Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON YOSHLARI: ISLOHOTLAR, IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR'

O’ZBEKISTON YOSHLARI: ISLOHOTLAR, IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON YOSHLARI: ISLOHOTLAR, IMKONIYATLAR VA YUTUQLAR»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy

O'ZBEKISTON YOSHLARI: ISLOHOTLAR, IMKONIYATLAR VA

YUTUQLAR

Feruzaxon Rayimjon qizi Abduqayumova

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanovna

Inagamova

ANNOTATSIYA:

Glaballashuv jarayonida yoshlarga bo'lgan e'tibor, imkoniyat va ishonch bu har bir rivojlangan mamlakatning muhim islohotlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, xalqaro miqyosda yoshlar huquqini ta'minlash, ularga imkoniyatdar berish va qo'llab-quvvatlashga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kalit so'z: Konstitutsiya, huquqlari va erkinliklar, yoshlarga oid davlat siyosat, zamonaviy imkoniyatlar, fuqarolik qonuni.Yurtimizda ham eng katta e'tibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, bu vazifa O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi O'RQ-406-son Qonuni1, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son2, 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi PF-5106-son3, 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5313-son4 farmonlari, shuningdek, ko'plab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Yurtimizda yoshlar har tomonlama qo'llab quvvatlanmoqda,

1 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-y., 37-son, 426-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi,

21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son

2 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son

3 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 27-son, 607-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son,

28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son;

03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son

4 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 06/18/5313/0618-son, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son;

11.01.2019-y., 06/19/5620/2501 -son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son

2024-yil, 7-dekabr

290

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy

ularga turli xil imkon va imtiyozlar yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasida "Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari" to'g'risida qaror qabul qilindi5. Milliy qonunchiligimizga ko'ra, 30-iyun - O'zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni deb belgilandi. Shuningdek, 2020 yil 30 iyunda prezident farmoniga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi - O'zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Shu sababli har yili 30 iyun O'zbekiston miqyosida Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Butun jahonda esa 1999 yildan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh assambleyaning 54/120 rezolyusiyasi bilan 12 avgust - Xalqaro yoshlar kuni sifatida e'lon qilingan. Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilgani qayd etildi. Birgina ta'lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangan. Ehtiyojmand oiladan bo'lgan yana 110 ming talabaning shartnoma to'lovi to'lab berilgan."El-yurt umidi" jamg'armasi orqali AQSH va Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarini 50 nafar yigit-qiz bitirdi. Bugungi kunda ushbu universitetlarda o'qiyotgan vatandoshlarimiz 200 dan oshdi. Umuman, 110 ming yoshlarimiz xorijda tahsil olayapti. Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o'quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi. "Katta beshlik" fan olimpiadalarida qo'lga kiritilgan medallar oxirgi to'rt yilda 2 karra ko'paydi. "SAT" testida 75 foizdan yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilar mamlakatimiz universitetlariga ham grant asosida qabul qilinadi. Chet tili bo'yicha milliy sertifikat olishda nogironligi bo'lgan yoshlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida o'zini o'zi band qilgan yoshlar 50 mingdan oshdi. Qo'shilgan qiymat yaratib, xizmatlarni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun katta imkoniyatlar ochib beriladi. Xususan, 1-avgustdan boshlab, bu sohada o'zini o'zi band qilgan yoshlarga IT-park rezidenti maqomi beriladi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi. IT-park tomonidan ularga tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun "ijtimoiy karta" beriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son farmoniga binoan "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" yana bir prezident qarori qabul qilindi6. Bundan asosiy maqsad yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadga erishish yo'lida asosiy tayanchimiz bo'lgan azmu shijoatli

5 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 06/20/6017/1021-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son

6 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6260/0673-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son

2024-yil, 7-dekabr

291

yoshlarga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, ularga barcha sohalarda o'z iqtidori va salohiyatini to'liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berishdir.

Bugungi kunda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan 1,2 milliard yoshlar dunyo aholisining 15,5 foizini tashkil qiladi. 30 yoshgacha bo'lganlar 1,8 milliardga yetgan.

