Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ZAHIRA LOKOMOTIVINI HISOBGA OLGAN HOLDA LOKOMOTIV PARKINING TAYYORLIK FUNKTSIYASINI TAHLIL QILISH USULI VA
METODI
Quvondiqov Jaloliddin Manguberdi Olimboy o'g'li Toshkent davlat transport universiteti assistenti E-Mail: jaloliddin1690@gmail.com
Annotatsiya: Sovuq zaxiraga ega bo'lgan, resurslari tiklanadigan lokomotivlar parkining tayyorlik koeffitsientini uzoq muddatli istiqbolini matematik modellashtirish; rejalashtirilgan transport xismatlarini o 'z vaqtida bajarish uchun lokomotiv parkining tayyorlik koeffitsienti muxim ekanini ko 'rsatish; butun lokomotiv parkining kelajakdagi texnik xolatini bashorat qilish metodologiyasini yaratish.
Kalit so'zlar: lokomotiv parkining tayyorlik koeffitsienti, Markov zanjiri, Chapman-Kolmogorov tenglamasi, parkning nosozlikgacha o'rtacha ishlash vaqti, tiklanishning o'rtacha vaqti, zaxira lokomotivlarining o'rtacha soni, ta'mirlanayotgan lokomotivlarning o'rtacha soni, tizimdagi kutilayotgan ishchi lokomotivlarning soni.
METHOD AND METHOD OF ANALYSIS OF THE READINESS FUNCTION OF THE LOCOMOTIVE FLEET, TAKING INTO ACCOUNT
THE RESERVE LOCOMOTIVE.
Annotation: Mathematical modeling of the long-term prospects of the readiness coefficient of the fleet of locomotives with cold reserves, renewable resources; Demonstrate the importance of the readiness of the locomotive fleet for the timely implementation of the planned transport services; development of a methodology for forecasting the future technical condition of the entire locomotive fleet.
Keywords: locomotive fleet readiness coefficient, Markov chain, Chapman-Kolmogorov equation, average fleet run time before failure, average recovery time, average number of spare locomotives, average number of repaired locomotives, expected in the system number of working locomotives.
МЕТОД И МЕТОДИКА АНАЛИЗА ФУНКЦИИ ГОТОВНОСТИ ЛОКОМОТИВНОГО ФЛОТА С УЧЕТОМ РЕЗЕРВНОГО ЛОКОМОТИВА.
Аннотация: Математическое моделирование долгосрочной перспективы коэффициента готовности парка локомотивов с запасами холода, возобновляемыми ресурсами; Продемонстрировать важность готовности локомотивного парка к своевременному выполнению
Scientific Journal Impact Factor
О
запланированных транспортных услуг; разработка методологии прогнозирования будущего технического состояния всего локомотивного парка.
Ключевые слова: коэффициент готовности локомотивного парка, цепь Маркова, уравнение Чепмена-Колмогорова, среднее время работы парка до отказа, среднее время восстановления, среднее количество запасных локомотивов, среднее количество отремонтированных локомотивов, ожидаемое в системе количество работающих локомотивов.
Uzoq yillar mobaynida shakillangan dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki harakat tarkibi birligi istalgan logistik va temir yo'l kompaniyalarining asosiy ishchi yadrosi hisoblanadi. Rivojlangan davlarlarda temir yo'l tizimiga mamlakatda amalga oshirilayotgan transpotirovka ishlarining aksariyat ulushi to'g'ri keladi. Bu holat temir yo'l kompaniyalari logistik vazifani o'z vaqtida va kerakli xajmda bara olishi bilan tushuntiriladi. Demak, lokomotiv parking soz xolatda bo'lishi to'g'ridan-to'gri mamlakat temir yo'l tizimi reputatsiyasini belgilab beradi.
