Научная статья на тему 'MAHATMA GANDI AXLOQ FALSAFASINING BA’ZI JIHATLARI'

MAHATMA GANDI AXLOQ FALSAFASINING BA’ZI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
527
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahatma Gandi / falsafa / axloq / haqiqat / din / g’oya / ijtimoiy / siyosiy / sarvodaya. / Mahtama Gandhi / Indian philosophy / philosophy / ethics / truth / religion / idea / social / political / sarvodaya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Po’latov, Sherdor Nematjonovich

Gandichilik hind milliy ozodlik harakati rivojlanishining o‘ziga xos tarixiy sharoitida vujudga keldi. U bir vaqtning o‘zida axloqiyfalsafiy g‘oyalarni ilgari surish bilan birga, Hindistonning mustaqilligi uchun kurashning usullari, shakllari va vositalarini ham o‘zida mujassam etdi. Gandichilik ijtimoiy ongning uchta shakli: din, falsafa va axloqning o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Din va idealistik falsafaning aloqasi hind-milliy hodisasi hisoblanadi. Gap shundaki, nafaqat din va mafkuraviylikning gnoseologik ildizlari umumiyligi, balki diniy mafkuraning ta’siri gandichilik falsafasining shakllanishi va rivojlanishining umumiy vositasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF MAHATMA GANDHI'S PHILOSOPHY OF ETHICS

Gandhism originated in the unique historical context of the development of the Indian national liberation movement. At the same time, he promoted moral and philosophical ideas, as well as methods, forms and means of the struggle for the independence of India. Gandhism is characterized by the interdependence of three forms of social consciousness: religion, philosophy and ethics. The connection between religion and idealist philosophy is an Indo-national phenomenon. The fact is that not only the commonality of the epistemological roots of religion and ideology, but also the influence of religious ideology is a common means of formation and development of Gandhi's philosophy.

Текст научной работы на тему «MAHATMA GANDI AXLOQ FALSAFASINING BA’ZI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAHATMA GANDI AXLOQ FALSAFASINING BA'ZI JIHATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-2-991-998

Po'latov Sherdor Nematjonovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi tayanch doktoranti

Gandichilik hind milliy ozodlik harakati rivojlanishining o'ziga xos tarixiy sharoitida vujudga keldi. U bir vaqtning o'zida axloqiy- falsafiy g'oyalarni ilgari surish bilan birga, Hindistonning mustaqilligi uchun kurashning usullari, shakllari va vositalarini ham o'zida mujassam etdi.

Gandichilik ijtimoiy ongning uchta shakli: din, falsafa va axloqning o'zaro bog'liqligi bilan ajralib turadi. Din va idealistik falsafaning aloqasi hind-milliy hodisasi hisoblanadi. Gap shundaki, nafaqat din va mafkuraviylikning gnoseologik ildizlari umumiyligi, balki diniy mafkuraning ta'siri gandichilik falsafasining shakllanishi va rivojlanishining umumiy vositasidir.

Kalit so'zlar: Mahatma Gandi, falsafa, axloq, haqiqat, din, g'oya, ijtimoiy, siyosiy, sarvodaya.

Гандиизм зародился в уникальном историческом контексте развития индийского национально-освободительного движения. В то же время он продвигал нравственно-философские идеи, а также методы, формы и средства борьбы за независимость Индии.

Гандиизм характеризуется взаимозависимостью трех форм общественного сознания: религии, философии и этики. Связь между религией и идеалистической философией — явление индонациональное. Дело в том, что не только общность гносеологических корней религии и идеологии, но и влияние религиозной идеологии является общим средством формирования и развития философии Ганди.

Ключевые слова: Махтама Ганди, индийская философия, философия, этики, истина, религия, идея, социальный, политический, сарвадоия.

Gandhism originated in the unique historical context of the development of the Indian national liberation movement. At the same time, he promoted moral and

sherdorpulatov@mail .ru

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

philosophical ideas, as well as methods, forms and means of the struggle for the independence of India.

Gandhism is characterized by the interdependence of three forms of social consciousness: religion, philosophy and ethics. The connection between religion and idealist philosophy is an Indo-national phenomenon. The fact is that not only the commonality of the epistemological roots of religion and ideology, but also the influence of religious ideology is a common means of formation and development of Gandhi's philosophy.

Keywords: Mahtama Gandhi, Indian philosophy, philosophy, ethics, truth, religion, idea, social, political, sarvodaya.

