Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTON – YANGI QOʻSHNICHILIK'

YANGI OʻZBEKISTON – YANGI QOʻSHNICHILIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
892
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻzbekiston / qoʻshnichilik / Markaziy Osiyo / yangi / iqtisodiyot / siyosat / hamkorlik / rivojlanish / tashqi savdo / Uzbekistan / neighborhood / Central Asia / new / economy / politics / cooperation / development / foreign trade

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eldorbekov, Gʻofurbek Iskandarbek Oʻgʻli

Maqolada Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi qoʻshnilari bilan tarixiy-madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalari va Oʻzbekistonda hozirgi davrda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar tahlili olib borilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekistonning hozirgi iqtisodiy holatini tahlil etgan holda asoslarga ega takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW UZBEKISTAN IS A NEW NEIGHBORHOOD

The article analyzes the historical, cultural, economic, political relations of Uzbekistan with its neighbors in Central Asia and the current socio-economic changes in Uzbekistan. In addition, substantiated proposals were made with an analysis of the current economic situation in Uzbekistan..

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTON – YANGI QOʻSHNICHILIK»

Scientific Journal Impact Factor

YANGI O'ZBEKISTON - YANGI QO'SHNICHILIK

Eldorbekov G'ofurbek Iskandarbek o'g'li

Toshkent davlat pedagogika universiteti, iqtisodiy bilim asoslarini o'qitish

metodikasi yo'nalishi 3-bosqich talabasi e-mail: eldorbekovgQ 1 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi qo'shnilari bilan tarixiy-madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalari va OZbekistonda hozirgi davrda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar tahlili olib borilgan. Bundan tashqari, O 'zbekistonning hozirgi iqtisodiy holatini tahlil etgan holda asoslarga ega takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, qo'shnichilik, Markaziy Osiyo, yangi, iqtisodiyot, siyosat, hamkorlik, rivojlanish, tashqi savdo.

В статье анализируются исторические, культурные, экономические, политические отношения Узбекистана со своими соседями по Центральной Азии и текущие социально-экономические изменения в Узбекистане. Кроме того, были внесены обоснованные предложения с анализом текущей экономической ситуации в Узбекистане.

Ключевые слова : Узбекистан, соседство, Центральная Азия, новое, экономика, политика, сотрудничество, развитие, внешняя торговля

The article analyzes the historical, cultural, economic, political relations of Uzbekistan with its neighbors in Central Asia and the current socio-economic changes in Uzbekistan. In addition, substantiated proposals were made with an analysis of the current economic situation in Uzbekistan..

Keywords: Uzbekistan, neighborhood, Central Asia, new, economy, politics,cooperation, development, foreign trade

O'zbek xalqi o'zining boy va rang — barang madaniyatiga ega. Bu ko'pgina qadimiy xalqlar madaniyati uyg'unligi samarasidir. Markaziy Osiyo xalqlarining urf — odat va an'analari ko'p yillar davomida, zardushtiylar, baqtriyaliklar va so'g'dlar ma'naviy merosi, boshqa tarafdan ko'chmanchi qabilalar, keyinroq esa Qur'oni Karimda ko'zda tutilgan islom an'analari asosida shakllandi. O'zbekistonning hozirda ham qo'shnilari - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmanistonda

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ham bu an'analar saqlanib qolingan. Xuddi slavyan xalqlaridek Markaziy Osiyo xalqlari tarixan birga rivojlanishgan. Qadrdon davlatlardagi turli xil bayramlar, ayniqsa Navro'z bayrami keng nishonlanadi. Markaziy Osiyoda eng keng tarqalgan din Islom dini bo'lganligi uchun ham diniy bayramlar o'zgacha bir ruhda nishonlanadi. Avvaldan Markaziy Osiyo xalqlari qozoq, o'zbek, turkman, tojik va qirg'izlarga ajratilinmagan. Bu mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilgan. Avval barcha turkiy xalqlar Turkistonda bir an'ana, bir din, bir ma'naviyatga asoslanishgan. Avvaliga Chor Rossiyasi, so'ngra Sovet Ittifoqi kabi mustamlakachilarning siyosati tufayli bu birlik deyarli yo'q bo'ldi, Turkistonda "Bo'lib tashla va hukmronlik qil" shiori ostida ish ko'rildi. Hozirgi paytda eng muhim vazifamiz esa oradagi tushunmovchilik va masofalarni yo'qotib, qo'shnilarimizga yangi O'zbekistonning yangi qo'shnichiligini ko'rsatishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Shuningdek, ma'lumotlarni tahlil qilishda va kerakli takliflar berishda iqtisodiy analiz metodlariga alohida urg'u berildi. O'zbekiston, O'zbekistonning xalqaro maydonlaridagi o'rni, O'zbekiston-Markaziy Osiyo mavzularida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asarlaridan, shuningdek prezidentimiz keltirgan iqtiboslar to'plamidan foydalanildi. Maqolada prezidentimizning 2020-yil so'nggida keltirilgan iqtiboslari o'rin olgan. Ko'rishimiz mumkinki, shu 5 yil ichida O'zbekiston xalqining farovonligi uchun muhim bo'lgan ishlarga poydevor qo'yildi. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asarida ko'rish mumkinki, kitobda yozilgan ko'plab jumlalar reallikka aylanib bo'ldi va aylanmoqda. [2]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston munosabatlarida ancha yillar muzliklar paydo bo'lgan bo'lsa-da Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida birinchi o'rinda ana shu muzlar eritildi. Markaziy Osiyoda qisqa vaqt ichida « Yaxshi qo'shnichilik munosabatlari tashabbuskori va arxitektori» nomini olgan Shavkat Mirziyoyev dunyoning 15 davlatiga 40 martadan ortiq tashrif buyurdilar va 5 davlat tomonidan turli xil ordenlar bilan taqdirlandilar. [6]

Prezidentimizning tashqi siyosatda birinchi amalga oshiradigan ishi aynan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlari o'rnatish edi. Yaqin-yaqingacha bu davlatlar bilan aloqalar iliq emas edi. Lekin Shavkat Mirziyoyev sharofatlari bilan yillar davomida paydo bo'lgan muzliklar 1 yilda erib

Scientific Journal Impact Factor

ketdi. To'g'ri hozirda pandemiya, lekin pandemiyadan oldingi 2017-2019 yildagi qo'shni davlatlar bilan aloqani va undan oldingi paytdagi aloqalarni bir taqqoslab ko'ringchi?! Yangi O'zbekistonimiz yangicha dunyoqarash bilan jahonning rivojlanayotgan davlatlari orasida o'z o'rnini topayabdi.

Shuningdek, 2017-2020 yillar davomida O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta o'ylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalanish, O'zbekiston va qo'shni davlatlar o'rtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini kesib o'tish kabi murakkab va chalkash muammolarga yechim topildi. Agar besh yil oldin o'zbek-qirg'iz davlat chegarasini kuniga 200-300 kishi kesib o'tgan bo'lsa, global pandemiya ta'sirida joriy qilingan cheklovlarga qadar bu ko'rsatgich kuniga 30 ming kishiga yetgan, O'zbekiston -Tojikiston chegarasini esa kuniga 20 ming fuqaro kesib o'tgan.

Bundan tashqari mamlakatimizda "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi" shiori ostida aholi orasida tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari va subsidiya berish siyosati olib borilyapti. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatidan byurokratiyani yo'qotish ham muhim vazifalardan biri bo'lib qolyapti. Bularning samarasi o'laroq tadbirkorlikni ro'yxatga olish indeksida 8-o'ringa ko'tarildik, umumiy biznes faoliyatini olib borish reytingida oxirgi 5 yil ichida 141-o'rindan 69-o'ringa ko'tarildik. Eng asosiysi esa tadbirkorlar shaxsan prezident bilan uchrashyaptilar, muammo va takliflarni erkin bildira olyaptilar. [7]

