Научная статья на тему 'FOLKLOR VA MUMTOZ ASARLARDA XIZR OBRAZINING TALQINI'

FOLKLOR VA MUMTOZ ASARLARDA XIZR OBRAZINING TALQINI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
940
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xizr alayhissalom / obi hayot / xirqayi axsar / homiy / najotkor. / Hizr / water life / hirkai aksar / rescuer

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tilakova, Nafosat Kamol Qizi, Shodmonov, Nafas Nomozovich

Mazkur maqolada Xizr alayhissalom haqidagi mifologik tasavvurlar, va mumtoz adabiyotlardagi Xizr obrazi tahlil etilgan. Bundan tashqari Xizr alayhissalom haqidagi ulamolarning fikrlari keltirilgan. Farididdun Attor va Alisher Navoiy asarlarida Xizr obrazi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF KHIZR IN FOLKLORE AND CLASSICS

This article analyzes the mythological notions about Hizr, and the image of Hizr in the classical literature. In addition, the opinions of the scholars about Hizr are given. The image of Hizr is analyzed in the works of Farididdin Attar and Alisher Navoi.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR VA MUMTOZ ASARLARDA XIZR OBRAZINING TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor

FOLKLOR VA MUMTOZ ASARLARDA XIZR OBRAZINING TALQINI

Tilakova Nafosat Kamol qizi

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi II kurs magistaranti Qarshi. O'zbekiston Respublikasi nafosattilakova280@gmail.com Ilmiy rahbar: f.f.d. professor Shodmonov Nafas Nomozovich

Mazkur maqolada Xizr alayhissalom haqidagi mifologik tasavvurlar, va mumtoz adabiyotlardagi Xizr obrazi tahlil etilgan. Bundan tashqari Xizr alayhissalom haqidagi ulamolarning fikrlari keltirilgan. Farididdun Attor va Alisher Navoiy asarlarida Xizr obrazi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Xizr alayhissalom, obi hayot, xirqayi axsar, homiy, najotkor.

This article analyzes the mythological notions about Hizr, and the image of Hizr in the classical literature. In addition, the opinions of the scholars about Hizr are given. The image of Hizr is analyzed in the works of Farididdin Attar and Alisher Navoi.

Keywords: Hizr, water life, hirkai aksar, rescuer.

В статье представлены мифологические представления о Хизре анализируетсия образ Хизра в классической литературе. Кроме того, приводятся мнения ученых о Хизре. Образ Хизра анализируется в произведениях Фаридиддина Аттара и Алишера Навои.

Ключевые слова: Хизр, водная жизн, спонсор, спаситель, хиркаи ахсар.

Qadim zamonlardan buyon odamlar ularni ilohiy bir kuch boshqarishiga e'tiqod qilib kelishadi. Yer kurrasida qancha din bo'lsa hamki, zamirida ehtiyoj va taslimiyat, madad, umid, najot tuyg'ulari bilan sug'orilgandir. Muqaddas Islom diniga e'tiqod qiluvchilar Allohning birligiga va payg'ambarlar Allohning elchilari ekanligiga e'tiqod qiladilar. Har bir payg'ambar alohida muahabbatga sazovor. Payg'ambarlarning sayyidi Muhammad mustafo sollollohi alayhi vassallamdurlar. Payg'ambarlar va avliyo zotlar, Allohning valiylari hayotlari haqidagi rivoyatlar og'izdan og'izga o'tarkan, boyib, kamayib, asliyatidan bir qadar yiroqlashgan.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Masalan. xalq orasida katta-yu kichik biladigan Xizr alayhissalom obrazidan mumtoz adabiyotda va xalq og'zaki ijodida keng qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xizr, Hazrati Xizr, Xizr buva — islom rivoyatlaridagi shaxs, taqvodor inson. Xizr Qur'onda tilga olinmagan, lekin ulamolar Qur'onda "Allohning quli" nomi bilan tilga olingan shaxsni Xizr deb talqin qiladilar. Xalq orasida Xizrga odamlarda Allohga bo'lgan e'tiqodni qo'llab turish uchun Iso, Ilyos va Idris singari abadiy hayot ato etilgan,u hayot bulog'idan "obi hayot" ichgan va umri boqiy bo'lgan, o'ng qo'lining bosh barmog'i suyaksiz bo'lishi, nogahonda yo'liqib, bir zumda ko'zdan g'oyib bo'lishi kabi ogizdan ogizga o'tib kelgan gaplar bor.Xizr orollarda yashaydi, osmonda uchadi, dunyo bo'ylab kezib yuradi, har yili haj qiladi, juma kunlari Makka, Madina va Quddus sh.laridagi masjidlarda namoz o'qiydi. Dengizda suzuvchilarga homiylik qiladi, maxsus duolar bilan chaqirilsa, yordamga keladi: suvga cho'kayotganlarni qutqaradi, yong'inni o'chiradi, o'g'rilar xurujidan, jinlarning xiylalaridan, ilon chaqishidan asraydi. Chol, suvori yoki yo'lovchi ko'rinishida paydo bo'ladi, dehqon dalasiga yoki xirmonga nazar tashlasa, hosil barakali bo'ladi naznunidagi rivoyatlar bor. So'fiylar Xizrni avliyolar piri sifatida e'zozlaydi. Xizrning tirik ekanligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Qur'oni karimning "Kahf surasi"da Xizr haqida gap boradi. Unda keltirilishicha, Muso a.s. Allohga murojaat qilib, ozidan ham ilmi ziyoda kishi bor yoki yo'qligini so'raydi. Olloh taolo Xizr undan ilmliroq ekanligini aytadi. Muso Xizr bilan uchrashadi. Unga hamroh bolishga ruxsat so'raydi. Xizr u nima ish qilsa ham o'zi aytmaguncha so'ramasligini uqtiradi. Yolda Xizr tomonidan kemaning teshilishi, bir bolani o ldirishi, yiqilay deb turgan devorni tuzatishi Musoni hayratga soladi. Sabr qilolmay, har birining sababini so'raydi. Xizr hamrohlik shu yerda tugashini aytadi va voqealar sababini izohlaydi1. Bu voqealardan Xizrga xos muhim bir sifat - yetuk ilm egasi ekanliklari oydinlashadi.

"Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga O'z dargohimizdan rahmat ato etgan va O'z huzurimizdan ilm bergan edik". 1

Ko'p sahih hadislar dalolat qilishicha, oyatdagi solih bandadan murod Xizr alayhissalomdir. Ba'zi ulamolar uni payg'ambar, deb bilishsa, boshqalar Xizrni Alloh tarafidan ilmi laduniy berilgan solih bandalardan biridir, deyishgan.

Ayrim ulamolar shunday deyishgan: "Bu oyatda, garchi martabalari farq qilsa ham, ilm oluvchi olimga itoat qilishiga dalolat qilinmoqda. Musoning Xizrdan ta'lim

1 Qur'oni karim. 204-205-betlar.

Scientific Journal Impact Factor

olishi Xizrning Musodan afzal ekanini ko'rsatmaydi. Zero, fozil fazilatda o'zidan pastroq darajadagi odamdan ham tahsil olishi mumkin. Demak, Alloh u ikkisidan birini boshqalar bilmaydigan ilm bilan siyladi. Muso alayhissalom ilmi shariat ahkomlari, zohiriy hukmlar bilan bog'liq edi. Xizr alayhissalom ilmi esa ba'zi g'ayb narsalar va botiniy ma'rifat bilan bog'liq edi ".

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:

"U "Xizr" deb nomlanganiga sabab shuki, agar oq (quruq) yerda o'tirsa, ko'k rangga aylanardi (o 'sha yerda o 'simlik o 'sardi, deyilmoqchi)" (Buxoriy rivoyati).

Yana bir tomoni, u kishining yashillik bilan aloqadorliklari. "Qisasi Rabguziy" da shunday deyiladi:

"Xizr ma'nisi yashil bolur. Qayu tosh uza Xizr alayhissalom oltursa ul tosh yasharur erdi. Aning uchun Xizr ataldi. Aymishlar: Qayu yerda oltursa ul yer ko "karur erdi " 1.

XVIII asr Xorazm shoiri Muhammad Niyoz Nishotiy o'zining "Qushlar munozarasi" asarida toti tilidan shunday fikrlarni bildiradi:

Muhaqqiq ulamolar, jumladan, Imom Buxoriy, Ibn Qayyum va boshqalar fikricha, Xizr o'zga insonlar kabi vafot etgan. Boshqalar Xizr tirik ekani, oxiri zamonda vafot etishini aytishgan.

Ibn Qayyum aytadi: "Xizrning tirik ekani aytilgan hadislarning barchasi yolg 'ondir. Bu borada bironta ham sahih hadis yo 'q. Bu masalani hadis ulamolari to 'liq bayon qilishgan. Agar istasang, ularning qavllariga murojaat qil ".