Hindistonda idealistik falsafa ma'lum darajada hanuzgacha shu xususiyatni saqlab kelmoqda, bu, ayniqsa, Gandining falsafiy qarashlarida o'z aksini topgan. Ammo uning o'ta muhim o'ziga xos xususiyati axloqiy tushunchalarning ontologik va epistemologik nazariyalar bilan chambarchas bog'liqligidir. Buni hind falsafasining ko'plab nufuzli tadqiqotchilari ta'kidlaganlar. Shunday qilib, S. Radhakrishnan ba'zi G'arb olimlari da'volarining nomuvofiqligini, go'yo "hind falsafiy tafakkurida axloqiy falsafa deyarli yo'q", degan davolariga javoban hind falsafasida axloq kategoriyalari voqelik kategoriyasidan keyingi eng muhim o'rinni egallaydi "axloqiy kamolot ilohiy bilimga birinchi qadamdir"1deb hisoblaydi. T.M.P Mahadevan, shuningdek, "Yevrosentrik qarashlarni ham rad etib, hind falsafasi faqat ontologiyaga e'tiborni qaratadigan va axloqiy muammolarga e'tibor bermaydigan dunyoqarashdir" degan fikrlarni inkor etadi.

Mahadevanning fikriga ko'ra, etika milliy falsafaning eng muhim va ajralmas qismidir; ikkinchidan etik printsiplari voqelikni anglash ma'naviy takomillashtirish jarayoni bilan uzviy bog'liqligini ko'rish mumkin, "tegishli intizomsiz odam metafizik tadqiqot maqsadiga erisha olmasligini"2 ta'kidlaydi.

Mahadevanning fikricha, dunyoqarashda axloqning roli va ahamiyati yo'qolmaydi: hind ruhiy an'analariga ko'ra, u siyosiy g'oyalarni shakllantirishda hal qiluvchi tamoyil bo'lib xizmat qiladi. U buning eng yorqin namunasini gandichilik ijtimoiy-siyosiy ta'limotlarining axloqiy va falsafiy asoslarida ko'radi. Sevgi va kuch

1 С. Радхакришнан, Индийская философия, т. I, М., 1955, стр. 38.

2 Т, М. P. Мahadevап, Indian Traditional Values; their Universal Appeal, — «Bulletin of the Ramakrishna Mission Institute of Culture», vol. XIII, Calcutta, May 1962, р. 166.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishlatmaslik, haqiqat va jasoratning diniy-falsafiy va axloqiy tamoyillari, Gandi tomonidan insoniyatning ma'naviy xazinasiga qo'shgan eng katta hissasi hisoblaydi3.

Gandining bunday bayonotlarni o'z ichiga olgan shubhali mubolag'alarini chetga surib, tan olish kerakki, Gandi haqiqatan ham ko'p asrlik milliy urf-odatlarga amal qilgan: uning axloq tushunchasi uchun dastlabki asos va isboti - uning falsafiy qarashlarining butun majmuasi - u qadimiy hind falsafasi ta'limotlarini chuqur o'rganganligi - ayniqsa Vedanta, Buddizm, Jaynizm kabi diniy-falsafiy tizimlar eng muhim elementi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, Mahatma Gandi asarlari obyektiv ochib berildi. Tarixiylik,Mahatma Gandi yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Mantiqiylik izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Tizimlilik, М. К-Gandhi, Non-violence in Peace and War, voh I, Ahmedabad, 1962, стр. IX., М. К-Gandhi, Truth is God, Ahmedabad, 1957, стр. 10, Dhirendra Mohan Datta "The Philosophy of Mahatma Gandhi" 1953, Pyarelal, Mahatma Gandhi. The Last Phase, vol. 1, Ahmedabad, 1956, М. К- Gandhi, All Men are Brothers, Paris, 1958, М. К- Gandhi, Truth is God, D. G. Tendulkar, Mahatma Volume 1-8: Life of Mohandas Karamchand Gandhi, С. Радхакришнан, Индийская философия, т. I, М., 1955, Т, М. P. Мahadevап, Indian Traditional Values; their Universal Appeal, — «Bulletin of the Ramakrishna Mission Institute of Culture», vol. XIII, Calcutta, May 1962, Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанда Ганди.- М.: Наука, 1969, M.K. Gandhi, Ethical Religion, Trans. A. Ramaiyer, (Madras : S. Ganesan, 1922) asarlari tizimli tarzda tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Gandining axloqiy konsepsiyasi, diniy g'oyalari va falsafiy an'analariga asoslangan tushunchasi o'zining ijtimoiy va siyosiy g'oyalarini ommaga, avvalambor dehqonlarning ongiga etkazish vositasi bo'lib xizmat qildi.

