O'ZBEKISTON VA FRANSIYA HAMKORLIGINING ISTIQBOLDAGI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Maxmasobirova Yulduz JIDU, tayanch doktorant
Annotatsiya. Maqola o'zbek-fransuz hamkorligidagi transformatsiona jarayonlar va istiqbollar tahliliga bag'ishlangan. Bunda hamkorlik ustuvor yo 'nalishlarini aniqlab olish, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy masalalar bo 'yicha tomonlar tashi siyosatidagi o'zgarishlar qiyosiy va tizimli metodlardan foydalanilgan holda o 'rganilgan.
Tahlil natijasida, O'zbekiston va Fransiya o'zaro hamkorlikning konstruktiv va intensiv rivojlanishi yo 'lida ekanligi va bu hamkorlik asosida ikki tomonlama o 'zaro manfaatlar mavjudligi aniqlangan. O'zbekiston uchun bular ancha keng va ko'p vektorli manfaatlar: ijtimoiy modernizatsiya, iqtisodiy hamkorlik, sanoat sohasini rivojlantirish, mintaqaviy masalalar bo'yicha hamkorlik, xalqaro maydonda va tashkilotlar doirasida hamkorlik, umuman davlat va jamiyat taraqqiyotining turli jabhalarida fransuz tajribasi va sarmoyalaridan foydalanish ekanligi; Fransiya manfaatlari esa avvalo O 'zbekistonning geostrategik joylashuvi, uning tabiiy resurslarga boyligi hamda transport-infrastruktura salohiyati bilan belgilanishi aniqlangan. Shuningdek, Fransiya uchun O 'zbekiston butun Markaziy Osiyo singari yangi to 'yinmagan muqobil bozor, fransuz biznes doiralari uchun yangi platforma vazifasini bajarayotgani ochib berilgan.
Kalit so'zlar. O'zbekiston, Fransiya, Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, ikki tomonlama hamkorlik
Аннотация. Статья посвящена анализу трансформационных процессов и перспектив узбекско-французского сотрудничества. С помощью сравнительных и систематических методов исследуются приоритеты сотрудничества, изменения во внешней политике по торгово -экономическим и региональным вопросам.
Анализ показывает, что Узбекистан и Франция находятся на пути
конструктивного и интенсивного развития сотрудничества, и на основе
этого сотрудничества имеются взаимные интересы: для Узбекистана это
широкие и многовекторные вопросы: социальная модернизация,
экономическое сотрудничество, промышленное развитие, сотрудничество
по региональным вопросам, сотрудничество на международной арене и
внутри организаций, использование французского опыта и инвестиции в
различных сферах развития государства и общества. Интересы Франции
465
Scientific Journal Impact Factor
определяются в первую очередь геостратегическим положением Узбекистана, его природными ресурсами и потенциалом транспортной инфраструктуры. Также было выявлено, что для Франции Узбекистан, как и остальная часть Центральной Азии, является новым ненасыщенным альтернативным рынком, новой площадкой для французских деловых бизнес структур.
Ключевые слова. Узбекистан, Франция, Центральная Азия, международные отношения, внешняя политика, двустороннее сотрудничество
Resume. The article is devoted to the analysis of transformation processes and prospects of Uzbek-French cooperation. Using comparative and systematic methods, the priorities of cooperation, changes in foreign policy on trade, economic and regional issues are investigated.
The analysis shows that Uzbekistan and France are on the path of constructive and intensive development of cooperation, and on the basis of this cooperation there are mutual interests: for Uzbekistan these are broad and multi-vector issues: social modernization, economic cooperation, industrial development, cooperation on regional issues, cooperation on international arena and within organizations, the use of French experience and investments in various spheres of development of the state and society. The interests of France are determined primarily by the geostrategic position of Uzbekistan, its natural resources and the potential of the transport infrastructure. It was also revealed that for France, Uzbekistan, like the rest of Central Asia, is a new unsaturated alternative market, a new platform for French business structures.
