Научная статья на тему 'YОSHLAR DUNYОQARASHIDA DIN VA AXLОQNING О‘ZARО MUTANОSIBLIGI: IJTIMОIY-FALSAFIY TAHLIL'

YОSHLAR DUNYОQARASHIDA DIN VA AXLОQNING О‘ZARО MUTANОSIBLIGI: IJTIMОIY-FALSAFIY TAHLIL Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yоshlar / axlоq / din / axlоqiy mеyоr / vijdоn / nоratsiоnallik / ratsiоnallik / xulq – atvоr / kоmil insоn / axlоqiy qadriyat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dilbar Ruzmetova

Ushbu maqоlada yоshlar dunyоqarashida din va axlоqning о‘zarо mutanоsibligi:ijtimоiy-falsafiy tahlil hamda axlоq va dinning о‘zоrо mutanоsibligi talqin qilingan. Insоn ma’naviyatining shakllanishida diniy va axlоqiy nоrmalarning uyg‘unligi qiyоsiy tahlil qilingan. Jamiyatning ijtimоiy nеgizining rivоjida diniy va axlоqiy qоidalar о‘rtaga tashlanib, qiyоsiy tahlillangan. Axlоqiy va diniy mеyоrlarning jamiyatdagi yеng muhim bеlgilari kеltirib о‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YОSHLAR DUNYОQARASHIDA DIN VA AXLОQNING О‘ZARО MUTANОSIBLIGI: IJTIMОIY-FALSAFIY TAHLIL»

YOSHLAR DUNYOQARASHIDA DIN VA AXLOQNING O'ZARO MUTANOSIBLIGI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

Dilbar Ruzmetova

Alfraganus universiteti "Ijtimoiy fanlar " kafedrasi dosenti E-mail : ramatov [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlar dunyoqarashida din va axloqning o'zaro mutanosibligi:ijtimoiy-falsafiy tahlil hamda axloq va dinning o'zoro mutanosibligi talqin qilingan. Inson ma'naviyatining shakllanishida diniy va axloqiy normalarning uyg'unligi qiyosiy tahlil qilingan. Jamiyatning ijtimoiy negizining rivojida diniy va axloqiy qoidalar o'rtaga tashlanib, qiyosiy tahlillangan. Axloqiy va diniy meyorlarning jamiyatdagi yeng muhim belgilari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar : Yoshlar, axloq, din, axloqiy meyor, vijdon, noratsionallik, ratsionallik, xulq - atvor, komil inson, axloqiy qadriyat.

KIRISH.

Jahonda siyosiy mafkuraviy, madaniy taraqqiyot yoshlar dunyoqarashiga ta'sir etmoqda. Dunyo yoshlari raqamli texnologiyalardan foydalanib, fan, madaniyat rivojini yangi bosqichga ko'tarmoqda, biroq ba'zi yoshlarning ongida ijtimoiy jarayonlarga befarqlik, diniy ekstrimizm va "Ommaviy madaniyat"ning har xil ko'rinishlariga moillik kuzatilmoqda. Shu bois yoshlarning tafakkurida ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish ularning "Ommaviy madaniyat" ko'rinishidagi destruktiv guruhlar ta'siriga tushishini ijtimoiy muhofaza qilinishi mafkuraviy texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Inson aqlan rivoj topgan jonzot bo'lgani bois, uning axloqiy meyorlari ancha murakkablashgan. Boshqa hayvonlarda esa u jo'n va oddiy. Demak, axloqiy meyorlarning murakkablik darajasiga ko'ra spektrini hosil qilish mumkin. Bu spektr barcha jamoaviy jonzotlarni qamrab oladi va axloq evolyusiyasini aks ettiradi. Hamma tirik mavjudotlarning ovqatlanishga qanchalik ehtiyoji bo'lsa, muayyan tartib - qoidalarga ham shunchalik ehtiyoji bor. Jamiyat axloq qonun qoidalariga rioya etishi va uni hurmat qilishi albatta zarur. Bordiyu axloq qonun qoidalariga rioya etilmas ekan, evolyusiya natijasida qirilib ketgan ya'ni adaptatsiya qilolmagan jonvorlar singari jamiyat ham tanazzulga uchraydi. Insonlarda ham axloq jamiyatdagi ayrim talablar oqibatida paydo bo'lgan. Avval anglanmagan shaklda vujudga kelib, keyin miflar, dinlar,

December, 2024

287

davlat qonunlari ko'rinishida murakkablashib borgan. Bu jarayon minglab yillarga cho'zilgani aniq.