Ushbu holat, boshqa omillar qatori Hindistonda gandichilik g'oyalarining keng tarqalishi va ta'sirini ta'minladi. "Odatda diniy tushunchalardan foydalangan holda, -dedi Javaharlal Neru, - Gandi siyosat va kundalik hayot muammolariga axloqiy yondoshishni ta'kidlaydi. Uning ta'limotlarining diniy tomoni asosan unga moyil bo'lganlarga ta'sir qilgan, axloqiy yondashuv esa boshqalarga ta'sir qilgan.

3 Там же, стр. 169.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ko'pchilik sezilarli darajada axloqiy xatti-harakatlarning yuqori darajasiga ko'tarilgan"4.

Ammo Gandining dunyoqarashidagi axloqiy muhim o'rin nafaqat falsafiy an'analar, balki milliy-mulkdorlar ijtimoiy fikrining rivojlanishi, dunyoqarashi va faoliyatining ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi bilan ham izohlanadi. Etikani Gandi milliy ozodlik harakati tamoyillarini mafkuraviy va axloqiy asoslash bilan bir qatorda, gumanistik g'oyalarini odamlarning ma'naviy tabiatining birligi, insonning qadr-qimmatini ko'tarish, mustamlakachilik va ijtimoiy tengsizlikka barham berish, insonga jismoniy va ma'naviy zarar keltirish, yo'q qilish vositasi sifatida qo'llagan. Gandi dunyoqarashida axloqning eng muhim maqsadi, bir tomondan, ma'lum bir jamoat maqsadlariga, birinchi navbatda Svarajga (vatan ozodligi) erishish uchun kurashda ommani birlashtirish vositasi bo'lib xizmat qilish, ikkinchi tomondan, bu kurashda shaxsiy manfaatlar emas, balki xalq manfaatini himoya qilishdir. Darhaqiqat, gandichilik axloqi har qanday ijtimoiy shart-sharoitlarga asoslanadi.

Inson qalbini qozonish - bu axloqiy o'zini takomillashtirish, axloqning o'zgarishi. Xatti-harakatlarning ma'lum bir standartini ishlab chiqishda, ma'lum bir axloqiy idealni amalga oshirishda Gandi shaxsning ham axloqiy xarakterini, ham ijtimoiy munosabatlarning butun majmuasini o'zgartirishning yagona haqiqiy usulini ko'rdi. Hiren Mukherjining ta'kidlashicha: "U qalblarni o'zgartirishda, axloqga butkul ishongan. Lekin axloqiy e'tiqod haqiqiy ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun yetarlicha kuchli vosita emasligini bilmas edi."5

Qanday bo'lmasin, gandichilikning ijtimoiy doktrinalari - "sarvodaya"(umumiy farovonlik jamiyatini qurish g'oyasi) doktrinasi, "kambag'allarga g'amxo'rlik" tushunchasi va boshqalar - axloqni ijtimoiy munosabatlarni qayta qurish uchun asos sifatida tan olishga asoslangan. Shu bilan birga, u mutlaq haqiqatni "ko'rish", ilohiy mohiyatni anglashning hal qiluvchi sharti sifatida e'lon qilingan axloqiy hayotga erishish yo'llarini ochib beradigan va gandichilikning falsafiy tushunchalari bilan uzviy bog'liqdir. Shuning uchun axloq Gandi dunyoqarashida juda muhim o'rin egallaydi.

Shu bilan birga, Gandi dunyoqarashidagi eng muhim o'rin, garchi ular mohiyatiga ko'ra ma'lum bir diniy-falsafiy, axloqiy va psixologik dalillarga asoslansada , uning ijtimoiy-siyosiy doktrinalari g'oyaviy va nazariy jihatdan bir-biri bilan chanbarchas bog'lanib ketgan.

4 Д ж Неру, Открытие Индии, М., 1955, стр. 486.