Keywords. Uzbekistan, France, Central Asia, international relations, foreign policy, bilateral cooperation
Fransiya boy tarixiy-madaniy meros, ijtimoiy-siyosiy an'analar va innovatsiyalar mamlakati. U Yevropa integratsiyasining asoschilaridan biri, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi. Fransiya YalMning aholi jon boshiga ko'ra dunyoda yettinchi [1] va Yevropa Ittifoqida ikkinchi [2] eng katta iqtisodiyotdir. Shuningdek, Fransiya Markaziy Osiyoning barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bilan ular mustaqillikka erishgach eng birinchilardan bo'lib rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan davlatlardan biri. Biroq, Fransiyaning jahon siyosatidagi umumiy faoliyati hamda O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Xalq Respublikasi, AQSh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Germaniya, Yaponiya kabi global aktorlar bilan faol va samarali siyosiy-iqtisodiy aloqalari doirasida, o'zbek-fransuz hamkorligi nafaqat Fransiya, balki O'zbekiston uchun ham ustuvor va o'ta ahamiyatli bo'lib ko'rinmasligi mumkin.
Ayniqsa, hamkorlik evolyutsiyasidagi asosiy muammo ustuvor yo'nalishni belgilash bo'ldi: Fransiya O'zbekistonning rivojlanishida asosiy masala bu tashkiliy va ma'muriy hamda qonunchilik islohotlari turishi kerak deb hisoblab keldi. O'zbekiston esa asosiy muzokara mavzu investitsiya va savdo masalalari deb hisobladi. Bu holat ayniqsa hamkorlikning ilk davrlaridanoq o'zaro harakatlar kordinatsiyasiga to'liq erishishga halaqit berdi.
Biroq, hamkorlikning so'ngi besh yillik dinamikasiga e'tibor qaratsak, ham miqdoriy, ham mazmuman ya'ni sifat jihatidan transformatsiyalarni ko'zga tashlanadi. Mazkur transformatsiyalar esa o'zbek-fransuz aloqalaridagi istiqbolli sohalar va yo'nalishlarni aniqlab olish imkonini beradi.
Tadqiqot davomida tizimli, qiyosiyva istiqbolni baholash (prognozlashtirish) tahlil metodlaridan keng foydalanildi. Tizimli tadqiqot - ma'lum bir mavzuni (jarayon, voqea va h.k.) tizimning ichki jarayonlari va tashqi muhit o'rtasidagi munosabatni o'rganadigan o'zaro bog'liq elementlar / komponentlar to'plami sifatida tadqiq etish maqsadida qo'llaniladi.
Qiyosiy tahlil usuli tadqiqot obyektining joriy va oldingi holatini o'rganish yoki uning boshqa obyektlar bilan farqlari va o'xshashliklarini taqqoslash orq ali ikki yoki undan ortiq hodisalar o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashga yordam beradi.
Istiqbolni baholash (prognozlashtirish) metodi esa mavjud ma'lumotlar, hodisa yoki tushunchasining, bizning holatimizda o'zbek-fransuz hamkorligining rivojlanish tarixi/evolyutsiyasi, zamonaviy xususiyatlarini o'rganish asosida hamkorlikning kelajakdagi holatini baholash imkoniyatini tadqim etadi.
Ushbu maqola mavzusi kompleks va ilmiy ravishda hali to'liq o'rganilmagan bo'lishiga qaramasdan, Fransiya tashqi siyosatining dinamikasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi xususiyatlari, sohalari, muammo va istiqbollari, uning mintaqadagi manfaatlari va Markaziy Osiyoda boshqa tashqi aktorlar bilan raqobati (asosan Yevropa Ittifoqi tarkibida), O'zbekiston va Fransiya hamkorligining tarixiy ildizlari, ikki mamlakat siyosiy tizimlari qiyosiy tahlili va O'zbekiston tashqi siyosati va geosiyosati kabi yo'nalishlarda ko'plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Xususan, Fransiya va xorijiy siyosiy fanlarida ushbu mavzular bo'yicha Jak Barra,
TAHLIL METODLARI VA USLUBLARI.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI.
