Научная статья на тему '“ILOHIYNOMA” ASARIDAGI SULAYMON ALAYHISSALOM HIKOYATLARI TAHLILI'

“ILOHIYNOMA” ASARIDAGI SULAYMON ALAYHISSALOM HIKOYATLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1161
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sulaymon / shamol / chumoli / ko‗za / Azroil. / Solomon / wind / ant / pitcher / Azrael.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nafosat Kamol Qizi Tilakova

Ushbu maqolada Farididdun Attorning ―Ilohiynoma‖ asaridagi Sulaymon alayhissalom bilan bog‘liq hikoyatlar tahlil etilgan. Shuningdek, Sulaymon alayhissalom haqida ma‘lumot keltirilib, obraz jozibasi yanada ochilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the stories of Sulayman (as) in Farididdun Attar's Ilahiynama. There is also information about Solomon and the charm of the image is revealed.

Текст научной работы на тему «“ILOHIYNOMA” ASARIDAGI SULAYMON ALAYHISSALOM HIKOYATLARI TAHLILI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

"ILOHIYNOMA" ASARIDAGI SULAYMON ALAYHISSALOM

HIKOYATLARI TAHLILI

Nafosat Kamol qizi Tilakova

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi II kurs magistaranti nafosattilakova280@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Farididdun Attorning "Ilohiynoma" asaridagi Sulaymon alayhissalom bilan bog'liq hikoyatlar tahlil etilgan. Shuningdek, Sulaymon alayhissalom haqida ma'lumot keltirilib, obraz jozibasi yanada ochilgan.

Kalit so'zlar: Sulaymon, shamol, chumoli, ko'za, Azroil.

ABSTRACT

This article analyzes the stories of Sulayman (as) in Farididdun Attar's Ilahiynama. There is also information about Solomon and the charm of the image is revealed.

Keywords: Solomon, wind, ant, pitcher, Azrael.

KIRISH

Shayx Attor "Ilohiynoma" asarida Sulaymon alayhissalom haqida ham jozibali hikoyatlar keltirgan. Hikoyatlarni maroq bilan o'qib tahlil etarkanmiz, Sulaymon alayhissalom shaxsiyati va u kishining ma'rifatga to'la hayotlaridan hamin qadar tasavvur eta olamiz. Badiiy adabiyotda Sulaymon - shoh sifatida qaraladi, payg'ambarligi esa islomiy manbalarda e'tirof etiladi. Ya'ni, islomda bu siymolar insoniyatning ham moddiy, ham ma'naviy tarixi bilan bog'lanadi. Qur'onda Sulaymon alayhissalom nomi 17marta tilga olingan. Sulaymon alayhissalomni mil. avv. 965-928 yillarda Isroilludeya podshohi bo'lgan degan qarashlar mavjud. U Dovud alayhissalomning o'g'li, 13 yoshida taxtga o'tirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan ko'ra olimroq bo'lgan. Rivoyatga ko'ra, u jamiki ins-u jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida bo'lib, Sulaymon farmoniga ko'ra, u xohlagan joyda esardi. Sulaymonga berilgan mo"jizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: payg'ambar izmidagi jinlar o'sha misdan uning xohlagan narsasini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

yasab berishar ekan. Jinlarning Sulaymonga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan dur-u javohirlar olib chiqib bergani naql etiladi. Sulaymon o'z qo'l ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham bo'lib, u Yamanning Sabo shahridan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. Sulaymon Bilqisga maktub yo'llab, uni yolg'iz Allohga itoat etishga da'vat etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Alisher Navoiy ham Sulaymon obrazini tasvir etganda, umuminsoniy tuyg'ular tasvirini nazarda tutadi. Shoir Sulaymon siymosi haqida "Tarixi anbiyo va hukamo" tarixiy asarida ma'lumot beradi. Asarda Sulaymon tarixi bilan bog'liq tafsilotlar qisqa va lo'nda aks ettiriladi. Bu syujet shoir she'riyatida Sulaymon obrazi tasviridagi poetik manzaralar ramziy-majoziy ifodasida ham ko'zga tashlanadi. Shoir lirik devonlarida Sulaymon obraziga ko'p bora murojaat etadi. Biroq Alisher Navoiy she'riyatda bu obraz talqini uchun faqatgina shu ma'lumotlar manba bo'lib qolmaydi. Sharq tarixiy-adabiy yodgorliklar, xususan, Qur'on asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Alisher Navoiy lirikasida Sulaymon obrazi asosan g'azal janrida tasvirlanadi. Xususan, "Badoe ul-bidoya" devonida bir g'azalda Sulaymonning behisob mol-mulkiga ishora etiladi.

Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yo'qtur baqo,

Ich, Navoiy, bodakim, olam g'ami behudadur (BB.220).

Shoir baytda: "Nuh umri (eng uzoq umr) va Sulaymon mulki (eng ko'p boylik) ham boqiy emas, olam g'ami ham o'tkinchi, ey Navoiy, may ich, ko'ngilni xush ayla", - deydi. She'rda qancha uzoq bo'lsa-da, Nuh umri ham o'tkinchi ekanligini, qancha ko'p bo'lsa-da, Sulaymon mulki ham abadiy emasligini ta'kidlamoqda. Bu o'rinda "may" ilohiy ishq ma'nosini anglatmoqda. Shuning uchun lirik qahramonga dunyo g'amidan ham, Nuh umridan ham, Sulaymon mulkidan ham "may" afzal. Barchasiga "may" davo deb bilmoqda. Alisher Navoiy Sulaymon obrazini ko'pincha afsonaviy-tarixiy shaxslar bilan birgalikda tasvirlaydi. Jumladan, Nuh (payg'ambar siymo) Jamshid (afsonaviy Eron podshohi), Kayxusrav (Eron podshohi), Axriman (yovuz hukmdor) kabilarni aytish mumkin. Shoir "Favoyid ul-kibar" devonida Sulaymon obrazini shoh Jamshid bilan birgalikda talqin etadi.

Sulaymon otasining vasiyatiga ko'ra, Aqso masjidini qurdirdi. Sharq va G'arbda bir qancha mamlakatlarni zabt etib, jaxongir bo'ldi. Sulaymonning o'limi bilan bog'liq rivoyat jinlar, devlar g'aybni — kelajakda ro'y beradigan voqea-hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan Sulaymon tayangan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 12 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

hassani uzoq vaqt yog'och qurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, jinlar Sulaymonning vafot etganini bilmaganlar va payg'ambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar. Shunday qilib, Sulaymon o'lib, devlar mehnatdan qutulgan ekan. Sulaymon yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida Solomon nomi bilan ma'lum. Sulaymon alayhissalom Banu Isroilga yuborilgan nabiylardan biri bo'lib, Dovud alayhissalomning o'g'illaridir. Sulaymon alayhissalomga ham, xuddi otalariga berilganidek, podshohlik bilan payg'ambarlik qo'shib berilgan. Bu haqda Alloh taolo Naml surasida quyidagilarni aytadi:

«Sulaymon Dovudga voris bo'ldi va: «Ey odamlar, bizga qush tili o'rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi»

(Naml surasi, 16-oyat). Ushbu oyatdagi «vorislik» otaning vafotidan keyin undan qolgan mol-mulkka nisbatan oddiy vorislik emas, balki ilmga vorislikdir. Sulaymon alayhissalomga otalaridan mazkur ilm meros qilib berilgan paytda u kishi yosh edilar. Shunga qaramay, o'zlaridagi Alloh taolo tomonidan ato etilgan iqtidor ila otalarining mulkini oqilona idora qila boshladilar. Podshoh bo'lganlaridan so'ng to'rt yil o'tgach, otalarining vasiyatlariga amal qilib, Baytul maqdisni qurishni boshladilar. Katta miqdorda mablag' sarflab, bu qurilishni yetti yilda nihoyasiga yetkazdilar. Shahar atrofiga aylantirib qo'rg'on qurdilar. U zot yosh bo'lsalar ham, Alloh taolo bergan fazl va hikmat ila otalarining tiriklik chog'idayoq ko'zga ko'rinib qolgan edilar. Bir kuni o'z davrining payg'ambari va podshohi bo'lmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarilishini so'rab kelishdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qo'ylar suruvining egasi edi. Dovud alayhissalom qo'ylarning kechasi tarqalib, ekinzorni payxon qilgani, yeb bitirgani haqidagi ikki tomonning gapini eshitib bo'lgach, qo'ylarning ekinzor egasiga berilishi kerakligi haqida hukm chiqardilar. Payxon qilinib, yo'q bo'lgan ekinzor o'rniga uni payxon qilgan qo'ylarni olib berish bir qarashda ayni adolat edi. Ushbu hukm chiqar ilgach, qo'ylarning egasi uyiga qaytayotib, yo'lda Sulaymon alayhissalomni uchratib qoldi va bo'lgan voqeani u zotga aytib berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalomning huzurlariga kirib: «Ey Allohning nabiysi, hukm siz chiqargan hukmdek bo'lmasligi kerak edi», dedilar. Dovud alayhissalom: «Qanday bo'lishi kerak edi?» deb so'radilar. Sulaymon alayhissalom: «Qo'ylarni ekinzorning egasiga bering, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa qo'ylarning egasiga bering, uni tuzatib, asl holiga keltirsin. So'ng har kim o'z narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kelganidan so'ng qaytarib oladi. Qo'ylarning egasi ham ana