Yana bir muhim o'zgarish sifatida O'zbekistondagi iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni aniqligi va shaffofligi oshirilganligidir. O'zbekistondagi istalgan fuqaro stat.uz ga kirish orqali O'zbekistondagi eng yangi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarining statistikasini ko'rishi mumkin. Statistika qo'mitasi hodimlarini doimiy malakasini oshirish va xalqaro standartlarga amal qilish orqali ma'lumotlar yanada reallikka yaqin, aniqroq bo'lmoqda. Shaxsan o'zim uchun eng quvonarli o'zgarishlardan biri bu palov indeksi tuzilganligidir. O'zbekiston iqtisodiy holatini yanada aniqlashtirish maqsadida 2020-yil yanvar oyida "palov indeksi" tuzildi. Dunyoning ko'plab davlatlarida "BigMak indeksi", Rossiyada "olivye indeksi" bo'lganidek, bu indeks ham fuqarolarimiz sotib olish qobiliyati qanchalik o'zgarganligini ko'rsatib beradi.

O'zbekistonning xalqaro maydonlardagi o'rni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi 200 ga yaqin mamlakat a'zo bo'lgan eng yirik xalqaro tuzilma hisoblandi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach birinchi bo'lib a'zo bo'lgan xalqaro

Scientific Journal Impact Factor

tashkiloti ham aynan BMTdir. Bugungacha bu hamkorlik tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, sog'liqni saqlash, ekologiya, ta'lim, madaniyat, turizm kabi ko'plab sohalardagi o'zaro davom etib kelmoqda.

BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida davlatimiz rahbarining ishtirok etishi va nutq so'zlashini ko'rib, uni tahlil qilib xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizga bo'lgan munosabati qanday ekanligini anglash mumkin. Prezidentimizning nufuzli minbardagi nutqi mamlakatimiz inson va uning huquqlari yo'lida o'zi tanlagan yo'ldan ortga qaytmasligini, xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e'tirof etilgan prinsip va normalarini qat'iy himoya qilishini va uni faol ilgari surishini yana bir bor namoyon etdi.

Bugunga kelib O'zbekiston BMTning to'laqonli a'zosi, shuningdek, 2015-yil sentabrda BMTga a'zo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz va sog'lom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va adolat hukm suradigan tinchlikka intilish bo'yicha global majburiyatni o'z zimmasiga olgan. So'nggi yillarda O'zbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar, mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon bo'lmoqda. O'zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo'lga qo'yib, xorijiy hamkorlar bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham e'tirof etmoqda. Jahon bo'ylab tarqalgan koronavirus infeksiyasi va global darajadagi inqirozli xavf-xatarlar davrida ham O'zbekiston mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlab, mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirishga alohida e'tibor qaratdi.

O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining strategik hamkorliklari. Ma'lumki, O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri - o'z hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Prezident Shavkat Mirziyoyev qo'shnilarimiz - Markaziy Osiyo davlatlari bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo'nalish sifatida belgilab berdi.

2020 yil - "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" davlat dasturi doirasida O'zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini, jumladan, Markaziy Osiyo yo'nalishida ham izchil davom ettirdi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o'zaro do'stlik, yaxshi

Scientific Journal Impact Factor

qo'shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida 2020 yil davomida tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat bo'yicha davlat idoralari tomonidan 23 ta oliy darajada va 12 ta yuqori darajada tashrif va turli tadbirlar amalga oshirildi. Bu jarayonda "xalq diplomatiyasi" amalda juda faol bo'lgani kuzatildi. Xususan, xalq vakillari - olimlar va rassomlar, madaniyat va din arboblari, ishbilarmonlar va yoshlar, turizm va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar ishtirokida 90 dan ortiq turli uchrashuvlar, anjumanlar, videokonfrensiyalar va boshqa shu kabi tadbirlar o'tkazildi.