Kolin Ferro, Sharlot Vang, F.Bozo, F.Sharilyon, Arman Kolin, Mari Kessler, Jak Delor, Uber Vedrin, R.Shuvansi, Tomas Gomart, Robert Oldrix, Jon Konnel, Kristian Lekesn kabi mutaxassislar ilmiy izlanishlarni olib borgan.1
Bazi MDH va Markaziy Osiyolik mutaxassislarning ilmiy ishlari ham Ozbekiston-Fransiya munosabatlarining mintaqaviy tahlili uchun ahamiyatga molikdir. Bunday mutaxassislar orasida S.M.Yun, P.P.Timofeyev, D.B.Nishanov, S.V.Jukov, O.B. Reznikova tadqiqotlarini alohida ta'kidlash mumkin.2
O'zbekiston va Fransiya munosabatlari yurtimizda asosan O'zbekiston tashqi siyosati umumiy tahlili, ikki davlat siyosiy va huquqiy tizimlari masalalari, ularning o'xshash va farqli jihatlari, hamkorlikning va madaniy muloqotning tarixiy asoslariga qaratilgan. Tadqiqotchilar orasida biz R.Farmonov, Q.Jo'rayev, A.Ayrapetov, L.Tereshenko, E.Nuritdinov, M.Rahimov, S.Saidolimov, S.Usmanov va boshqalarni alohida ajratib ko'rsatishimiz mumkin.3
MUHOKAMA VA NATIJALAR O'zbek-fransuz hamkorligidagi joriy o'zgarishlarni biz quyidagi yo'nalishlarga ajratishimiz mumkin:
1. Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash masalasida. O'zbekiston-Fransiya hamkorligi evolyutsiyasidagi asosiy muammo ustuvor yo'nalishni belgilash masalasi edi: Fransiya O'zbekistonning rivojlanishida asosiy
1 Géopolitique de l'Ouzbékistan, Jacques Barrat, Coline Ferro, Charlotte Wang, Spm, 2011; F. Bozo, La Politique étrangère de la France depuis 1945, Champs Histoire, paris, 2012; F. Charillon, La Politique étrangère de la France. De la fin de la guerre froide aux révolutions arabes, éd. Documentation française, 2011; F. Charillon, La France peut-elle encore agir sur le monde, Armand Colin, Paris, 2010; R. Chauvancy, "La puissance moderne", Apopsix, Paris 2017; Marie-Christine Kessler, La politique étrangère de la France. Acteurs et processus, Paris, Presses de Sciences Po, 1999; Delors, Jacques. Le Nouveau concert européen. P., 1992; Vedrine, Hubert. Les mondes de François Mitterrand. A L'Elysee. 1981-1995. P., 1996; Gomart, Thomas. France's Russia Policy: Balancing Interests and Values // The Washington Quaterly, Spring 2007; Aldrich, Robert, and John Connell. France and World Politics, Routledge, 1989; Lequesne, Christian. French foreign and security challenges after the Paris terrorist attacks. Contemporary security policy 37.2 (2016): 306-318.
2 Юн С.М. Сравнительный анализ политики Германии, Великобритании и Франции в Центральной Азии, журнал Сравнительная политика, 2011 №4, Т.2, стр.50-64; Тимофеев П.П. Политика Франции на постсоветском пространстве, журнал Современная Европа, 2013 №2 (54), стр.86-100; Нишанов Д.Б. Внешняя политика Республики Узбекистан :в 90-е годы XX века, автореферат, Москва 2008; Жуков C.B., Резникова О. Б. Центральная Азия в социально -экономических структурах современного мира. М., Московский общественный научный фонд, 2001.
3 Айрапетов А.Г. Европейская политика Узбекистана. Ташкент, 2005; Внешняя политика Узбекистана: политика и экономика. Ташкент, 2001; Терещенко Л.П. Узбекистан и Франция: грани сотрудничества. -Ташкент, 2000; Нуриддинов Э. Международное сотрудничество Республики Узбекистан со странами Европы. Т.Чулпон, 2002; Жураев Замонавий сайлов тизимларининг шаклланиши демократик таравдиётнинг омили сифатида. (Франция тажрибаси асосида). сиёсий фанлар докторлиги илмий даражасини олиш учун диссертация. Т.:2009.-373б; Жураев Ривожланган давлатларда куппартиявийликнинг шаклланиши демократик таравдиётнинг му^им омили сифатида (Франция сиёсий тажрибаси мисолида). сиёсий фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. Т.:1999.- 320б; Саидолимов С., Усманов С. Узбекистан ва Франция: таравдиётнинг янги бос^ичидаги ^амкорлик. Китоб альбом. Т.:Узбекистон. 2019.-240б; Фармонов Р.Ф. Революция 1848-1849 гг. и политическое развитие Франции в период второй Республики (1848-1851 гг). Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора исторических наук. М. :1992. 35 стр.
