Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING POYDEVORI'

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar parlamenti / qo'llab-quvvatlash / qonun ijodkorligi / jismoniy va axloqiy kamol toptirish / ochiq va sifatli ta'limni amalga oshirish. / youth parliament / support / law-making / physical and moral development / implementation of open and quality education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — H. T. Mirabdullayev

Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining hamda Konstitutsiyaviy normalarda Yangi O'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalash, ular uchun munosib shart-sharoitlarini yaratib berish, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy bilim va tajribalarini yuksaltirish, bo'yicha bir qator islohotlar haqida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is about the state policy regarding youth in our country and a series of reforms in the constitutional norms of raising a mature generation in the conditions of New Uzbekistan, creating suitable conditions for them, improving the political, economic, social, and legal knowledge and experience of young people. spoken.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING POYDEVORI»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

TaShhkenm^tmmmTmmnnmPPmm^n

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI - YOSHLARGA OID DAVLAT

SIYOSATINING POYDEVORI

H. T. Mirabdullayev

TDTU 3-bosqich talabasi:

Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi yu.f.n.,dots.v.b.,

N.X.Egamberdiyeva

ANOTATSIYA:

Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining hamda Konstitutsiyaviy normalarda Yangi O'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalash, ular uchun munosib shart-sharoitlarini yaratib berish, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy bilim va tajribalarini yuksaltirish, bo'yicha bir qator islohotlar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar parlamenti, qo'llab-quvvatlash, qonun ijodkorligi, jismoniy va axloqiy kamol toptirish, ochiq va sifatli ta'limni amalga oshirish.

ANNOTATION:

This article is about the state policy regarding youth in our country and a series of reforms in the constitutional norms of raising a mature generation in the conditions of New Uzbekistan, creating suitable conditions for them, improving the political, economic, social, and legal knowledge and experience of young people. spoken.

Keywords: youth parliament, support, law-making, physical and moral development, implementation of open and quality education.

Mustaqillik va suverenititning mustahkam huquqiy poydevori, shuningdek, mamlakatni isloh qilish demokratlashtirish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini belgilab Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Umumxalq referendum asosida 2023 yil 30 aprelda ovoz berish orqali qabul qilindi. Xalqimizning 220 mingdan ortiq takliflari asosida mamlakatimizning asosiy qonuni matni 65 foizga yangilandi va moddalar soni 128 tadan 155 tagacha, normalar esa 275 tadan 434 tagacha ko'paydi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya - chinakam xalq Konstitutsiyasi, yangi O'zbekistonni barpo etishning huquqiy poydevori hamda tamal toshi desak mubolag'a bo'lmaydi albatta. Konsititutsiyamiz inson huquqlari va erkinliklariga, millliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, respublika boshqaruv shakliga ega bo'lgan

438

2024-yil, 7-dekabr

suveren, demokratik, huquqiy ijtimoiy va dunyoviy davlatni barpo etish, inson, uning hayoti, erkinligi va sha'ni qadr-qimmati enf yuqoro qadriyat ekanligi hamda ochiq va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish g'oyalariga asosalanadi.

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bog'liq. Shu ma'noda O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Alohida ta'kidlab o'tish joizki yurtimizda 2016 yil 14sentyabrda "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonuni qabul qilindi. O'zbekiston- yoshlar mamalakati, unda "30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Aholining qariyb 55 foizini tashkil etgan bu ko'rsatkich davlatimiz e'tiboridan chetda emas" albatta. Shu o'rinda yoshlar tushunchasi mazmun mohiyatiga to'xtalsak, yoshlar (yosh fuqarolar) - o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslardir.[1]

Davlat yoshlarni shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-jiyga, ishga joylashishiga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart - sharoitlar yaratadi ( O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 79- moddasi,) Yurtboshimiz tashabbusi bilan "O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi"ni tashkil etish hamda 30 iyun "Yoshlar kuni" deb e'lon qilinishi, hamda 2020 yilda Yoshlar ishlari agentligi faoliyati yo'lga qo'yilganligi muhim ahamiyat kasb etdi.Yoshlarni qo'llab -quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil mamalakatimizda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb e'lon qilindi. Yoshlar Ittifoqi bu - davlat yoshlar siyosatini izchil va samarali rivojlantirish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash, keng jamoatchilik, birinchi navbatda yoshlar vakillarining fikr va takliflarini inobatga olgan holda, ularning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh qilish bilan shug'ullanuvchi tashkilot sifatida namoyon bo'ldi. Bu borada yoshlarimiz o'z qobiliyatidan kelib chiqqan holda va o'z xohishlari bilan bilim va ko'nikmalarini amalga oshirish, zamon bilan hamnavas bo'lish, yangidan yangi istiqbolli rejalarni amalga oshirish uchun faollik bilan faoliyat olib bormoqdalar. Kelgusi yillarda bu sohada yanada rejalar