Global pandemiya xavfiga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy muloqoti ta'minlandi va mamlakatlar o'rtasida faol hamkorlik aloqalari davom ettirildi. Mintaqa davlatlari koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki kunlaridanoq bir-birlariga ijtimoiy yordam ko'rsatishni boshladilar. O'zbekiston Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga bir necha bor gumanitar yordam yubordi. Bunga javoban Qirg'iziston va Tojikiston singari qo'shnilarimiz Sardoba suv omborini tiklash uchun insonparvarlik yordamini ko'rsatdilar. Shuningdek, 2020 yilning dekabr oyida O'zbekiston ko'magi bilan Qirg'izistonda zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan to'liq jihozlangan 200 o'rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va tajriba almashinuvi, o'zaro gumanitar yordam ko'rsatish, chegaralarda yuklarning uzluksiz harakatlanishini yo'lga qo'yishga erishildi. Bu esa mintaqada dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi o'lim sonining kamligini ta'minlash imkonini berdi.

Qolaversa, joriy yil yanvar oyida O'zbekiston va Qozog'iston hukumatlari AQSH bilan hamkorlikda mintaqada iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun besh yil ichida kamida 1 mlrd. dollarga teng mablag'larini jalb etish maqsadida "Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi" tashabbusini yo'lga qo'ydi. "C5+1" platformasi orqali amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va o'sishini ta'minlash maqsadida savdo-sotiqni oshirish, kompleks rivojlanishni rag'batlantirish va ko'p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga intiladi.

Jahon hamjamiyatida Markaziy Osiyoning ahamiyati va roli oshib borayotganini mintaqa va yirik davlatlar o'rtasida ko'p tomonlama hamkorlikning turli formatlari tashkil qilinayotganida ham ko'rishimiz mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Mavjud "Markaziy Osiyo - AQSH", "Markaziy Osiyo - Yevropa ittifoqi", "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi", "Markaziy Osiyo - Yaponiya" kabi muloqot formatlari qatoriga oxirgi yillarda "Markaziy Osiyo - Hindiston", "Markaziy Osiyo - Xitoy" va "Markaziy Osiyo - Rossiya Federatsiyasi" singari yangi formatlar qo'shildi. Mazkur holat, birinchidan, mintaqadagi ijobiy o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan mutlaqo yangi muhit dunyoning yetakchi davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoga nisbatan e'tiborning oshganini ko'rsatsa, ikkinchidan, chet el davlatlari mintaqa mamlakatlari bilan nafaqat ikki tomonlama hamkorlik doirasida, balki yagona mintaqaviy ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga ahamiyat qaratayotganidan dalolatdir.

Shu bilan birga, mintaqa hamda boshqa davlat va xalqaro institutlar o'rtasida yangi formatlarning tuzilishi bu, Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati oshib borishiga, shuningdek, mintaqaga xalqaro munosabatlardagi yaxlit siyosiy-diplomatik subyekt sifatida qaralishiga olib kelmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlarining yaxlit siyosiy-diplomatik subyekt sifatidagi o'rni hamda o'zaro hamjihatligi va birdamligi Qirg'izistonda 2020 yil oktabr oyida yuz bergan norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari Prezidentlari qo'shma bayonot bilan munosabat bildirganliklarida ham kuzatildi. Qo'shma bayonotda qardosh Qirg'izistonda sodir bo'layotgan voqealar jiddiy tashvish tug'dirayotgani hamda Qirg'izistonning barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, konstitutsiya va milliy qonunchilikka so'zsiz rioya qilish bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan sa'y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirildi.

Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va hamjihatligi,birinchidan, xalq farovonligiga, ikkinchidan, mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirib, xorijiy sherik davlatlar va investorlar bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. O'zbekiston va mintaqa davlatlari o'rtasida shakllangan va yanada mustahkamlanib borayotgan yangi muhit mazkur maqsadlarga erishishga hamda o'zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda 2021 yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturida Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Xususan, joriy yil Davlat dasturida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni izchil davom ettirish chora-tadbirlar rejasida:

• O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

• oliy va yuqori darajada o'zaro tashriflarni tashkil etish;

• "Xalq diplomatiyasi" mexanizmlaridan samarali foydalanish;

• yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo'lidagi mavjud to'siqlarni birgalikda hal etish;

• savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining o'sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

• mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish va transport infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash;

• Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalari (shu jumladan, chegara hududlari) o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish ko'zda tutilgan.[6]

