Научная статья на тему 'ISLOM DINIDA AYOLLARNING E'ZOZI'

ISLOM DINIDA AYOLLARNING E'ZOZI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1461
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Islom dini / ayollar / aqidalar / oilaviy hayot / Islam / women / beliefs / family life

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Munisa Shuhrat Qizi Ilyosova

Islom dinida ayollarga bo'lgan munosabatga to'xtalishdan avval dunyoning har xil burchaklarida ayollarga bo'lgan munosabat va ularning o'sha yerdagi jamiyatdagi o'rni haqida qisqacha to'xtalib o'tilgan. Tadqiqotchilar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan 193 mamlakat bo'yicha "Tomson Reyter" jamg'armasi tomonidan tadqiqot o'tkazildi va dunyodagi ayollar uchun xavfli bo'lgan o'n davlatning ro'yxati tuzildi. So’rovnomaga 550 dan ortiq ekspertlar jalb qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGNITY OF WOMEN IN ISLAM

Before dwelling on the treatment of women in Islam, there is a brief discussion of the treatment of women in different parts of the world and their place in society there. The researchers conducted a study by the Thomson Reuters Foundation on 193 member countries of the United Nations and compiled a list of ten countries that pose a threat to women around the world. More than 550 experts were involved in the survey.

Текст научной работы на тему «ISLOM DINIDA AYOLLARNING E'ZOZI»

ISLOM DINIDA AYOLLARNING E'ZOZI

Munisa Shuhrat qizi Ilyosova Xalqaro Islom akademiyasi «Islomshunoslik» yo'nalishi 1-bosqich talabasi

bunnyovabunny@gmail.com

ANNOTATSIYA

Islom dinida ayollarga bo'lgan munosabatga to'xtalishdan avval dunyoning har xil burchaklarida ayollarga bo'lgan munosabat va ularning o'sha yerdagi jamiyatdagi o'rni haqida qisqacha to'xtalib o'tilgan. Tadqiqotchilar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan 193 mamlakat bo'yicha "Tomson Reyter" jamg'armasi tomonidan tadqiqot o'tkazildi va dunyodagi ayollar uchun xavfli bo'lgan o'n davlatning ro'yxati tuzildi. So'rovnomaga 550 dan ortiq ekspertlar jalb qilindi. Kalit so'zlar: Islom dini, ayollar, aqidalar, oilaviy hayot.

DIGNITY OF WOMEN IN ISLAM

Munisa Shuhrat kizi Ilyosova 1st year student of Islamic Studies at the International Islamic Academy

bunnyovabunny@gmail.com

ABSTRACT

Before dwelling on the treatment of women in Islam, there is a brief discussion of the treatment of women in different parts of the world and their place in society there. The researchers conducted a study by the Thomson Reuters Foundation on 193 member countries of the United Nations and compiled a list of ten countries that pose a threat to women around the world. More than 550 experts were involved in the survey. Keywords: Islam, women, beliefs, family life.

KIRISH

Tadqiqotchilar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan 193mamlakat bo'yicha "Tomson Reyter" jamg'armasi tomonidan tadqiqot o'tkazildi va dunyodagi ayollar uchun xavfli bo'lgan o'n davlatning ro'yxati tuzildi Reja:

1.Dunyoning ba'zi bir chekkalarida ayollarga bo'lgan munosabat. 2.Islom dinida ayollarning o'rni.