Scientific Journal Impact Factor
urg'u tashkiliy va ma'muriy hamda qonunchilik islohotlariga berilishi kerak deb hisoblab kelgan bo'lsa, O'zbekiston uchun asosiy muzokara mavzusi investitsiya va savdo masalalari edi. Bu esa hamkorlikning ilk davrlaridanoq o'zaro harakatlar kordinatsiyasiga to'liq erishishga halaqit berdi.
Biroq, Fransiya hukumatining so'nggi yillarda butun Markaziy Osiyoga bo'lgan taktik siyosati qayta shakllanmoqda. Xususan, 2020 yil Fransiya hukumatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlari bo'yicha maxsus vakili Paskal Loro o'zining intervyusida, Fransiya uchun mintaqaning qayta ahamiyat kasb eta boshlashini quyidagi omillar: mintaqa geeografiyasi va uning qudratli qo'shnilari (Xitoy va Rossiya) faollashuvi, yirik tabiiy va inson zahiralari, sanoat va turistik salohiyati, va istiqbolda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan yagona mintaqaviy ichki bozor bilan bog'lagan holda, "Fransiya Markaziy Osiyo uchun ideal hamkor: biz ichki siyosatda mutlaqo neytralmiz, biroq sizning mamlakatlaringiz uchun juda ko'p narsa bera olishimiz mumkin. Ko'pgina qo'shnilarimizdan farqli ravishda, takrorlayman, biz sizning ichki ishlaringizga aralashmaymiz, mustaqilligingizni hurmat qilamiz va shunchaki sizning so'rovlaringizga javob beramiz va ehtiyojlaringizni qoniqtirishga harakat qilamiz"[3] deya ta'kidladi. Demak, Fransuz rasmiy doiralarida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarini siyosiy -ijtimoiy modernizatsiya qilish, demokratlashtirish, ichki o'zgarishlani amalga oshirishr o'rniga o'zaro munosabatlarga kirishganda "neytral hamkor" tushunchasi faol qo'llamoqda.
2. Savdo-iqtisodiy hamkorlikga doir. Fransiya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo va investitsiya sohasidagi sherikchilik munosabatlariga e'tibor qaratilsa, biroz kutilmagan ko'rsatkichlarga guvoh bo'lish mumkin. Misol uchun, 2019 yil yakuniga ko'ra, Fransiya O'zbekistonning davlat tashqi qarzi bo'yicha (o'zlashtirilgan investitsiyalar bo'yicha) 4-o'rindagi hamkori - Yevropada birinchi (Xitoy, Yaponiya, Koreyadan keyin)-345,8 mln $. Ammo, Fransiya O'zbekistonning savdo hamkorlari beshligiga kirmaydi, u O'zbekistonning 2020 yil yakuniga ko'ra 20-chi tashqi savdo hamkori (Yevropa mamlakatlari ichida 7chi, YI ga a'zo mamlakatlar ichida 6chi)[4]. Fransiya uchun esa, O'zbekiston 120-savdo hamkor, Fransiyadan import bo'yicha 106-o'rinda, eksport bo'yicha 146-o'rindagi hamkori[5]:
Ikki tomonlama hamkorlikning transformatsiyaga uchragan sohasi sohalaridan biri fransuz biznes strukturalarining O'zbekistonga kirib kelishidir. Fransiyaning tadbirkorlar birlashmasi bo'lmish MEDEF International4 tashkilotida 1992 yildan
4 MEDEF- Fransiya korxonalari harakati, fransuz tadbirkorlarining eng yirik tarmog'i. Savdo-sanoat palatasi vazifasini bajradi. 1998 yil Fransuz ishchilari milliy kengashi o'rnida tashkil etilgan.
