Научная статья на тему 'YOSHLАRINI TА’LIM VА MА’NАVIY-АXLOQIY JIHАTDАN TАRBIYALАSH MАSАLАLАRI (SHARQ MUTAFAKIRLAR QARASHLARIDA)'

YOSHLАRINI TА’LIM VА MА’NАVIY-АXLOQIY JIHАTDАN TАRBIYALАSH MАSАLАLАRI (SHARQ MUTAFAKIRLAR QARASHLARIDA) Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
207
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / yoshlаr / axloqiy tarbiya / islohot / odob-axloq / xalq / madaniyat / inson / axloqiy madaniyat / ma’rifat. / Education / education / youth / moral education / reform / manners / people / culture / human / moral culture / enlightenment.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Artikova, Baxtigul

Ushbu maqolada yoshlаrini tа’lim vа mа’nаviy-аxloqiy jihаtdаn tаrbiyalаsh mаsаlаlаri hamda mamlakatimizdagi ta’lim tizimining asosiy talablari, dolzarb vazifalar, islohotlar zamirida erishilayotgan yuksak natijalar va yoshlarni ma’naviy – axloqiy tarbiyasini shakllantirishda sharq mutafakkirlarining g’oyalarining amaliy ifodasi va pedagogik xususiyatlari, bunda oilaning va ta’lim tizimining o’rni haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF EDUCATIONAL AND SPIRITUAL-MORAL EDUCATION OF YOUTH (IN THE VIEWPOINTS OF EASTERN THINKERS)

This article analyzes the issues of educating young people from the point of view of education and spiritual and moral. The main requirements of the education system in our country, current tasks, the high results achieved under the reforms and the practical expression and pedagogical features of the ideas of eastern thinkers in the formation of the spiritual and moral education of young people, in which the opinions about the role of the family and the education system are expressed.

Текст научной работы на тему «YOSHLАRINI TА’LIM VА MА’NАVIY-АXLOQIY JIHАTDАN TАRBIYALАSH MАSАLАLАRI (SHARQ MUTAFAKIRLAR QARASHLARIDA)»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

YOSHLARINI TA'LIM VA MA'NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASH MASALALARI (SHARQ MUTAFAKIRLAR

QARASHLARIDA)

Baxtigul Artikova

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi

Ushbu maqolada yoshlarini ta'lim va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari hamda mamlakatimizdagi ta'lim tizimining asosiy talablari, dolzarb vazifalar, islohotlar zamirida erishilayotgan yuksak natijalar va yoshlarni ma'naviy - axloqiy tarbiyasini shakllantirishda sharq mutafakkirlarining g'oyalarining amaliy ifodasi vapedagogikxususiyatlari, bunda oilaning va ta'lim tizimining o 'rni haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalitso'z: Ta'lim, tarbiya, yoshlar, axloqiy tarbiya, islohot, odob-axloq, xalq, madaniyat, inson, axloqiy madaniyat, ma 'rifat.

This article analyzes the issues of educating young people from the point of view of education and spiritual and moral. The main requirements of the education system in our country, current tasks, the high results achieved under the reforms and the practical expression and pedagogical features of the ideas of eastern thinkers in the formation of the spiritual and moral education of young people, in which the opinions about the role of the family and the education system are expressed. .

Key word: Education, education, youth, moral education, reform, manners, people, culture, human, moral culture, enlightenment.

Inson - bu yorug' olamdagi jamiki jonzotlar ichra eng mukarrami. Odamzod yaralganidan buyon unga axloq va ma'naviyat hamroh bo'lib kelyapti. Biz esa dunyodagi axloqni o'ta yuksak darajalarga ko'targan xalqmiz. Chunki milliy qadriyatlarimizning mag'zi-mag'zida aynan axloqiy tarbiya yotadi.