3. Rasululloh (s.a.v)dan qolgan ayollar vasfi kelgan hadislar.

ADABIYITLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'rovnomaga 550 dan ortiq ekspertlar jalb qilindi. Bunda ayollarning ijtimoiy mavqei, mamlakatning iqtisodiy ahvoli, aqidalari, madaniyati, xotin-qizlarga nisbatan jinsiy tajovuzkorlik, zo'ravonlik, odam savdosi, jinsiy qullik, ayollar huquqi kabi omillar o'rganildi.Ming afsuski bu ro'yxatning eng avvalida Hindiston turadi,chunki u yerda ayollarga bo'lgan munosabat juda ayanchli.Bu hududda ayollarga kuch ishlatish avjida. Tajovuzkorlik, ayollarga jinsiy va maishiy qulday munosabat, majburiy mehnat bu mamlakatda an'anaga aylanib qolgani aytiladi.Afg'oniston - ikkinchi o'rinda. Bu yerda xotin-qizlarga kuch ishlatish oddiy holat. O'n yetti yillik Tolibon iskanjasi ayollarning salomatligi va iqtisodiy manbalarini kemirib tashlagan.Uchinchi o'rinda Suriya. Yetti yildan buyon fuqarolik urushi davom etarkan, bu yerdagilarning ham sillasi qurigan. Ayollar salomatligi, ularga kuch ishlatish, oiladagi zo'ravonliklar afg'onistondagi kabi. Jinsiy tajovuzkorlik borasida Suriya va AQSh dagi ayollar ahvoli teng.Yuqoridagi uch davlatda ayollarning holati juda ham achinarli va ayanchlidir.Shuncha ayol va erkaklarning tengligi haqida dunyoga ovoza qilinsada,ammo hali ham dunyo ba'zi bir burchaklarida ayollarning tang ahvolda ekaniga guvoh bo'lamiz. Bunday xunuk vaziyat kelib chiqishining sababi madaniyatsizlik, tafakkursizlik,insoniylikning yo'qligi, saviyasizlik mahsuli deb aytish mumkin. Albatta bu o'rinda jamiyat va davlatlarning oldingi va hozirgi tarixi muhimdir. Bu holatga tushib qolishga tashqi ta'sir yoki mamlakatning ichki vaziyati ila paydo bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Shunga qaramasdan har qanday vaziyatda ham ayollar doimo e'zozlanishi, hurmat qilinishi,himoyalanishi zarurdir.

Muqaddas Islom dinida barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila muomala qilingan.Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qo'yilmagan.Islom dini ayollarning sha'nini ko'tarib, ularning turmush tarzini go'zallashtirgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga o'z erlariga itoat qilishni, erkaklarga esa jufti halollariga mehribonlik qilishni buyurganlar.

Ayollar oilaviy hayotda ko'pgina shaxs timsoli bo'lishadi: Farzand, rafiqa , ona. Bu davrlarning har birida o'z huquq va shu bilan birga majburiyatlari bordir.Quyida biz birma bir ko'rib chiqamiz.

Islom dinida ayollar qiz sifatida ya'ni farzand sifatida ulug'lanadi.Nabiy alayhissalom Islomning mohiyatini bayon etib, qizlarning ulug' maqom sohibalari ekanini ta'kidlaganlar.Oisha roziyallohu anho onamiz aytadi: "Bir ayol o'zining ikki qizini yetaklab kelib, ular uchun bir narsa so'radi. Menda bir dona xurmodan boshqa narsa yo'q edi. So'ng o'sha xurmoni ayolga uzatdim. Ayol xurmoni qizlariga bo'lib berdi, o'zi esa yemadi. Keyin turib chiqib ketdi. Shundan so'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib qoldilar. Men U zotga bo'lgan voqeani aytib berim. U Zot: "Kim bu qizlar uchun biror narsadan tashvishlanib qayg'ursa, (shu ishi) jahannamdan to'siq

bo'ladi", - dedilar" (Imom Termiziy rivoyati). Bu hadisdan ma'lum bo'ladiki ota-onaning farzandiga qilgan yaxshiligi uchun Alloh ularni bu ishlari ularga jahannamdan to'siq bo'lishini Rasululloh (s.a.v) orqali bildirdi.Endi islom dining muqaddas va birinchi manbasi bo'lmish Qur'oni Karimda ayollar haqida va ularning nomi zikr etilgan oyatlar bilan tanishib olsak. Alloh taolo xatto o'z Kalomida «Niso» (Ayollar) nomi bilan alohida sura nozil qilingan bo'lib, unda meros va ayollarga muomala qilish hukmlari bayon etilgani dinimizda ularning ehtirom qilinganini ko'rsatib beradi.Alloh taolo "Niso" surasida bunday marhamat qiladi:

