Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHILARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHILARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

3
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“ pedagog” / “profilaktika” / ma’muriy javobgarlik tugatish / jinoiy javobgarlik / davlat boji / kasbiy faoliyat / o’qituvchi va murabbiy / ta’lim tashkiloti.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boburjon Muzaffar O’g’li Sadullayev

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasidagi 52moddaning o‘qituvchilarga bo‘lgan e’tibori va ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Mazkur norma o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy va moddiy farovonligini oshirish, kasbiy rivojlanishiga qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat majburiyatlarini belgilaydi. Maqolada o‘qituvchilarning ijtimoiy va ma’naviy o‘rni, ta’lim sohasidagi yangiliklar va davlat qo‘llab-quvvatlovi haqida tahliliy ma'lumotlar taqdim etiladi..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHILARNING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA TA'LIM TIZIMIDA

O'QITUVCHILARNING O'RNI

Boburjon Muzaffar o'g'li Sadullayev

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova Inagamova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasidagi 52-moddaning o'qituvchilarga bo'lgan e'tibori va ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o'rniga bag'ishlangan. Mazkur norma o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy va moddiy farovonligini oshirish, kasbiy rivojlanishiga qo'llab-quvvatlash borasidagi davlat majburiyatlarini belgilaydi. Maqolada o'qituvchilarning ijtimoiy va ma'naviy o'rni, ta'lim sohasidagi yangiliklar va davlat qo'llab-quvvatlovi haqida tahliliy ma'lumotlar taqdim etiladi..

Kalit so'zlar: " pedagog", "profilaktika", ma'muriy javobgarlik tugatish, jinoiy javobgarlik, davlat boji, kasbiy faoliyat, o'qituvchi va murabbiy,ta'lim tashkiloti.

Dolzarbligi. Yangi O'zbekistonning rivojlanish strategiyasida ta'lim tizimini mustahkamlash, ayniqsa o'qituvchilarga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. O'qituvchilar davlat va jamiyat uchun sog'lom va bilimdon avlodni tarbiyalashning asosiy tayanchi sifatida e'tirof etiladi. Konstitutsiyaning yangi tahriridagi 52-modda aynan o'qituvchilarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, ijtimoiy himoyasi va O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.

Bugungi kunda o'qituvchilarning ma'naviy va ijtimoiy o'rni haqida chuqur tahlil qilish orqali davlat va jamiyat tomonidan ularga bo'lgan e'tiborning kuchayishi ta'lim sifatini yuksaltirishga yordam beradi. Shu bois ushbu maqola o'qituvchilar faoliyati va ularning jamiyatdagi o'rnini yoritishga bag'ishlangan bo'lib, mavzu dolzarbligini yanada oshiradi. Nima uchun o'qituvchi maqomi Konstitutsiya darajasida belgilanishi kerak degan savol tug'ilishi mumkin. Sababi shuki, o'qituvchi maqomini asosiy qonun darajasida mustahkamlash davlatning kelajak uchun

228

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^TheCOn

mo'ljallangan strategiyalarini amalga oshirishdagi ro'li va malakali kadrlar zaxiraisni yaratish masalasi bilan bog'liq. Ta'lim sifati va samaradorligini keng hamda zamonaviy bilimlarga ega o'qituvchisiz ta'minlashning iloji yo'q. Shu sababli o'qituvchining ijtimoiy va moddiy farovonligi uchun g'amxo'rlik qilish, uning haq-huquqlarini ta'minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Metodlar. Ushbu maqolani yoritishda qiyosiy-huquqiy tahlil, tarixiy, xolislik, ketma-ketlik metodlaridan foydalangan holda maqolini mazmuni, fuqarolik huquqi sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda yanada rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berildi.

Tadqiqot natijalari: Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, yangi Konstitutsiyaning 52-moddasi asosida o'qituvchilarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyi mustahkamlangan. O'qituvchi jamiyatning ma'naviy yetakchisi sifatida shakllanib, yosh avlodni ma'naviy tarbiyalash va madaniy salohiyatni oshirishda muhim rol o'ynaydi. Yangi Konstitutsiyada o'qituvchilarning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy rivojlanishi davlat tomonidan kafolatlangan.1 So'nggi yillarda o'qituvchilarning ish haqini oshirish, ularning kasbiy malakasini oshirish dasturlari va ta'limni modernizatsiya qilish orqali ta'lim sohasiga davlat tomonidan e'tibor kuchaytirildi. Yangi Konstitutsiyaning 52-modda2 asosida davlat o'qituvchilarning kasbiy jihatdan o'sishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu o'qituvchilar uchun qayta tayyorlov va malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda.

Shu o'rinda 2023-yil 1-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ikkinchi o'qishda qabul qilib, Oliy Majlis Senati tomonidan 2023-yil 29-sentyabrda ma'qullangan "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi3 qonun loyihasida ham pedagog-o'qituvchilarning haq-huquqlarini himoya qilish bo'yicha muhim ahamiyatga ega.

Ushbu qonun loyihasida pedagog tushunchasi, pedagogning maqomi, uning huquq va majburiyatlari hamda pedagog faoliyatining asosiy kafolatlari belgilangan. Xususan, qonunda quyidagilar o'z aksini topgan:

• pedagog xodimlarning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to'lashdan ozod etish;

1 To'xtamurodov M. O'zbekistonda huquqiy islohotlar va yangi Konstitutsiya // Darslik / Tashkent Davlat Yuridik Universiteti 2023 yil.