469
Scientific Journal Impact Factor
buyon O'zbekiston -Fransiya ishchi kengashi faoliyat yuritsada faqatgina, 2015 yilga kelib bu kengash O'zbekistonda faollashdi. Shu yilda MEDEF va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o'rtasida O'zaro anglashuv memorandum imzolandi [6], bu esa keying 5 yil davomida ko'pgina fransuz kompaniyalarining O'zbekistonga kirib kelishi uchun yo'l ochdi. Agarda, 2019 yilga qadar O'zbekistonda Fransiyaning Alstom transport, CNH France S.A., Euromedex, Laboratoire innotech international, Legrand SNC, Sanofi-aventis groupe, Thales international kompaniyalari faoliyat olib borgan bo'lsa va bu korxonalarning asosiy qismi qishloq xo'jaligi va farmasevtika sohasida faoliyat olib borgan bo'lsa, birgina 2019-2020 yillarda Orexloisirs, Compagne des Alpes,Geode, Egis (arxitektura, turizm); Orano (uran); Assystem (energoboshqaruv); Total Eren (elektrenergiyasi); Suez (suv ta'minoti); Semmaris (agrologistika); Carrefour (savdo) kabi 10dan ortiq yirik fransuz kompaniyalari O'zbekistonda ish boshladi.
Ushbu O'zbekiston bozoriga kirib kelayotgan yangi fransuz kompaniyalarining katta qismi moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza va konsalting/loyihalashtirish hamda biznesni rivojlantirish sohalarida faoliyat yuritadi. Xususan, 2020 yil 9 dekabr kuni O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligi va Fransiyaning yillik savdo aylanmasi 9 mlrd yevro bo'lgan Rungis Semmaris kompaniyasi o'rtasida "Meva va sabzavot ulgurji savdo bozorlari tarmoqlarini tashkil etish bo'yicha hadli bitim" imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekistonda, birinchi o'rinda Toshkent, Samarqand va Andijonda 8ta agrologistika markazlari va 3ta ulgurji savdo bozorlari tashkil etiladi. Mazkur loyiha O'zbekiston qishloq xo'jaligini tuzulmaviy isloh qilishga va har yili noto'g'ri hosilni yig'ib olish va saqlash natijasida yo'qotiladigan meva va sabzavot hajmini 30%gacha qisqartirishga xizmat qiladi. Loyiha orqali 10 ming yangi ish o'rini yaratilishi rej alashtirilgan[7].
Boshqa bir muhim loyiha Fransiyaning Suez kompaniyasi va Toshkent shahar hokimiyati, O'zbekiston Respublikasi Uy-joy communal xo'jaligi vazirligi o'rtasida amalga oshirilmoqda. Yetti yilga mo'ljallangan (2020-2027 yy.) va qiymati 142 million yevro bo'lga loyiha Toshkent shahar suv ta'minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish va bu tarmoqlarni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga mos holda optimizitsiyalashga qaratilgan. Loyiha suv ta'minoti boshqaruvi, qurilish -montaj ishlaridan tashqari konsulting va kadrlar malakasini oshirish bilan shug'ullanuvchi O'zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona hisoblanuvchi "Uzbekistan water academy" (O'zbekiston suv akademiyasi) ni tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni ko'zda tutgan [8].
Scientific Journal Impact Factor
Fransuz kompaniyalari O'zbekiston hukumati bilan energetika sohasida ham keng qamroli hamkorlikni yo'lga qo'ya boshladi. 2019 yil Total Eren kompaniyasi bilan Quyosh elektrostansiyasini isha tushirish; Assystem korxonasi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, transportirovka va taqsimlashning yangi tarmoqlarini yaratish; Orano kompaniyasi bilan esa Uran qazib olish bo'yicha qo'shma korxona (51% Orano, 49% Ekologiya qo'mitasi) tuzish bo'yicha kelishuvlarga erishildi [9].