¿lUàâlk ¿iljjl! ¿iLkSHoJli IAJI J.I j. IjiSLl Jc ^ ¿ill JLaâ Uj (plLilil Jc jjiljâ ¿Jl—jJl

lj(*JJ ^JjJaî jl! ¿AjJjLialj ^--l^a^jl ^â lj (A jjâLLj ^Iptllj ¿ill l^j ^ ûi H

"Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari - bu (Allohga va eriga) itoatli, g'oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya'ni, erlarining sirlari, mulklari va obro'larini saqlovchi)lardir. Xotinlarning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so'ngra (bu ta'sir qilmasa,) ularni o'rinlarda (aloqasiz) tark etingiz, so'ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo'lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo'l axtarmangiz. Albatta, Alloh oliy va ulug' zotdir ("Niso" surasi, 34-oyat).Alloh taolo ushbu oyati karimada soliha ayolning sifatlarini bayon qilib, ortidan itoatsizlik sodir etgan ayolga rahm-shavqat bilan, bosqichma-bosqich qilinishi kerak bo'lgan muomala uslubi haqida ta'lim bermoqda. Bu uslub - avval chiroyli pand-nasihat, so'ngra shunda ham itoat qilmasa, o'rinlarini alohida qilish, bu ham kor qilmasa, qattiqroq chora - ozor bermaydigan darajada ta'zir berishga izn berilishidir. Ushbu ta'lim mehribon va rahmli bo'lgan Alloh taolo tomonidan ayollarga bo'lgan izzat-ikrom namunasi desak, adashmagan bo'lamiz. Islom erkaklarga o'z ayollari bilan go'zal muomalada bo'lishni va bunda ular uchun yaxshilik borligi quyidagicha bayon qiladi:

. Ij^ ljA jl (JA jfï jl! i—âjjjj-âjlj ¿Ajj—lc. J

"Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko'rsalaringiz, (bilib qo'yingki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin" ("Niso" surasi, 19- oyat).

Shuningdek, dinimizda ayollar ona sifatida ulug'lanadi. Islom farzandlarni onalariga chiroyli muomalada bo'lishga buyurib, bu orqali ayollarni ona sifatida ulug'laydi. Alloh

www.scientificprogress.uz

taolo Qur'oni karimdagi boshqa o'rinlarga nisbatan ota-onaga yaxshilik qilish borasida kelgan oyatlarni juda ham chiroyli tarzda bayon qilgan. Jumladan, "Isro" surasining 23 -oyatida:

"Robbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uff!..» dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!", - deya amr qilingan.

MUHOKAMA

Boshqa surada esa:

"Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) ko'tarib yurdi. Uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir", - deb buyuriladi ("Luqmon" surasi, 14-oyat).

Qur'oni karimdagi ota-onaga yaxshilik qilish borasida kelgan yana bir oyat quyidagicha marhamat qilinadi:

"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi uni (qornida) qiynalib ko'tarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorlik va uni (sutdan) ajratish (muddati) o'ttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga to'lganida: «Ey, Rabbim! Menga va ota-onamga in'om etgan ne'matingga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq etgin va men uchun zurriyotimni isloh et! Albatta, men Senga (gunohlarimdan) tavba qildim va, albatta, men musulmonlardandirman», - deydi"("Ahqof "surasi, 15-oyat).

