YANGI O'ZBEKISTON - YANGI QO'SHNICHILIK: MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN QO'SHNICHILIK
Nodira Asqarali qizi Abduqodirova
Talaba, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, abduqodirova022@bk.ru
ANNOTATSIYA
Mamlakatimiz mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo'nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan. O'zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta'minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, qo'shnichilik, tashqi siyosat, tashqi savdo, taraqqiyot, farovonlik, ahillik, rivojlanish, xlaqaro hamkorlik, mintaqa, xalqaro munosabatlar, ekspor, import, investitsiya.
NEW UZBEKISTAN - NEW NEIGHBORHOOD: NEIGHBORHOOD WITH
CENTRAL ASIAN COUNTRIES.
ABSTRACT
Our country is based on the basic principles of strengthening regional and international cooperation, conscientious fulfillment of international obligations, respect and protection of human rights and other generally recognized principles and norms of international law, and the development of good-neighborly relations with neighboring countries. cooperates with all partners for peace, development and prosperity. The main priority of our foreign policy is the Central Asian region. Uzbekistan's policy in Central Asia is aimed at ensuring peace and stability in the region and solving important issues of regional security. Uzbekistan will make every effort to strengthen regional trade and economic cooperation, develop transport and transit infrastructure in the region, rational
and comprehensive use of water and energy resources of transboundary rivers in Central Asia and ensure environmental sustainability, delimitation and demarcation of borders.
Keywords: Central Asia, neighborhood, foreign policy, foreign trade, development, prosperity, harmony, development, international cooperation, region, international relations, export, import, investment.
KIRISH
"Bizning bosh maqsadimiz - umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat.
Buning uchun biz turli nizolarni qo'zg'aydigan va unga ko'maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog'imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta'minlamog'imiz zarur.
Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor yo'nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o'tkir mintaqaviy masalalarni yechish bo'yicha oqilona murosayo'lini izlamoqdamiz."
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o'tgan ""Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada
so'zlagan nutqi
Bugungi kunda O'zbekistonimiz va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o'rtasida do'stona va ahil qo'shnichilik munosabatlari, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o'rtasidagi aloqalar rivojlantirilgan. Mamlakatimiz o'zining 30 millionlik aholisi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o'ynab kelmoqda.
Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston nazarda tutiladi. Sovetlar davrida bu hududga O'rta Osiyo va Qozog'iston atamasi qo'llanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qo'llana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat xalqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo bo'limlari ochilgan. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg'oniston, Mo'g'uliston va Xitoyning Uyg'ur viloyatlari ham kiradi.
O'zbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan so'ng dunyo hamjamiyatining to'laqonli a'zosi sifatida o'zining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. O'tgan 30 yil mobaynida o'zbek diplomatiyasi katta yo'lni bosib o'tdi. Bugungi kunda O'zbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni o'rnatgan va xorijiy
mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda.
2017-yildan boshlab o'zbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi - mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qo'shnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi.
Davlat Prezidentining Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning ko'plab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo'lgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi. O'zbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishi yaqin qo'shnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini ta'kidladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston rivojlanishining besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo'nalishi ochiq, konstruktiv va o'zaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, O'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo'shnichilik kamarini yaratishni ko'zda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor ko'rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo'lib, mintaqadagi barcha davlatlar o'rtasidagi muhim bo'g'in hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori bo'lib hisoblanadi. So'nggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, do'stlik va yaxshi qo'shnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda.
Mintaqaviy hamkorlikning yana bir strategik muhim yo'nalishi - savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir. O'zbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 15-mart kuni poytaxtimizda mintaqa mamlakatlari Bosh vazirlari o'rinbosarlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi. Forumda 200 dan ortiq davlat idoralari, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni rag'batlantirish, shuningdek sayyohlik jozibadorligini oshirish, transport va tranzit salohiyatini oshirish muammolarini muhokama qildilar. Uchrashuvlar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017 -yilga nisbatan 35 foizdan ko'proqqa o'sgani va 12,2 milliard dollarni tashkil qilgani, ammo mamlakatlar mintaqadagi iqtisodiy salohiyatidan hali to'liq foydalanilmayotganligi ta'kidlandi.
Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan o'xshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona dini bor. Shu bois, O'zbekiston madaniy va yaqin qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yo'li) viza tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning o'zida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga to'siqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi o'z tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni, balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Bizning bosh maqsadimiz - umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat".
