Scientific Journal Impact Factor
"AFROSIYOB" (TALGO 250) TEZYURAR POEZDINING ISHONCHLILIK, TAYYORLIK VA TA'MIRTALABLILIK KO'RSATKICHLARINI TAHLIL
QILISH
Quvondiqov Jaloliddin Manguberdi Olimboy o'g'li, Toshkent davlat transport universiteti
jaloliddin1690@gmail.com Ulug'bek AbdulatipovIslomjon o'g'li, Toshkent davlat transport universiteti ulugbek69719497@gmail.com
Annotatsiya: "Afrosiyob" (Talgo 250) tezyurar poezdining ishonchlilik, tayyorlik va ta'mirtalablilik koeffitsientlarini ekspluatatsion ma'lumotlarga asoslangan xolda tahlil qilish.
Kalit so'zlar: ishonchlilik koeffitsienti, tayyorlik koeffitsienti, ta'mirtalablik koeffitsienti, Vaybull vaqt taqsimoti qununi, eksponentsial taqsimot qonuni, normal logarifmik taqsimot qonuni.
Abstract: Analysis of the coefficients as reliability, availability and maintainability for the high-speed train "Afrosiyob" (Talgo 250) based on operational data, with given distribution laws.
Key words: reliability factor, availability factor, maintainability factor, availability function, Weibull distribution, exponential distribution law, normal logarithmic distribution law.
Аннотация: Анализ коэффициентов надежности, доступности и ремонтопригодности высокоскоростного поезда «Афросиаб» (Talgo 250) на основе эксплуатационных данных с заданными законами распределения.
Ключевые слова: коэффициент надежности, коэффициент готовности, коэффициент ремонтопригодности, функция доступности, распределение Вейбулла, экспоненциальный закон распределения, нормальный логарифмический закон распределения.
Ushbu izlanishda "Afrosiyob" tezyurar poezdining ishonchliligi tahlili natijalari keltirilgan. Tahlil "O'zbekiston temir yo'llari" temir yo'l kompaniyasi tomonidan ishlatilinayotgan "Afrosiyob" tezyurar poyezdining tezkor ma'lumotlariga asoslandi. Meyyoriy xujjatlarda tezyurar poezdning ishonchliligini tahlil qilish usuli
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
aniqlanib, ishonchlilig ko'rsatgichlari uch guruhga bo'lingan: ishonchlilik koeffitsiyenti, ishga xozirlik koeffitsiyenti va texnik xizmat ko'rsatish imkoniyati. Rejalashtirilgan joriy ta'mirlash ishonchlilikning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq tiklaydi deb taxmin qilingan. Ishonchlilik tahlili 2014 yil yanvar oyining boshidan 2015 yil boshigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan eksperiment sinovlaridan yig'ilgan ma'lumotlar asosida amalga oshirildi. Bu esa tezyurar poyezdning joriy ta'mirlash o'rtasidagi ishonchliligini tekshirishga imkon berdi.