Xizrga xos muhim sifatlardan yana biri uning homiyligi, qiynalgan, adashgan kishilarga yo'l ko'rsatishi, yordam berishidir. U yo'lda, dashtda, o'rmonda tunda ham, kunduzi ham kezib yuradi. Xizr go'yoki uyqudagi inson bilan ham muloqotga kirish xususiyatiga ega. U musulmon xalqlari tushunchalarida, asosan, nuroniy chol sifatida, Xizr bobo, Xo'ja Xizr, Hazrati Xizr nomlariga ega holda tasavvur etiladi. Orta Osiyo xalqlari nazarida, Xizr nuroniy chol qiyofasida ko'rinadi, unga kim yo'liqsa, kim uni ko'rsa, baxtli bo'ladi. Ko'pgina musulmon mamlakatlarida Xizr kishilarni o't va suv balosidan, ilon va chayon chaqishidan himoya qiluvchi obraz sanaladi. Xalq og'zaki ijodi namunalarida Xizr asar qahramonlarining piri, suyanchi, himoyachisi sifatida

1 Qisasi Rabg'uziy. II kitob. 68-bet.

2 Nishotiy. Qushlar munozarasi // Muborak maktublar. T., 1987. 293-bet.

Muttasil Hinddur manga manzil, Xizrdek kiyganim erur yashil 2.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

namoyon boladi. "GoWg'lining tugilishi" dostonida tasvirlanishicha, Xizr Go'ro'glining homiysi:

Bek bo Iganning bo Imas ekan havosi, Topilgay-da endi dardning davosi. Go^ro^gli shunday tashlanab qolganda, Bolam, deb keldi er Xizr bobosi2.

Xalq qo'shiqlarida ham Xizrning insonlarni qo,llash,suyash, ularga pirlik qilishiga ishora qilinuvchi misralar uchraydi:

Birda-ikkida to yda aytganim yo "q, yor-yor, Qo 7 bergan xo ^jayin Xizr o "zing qo Ha, yor-yor, Olan aytib to^ylarni gul qilasiz, yor-yor, Bu Xizrni o "zingizga pir qilasiz, yor-yor3.

Ozarbayjon olimi M.Saidov Xizrni turkiy tilli xalqlarga taalluqli timsol deydi. Xizrni iliqlik, o't, olov bilan boglaydi. Uningcha, Xizr yolda qolgan, adashganlarga yordam beradi1.

Farididdun Attorning «Ilohiynoma» asarida «Ibrohim Adham va Xizr alayhissalom hikoyati» keltirilgan. Hikoyatda Ibrohim Adham ismli ulug' podsho a'yonlari bilan o'ltirganda, bir tuyachi chol qiyofasida Xizr kirib keladi. Ijozatsiz kirgan cholni ko'rib Ibrohim Adhamni jahli chiqadi. Shunda Xizr unga taklifsiz kirganinig sababini izohlab shunday javob beradi: Xizr dediki, bu karvonsaroydir,

Yo 'lovchi bir qo 'nib o 'tmoqqa joydir.

Ibrohim bu muazzam saroy qanday qilib rabot bo'lishi mumkin deb jaxllangada Xizr bu go'zal saroylarda necha kishilar shoxlik davrini surishgan, kun kelib joningni Allohga topshirganingda sendan ham qoladi. Shu boisdan bu yer rabotdan o'zgasi emas deb javob beradi. Bu gaplardan so'ng Ibrohimning qalbi yonib shoxlikdan voz kechib Xizrga ergashadi. Taqvo yo'liga kiradi.

Xizrga ergashib, bo 'ldi ravon ul,

Ki mardlar ichra mardi paxlavon ul.

Hikoyatda dunyo doimiy joy emasligini eslatish bilan birga nasihat agar aniq nishonga tegsa qanday kuchga egaligi ta'kidlanmoqda. Xizr alayhissalom Ibrohim Adhamga shunday so'z o'yini qilib qalbiga ta'sir qiladigan nasihat qildi. Natijada Ibrohim Adham nasihatdan foyda topdi. Agar kimdir olimlarning nasihat va