Ushbu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, Allohga osiy bo'luvchi o'rinlarda ularga itoat qilinmaydi. Bu haqda bunday marhamat qilinadi:

"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ammo) agar ular sen bilmagan narsalarni (soxta ma'budalarni) Menga sherik qilishingga zo'rlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) Menga qaytursiz, bas, Men (o'shanda) sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berurman", - deb marhamat qilinadi ("Ankabut" surasi, 8-oyat).Darhaqiqat, islomda ayollar rafiqa sifatida ulug'lanadi. Bu borada Rasululoh sollallohu alayhi vasallamning "Vidolashuv haji"da sahobiylarga qarata ayollar haqida aytgan vasiyatlarini keltirib o'tishimiz juda ham o'rinli bo'ladi: "Ayollar borasida Allohdan qo'rqinglar. Chunki sizlar Allohning omonati ila ularni qo'lga kiritdingiz v a Allohning kalimasi bilan ularning farjlarini o'zlaringizga halol qilib oldingiz" (Buxoriy rivoyati).Zero, ayol farzandlarni tarbiyalash, borasidagi xizmati oilani mustahkamlash yo'lida ham erkaklarga hamroh ekanidan dalolatdir. Er-xotin o'zaro inoq bo'lgan oiladan sunnati nabaviy ko'rsatib bergan yo'lga muvofiq go'zal xonadon paydo bo'ladi. Bunday xonadonlar esa jamiyat binosini barpo qilishda muhim rol o'ynaydi. Shu

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

sababli ham ayol jamiyatning yarmi deyiladi. Balki, ayol yarmidan ham ko'proq ulushga ega. Zero, ayol bu - ona, rafiqa, qiz va opa-singildir.

Siyrat va sunnatda vorid bo'lishicha, Havozin asirlari orasida Payg'ambarimiz (s.a.v)ning emikdosh opalari Shayma ham keltirildi.U o'zini tanishtirdi. U zot shu ayolga ridolarini to'shab: «Agar xohlasang, huzurimda qol. Hamisha izzat ikromda bo'lasan. Agar qavming oldiga ketmoqchi bo'lsang, sovg'alarimni qabul qilib,qaytishing mumkin»dedilar. U qavmi oldiga ketishni xohladi. U zot uni siyladilar. Ya'ni uni hursand qiladigan ko'p hadyalar berdilar.(Ibn Ishoq va Bayhaqiy rivoyati). Ushbu hadisi sharifda ular o'zlarining emikdosh opalariga o'z ridolarini yozib berganlari, ularning o'z ahllariga xususan ayollarga bo'lgan hurmatlari hamda e'tiborlaridan dalolat beradi.

NATIJA

Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v):

«Ayollarga(yaxshi) muamaola qilinglar,chunki ayol qovurg'adan yaratilgandir. Qovurg'aning eng qiyshiq joyi uning eng yuqorisidir. Uni to'g'irlashga urinsang,simdirib qo'yasan,agar tashlab qo'ysang qiyshiqligicha qolaveradi. Bas ayollarga (yaxshi) muomala qilinglar!»dedilar.(Muttafaqun alayh.) Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v):

«Mo'min kishi mo'mina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir xulqini yomon ko'rib qolsa boshqa bir xulqidan mamnun bo'lib qolar»,dedilar.(Imom Muslim rivoyati.) Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v):

«Mo'minlarning iymoni komilrog'i xulqi yaxshirog'idir. Sizlarning yaxshilaringiz xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir»,dedilar.(Imom Termiziy rivoyati) Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v):

«Dunyo bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayoldir», dedilar. (Imom Muslim rivoyati)

Ummu Salama (r.a)dan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin o'lsa-yu,eri undan rozi bo'lsa,jannatga kiradi», dedilar».(Imom Termiziy rivoyati).

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ayol kishining o'rni va unga beriladigan e'tibor Islom dining avvalidan boshlab ulug'lanib, e'zozlanib,himoyalanib va hurmat qilinib kelgan buni biz yuqorida keltirilgan muqaddas Qur'on Karim oyatlari hamda Allohning

elchisi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan hadisi shariflar bilan dalillab oldik.

REFERENCES

OJ'VI" ' '"Jj (jjl^all ¿j^ll ^диылИ ^jjôil ^J^ jj IjJ^j *^yi2."' '"j^ jwlh ^ll ^^bj"

3.https://www.amerikaovozi.com/a/reuters-women-announcement/4465554.html

4. http://muslim.uz/index.php/rus/rukn/ayollar-sahifasi/item/2440-aiollar-islom-nigo-ida

5. www.ziyo.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.