ARTICLE INFO
DIN VA AXLOQ O'RTASIDAGI MUNOSABATLARNING NAZARIY TAHLILI
Ramazonov Jahongir Djalolovich
Doctor of philosophy in psychology (PhD), associate professor Xayrullayeva Zebuniso Tojiddin qizi
Graduate of the International University of Asia https://doi.org/10.5281/zenodo.14587714
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25- Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 28- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 31- Dekabr 2024 yil
KEYWORDS
diniy etika, buddizm, yahudiylik, xristianlik,
musulmonlik, axloq, shaxs.
Ushbu maqolada din va axloq o'rtasidagi pedagogik-psixologik xususiyatlarga alohida etibor qaratiladi. Axloqiy nuqtai nazardan kamolotga erishish, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, millatning taraqqiy etishi, rivojlanishini kabi masalalar butun insoniyatning ma'naviy evolyutsiyasining bo'g'inlaridan biri bo'lib, jamiyat tarixidagi katta bosqich u bilan bog'liq. U odamlarning tevarak-atrofdagi voqelik va o'zini anglashining tarixiy va ijtimoiy shartli shakli sifatida vujudga kelgan va mavjud bo'lgan. Maqolada mualliflar turli diniy konfessiyalarda ushbu axloqning kelib chiqish tarixi va asoslari haqida fikr va mulohazalaryuritadilar.
Shaxs kamoloti barcha davrlarda turli ijtimoiy tuzumlarning eng asosiy maslaklaridan biri hisoblanadi. Zero, insonlar shaxs sifatida taraqqiy etmaydigan jamiyatning porloq kelajagini tasavvur etib bo'lmaydi. Ma'naviy, axloqiy nuqtai nazardan kamolotga erishgan, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalayotgan millatning taraqqiy etishi, rivojlanishini anglash qiyin emas. Azal-azaldan aynan shu masala har bir jamiyatni o'ylantirgan muammolardan biri bo'lib kelgan hamda ushbu masalaga har bir millat o'ziga xos tarzda yondashgan. Bu haqida so'z yuritganda esa "bizning ulug' ajdodlarimiz o'z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini[1]" alohida ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Masalan, Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida tilga olingan[2], o'z davrida jamiyat a'zolarning axloqiylik darajasini belgilab berish vazifasini bajargan o'n ikki xislat haqidagi qarashlar bunga yorqin misol bo'la oladi.
Insonning ma'naviy nuqtai nazardan kamolotga erishganlik darajasini belgilashning bir qancha mezonlari mavjud bo'lib, ularning orasida jamiyatda mavjud bo'lgan axloqiy qadriyatlarni o'ziga singdirganlik, axloqiy normalar, me'yorlarga yuksak darajadagi hurmat bilan yondashish, kundalik hayotda ularga qat'iy amal qilish kabi jihatlarga e'tibor qaratmaslikning iloji yo'q. Zero, Birinchi Prezidentimiz bejizga "ma'naviyatning o'zagi - axloq" deb ta'kidlab o'tmagan edilar. Ushbu fikrlarni davom ettirgan holatda shuni aytib o'tishimiz mumkinki, qadim-qadimdan axloqiy va diniy qadriyatlar chambarchas bog'liq bo'lganlini e'tiborga olgan holda ma'naviy komillikka erishi uchun insonlarning diniy e'tiqodi darajasiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Agarda insonlarning ma'naviy komilligi bilimga tayanadi
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,
(Farobiyning qarashlari kabi) deb yondashiladigan bo'lsa, ushbu bilim diniy va dunyoviy bilimlarning uyg'unligida namoyon bo'lgan. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek kabi ulug' ajdodlarimizning faoliyatlariga to'xtaladigan bo'lsak ham, ularning ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni o'rganish, har ikki sohada ham birdek ijod qilishga intilishini ko'rishimiz mumkin. O'z o'rnida savol tug'iladi: aynan bugungi globallashuv hayotning barcha jabhalarida hukmronlik qilayotgan davrda tom ma'nodagi barkamol insonni shakllanishida axloqiy va diniy qadriyatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning uyg'unligi qanchalik darajada ta'sir ko'rsata olmoqda? Sekulyar jamiyatda insonlarning individual darajadagi ma'naviy- axloqiy taraqqiyotida diniy qadriyatlarga ehtiyoj mavjudmi? Endi ushbu savollarga atroflicha javob berib o'tsak.