Izlanishlar ekspluatatsiya davrida "Afrosiyob" tezyurar poezdida tez-tez uchraydigan muammolar quyidagilar ekanligi aniqlandi:
-I- temir yo'l relslari va g'ildirak juftligi orasidagi aloqa bilan bog'liq muammolar;
sovutish tizimidan sovitish suyuqligining oqib chiqishi; -I- pnevmatik tizimdagi nosozliklar;
-I- elektr tizimidagi nosozliklar (shu jumladan radioaloqa ham); -I- sovitish ventilyatorlari va boshqalardagi nosozliklar. Ro'yxatdan olingan nosozliklarning tuzilishi quyidagi uzellarda past ishonchliligini ko'rsatdi:
-I- temir yo'l relslari va g'ildirak juftliklari orasidagi aloqa bilan bog'liq muammolar;
-I- pnevmatik tizimdagi nosozliklar; -I- mashinalar va elektr tizimlaridagi buzilishlar. "Afrosiyob" tezyurar poezdining tadqiqot uchun tanlangan ko'rsatgichlari
Ekspluatatsion sinovlar davomida olingan ma'lumotlar tahlil qilindi va hisoblab chiqildi. Ma'lumotni rasmiy qayd etish, uni yig'ish va qayta ishlash Microsoft Excel dasturida amalga oshirildi. Keyinchalik, Mathcad paketining imkoniyatlaridan foydalanib, ishonchlilik tahlillari o'tkazildi, jumladan quyidagi ko'rsatgichlar:
o uzluksiz ishlash va nosozliklarni bartaraf etish vaqtining gistogrammasini ishlab chiqildi;
o uzluksiz ishlash vaqtini taqsimot qonunlari va nosozliklarni tuzatish haqidagi farazlarni sinovdan o'tkazilindi;
o ma'lumot kam bo'lgan taqsimot qonunlarini baholandi; o asosiy statistik parametrlarni aniqlandi; o ishonchlilik omillarini hisoblandi;
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1. "Afrosiyob" tezyurar poezdining ishonchliligi omillari
"Afrosiyob" tezyurar poezdining ishonchliligini baholash doirasida quyidagilar aniqlandi:
• birinchi nosozlikga qadar bo'lgan vaqtning integral formulasi, F(t);
• texnik xizmat ko'rsatish doirasida tiklash funktsiyasi, H(t);
• nosoz xolatning o'rtacha davomiyligi, TdO,
• nosoz xolatgacha bo'lgan o'rtacha davomiyligi, soz xolatda ishlash davomiyligi, Th [5].
Nosoz xolatning o'rtacha davomiyligi (Tdo) uchun ish vaqti gistogrammalari tuzildi va asosiy statistik parametrlar hisoblab chiqildi: o'rtacha arifmetik qiymati, standart og'ishi, dispersiyasi, barcha nosozliklar davomiyligi yig'indisi. Grafiklarda empirik integral vaqt taqsimotining birinchi nosozlik funktsiyasi (ishonchsizlik funktsiyasi deb ataladigan) va nazariy jihatdan eng yaxshi integral vaqt taqsimotining funktsiya ko'rsatilgan.
Nazariy integral vaqt taqsimoti va empirik ma'lumotlar o'rtasidagi solishtirishlar funktsional chizmalar yordamida amalga oshiriladi. Gipotezalarni tekshirish uchun 95% aniqlik darajasi qabul qilindi va Anderson-Darling (AD) to'g'rilik testi qo'llanildi. Taqsimot qonunlarini aniqlik darajasini yuqori bo'lishi uchun xisoblash jarayonida maksimal ekspluatatsiyaga yaqin son qiymatlaridan
Rasm 2. Asosiy statistik parametrlar bilan "Afrosiyob" tezyurar poyezdining ishdan chiqish chastotasi gistogrammasi.
Sinov tezyurar poezdning soz ishlashi va ishlamay qolishining empiric vaqt taqsimoti bilan Veybul taqsimoti o'rtasidagi quyidagi parametrlarga muvofiqligini tasdiqladi: a = 1.435 va b = 898.9 (3-rasm).
a) b)
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1.00.80.6. f" 0.4- ■
0.0-
So/ ishlash vaqti (soal)
Rasm 3. a) "Afrosiyob" tezyurar poyezdining nosozlikga qadar o'rtacha ish vaqti davomiyligining Veybullni uchun ampirik va nazariy kumulativ taqsimot funktsiyalari, b) Vaybul taqsimoti va empirik ma'lumotlarning taqqoslanishi. Hisoblangan taqsimot qonuni parametrlari asosida quyidagilar aniqlandi: • tezyurar poyezdning ishdan chiqguncha soz ishlash ehtimoli funktsiyasi:
= 1 exp £)G = 8-285 ■ 10_5exp(—5.773 ■ 10-5 ■ t1433) ■ t°433, t>
0
(1)
• tezyurar poyezdning ishdan chiqguncha soz ishlash taqsimoti integral funksiyasi:
b) rejalashtirilgan ta'mirlashlar o'rtasidagi tezyurar poezdning texnik tiklanish funktsiyasi H(t) [7].
