Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN QO’SHNICHILIK ALOQALARI RIVOJLANIB BORAYOTGANLIGI'

YANGI O’ZBEKISTON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN QO’SHNICHILIK ALOQALARI RIVOJLANIB BORAYOTGANLIGI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
132
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yevropa Ittifoqi / Yevropa davlatlari / rivojlanish / siyosat / hamkorlik / do’stona munosabatlar / hamkorlik / xalqaro maydon / sheriklik / shartnoma / qo’shma organ / import / eksport / investitsiya. / European Union / European countries / development / policy / cooperation / friendly relations / cooperation / international arena / partnership / agreement / joint body / import / export / investment.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Nodira Asqarali Qizi Abduqodirova

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW UZBEKISTAN – NEW NEIGHBORHOOD: DEVELOPMENT OF NEIGHBORLY RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN WITH EUROPEAN COUNTRIES

The Republic of Uzbekistan pursues an open, mutually beneficial and constructive foreign policy based on its national interests. The modern foreign policy course of the republic is based on the rapidly changing situation in the world and in the region, as well as large-scale changes within the country. Uzbekistan attaches great importance to mutually beneficial cooperation with the European Union and European countries. The main areas of cooperation with European countries are trade development, investment and finance, transfer of modern technologies, science, technology, education, environment, health, culture and regional security. Uzbekistan pays special attention to enhancing bilateral cooperation with advanced European countries, in particular Germany, France, Great Britain, Belgium, Italy, Spain, Latvia and others.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN QO’SHNICHILIK ALOQALARI RIVOJLANIB BORAYOTGANLIGI»

YANGI O'ZBEKISTON - YANGI QO'SHNICHILIK: O'ZBEKISTON

RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN QO'SHNICHILIK ALOQALARI RIVOJLANIB BORAYOTGANLIGI

Nodira Asqarali qizi Abduqodirova

Talaba, Toshkent kimyo-texnologiya instituti abduqodirova022@bk.ru

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasi o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O'zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta'lim, ekologiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O'zbekiston asosiy e'tiborini Yevropaning ilg'or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e'tibor beradi.

Kalit so'zlar: Yevropa Ittifoqi, Yevropa davlatlari, rivojlanish, siyosat, hamkorlik, do'stona munosabatlar, hamkorlik, xalqaro maydon, sheriklik, shartnoma, qo'shma organ, import, eksport, investitsiya.

NEW UZBEKISTAN - NEW NEIGHBORHOOD: DEVELOPMENT OF NEIGHBORLY RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN WITH

EUROPEAN COUNTRIES

The Republic of Uzbekistan pursues an open, mutually beneficial and constructive foreign policy based on its national interests. The modern foreign policy course of the republic is based on the rapidly changing situation in the world and in the region, as well as large-scale changes within the country. Uzbekistan attaches great importance to mutually beneficial cooperation with the European Union and European countries. The main areas of cooperation with European countries are trade development, investment and finance, transfer of modern technologies, science, technology, education, environment, health, culture and regional security. Uzbekistan pays special attention to

ABSTRACT

enhancing bilateral cooperation with advanced European countries, in particular Germany, France, Great Britain, Belgium, Italy, Spain, Latvia and others.

Keywords: European Union, European countries, development, policy, cooperation, friendly relations, cooperation, international arena, partnership, agreement, joint body, import, export, investment.

Men O'zbekistonda 2016 yil sentyabr oyida faoliyatimni boshlaganimda, ko'p jihatdan tashqi dunyodan himoyalangan davlatni ko'rgan edim. Ishlash usullari ham ilg'or emasdi. Ammo so 'nggi to 'rt yil davomida biz mamlakatda amalga oshirilayotgan olamshumul voqealar va keng ko 'lamli o 'zgarishlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz. Biz O'zbekistonda davlat institutlarini bosqichma-bosqich demokratlashtirish jarayonini amalda ko 'rib turibmiz. Fuqarolik jamiyati sohasida bu o'zgarishlar asosan inson huquqlarini ta'minlashga taalluqli bo'lmoqda. Shuni ta 'kidlash kerakki, avvallari ushbu mavzu haqida gapirilmas edi. Endi esa uni ochiq va erkin muhokama qilish, mavjud muammolarga amaliy yechimlar taklif qilish mumkin. Menimcha, bu juda va juda muhimdir.