2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonda 14-30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan. Bugungi kunda esa mamlakatimiz aholisining 60%ni yoshlar tashkil etadi. Har yili minglab yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi. Shu bois yoshlarga sifatli ta'lim berish, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Dunyoda shiddatli o'zgarishlar kechmoqda. Ilm-fan taraqqiy etmoqda. Taraqqiyot bilan hamohang rivojlanishni maqsad qilgan har bir mamlakat, dunyo trendlarini tan olishi va o'z vaqtida unga e'tibor qaratishi zarur. Shu nuqtai nazardan, Konvensiyani ratifikatsiya qilishni tezlashtirish, unga tegishli choralarni ko'rish lozim.

Bu ishlarni mahallada tashkil etish bo'yicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. Har bir mahallalarda yoshlar bilan ishlash uchun yoshlar yetakchilari tayinlandi. Bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash yo'lga qo'yildi.

Yoshlarga qaratilgan e'tiborning yana bir dolzarb masalalaridan biri shundaki

2023 yil qabul qilingan yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda ham yoshlar huquqlari haqida norma qabul qilindi. Yoshlarga davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar albatta ma'lum bir normativ- huquqiy hujjat yoki biror qonunda aks etsagina yoshlar huquqlari deb e'tirof etishimiz mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, yoshlarga ajratib qo'yilgan imkoniyatlar Konstitutsiyada belgilab qo'yilganidan keyin biz ularni "Yoshlar huquqlari" deb aytishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 79-moddasiga binoan yoshlar quyidagi huquqlarga ega:

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta 'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragbatlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo 'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama qamrab olish, hamda, keng kafolatlashga alohida bob ajratildi. Asosiy qonunimizga yoshlarning ta'lim olish, sog'liqni saqlash, uy-joyga ega bo'lish, ishga joylashish, hordiq chiqarishga oid huquqlarini himoya qilish hamda shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari

292

2024-yil, 7-dekabr

himoyasini ta'minlash, shuningdek, ularning jamiyat hayoti va davlat ishlarida faol ishtirok etishiga zarur sharoitlar yaratish yuzasidan davlat zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklaydigan yangi normalar kiritilgani juda muhim. Uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag'batlantirish borasidagi chora-tadbirlar so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarildi.

Yurtimizda 2022-2026 yillar uchun mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida ham prezidentimiz farmoni e'lon qilindi. Ushbu strategiya ham yoshlarga alohida e'tibor qaratilganini 70-maqsadda keltirilgan normalardan ham anglashimiz mumkin: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta 'minlash.

Yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash.

Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish.

Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.

Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash.

Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish.

Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish.

293

2024-yil, 7-dekabr

Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro 'yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivijlantirish.

Ushbu maqsadda yoshlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy, mulkiy, tibbiy hizmatdan foydalanish huquqlari keltirib o'tilgan. Biz yoshlarga yaratilgan bunday imkoniyatlardan samarali foydalanish va yutimiz kelajagi uchun o'z hissamizni qo'shish biz yoshlarning burchidir.

Yangi O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida navqiron avlod vakillarining huquqlarini ta'minlash va qonuniy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan izchil va ko'lamdor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni yo'nalishdagi davlat siyosatining asosi hisoblanuvchi 0'RQ-406 son 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi huquqiy negizda mustahkamlangan7. Mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bo'lib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan.

O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunining 3-moddasida yoshlar (yosh fuqarolar) o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslar deb belgilangan. Boshqa mamlakatlarda esa yoshlar tushunchasiga turlicha ta'rif berilgan: Xitoyda 18-35 yosh, AQShda 18-25, Kanadada 16-28, Rossiyada esa 14-30 yosh deb belgilangan. Shu qonunning 5 moddasida ham yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan. Ushbu yo'nalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini ko'rish mumkin.

Talim sohasida to'xtaladigan bo'lsak, Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'qish maqsadida xorijga chiqqan .