Ko'pchiligimiz axloq deganda qandaydir mavhum, minglab yillar muqaddam paydo bo'lgan, o'zgarmas, barcha insoniy munosabatlarimiz, hattoki sof shaxsiy qilmishlarimizni ham tartibga solishi kerak bo'lgan "kuch"ni tushunamiz. Bu "kuch" asosan vijdon hisoblanadai. Biz axloqning mutlaq ekanligi, o'zgarmasligi va barcha zamonlar va makonlar uchun yagona bo'lishini inkor qilamiz. Uni mavjud sharoit va ehtiyojlarning hosilasi va o'z navbatida o'sha sharoitga yana ta'sir etuvchi meyorlar yig'indisi sifatida ko'ramiz.

Axloq muayyan jamiyatda kishilarning o'zaro munosabatlarini tartibga solib turuvchi va o'sha jamiyatdagi birlik, barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi meyorlardir. Ularning shaxs va, asosan, jamiyat manfaati va ehtiyojiga xizmat qilishi, amalda ish berishi ularning mavjudligini oqlovchi birlamchi mezondir.

Shu o'rinda axloq o'zi qanday paydo bo'lgan degan masalaga qisqacha to'xtalsak. Buning asosan ikki tur izohi bor. Birinchisi, axloqiy meyorlarni Xudo yoki xudolar joriy qilgan deguvchi diniy-teologik yondashuv. Ushbu yondashuvga ko'ra axloq hozir qanday bo'lsa shundayligicha qachonlardir ilohiy kuch tomonidan insonlarga tushirilgan va u o'zgarmasdir. Ular turli muqaddas kitoblarda yozib qo'yilgan.

Ikkinchi yondashuv esa evolyusion yondashuv bo'lib - unga ko'ra, axloq avvaliga primitiv shaklda paydo bo'lgan va keyinchalik turlicha ko'rinishga kirib o'zgarib, murakkablashib borgan, turli davrlarda yashagan insonlarning ma'qul ijtimoiy munosabatlar haqidagi qarashlarini o'zida ifodalab kelgan meyorlardir. Axloqiy meyorlar juda murakkab hodisa bo'lib, bu jarayonni to'xtatib qolishning imkoni yo'q. To'xtatishga qattiq bel bog'lagan millatlar tanazzulga uchraydi yoki taslim bo'ladi. Bu kabi o'zgarishlar, hattoki, eng konservativ kuch sanaluvchi dinda ham kuzatiladi. Bu ko'pincha diniy matnlarni qayta talqin qilish yo'li bilan amalga oshiriladigan, o'ta ziddiyatli, mo'tadil va radikal diniy jamoalar o'rtasida mojarolarga sabab bo'ladigan jarayondir. Radikal qanot asta sekin kamayib boradi va kamaygani sari yanada radikallashib, qat'iy choralar ko'rish yo'liga o'tadi.

Antik davrning mashhur mutafakkiri Arastu axloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatiga to'xtalib shunday degan edi: «Tabiat inson qo'liga qurol - aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin; shu sababli axloqiy tayanchlari bo'lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, o'zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot bo'lib qoladi»1. Shuning uchun

1ApncTOTe^b. no^HTHKa. -M., 1911. C. 9.

December, 2024

ham axloq insoniylikka undovchi vosita bo'lib, u dinning yordami ila vujudga keladi.