Shu bois mamlakatimizda ham lokomotivlar parki texnik xolatiga va parkning birliklarini bosqichma-bosqich yangilab borishga katta e'tibor berilmoqda. Yangi lokomotivlar «Temir yo'l samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 586-sonli qaroridan kelib chiqadigan «Lokomotiv parkini yangilash» investitsiya loyihasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida sotib olinadi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ (O'TY) parkining lokomotivlar soni 700 donadan oshdi, ularning 46% teplovozlar va 54% elektrovozlardir. Harakatlanuvchi tarkib parkini yangilash va parkning tayyorlik darajasini oshirish maqsadida so'nggi 10 yil ichida kompaniya tomonidan 15 ta yo'lovchi, 12 ta yuk-yo'lovchi, 11 ta yuk elektrovozi va 10 ta yo'lovchi teplovozini sotib olindi. Shu o'rinda, lokomotiv parkining imkoniyatlarini logistik oshirish uchun kompaniya oldiga qo'ygan maqsadlardan biri, yaqin kunlarda 24 ta (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo'lovchi hamda yuk tashishga mo'ljallangan) elektrovozini sotib olish. Bugungi kunda «O'zbekiston temir yo'llari» AJning lokomotiv parkida mavjud lokomotivlarning 50 foizdan ortig'i yangilangan. Kompaniya ustuvor vazifa sifatida mijozlarning logistik talablarini tez va to'liq bajarishni maqsad qilib qo'yar ekan, bu soxada lokomotiv parkining yuqori tayyorgarlikda bo'lishi juda muhim jihat hisoblanadi. Demak 700 dan ortiq lokomotivni va 10 ga yaqin tez yurar poezni o'z ichiga oluchi park uchun lokomotiv parkining tayyorlik koeffitsienti yuqori darajada ushlab turish va uni uzoq
KIRISH
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
istiqbolli bashorat qilish, texnik nosozliklaming stoxastik xususiyatini o'rganish va ushbu nosozliklarni bartaraf etish uchun tuzatuv xizmati asosiy muammo hisoblanadi. Agar ko'plab lokomotivlar nosozligi sababli park harakat tarkibi fondi kamaysa, kompaniya rejalashtirilgan xizmatlarni qoplash uchun kerakli transport imkoniyatlarini ta'minlay olmaydi. Bunday vazyatlarni oldini olish uchun "O'zbekiston temir yo'llari" AJ kompaniyasi bir nechta sovuq zaxira (nosoz lokomotivlarni almashtirish) uchun lokomotivlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ammo, kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan logistik xizmatlar uzluksiz bo'lishi uchun zaxira lokomotivlarining park lokomotivlariga nisbatab soni qanday bo'lishi lozim? Tasavvur qiling, parkning tayyorligini yaxshilash uchun kompaniya parkida 200 dan iborat xizmat lokomotivi va 3 ta zaxira lokomotivlarini saqlanadi. Ishlayotgan lokomotivlardan biri ishdan chiqqan taqdirda, sovuq zaxira lokomotivlaridan biri nosoz lokomotivni darxol almashtiradi va transport xizmati uzluksizligi ta'minlanadi. Biroq, har birining qiymati taxminan 5 million AQSh dollar bo'lgan lokomotivlarni zaxirada saqlash iqtisodiy jixatdan samarali emas. Yuqorida keltirilgan dalillarni hisobga olgan xolda, ishchi va zaxira lokomotivlariga ega park uchun tayyorlik ko'rsatgichlari tahlil, ularni uzoq muddatli istiqbolini bashorat qilish va barchasini ilmiy tasdiqlash xozirgi kunda dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
Lokomotivlar parkining tayyorlik ko'rsatgichlarini matematik modellashtirish metodi va shartlari.
Lokomotiv parkining tayyorlik ko'rsatgichlarini tahlil qilish maqsadida Markov zanjiri asosida tizimning ishlash jarayoni modellashtirildi. Model tizimning tayyorligi, sovuq zaxira lokomotivlari soni, ishchi lokomotivlarning kutilayotgan nosozlik darajasi va depoda lokomotivlarga texnik xizmat ko'rsatish vaqtlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatish uchun ishlab chiqildi.