Texnik qayta tiklash funktsiyasi H(t) soz ishlash vaqti davomiyligiga qarab tezyurar poezdlarning o'rtacha buzilishlar sonini aniqlanadi.
Ketma-ket rejalashtirilgan ta'mirlash o'rtasida tezyurar poezdni texnik tiklashga sarflangan vaqt soz ishlash vaqtining 1,5 foizidan oshmaydi. Shuning uchun hisob-kitoblarda H(t) ahamiyatsiz deb hisoblanadi. Bunday holda, H(t) texnik tiklash funktsiyasi ish vaqtini uzaytirishning o'rtacha vaqtini ifodalaydi, bu t vaqtcha bo'lgan nosozliklar soniga teng emas. 4-rasmda ketma-ket rejalashtirilgan ta'mirlash bilan nazariy mos keladigan empirik texnik tiklanish funktsiyani grafigi ko'rsatilgan. H(t) funktsiyasi grafigi "Afrosiyob" tezyurar poyezdining o'rtacha nosozliklar sonini ko'rsatadi. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, tezyurar poezdda rejali ta'mirlashlar o'rtasida 16 ta nosozlik sodir bo'lgan.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Ta'mirlashlar orasidagi vaqt (soat)
Rasm 4. "Afrosiyob" tezyurar poezdini rejali ta'mirlash o'rtasida texnik tiklanish funktsiyasi.
Analiz qilish maqsadlarda tezyurar poezdni tiklash funktsiyasining empirik shakli quyidagicha ifodalanishi mumkin [8]:
iï(t) = 1.641 + 0.0019t + 2.5464- lO^t^O < t < 35040 (3)
Bu yerda:
t - tezyurar poezdning ish vaqti [soat]
c) Nosoz xolatning o'rtacha vaqti, Tgo.
Quyidagi taqsimot funktsiyasi formulasi asosida hisoblab chiqilgan o'rtacha nosozlik vaqti davomiyligi:
' ' ' " t ^ (4)
Ekspluatatsion ma'lumotlar asosida hisoblab chiqilgan, birinchi texnik nosozlikgacha bo'lgan ish vaqtining statistik bahosi, (5 ta xizmat ko'rsatish tsiklini xisobga olgan xolda) quyidagiga teng:
TA0 = 204.05 [soat] (5)
d) O'rtacha nosozlikga qadar bo'lgan vaqt va nosozliklar orasidagi o'rtacha vaqt, Tn.
Vaqtning taqsimot funktsiyasi asosida hisoblab chiqilgan poezdning nosozlikning o'rtacha vaqti davomiyligi:
TH = Çt fk(t)dt = Çt- [1.559- 10-3 exp(—1.4246- 10~3 ■ tL094}]dt =
96.6 [scat]
(6)
Ekspluatatsion ma'lumotlardan hisoblab chiqilgan nosozliklar orasidagi o'rtacha vaqtni statistik baholash quyidagicha bo'ladi:
1206
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TH = 96.6 [soat] (7)
Yuqorida keltirilgan hisob-kitoblardan kelib chiqadigan bo'lsak, tezyurar poyezdning rejali ta'mirdan keyingi birinchi nosozligi o'rtacha 204 soatdan keyin (taxminan 9 kun), keyingi rejasiz nosozliklar o'rtacha har 96,6 soatda (taxminan 4 kun) sodir bo'lar ekan.
2. Ta'mirtalablik ko'rsatgichlari
"Afrosiyob" tezyurar poezdining ishga yaroqliligini baholash xizmat ko'rsatish davrida amalga oshirilgan va rejadan tashqari texnik tadbirlarini o'z ichiga oladi. Rejalashtirilgan texnik xizmat ko'rsatish uchun G(t) va o'rtacha tiklanish vaqti Tp ning empirik va nazariy taqsimlash funktsiyasi aniqlandi. TP ta'mirlash vaqtini va ehtiyot qismlarini o'rnatish bilan bog'liq diagnostika va texnik kechikishlarni o'z ichiga oladi [9].