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

o'shanda qo'ylarini qaytarib oladi», dedilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sen chiqargan hukmdir», dedilar.

Farididdun Attorning "Ilohiynoma" asarida ham Hazrati Sulaymon bilan aloqador bir necha hikoyatlar keltirilgan. Ular barchasi irfoniy-ma'rifiy ahamiyatga ega. Attor shox asarida Sulaymonni va u bilan bog'liq hikoyatlarni vasf etarkan, yuqorida Sulaymon alayhissalomga bergan ta'riflarimiz o'z tasdig'ini yana bir karra topajak. Boisi qator mumtoz asarlarda ham Sulaymon payg'ambar hayoti va faoliyati bilan bog'liq epizodlar ramziy-majoziy ma'nolar ifodalab kelgan. Sulaymon qush tilini bilganligi tasavvuf adabiyotida haqiqiy murshid "har qanday jonivor, inson tushunadigan tilda gapira oladi", ya'ni hamma narsani anglay oladi, uni o'z tilida izoh etish qobiliyatiga ega, degan g'oyani ifodalaydi. Sulaymon shamolni bo'ysundirishi ham ramziy ma'nolar bildiradi. Shamol "nimanidir yo'q va nimanidir bor etadi" deb talqin qilinadi.

Attor ham Sulaymonni shamoldan ayro tasvirlay olmasdi. Shu sabab "Hazrati Sulaymon va uning taxti" hikoyatini yozdi. Sulaymon shamol ustida taxtiga o'tirib sayr qilayotganda o'z martabasiga, saltanatiga maftun bo'lib, hayoliga "mendek shoh bormu jahonda" degan fikr keladi.

Hayoliga mahobat keldi nogoh,

Ki bormi shu jahonda men kabi shox?

Va shu zahotiyoq taxti egilib ketadi. Shamolni koyiganda u bu Allohning farmoni ekanligini aytadi va shunday deydi:

Menga Haq dargohidin keldi farmon,

Ko'ngilni ehtiyot etsin Sulaymon.

Ko'ngilni ehtiyot etsin u har dam,

Yo'q ersa, amriga bo'ysinma sen ham.

Sulaymon asli butkul uniki bo'lmagan mulk uchun kibr qildi. Lekin bularning jami faqatgina yolg'iz Allohning amri ila unga bo'ysundurib qo'yilganligini unutdi. Kibr insonni zalolatga yetaklaydi. Hatto payg'ambar ham o'z mulkiga lahza maftun bo'lganligi uchun ogohlantirish oldi. Zero, bu fazllarni barhasini unga Allohning o'zigina in'om etgandi. Bu haqda Qur'oni karimning Sod surasida shunday marhamat qilingan:

«Unga shamolni beminnat xizmatkor qilib qo'ydik, uning amri bilan u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi. Yana barcha binokor va g'avvos shaytonlarni ham. Boshqalarini ham kishanlangan holda to'plab (bo'ysundirdik)» (36-38-oyatlar)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

Shundan so'ng qalbni ehtiyot qilish uchun qanoat muhim ekanligi uqdiriladi. Qanoat sohibi haqiqiy boy kishidur. Sabr-u qanoat qo'ldagi mulkni saqlab muhofaza etadi. Kimniki, qalbida sabri, shukri, qanoati bo'lsa, olamda undan boy odam yo'q.

Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo tomonidan berilgan fazllar haqida Saba' surasida quyidagilar aytiladi:

«...va Sulaymonga shamolni (berdik). Uning (shamolning) ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo'l edi. Unga mis bulog'ini oqizib qo'ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz»

(Saba' surasi, 12-oyat).

Ya'ni Sulaymon alayhissalomga berilgan o'sha shamol ertalabdan tushgacha bir oylik yo'lni, tushdan kechqurungacha yana bir oylik yo'lni bosib o'tar, bir kunda ikki oylik yo'lni yurib qo'yar edi.

«Ular (jinlar) unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qiluvchilari ozdir» (13-oyat).

Bu narsalar Alloh taolo tomonidan Sulaymon alayhissalomga berilgan fazldir. Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga jinlardan ham, insonlardan ham, qushlardan ham lashkar berdi. Albatta, u zotga dunyodagi hamma odamlar emas, balki o'zlari yashab turgan joydagi ma'lum bir kishilar askar bo'lishgan. Shuningdek, jinlar va qushlardan ham ma'lum miqdori u zotga askarlik qilganlar. Ushbu oyatda ana shu askarlarning Sulaymon alayhissalom huzurlarida saf tortib, tizilib turganlari vasf qilinmoqda. Demak, ular muhim bir safar oldidan shu tarzda tizilib, yo'lga tushganlar.

Sulaymon alayhissalomga berilgan fazllar haqida Naml surasida ham so'z yuritilgani yuqorida aytildi. Ushbu surada u zot bilan bo'lib o'tgan quyidagi hodisalarning bayoni kelgan. Sulaymon alayhissalom o'zlarining jin, inson va qushlardan iborat askarlari bilan yurib borayotgan edilar.

«Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari bilmasdan sizlarni ezib yubormasin», dedi» (18-oyat).

Odatda to'p-to'p askarlar saf bo'lib o'tganlarida uncha-buncha narsaga e'tibor bermay, duch kelgan narsani oyoqosti qilib ketaveradilar. «Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida...»

Ya'ni chumolilar yashaydigan joyga yetganlarida...

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

O'sha chumoli, ehtimol, chumolilar vodiysining xavf-xatardan ogohlantiruvchi mas'uli bo'lgandir. Shu sababli u ularga inlariga kirib turishni maslahat berdi. Uning bu gaplarini Sulaymon alayhissalom ham eshitdilar va

«...uning so'zidan tabassum qildi va: «Robbim, menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimni va Sen rozi bo'ladigan solih amallar qilishimni nasib qilgin va rahmating ila meni solih bandalaringga qo'shgin», dedi» (19-oyat).

Sulaymon "uzugi", "chumoli" ham tasavvuf adabiyotida ramz sifatida keladi. Uzuk "barcha moddiy narsalar o'tkinchi, faqat ma'naviy kamolot birlamchi" degan fikrni ifodalaydi. Sulaymon kuch-qudrat va imkonga ega bo'lsa-da, Xoliq oldida ojizligi "chumoli" obrazida aks ettiriladi. Bu epizod "haqiqiy e'tiqod-imon inson jismida emas, balki qalbida" ekanligiga ishora etadi. Tasavvuf adabiyotida "haqiqiy imonning o'rni - imonlilar qalbidir" hikmatiga Sulaymon payg'ambar timsoli orqali erishiladi. Atoyi she'riyatida Sulaymon obrazi talqin etilganda ko'pincha u bilan bog'liq holda yo "mulk", yoki "chumoli" tushunchalariga murojaat etiladi. Mumtoz she'riyatda shundan Sulaymon payg'ambar behisob molu mulkga ega bo'lgan jahon shohi obrazini ifodalab keladi. Shunga qaramasdan Sulaymon juda ko'p sinovlardan o'tkaziladi. Shunday sinovlardan biri shu darajadagi salobat bilan ham mayda bir chumolining aqli qoshida hayratda qolishi voqeligini aytib o'tish mumkin.

Attor ham Sulaymon va chumoli obrzalaridan mohirona foydalandi. "Hazrati Sulaymon va chumoli" hikoyatida ishq yo'lidagi javonmardlik, fidoyilik lozimligini ifoda etdi. Bir kun Sulaymon dabdaba-yu hashamat bilan chumolilar to'dasi yonidan o'tdi.