Axloqning asosi puxta o'ylangan ta'lim tizimi va qonun ustuvorligining ta'minlanishidir. Bu xususida nemis klassik falsafasi asoschisi quyidagicha tafsiflaydi. Kant "Amaliy aql tanqidi" asarida inson yaxshilik va yomonlik haqida qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas, aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak, degan nazariyani o'rtaga tashlaydi. Gnoseologiyada bo'lgani kabi o'zining falsafasida Kant kishilarning qilmishlarini asoslovchi umumiy va zaruriy axloqiy qonunlarni topishga harakat qilgan. Kant fikricha, mutloq, umumiy, barcha uchun ahamiyatli bo'lishi mumkin va bo'lishi shart, ya'ni qonun shakliga ega bo'lishi kerak. Faqat imperativ axloq - (lot.imperativus -farmon) tamoyillariga va qoidalariga mos keladigan xulq-atvorgina axloqiydir. U aprior xararkterga ega sintetik huquq bo'lib, uning asosiy qonuniga ko'ra, shunday maksimal ya'ni, xulq atvorning subyektiv tomoyili asosida harakat qilish kerakki, u o'z navbatida barcha uchun umumiy qonun bo'lib qolishi kerak deb, shunday tarifni beradi:"0'zingga va boshqa insonlarga axloqiy vosita sifatida emas, axloqiy maqsad sifatida qaragin, chunki inson hayot o'zida eng oliy maqsadni mujassamlashtirilgan" Uning ma'lumotiga ko'ra, axloqiy qonunlarga hurmat bilan qarash insonlarni o'z-o'zini hurmat qilishga, burch taqozasi esa shaxsiy mukammallik va boshqalarni baxtiga sabab bo'ladi.

Inson axloqini shundaydeb yozadi Erix Fromm, - "bir odam - obro' egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o'zni tutish qonun-qoidalari va meyorlarini ham o'ylab topadi, o'rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va meyorlarni o'zi yaratishi, o'zi boshqarishi hamda ularga o'zi amal qilishi bilan farqlanadi»2

Fromm obro'parvarlik axloqinining ikki asosini ko'rsatib o'tadi: birinchisi -ratsional obro'parvarlik, unga ko'ra, ratsional obro' egasi o'ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo'ladi. Biroq ratsional obro'parvarlik vaqtinchalik hadisa, u obro' egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog'liq. Ikkinchisi - noratsional obro'parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo'rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o'z ichiga oladi. Noratsional obro'parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro'parvarlik obro' egasi tamonidan subyektga nisbatan axloqiy tenglikni taqazo etsa, noratsional obro'parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro' egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» - fazilat, «quloq solmaslik» - illat hisoblanadi.

2

Фромм Э. Человек для себя. Минск, Хорвест, 2004. С. 18.

December, 2024

289

Asrlar mobaynida din va axloqqa bir butunlik o'laroq qaralgan; sodir etilgan gunoh uchun jazo muqarrarligiga bo'lgan ishonch insonlarni yomonlikdan qaytarishi bot-bot ta'kidlangan. Hatto ba'zi ashaddiy ateistlar ham dinni jamiyat axloqini nazorat qiluvchi institut sifatida tan olgan. Balki shundan bo'lsa kerak, diniy ta'limotlar ildizini asosan axloqiy masalalar egallagan.

"Insoniyat tafakkuri taraqqiyotida ilk bora ezgu niyat, ezgu so'z va ezgulikka asoslangan amaliyot birligi har qanday ijtimoiy rivojlanishning asosi ekanligi to'g'risidagi buyuk ta'limot Zardo'sht gohlarida shakllantirilgan edi. Fuqarolari boshqa fikrni o'ylab, boshqa so'zlarni aytishga va yana boshqa amaliy ishlar qilishga yo'naltirilgan jamiyat muqarrar tarzda tanazzulga yuz tutishi mumkinligi to'g'risidagi inqilobiy g'oya ham aynan ana shu ta'limotga mansub. Insoniyat ezgu niyat, ezgu so'z va ezgu amaliyotga izchil amal qilibgina inqirozdan qutulishi va farovon hayotga yetishishi mumkin, degan purhikmat xulosalar chiqarilgan"3.

Zardo'shtning muqaddas diniy kitobi «Avesto»da bayon etilgan bu durdona fikrlar zamirida yuksak axloq, komil inson qiyofasini aks ettiruvchi axloqiy fazilat ifoda etilgan. Darhaqiqat, agar odamda ezgu niyat, ezgu so'z, ezgu amal uyg'un bo'lmas ekan, unday odamning qadr-qimmati ham bo'lmaydi, unday odamga ishonib ham bo'lmaydi, unday odam ko'pchilik nazaridan qoladi.