Texnik qayta tiklash vaqtining integral taqsimot funktsiyasi G(t) va o'rtacha tiklanish vaqti Tb.
Integral vaqt taqsimot funktsiyasi va o'rtacha texnik tiklanish vaqtini aniqlash uchun 2014-2015 yillarda "O'zbekiston temir yo'llari" kompaniyasida "Afrosiyob" tezyurar poezdida amalga oshirilgan 15 ta texnik xizmat ko'rsatish ishlaridan olingan tezkor ma'lumotlar asos sifatida qo'llanildi. 5-rasmda asosiy statistik parametrlarga ega "Afrosiyob" tezyurar poyezdining texnik tiklanishlar sonining gistogrammasi ko'rsatilgan.
s 60
TO
O
Texiiik tiklanish uchun ketadigan vaqt (soat)
Rasm 5. "Afrosiyob" tezyurar poyezdining asosiy statistik ko'rsatkichlari bilan qayta tiklanishlari sonining gistogrammasi.
Qayta tiklash vaqtining logorifmik-normal taqsimotining hisoblangan parametrlari quyidagicha bo'ladi: a=1.444 va 5=0.7675 (6-rasm). Shuning uchun tezyurar poezdning tiklanish vaqtining taqsimot funktsiyasi summasi quyidagilardan iborat bo'ladi:
Scientific Journal Impact Factor
(8)
Bu yerda:
^(z) = -= jexr•[-:-'): - Gauss taqsimot funktsiyasi
a) b)
Rasm 6. a) Tiklanishning logarifmik taqsimotining empirik va nazariy funktsiyalari; b) logarifmik normal taqsimot va empirik ma'lumotlar o'rtasidagi
moslik.
O'rtacha texnik tiklanish vaqti taqsimot funktsiyasi texnik tiklanish vaqti taqsimot asosida hisoblanadi va quyidagicha bo'ladi:
Afrosiyob elektr poezdining o'rtacha texnik tiklanish vaqtining statistik baholanishi:
TB = 3.2 [soat] (10)
Yuqoridagi hisob-kitoblardan kelib chiqgan xolda, "Afrosiyob" tezyurar poezdining o'rtacha texnik tiklanish vaqti (rejalashtirilgan parvarishlash) o'rtacha 3,2 [soat] ni tashkil qiladi deyish mumkin.
3. Ishga tayyorlik koeffitsiyenti
Tezyurar poezdning texnik tayyorligini baholash uchun Ao tayyorgarligi koeffîtsientining ekspluatatsion qiymati va Ar haqiqiy tayyorligi koeffîtsientining asl qiymatlari ishlatilgan. Ushbu ko'rsatkichlar elektropoezdning rejali texnik xizmat ko'rsatish orasidagi o'rtacha texnik tayyorligini anglatadi [10].
a) Ishga tayyorlik koeffitsienti Ao
Ekspluatatsion ma'lumotlarga asoslangan xolda texnik xizmat ko'rsatishlar o'rtasidagi o'rtacha vaqti:
TZ = 16892.4 [soat] (11)
Rejali ta'mirlash tufayli tezyurar poezdning ishlamay turish o'rtacha vaqti:
(12)
Scientific Journal Impact Factor
Bu yerda:
H(Tnr) - "Afrosiyob" tezyurar poezdini rejali ta'mirlashlar o'rtasida texnik tiklash funktsiyasi,
TB- tezyurar poezdning o'rtacha texnik tiklanish vaqti.
Yuqoridagi parametrlar asosida ekspluatatsion tayyorlik koeffitsienti hisoblab chiqildi:
A0 =
TZ
16992 A[soat]
= o.û;::i5 (13)
TZ+TN 16992 4[si>at]+319.4 [soat]
Ao=0.9815 tezyurar poyezd rejali ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tufayli yiliga o'rtacha 162 soat ishlamay turishini anglatadi. b) Haqiqiy ishga tayyorlik koeffitsienti AR
Rejalashtirilgan ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tufayli tezyurar poyezdning ishlamay turib qolishi:
TO = 2(Aip ■ 7» = 2399.5[soat] (14)
Bu yerda:
NP - rejalashtirilgan ta'mirlash yoki texnik xizmat ko'rsatishlar soni,
TP - rejalashtirilgan ta'mirlash yoki texnik xizmat ko'rsatishlarning o'rtacha
vaqti.