Bundan tashqari, joriy yilda O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini ko'p tomonlama hamkorlik mexanizmlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) va boshqa tuzilmalar doirasida ham rivojlantirishni, bunda nafaqat siyosiy-diplomatik munosabatlar, balki iqtisodiy diplomatiya, parlamentlararo diplomatiya hamda xalq diplomatiyasini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, joriy yilda SHHTda O'zbekiston Respublikasining 2021-2022 yillarda raisligini inobatga olib, mazkur yo'nalishda ustuvor vazifalar va asosiy tadbirlarini ishlab chiqish ham Davlat dasturida rejalashtirilgan. SHHTda Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston qatori Markaziy Osiyo davlatlaridan O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Qirg'izistonning a'zo davlatlar ekanligi, ushbu xalqaro tashkilot doirasida hamkorlikni jadallashtirish alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlash mumkin.

O'zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi va joriy yilgi Davlat dasturida qo'shni Markaziy Osiyo davlatlariga alohida urg'u berilishining muhimligi shundan iboratki, mazkur yo'nalish O'zbekiston tashqi siyosatining bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Bu O'zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlatligi, mamlakatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi o'zgarishlarning bevosita mintaqaga ta'sir etishi

Scientific Journal Impact Factor

hamda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi mintaqaning barcha davlatlari manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonning bugungi tashqi siyosati, xususan, yaxshi qo'shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosati davlatning xalqaro nufuzini oshiribgina qolmay, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan imkoniyatlarga ega hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qilmoqda.

O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati. Qayd etish joizki, so'nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarini qo'shni davlatlar rahbarlari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi natijasida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va o'zaro ishonch mustahkamlandi, davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlari yo'lga qo'yildi.

Natijada mintaqadagi ikki va ko'p tomonlama hamkorlik darajasi yangi bosqichga ko'tarildi. Xususan, 2017-2019 yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o'rtacha 50 foizdan ko'proqqa o'sib, 5,2 mlrd. dollarga yetgan. 2020 yil natijalariga ko'ra esa, global pandemiya sharoitiga qaramay, O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Jumladan, O'zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi 2019 yildagi 12,4% dan, 2020 yilda 13,6 % ga oshgan. O'zbekistonning mintaqadagi umumiy tashqi savdo aylanmasida esa Qozog'istonning ulushi 61%, Qirg'iziston - 18,2%, Turkmaniston - 10,6% va Tojikistonning ulushi 10,2% ni tashkil etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning mana shunday yaxshilanishi, umuman aytganda, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam berdi. Xususan, 2017-2020 yillar oralig'ida O'zbekiston va mintaqa mamlakatlari o'rtasida 300 dan ortiq shartnoma, shuningdek, qariyb 75 mlrd. dollarga teng shartnoma va bitimlar imzolangan.

O'zbekiston statistika qo'mitasining yangi ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonning 2021 yil yanvar-iyun oyiga tashqi savdo hajmi 18 mlrd dollarga yetgan, shundan 10 944 mln dollar import, 7 056 mln dollar eksport tashkil etdi. MDH davlatlari bilan 2021 yilgi yanvar-iyun oyidagi savdo hajmi 6 665,2 mln dollarni shundan 2 274,2 mln dollar eksport, 4 391,0 dollar import tashkil etgan. Shundan O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo 2 803,8 mln dollar tashkil etdi, shundan 1 174,6 mln dollar eksport, 1 629,2 mln dollar esa import hisoblanadi. [8]

Logistika: yangi savdo yo'llari. O'zbekistonning hozirgi sharoitining potensiali juda yuqori hisoblanadi. Markaziy Osiyoda hozirda kishi boshiga YIM eng katta davlat Qozog'iston hisoblansa-da, Qozog'iston tashqi qarzining yildan-yilgi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

oshaverishi tufayli (YIM ga nisbatan 94%) O'zbekiston kelgusi o'sishda katta potensialga egadir. UzAvtoSanoat avtomobillari ham asosan Qozog'isto nga eksport qilinadi. Afg'oniston esa hozirda O'zbekiston uchun riskka ega yuqori foydali hamkor hisoblanadi. Hozirda Afg'onistondagi vaziyat qaltis bo'lsa-da, keyinchalik muammo hal etilgach O'zbekiston o'z tovarlari uchun yana bir davlatga va eng asosiysi okeanga chiqish imkoniyatlarini oshiradi. Afg'onistondan o'tgacha biz Pokistondagi Karachi porti orqali dunyo suv logistikasiga qo'shilamiz. O'zbekiston noqulay geografik joylashuviga qaramay okeanga chiqishni uddalasa eksportdan keladigan foyda bir necha barobar oshishiga shubham yo'q. Okean logistikasi foydalari:

• Bir birlik yuk uchun arzon narx;

• bir reysda katta hajmdagi yukni yetkazish imkoniyati;

• juda og'ir konstruksiyalarni yetkazish imkoniyati (6 tonnadan 600 ming tonnagacha);

• yuqori xavfsizlik darajasi;

• universallik (deyarli istalgan turdagi yukni tashish imkoniyati).

Bu nafaqat O'zbekistonga okean logistikasi balki Pokiston va Afg'onistondagi davlatlar bilan savdo aloqalari yanada yaxshilanishi, dinimiz birligi tufayli o'zaro do'stlik aloqalari o'rnatishimiz mumkin. To'g'ri hozirda Afg'onistondagi vaziyat beqaror, ammo ikki davlatlar o'rtasida o'zaro manfaatli munosabatlar qurishga intilish, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ancha tajribali diplomat ekanligi va Afg'onistonning va'dalari bu logistika loyihasining amalga oshish imkoniyatini ancha oshiradi. Lekin agar biz o'ylagan yo'l amalga oshmasa bizda yana Turkmaniston va Eron orqali ham okeanga chiqishimiz mumkin. Bu Pokistondagi portdek manfaatli bo'lmas, ammo Turkmaniston bilan yaxshi aloqalar okean logistikasi faoliyatiga yordam berishi mumkin.

Yangi tashqi savdo nazariyasi. Yana bir iqtisodiy maslahat - iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan Pol Krugmanning "yangi tashqi savdo" nazariyasiga ko'ra tashqi savdo aloqalarini olib borishdir. Nazariyaga ko'ra davlatlar o'z hududida ko'p va arzon bo'lgan tovarlarni eksport, qimmat va defitsit tovarlarni esa import qilishi yetarli emas. Juda ko'p iqtisodchilarning 50 yildan ortiq kuzatishlaridan ma'lum bo'ldiki, rivojlangan davlatlar bu qonunga amal qilishmaydi, aks holda faqatgina bir davlat bir tovarni ishlab chiqargan bo'lardi. Krugman fikricha bunga quyidagi sabablar bor:

• Iste'molchilarning tanlovga ega ekanliklari ularni quvontiradi va sotuvlarni oshiradi. Turli davlat tovarlari o'rtasida raqobat yuzaga kelsa-da, tovarlarning shakli,

Scientific Journal Impact Factor

narxi va boshqa xususiyatlariga ko'ra har bir tovar o'z mijozlariga ega bo'ladi (masalan, Ford va Volksvagen mashinalari turli xil bo'lsa-da, AQSh va Germaniya davlatlarida ancha katta hajmda sotiladi)

•Bunda "masshtabdan iqtisod" qonuni amal qiladi, ya'ni kompaniyalar ko'proq tovar ishlab chiqargan sari bir birlik mahsulot ularga arzonroqqa tushadi. Oqibatda kompaniya yanada foyda ko'radi

•Kompaniyalarning katta daromadga ega bo'lishi ularni ko'proq tovar ishlab chiqarishga, qudratli raqobatchilarga ega bo'lishi esa xarajatlarni minimallashtirib, tovarlarni sifatli ishlab chiqarishga undaydi