Yaratilgan modeldan foydalanib, park tizimining asosiy ko'rsatkichlarini baholash rejalashtirilgan. Parkning samarali ishlashining asosiy ko'rsatkichlari:
■ Parkning ish holati vaqtining davomiyligi;
■ Nosozlik paydo bo'lgungacha bo'lgan o'rtacha vaqt;
■ O'rtacha tiklash vaqti.
Tayyorgarlikning barqaror holati parkning texnik soz holatda ishlashining uzoq muddatli yuqori ehtimolini va zarur transport ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli lokomotivlar mavjudligini ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, ishchi lokomotiv ishlamay qolganda, xizmatga tayyor zaxira lokomotivi mavjud. Nosozlik paydo bo'lgungacha bo'lgan o'rtacha vaqt, parkning "noto'liq rejim" (park yetarli ishchi
Scientific Journal Impact Factor
O
lokomotivlariga ega bo'lmagan rejim) ga o'tishidan oldin "to'liq rejimda" (park yetarli ishchi lokomotivlariga ega bo'lgan rejim) ishlash davomiyligini bildiradi. O'rtacha tiklanish vaqt esa parkning "to'liq rajim" ga o'tgunga qadar lokomotivlarning texnik xizmat ko'rsatish deposida qancha muddat qolishini bildiradi. Modelni yaratish mobaynida zaxira lokomotivlarining lokomotiv parki tayyorligiga ta'siri aloxida e'tibor bilan o'rganildi.
Ishlab chiqilgan model parkdagi ishchi lokomotivlar umumiy sonini (K), zaxira lokomotivlari sonini (S), ta'mirlanayotgan lokomotivlar sonini (R), nosozlik darajasini (X) va ta'mirlash tezligini (m) kirish ma'lumotlari sifatida qa'bul qiladi, hamda chiqish ma'lumotlari sifatida parkning barcha tayyorlik ko'rsatkichlarini taqdim etadi. Kirish ma'lumotlari sifatida ixtiyoriy qiymatdagi sonni kiritish mumkin. Model nosoz lokomotivlar va zaxira lokomotivlari soniga qarab parkning tayyorlik holati grafiklarini hosil qiladi. Model lokomotivlarning tasodifiy nosozligini, shuningdek ta'mirlash vaqtidagi o'zgarishlarni hisobga olish uchun matematik jihatdan korrekt. Matematik model quyidagi istisnolarga asoslanib yaratilgan.
Modelning tavsifi va istisnolar:
Muammoni matematik tarzda shakllantirish uchun quyidagi istisnolardan foydalanildi:
4- Lokomotiv parki N = K + S ta bir xil lokomotivlardan iborat.
-I- Ushbu lokomotivlarining K tasi bir vaqtning o'zida ishlashi mumkin. Qolgan S tasi zaxira lokomotivlari.
-I- Butun tizimning "to'liq rejim" da ishlashi uchun aniq, K sonli lokomotivlar ishlashi kerak. Ishlayotgan lokomotivlar soni K tadan kam bo'lsa, park "noto'liq rejim" da ishlayapti deb aytish mumkin.
-I- Har bir lokomotiv juda ko'p sonli bo'lishi mumkin bo'lgan, M ta xilma-xil tarkibiy qismlardan iborat.
-I- Modelni soddalashtirish uchun faqat bitta komponent darajasini, ya'ni lokomotivni bitta birlik sifatida qabul qilinadi.
4- Parknig ishi boshlanish davdida (t = 0) barcha lokomotivlar yangi deb taxmin qilinadi.
-I- M tarkibiy qismlaridan biri ishlamay qolsa, lokomotiv nosoz deb xisoblanadi.
4- MTBF (ingl. Mean time between failures - nosozliklar orasidagi o'rtacha vaqt davomiyligi) va lokomotivlarni ta'mirlash vaqti eksponensial vaqt taqsimot qonuniyatiga bo'ysinadi deb taxmin qilamiz.
-I- Lokomotivning ishlash vaqti X eksponensial vaqt taqsimot qonuniyatiga
Scientific Journal Impact Factor
o
bo'ysinadi.