Yuqoridagi parametrlarga asoslanib, tayyorlik koeffitsienti quyidagicha yozish mumkin:
Ap =
TZ
16992.4 [soat]
= Ö.36U (15)
TZ+TN+TO 16992.4 [soat]+3 19.4 [soat\+22 99.5 [soat]
Ar =0,8614 qiymati, tezyurar poezd bir yil davomida o'rtacha 1214,1 soat davomida tuzatish va texnik xizmat ko'rsatishlar olib borilishi sababli ishlamay qolganligini anglatadi.
XULOSA
Texnik-normativ xujjatlarda "Afrosiyob" tezyurar poezdi uchun RAMS (Reliability, Availability, Maintainability va Safety (ingl)) tahlilining natijalari keltirilgan. Temir yo'l transportining xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan asosiy omillar hisoblab chiqilgan, masalan: ishonchlilik, tayyorlik va ta'mirtalablik. Hisob-kitoblar, temir yo'l harakati nuqtai nazaridan tezyurar poezd tarkibiy qismlari va elementlarining eskirishini tahlil qilish elektropoyezdning texnik xizmat ko'rsatish davrini o'zgartirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shu tarzda aniqlangan xavfsizlik omillari, shuningdek, xizmat ko'rsatish cikli xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Scientific Journal Impact Factor
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. UNIFE temir yo'l bozorini o'rganish // Status kvo va istiqbol 2020 - 3-nashr. -Bryussel, UNIFE 2010. - s. 23-24.
2. Puzankov A.D. Ishlashda ishonchlilik ko'rsatkichlarini hisoblash va ulardan foydalanish usullari: O'quv qo'llanma. universitetlar uchun qo'llanma D. Transport / A.D. Puzankov - M.: MIIT, 2004. - 49 p.
3. Gorskiy A.V., Vorobiev A.A. Lokomotivlarni ta'mirlash tizimini optimallashtirish. - M.: Transport, 1994. - 83 p.
4. Gnedenko B.V. Ishonchlilik nazariyasidagi matematik usullar / B.V. Gnedenko, Yu.K. Belyaev, A. D. Soloviev. - Moskva: Nauka, 1965. - 26 p.
5. Kozyrev V.A. Elektr harakatlanuvchi tarkibini ta'mirlash tsikli tuzilishini aniqlash metodikasi: V.A. Kozyrev. Dis. Cand. texnik. fanlari, ixtisosligi: temir yo'l harakatlanuvchi tarkibi, poezdni tortish va elektrlashtirish. - M.: MIIT 1977. - 00 p.
6. Isaev I.P., Gorkiy A.V., Kozyrev V.A., Elektr harakatlanuvchi tarkibining ishlash koeffitsientlarini uning ishlash jarayonida keyingi ta'sirini hisobga olgan holda aniqlash, Trudy MIIT. - 1976. - nashr. 524. - S. 66-73.
7. Strauss P. Temir yo'l harakatlanadigan tarkibining ishonchliligi va saqlanishi: tadqiqotlar to'g'risida hisobot / P. Strauss. - Drezden: Texnologiya va shahar iqtisodiyoti oliy maktabi, 2010. - 91 p.
8. Reinschke K., Ushakov I. A. Graflar yordamida tizimlarning ishonchliligini baholash / K. Reinschke; tahrir. I.A.Ushakova. -M. Radio va aloqa, 1988 .-145 p.
9. Texnologiyalarda ishonchlilik. Ishga tayyorligini nazorat qilish uchun test rejalari. - M.: Standartinform, 2010. - 16 p.
10. Drujinin G.V. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarining ishonchliligi. -4-nashr/ Drujinin G.V. - M.: Energoatomizdat, 1986 y.- 360 p.