoti sifatini tanish va bilish ko'ngilni nafsu hirs g'uboridan tozalab, botiniy musaffo bir holatda iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g'oyasini keng targ'ib qiladilar. Inson ruhi ilohiydir va demak asosiy maqsad - ruhiy- ma'naviy yuksalishdir.

Bizning kundalik lug'atimizda mazkur tuyg'uni ifodalashning bir necha istilohlari mavjud bo'lib, ular jamoatchilik orasida keng qo'llaniladi. Muhabbat va ishq shular jumlasidandir. Muhabbat arabcha so'z bo'lib, -Habba o'zagidan yasalgan va mehr, sadoqat, yaqinlik ma'nolarini ifoda etsa-da, lug'aviy ma'nosi -urug' ya'ni ustiga tuproq tortilgan urug' ma'nosini anglatadi. Xayotning asli va asosi ana shu urug' bo'lganidek, diniy, ma'naviy, jismoniy va ruhiy hayotning urug'i ildizi va daraxti ham ana shu muhabbat hisoblanadi8.

Ishq so'zi esa arabcha —ashqall kalimasidan olingan. Ashqa bir chirmovuq o't bo'lib, u o'ralib yopishib olgan o'simligini quritmay qoymaydi. Demak, kuchli, shiddatli ishq o'z sohibini ashqa o'simligi singari quritadi.9

Oshiqlik-haqsevarlikning, ma'rifatga shaydolikning oily ko'rinishi. Qolgan barcha hollarda soxtakorlik, riyo bo'lishi mumkin, ammo ishqda, oshiqlikda bu illat bo'lmaydi. Faqat ishq kishini adabiyatga-baqo olamiga olib boradi. Muhabbat-tasavvufning asosiy ruknlaridan biri. Tasavvuf ilohiy muhabbat haqidagi ilmdir deyish mumkin. Chunki tasavvuf Allohni bilish va tanishni yashirin ichki tuyg'u, muhabbat vositasida amalga oshirish mumkin, deb targ'ib qiladi. . So'fiyning butun intilishlari oliy Haqiqatga fidoiy muhabbatdan iborat. Ishq solik qalbini bir zum ham tinch qoymaydi, olam va odam mohiyatini, ilohiy mo'jizalarni idrok etishga yo'l ochadi; muttasil ruhiy-ma'naviy yuksalishga hidoyat qiladi. Ishq-ilohiy ma'rifatni kashf etuvchi qudrat, solik vujudini yondirib, mahbub visoliga yaqinlashtiradigan poklovchi muqaddas olov. Qalbda ishq qanchalik kuchli bo'lsa, solik ma'rifat zinalaridan shuncha bardam ko'tarila boradi, nafsiy sifatlarni tark etib, kamolot cho'qqilarini zabt etaveradi. Ishq insonni ma'rifatga olib boradigan qudrat, insonni moddiy asosdan poklovchi, xoli etuvchi muqaddas olov. Ishq solik vujudini kuydurib, ruhini musaffo etadi, solikda tajrid va tafrid (poklanish, yakkalanish) yuz

8 Abdurahmonov A. Saodatga eltguvchi bilim. - T.: Movarounnahr. 2003. - 561 b.

9 O'sha asar. - 562 b.

beradi. Shu bois oshiqlar xalqdan chekinadilar, chunki ularning ruhi dunyoviylikni yoqtirmaydi, xilvatni qumsaydi, hamma vaqt Alloh bilan birga bo'lishni istaydi. Ishq kamolot kaliti va vujudimizni oltinga aylantiruvchi kimyo. Ishq odamni hayvonlikdan xalos etadi, odamzod naslini badbaxtlik, falokotlardan qutqaradi. Ilohiy ishq ma'naviy kamolotga olib boruvchi kuch. Dunyo muhabbatidan yuz o'girib, ilohiy ma'rifatni egallagan odam, dunyoviy-nafsoniy sifatlarga barham berib, ilohiy sifatlarni o'zlashtiraverib, Allohning o'ziga qo'shiladi, ya'ni Zotda foniy bo'ladi. Muhabbatning xotimasi fanodir. Shu bilan so'fiy ilohiy Zotning bir qismi ekanini isbotlaydi. Orif-ilohiy ma'rifatni egallagan odam. Ishq odamning odamgagina bolgan muhabbatidan iborat emas. Bu ishq insonning Haqqa, haqiqatga muhabbati hamdir. Muhabbatning maskani - ko'ngil. Shuning uchun ham tasavvuf adabiyotida ko'ngil obrazining atroflicha tasviri kuzatiladi.