-I- Xuddi shunday, lokomotivni ta'mirlash vaqti ¡i ham eksponensial vaqt taqsimot qonuniyatiga bo'ysinadi.
Har bir lokomotivning ishdan chiqish vaqti boshqa lokomotivlarning holatiga bog'liq emas va ishlamay qolish vaqti lokomotivning ma'lum bir holatda bo'lgan vaqt davomiyligiga bog'liq emas.
-I- Ta'mirlashdan so'ng, lokomotivning texnik xolati yangi lokomotivniki kabi bo'ladi va zaxira yoki ekspluatatsiya ketadi.
-I- Ishlayotgan lokomotivlardan biri ishlamay qolgan holda, zaxira lokomotivi bilan (agar zaxira lokomotivi bo'lsa) darhol almashtiriladi.
-I- Zaxirada kutish rejimidan ish holatiga yoki ta'mirdan kutish rejimiga o'tish bir zumda amalga oshiriladi.
-I- Har doim ishlayotgan lokomotiv ishlamay qolsa, u darhol tuzatish ishlari olib boriladigan ta'mirlash deposiga yuboriladi.
-I- R ta bir xil ta'mirlash depolari yoki ta'mirlash brigadalari mavjud. Faqat bitta ta'mirlash punkti buzilgan lokomotivni ta'mirlash uchun mo'ljallangan. Har qanday ta'mirlash markazining har qanday nosoz komponentni tuzatishi uchun sarflanadigan vaqt mustaqil va eksponensial taqsimot qonuniyatiga bo'ysinadi deb hisoblanadi. Keyinchalik, biz bu xolatni ikkita holatga ajratib tahlil qilamiz, ya'ni R<S va R>S.
-I- Ta'mirlash jarayoni "birinchi kelganga birinchi xizmat ko'rsatilinadi" (FCFS - First Come First Serve) prinsipi asosida olib boriladi.
-I- Nosoz lokomotivni ta'mirlash tugagandan so'ng, lokomotiv zaxirada kutish rejimiga yuboriladi. Agar tizim "to'liq rajim" da bo'lmasa, bu holda tiklangan lokomotiv to'g'ridan-to'g'ri ish jarayoniga yuboriladi va lokomotivning holati yangi hisoblanadi.
Scientific Journal Impact Factor
Rasm-1. Lokomotiv parkining Model bo'yicha ekspluatatsiya jarayoni
Lokomotivlar parkining tayyorlik funksiyasini soviq zaxiradagi lokomotivlar sonini xisobga olgan xolda xisoblash uchun kerakli shartlar ishlab chiqildi. Lokomotivlarning ishdan chiqishi va ishdan chiqqan lokomotivlarning soviq zaxiradagi lokomotivlar bilan almashtirish jarayoni sxemasi tuzildi va masalani xal etish metodi sifatida Markov zanjiri uslubi tanlandi.
Yuqoridagi 1-rasmda ko'rsatilgandek, lokomotivlar vaqt o'tishi bilan turli xil nisbatlarda taqsimlanadi. Muayyan ta'mirlash vaqti o'tgandan so'ng, agar nosozliklar soni o'rtacha darajadan past bo'lsa, ko'pchilik lokomotivlar ish vaqti kelishini zaxirada kutadi. Boshqa holatlarda, nosoz lokomotivga texnik xizmat ko'rsatish jarayoni ta'mirlashning o'rtacha vaqtdan ko'proq vaqt talab qilishi sababli, ta'mirlash ustaxonalarida nosoz lokomotivlar navbatda yig'ilib qoladi. Ammo S tadan ko'p bo'lgan lokomotivlar ishlamay qolgungacha, park o'z ishini "to'liq rejim" da davom ettirishi mumkin. Ta'mirlash ustaxonasidagi lokomotivlar sonining zaxiradagi lokomotivlar sonidan oshmasligi ehtimoli S, bu ekspluatatsion tayyorlik xisoblanadi.