439

2024-yil, 7-dekabr

amalga oshirilib, yoshlarga sifatli ta'lim berish kasb hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga, alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu loyihalarni mahallalarda tashkil etish, bo'yicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 500 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari jalb etildi. Quvonarlisi 150 minga yaqin loyiha ishga tushirilgan bo'lib 235 minga yaqin ish o'rni yaratilgan, 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 minga yaqin yoshlar bandligi ta'minlandi.Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham, jumladan 130 ming talabalarga 1 trillion 700 milliard so'm ta'lim krediti berilganligi, xotin - qizlarning magistraturada o'qishi bepul qilib berilganligi, hamda "Yoshlar daftari" orqali 300 mingdan ziyod yoshlarga qariyb 600 milliard so'mlik yordam ko'rsatilganligi yosh avlodga berayotgan ishonch va g'amxo'rlik natijasidan dalolat beradi.[ 2]

Yuqorida keltirilib o'tilganlarga qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak yoshlarga qulayliklardan yana biri ularni ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topishi oyoqqa turishida ijtimoiy yordam turlari belgilandi. Ular jumlasiga;

- Yoshlarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka krediti mexanizimlarini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlari to'g'risida''gi PF - 5886 Farmoniga muvofiq yoshlarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish nazarda tutilgan. Unga ko'ra, ayrim shaxslarga, shu jumladan daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'lari hisobidan subsidiyalar to'lanadi.

- Talabalar uchun ta'lim krediti- Prezidentimizning 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260 son Farmoni bilan talabalar uchun ta'lim kreditlari berishga doir tartibot soddalashtirildi. Xususan, respublika oliy ta'lim muassasalarida to'lov kontrakt asosida o'qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning aosiy stavkasi miqdorida va o'qish muddati tugagandan keyin yettinchi oyidan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta'lim kreditlari beriladi. Bunday qulayliklar faqatgina oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to'lov kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlarga tatbiq etilishi belgilangan.

- Talabalar uchun soliq imtiyozlari - Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko'ra, ta'lim kontrakti to'lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa bo'ladi.

- Xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o'zini o'zi band qilishga zarur bo'lgan asbob uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHM ning 40 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda subsidiya ajratilishi mumkin. Bu imtiyozlar Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga nisbatan tatbiq etiladi. [3]

440

2024-yil, 7-dekabr

Davlatimiz rahbari Sh. M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarni har tomonlama rag'batlantirish, borasida mamlakatimizda "Kelajak bunyodkori" ordeni hamda "Mard o'g'lon" kabi yuksak mukofotlari joriy etilgani bu yoshlar o'rtasida ko'plab yutuqlarga erishib, dunyo hamjamiyatida o'z o'rni va nufuzini oshirib, davlatimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarib kelayotgan bir qator yigit-qizlarimizga bo'lgan yuksak e'tibor natijasidir albatta. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bugungi kunga kelib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar sirasida yoshlarning siyosiy huquqiy bilim va tajribalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar o'rtasida targ'ib qilish orqali ularning jamiyat haoyitiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Yoshlar Parlamenti joriy etilganligi har bir o'sib kelayotgan yoshlarning oruz- umidlari o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, tashabbuslari ro'yobga chiqishi uchun zamin yaratdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan bugungacha parlament tomonidan 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, ularga "Yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish orqali demokratiyani mustahkamlash", " Yoshlar tinchlik va xavfsizlik to'g'risida"gi hamda " Yoshlar va inson huquqlari" kabi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingani bunga misol bo'la oladi albatta.[4]

Tobora dunyo hamjamiyatida o'z o'rni va obro' e'tiboriga ega bo'lib kelayotgan, yangicha taraqqiyot yo'lidan ildimlab borayotgan, yangicha fikr yangicha dunyoqarash hamda xalqimizga bo'lgan ishonch borasida 2023 yil 30 aprelda Umumxalq referendumi o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani va bu nafaqat boshqa sohalar rivojini isloh qilish, yanada yangi bosqichga olib chiqish borasida yoshlarimizning Yangi Konstitutsiyamizning eng muhim poydevorlaridan biri ekanligini yanada namoyon etdi. Konstitutsiyamizning 14 bobi, Onalar bolalar va yoshlar deb nomlanib, yoshlarga oid huquqiy norma kiritildi. Bu esa davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligini mamlakatidan, va xalqimizning boy madaniy va ma'naviy merosidan faxrlanishi, vatanparvarlik, ruhida kamol topishi, Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qilish, yoshlarning madaniy, ekologik huquqlarini himoya qilish huquqiy davlatni barpo etish faoliyatida ishtirok etishni rag'batlantirish degan bir qator normalar mustahkamlandi.[5] Shu asnosida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Taraqqiyot startegiyasi"da keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirib borish borasida 70-maqsad qilib olingan bo'lib unga ko'ra, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlarini ta'minlash, hayoti sog'lig'ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini ta'minlash, ularning ma'naviy intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan yuksaltirishga ko'maklashishni yo'lga qo'yish, ular uchun

441

2024-yil, 7-dekabr

ochiq va sifatli ta'limni rivojlantirish, hamda huquqbuzarliklarga chek qo'yish ularni aniqlab bartaraf etish borasida bir qator vazifalar yo'lga qo'yilgan.[6]