Ishq va muhabbat masalasida I. Haqqulov shunday fikr bildirgan: — Ishq so'zi Qur'onda uchramasligi uchun ilk zohidlar muhabbat so'zini ishlatganlar.Ishq kalimasini birinchi bo'lib tasavvufiy isteloh o'laroq Abu Hasan Nuriy qo'llagan10 Muhabbat barcha davr sufiylari, mutasavviflarini oylantirgan tushunchalardan biri bo'lib kelgan.Uni har bir mutasavvif o'z tafakkuri, hissi doirasida izohlashga harakat qilgan. Abu Bakr Kalobodiy muhabbatni aynan shu nom bilan atab uning mazmun mohiyatini umumiy izohlagan bo'lsa-da, Abdulqodir Iso muhabbatni kengroq tushuntirib, unga olib boradigan yo'llar, muhabbat belgilari va darajalarini ko'rsatib beradi11 Ibn Arabiy bu borada shunday yozadi: —Odamlar Allohga bo'lgan muhabbatning mohiyatini aniqlashda turli guruhlarga bo'linib ketdilar. Lekin men uning mohiyatini anglagan kishini ko'rmadim va bu mumkin ham emas.

Shayx Najmiddin Kubro —Muhabbatning avvali shavq noqisligi bois oldin tavajjuh bilan birlikda bo'ladi. Muhabbat va ishq holiga yuksalgach esa tavajjuhdan ajraladi va har yondan har yonga parvoz etgan qush holiga yetar, zero sevgi shundadir. Ishq insonning yurak bag'rini yondirguvchi bir otashdir. U aqlni shoshirtirar, ko'zni ko'r, quloqni kar aylar. Ammo u eng ulkan qo'rquvlarni ham kichraytirar. Butun diqqatni ma'shuqaga jalb etar12,-deb yozadi.

XULOSA

Demak, shu sababdan inson olamda Haqning jamolini ko'rishni istaydi va shu go'zallikni sevadi. Tasavvufda ishq-sevgining oxirgi darajasi va mukammal

10 Haqqulov I. Taqdir vatafakkur. -T.:2007- 36.b

11 Ал-Худжвири. Расскрытие скрытого. М.: Единство, 2004.-с.307.

12 O'sha asar. 169-176 betlar

Scientific Journal Impact Factor

ko'rinishi bo'lib, oshiq ishq maqomiga erishgunga qadar qalb va ruhni oliy darajada yuksaltirishi kerak.

Tasavvufga doir bo'lgan atamalarning ma'nolarini germenevtik jihatdan taxlil qilish,matndagi ma'no-mazmun nuqtai nazaridan tarjima qilish tasavvufga doir asarlarni va uning asl mohiyatini to'la anglashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Ja'far Xolmo'minov.Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti. Monografiya. Toshkent "TAFAKKUR"2020

2. Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» A.Qodiriy nomidagi xalq merosinashriyoti,1994. Najmiddin Komilov tarjimasi

3. Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: Movarounnahr" - "O'zbekiston", 2009

4. Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf.Tasavvuf xaqida tasavvur "Hilol-Nashr" 2019.

5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

6. Ал-Худжвири. Расскрытие скрытого. М.: Единство, 2004

7. Haqqulov I. Taqdir vatafakkur. -T.:2007

8. Annemarie Shimmel . Jonon mening jonimda T. Sharq nashriyot matbaa kontserni bosh tahriryati.1999

9. Abdurahmonov A. Saodatga eltguvchi bilim. - T.: Movarounnahr.2003

10. Usmon Turar.Tasavvuf tarixi.1999

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.