YUK AVTOMOBILLARINI ISHLATISHDA ULARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Zamirbek Xametov Abdulatif Abdubannopov Boburjon Botirov
Farg'ona politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekiston iqtisodiyotining dinamik o'sishi bevosita uning yuk va passajirlarni tashish hajmi ortishi bilan bog'liq. Savdo va yo'lovchi tashish jamiyatda qamrab olingan. Avtomobillarda yuk tashish jarayoni mobaynida zamonaviy talablar asosida yangi logistik normalari uchun tashish jarayoni tashkil qilish.
Kalit so'zlar: Yuk tashish, yuk avtomobili, ekspluatatsiya sharoiti, konstruksiya
EVALUATION OF THE EFFICIENCY OF USING TRUCKS IN OPERATION
Zamirbek Khametov Abdulatif Abdubannopov Boburjon Botirov
Fergana Polytechnic Institute
ABSTRACT
In this article, the dynamic growth of the Uzbek economy is directly related to its increase in freight and passenger traffic. Trade and passenger transportation are covered in the community. Organization of the transport process for the new logistics standards on the basis of modern requirements during the process of transportation of goods by road.
Keywords: Transportation, truck, operating conditions, construction
KIRISH
O'zbekiston iqtisodiyotining dinamik o'sishi bevosita uning yuk va passajirlarni tashish hajmi ortishi bilan bog'liq. Savdo va yo'lovchi tashish jamiyatda qamrab olingan. O'tgan besh yil mobaynida yuk aylanmasi hajmi 1,5 marta, yo'lovchi aylanmasi 1,45 marta o'sdi. Transportda yuk tashishning umumiy hajmi, avtotransport vositalaridagi ulushi, umumiy yuk tashish jarayoni hajmi bilan bog'liq. Bugungi kunda avtotransport vositalariga to'liq yuk hajmining 90% dan ortig'i to'g'ri keladi. Avtomobillarda yuk tashish jarayoni mobaynida zamonaviy talablar asosida yangi logistik normalari uchun tashish jarayoni tashkil qilingan. Iqtisodiyotning dinamik o'sishini ta'minlashning muhimligi yangi zahiralarni qidirish, tashish jarayonidagi hizmatni takomillashtirish, tashish hajmining o'sish su'rati, yuk avtomobillaridan foydalanish jarayonida samaradorligini orttirish, intellektual va informatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali erishiladi. Bu foydalanish jarayonidagi yangi
yondashuv avtotransport vositalarini hayot siklidagi yangi bosqichlarini bir-biriga bog'liqliligini aniqlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shunday qilib, xalqaro ekspertlar hisobiga ko'ra mamlakatni dengiz portiga erkin kirish yo'li yo'qligi, ayniqsa transport tariflarini sezilarli tebranishi 1% dan 8-9% gacha eksport va import tovarlarida tashish xarajatlari ulushini oshiradi.
O'zbekiston iqtisodiyotining dinamik o'sishi bevosita uning yuk va passajirlarni tashish hajmi ortishi bilan bog'liq. Savdo va yo'lovchi tashish jamiyatda qamrab olingan. O'tgan besh yil mobaynida yuk aylanmasi hajmi 1,5 marta, yo'lovchi aylanmasi 1,45 marta o'sdi. Transportda yuk tashishning umumiy hajmi, avtotransport vositalaridagi ulushi, umumiy yuk tashish jarayoni hajmi bilan bog'liq. Bugungi kunda avtotransport vositalariga to'liq yuk hajmining 90% dan ortig'i to'g'ri keladi.
Dizel divigatellaridan keng foydalanish oshdi. Hozirda yonilg'i sarfi benzinda ishlaydigan dvigatellarga qaraganda 30-40% kam bo'lib, foydali ish koeffisienti.
50% ga yetishi mumkin. Bunga turbokompressorda puflash, chiqindi gazlarni retsirikulyasiya qilishni roslaydigan Common Rail yonilg'i uzatish sistemasi orqali erishiladi.
Plastmassa kuzovlar ("Trabant" avtomobili) va alohida plasmassa detallar(kapot , yukxona qopqog'i , buffer ,qoplama detallar va boshqalar) ishlatish eng yuqori samara beradi. O'rtacha plastmassadan tayorlangan detallarning massasi po'lat detallarga qaraganda 2 barobar kam bo'ladi.