O'zbekistonga kelayotgan talabalar soni ham yildan-yilga ortib borayotgan bo'lsa-da, hozirgi ko'rsatkichlar ijobiy emas. Xususan, 2022/23-o'quv yili boshiga O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan . Ayniqsa, bu boshqa mamlakatlar bilan

7 Turg'unboyev D. Isaqov R.O'. Yangilangan konstitutsiyada yoshlar huquqlarining kafolatlari. https://zenodo.org/records/10868932

2024-yil, 7-dekabr

294

qiyosiy tahlillarda yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, qo'shni Qozog'istonda 30 mingga yaqin, Malayziyada 130 mingdan ortiq, Turkiyada 250 ming, Rossiyada 351 ming xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Hozirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bu masalaga doir tegishli chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Xususan, xorijlik talabalarni O'zbekistonga jalb etishga qaratilgan maxsus elektron platforma yaratilmoqda. Shuningdek, mazkur sohaning institutsional mexanizmlarini kuchaytirish ustida ish olib borilmoqda8.

"YUNESKOning "Oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi Global konvensiyasini O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi talim tizimini yana yaxshilashga yordam beradi. Global konvensiyani ratifikatsiya qilish orqali davlatlar oliy ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, uning sifatini yaxshilashga erishadi. Shuningdek, xalqaro akademik mobillik hamda mam-lakalarning tan olinish imkoniyatlari kengayadi.

Akademik harakatchanlik trendlari dalolat beradiki, kelajakda Osiyo qit'asidagi mamlakatlar akademik harakatchanlik nuqtai nazaridan Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirishi mumkin. Xalqaro talabalarning ham eng katta qismi kelajakda kelib chiqishi Osiyodan bo'lgan talabalarga to'g'ri keladi.

Global konvensiya malakalarni tan olish bo'yicha muhim yuridik andoza sifatida xizmat qilish salohiyatiga ega. Ammo Global hamda mintaqaviy konvensiyalarning amaliy nuqtai nazardan qay darajada joriy qilinishi — hukumatlarning uni qay darajada qo'llab-quvvatlashiga ham bog'liq9.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ushbu maqolada yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar: islohotlar, imkoniyatlar va yutuqlar haqida gap boradi. O'zbekiston yoshlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ularga keng imkoniyatlar eshigini ochib, hayotning turli sohalarida yutuqlarni qo'lga kiritish imkonini bermoqda. Ta'lim, tadbirkorlik, texnologiya, sport va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sohalaridagi keng ko'lamli o'zgarishlar yoshlarning intilishlari va faoliyatini yanada rivojlantiradi. Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar nafaqat ularning shaxsiy hayotida, balki butun mamlakatning kelajagida ham ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi. Shu tarzda, O'zbekiston yoshlari davlat qo'llovi va islohotlar fonida kelajakda ham yirik muvaffaqiyatlarga erishishi kutilmoqda.

8 Yakubov Sh.U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509

9 Yakubov Sh. U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509

2024-yil, 7-dekabr

295

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

Yoshlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ularga keng imkoniyatlar eshigini ochib, hayotning turli sohalarida yutuqlarni qo'lga kiritish imkonini bermoqda. Ta'lim, tadbirkorlik, texnologiya, sport va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sohalaridagi keng ko'lamli o'zgarishlar yoshlarning intilishlari va faoliyatini yanada rivojlantiradi. Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar nafaqat ularning shaxsiy hayotida, balki butun mamlakatning kelajagida ham ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi. Shu tarzda, O'zbekiston yoshlari davlat qo'llovi va islohotlar fonida kelajakda ham yirik muvaffaqiyatlarga erishishi kutilmoqda.

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий

REFERENCES

296

2024-yil, 7-dekabr

уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-y., 37-son, 426-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son

9. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son

10. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati.

11. Turg'unboyev D., Isaqov R.O'. Yangilangan konstitutsiyada yoshlar huquqlarining kafolatlari

12. Yakubov Sh. U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yu^skoning "oliy ta'limga oid malakalarni tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509

13. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6260/0673-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son

14. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

15. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

16. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

17. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент

297

2024-yil, 7-dekabr

хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

18. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

298

2024-yil, 7-dekabr

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.