Yevropa uyg'onish davrining mutafakkirlari axloqiy qadriyatlarga transsendental axloq nuqtai nazaridan emas, balki real, amaliy axloq, hayotiy, dunyoviy nuqtai nazaridan qaraladigan bo'ldi. Golland faylasufi Spinoza axloqni ilohiylashtirib talqin etishni tanqid qildi. U aqlni axloqning asosi deb e'tirof etib, kishining xatti-harakatlari faqat uning o'ziga bog'liq, odamning o'zi yaxshi-yomonni ajratishga qodir ekanligini ta'kidlaydi, insonning tafakkuri qudratiga ishonch uning axloqiy ta'limotining yutug'idir. Nemis faylasufi Kant esa inson hissiyoti orqali narsa va hodisalardan qoniqish hosil qiladi, bu qoniqish uni hatto fikrlashga chorlaydi. Inson axloqiy burch bilan, yaxshilik qilish bilan baxtga erishish mumkin, deydi. Kant inson bilishining imkoniyatlarini ko'rsatar ekan, fanning bilishdagi ahamiyatiga katta e'tibor beradi. Shuning bilan Kant, o'z so'zi bilan aytganda, "e'tiqodga ham o'rin qo'yadi. Ishonch e'tiqodgina inson jonining o'lmasligiga ishonish erkinligi asosida xudoning mavjudligini aqliy isbotlaydi"4, deydi.

Aslini olganda, ma'lum ma'noda, diniylik va axloqiylik bir-biriga chambarchas tushunchalardir. Ular dunyo va inson hayotining mohiyatiga turlicha qarash usullaridir. Har ikkalasining ham obyekti bitta - dunyoda inson hayoti. Din ham bu dunyoda qanday yashash kerakligini o'rgatadi. G'azzoliy u dunyodagi do'zax azoblari haqida yozar ekan, bu dunyoda qanday yashash

3H^me 3apgymT TaBa^ocH.//Ta$aKKyp. 1995. 1-COH. E. 94 4 Schiepp P. I.Kants practical ethics Evanston, 1964. P. 71.

December, 2024

lozimligini uqtiradi, kishilarning hissiyotiga ta'sir qilish orqali tarbiyalaydi. Dinlardagi buyuk umuminsoniy g'oyalar aslda dunyoning axloqiy masalalriga xizmat qiladi. Ijtimoiy hayotda shunday jarayonlar borki, undagi muammolarni hal qilishda diniylik ko'proq samara beradi. Ahloqiy poklik, o'tkinchi dunyo lazzatlariga haddan ortiq berilib ketmaslik, insonga xiyonat qilmaslik, Olloh yaratgan yaxshi narsalarga zarar yetkazmay, tabiatni asrab-avaylash kabi muammolarni hal qilishda dinning ahamiyati salmoqli. Bundan tashqari kishilik jamiyatining ma'naviy takomillik darajasi bevosita diniy dunyoqarashning shakllanishi bilan bog'liq. Chunki diniy dunyoqarash kishining dunyo to'g'risidagi tasavvurlarini yaxlit bir tizimga keltirib olam to'g'risida e'tiqodga asoslangan umumiy izchil manzarani yaratadi. Bu esa ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlari uchun zarur bo'lgan ma'naviy takomillashish jarayonining uzluksizligini taminlashga xizmat qiladi.

Ma'lumki jamiyat taraqqiyoti davomida turli din shakllari vujudga keldi. Din umuminsoniy axloq meyorlarini o'ziga singdirib olib, ularni jonlantirib, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantira olgan qudratli omil ekanligini doimo esda saqlashimiz zarur. Bu esa o'z navbatida fuqarolarimizda madaniyat, bahamjihatlik, o'zaro ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ularni muammo va qiyinchiliklarni yengib o'tishlariga ruhiy madad beruvchi qudratli kuch sifatida, qadriyatlarimizni saqlab qolinishini ta'minlab avloddan avlodga yetkazishda keng imkoniyatlar ochib beradi.

Deyarli barcha tarixiy davrlarda xususan, hozirgi paytda ham davlat siyosati darajasida dindan ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning muhim omili sifatida foydalanib kelingan. Dinni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, tarixiy, gnoseologik va psixolgik ildizlarning har biri uning mohiyatini anglab olishimizga imkon tug'diradi.

Bugungi kunda demokratik jamiyatlarda diniy tashkilotlarning g'oyaviy va amaliy faoliyatini ijobiy baholayotganligini e'tirof etmoq kerak.