Avtomobil transporti bilan yuklarni tashishlar tannarxining strukturasi
№ Harajatlar nomi Ulush % da
O'zbekiston Evrosayuz
1 Yoqilg'i 37-40 16-20
2 Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rstish (mehnat xarajatlari) 2-2,2 3
3 Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish (butlash xarajatlari) 15-16 52-55
4 Haydovchining ish haqqi 2-2,5 1-1,1
5 Texnikaning amortizatsiyasi yoki lizingi 10-12 5-6
6 Boshqa xarajatlar 6-7 2
ATV ning ekspluatatsion samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillar maqsadni ta'minlashda bir butunni tashkil qilgan holda, takomillashtirish bo'yicha mustaqil hisoblanadi.
MUHOKAMA
ATV ni ekspluatatsiya qilish samaradorligi
ATV ning Texnik darajasi Tashishlarni tashkil etish darajasi TX, ta'mirlash va saqlashni tashkil etish darajasi Ekspluatatsiya sharoitlarini takomillashtirish
Yuqorida sanab o'tilgan omillarni optimallashtirish bilan transport xizmatlarining tannarxining jiddiy kamaytirish mumkin.
Tadqiqotlarning natijalari tanlangan mezon bilan belgilanadi samaradorlikni baholash mezonlari mualliflar qo'ygan masalalarga ko'ra xar xil.
Yuk avtomobillarini ekspluatatsiya qilishning samaradorlik mezoni qurishda quyidagi talablarni hisobga olish zarur. Mezon quyidagicha bo'lishi kerak:
- Ekspuatatsiya qilish sistemasining asosiy vazifasi va rivojlanishini aks ettirish;
- Ekspluatatsiyaning samaradorlik ko'rsatkichlari sistemasi asosida qurilishi lozim.
Eng ummiy talab shundan iboratki, ekspuatatsiya samaradorligini baholash mohiyatiga ko'ra kompleks va tuzimli bo'lishi zarur. U, yuk avtomobillarini ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish muommosining yechimini izlashda tijoriy va texnik, iqtisodiy va tashkiliy ijtimoiy va ekologik aspentlarning uzviy (organik) birligini hisobga olishni talab qiladi ko'rsatkichlar sistemasini yaratish va o'zaro uzviy bog'liqlik haqidagi g'oyani amaiyotda amalga oshirish uchun ko'rsatkichlar quyidagi talablarga javob beradi;
Bunda holat yuk avtomobillarini ekspluatatsiya qilish samaradorligi funksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
A = f(W,N,R) (1.1)
Bu erda, A-ekspluatasiya sistemasining umumlashtirilgan samaradorlik ko'rsatkichi; V - yuk avtomobilining amaldagi unumdorlik ko'rsatkichi; N-yuk avtomobilining ishonchlilik ko'rsatkichi; R - ekspluatatsiya sistemasining tejamlilik ko'rsatkichi.
Har qanday yuk avtomobilini eng asosiy ekspluatatsion parametrlari to'la massa (yuk ko'tarish qobiliyati) va harakatlanish tezligi hisobga olinadi. Unumdorlik ularning qiymatiga bog'liq bo'ladi.
Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsion xususiyatlar ko'rsatkichlari yordamida o'xshash avtomobil bilan sifatini esa me'yorlangan ko'rsatkichlar bilan taqqoslab baholanadi
K = KaWlCnpo f(KE0W0Cnpi) (1.2 )
Bu erda K3 - yukni etkazib berishning kafolatlanganlik koeffitsienti (yukni etkazib berish ehtimoliy vaqtining avtotransport vositalarining ishonchliligiga bog'liq bo'lgan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
kafolatlangan yetkazib berish vaqtiga nisbati), i, o —taqqoslanadigan va al'ternativ variantlaming indekslari.
Avtomobilning unumdorligi:
i=m
KrMr pvcpT (1 -X KTl)
W =-^— (1.3)
1 + Vp X Ks,
i=1
Bu erda Kr -yuk ko'tarish qobilyatidan foydalanish koeffitsienti; Mr - avtomobilning yuk ko'tarish qobiliyati; p- o'tilgan yo'ldan foydalanish koeffitsienti; V^, KTl, KSi -ekspluatatsion texnoligiklik koeffitsientlari; - keltirilgan harajatlar.