MUHOKAMA
O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o'zaro teglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
O'zbekiston bilan Qirg'iziston o'rtasidagi munosabatlar o'zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.
1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Qirg'iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo'lib o'tgan. Oxirgi yettinchi qo'shma majlis 2009-yil 28-dekabrda Toshkent shahrida bo'lib o'tdi.
O'zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo'yicha 903,2 million AQSh dollarini tashkil etdi.
O'zbekiston-Qozog'iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog'iston O'zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi bilan
O'rta Osiyo davlatlari o'rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to'g'ri keladi.
O'zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo'yicha 3018,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Shunga qaramasdan, ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko'pgina imkoniyatlar mavjud.
Qozog'iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta'minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.
O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini ta'minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.Ikki mamlakat o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma komissiya tashkil qilingan.
O'zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo'yicha 501,9 million AQSH dollarini tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o'rtasidagi yaqin qo'shnichilik va do'stona aloqalar qaror topgan bo'lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.
O'zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikKa oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o'sib bormoqda va 2020-yil yakunlari bo'yicha 527,1 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g'oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo'yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo'la oladi.
Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo'nalishdir. «O'zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo'lagini tashkil etish bo'yicha imzolangan ko'p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko'paytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O'zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san'at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko'rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
NATIJALAR
Mamlakatimiz Markaziy Osiyo mamlakatlariga faol tovarlar eksporti va importini amalga oshiradi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikamiz tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 36 299,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1 % ga kamaydi. TAdqiqotlarimiz natijasi, 2020 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan TSA 4950,7 mln. AQSH dollariga yoki respublikamiz jami TSAning 13,6 % ga teng ekanligini ko'rsatmoqda. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko'rishimiz mumkin:
O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlariga amalga oshirgan eksporti va importi hajmi va o'sish sur'atlari (yanvar-dekabr)
Mamlakat nomi Mln. AQSH dollari O'sish sur'atlari % da O'rin
2019 2020 2019 2020 2019 2020
Eksport
Qozog'iston 1 393,0 903,0 103,0 64,8 3 4
Tojikiston 327,6 404,6 137,9 123,5 7 7
n Turkmaniston 144,3 128,0 2,4 m. 88,7 11 10
1 ® 1 Qirg'iziston 669,6 756,6 2,5 m. 113,0 5 6
Import
H # Qozog'iston 1 942,0 2 115,5 123,9 108,9 4 3
Tojikiston 152,8 97,3 99,8 64,7 18 25
I I Turkmaniston 410,1 399,1 168,6 97,3 9 10
Qirg'iziston 150,7 146,5 113,2 97,3 19 18
Yuqoridagi ma'lumotlardan, qo'shni davlatlar bilan o'zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini
ko'rishimiz mumkin. TSAda so'nggi yillarda katta o'zgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, so'nggi uch yilda TSA Qirg'iz Respublikasi hamda Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani kuzatilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib shu ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha sohalarda teng huquqli sheriklik va hamjihatlik asosida hamkorligi mintaqa rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari, faol va pragmatik diplomatiya hamda tashqi siyosat tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit vujudga keldi va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib o'tish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish kabi eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bularning barchasini O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida keyingi uch yil mobaynida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yaqin va o'zaro manfaatli qo'shnichilik aloqalarini rivojlanish borasidagi izchil tashqi siyosatning hosilasi hamda mustaqil o'zbek diplomatiyasining katta yutug'i, deb aytish mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi qonuni. // Xo'jalik va huquq, 2000.
2. Vahobov А., Burxonov U., Jumaev N. Chet mamlakatlar moliyasi. -T.: Yangi asr avlodi. 2003.
3. Козырев В.М. "Основы современной экономики" 2-е издание. Учебник для вузов. Москва: "Финансы и статистика", 2001.
4. Мамедов О.Ю. Смешанная экономика. - Ростов н/Д: Изд. Феникс, 2001.
5. Самуэлсон П., Нордхаус В. Экономика.: Учебник / 18-е изд.: Пер с англ. -М.: ООО "Вильямс", 2009.
6. Тухлиев Н., Таксанов А. Национальная экономическая модель Узбекистана. -Т.: "Укитувчи", 2000.
7. www.gov.uz-O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali.
8. www.mfer.uz-O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo Vazirligining rasmiy sayti.
9. www.cer.uz - Iqtisodiy tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti.
10. www.wikipedia.uz
11. www.stat.uz