Eduards Stiprays, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari,

Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti konyunkturasida yuz berayotgan turli o'zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo'limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur'atlari pasaygan bir sharoitda o'zining barqarorligi va hayotiyligini ko'rsatayotir. Mamlakatimizda keyingi yillarda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi salohiyatini kengaytirishga va xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli hamda o'zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda.

So'nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan O'zbekiston hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa sohalarida muhim va dolzarb ulkan islohot hamda o'zgarishlar izchil amalga oshirilmoqda. 2020-yilda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar, ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlashishi tashqi siyosatimizdan yangi maqsad va yondashuvlarni talab etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini izchil ichki islohotlar va yangilangan tashqi siyosat bilan kutib olmoqda. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy

elchi

KIRISH

liberallashtirish, bozomi rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ta'lim va ma'rifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga e'tibor - bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga ta'sir o'tkazmoqda.

Aksariyat xalqaro ekspertlar va xorijiy siyosatchilar fikricha, bugun O'zbekiston o'zining misli ko'rilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli masalalarni yakdillik, o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va o'zaro manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi o'zaro hamkorlikka intilish -bizning xorijiy sheriklarimiz O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosiy kursni aynan ana shunday tavsiflamoqda.

Ekspertlarning tasdiqlashicha, O'zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta'sirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti.

Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda.

Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.

ASOSIY QISM

O'zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o'z tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O'zbekiston va Yevropa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama, shuningdek 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a'zo davlatlar o'rtasidagi Sherikchilik va Hamkorlik bitimi doirasida rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni o'z tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri deb biladi. So'nggi yillarda O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal sur'atlarda rivojlanib borishi natijasida o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi.

2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba O'zbekistonga tashrif buyurdi. 2020-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel o'rtasida telefon muloqoti o'tkazildi. Muzokaralar chog'ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va

investitsiya, transport, ilm-fan, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

1-rasm. 2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tuskning tashrifidan

fotolavha.

Harakatlar strategiyasi doirasida ko'p qirrali islohotlar boshlangan paytdan buyon yevropalik hamkorlarimiz jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati, so'z erkinligi va inson huquqlari sohasidagi chuqur o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlab kelmoqdalar. O'zbekistonning majburiy mehnatga barham berish, sud islohotlari, qiynoqlarning oldini olish va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan bog'liq muammolarni hal etish borasidagi yutuqlarini Yevropa tomoni alohida ta'kidlaydi. "O'zbekiston-YI" Hamkorlik kengashi, Hamkorlik qo'mitasi, Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo'yicha kichik qo'mita, Parlament hamkorligi qo'mitasi hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo'yicha kichik qo'mita, Taraqqiyot bo'yicha kichik qo'mita kabi 6 ta qo'shma organ tashkil etilgan.

Har yili Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bryussel shahrida O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining yig'ilishida ishtirok etib kelmoqda. Bryussel shahriga oliy darajadagi tashriflar Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasi bilan turli sohalardagi o'zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va o'zaro sheriklik asosida kengaytirishga bo'lgan qiziqishini namoyon etdi. 2019-yil 31-may - 2-iyun kunlari Yevropa kengashi Prezidenti Donald Tusk O'zbekistonda bo'ldi.

2020-yilning fevralida Buyuk Britaniya parlamentida Konservativlar partiyasi deputati E.Bridjen rahbarligida O'zbekiston bo'yicha yangi Umumpartiya parlament guruhi tashkil etildi. O'zbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo'lib, uning 23-majlisi Toshkentda 2016-yil 16-18-noyabr kunlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston-Fransiya munosabatlari do'stona va o'zaro hurmat tamoyillari asosida shakllangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiya Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan Fransiyada rasmiy tashrif

bilan bo'ldi. Tashrif natijasida 11 ta ikki tomonlama hujjat, shuningdek, 3,4 mlrd so'mlik shartnomalar imzolandi.

2019-yil 30-sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov Fransiya Respublikasining sobiq Prezidenti J.Shirakning vafoti munosabati bilan motam tadbirlarida ishtirok etish uchun Fransiyaga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Jan-B.Lemuan bilan muzokaralar o'tkazildi.

Hozirgi kunda 1260 ta maktab, kollej va litseylarda, shuningdek, respublikamizning 8 ta oily o'quv yurtida 280 mingdan ortiq o'quvchi fransuz tilini o'rganmoqda. Samarqand va Lion, Buxoro va Ruey-Makmezon shaharlari o'rtasida birodarlik aloqalari o'rnatilgan. 2019-yilning aprel oyida Ruey-Malmezon Markaziy bog'ida "O'zbekiston bog'i" ochilib, uning hududida bir vaqtning o'zida buyuk alloma va qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino haykali o'rnatildi. Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi PF-5551-sonli farmoni bilan Fransiya fuqarolarining O'zbekiston hududiga kirishi uchun 30 kunlik vizasiz rejim o'rnatildi.