Har tomonlama o'zaro bag'rikenglik bilan do'stona munosabatlarni amalga oshirib kelayotgan chet el davlatlarining yoshlariga berilayotgan imkoniyatlari hamda ular faoliyatining tajribalarini ham o'rganishimiz, muloqotda bo'lishimiz o'zaro fikr almashishimiz borasida Germaniya, Fransiya, Rossiya davlatlarini tajribalarini ko'rib chiqsak. Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq maktab ta'limi davlat nazoratidadir. Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo'lib yoshlarni kelajakka salohiyatli qilib tarbiyalashda asosan ota-onalarnig o'rni juda muhim ekan. Ya'ni bolada bo'layotgan o'zgarishlar qiziqshlarni his eta ola bilish, tushunish, so'zlashish, o'zlari qiziqqan sohaga yo'naltirish, o'z ustida ko'proq ishlashni pedagoglarning tavsiya va maslahatlariga quloq tutish lozimligini, ta'limni o'z xohishiga va kasbiga qarab erkin tanlashi mavjud ekanligi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Oliygohlarda ta'lim olish har qanday yoshlar o'z ixtirolari kashfiyotlari bo'yicha davlatdan moddiy yordam olish uchun imkoniyatlar mavjud.[7]

Fransiyada yoshlar oliygohlarda o'qishi va talabalar yetarlicha daromad olishlari va dam olish kunlari ishlamasliklari uchun Nel Hectar tashkiloti yo'lga qo'yilgan bo'lib, eng avvalo biznesni yuritishga o'rgatish, bu borada asosan aholining kam ta'minlangan yoshlari ya'ni qishloq va tumanlarda yashovchi 7 minga yaqin talabalarni qabul qilib, ularga moddiy mablag' tomonidan ish bilan ta'minlanar ekan. Bu borada fransiyalik professor Odri Bundo quyidagicha fikr bildiradi."Agar haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat ishlashga to'g'ri kelsa yoshlar bu sohada ishlash ishtiyoqini bildirishmaydi", deydi u. Fransiya yoshlari asosan ishlab chiqarish, fan texnika, san'at madaniyat sohalariga chuqur yondashadi, tarixiy me'moriy obidalar, hamda xorij davlatlariga sayohat qilishni yoqtirishadi.[8]

Rossiyaga keladigan bo'lsak, 400 ga yaqin nodavlat oliy o'quv yurtlari faoliyat yurtib, qariyb 279 ming talaba tahsil oladi. Rossiyada Yoshlar Ittifoqi dumasi tashkil etilgan bo'lib, yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha islohotlarni amalga oshiradi. Rossiya mamlakati o'quvchi va yoshlarning ilmga bilimga iqtidorli, salohiayatga ega bo'lganligi sababli ishlab chiqarish sohasida ham dunyo hamjamiyatida yuqori o'rinda albatta. Rossiyada yoshlar va siyosat, ba'zi tadqiqotchilarning izlanishlari natijasida yoshlar umuman siyosatdan chetda ekanligi, atigi 33 foizgina yoshlar siyosatga qiziqishi borligi ma'lum bo'lganligi aniqlangan. Biroq yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib asosan ta'lim, tibbiyot, fan texnika harbiy sohalarda kadrlarni tayyorlashda keng chora - tadbirlar ishlab chiqilgan.[9]

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston kelajagi buyuk davlat. Uni har bir qadamda, har kunlik faoliyatimizda sezib turamiz. Mamlakatimizning ertangi yorug' kelajagi ko'p

442

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

jihatdan biz yoshlarning ta'lim tarbiyamizga bilimli, azmu shijoatli barkamol avlod bo'lib yetishishimizga bog'liq. Shu ma'noda, milliy istiqlol g'oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o'rganishimiz, ularga sodiq bo'lishimiz darkor. Xalqimizning iqtisodiy va ma'naviy jihatdan yuksalishi, Vatanimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha millat va elat vakillari yoshlari barcha yigit - qizlarning ertangi kunga bo'lgan qa'tiy ishonch va ortga qaytib bo'lmaydigan maqsadlari sari olg'a qadam qo'yishi va bu yo'ldan qaytmasliklari lozim.

1. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021., 03/21/683/0375- son.

2. O'zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi. 79-modda. B.18-19. 30.04.2023.

3.Sh.M. Mirziyoyev. Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora -tadbirlari yuzasidan videselektor yig'ilishidan. 11.04.2023. Toshkent.

4. D.A. Anvarova. Oila, bolalar va yoshlar huquqlarining konstitutsiyaviy asosalari. TDYU 2023. -78b.

5.BMT ning Yoshlar siyosati va dasturlari bo'yicha "Lissabon+21" deklaratsiyasidan. B. 456 476. 2019 yil.

6. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi, 70- maqsad. B. 176183.

7.Germaniya ta'lim tizimi, Kolin Dyurkopning Buxoro-Bonn milliy anjumanidan ma'ruzasi.2022- yil.

8.Fransiyaning OECD 2018. Xalqaro talabalarni baholsh agentligi. B 25-26. 9.http:// russian- education.com/ uz/osobennostiobr.html;

REFERENCES

443

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.