Научная статья на тему 'YOSHLARNING MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

YOSHLARNING MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4419
326
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / ma’naviyat / axloqiy / islohot / vatan / xalq / madaniyat / inson / shaxs. / education / spirituality / moral / reform / homeland / nation / culture / human / person.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Supiyev, Shavkat Axmatovich, Shukurov, Nusrat Narzullayevich

Ushbu maqolada respublikamiz ta’lim tizimidagi talablar, dolzarb vazifalar, islohotlar zamirida erishilayotgan yuksak natijalar va yoshlarni ma’naviy – axloqiy tarbiyasini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari, bunda oilaning va ta’lim tizimining o’rni haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF YOUNG PEOPLE

This article describes the requirements of the education system of the republic, the current tasks, the high results achieved on the basis of reforms and pedagogical features of the formation of spiritual and moral education of youth, the role of family and the education system.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSHLARNING MA'NAVIY - AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Supiyev Shavkat Axmatovich, Shukurov Nusrat Narzullayevich

NavDPI "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi katta o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada respublikamiz ta'lim tizimidagi talablar, dolzarb vazifalar, islohotlar zamirida erishilayotgan yuksak natijalar va yoshlarni ma 'naviy - axloqiy tarbiyasini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari, bunda oilaning va ta'lim tizimining o 'rni haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'z: ta'lim, tarbiya, ma'naviyat, axloqiy, islohot, vatan, xalq, madaniyat, inson, shaxs.

ABSTRACT

This article describes the requirements of the education system of the republic, the current tasks, the high results achieved on the basis of reforms and pedagogical features of the formation of spiritual and moral education of youth, the role offamily and the education system.

Keywords: education, spirituality, moral, reform, homeland, nation, culture, human, person.

KIRISH

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlami amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Respublikamizda ta'lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg'unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilsn birga dunyo miqiyosida shunday o'zgarishlar sodir bo'lmoqdaki, ushbu o'zgarishlar butun boshli xalqni, millatni, elatlarni boringki, butun isoniyatning hayotini o'zgartirib yubormoqda. Ushbu o'zgarishlar jarayonida axloqiy madaniyat va axloqiy munosabatlarning o'rni juda katta hisoblanadi. Bularning barchasiga ta'lim tizimida olib boriladigan sifatli ta'lim - tarbiya orqali erishiladi.

Ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan bugungi murakkab zamonda yoshlarga zamon ruhida ta'lim - tarbiya berish bilan bir qatorda, bashariyatning, Vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini o'ylab yoshlarni ezgulikka, insof - diyonatga, mehr - oqibat va bag'rikenglikka da'vat etishga

