o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
TALABA YOSHLARDA MA'NAVIY AXLOQIY HISLARNI RIVOJLANTIRISHDA ABDULLA AVLONIY ASARLARINING
AHAMIYATI VA ROLI
Karimova Madina Xolmuratovna
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi
karimova1810@gmail.com
Ushbu maqolada shaxs kamolotining muhum ahamaiyatlari va bu jarayonni tashkil etishda e'tibor qaratish kerak bo 'lgan holatlar haqida so 'z yuritilgan bo 'lib, ta 'lim-tarbiya jarayonida o 'qituvchi zimmasidagi masuliyat, axloq-odob, fikr tarbiyasi orqali talabala yoshlarni ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiya eta olish masalalar yoritib o'tilgan. Maqolada ma'rifatparvar olim Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asaridagi g'oyalar asosida fikrlari tahlil qilingan bo'lib, olimninig axloqga bergan ta'rifi mazmuni tahlil qilinar ekan axloq ilmini mukammal bilgan inson bu dunyodagi vazifasi aslida nima ekanligi hamda yaratgan oldidagi vaziafisini anglab yetishi haqidagi g'oya ilgari surilgan hamda axloqiy kategoriyalar sanab o'tilganda yoshlar tarbiyasida muallimning zimmasidagi ma 'suliyat ko 'rsatib o 'tilgan. Ma 'rifatparvar olim Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan uch yo'nalishga bo'ladi: bulardan birinchisi badan tarbiyasi, ikkinchisi esa fikr tarbiyasi va uchinchisi axloq tarbiyasidir. Ushbu maqolada mana shu tarbiya uchala tarbiya yo'nalishlarining har biriga alohida to'xtalib o'tilgan bo'lib, shaxsning komil inson bo'lib shakllanishida har bir yo 'nalishning muhim ahamiyati aniq ko 'rsatib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, odob-axloq, komil inson, xulq, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, shaxs kamoloti.
This article talks about the important aspects of personal development and the people who should be paid attention to in the organization of this process. through. The issues of moral education and moral correction of young people are highlighted. The article analyzes the ideas of the enlightened scientist Abdulla Avloni's work "Turkish Gulistan or Ethics" and analyzes the content of the scientist's definition of ethics. the idea of understanding is put forward and moral categories are listed, the responsibility of the teacher in the education of young people is shown. Enlightenment scientist Abdulla Avloni divides human education into three interrelated directions: the first of these is physical education, fundamental thought
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
education, and complete moral education. In three articles, each of these three directions of education is discussed separately, and the importance of each direction in the development of a person as a perfect person is clearly shown.
Keywords: Education, morals, perfect human being, behavior, body education, thought education, moral education, personality development.
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy axloqiy tarbiya ham muhim o'ringa yega bo'lib, uni samarali tashkil yetish talabalarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari,mezonlarini o'quvchilar ongida singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan.Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilish mazmuni, nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi [6]. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an'analari asosida tashkil qilingan. Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir. Chunki respublikamizning rivoji, ravnaqi va istiqboli ko'proq oliy maktab tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga bog'liqdir. Oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o'qituvchilar o'rtasida uzluksiz ta'sir o'tkazish hukm surishi lozim.O'qituvchi bilan talabaning hamkorlikdagi faoliyati negizida o'quv-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish muammosi yotadi. Bu borada biz dastlab, buyuk allomalarimiz qoldirgan ta'lim va tarbiya borasidagi asarlari, g'oyalar va ularning bugungi kundagi ahamiyatini o'rganishni lozim topdik.
Ta'lim-tarbiya, odob-axloq haqida so'z ketar ekan biz atoqli ma'rifatparvar, iste'dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud -axloq" asarini albatta yodga olamiz.
AXLOQ. Insonlarni yaxshilikg'a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o'qub, bilub amal qilgan kishilar o'zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o'zidan xabardor bo'lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini
KIRISH
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
bilmas. O'z aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg'a sa'y va ko'shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Abdulla avloniy axloqga ta'rif berar ekan axloq ilmini mukammal bilgan inson bu dunyodagi vazifazini hamda yaratgan oldidagi vaziafisini juda yaxshi biladi deydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o'rinda o'quvchilarni ko'zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o'quvchilardan ko'ra ko'proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so'zlari "Turkiy guliston yoxud axloq" asarining maqsadini to'la ifodalaydi: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'b zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g'ayratlik bo'lishiga sabab bo'ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so'ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'lidur. Ta'lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo'lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur"[7].
Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan uch yo'nalishga bo'ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi.
Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur. Sog' badanga ega bo'lmagan insonlar amallarinda, ishlarinda, ibodatlarinda kamchilik qilurlar. Maishatimizni rohatda bo'lmog'i jasadimizning sog'lom bo'lmog'iga bog'lidur. Biz sihatimizni saqlamak ila amr o'linganmiz, shuning uchun vujudimizi hifzi-sihatga zid bo'lgan yomon odatlar ila churitmakdan saqlanmakligimiz lozimdur. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o'ng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo'yib astarini yuvub ovora bo'lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur [1]. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog'lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-onalar bolalari kasal bo'lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki do'xturga boqizmak kerak.
Inson komil inson sifatida shakllanishi uchun jismonan sog'lom va yetuk bo'lishi kerak. Jism sog'lom bo'lsagina ruhiy kamolotga erishish mumkin.Bundan tashqari Avloniy badan tarbiyasi deb, badan salomatligi uchun zararli bo'lgan narsalardan tiyilishni ham nazarda tutgan.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g'ayratli bo'lishiga sabab bo'ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so'ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'lidur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi birig boylangan jon ila tan kabidur [1].
Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko'tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas'uliyat o'qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o'quvchilarni fikrlashga, har qanday voqea-hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o'rgatadi. Bu o'rinda Abdulla Avloniy ta'lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatining ifodasi bo'lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o'rinda o'qituvchining fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasining har jihatdan yuksakligi o'quvchilar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o'quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo'lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo'lishga o'rgatadi.
Axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o'zlari ilmlariga omil bo'lub shogirdlarga ham bergan darslarini amal ila chaqushturub o'rgatmaklari lozimdur. Bu ravishi ta'lim ila berilgan dars va ma'lumot shogirdlarning diliga tez ta'sir qilub, mulloyi boamal bo'lurlar[1].
Mutafakkir Abdulla Avloniy asarning "Yaxshi xulqlar" bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, shijoat, sabr, intizom, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, iffat, hifzi lison, sadoqat kabi insoniy fazilatlar haqida atroflicha fikr yuritadi, o'z qarashlarini dalillash uchun Qur'oni karim oyatlaridan, Hadisi sharif da'vatlaridan namunalar, ulug' mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa'diy, Alisher Navoiy, Bedil fikrlaridan namunalar keltiradi.
A.Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqilgan bo'lib bu asarda bo'lg'usi yosh muallimlarni tarbiyalashda, milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratishda dasturulamal vazifasini bajardi desak mubolag'a bo'lmaydi. A.Avloniy shaxs kamolotida kishining tarbiyasi muhim masala sifatida ko'tarilgan
XULOSA
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
bu masala bugungi kunda ham dolzarbligini yo'qotmagan. Biz A.Avloniy asarlaridagi axloqiy qarashlarni, talabalarning ta'lim tarbiya jarayonida qo'llasak juda yaxshi samara beradi.
REFERENCES
1. A.Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" 2-tab'i, sana 1336 h./1917 m. Toshkent, Tip. Lit. «Par. Sots, revolyuts» 1917g.
2. E. G'oziyev.Oliy maktab psixologiyasi.-T.: O'qituvchi. 1997.40-43b.
3. Karimova M. Yosh avlodni tarbiyalashning ma'naviy axloqiy jihatlari. Ayol-ma'naviyat gulshani IIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2015 yil. 311-313 b.
4. Karimova M "Ilk o'spirinlik davridagi o'quvchilarda axloqiy hislarni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari" monografiya T-2021. 64-66 b.
5. Karimova M.Kh. The role of moral values in adolescents and their role in determining the criteria of spiritual perfection. Scientific reports of Bukhara state university 2020/6(82), 283-290 p.
6. Karimova M.Kh The importance and value of spirituality as an important period in the formation of moral feelings. European scholor journal Volume 3, Issue 3 March, 2022 85-86 p.
7. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/Abdulla-Avloniy-milliy-uyg-onish-davri-o-zbek-pedagogikasining-asoschisi.htm
8. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-
9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.
10. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.
11. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.
12. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).
612.
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
13. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.
14. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.
15. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.
16. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.
17. Ж. С. Раматов, Миршод Нумонович Хасанов, & Л. А. Валиев (2022). ШАРК УЙЕОНИШ ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ СИЁСИЙ-ХУКУКИЙ ТАЪЛИМОТЛАРИ (АБУ НАСР ФОРОБИЙ, АБУ РАЙХОН БЕРУНИЙИНГ СИЁСИЙХУКУКИЙ КАРАШЛАРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3 (6), 705-712.
18. Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (6), 537-546.
19. Рахимова Машхура Иномжановна, & Хасанов Миршод Нумонович (2020). Роль среднеазиатской философии в развитии мировой и европейской науки. Вестник науки и образования, (4-1 (82)), 38-41.
20. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606612.