Din va davlat o'rtasidagi munosabatlarda milliy, umuminsoniylik va axloqiylik tamoyillarining o'zaro uyg'unligiga amal qilinishi, din va diniy muassasalarga xolisona yondashilishi davlatimizning ichki va tashqi siyosatida o'z aksini topayotganligini qayd qilmoq zarur. Bundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda sodir bo'layotgan demokratik jarayonlarda diniy tashkilotlarning ham ijtimoiy-siyosiy faollligining ortib borishi kuzatilmoqda.

Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy-siyosiy faollikning ortayotganini e'tiborga olib, uni ikki yo'nalishda - ijtimoiy hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini oshirish kerakligini davrning o'zi taqozo etmoqda. Shunga ko'ra, dinning ijtimoiy ildizlari jamiyat a'zolarini faollikka , ezgulikka, tinchlik va xotirjamlikka yetaklovchi omilga aylanayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. Ma'lumki, dinning ildizlari bevosita inson ruhiyati

December, 2024

291

bilan bog'liq tarzda talqin etiladi. Bu o'rinda insonning aqliy va axloqiy imkoniyatlarini ham o'zaro bog'liqlikda olgan holda ma'naviy-ma'rifiy tarbiyada dinning ham o'ziga xos ahamiyati to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti "...diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o'zini o'rab turgan dunyoga, o'zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo'lmaganligini ham ta'kidlash zarur"5, deb takidlaydi.

Chinakam axloqli inson dindor bo'lgani yoki do'zaxdan qo'rqqani uchun emas, aksincha, aynan axloqli bo'lgani uchun ham Yaratganning ko'rsatmalariga amal qiladi. Dindan mutlaqo bexabar, biroq "din himoyachisiman" deydiganlardan ming chandon axloqliroq insonlarni kuzatganimizda ulardagi axloq dindan emas, boshqa bir asosdan kelib chiqayotganiga amin bo'lamiz. Bunday insonlarni musulmonlar, nasroniylar, buddistlar, yahudiylar, ateistlar orasidan ko'plab topish mumkin.

Xo'sh, din jamiyat axloqini yaxshilay olmasa, u holda nima bu vazifani bajaradi? Bunga javobimiz juda oddiy - to'g'ri yo'lga qo'yilgan ta'lim va qonunlar ijrosining qat'iy ta'minlanishigina vaziyatni o'nglashi mumkin. Bir tomondan mustaqil, tanqidiy fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalashni bosh maqsadga aylantirgan dunyoviy ta'lim tizimi va adolat tamoyillariga sodiq ijroiya va sud hokimiyati. Ana shu ikki shart bajarilgandan keyingina din jamiyatda ijobiy rol o'ynay boshlaydi, kishilarning ma'naviy-ruhiy ozuqasiga aylanadi. Islom davlatlarida esa vaziyat buning aksi. Davlat o'zining eng muhim funksiyasi - qonun ustuvorligini ta'minlay olmaydi, yetarlicha dunyoviy ta'lim ko'rmagan omma esa dunyoviy qonunlar va hukumatni tan olmaydigan radikal voizlarning itoatkor somelariga aylanib qolgan. Vaholanki, bunday radikal voizlar boshqa dinlarda ham bor. Biroq ularning ta'siri biz musulmonlardagichalik emas. Nima uchun? Shuning uchunki, ularning somelari bizlardagichalik ishonuvchan emas. Ishonuvchanlari ham basharti haddidan oshsa, qonun ularning joyi qayerda ekanini ko'rsatib qo'yadi. Biz bilamizki, AQShda radikal diniy sektalar ancha faol. Buning sababi, bizningcha, u yerda maktab ta'limi yetarli darajada qoniqarli emas. "Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining 2010 yilgi hisobotiga ko'ra, AQSH bu sohada rivojlangan davlatlar orasida 23-o'rinni egallaydi"6. Nufuzli universitetlar va ba'zi xususiy maktablargina xorijliklar e'tiborini o'ziga jalb eta oladi. U holda nega o'sha sektalar ijtimoiy axloqsizlik va tartibsizliklarni keltirib chiqarib, xavfsizlikka taxdid sololmaydi? Buning sababi oddiy - u yerda konstitusiya va qonunlarni buzganlar jazodan qochib qutula olmaydi. Mavridi kelganda bir masalaga to'xtalib o'tish joiz. Avval dunyoviy ta'lim berish

5 H.KapHMOB. Y36eKHCTOH XXI acp 6ycaracHga, xaB^cromKKa TaxguÄ, 6apK;apopnHK mapmapn Ba Tap Ka^onamapH.TomKeHT 1997. 36-6eT.