2 Go'ro'g'lining tug'ilishi. Dostonlar. T., 1967, 72-bet.

3 Oq olma, qizil olma. T., 1972.160-bet. 1 Oq olma, qizil olma. T., 1972. 128-bet.

Scientific Journal Impact Factor

eslatmalaridan foyda topmayotgan bo'lsa, buni ikki sababi bor. Bin qalbni qotib ketganidan bo'lsa, ikkinchi sabab nasihat qiluvchining iqtidori kamligidan bo'ladi. Ilm shunday narsaki uni egallash ko'plarga nasib qilish mumkin. Lekin bu ilm bilan boshqalarni tarbiya qilish alohida fasohat talab qiladi. Fasohat hamma olimlarga emas balki ilmiga amal qiluvchilargagina nasib qiluvchi ilohiy ne'matdir. Agar qaysi yurtda olimlar ko'p bo'lsa ham natija ijobiy bo'lmayotgan bo'lsa, demak ilmiga amal qiluvchilar kamligidandir. Hikoyatning umumiy ma'nosiga kelsak, bu dunyo hammamiz uchun ham rabot ya'ni, mehmonxondadir. Kimki dunyoni shunday ko'rmas ekan najot topishi mumkin emasdur. Dunyoga mehr bermay oxiratni tanlaganlarga shunday rohat va xotirjamlik beriladiki, ahli dunyolar bu rohatni tushuna olmaydilar. Shuning uchun ulug' mashoyiqlarimizni so'zlari ta'sirli edi. Chunki ular bu rohatni avval o'z qalblarida vujudlarida his qiladilar. Ularni shu ma'noda aytgan so'zlariga e'tibor qilaylik:

Agar dunyo podshohlari biz topgan rohatni bilib qolganlarida, bizdan bu ne'matni tortib olish uchun ustimizga qo'shin tortib kelgan bo'lar edilar...

Mumtoz adabiyotimizda bo'lganidek, "Xamsa"da ham ko'p bor nomi tilga olingan ulug' zotlardan biri Xizrdir. Xizr, u kishiga xos sifatlar, bu obrazning yozma adabiyotdagi o'rni, poetik vazifalari, xalq og'zaki ijodi asarlari va mumtoz adabiyotda uchraydigan Xizr xususida ko'pgina tadqiqotlar yaratilgan. Yuqorida qayd etganimizdek, Xizr yashillik bilan aloqador. "Farhod va Shirin" dostonidan olingan mana bu baytda Xizr kiyimining yashilligi nazarda tutilgan:

("Farhod va Shirin". 28-bet) Navoiy dostonning oltinchi bobida "Qalam vasfida" gapiradi. Nizomiy, Xusrav Dehlaviylarni ulug'laydi. Xusrav Dehlaviyni madh etib, uni "guharrez", "hinduyizodi shakarrez" ("hinduyizod-hindistonlik Xusrav Dehlaviy"), "Shirin maqol", "bulbul" deya nisbatlaydi. Uni Xizr payg'ambar deb biladi. "Hulla axzar" - yashil to'n degani. Ana shu birikma Xizr kiyimiga ishora qilmoqda. "Sab'ai sayyor"da ham shu mazmundagi bayt bor:

Xizr monand sabzadin rangi Sabzasi suyi ko "zgusi rangi.

("Sab'ai sayyor". 178-bet) Dostonning yigirma beshinchi bobi uchinchi iqlim yo'lidan kelgan musofir hikoyati haqida. Unda Misr mamlakatilik Sa'd afsonasi keltiriladi. Sa'd o'z uyida turli kishilarni, musofirlarni ziyofat qilib, qiziq sarguzashtlarni tinglardi. Bir kuni ikki

Bo^yig^a nazm solg^on hulla axzar, Dema to "ti, degil Xizri payambar.

Scientific Journal Impact Factor

g'arib keladi. Ular boshdan oyoq yashil kiyimda edi. Musofirlar Shahrisabzdan ekanliklarini, yashillikka burkangan yurtdanliklarini aytishadi. Yuqoridagi bayt ham Shahrisabz ta'rifida. Shaharning yashilligini Xizrmonand, ya'ni sabz rang deya uqtirishmoqda. Mana bu misralarda ham Xizr sifatlari bayon qilingan:

Ushbu bayt ham dostonning shu bobidan olingan. Sa'd ko'rgan tushining ma'nosini topish uchun g'orda necha yildan buyon maqom tutgan bir pir bilan uchrashadi. Pir boshidan o'tgan voqealarni gapirib beradi. Donishmand bu zot tush ko'rib, ta'birini topolmay qiynalgani, jonidan umid uzganida bir pir duc h kelgani, uning "xirqasi axzar" - kiyimi yashil, "aso axzar" - hassasi yashil bolib, xuddi Xizrga o'xshashini aytadi. Bu yerda ham kiyim va aso rangi Xizr ko'rinishiga o'xshatilgan. Dostonning bir o'rnida "Xizr yanglig' libosi rayhoniy" deyilgan. Bu ham yashillikka ishora.