Etib ta'zim bari bosh ehdi shul

Magar bir zumda minglab bo'ldilar jam.

Barcha chumolilar uning xizmatiga yugurdilar, ming-ming chumoli huzurida hozir bo'ldi. Ammo bir chumoli uning yoniga bormadi. Ul chumolining uyasi oldida bir tepalik bor edi, u bir o'zi yakka tan bo'lib, shu tepalik tuprog'ini boshqa yoqqa tortar, tepalikni butkul tashib, uyining oldini tekislash payiga tushgan edi. Sulaymon uni oldiga chaqirib, dedi:

Agar Nuh umri birlan sabri Ayyub, Muyassar bo'lsa ham, bo'lmas ishing xub.

Ya'ni, agarda chumolida Nuh umriyu Ayyub sabri bo'lsa ham bu ulkan tepalikni tashib bitkazishing mushkul ekanligini aytadi. Chumoli Sulaymonga qarab dedi:

Academic Research, Uzbekistan

1851

ww w.ai. es.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

- Ey shoh, bu yo'lda himmat bilan ish ko'rsatish kerak. Sen mening niyatimning o'ziga emas, niyatimning kamoliga boqg'il. Meni bu yo'lga muhabbat boshladi. Men tepa naryog'idagi bir chumoliga oshiqman, tepa meni undan ajratib turadi. Ul chumoli menga: shul tepani oradan ko'tarsang, vaslimga yetib, baxtiyor bo'lasan, dedi. Bu hijron devorini tashib tugatmasam bo'lmas. Shu bois hozir bu ishga belim bog'lab turibman, bundan boshqa narsani bilmasman. Agar tepalikni tashib yo'lni tozalasam, yor vasliga yetib, shodon bo'laman, ammo agar iqtidorim yetmay, shu yo'lda jon bersam ming-ming roziman. Ishqni chumolidan o'rgan, yor yo'liga yetish oson emas, jon fido qil jonona kerak bo'lsa. Ko'rlardan ko'rishni, ojizlardan qahramonlikni ta'lim ol. Chumoliga past nazar bilan qarama, chunki uning ham qalbida ishq inqilobi mavjud. Bu yo'lda nimalar bo'layotganini bilish qiyin, balki sher chumolidan tanbeh olar. Ha, Ishq mo''jizalar yaratar olamda!

Attorning "Sulaymon va ko'za" hikoyati nihoyatda ta'sirli, qalbni foniylikka aldanmaslikka undovchi hikoyadir. Kunlardan bir kun Sulaymon alayhissalom o'lik tuprog'idan bo'lmagan, dard, alamdan holi bo'lgan bir ko'za yasashni buyuradi. Payg'ambar xizmatidagilar har qancha qidirishsa ham bunday tuproqni topa olishmaydi. Shunda bir dev suv qariga sho'ng'ib loy olib keladi. Dengiz tubidagi loy darddan yiroq deb o'ylab undan ko'za yasaydilar. Sulaymon ko'zadan suv quygach u o'zining kechmishini bayon etadi. Bu olamdagi har narsa xalq tanidin yaralgan, hatto dengiz qaridan izlasang ham istagan tuprog'ingni topolmassan deya javob beradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hikoyat go'zal va ta'sirli o'xshatishlar bilan insonlik haqiqatini bayon qilgan. Sulaymon istagan inson hoki va dardu-g'amdan holi bo'lgan tuproqni topilmasligi insonni tuproqdan yaratilgani va yana tuproqqa aylanishi va yana tuproqdan bunyod bo'lishi tabiiy jarayon ekanligiga ishoradir. Bu holat ilmda moddaning bir shakldan boshqa shaklga o'tishi qonuni deyiladi. Bu yerda gap g'am-qayg'u aralashmagan tuproqni topish imkonsiz ekanligi. Ya'ni, bu dunyo amalga oshmaydigan ko'plab orzular joyidir. Dunyoda bitta amalga oshgan orzular ortida yuzlab amalga oshmagan orzular yotadi. Garchi ko'zimizga baxtlidek ko'ringan insonlar ham aslida qancha orzulariga erisholmay dunyodan o'tadilar. G'amsiz, tashvishsiz insonni bo'lishi bu dunyoda imkonsizdir. Ilohiy hikmat taqozosiga ko'ra dunyoda orzu hech tugamaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