Globallashuv davrida insonlarning ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, global ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasi doimgidan ko'ra dolzarbroq bo'lib qolmoqda. Bunga ba'zi ob'ektiv omillar sabab bo'lmoqda:
Birinchidan, tashqi omillar, ya'ni globallashuv jarayonlariga katta ta'sir ko'rsatib kelayotgan, iqtisodiy, siyosiy, geopolitik maqsadlarni ko'zlayotgan transmilliy korporatsiyalar, turli siyosiy kuchlar insonlarni faol fuqarolardan ko'ra nofaol iste'molchilarga aylanishidan manfaatdor. Buning uchun esa insonlarni yoki o'ta radikal fanatlarga yoki o'ta kompromist (befarq) larga aylantirishga harakat qilinmoqda.
Ikkinchidan, ichki omillar. Iqtisodiy tomondan rivojlanayotgan mamlakatlardagi qiyinchiliklar insonlarning kundalik hayotiga ta'sir etmoqda. Natijada esa insonlar faqat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilishmoqda, ma'naviy ehtiyojlarni qondirishga yo'naltirilgan "servis xizmatlari" esa talab darajasida emas. Shuning samarasi o'laroq ushbu mamlakatlarning aholisi uchun madaniy ehtiyojlar ta'minoti chetdan kirib kelmoqda. Ushbu omillarni hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, jamiyat ma'naviy hayotida axloqiylik tamoyilining ustuvorligini, insonlarning, millatlarning, xalqlarning ma'naviy taraqqiyotini, ma'naviy-axloqiy nekbinligini ta'minlashda axloqiy va diniy qadriyatlarning uyg'unligi, ular o'rtasidagi mo'tadil munosabatlarning ta'minlanishi, ijtimoiy hayotda axloq qoidalarning asosi sifatida diniy normalarning, qadriyatlarning ustuvor mavqega ega bo'lishi kabi omillar muhim ahamiyatga ega.
Ma'naviy barkamol avlodni diniy yoki ratsional faktorlarga asoslanuvchi axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda, avvalo, oila institutining o'rni muhimdir. Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon- e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila - barkamol avlod poydevori bo'lib, oilada farzandlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, adolat, burch, vatanparvarlik kabi axloqiy qadriyatlarni singdirish o'ta muhim hisoblanadi. SHuning uchun ham, oilada ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga har bir diniy e'tiqod o'zining eng asosiy arkonlaridan biri sifatida yondashadi. Xususan, islom dini misolida buni tahlil qilishimiz mumkin. Har qanday tarbiya, xususan, nasihat oilada boshlanadi. Islomda tarbiyaning bosh maqsadi -bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga etkazishdir. Abu Homid G'azzoliy farzand tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradi: "Bilgin! Bola tarbiyasi eng muhim ishlardandir. Farzand ota va onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko'ra shakllanadi, eggan tomonga egiladi. Agar
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH if = 5.441 ,
bola yaxshilikka o'rganib, yaxshilik ichida voyaga etsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga tarbiya bergan har bir kishi sherikdir", deydi. Islom ta'limotiga ko'ra, oilada barkamol avlodni tarbiyalashning ikki asosi bor: fazilatni qo'riqlaydigan go'zal axloq va yaramas yo'ldan, yomon ahvolga tushishdan saqlaydigan hushyorlik[3].