Avval aytib o'tganimizdek, parkning tayyorligi va belgilangan muddat davomida ishlay olmaydigan nosoz lokomotivlar sonining tegishli ehtimoli ushbu muammoni hal qilish samaradorligining ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Yuqoridagi taxminlarga asoslanib, biz Markov zanjiri tahlilidan foydalanadigan usulni ishlab chiqishinmiz mumkin.
XULOSA
Agar zahiradagi lokomotivlarning umumiy soni S bo'lsa, u holda K ta lokomotivlar ishlayotgan har qanday t vaqtda S ta lokomotivlar yoki ta'mirlash ustaxonalarida bo'lishadi yoki kutish rejimida bo'ladi. Agar ta'mirlash ustaxonasida S
1043
Scientific Journal Impact Factor
O
sonidan ko'p bo'lmagan lokomotivlar bo'lsa, u holda K sonli lokomotivlar ishlashni davom ettirishi mumkin. Biroq, S+1 ta lokomotivlar ta'mirlash ustaxonasiga kelishi bilanoq, oldindan belgilangan hajmdagi ishlarni bajarish uchun parkning kamroq lokomotivlaridan foydalaniladi va demak, park zarur darajadan pastroq ishlay boshlaydi. Ya'ni, ishlayotgan lokomotivlar soni K dan kam bo'lganida, park "noto'liq rejim" da ishlay boshlaydi.
1. UNIFE Jahon temir yo'l bozorini o'rganish // Status kvo va istiqbol 2020, 3-nashr. UNIFE: Bryussel, 2010. - 23-24 p. - inglizcha.
2. Marktvolumen im Neu- und Servicegeschaeft sowie Perspektiven der Marktentwick-infrastruktur und Schienenfahrzeugen // Weltmarkt Bahntechnik 2009 - 2014 SCI Verkehr GmbH. : Koeln, 2010. - 250 S. - Germaniya.
3. Gorskiy A.V. Murakkab tizim sifatida elektr harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligini hisoblash metodikasi / A.V. Gorskiy // Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiya. - M.: MIIT, 1968.- 67-71 p.
4. Puzankov A.D. Ishlashda ishonchlilik ko'rsatkichlarini hisoblash va ulardan foydalanish usullari / A.D. Puzankov // oliy o'quv yurtlari uchun darslik, qo'llanma. transport -M. : MIIT, 2004.- 57-61 p.
5. Elsayed, A. Elsayed. Ishonchliy Muhandislik / A. Elsayed. Elsayed. Massachusets shtati// Addison Wesley Longman, Inc., 1996. - 109-113 p.
6. Gnedenko B.V. Ishonchlilik nazariyasidagi matematik usullar/ B.V. Gnedenko, Yu.K. Belyaev, JAHON. Soloviev. - M.: Ilm-fan, 1965 .-- 24-26 p.
7. Kozyrev V.A. Elektr harakatlanuvchi tarkibni ta'mirlash tsikli tuzilishini aniqlash metodikasi/ V.A. Kozyrek // Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiya. -M. : MIIT 1977 yil.- 92-97 p.
8. Akulova I.V. Mashinaning ishonchliligi va sifatni boshqarish / I.V. Akulova // Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun uslubiy ko'rsatma. -: PGUPS 2017 .-- 3-7 p.
9. Tsaplin A.E., Kuvondikov J.O., Nazirxonov T.M. "Afrosiyob" (Talgo 250) tezyurar poezdining tayyorgarligini tezkor ma'lumotlarga asoslanib tahlil qilish va baholash metodologiyasi /A. E. Tsaplin, J. O. Quvondiqov, T. M. Nozirxonov // Nashriyotdagi maqola "Tadqiqot natijalari byulleteni". -: PGUPS 2019. - 3-9 p.
10. Efanov A. N., Rumyantsev N. K. Transport tizimi faoliyatining samaradorligini baholash / A. N. Efanov, N. K. Rumyantsev //Nashriyotdagi maqola "IZVESTYA PETERSBURG TEMIR YO'LLARI UNIVERSITETI". -: PGUPS 2012.154-156 p.
REFERENCES