Demak, Fransiya va O'zbekiston iqtisodiyotning real sohalarida hamkorligi "davlat-xususiy sherikchilik" asosida olib borilmoqda: Fransiya tomonidan asosiy investorlar va tashabbuskorlar sifatida xususiy kompaniyalar va O'zbekistondan esa hukumat idoralari (vazirlik, agentlik, hokimliklar va b.q.) ishtirok etmoqda;
O'zbekiston-Fransiya savdo-iqtisodiy hamkorligi rivojlangan va rivojlanmagan mamlakatlar o'rtasidagi an'anaviy "mablag'/investitsiya evazsiga hom-ashyo" ya'ni "donor-retsipient" hamkorlik sxemasi asosida qurilgan deb bo'lmaydi. Hamkorlik O'zbekiston uchun strategik sohalarda (qishloq xo'jaligi, logistika, energetika, turizm, melioratsiya va b.q.) asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani takomillashtirishga yo'naltirilgan, ilg'or bilim va tajribani yetkazish, standartlashtirish bo'lgan uzoq muddatli loyihalar bazisida qurilmoqda. Loyihalarni ishlab chiqish, koordinatsiya qilish va boshqarish-barchasida fransuz kompaniyalari doimo to'liq ishtirok etmoqda.
Asosiysi, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab xorijiy kompaniyal ar orasida fransuz korxona va tashkilotlari yirik loyihalar ekspertizasini amalga oshirish va konsulting xizmatlarii ko'rsatish bo'yicha o'zbek milliy bozorni egallashga harakat qilmoqda.
3. Hamkorlikning mintaqaviy asoslari. Agarda yuqoridagi ikki o'zgarishlar asosan Fransiya hukumati va biznes doiralarining O'zbekiston va butun Markaziy Osiyoga bo'lgan munosabatidagi o'zgarish bilan bog'liq bo'lgan bo'lsa, o'zbek-fransiuz hamkorligidagi mintaqaviy masalalardagi o'zgarishlar O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi (YI) bilan hamkorlikni mustahkamlashga bo'lgan intilishlarini o'zida aks ettiradi.
Aslida, O'zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan o'zaro muloqoti va sherikchilik aloqalari rivojlantirib borish, savdo investitsion va moliyaviy hamkorlikni rovojlantirish, yuksak texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta'lim, ekologiya, sog'liqni saqlash, va madaniyat sohasidagi o'zaro manfaatli aloqalar, hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamkorlikning muhim yo'nalishlari deya hisoblaydi [10].
Scientific Journal Impact Factor
Shuningdek, O'zbekiston Prezindenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil mart oyida Yevropalik mutaxasislar bilan uchrashuvi chog'ida O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini kengaytirish uchun Polshaning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy va Avstriya sobiq kansleri Alfred Guzenbauer boshchiligidagi yevropalik mutaxassislar jalb qilinishi ham [11], O'zbekiston hukumati va rasmiy vakillarining YI bilan aloqalarni kengaytirishdan nechog'lik manfaatdor ekanligini anglatadi.
Istiqbolda, O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi savdo aloqalarining yangi bosqichga chiqganligi sabab O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi savdo ko'rsatkichlarining o'sish ehtimoli yuqori. 2021 yil 10 apreldan O'zbekiston mazkur preferensiyalar dasturiga qabul qilindi. GSP+ ishtirokchisi sifatida O'zbekiston standart GSP sxemasidan ko'ra ko'proq qo'shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi. Ya'ni, Standart GSP liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo'yicha tariflar bekor qilinadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz Yevropa Ittifoqiga 3000 turdagi mahsulot bojxona tariflarisiz va 3200 turdagi mahsulot arzonlashtirilgan to'lovlar asosida eksport qilayotgan bo'lsa [12], endilikda O'zbekiston GSP+ ishtirokchisi sifatida 6200 turdagi mahsulotlarni bojxona bojisiz YI hududiga eksport huquqini qo'lga kiritdi.
GSP+ sxemasidan hozirda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg'iziston ham benefitsiar hisoblanadi. GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konventsiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi [13].
Shunday qilib, O'zbekiston va Fransiya munosabatlari o'zaro manfaatli hamkorlik asosida qurilgan, istiqbolda rivojlanish tendensiyasiga va Markaziy Osiyoning hamkorlik yoki raqobat arenasiga aylanishiga ta'sir etgan holda, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega.
Fransiya hali ham Markaziy Osiyoda tashqi siyosatini isloh qilish bosqichida. Bugungi kunda u mintaqadagi beshta davlat bilan ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda. Ammo. yuqori ehtimollik bilan u Markaziy Osiyoda milliy manfaatlarini o'rta muddatli istiqbolda amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqi mexanizmlaridan foydalanishda davom etadi.