5 Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанда Ганди.- М.: Наука, 1969. - с.129

994

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Gandining barcha maqolalari, nutqlari va suhbatlarida Xudo haqida, haqiqat, sevgi, kuch ishlatmaslik, milliy ozodlik, qo'rqmaslik, milliy boshqaruv, xotirjamlik va hokazolar haqida so'z boradi. Hindistonda uning ta'siri va g'oyalari keng tarqalishi ham shu bilan bog'lanib ketgan. Diniy-falsafiy va axloqiy tushunchalar Gandi dunyoqarashining bosh va ajralmas qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, unga bag'ishlangan ko'plab asarlarda uning ta'limoti "gandizm (gandichilik) falsafasi", deb nomlandi.

Gandi sof faylasuf bo'lmaganligi, hech qanday mustaqil, to'liq falsafiy tizimni yaratmaganligini va o'zi ham hech qachon bunday qilishga intilmaganligini ta'kidlagan: "Men biron-bir yangi ta'limotlar va asos yaratishga da'vo qilmayman. Haqiqat va kuch ishlatmaslik - shunday qadimiyki, xuddi tog'larday", deydi u, U "abadiy haqiqatni" kundalik hayotda, hind xalqini bezovta qilayotgan dolzarb muammolarda, oxir-oqibat, eng asosiysi ozodlik va mustaqillik uchun kurashda, deb biladi. Ushbu g'oyalarga asoslanib, u shunday tushuntiradi: "Shunday qilib, agar siz bularning barchasini bema'nilik deb atasangiz, Siz buni gandiychilik deb atamasligingiz kerak, bu erda "ism" yo'q.6

Gandichilik falsafasini o'rgangan ayrim olimlar bu terminni juda tor deb hisoblaydi. ""Gandichilik falsafasi" atamasiga kelsak, bizning fikrimizcha, u juda tor ma'noda va cheklangan, chunki gandiychilikning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ta'limotlari va diniy-falsafiy va axloqiy g'oyalar majmuasi bir-biridan farq qiladi, deb hisoblagan. Ikkinchidan mafkuraviy va nazariy asoslari vazifalarini bajaradi. Tabiiyki, gandichilik mafkurasining ilmiy va tanqidiy tahlili uning falsafiy va axloqiy tushunchalarini hind milliy ozodlik harakati amaliyoti bilan uzviy bog'liqlikda deb o'rganishni taqozo etadi."7 Gandining falsafiy va axloqiy qarashlarining mohiyatini aniq anglamasdan, gandichilikning aniq tarixiy roli va ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy mohiyatini to'liq ochib bo'lmaydi.

Bizning axloqiy shaxsiyatimizni rivojlantirish insoniyat hayotining yana bir asosiy maqsadi edi. Gandi uchun hayotning asosi inson axloqi asosida qurilgan. Gandi uchun din va axloqni bir biridan ajratib bo'lmaydi. Axloq insonning jamiyat bilan munosabatini, din esa insonning Xudo bilan munosabatini belgilab beradi. Axloq Gandiga ko'ra Xudoga bo'lgan haqiqatni anglash vositasidir. Gandining axloqqa nisbatan yondashuvi axloqiylikdan ko'ra ko'proq amaliyroqdir. Axloqiy qadriyatlarni amaliy hayotga tatbiq etish uchun u axloqqa nisbatan pragmatik qarashga ega edi. U shunday dedi: "Faqatgina bilim etarli emas; tegishli harakatlar

6 KaMapoB Э.Н., .HHTMaH A.^,. Mnp0B033peHue MoxaHgac KapaMnaHga TaHgn.- M.: HayKa, 1969. - c.129.

7 KaMapoB Э.Н., .HHTMaH A.^,. Mnp0B033peHue MoxaHgac KapaMnaHga TaHgn.- M.: HayKa, 1969. - c.130.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ham bajarilishi kerak. Axloqiy ma'lumotlar me'morning rejasiga o'xshaydi. Rejada bino qanday qurilishi kerakligi ko'rsatiladi, ammo bino tegishli ravishda qurilmasa, u foydasiz bo'ladi. Xuddi shu kabi, axloqiy g'oya, unga amal qilinmaguncha foydasizdir"8.