Qisqa qilib aytganda "Transport xarajatlarini kamaytirish, shahar aholisining ko'payishi ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga, ish haqining oshishiga va tovarlarning xilma-xil yetkazib berilishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida shaharlarga migratsiyani (qo'shimcha ishchi kuchini) rag'batlantiradi" Demak, O'zbekiston avtosanoatining qo'shni avtosanoatlar bilan raqobat qilishi, raqobatbardosh o'xshash tovarlar oldi-sotdisini tashkil etish muhim hisoblanadi. Oqibatda, monopolistik bozor vujudga keladi. Qanchalik paradoksal ko'rinmasin, bu iqtisodchilarning uzoq vaqt davomida kuzatishlari samarasi va bugungi kun haqiqati. Aks holda AQSh faqat mashina, Belorus kartoshka, O'zbekiston paxta eksporti bilan shug'ullanardi. [5]

Ko'plab ekspertlar fikricha MDH davlatlaridagi aholi, qulay iqtisodiy geografiya va o'zaro manfaatli shartnomalar orqali Krugman keltirgan "masshtabdan o'sishga" ega bo'lish mumkin. Krugman nazariyasiga ko'ra bunga 300 mln aholi zarur va aynan MDH davlatlarida shuncha odam bor. Lekin bunda barchaga adolatli shartnomalar tuzilishi shart, agar kimdir "ko'rpani o'ziga tortsa" bu boshqalarga va yakunda o'ziga ham zarar yetkazadi.

Bundan tashqari O'zbekiston bozorida ichki raqobatchilarni ko'paytirish muhim hisoblanadi. Hozirda Yaponiya misolidan olsa Yaponiya avtosanoatida 4 ta gigant -Toyota, Honda, Nissan va Suzuki brendlari mavjud. Toyota, Nissan va Honda esa AQSH da avtomobil sotilishi bo'yicha Top-5 likka kirishgan. Shu oddiy misoldan ko'rishimiz mumkinki ichki bozordagi kuchli raqobat tashqi bozor uchun raqobatbardosh tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi. Albatta, Krugman nazariyasini amalga oshirishdan oldin ichki raqobatchilarni ham hosil qilish lozim.

O'zbekiston Respublikasi davlat qarzi. Hozirda ba'zi insonlar O'zbekiston davlat qarzi ko'payayotganligidan xavotirda. Bu ko'rsatkich hozirda 23,2 mlrd. AQSH dollarini ni tashkil etadi. (YIM ga nisbatan 40.1%). Lekin shuni esda tutish kerakki Yaponiyaning hozirgi davlat qarzining YIM ga nisbatan 266% ni tashkil etadi.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekistonda esa ahvol 6 barobar yaxshiroq. AQSh da bu ko'rsatkich 140%ni tashkil etadi. Ammo AQSh va Yaponiya davlatlari to'g'ri yo'lga qo'yilgan iqtisodiy siyosat orqali bu qarzlar ularga katta xavf ko'rsatmaydi. Bundan tashqari iqtisodchi -ekspert Bekzod Hoshimov so'zlariga ko'ra agar O'zbekiston olgan qarzlar to'g'ri yo'nalishga sarflansa, aholining yashash sharoitlarini yaxshilagan holda qarzlarning ko'p qismini qaytara olishimiz mumkin.

Xulosa shuki, hozirda O'zbekiston yangi tarmoqlarda iqtisodiy rivojlanishlarga erishish va yangi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatish yo'lida shaxdam qadamlar tashlamoqda. Deyarli barcha ko'rsatkichlar bo'yicha 5 yil ichida ijobiy o'zgarishlar qayd etildi. Oxirgi yillarda sodir bo'layotgan iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar O'zbekistonning xalqaro maydonlaridagi o'rnini yuksaltirmoqda. Albatta, biz -yoshlar ham o'zimizning innovatsion takliflarimiz, bilimimizni yanada yuksaltirishimiz orqali Yangi O'zbekistonning yanada rivojlanishiga o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent : «O'zbekiston» NMIU, 2017. - 488 bet

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent — «O'zbekiston» 2016. — 59 bet

3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! T: Tasvir nashriyot uyi, 2021. - 53 bet

4. Ismailova N.S., Shagazatov U.U. Jahon iqtisodieti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. -T.: IQTISODIYOT, 2019. -244 b.

5. International Economics: Theory and Policy by Paul R. Krugman and Maurice Obstfeld. 2003 y. - 783 p.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.