Germaniya bilan aloqalar ko'p qirrali va an'anaviy ravishda rivojlangan bo'lib, hamkorlikning ko'plab sohalarini qamrab oladi. Mustahkam qonunchilik bazasi shakllanlangan. Mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy muloqot oliy va yuqori darajalarda saqlanib kelinmoqda.

2019-yil 20-22-yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida GFR Prezidenti F.V.Shtaynmayer, ushbu mamlakat Kansleri A.Merkel va Bundestag Raisi V.Sheuble bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. 2019-yil 27-29-may kunlari Germaniya Prezidenti F.V.Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tashrif davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bilan muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi, ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar, I.Gyote nomidagi institutga tashrif hamda Urganchga sayohat uyushtirildi.

O'zbekistonda nemis madaniyati va tilini o'rganishga katta qiziqish bo'lib, nemis tili respublikada o'qitiladigan eng mashxur ikkinchi chet tili hisoblanadi. Oliy ta'lim sohasida Germaniyaning 30 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lib, talabalar, mutaxassislar va professor-o'qituvchilar almashinuvi yo'lga qo'yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Buxoro va Bonn, Samarqand va Bremen o'rtasidagi sheriklik aloqalari muhim rol o'ynaydi.

YI mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli savdo rejimi o'rnatilgan. Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo'nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o'sib, rivojlanib bormoqda. 2019-yil davomida YI davlatlari bilan savdo aylanmasi 4,0 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, eksport 574,5 mln AQSh dollariga, import esa 3,42 mlrd

AQSh dollariga teng bo'ldi. Jumladan, 2019-yil yakunlariga ko'ra, O'zbekiston va YEI mamlakatlari o'rtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz o'sib, 4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan bo'lsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Germaniya O'zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining Yevropa davlatlariga amalga oshirgan eksporti va importi hajmi va o'sish sur'atlari (yanvar-dekabr)

Mamlakat nomi Mln. AQSH dollari O'sish sur'atlari % da O'rin

2019 2020 2019 2020 2019 2020

Eksport

Rossiya 2 531,9 1 470,1 119,6 58,1 1 2

q Turkiya 1 217,6 1 016,3 128,9 83,5 4 3

Ukraina 119,4 122,8 119,3 102,8 12 11

ii Fransiya 214,7 89,0 109,4 41,4 9 14

Germaniya 62,2 70,5 116,0 113,2 16 15

Polsha 41,5 57,3 109,3 138,2 20 16

cis Buyuk Britaniya 105,7 44,9 60,6 42,5 13 20

Import

Rossiya 4 137,7 4 170,6 116,9 100,8 2 2

□ Turkiya 1 326,4 1 085,4 119,2 81,8 5 5

Ukraina 264,4 315,2 80,8 119,2 15 13

ii Fransiya 140,5 132,4 120,6 94,2 22 19

Germaniya 927,5 758,5 127,9 81,8 6 6

Polsha 122,4 129,0 101,0 105,4 25 20

Italiya 375,8 332,8 135,5 88,6 11 11

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19 ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta'siri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O'zbekistonga 30 million yevrodan ko'proq mablag' ajratishga qaror qildi. Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020-yillarga mo'ljallangan beg'araz yordami to'g'risidagi ko'p yillik indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablag' ajratildi.

XULOSA

Mamlakatimiz Yevropa bilan ikki va ko'p tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom ettiradi. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilmfan, texnika, ta'lim, ekologiya, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O'zbekiston — Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi. O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning mavqeyi yildan— yilga mustahkamlanib bormoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Закон Республики Узбекистан «О внешнеэкономической деятельности». // Экономика и право, 2000. Вып. 10.

2. Sh. F. Shamsutdinova, F.Sh. Shamsutdinov - "Chet el mamlakatlar soliq tizimi" -2011

3. A. Smith - "An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations" - 1776

4. O. Olimjonov - "Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida soliq siyosati" - 19924.

5. Данные Статкомитета Республики Узбекистан.

6. Акрамов Э. Турецкая модель социально-экономического развития. // Экономика и статистика, -Ташкент, 1993, -№4.

7. www.mfer.uz - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.