Научная статья на тему 'Konstitutsiya yoshlar huquqiy kafolatining muhim asosi'

Konstitutsiya yoshlar huquqiy kafolatining muhim asosi Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Область наук
Ключевые слова
Mamlakat / mustaqillik / islohot / suverenitet / jamiyat / qonun / Konstitutsiya / kafolat. / Country / independence / reform / sovereignty / society / law / Constitution / assurance.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xo‘jayev Mo‘minjon

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibot, davlatimiz chegaralari daxlsizligi, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun mustaqil O‘zbekistonning o‘z Konstitutsiyasini ishlab chiqish kelajak poydevorining kafolati ekanligi bosh vazifalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The constitution is an important basis of youth legal assurance

The large-scale reforms carried out in our country during the years of independence, to strengthen national statehood and sovereignty, to ensure security and law and order, the inviolability of our country’s borders, the rule of law in society, human rights and freedoms, an environment of inter-ethnic harmony and religious tolerance, the development of the Constitution of independent Uzbekistan is an important foundation of the future guarantee is one of the main tasks.

Текст научной работы на тему «Konstitutsiya yoshlar huquqiy kafolatining muhim asosi»

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

KONSTITUTSIYA YOSHLAR HUQUQIY KAFOLATINING MUHIM ASOSI

Xo'jayev Mo'minjon Isoxonovich,

Alfraganus xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbari

КОНСТИТУЦИЯ ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНОЙ ОСНОВОЙ ПРАВОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ МОЛОДЁЖИ

Масштабные реформы, проведенные в нашей стране за годы независимости, направлены на укрепление национальной государственности и суверенитета, обеспечение безопасности и правопорядка, нерушимости гранис нашей страны, верховенства закона в обществе, прав и свобод человека, атмосферы межнационалного согласия и религиозной

толерантность, разработка Конституции независимого Узбекистана является важным фундаментом, гарантирующим будущее, является одной из главных задач.

Ключевые слова:

_ Страна, независимость, реформы, суверенитет, общество, закон, Конституция, гарантии.

THE CONSTITUTION IS AN IMPORTANT BASIS OF YOUTH LEGAL ASSURANCE

J|7he large-scale reforms carried out

in our country during the years of independence, to strengthen national statehood and sovereignty, to ensure security and law and order, the inviolability of our country's borders, the rule of law in society, human rights and freedoms, an environment of inter-ethnic harmony and religious tolerance, the development of the Constitution of independent Uzbekistan is an important foundation of the future guarantee is one of the main tasks.

Country, independence, reform, sovereignty, society, law, Constitution, assurance.

Annotatsiya:

_Mamlakatimizda mustaqillik

yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibot, davlatimiz chegaralari daxlsizligi, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun mustaqil O'zbekistonning o'z Konstitutsiyasini ishlab chiqish kelajak poydevorining kafolati ekanligi bosh vazifalardan biridir.

Mamlakat, mustaqillik, islohot, suverenitet, jamiyat, qonun, Konstitutsiya, kafolat.

Alfraganus

>Mp-7 xalqaro ilmiy jurnal

O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini yaratish haqidagi ilk g'oya 1990-yil mart oyida bo'lib o'tgan 12-chaqiriq Respublikamiz Oliy Kengashining 1-sessiyasida aytilgan edi. O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda e'lon qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi» yangi Konstitutsiyani ishlab chiqishga asos bo'ldi. Oliy Kengash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 64 kishidan iborat yangi konstitutsiyaviy komissiya tuzdi. Komissiya tarkibiga deputatlar, davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxona xo'jaliklarining rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar jalb qilindi.

Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991 -yilning 3-choragida tayyorlab bo'lindi. U muqaddima, 6 bo'lim, 158 moddadan iborat bo'ldi.

«Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo'linishi, mamlakatning hududiy yaxlitligi kabi prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu demokratik prinsiplar Konstitutsiya mazmunidan joy oldi.

Shunga qaramasdan, dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. 1992-yilning bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ham ishlab chiqildi.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog'da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O'zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarishida O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi uchun g'oyaviy asos bo'ladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Konstitutsiya har bir xalq o'z tarixining burilish nuqtalarida qabul qilinib, avvalo, mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga xos o'q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o'taydigan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy g'oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. Konstitutsiya qabul qilinishining o'tish davridagi amaliy ahamiyati shundaki, u xalqimizni oliy maqsad sari birlashtirib, aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi kafolat vazifasini bajarishi shubhasizdir.

Davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan

e'tibor darajasiga chambarchas bog'liqdir. Shu ma'noda O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 4-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri, siyosiy partiyalar rahbarlari, Bosh vazir va uning o'rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan videoselektor yig'ilishi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlandi. Yig'ilishda harbir yosh jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.

2018-yilning 6 oyi davrida sodir etilgan 17,5 ming jinoyatning qariyb 31 foizi yoshlar hisobiga to'g'ri kelishi, mamlakat bo'yicha jinoyat sodir etgan 22 ming shaxsning 11 ming nafarini yoshlar tashkil etganligi sababli mutasaddi organ va rahbarlarga bir qator vazifalar yuklatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqida ta'kidlanganidek, «Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat».

Darhaqiqat, O'zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Davlatning Asosiy qonuni — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlarga oid bir qator huquqiy me'yorlar belgilab berilgan. Konstitutsiyaning ikkinchi bo'limida o'z ifodasini topgan shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar bobi, jamiyat va shaxs bo'limidagi jamoat birlashmalari, oila kabi boblar shular jumlasidandir.

Parlament tomonidan esa yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

2016-yil 14-sentyabrda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagicha belgilandi:

— ochiqlik va shaffoflik;

—yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;

— yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

— ma'naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

Alfraganus (S^

xalqaro ilmiy jurnal y.l'jf

— yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasiigi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlariga

esa quyidagilar kiritildi:

— yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;

— yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash;

— yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish;

— yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;

— yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

— yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

—yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish;

— yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

— iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish;

— yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

— yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

— yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

— yoshlarning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o'z qat'iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo'lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg'ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari

safidan o'rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Ma'lumki, «2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi»da yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

birinchidan, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

ikkinchidan, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko'zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslanib izchil davom ettirilmoqda.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-harakatlarni tizimli asosda yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O'zbekiston tarixida yoshlar ta'lim-tarbiyasi bo'yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Davlat rahbarining bu ezgu g'oyasi O'zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo'ylab keng quloch yozdi.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: «O'zbekiston» NMIU, 2018.

2. «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 2016-yil 14-sentyabr.

3. «2017-2021-yillarda O 'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo 'nalishi bo 'yicha Harakatlar strategiyasi» PF-4947-son, 2017-yil 7-fevral.

4. O'zbekiston - yoshlar mamlakati. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma'lumoti. 2019-yil 24-iyul.

5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.