"Saddi Iskandariy"da Iskandarning Hindistonga safari haqida gapiriladi. Hindistonning go'zalligi madh etiladi. Dehli yaqinidagi Nigor o'rmoni ta'riflanar ekan, Navoiy shunday baytni keltiradi:

Ormon, daraxtlar, undagi qushlar haqida gapirilib, har bir daraxtning yashilligi Xizrga qiyoslanmoqda. "Xamsa"da Xizr, u kishi ega bo'lgan tiriklik suvi kiritilgan baytlar ham anchagina. Ko'pgina manbalarda Xizr payg'ambar, ba'zi o'rinlarda avliyo, ba'zan esa mifik obraz tarzida talqin etiladi. Bizningcha, Xizr ega bolgan "obi hayot", "tiriklik bulogY' tushunchalari mifologik tasavvurlar bilan bogliq. Hayot suvi, "obi hayot", uning zulmat olamida ekanligi, bu suvni Xizr, Ilyos va Iskandar izlagani haqidagi tafsilotlar boshqa o'rinlarda keltiriladi. "Xamsa" da Xizr bilan bog'liq voqealar bisyor.

Xizr ega bolgan sifatlardan yana biri hamrohlik, odamlarga to'g'ri yol ko'rsatish, og'ir damlarda suyanch bolish. "Xamsa" da ana shu mazmundagi misralar ham uchraydi. Bu narsa Xizr so'zi mohiyati bilan ham aloqador. Tilshunos olim N.Husanovning qayd etishicha, "Xizr matnlarda "hamkorlik qiluvchi, hamroh, avliyo, yo'l ko'rsatuvchi, yashil, daraxt, ma'shuqa labidagi tuk, mangu tirik, ustoz" kabi ma'nolarni ifodalaydi"

Xirqasi axzaru aso axzar, Go^yi ul erdiXizrpayg^ambar.

("Sab'ai sayyor". 188-bet)

Qo^nub qay shajar uzra axzar qilib, Ne axzarki, Xizri payambar qilib.

("Saddi Iskandariy" 311-bet)

Scientific Journal Impact Factor

"Saddi Iskandariy" dostonidan olingan mana bu baytda Xizrning kishilarga hamrohlik qilishi aniq tasvirlangan:

Yozma adabiyotning negizida xalq ogzaki ijodining boy merosi yotadi. Aksariyat obrazlarning etimalogiyasiga nazar tashlasak, ular xalqning badiiy ijod mahsulidir. Shular jumlasida mumtoz adabiyotda juda keng qo'llanadigan Xizr obrazi ham mifologik qahramonlardan biriga aylangan. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Qur'onda Xizr alayhissalomning abadiy tirik ekanliklarini isbotlovchi oyat yo'q. Xizr alayhissalom Allohning solih bandasi va u hamma qatori vafot etgan. Obi hayot haqidagi fikrlar esa mifologiya bilan bog'liq. Ta'riflarda Xizrning bir qancha sifatlari bor ekanligi qayd etiladi. Jumladan, uning boqiy hayot ekanligi, hamrohlik qiluvchi avliyo, og'ir damlarda yordamga keladigan najotkor.

REFERENCES

1. Shayx Farididdun Attor. Ilohiynoma. T. :Musiqa,2007. 270-bet

2. Husanov N. XV asr o'zbek adabiy yodgorliklaridagi antroponimlarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlari //Filologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. T., 2000. 30-bet.

3. Oq olma, qizil olma. T.: 1972. 128-bet. 160-bet.

4. Qur'oni karim. 204-205-betlar.

5. 5.Qisasi Rabguziy. II kitob. 68-bet.

6. Nishotiy. Qushlar munozarasi // Muborak maktublar. T.: 1987. 293-bet.

7. Go'ro'g'lining tug ilishi. Dostonlar. T. : 1967, 72-bet.

8. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. MAT.20 tomlik. 11-tom. T.:1993. 311-bet.

9. Alisher Navoiy. Sab'ai sayyor".T.: 1991 188-bet, 178-bet,

10. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin" .MAT.20 tomlik.T.:1991. 28-bet

Safar qilmag^ong^a ne ogohliq, Ki elga qilur Xizr hamrohliq.

("Saddi Iskandariy". 255-bet)

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.