Detal va uzellarning moslashuvchanli - darajasini miqdor jihatdan baholash uchun moslashuvchanlik koeffitsientidan foydalanilgan. U quyidagiga teng:
Knp = N0 / NH, (1.4)
Bu erda n^ - haqiqiy ekspluatatsiya sharoitlarida ehtiyot qismlarning amaldagi sarfi, dona.; - ehtiyot qismlarning me'yoriy sarfi, dona.
Taklif etilgan moslashuvchanlik koeffitsienti - haqiqiy ekspluatatsiya
sharoitlarida ehtiyot qismlarning amaldagi sarfiga va ehtiyot qismlarning me'yoriy sarfiga sarfiga bog'liq. ATV ning ekspluatatsiya sharoitlariga moslashuvchanlik darajasini shu koeffitsient yordamida aniqlash ma'qul ekspluatatsiya sharoitlarida ehtiyot qismlarning me'yoriy sarfini har bir model uchun alohida ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Kompleks samaradorlik ko'rsatkichi ATV ning yuk avtomobillariga muvofiq hisoblab chiqiladigan unumdorligi hisoblanadi. U quyidagi [38] formuladan hisoblanadi.
w = qrpv ••t- • 365-a (15)
L +pvt • tnp '
Bu erda q - yuk ko'tarish qobiliyati, t; y, p,a - yuk ko'tarish qobiliyati o'tilgan yo'l chiqarish koeffitsientilari; Vt - texnik tezlik, km/soat; - naryad vaqti, ch; lez -yuk bilan yurish uzunligi, km; t^ - yuk ortish - tushirish ishlariga tayyorlanish va
bajarishga ketgan vaqti.
Ushbu kompleks ko'rsatkich nafaqat ATV ning ishonchliligi, uning texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashga moslashuvchanligi (a), tashilayotgan yukning tavsiflariga moslashuvchanligi (p, t^) ni hisobga olish, balki ularning texnik harakat tezligiga
ta'siri orqali ko'pgina ekspluatatsion xususiyatlarni baholash imkonini ham beradi.
ATV ning kompleks samaradorlik me'zoni - joyning dengiz sathidan har xil balandliklari uchun quyidagi tenglama:
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
W. = ^Vl. *L = W^ , (1.6)
Q Qs Kq Qh
Bu erda KW, Kß - unumdorlik tog'li sharoitlarda va yonilg'i sarfining optimallashgan koeffitsientlari; w - ATVni tog' sharoitidagi unumdorligi; qh - tog'li sharoitlarda yonilg'i sarfi, 1/100 km.
ATV ning unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
w_qyßVP. Km (1 - Kopr ) a7)
1 + Vcp . Ks '
Bu erda V^ - o'rtacha harakatlanish tezligi, km/soat; Km - marshrut tanlashning ratsionalligini aniqlovchi koeffitsient; K^ - tashishlarni tashkil qilish va ATV ga xizmat ko'rsatishga ko'ra vaqt yo'qotilishini aniqlovchi koeffitsient;
KS - yuk ortish-tushirish ishlari, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashga ketadigan vaqt harajatlarini aniqlovchi koeffitsient.
Mazkur dissertatsiyada marshrutdagi avtopoezdning samaradorligini tahlil qilishda marshrutga chiqishdan oldin uning samararadorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar hisobga olinmaydi (yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishga ketgan vaqt harajatlari, texnik hizmat ko'rsatish va ta'mirlash harajatlari, naryad vaqti, liniyaga chiqarish koeffitsienti va b.).
Solishtirma unumdorlikni quyidagi formuladan aniqlash taklif qilinadi:
W mr V
W =~Q~, (1.8)
Bu erda mr - tashilayotgan yuk massasi, t; V - o'rtacha harakatlanish tezligi, km/soat; Qs - yo'ldagi yonilg'i sarfi, l/100 km.