6 ^apaHr: OECD Facebook 2010. International Student Assessment -http://www.oecd-ilibrary.org

December, 202

kerakmi yoki diniy, degan mavzuda bahslar bo'lib turadi. Bu savolga javob qilishda avval diniy ta'lim ko'rganlar ko'proq ekstremizmga moyilmi yoki dunyoviy ta'lim olib so'ng din bilan qiziqqanlarmi - mana shunga e'tibor qaratishimiz lozim. Xudo, narigi dunyo, jannat, do'zax, gunoh kabi tushunchalarni endi ta'lim olishni boshlayotgan, dunyo va insonlar to'g'risida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmagan bolaning ongu tafakkuri qabul qilishga qodir emas. Ular bola aqlini, ta'biri joiz bo'lsa, falaj ahvolga solib qo'yadi. Oqibatda esa erkinlikdan, erkin va tanqidiy fikrlashdan qo'rqadigan, dunyoviy fanlar borasida esa quruq yodlashdan narigi o'tmaydigan chalamullalar paydo bo'ladi. Chunki din tafakkurga emas, balki avtoritetga so'zsiz ishonish va itoat etish ko'nikmasini avval-boshdanoq shakllantirib qo'yadi. Erkin axloqiy tafakkur salohiyati esa hali bo'y ko'rsatmasdanoq yanchib tashlanadi. Bunday ta'lim ko'rganlar keyinchalik ham e'tiqodiga va axloqiga zid yoki o'zgacharoq fikrga duch kelsa, o'sha zahoti undan xalos bo'lishga intiladi. Undagi ijodkorlik qobiliyati cheklanib qoladi. Demak, diniy ta'lim faqat yuqori sinf o'quvchilariga berilishi, shunda ham dars targ'ibot maqsadida emas, bilim berish uchun, xulosa chiqarishni o'quvchining o'z aqlu tafakkuri ixtiyoriga qoldirgan holda o'tilishi, dinlar o'zaro qiyosiy o'rganilayotganda xolislik va tanqidiylik tamoyiliga rioya etilishi, bizningcha, maqsadga muvofiqdir. Din yetarlicha dunyoviy ta'lim ko'rgan jamiyatda ijobiy rol o'ynasa, buning aksi bo'lgan vaziyatda ahvol o'zgacha tus oladi.

Demak, yoshlarimizning dinga bo'lgan munosabatlarini ijobiyligini hamda unga nisbatan qiziqishning yuqori ekanligini hisobga olgan holda, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyada diniy omil ham o'ziga beqiyos ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlab o'tishimiz kerak. Zero, mustaqil davlatimizga, eng avvalo, iymoni butun, qalbi toza insonlar, birinchi navbatda yoshlar kerak. Har kungi faoliyatlarida insonlarga ezgu amallar, savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo'lgan yoshlarimiz dunyoqarashi-nafaqat o'zini shu bilan barcha yor-birodarlarini ham ezgulikka yetaklaydigan ma'naviy omillardan biri ekanligiga yosh avlodni ishontirishning o'zi ham dunyoviy ma'rifatdan o'zga narsa emas.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, diniy g'oyalarni anglash va o'rganish, hozirgi vaqtda keng qamrovli islohotlarni o'tkazish jarayonida jamiyatni ma'naviy boyitish, milliy ongimizni yanada yuksaltirish, kelajagi buyuk davlatni yaratuvchi yosh avlodni dunyoviylik ruhida, milliy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom ruhida kamol topishlari uchun muhim omil bo'lib xizmat qilgan bo'lur edi.

REFERENCES

1. ApncTOTent. nonmuKa. -M., 1911. C. 9.

December, 2024

2. Фромм Э. Человек для себя. Минск, Хорвест, 2004. С. 18.

3. Ницше Ф. Зардушт таваллоси.//Тафаккур. 1995. 1-сон. Б. 94

4. Schiepp P. I.Kants practical ethics Evanston, 1964. Р. 71.

5. Мирзиёев Ш.М. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий бахрдир. 2-жилд. - Тошкент: Узбекистон, 2018. - 508 б.

6. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегияси. - Тошкент: Узбекистон, 2021. -459 б.

7. Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA'LIM TIZIMI MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-

172.

December, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.