Научная статья на тему 'YOSH AVLODDA MA‟NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH'

YOSH AVLODDA MA‟NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

398
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / ma‟naviyat / marifat / ta‟lim / tarbiya / odob / madaniy munosabatlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ro„zimurod Farhod O'g'li Po'latov

Ushbu maqolada yoshlarni ma‟naviy axloqiy jihatdan shakallantirishning samarali omillari, umumiy tushunchalar, axloqiy tarbiya, ularning mazmunmohiyatini yoshlarga singdirish, tengdoshlariga bo„lgan madaniy va axloqiy munosabatlarni rivojlantirish, shaxs sifatidagi nuqtayi nazarini qaror toptirish, ma‟naviy axloqiy tarbiya metodlari va yo„nalishlari belgilab berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODDA MA‟NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

YOSH AVLODDA MA'NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI

RIVOJLANTIRISH

Ro'zimurod Farhod o'g'li Po'latov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarni ma'naviy axloqiy jihatdan shakallantirishning samarali omillari, umumiy tushunchalar, axloqiy tarbiya, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarga singdirish, tengdoshlariga bo'lgan madaniy va axloqiy munosabatlarni rivojlantirish, shaxs sifatidagi nuqtayi nazarini qaror toptirish, ma'naviy axloqiy tarbiya metodlari va yo'nalishlari belgilab berilgan.

Kalit so'zlar: axloq, ma'naviyat, marifat, ta'lim, tarbiya, odob, madaniy munosabatlar.

Ma'naviyat va axloq o'zaro bir-biriga juda yaqin tushunchalar bo'lib, ma'naviyat individ mansub bo'lgan guruhlar axloqi ta'sirida yuzaga keladi.O'z navbatida axloq guruh a'zolari bo'lgan individlar ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi hisoblanadi.Zero,axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan, ma'naviy kamolotga erisha olmaydi.

Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani barchamizga yaxshi ayon. Birda yovuz, birda madaniy ko'rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga chorlaydi.

Ma'lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori 2020-yil 29-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda joriy yilning 19-yanvar kuni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat

KIRISH

tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi.

January, 2023

Davlatimiz rahbarining "Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni, ruhi ma'naviyatdir", degan so'zlari mohiyatidagi uyg'onish nafasi Hazrat Navoiy da'vatlariga mohiyatan uyg'un bo'lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma'naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Zero, yuksak ma'naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo'lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etadi.

Negaki ma'naviyat va ma'rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne'mat bo'lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo'llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g'aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo'lida bedor bo'lishga, bu olamni obod qilishga, go'zallikka burkashga chorlagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adolatlilik, ezgulik, haqqoniylik, rostgo'ylik, tartiblilik, mehnatsevarlik kabi sifat va fazilatlarni o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi.Axloqiy ongning o'ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch vijdon, sha'n, qadr-qimmat kabilarni aytib o'tish joiz. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorda ta'kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash, tinimsiz chiranib yotgan ma'naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo'lga qo'yish, bu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi turgan gap.

Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish ko'lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifarlarini rivojlantirishni talab qiladi. Bu borada nafaqat respublikamizda, balki jahon ta'lim tizimida yoshlarning ma'naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o'qitish modellari texnologik taraqqiyot g'oyalari bilan

January, 2023

317

uyg'unlashtirilgan interfaol dasturlar ta'lim jarayoniga tatbiq qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining "XXI asrning Oliy ta'limi" Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning "Oliy ta'limni isloh qilish va rivojlantirish" dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, modulli ta'limni tashkil etishga, o'qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qartigan.Ma'lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jaroyoni bo'lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlariorqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va jamiyat tomonidan tuzatishlar kiritib turiladi.

Jahon oliy ta'lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma'naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Koreya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda talaba-yoshlarning tafakkurini o'stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma'naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o'qitish, "blended learning" (aralash o'qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko'pgina olimlar tomonidan ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o'rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar natijalarini ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llash imkoniyatlari tavsiya qilingan. Bu tadqiqotlarning ba'zilari keng qamrovli bo'lgan ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonining ma'lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo'lsa, boshqalari ta'lim-tarbiya jarayonida ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o'quv kurslarida yangi usullarini qo'llashga yo'naltirilgan bo'lib, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq qilingan.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish yoshlarning ma'naviy axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon yaratadi. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar ,baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy axloqiy e'tiqod shakllanadi va inson xatti-harakati va xulqi baholanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega inson axloqiy me'yorlar talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat oshadi.Jamiyatda ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi.Ya'ni , bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. Yoshlarda ma'naviy-axloqiy hislarni shaxsiy sifatlarni va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Natijada ular o'zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan boholaydilar. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq

January, 2023

Э18

farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi asosiy g'oyalar talaba shaxsini axloqiy shakllantirish mezoni sifatida belgilangan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy xususiyatlari bo'lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalari muqaddasligi, ota-ona, mahalla-ko'y, umuman, jamiyatga yuksak hurmat-e'tibor, millatning o'lmas ruhi bo'lgan ona tiliga muhabbat, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik kabilar talaba-yoshlar shaxsini axloqiy shakllantirishning asosiy omillari ekanligi e'tirof etilgan.Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu o'rinda, yurt kelajagi va istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqligini qayd etish mumkin. O'qituvchi kasbiy axloq va odob normalarini mukammal egallasagina, o'z kasbining fidoyisi bo'la oladi. Bugungi kunda ana shunday fidoyilik har qachongidan ham muhim ekanligi ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligini yanada oshiradi..

O'tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlarida ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko'rinishda izohlash lozim ko'rildi.

Ma'naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish boshqichlari:

- maqsad qo'yish,mazmunini aniqlash va tizim tashkil etish

- ijtimoiy

- baholash, korreksiyalash

Yoshlarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish o'ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to'g'ri yo'lga qo'ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish kerak. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta'lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta'lim-tarbiya natijasida ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega bo'lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni jismonan va sog'lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning kelajagimizning munosib vorislari bo'lib yetishishlari uchun ko'maklashish davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, yoshlarimizning ma'naviy va axloqiy madaniyati

jamiyatimizning ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotida namoyon bo'ladi. Yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo'lgan ma'naviy-axloqiy

January, 2023

319

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko'nikmalari takomillashtirilishi muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz (1-jild). - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 48 b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907qarori//https://lex.uz/docs/-3864155.

6. Ismoilova Z.Q. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental-metodik asoslari (Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar). Ped. fan. dokt. ...dis. avtoref. - Toshkent: O'zPFITI, 2006. - 46 b.

7. Quronov M. Milliy tarbiya. - Toshkent: Ma'naviyat, 2007. - 240 b. https://doi.org/10.31838/jcr.07.05.80

8. Ismailova Z. & Ergashev B. (2019). New information and communication technologies in education system. In E3S Web of Conferences (Vol.135). EDP Sciences//https://doi.org/10.1051/e3sconf/201913504077

9. Karabayevna Z., Musurmanova A. & Xamroyevich R. (2019). Improving the competence of future vocational education teachers based on modular-rating education. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 6903-6906//https://doi.org/10.35940/ijeat.A2997.109119

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.