Yuk avtomobili texnik - iqtisodiy samaradorligining kompleks qo'rsatkichi taklif qilingan. U quyidagi formuladan hisoblanadi:
~ ma ' Vcp
Kt.s6s =~^JL (1.9)
Bu erda ma - avtotransport vositalarining to'la massasi t; Gt -yonilg'ining o'rtacha soatbay sarfi l/soat;
Komleks ko'rsatkich -avtomobildan foydalanishning solishtirma tannarxi taklif etiladi. Uning strukturasi keltirilgan harakatlar me'zoniga o'xshaydi va quyidagi formuladan aniqlanadi:
100( S np + S 9 )
=-w-, (1.10)
' r
Bu erda Syd - ATV dan foydalanishning solishtirma tannarxi, so'm/100t.km;
S - ATV ni ishlab chiqarish tannarxi, uning meyoriy ishlash vaqti soatiga to'g'ri
keladigan, so'm/soat;
S:3 - ATV ni soatbay ekspluatatsiya qilish tannarxi, so'm/soat; wr - chasovaya proizvoditelnost ATS, t.km/soat.
ishda unumlashtirilgan ko'rsatkich-solishtirma unumdorlikni taklif qilingan bo'lib, undan texnik daraja va sifatni yagona miqdoriy baholash shuningdek, konstruktsiyaning ma'lum ekspluatatsiya sharoitlariga moslashuvchanlik darajasini baholashda foydalanish mumkin. U quyidagi formuladan aniqlanadi:
wQ = r'q 'Vcp (1.11)
Q Qs
Bu erda Wß - solishtirma unumdorlik ( 100m • km2/1 • soat); y - yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti; q - gruzopod'emnost, t; Vcp -avtomobilning o'rtacha harakatlanish tezligi, km/soat; QS -yonilg'ini yo'ldagi sarfi, l/100 km.
NATIJA
Avtotransport vositalarining samaradorligini baholash me'zonlari
ATV samarado rligini baholash me'zonla ri Formulasi Baholash me'zonlari
Samarad orlik koeffitsie nti K = Kwwcm /(Kœwocnpo i=m KrMr ßVJ (1 -X KTi ) W = i=1 i i=m 1+Vp X Km i=1 )Yukni yetkazib berishning kafolatlanganlik koeffitsienti, unumdorlik, ATV ning taqqoslanadigan va al'ternativ variantlaridagi keltirilgan harajat-lari ko'paytmalarining nisbati Transport ishini al'ternativ transport bilan taqqoslab baholaydi.
Moslashu vchanlik koeffitsie nti Kp = N* / NH Ma'lum ekspluatatsiya sharoitlarida ehtiyot qismlar amaldagi sarfining ehtiyot qismlar Ekspluatatsiyadaga etarlicha vaqt tugagandan keyin aniqlanadigan moslashuvchanligini
me'yorlangan sarfiga nisbati. baholash.
Yuk avtomobi lining unumdorl igi w_qyßVt - - TH - 365-î L +ßVt - t np *Texnik tezlik, yuk ko'tarish qobiliyati, yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish, o'tilgan yo'l, liniyaga chiqarish koeffitsientlari, naryad vaqti, yuk bilan yurish yuk-ortish tushirish ishlariga ketadigan vaqtini hisobga oladi. Muayyan davr yoki yildagi transport hizmatini baholash.
ATV ning unumdorl igi w qrßVp - Km (1 - Kops ) 1+Kp - K s O'rtacha harakatlanish tezligi,yuk ko'tarish kobiliyati, yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish. Qatnov, muayyan davr yoki yildagi transport xizmatini baholash.
Solishtir ma unumdorl igi W =mH ' VP W Qs 9 Tashilayotgan yuk massasi va o'rtacha harakatlanish tezligi ko'paytmasining yonilg'ining yo'ldagi sarfiga nisbati Bajarilgan ish bo'yicha transportai baholash, ATV ni tanlashda foydalanish mumkin.
YUk avtomobi li texnik-iqtisodiy samarado rligining kompleks ko'rsatki chi m - V Y — a °p Kt.э6э ~ T^T , Gt To'la massa va o'rtacha harakatlanish tezligi ko ' paytmasining soatbay o'rtacha yonilg'i sarfiga nisbati. Bajarilgan ish bo'yicha transportai baholash.
Avtomob ildan foydalani shning solishtir ma tannarhi 100(S np + s9 ) wr ' Ishlab chiqarish tannarhi va ATVning soatbay ekspluatatsiya tannarhi yig'indisining ATV soatbay unumdorligiga nisbati, t.km/ch Bajarilgan ish bo'yicha transportai baholash ATV ni tanlashda foydalanish mumkin.
Solishtir ma unumdorl ik v ■ q ■ F W = v q ccp Q Qs Tashilayotgan yuk massasi va ATVning o'rtacha harakatlanish tezligi ko'paytmasining yonilg'ining yo'ldagi sarfiga nisbati Bajarilgan ish bo'yicha transportni baholash, ATVni tanlashda foydalanish mumkin.