553

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qaratilgan tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshirishi talab etiladi. Inson aqli borasida Sharqda qaror topgan qarashlarga ko'ra, aql insonga tug'ma in'om etiladi. Kasbiy aql esa ikki xil, ya'ni tabiiy va kasbiy bo'ladi. Tabiiy aql insonga tug'ma in'om etiladi. Kasbiy aql esa o'qish, ilm olish va tajriba tufayli orttiriladi. Kasbiy aqlni shakllantirishdek sharafli va mashaqqatli vazifa aynan pedagoglar zimmasiga yuklatilgandir. Shu sababli mamlakatimizda yoshlarning axloqiy tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Yoshlarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish va axloqiy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish bizning oldimizdagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloqiy tarbiya shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlarida foydalanishi, o'z - o'zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o'z ichiga oladi. Demak, axloqiy tarbiya masalasiga e'tibor berishimiz va uning elementlarini aniqlab olishimiz muhimdir. Axloqiy jihatdan yetuk tarbiyalangan shaxs axloqiy madaniyatga ham ega bo'ladi. Axloqiy madaniyat axloqiy hayotning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va kishilarni tarbiyalash maqsadidagi ishlov berib yaratilgan qismi bo'lib, u axloqiy hayotning substansiyasi, ya'ni asosi hisoblanadi. Axloqiy madaniyatni substansiya sifatida tashkil etuvchi substansional elementlar, birinchidan, axloqiy madaniyat sifatidagi inson, ikkinchidan, insonlarning axloqiy extiyojlari, uchinchidan, axloqiy ehtiyojlarni anglash zaruriyatidan kelib chiqadigan va axloqiy maqsad, reja kabilarni o'z ichiga olgan - axloqiy ong, to'rtinchidan, insonning yaratuvchilik faoliyatining bir ko'rinishi axloqiy anglash negizida va u bilan parallel ravishda amalga oshadigan - axloqiy ijodkorlik, beshinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalari bo'lgan o'gitlar, yurish - turish odoblari, axloqiy urf - odat va muassasalar, oltinchidan, axloqiy ijodkorlik natijalarining hayotda foydalanishidan iborat. Ularning bir butunligidan axloqiy turmush tarzi, individual axloqiy munosabatlar, axloqiy tendensiyalar va xulq shakllanadi. Demak, axloqiy madaniyatning yuqorida ko'rsatilgan sistema tashkil etuvchi oltita komponentlari axloqiy hayotning yadroviy, ya'ni markaziy qismini tashkil etadi. Axloqiy madaniyatning sistemasini tashkil etuvchi bosh substansional elementini tahlil qiladigan bo'lsak, B.Sh.Mamarasulov: "...barcha jamiyatlar va insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, ijtimoiy o'zgarishlar zamirida boshqa jonzotlardan o'zining ongi va tafakkuri bilan tubdan farq qiladigan va maqsadga muvofiq faoliyatni amalga oshiradigan inson ijtimoiy hayot sub'yekti hisoblanadi"1. "Inson" so'zi arabchadan olingan bo'lib, "odam"

1 Mamarasulov B.Sh. Milliy g'oyaning substansional va institutsional xususiyatlari (O'zbekiston misolida). Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. Avtoreferati. - Samarqand. - 2018. 12 - bet.

554

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'nosini bildiradi. "Odam" tushunchasi ham arabcha so'z bo'lib, fikrlash, so'zlash va mehnat kilish kobiliyatiga ega bo'lgan, shu tufayli hamma maxlukotdan ustun turuvchi jonli zot ma'nolarini bildiradi .

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, yosh avlodni axloqiy tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tajribasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, ko'plab mutafakkirlarimiz asarlarida xalkimizning murakkab tarixiy - madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan vokea - hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo'g'ini bo'lgan oiladan izlash an'anasini uchratamiz. Xususan, oila va oilaviy tarbiyaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayxon Beruniyning " "Mineralogiya ", "Geodeziya", "Hindiston", "O'tgan avlodlar obidalari", Abu Ali ibn Sinoning "Axloq", "Axloq fani", "Oila xo'jaligi", Alisher Navoiyning "Hayrat - ul - abror" va "Mahbub - ul - qulub" asarlarida o'z ifodasini topgan. Millatimiz boshiga tushgan ko'pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar oqibati ekanini ma'rifat ahllari yaxshi anglashgan. Bizning ham fikrimizcha, bundan xolos bo'lishda oila tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Fitratning "Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari" asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. "Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq" -deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham

"3

shuncha kuchli va muazzam bo'ladi" .

Yuqoridagi fikrimziga qaytadigan bo'lsak, inson o'z hayotini oilasiz tasavvur qila olmaydi va aynan mana shu oilada u jamiyat a'zosi sifatida tarbiya topadi. Oiladagi tarbiya muhiti esa oilada ayol va unga bo'lgan muomala darajasidan, ayolga muomala mavqeidan bilinadi. Muborak hadislarda ham ayol, ona ulug'langanligini hammamiz yaxshi bilamiz. "Sizlarning har biringiz ayollaringizni o'zlaringizni sevganday sevinglar"4 deyilgani bejiz emas. Demak, oilada yoshlar tarbiyasi haqida gap borganda, oilaviy muhitning ahamiyatini unutmaslik zarurdir. G'arbni kamsitmagan holda ishonch bilan ayta olamizki, azaldan Sharq oilasi G'arb oilasiga qaraganda mustahkamroq bo'lib kelgan. Chunki G'arbda birinchi o'rinda huquq tursa, Sharqda axloq turadi. G'arbda individualizm ustuvor bo'lsa, Sharqda jamoaviylik ustuvor bo'lib kelgan. Bizda har bir ishni qilishdan oldin, u tadbir bo'ladimi, kiyinish