Xalqning bashariyat tamadduniga qo'shgan hissasini, shartli ravishda, «axloq» va «ma'naviyat» deb olsak, bu jihatdan biz yer yuzining sanoqli davlatlari safida ekanimiz ayonlashadi. Ma'naviyatning odamiylik, odob-axloq, oilaviy munosabatlar, poklik, mehr-muruvvat jihatlari inobatga olinsa, dunyo avval bizga yetib olsin, deydigan darajada buyuk axloqqa ega xalqmiz. Yoshlarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish va axloqiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish bizning oldimizdagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloqiy tarbiya shaxsning jamiyat axloqiy

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo 'lgan munosabatlarida foydalanishi, o'z - o'zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o'z ichiga oladi. Demak, axloqiy tarbiya masalasiga e'tibor berishimiz va uning elementlarini aniqlab olishimiz muhimdir. Axloqiy jihatdan yetuk tarbiyalangan shaxs axloqiy madaniyatga ham ega bo'ladi. Axloqiy madaniyat axloqiy hayotning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va kishilarni tarbiyalash maqsadidagi ishlov berib yaratilgan qismi bo'lib, u axloqiy hayotning substansiyasi, ya'ni asosi hisoblanadi. Axloqiy madaniyatni substansiya sifatida tashkil etuvchi substansional elementlar, birinchidan, axloqiy madaniyat sifatidagi inson, ikkinchidan, insonlarning axloqiy extiyojlari, uchinchidan, axloqiy ehtiyojlarni anglash zaruriyatidan kelib chiqadigan va axloqiy maqsad, reja kabilarni o'z ichiga olgan - axloqiy ong, to'rtinchidan, insonning yaratuvchilik faoliyatining bir ko'rinishi axloqiy anglash negizida va u bilan parallel ravishda amalga oshadigan -axloqiy ijodkorlik, beshinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalari bo'lgan o'gitlar, yurish - turish odoblari, axloqiy urf - odat va muassasalar, oltinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalarining hayotda foydalanishidan iborat. Ularning bir butunligidan axloqiy turmush tarzi, individual axloqiy munosabatlar, axloqiy tendensiyalar va xulq shakllanadi. Demak, axloqiy madaniyatning yuqorida ko'rsatilgan sistema tashkil etuvchi oltita komponentlari axloqiy hayotning yadroviy, ya'ni markaziy qismini tashkil etadi. Axloqiy madaniyatning sistemasini tashkil etuvchi bosh substansional elementini tahlil qiladigan bo'lsak, B.Sh.Mamarasulov: "...barcha jamiyatlar va insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, ijtimoiy o'zgarishlar zamirida boshqa jonzotlardan o'zining ongi va tafakkuri bilan tubdan farq qiladigan va maqsadga muvofiq faoliyatni amalga oshiradigan inson ijtimoiy hayot sub'yekti hisoblanadi".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Markaziy Osiyo buyuk qomusiy olimi, Beruniyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e'tibor bersak, Beruniy yoshlarini ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari to'g'risidagi falsafiy qarashlarining o'rni beqiyos. Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida hamda odamlarning o'z ehtiyojlarini qondirishga bo'lgan intilishlari tufayli kelib chiqadi. U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun zarurdir [3]. Jamiyat turli xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o'ziga xos fe'l-atvorlari va xislatlarini birlashishini Beruniy ta'lim-tarbiya bilan bog'lagan. Beruniy bilimidan ma'rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o'rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog' - salomatligi yaxshi bo'lsin, yaxshi ahloq va odobi bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo'lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo'lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

qilsin, ilm va ahli ilmdan mol - dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to'g'risida bilimga ega bo'lsin».

Bu fikrlardan Beruniyning ta'lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada aloxida e'tibor berganligi ko'rinib turibdi, uning e'tiqodicha, bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog'i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo'lib yetishmaydi deb ta'kidlagan.Yana bir mutafakirimiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur. Yaxshi tarbiya ko'rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o'z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o'tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo'lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g'alabani ko'zlaydi[5].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev o'z nutqida "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, ma'naviy immunitetni yanada oshirish zarur", degan edi. Shu o'rinda davlatimiz rahbarining "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir, - Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat." deb ta'kidlagan fikrlari g'oyatda o'rinlidir.

O'zbekiston aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Bu navqiron millat sifatida katta intellektual imkoniyatlar O'zbekistonda mavjud ekanligini ko'rsatadi.

Yoshlik - bu axloqiy idealni izlash, maqsadlarni va hayotiy pozitsiyani shakllantirish, kasb tanlash, oilaviy hayotga tayyorgarlik pallasidir.Hayotga qadam qo'yayotgan yigit-qizlar uchun ular faoliyati foydali bo'lishigina emas, balki bu faoliyat o'z shaxsiy maqsadlariga muvofiqligi, hayot rejalarining amalga oshishiga mumkin qadar to'laroq ko'maklashishi ham g'oyat muhimdir.

Bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifa mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishdan iborat. Bu o'z qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalashdan iborat. Bunday yoshlar uyushgan jamiyatni,ular barpo etgan ma'naviy-ruhiy muhitni soxta aqidalar bilan buzib bo'lmasligiga ishonadilar.

Xorijdagi ayrim siyosiy kuchlar jamiyatimizning istiqboli bo'lgan yoshlarimizni o'z ta'siriga olishga urinayotgan ayni zamonda ta'lim-tarbiya tizimini yoshlar muammolarini hal qilishga qaratishimiz kerak.

Yoshlarni har xil salbiy oqimlarga kirib ketishini oldini olishda ma'naviy-axloqiy tarbiyaning o'rni kattadir. Ma'naviy-axloqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

katta ahamiyatga ega. "Axloq" tushunchasi arabcha "xulq-atvor" degan ma'noni anglatadi. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo'lib,bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish vazifasini bajaradi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi eng muhim omil hisoblanadi. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish murakkab jarayon bo'lib hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni,har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga yoshlarni undashni ham ko'zda tutadi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, yoshlarning amaliy faoliyatlarida, o'qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning xulq-atvor me'yorlarini o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishning usul va vositalari juda xilma-xildir. Bunda ma'naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar katta ahamiyatga ega Bunday suhbatlar mazmun jihatidan rang-barang bo'lishi mumkin. Shuningdek, ma'ruza, seminarlar tashkil qilish, namuna ko'rsatish, uchrashuvlarni tashkil qilish usullaridan ham foydalanish mumkin.

Axloqiy tarbiyani tashkil etishda bolalarning yoshi, ularning shaxsiy axloqiy tajribalari, axloq sohasidagi o'zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisobga olish zarur.

O'zbekistonda ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish milliy va umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to'la va samarali foydalanishni taqozo qiladi. Jahon xalqlarining ilg'or madaniyati milliy ma'naviyatimizni yanada yuksak darajaga ko'tarishga ijobiy ta'sir etishi mumkinligini inkor etib bo'lmaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonida boshqa xalqlar merosining ijobiy tomonlaridan qanchalik foydalanmaylik, bari bir o'zbek milliy qadriyatlari ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosi bo'lib qoladi. Bunday vazifalarni amalga oshirishda sharq mutafakkirlari asarlarining ahamiyati kattadir. Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib asarlarida ma'naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari bilan bog'liq ko'pgina muhim muammolar ilgari surilgan. Bular hozirgi kunda ham katta ahamiyatga ega bo'lgan tarbiyaviy omillardir. Beruniy, Ibn Sino, asarlarida ham milliy o'ziga xos tarixiy an'analar ifodalangan. Shuningdek, Imom Ismoil Buxoriy, Imom Termeziy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband ta'limotida ham yoshlarni halollik,poklik,mehnatsevarlik va insonparvarlikka chorlovchi g'oyalar juda ko'p uchraydi.

Tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb 3 ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan "Avesto" bebaho ma'naviy meros bo'lib hisoblanadi. Bu noyob yodgorlik biz yashab turgan zaminda buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

dalolatdir. "Avesto" ning tub ma'no mohiyatini belgilab beradigan "Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" degan tamoyil, hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan jamiyat hayotining ustuvor g'oyasi hisoblanadi. Ma'lumki, har qaysi millatning o'z afsonaviy qaxramonlari,o'zi ardoqlagan kishilari bo'ladi. Xalq og'zaki ijodining noyob durdonalari bo'lgan "Alpomish", "Shiroq", "To'maris" dostonlari millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avloddan-avlodlarga o'tib kelayotgan dostonlardir. "Alpomish" dostoni bizga vatanparvarlikni, o'z yurtimizni, oilamizni asrab avaylashni o'rgatadi.O'zbek millatida bolalarni faqat ota-onalar emas, balki qarindosh-urug'lari, mahalla ham tarbiyalaydi. Yoshlarning axloqiy qiyofasi shakllanishida hamma davrlarda ham atrof-muhit katta ta'sir ko'rsatib kelgan. Ko'p bolali oilalarda bolalar halol mehnat qilishga, ota-onasiga, qo'ni-qo'shniga yordam berishga yoshligidanoq odatlanadilar.Yoshlarni ma'naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalashda yana bir mezon - muqaddas dinimiz ham yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir. Din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodni yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Din - inson ma'naviyati rivojlanishining muhim omili. Diniy qarashlarni kimlardir o'z xohishi va istagi bilan yaratgan emas. Har qanday diniy ta'limotlar jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ob'ektiv va sub'ektiv ehtiyojlar, zaruriyatlar asosida kelib chiqadi. Qur'on, hadislar, shariat qoidalari, islom huquqi asoslarida oldinga surilgan barcha g'oyalar zaminida ruhiy poklanish, iymon, vijdon e'tiqod bilan bog'liq bo'lgan dunyoviy muammolar o'rtaga qo'yilgan.

Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uni hayrihoh va tarafdorlari ko'payib borayotgani hech kimga sir emas. Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli tuhmat va bo'htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini yosh avlodlarga tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish vazifasi hamon dolzarb bo'lib qolmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniy va ma'naviy merosidan, axloq, odob, tarbiya borasidagi an'analaridan qanchalik samarali foydalansak, milliy mustaqilligimizning chinakam fidoyisi bo'lgan yoshlarni tarbiyalash borasida shunchalik sezilarli yutuqlarga erishamiz. Ma'naviy-axlokiy tarbiya jarayonida barkamol shaxs tarbiyalanib voyaga yetkazamiz. axloqiy tarbiya va axloqiy madaniyat mohiyatan jamiyatning ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotida namoyon bo'ladi. Axloqiy madaniyatning bosh maqsadi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil shaxs sifatida tarbiyalash masalasidir. Shu asnoda axloqiy madaniyat ijtimoiy hayot bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bevosita munosabatga kirishadi. Axloqiy madaniyatni rivojlantirish bu sohada dunyo xalqlari to'plagan tajribalarini o'rganish va ijtimoiy hayotga tadbiq etish dolzarblik kasb etadi. Yoshlarni axloqiy madaniyatini shakllantrish va axloqiy tarbiya bo'yicha asosiy tadbirlarni oila va mehnat jamoalarida, xususan bolalar bog'chasi va umumiy o'rta maktablarida yuksak darajada amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu bilan muayyan darajada individ qamrab olinadi: har holda individning axloqiy qiyofasini yuksaltirish jamiyat talablari darajasida amalga oshadi.

REFERENCES

1. Данное произведение аль-Фараби будет цитироваться по изданию: АльФараби. Совершенный град // Ибрагим Т.К., Ефремова Н.В. Мусульманская философия. Фальсафа. Антология. Казань, 2009.

2. Кодиров м. Марказий Осиё, Якин ва Урта Шаркнинг фалсафий тафаккури (урта асрлар). ТДШИ нашриёти. 2010.

3. Форобий. Фазилат. Бахт-саодат ва камолот. -Т.: Ёзувчи. 2002. -Б.25-26.

4. XEMRAEVNA, M. G., & MIRZARAXIMOVNA, A. B. (2022). MUTAXASSISLIK BO'YICHA ADABIYOTLARNI O'QISH VA TUSHINISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(1), 129-133.

5. Артикова Б.М. (2021). УКРЕПЛЕНИЕ ОСНОВАНИЯ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ПУТИ ПРИ ВЫСОКОСКОРОСТНОМ ДВИЖЕНИЯ ПОЕЗДОВ. Экономика и социум, (2-1 (81)), 492-494.

6. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

7. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.

8. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).

9. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

10. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.

11. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.

12. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 1(4), 1467-1473.

13. Kaipbergenova, D. (2017). THE IMPORTANCE OF MATERIAL DESIGNING IN LANGUAGE TEACHING. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 34(3), 62-63.

14. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

15. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM MUASSASALARIDA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA TALABALARNI IMLIY FAOLYATGA YO'NALTIRISH. PEDAGOGS jurnali, 28(1), 68-75.

16. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). PEDAGOGIKNING KASBIY MAHORATINI SHAKLANTIRISH INTERFAOL USULLARI. World scientific research journal, 12(2), 128-133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.