Gandi bundan tashqari altruism, sevgi, mehr-muhabbat, fidoyilik va boshqalar uning uchun axloqning eng yuqori shakli ekanligini aytdi. U shunday dedi: "Insonning vazifasi bu haqiqatni hotirasida saqlash va axloqning eng yuqori shakli bo'lgan altruizmga amal qilishdir"9. Gandi yaxshi odatlar inson hayotida muhim rol o'ynaydi, deb hisoblagan Aristotelning fikriga qo'shiladi. Gandi: "Yomon odatlardan ozod bo'lish axloqning boshqa elementlarini shakllantiradi" 10 deydi. Bularning barchasi Gandi insonning axloqiy rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berganligini anglatadi. Uning fikriga ko'ra, bunga butun insoniyat manfaati uchun ongli va fidokorona qilingan xayrli ishlar orqali erishish kerak edi.

XIX-asr oxiri - XX-asrning birinchi choragida Gandining dunyoqarashi shakllanayotgan paytda Hindistonning ma'naviy hayotida din asosiy o'rinda edi.

Bu davrgacha ko'p davlatlar, va birinchi navbatda, Yevropaning kapitalistik davlatlari allaqachon bu bosqichni bosib o'tgan bo'lsa, Hindistonda esa, bu davrda diniy omil milliy ozodlik harakati bilan bog'lanib ketganini ko'rishimiz mumkin edi. Lekin, Hindistonda millatchilik ruhidagi turli xil ijtimoiy kuchlar, bu yoki boshqa tarzda diniy-g'oyaviy an'analarga tayanib, uni bir vaqtning o'zida o'z manfaatiga xizmat qildirgan va mafkuraviy asos sifatida bilgan. Dinni keng omma ongiga etkazish orqali xalq ongini boshqarishga harakat qilishgan.

Milliy rahbarlar esa, dinni milliy ozodlik harakatining turli xil unsurlarini birlashtirish vositasi sifatida, mustamlaka qulligiga qarshilik ko'rsatishning o'ziga xos shakli sifatida qaradilar. "Hindistonda yangi millatchilik, deydi Javoharlal Neru, Sharqning boshqa joylaridagi kabi muqarrar ravishda diniy millatchilikdir"11

Hindistonning vatanparvar ziyolilari vakillari uchun din hozirgi mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy muammolarga asoslanib, mafkuraviy manba bo'lib xizmat qildi. Qadimgi hind diniy urf-odatlari G'arbning "moddiyunchilik" madaniyatiga qarshi milliy madaniyatning tiklanish omili sifatida qaralgan. Jabrlangan xalqqa hamdardlik, va ularning umidlari va intilishlarini o'zlarida ifoda etgan holda hind millatining

8 M.K. Gandhi, Ethical Religion, Trans. A. Ramaiyer, (Madras : S. Ganesan, 1922), p. 5

9 M.K. Gandhi, Ethical Religion, op. tit., p. 23

10 Ibid.

11 Л ж. Неру, Автобиография, М., 1955, стр. 33.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'plab avlodlari, dinga murojaat qildi. Dinning yordami bilan Hindistonni qayta tiklash uchun o'zlarining utopik (xayoliy) loyihalarini yaratishdi.

Qadimgi urf-odatlarga, uzoq o'tmishdagi diniy g'oyalarga va diniy axloqiy qoidalarga murojaat qilish, milliy vatanparvar insonlar ma'lum g'oyalarini ommalashtirish shart bo'lib qoldi. Hindiston milliy-ozodlik harakatining mafkuraviy tomonini tavsiflab, Hindiston Kommunistik partiyasining marhum Bosh kotibi Adjay Ghosh "Targ'ibot va tashviqot, asosan, hind diniga oid g'oyalar ta'sirida bo'lgan" deb ta'kidlagan edi. Ushbu harakatning ijtimoiy-tarixiy xususiyatlariga muvofiq, bir tomondan, dehqonlar, hunarmandlar va shahar o'rta qatlamlarining keng qatlamlarini jalb qilish orqali, ikkinchi tomondan, milliy elitaning etakchi roli amalga oshirilgan. Xususan, hindularni, birlashtiruvchi asos sifatida diniy omil ilgari surilgan edi.12

Din eng radikal inqilobiy millatchi guruhlarning dunyoqarashiga kirib bordi; Dinning xalq ongi orqali ta'sirini mustamlakachilar tan oldi. Bombey general -gubernatori Klark 1911 yilda qonun chiqaruvchi kengashda so'zga chiqib;

"Kuchli diniy ruh mamlakatning turli joylarida nashr etilgan ko'plab isyonkor adabiyotlarni qamrab oldi va qotillik tashkilotchilari (Ingliz Jekson. - Avt.) Agar biz diqqat qiladigan bo'lsak, hindlarning diniy tuyg'ulari, Hindiston singari diniy mamlakatda ularning eng nozik joyi ekanligini yaxshi biling"13.