2 O'zbek tilining izohli lug'ati. 1 - tom. - M.: "Rus tili", 1981. 520 - bet.

3 Bobomurodov M. Duronov M. Bunyodkor kuch. "Tafakkur" jurnali. - 2003, - №3.- 17 - bet.

4 Yoqubov S. Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat. Tafakkur. - 2007,- №4. - 24 - bet.

555

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'ladimi, shaxsiy muloqotlar bo'ladimi "odamlar nima der ekan ?", degan savol bilan yondoshilgan. Qolaversa, Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asari qahramoni Yusufbek xojining: "Bu xonadondan hech kim norizo bo'lib ketgan emas", degan so'zlarida Sharqona oilaning mohiyati aks etgan5. Sharq oilasining bir qismi bo'lgan o'zbek oilalarida o'zaro hurmat, qat'iy ichki intizom asosida barcha a'zolarning o'z burch va vazifalarini ado etishlari, bir - birlariga nisbatan ezgulik va mehr - oqibat ko'rsatishlari an'anaga aylangan.

Milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirishdan asosiy maqsad, ularning ona Vatan oldidagi burchi, o'z taqdiri uchun ma'sul ekanligi, mahalla, mehnat jamoasi, oila va yaqin kishilar hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalashdan iborat. Oila ta'lim -tarbiya maskani bo'lib, milliy g'oya va ma'naviyatni yoshlar ongi va qalbiga singdirish aynan oiladan boshlanadi.Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi va bu jarayon yuksak ma'naviyatlilikni talab etadi. Mustaqillik yoshlar kamolotida yangicha talablar ham qo'ydi. Har qachongidan ko'ra ko'prok ichki va tashqi go'zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi. Yoshlardagi faqat tashqi ko'rinish estetik madaniyatning yaxshi bo'lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqan pokiza, ma'naviy dunyosi boy, saxovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo'lishi kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar talab etila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma'naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati nazarda tutildi. "Biz uchun, - degan edi O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, "...ma'naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma'naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo'lishi lozim" Binobarin sog'lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek, sharqona axloq - odob va umumbashariy ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiya topgan insonni ham ko'zda tutmog'i lozim. Zero, buyuk alloma A. Avloniy aytganidek: "tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir"6. Hayotga ongli munosabatda bo'ladigan, mustaqillik g'oyalari va maqsadlaridan faxrlanadigan inson turmushi va faoliyatida estetik zavq, ulug'vorlik shakllanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun O'zbekiston mustaqillikka erishgach, islohotlarni keng ko'lamda isiyosiy, iqtisodiy va ma'naviy jabhalarda avj oldirib yuborgan ekan, bu islohotlar negizini uch ming yillik davlatchilik tariximiz, ma'naviy merosimiz va milliy mentalitetimiz xususiyatlari tashkil qildi va uni og'ishmay amalga oshira bo shladi. Ana shu maqsad yo'lida ta'lim va madaniyat sohalarida, aqliy va ma'naviy

5 Zokirov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari. Tafakkur. - 2007,- №2.- 15 - bet.

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T. Ma'naviyat, 2008, - 138 - 140 - bet.

556

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

salohiyatlarni mustahkamlash bo'yicha bosqichma - bosqich islohotlar rejalashtirildi va hayotga tadbiq etildi.