Islom dini misolida axloq va dinning bir mohiyat sifatida talqin etilishini va oilada yosh avlodni shakllantirishda aynan shularga e'tibor qaratib kelinganligini kuzatishimiz mumkin. Lekin dunyoning barcha mintaqalarida ham globallashuv jarayonlari oila institutining saqlanib qolishiga xizmat qilmayotganligini kuzatishimiz mumkin. Oila institutining yo'qolib borishi, "eskilik sarqiti" deb baholanishi, afsuski, bugungi G'arbning asosiy xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Oila institutining mavjud bo'lmasligi ijtimoiy muammolarning "zanjir reaksiyasi"ni boshlab yuboradi. Xususan, birgina Angliyada bugungi kunda 34 foiz bola nikohsiz tug'ilmoqda, kattalarning yana shunchasining oilasi barbod bo'lgan, oila qurmaslik, otalik yoki onalik mas'uliyatidan qochish yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Bu tabiiy ravishda barkamol avlodni tarbiyalashga salbiy ta'sir etadi. Misol uchun, AQSHda hozirda jinoyat sodir etganlarning yarmini buzilgan oilalarning farzandlari tashkil etmoqda, yana qanchadan qancha "televizor tarbiyalagan" avlod etishib kelmoqda. Bu kabi global ijtimoiy muammolarga asosiy sabab sifatida esa olimlar G'arb jamiyatida, xususan oilada diniy qadriyatlardan voz kechilishini ko'rsatishmoqda[4]. Bularning barchasi ma'naviy jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashda din va uning axloqiy mohiyatining o'rni, axloq va dinning oilada va shu orqali jamiyatda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ahamiyati muhim ekanligini ko'rsatmoqda.
Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda, shubhasiz, ta'lim tizimining ham roli beqiyosdir. CHunki ta'lim-tarbiya tizimi bevosita jamiyatning rivojiga ta'sir ko'rsatadi, ijtimoiy taraqqiyotning kelajakdagi yo'nalishlarni belgilaydi, millatning barvamol avlodini tarbiyalaydi. Hozirgi dunyoda yoshlar potensiali va intellektual qudrat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Ma'naviy barkamol, intellektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. Aynan ma'naviy barkamol avlod mamlakat ertasini belgilab beradi.
Ta'limga etarli darajada e'tibor qaratmaslik, uning faoliyatini ijtimoiy manfaatlar bilan moslashtirmaslik, unga ikkinchi darajali omil sifatida qarash jamiyat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, hatto, uning tanazzuliga ham olib kelishi mumkin. "Umumiy ta'lim, yagona o'quv sistemasi demokratik jamiyat ustunlaridan biri, asosiy sotsial institut bo'lib, uning ilmiy, ma'naviy, g'oyaviy, axloqiy asoslarini belgilab beruvchi, birlashtiruvchi va taraqqiyot yo'lida harakatga keltiruvchi muhim vosita sifatida faoliyat ko'rsatadi[5]".
Din, avvalo, o'ziga umuminsoniy axloq me'yorlarini singdirgan va ularni umummajburiy hulq-atvor qoidalariga aylantira olgan.
Jamiyatda turli millat va din vakillarining bahamjihat yashashida, jamiyat a'zolarida ertangi kunga ishonch hissini mustahkamlashda, turli hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o'tishlarida, eng muhimi umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishda dinning alohida o'rni bor. Bizga ma'lumki, din ma'naviy yaqinlik va ruhiy hamohanglikni ta'minlashdek funksiyasiga ko'ra, integratsiyaning muhim omili hisoblanadi. Barcha jahon dinlari xalqlar madaniyati rivojiga katta ta'sir ko'rsatgani va doimo bag'rikenglikning xalqaro umume'tirof etilgan me'yorlari va prinsiplariga asoslanganligi
hammamizga ma'lum. O'zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo'lsada, mamlakatdagi madaniy-ma'naviy an'nalarning ajralmas qismi va aholi ma'naviy kamolotining asosi sifatida qaraladi. Din kishilar mentaliteti, axloqi va madaniyati bilan dialektik aloqadordir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". Toshkent. - "Ma'naviyat", 2013 yil. B.118.
2. Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida
3. Saidov I. - Odob axloq-inson ziynati. http://www.religions.uz/news/view?id=431
4. Timoti J. Uinter. "XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish" - T., "SHarq" 2005. B. 49.
5. Ermatov H. "Tarix. Tafakkur. Madaniyat" - T., "Akademnashr" 2013. B. 93.
6. Ramazonov, J. (2022). NAQISHBANDIYA TARIQATINING IJTIMOIY MOHIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 9(9).
7. Ramazonov, J. (2022). НАКШБАНДИЯ ТАРИКАТИНИНГ Х,ОЗИРГИ ЗАМОН ЁШЛАР КАМОЛОТИГА ПЕДАГОГИК ВА ПСИХОЛОГИК ЖИХДТДАН ТАРБИЯВИЙ ТАЬСИРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 9(9).