Monitoringning quyidagi usullari farqlanadi:
1. Masofadan turib monitoring qilish;
2. Aerokosmik usullar;
3. Yer yoldoshi orqali olingan ma'lumotlarni kompyuterda ishlash usullari;
4. Fizik - kimyoiy usullar;
5. Biologik monitoring usullari
6. Ma'lumotlarni statik va matematik yo'l bilan ishlash usullari;
7. Geografik axborot sistemalari;
8. Xronometraj qilish, so'roq o'tkazish anketa to'ldirish, suhbat o'tkazish va boshqalar.
Transport monitoringgidan tashishlarni bohqarish sistemalari va avtoparkning boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarida transport logistikasi masalalari hal qilishda foydalaniladi. Ishlash prinsipi transport koordinatalarni kuzatish va tahlil qilishdan iborat.
2-rasm. Transportni yer yo'ldoshi orqali monitoring qilish.
XULOSA
Uzatish moduli mobil aloqa operatorlarining simsiz tarmog'idan foydalanib, ma'lumotlarni uzatish imkonini beradi. Olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi va matn
shaklida yoki kartografik axborotdan foydalanib dispecherga beradi. 3-rasmda dastur taminoti interfeyslarining namunalari berilgan.
- GPS yo'ldoshining signallari asosida xususiy turgan joyni, harakatlanishning tezligi va yo'nalishini hisoblaydi;
- O'xshash yoki raqamli kirishlar orqali tashqi datchiklarni ulaydi;
- Ketma - ketligdagi porta yoki yanada ixtisoslashgan CAN interfeysi bo'lgan bort uskunalarida ma'lumotlarni solishtiradi;
- Aloqada bo'lgan vaqtda ma'lumotlarning ba'zi hajmini ichki xotirasida saqlaydi;
- Olingan ma'lumotlarni, ular ishlanadigan serverga uzatib beradi;
Yer yo'ldoshi yordamida monitoring qilishda quyidagilarni nazorat qilish mumkin:
- Harakatlanish (siljish) marshruti;
- Harakatlanish va marshrut grafiklariga rioya qilinishi;
- Ish vaqti hamda haydovchi va operatorlar ish rejimlari va grafiklarga rioya qilish, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi;
- Yonilg'idan foydalanish sarflash (sarflash);
- Transportdan foydalanish, uning o'tgan yo'li va harakatlanish tezligi;
- Ishlash zonalari, yani "geo zone" sistemasidan foydalanib, muayyan transport vositasiga harakatlanishga ruhsat berilgan hududni oldindan aniqlash mumkin.
Quyidagilarni tahlil qilish mumkin:
- Tanlangan vaqt oralig'ida ma'lum transport vositasidan foydalanishning har xil parametrlari va shartlari shunday qilib, ham muayyan transport sistemasidan , ham transport parkining hammasidan samarali foydalnishni tahlil qilish mumkin;
- Transport vositalari parkining ishi;
- Transport haydovchilari ishining samaradorligi;
- Transport harakatlanish marshrutining optimalgi va samaradorligi.
REFERENCES
1.B.A.Xojev. Avtomobillarda yuk va pasajjir tashish asoslari. Darslik T., "O'zbekiston", 2002 yil
2. B.A.Xodjaev. Avtomobil'no'e perevozki. T. : —Oqituvchill, 1991.
3.A.V.Vel'mojin, V.A. Gudkov, L.B. Mirotin, A.V.Kulikov.- Gruzovoe avtomobil'no'e perevozki. M.: — Goryachaya liniya - Telekoml, 2007.
4. L.L.Afanas'ev, N.B. Ostrovskiy, S.M.TSukerberg- Edinaya transportnaya sistema i avtomobil'no'e perevozki. M.; «Transport». 1984
4.B.A.Xodjaev- Gruzovoe Avtomobil'no'e perevozki. T. : —Oqituvchill, 1984
5. N.Z.Arifjanova, M.F.Yoqubov. Avtomobillarda yuk va pasajjir tashish asoslari ( Masalalar toplami). T.: —FANl.2007.
6.L.I.Paliy i Z.V Polovinnikova. Avtomobil'no'e perevozki (zadachnik) M.:, «Transport». 1982