Dindan mustamlakachilik boshqaruviga qarshi norozilikning o'ziga xos shakli sifatida foydalanish keng ommaning va avvalambor dehqonlarning dindorligi, ularning ijtimoiy psixologiyasining eng muhim elementlaridan biri ekanligi bilan aniqlanadi. Guru ya'ni - o'qituvchilar va murabbiylar, avliyolar deb ataladigan diniy voizlar, sayohatchilar, turli xil mazhablarning asoschilari va rahbarlari, monastir buyruqlari, ashramlar va boshqalar. Mamlakatning ma'naviy muhitidagi an'ana va urf-odatlar bilan chambarchas bog'liqligini ko'rishimiz mumkin.

Shuning uchun milliy ozodlik harakatining rahbarlari va vatanparvar diniy arboblar mustaqillik uchun kurashning eng yuqori pag'onasini dinga xizmat qilish sifatida ko'rgan edilar. Boshqa tomondan, ozodlik uchun kurashda qatnashgan siyosiy arboblarni, ba'zan omma eng yuqori diniy topshiriqni bajargan odamlar deb bilishgan. Ammo shunga qaramasdan, Gandi targ'ib etgan ta'limot, chunonchi, uning diniy-falsafiy qarashlari o'z ahamiyatini hozirgi davrda ham Hindistonda yo'qotganicha yo'q. Hatto Neruning siyosatga yondashuvi shundan dalolat beradiki,

12 А. К. Г х о ш, Статьи и речи, М., 1962, стр. 294.

13 Цит, по; А. В, Райков, Пробуждение Индии, М., 1969, стр. 29,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uning o'ziga Gandi ta'limoti katta ta'sir o'tkazgan. Bu ta'sir qator hozirgacha nafaqat hind, balki dunyo faylasuf-olimlari va siyoasatchi, jamoat faollarining qarashlarida ham o'z aksini topib kelmoqda. Masalan, S. Radharkrishnan o'zining "Universal (Mangu) dini" tizimida Gandi ishlab chiqqan "sevish" va "kuch ishlatmaslik" kategoriyalariga salmoqli o'rin ajratgan edi.

Shu asnoda ushbu tarzdagi diniy-falsafiy va axloqiy g'oyalar tufayli Gandi faoliyatining izlari "sarvodaya" nomli ijtimoiy harakatining shakllanishida o'z aksini topadi. Uning zamirida "umumiy farovonlik jamiyati" deb nomlangan Gandi tuzgan konsepsiya yotadiki, nazariy jihatdan uning asosi ishlab chiqarishni aksilmarkazsizlashtirish (detsentralizatsiya) hamda qo'l bilan bajariladigan mehnat, kosib-hunarmandchilik va jamoaviy-matlubot ishlab chiqarishi va taqsimotlarni joriy etishdan tashkil topgan edi. Gandiyning tasavvuri bo'yicha, bu harakat o'z tushunchalarini diniy-axloqiy talqinidan kelib chiqib "haqiqat, sevish va kuch ishlatmaslik"dan iborat uchchala va boshqa g'oyalar shiori ostida shakllangan ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlar asosida yangicha "turmush tarzi" bunyod etiladi.

REFERENCES

1. С. Радхакришнан, Индийская философия, т. I, М., 1955, стр. 38.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Т, М. P. Мahadevап, Indian Traditional Values; their Universal Appeal, — «Bulletin of the Ramakrishna Mission Institute of Culture», vol. XIII, Calcutta, May 1962, р. 166.

3. Там же, стр. 169.

4. Д ж Неру, Открытие Индии, М., 1955, стр. 486.

5. Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанда Ганди.-М.: Наука, 1969. - с.129

6. Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанда Ганди.-М.: Наука, 1969. - с.129.

7. Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанда Ганди.-М.: Наука, 1969. - с.130.

8. M.K. Gandhi, Ethical Religion, Trans. A. Ramaiyer, (Madras : S. Ganesan, 1922), p. 5

9. M.K. Gandhi, Ethical Religion, op. tit., p. 23

10. Л ж. Неру, Автобиография, М., 1955, стр. 33.

11. А. К. Г х о ш, Статьи и речи, М., 1962, стр. 294.

12. Цит, по; А. В, Райков, Пробуждение Индии, М., 1969, стр. 29,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.