Hikoyat shu ma'noda insonni umri g'amlardan iborat va uni hoki ham g'am bilan qorilgan demoqchi. Mobodo hech qanday g'am yo'q bo'lgan taqdirda ham, dunyodan ketishni o'zi barcha g'amlarning o'rnini bosoladi. Inson dunyoga o'ynab -kulib, nima orzu qilsa erishish uchun kelmagan. Alloh o'z Kitobida shunday degan: « Darhaqiqat, Biz insonni mehnat-mashaqqatga yaratdik »

(Balad surasi, 4-oyat) Ish shunday bo'lgach hayotini shariat mezoniga binoan qurish ilohiy ne'matdir. Aks holda hayoti mehnat-mashaqqatdan iborat bo'ladi. Haqiqiy baxt va orzular tugal amalga oshishi mumkin bo'lgan joy jannat bo'lgach u dunyo uchun harakat qilish aqlli insonni ishidir. Hikoyatda u dunyoni qo'lga kiritish uchun ko'ngil tirilishi zarur ekanligini va bunga qanday erishish mumkinligi bayon qilingan: Tilarsen to safosin ul jahonning, Go'ristonlarni et sayri makoning. O'lik ko'rmoq ila ko'ngil tirilgay, U olamni bisoti qo'lga kirgay...

Bu dunyoni tark etdilar, qanchadan qancha mollari, dunyolari qoldi. Farzandlari qoldi. Qabristonga borib tafakkur aylasak, asl mohiyatni anglab bu dunyo o'tkinchi bir rabot ekanligiga iqror bo'lamiz. Bu dunyoning tashvishlarini qo'yib u dunyoning ozuqasiga intilamiz.

"Azroil ila Hazrati Sulaymon hikoyati" xalq orasida ham ancha mashhur hikoyatdir. Hikoyatda Alloh yozgan taqdirdan qochib qutilib bo'lmasligi bayon etilgan.

Shayx Attor o'zi hikoyatiga izoh berib aytmoqdaki: Senga ushbu hikoyat hasbi holdir, Azal hukm etsa qochmog'ing maholdir.

Ya'ni, Alloh taqdiridan boshqa taqdir yaratib bo'lmas. Bizning qo'llarimiz ilohiy arqon bilan boylangan, biz qilgan har qanday tadbir, ilohiy taqdirdan o'zga narsa emasligi bayon etiladi.

Kunlardan bir kuni Sulaymon taxtida o'ltirganda, Azroil uning yoniga keldi va Sulaymon yonidagi yigitga ko'zi tushdi.

Tikib ko'z, bir nafas jumboqqa tushdi, Yigit qo'rquv bosib, titroqqa tushdi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Azroilni ko'rgan odamni qo'rquvga tushib qaltirashi tabiiy. Ammo Azroil yigitni ko'rib nega hayron bo'ladi? So'ng Azroil hayronliklar ichra Sulaymon huzuridan ketgach, yigit sohibi shamoldan uni Hindistonga eltib qoyishni iltimos

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

qiladi. Sulaymon amriga muvofiq bulut yigitni Hindistonga olib boradi. Oradan bir necha kun o'tib Azroil Sulaymon huzurida yana paydo bo'ladi. Shunda Sulaymon undan yigitga nega ajablanib tikilganligini sababini so'raydi. Azroil shunday javob beradi:

-Alloh taolo menga bu yigitni jonini uch kundan so'ng Hindistonda olishni amr etgandi. Uni sening yoningda ko'rib uch kunda qanday qilib Hindistonga borar ekan deb hayron qoldim. Bulut uni Hindistonga olib keldi, hayron qoldim. Va jonini shu yerda oldim, debdi.