Axloqiy hayot, jumladan, axloqiy madaniyat va axloqiy tarbiyaning bosh substansional elementi inson va uning birliklari ekan, bu borada biz E.T. Dalkonovnig quyidagi falsafiy fikrlariga tayandik: "Inson va uning birliklari. Ular madaniy borliq yuzaga kelishining sub'yektlari yaratuvchisi va tashuvchilari hisoblanadilar. Ular vatanparvarlikning ham sub'yektlari hisoblanadilar. Inson tanasining biomadaniy hodisa sifatida va demakki, uning ijtimoiy munosabatlarga bo'ysungan holda va o'ziga xos madaniylashgan jismoniy kuch sifatida namoyon bo'lishi vatanparvarlikning biomadaniy irodaviy zamini bo'lib xizmat qiladi. Agar biomadaniy organizm insonning birinchi tomoni bo'lsa, ijtimoiy ruhiyat va faoliyat qobiliyati unig ikkinchi tomonini tashkil etadi. Vatanparvarlik ijtimoiy ruhiyat va faoliyat qobiliyatining jihatlaridan hisoblanadi. Demak, inson madaniy borliqning yaratuvchisi va avloddan - avlodga tashuvchisi ekan, u vatanparvarliksiz yuz

n

bermaydi" . Fikrimizcha, vatanparvarlik ham axloqiy tarbiya natijasida insonda shakllanadigan xususiyat hisoblanadi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev: "Biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini yo'qotmaydigan yana bir masala, bu farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb - hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy

o

pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir" . Demak, vatanparvarlik axloqiylik tamaddunlaridan biri hisoblanadi. Axloqiylik esa insonlarning ijtimoiy madaniy qismi tarkibiga kiradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axloqiy tarbiya va axloqiy madaniyat mohiyatan jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotida namoyon bo'ladi. Axloqiy madaniyatning bosh maqsadi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil shaxs sifatida tarbiyalash masalasidir. Shu asnoda axloqiy madaniyat ijtimoiy hayot bilan bevosita munosabatga kirishadi. Axloqiy madaniyatni rivojlantirish bu sohada dunyo xalqlari to'plagan tajribalarini o'rganish va ijtimoiy hayotga tadbiq etish dolzarblik kasb etadi. Yoshlarni axloqiy madaniyatini shakllantrish va axloqiy tarbiya bo'yicha asosiy tadbirlarni oila va mehnat jamoalarida, xususan bolalar bog'chasi va umumiy o'rta maktablarida yuksak

7 Dalkonov E.T. Vatanparvarlik shakllanishi va amal kilishning bog'liqlik qonuniyatlari (Ijtimoiy falsafiy tahlil). Falsafa fanlari nomzodi... dissert. Avtoreferati.-T., 2011. 12 - bet.

8 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.:"O'zbekiston" - 2017 y. 295 - 297 b.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

darajada amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu bilan muayyan darajada individ qamrab olinadi: har holda individning axloqiy qiyofasini yuksaltirish jamiyat talablari darajasida amalga oshadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.:"O'zbekiston" - 2017 y. 295 - 297 b.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T. Ma'naviyat, 2008, - 138 - 140 - bet.

3. Mamarasulov B.Sh. Milliy g'oyaning substansional va institutsional xususiyatlari (O'zbekiston misolida). Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. Avtoreferati. - Samarqand. - 2018. 12 - bet.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. 1 - tom. - M.: "Rus tili", 1981. 520 - bet.

5. Bobomurodov M. Duronov M. Bunyodkor kuch. "Tafakkur" jurnali. - 2003, -№3.- 17 - bet.

6. Yoqubov S. Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat. Tafakkur. - 2007,- №4. -

7. Zokirov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari. Tafakkur. - 2007,- №2.- 15 -bet.

8. Dalkonov E.T. Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishning bog'liqlik qonuniyatlari (Ijtimoiy falsafiy tahlil). Falsafa fanlari nomzodi... dissert. Avtoreferati.-T., 2011. 12 - bet.

24 - bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.