Hamkorlikning eng istiqbollari yo'nalishi bu savdo-iqtisodiy munosabatlardir. Fransuz kapitalining O'zbekistonga katta hajmda kirib kelishi, fransuz firmalarining
XULOSA.
mamlakatimiz iqtisodiy sektorlaridagi ishtirokining o'sishi va O'zbekistonning GSP+ mexanizmiga qo'shilishi esa ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishi ehtimoli yuqori.
O'zbekiston-Fransiya hamkorligi geografik to'siqlar, ikki tomonlama tuzilgan strukturalar, hamkorlik mexanizmlari, turli sohalardagi doimiy rasmiy dialoglarning juda kam soni ekanligi va O'zbekistonning jahon bozoriga integratsiyasining kechikishiga qaramasdan, ba'zi sohalarda, xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyalar nisbatida o'sish dinamikasini saqlab qoldi. Biroq, ikki mamlakat hali hanuz hamkorligining asosiy yo'nalishlarini aniqlab olish bosqichida, sherikchilik munosabatlarini to'liq diversifikatsiyalash bosqichiga yetib kelgani yo'q.
REFERENCES
1. International monetary fund, World Economic Outlook Database, October 2018, Report for Selected Countries and Subjects, https: //www.imf.org/external/p ubs/ft/weo/2018/02/weodata/index.aspx
2. France Economic Outlook, February 29, 2019, https://www.focus-economics.com/countries/france
3. Паскаль Лоро. Франция- идеальный партнер для Центральной Азии. https:cabar.asia/ru/paskal-loro-frantsiya-idealniy-partner-dlya-stran-tsentralnoj-azii. 13.03.2020
4. Внешнеторговый оборот Республики Узбекистан (за январь-декабрь 2020). Госкомстат 2021б стр.6
5. Fiche repères économiques pays. Ouzbékistan. Direction de la diplomatie économique. 2019. P.1
6. Делегация Medef International приняла участие в деловом форуме https://invest.gov.uz/ru/mediacenter/news/delegatsiya-medef-international-prinyala-uchastie-v-delovom-forume/
7. Франциянинг Rungis Semmaris компанияси кумагида Узбекистоннинг саккиз вилоятида агрологистика марказлари яратилади. https://invest.gov.uz/uz/mediacenter/news/with-the-support-of-the-french-company-rungis-semmaris-agrological-centers-will-be-created-in-eight-regions-of-uzbekistan/
8. SUEZ wins a 142 million euros contract to modernize and improve water services for the capital city of Uzbekistan. https://www.suez.com/en/news/press-releases/suez-wins-a-contract-to-modernize-and-improve-water-services-for-the-capital-city-of-uzbekistan
9. NON-TECHNICAL SUMMARY- 131,35 MWp Solar Tracking Bi-Facial PV project - Tutly Uzbekistan. 20 november 2020. Available at https://www.tota!-
Scientific Journal Impact Factor
eren.com/wp-content/uploads/2020/11/P 016410 2004 AA-93004 01-Total-Eren-
https://www.assystem.com/en/assystem-in-uzbekistan/,
https://uzassystem.uz/#!/activities; Orano formalizes its partnership in Uzbekistan with a joint venture. 12.04.2019. https: //www.orano .group/en/news/news-group/2019/december/orano-formalizes-its-partnership-in-uzbekistan-with-a-j oint-venture;
10. Узбекистон Республикасиинг "Узбекистон Республикаси Ташки сиёсий фаолияти концепцияси тугрисида"ги № УР^-330 сонли конуни// Олий Мажлис ахборотномаси, 2012, 9/1 (1437)-сон, 13-б.
11. Президент Узбекистана встретился с международными консультантами. https://president.uz/ru/lists/view/4251
12. Uzbekistan Country Information (GSP Hub). Monitoring missions and priorities in Uzbekistan. https: //gsphub .eu/country-info/Uzbekistan
13. Uzbekistan joins EU's GSP+ arrangement. 9 april 2021. Official site of European Commission. Avalaible at: https://trade.ec.europa.eu/doclib/press/index.cfm?id=2263
bi-fi-PV-Tutly-Uzbekistan-NTS final.pdf; Assystem
in
Uzbekistan