Attor ushbu hikoyati bilan bizga anglatmoqchi bo'lgan ma'nolari bisyor. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Alloh yozgan taqdiridan qochish imkonsiz. Yigit ajaldan qochmoqchi bo'ldi, qutulish chorasi deb o'ylagan bulutda Hindistonga borish rejasi uni ajaliga yaqinlashtirgandi, xolos. Borliqdagi har bir narsa buyuk Allohning irodasi bilangina harakatlanishini u unutgan edi. O'lim qo'rquvi qurshagan jismi aqlini zaif-u bechorahol etgandi. Attor bu hikoyati ila ahli xoslar din dardi bilan haqiqat olamiga yo'l izlayotganda, sen sehr-u jodu manzili bo'lgan dunyoga va undagi maishatlarga mubtalosan. Agar senda oxirat dardi bo'lganida edi, dunyo seni sexrlay olmagan bo'lardi. Ish shunday bo'lgach, bilginki seni hamma amallaring bekorchilikdan boshqa narsa emas. Shunday qilib shayx Attor insonlik haqiqati dunyo bilan ovora bo'lish emas, balki, qalbdagi shirkni yo'qotib, birlikka erishishdir demoqchi.

Bir emas, ikki der hamisha mushrik,

Balo bizga hamisha sen-u menlik.

Mushriklar bir demaganlari uchun hamisha balo va mashaqqatdadirlar. Sen ham ularga o'xshab birni ikki deysan, shuning uchun taqdirga ko'nishdagi va vahdat siridagi rohatdan benasibsan. Alloh dardi bilan yashash, dunyo salomatligidan afzaldir. Barcha ishlarda Unga tavakkul qilish va U yozgan taqdirga rozi bo'lish insonni Allohga yaqinlashtiradi. Insonlik haqiqati ham aslida shudir. Xusrav Dehlaviyning ruboiysi ham shunga dalolat qiladi:

Xohlasang nasibam dardu hijron qil,

Xohlasang vaslingla shodu handon qil,

Unday qil, bunday qil meni demayman,

Qanday istar esang, shunday farmon qil...

XULOSA

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-180-189

Shayx Attor "Ilohiynoma"dagi ushbu hikoyatlari bilan Sulaymon obrazini yanada boyitgan. Sulaymon haqidagi ilk manbalar ham, batafsil ma'lumotlar ham diniy-muqaddas kitoblardir. U qadimgi yahudiy, nasroniy va islom ilohiy kitoblarida qayd etilgan. Shuning uchun ham jahon adabiyoti namunalarida barcha xalqlar tarixiga tegishli siymo sifatida talqin etiladi. Adabiyotshunoslikda Sulaymon siymosi tarixi va badiiy ifodasiga alohida ilmiy tadqiqot ham bag'ishlangan . Sharq adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodida Sulaymon umuminsoniy timsol sifatida tasvir etiladi. Buning ikki muhim jihatini e'tirof etishimiz mumkin. Birinchidan, islomiy qarashlar bo'yicha, Sulaymon insoniyat payg'ambarlaridan biri deb talqin etiladi. Shuning uchun diniy manbalarda, tasavvuf adabiyotida, tafsir va hadislarda, payg'ambarlarga bag'ishlangan qissalarda keng tasvirlanadi. Bu esa Sulaymon obrazining umumjahon adabiyotidan o'rin olishiga xizmat qilgan. Ikkinchidan, Sulaymon shoh va jahon shohi sifatida talqin etilishidir. Ma'lumki, Sharq va G'arb adabiyotida shohlar obrazi talqini alohida an'ana hisoblanadi. Sulaymon esa Sharq, xususan, o'zbek adabiyotida to'rtta jahon shohlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Demakki, mifologik qarashlarda Sulaymon shoh sifatida ham jahondagi barcha xalqlar tarixi bilan bog'lanadi. Ko'rinadiki, Sulaymon payg'ambar va jahon shohi sifatida dunyo xalqlari ma'naviy-moddiy hayot tarzlariga daxldorlik kasb etadi. Shayx Attor nubuvvat haylidagi barcha payg'ambarlar silsilsini juda jozibali tasvir etgan. Hikoyatlardagi mohiyat tafakkurni botin olamiga sayr etishga undaydi.

REFERENCES

1. Qur'oni Karim. HILOL-NASHR. Toshkent. 2017

2. Shayx Farididdun Attor. Ilohiynoma. T. :Musiqa,2007

3. Alisher Navoiy "Badoe ul-bidoya" .T.: 1991 (BB.220).

4. Internet

5. Farididdunattor telegram kanali

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.