2 Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 52-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

2 O'zbekiston Respublikasi "Pedagogning maqomi to'g'risida" // Qonun / qonunchilik palatasi, 01.02.2023 yil O'RQ - 901 - son (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son)

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

229

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^

• pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, yig'ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash;

• ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili davriga o'qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirish;

• davlat ta'lim tashkilotlarida ilmiy faoliyat bilan shug'ullangan pedagogning bazaviy lavozim maoshiga to'lanadigan ustamaning miqdorlarini qonun darajasida belgilash;

• davlat ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni davlat tomonidan o'quv qo'llanmalar, birlamchi o'quv-uslubiy materiallar va o'quv qurollari bilan bepul ta'minlash;

• pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydigan shaxslar toifalarini belgilash;

• davlat ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog'liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko'rikdan bepul o'tkazish;

• pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash kafolatlari belgilangan.

Shuningdek, O'qituvchi-pedagoglarning majburiy mehnatga jalb etilishi jamiyatimizning og'riqli muammolaridan biri bo'lib kelayotgan edi. Ammo 2018-yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bunga chek qo'yildi. Biroq achinarlisi shuki, hozirgi kunda ham o'qituvchi-pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari uchrab turibdi. Ushbu holatlarni oldini olish,profilaktika va reabilitatsiya qilish maqsadida ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 52-moddasining ikkinchi qismida ham pedagoglarni mehnatga majburiy tarzda jalb qilganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unga ko'ra, shunday huquqbuzarlik ta'lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning XVI bobida maxsus vakolatli organlar bilan bir qatorda 1975-moddasida Ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilarning bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi nazarda tutiladi;

Bundan tashqari MJTK ning 283-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to'ldirildi:"Ushbu Kodeksning 197-5-moddasida nazarda tutilgan ta'lim

230

2024-yil, 7-dekabr

muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashilgan yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilingan taqdirda, ta'lim muassasasining pedagogik xodimi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzmasdan o'z arizasida huquqbuzarning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega" O'qituvchilar huquqlarini himoya qilish masalasi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham o'z aksini topgan. Kodeksning "Mehnatga ma'muriy tarzda majburlash" deb nomlangan 1482-moddasi uchinchi qismida "Mehnatga biron-bir shaklda ma'muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, ta'lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi"deb qayd etilgan. Pedagogik xodimning huquqiy maqomining normativ-huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:

1) "O'zbekiston Respublikasida ta'lim to'g'risida" qonuni - ta'lim olish huquqini amalga oshirish, ta'lim sohasidagi inson huquqlari va erkinliklarining davlat kafolatlarini ta'minlash va ta'lim olish uchun sharoit yaratish munosabati bilan ta'lim sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. ta'lim olish huquqini amalga oshirish; O'zbekiston Respublikasida ta'limning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini, O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarini, ta'lim tizimining faoliyati va ta'lim faoliyatini amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi. ta'lim sohasidagi munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy holati.

2) O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi - xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlarini belgilaydi, mehnatni muhofaza qilish, kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, bandlik, ijtimoiy sheriklik masalalarini tartibga soladi. Mehnatga haq to'lash qoidalari va mehnat me'yorlari hamda mehnatga oid nizolarni hal qilish tartibi belgilangan.

3) O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi - fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, 4) XMT/YUNESKOning o'qituvchilar maqomi bo'yicha tavsiyalari - pedagoglarning huquqiy maqomi to'g'risidagi birinchi xalqaro hujjat.4 Unda o'qituvchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularni

3 Yakubov Sh.U. Inagamova M.M. Oliy ta'lim transformatsiyasi: Yuneskoning "oliy ta'limga oid malakalami tan olish to'g'risida"gi global konvensiyasini ratifikatsiya qilish zarurati//Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology. Vol. 45 No. 1 (2024). P 5503-5509

2024-yil, 7-dekabr

231

tayyorlash, malaka oshirish, ishga olish va mehnat sharoitlariga oid xalqaro standartlar belgilab berilgan.

Kasbiy sohada o'qituvchilar huquqlarining buzilishining asosiy sabablari shaxsiy tadqiqot natijalarimga asoslangan holda:

O'tkazilgan tadqiqotlarim asosida o'qituvchilarning kasbiy sohadagi huquqlari buzilishining asosiy sabablarini aniqlash mumkin:

Ta'lim muassasasida lavozim yo'riqnomalarini yaratish va amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik;[

Umumta'lim muassasalarida pedagog xodimlarning ish vaqtini qonunga xilof ravishda oshirib yuborish, shuning uchun ham me'yoriy-huquqiy baza nuqtai nazaridan o'qituvchilarning o'z-o'zini rivojlantirish uchun bo'sh vaqti topa olmasligi;

Mamlakatda tug'ilishning o'sishi munosabati bilan umumta'lim muassasalarida o'quvchilar soni ortib bormoqda. Shu sababli professor-o'qituvchilarning ish yuklamasining meyyoridan oshganligi.

Pedagogik kadrlar huquqlarini huquqiy tartibga solishdagi jiddiy kamchiliklar.

Pedagogik xodimlar va o'quvchilarning ota-onalari o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi aniq huquqiy-me'yoriy qoidalarning yo'qligi;

Pedagog-o'qituvchilarning o'zlarining huquqiy layoqatsizligi tufayli tartibga solish sohasidagi zaifligi. Yosh o'qituvchilar uchun bu muammo, chunki bo'lajak o'qituvchilar tegishli ta'lim olishda o'rta va oliy o'quv yurtlarida kasbiy faoliyatning huquqiy asoslari normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishmaganliklari

Pedagogik xodimlarning o'z-o'zini rivojlantirish va ularning huquqiy himoyasi bo'yicha tavsiyalar

O'qituvchi mehnat shartnomasini umumiy ta'lim tashkiloti bilan tuzayotganda, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish uchun uni batafsil tanishtirishi kerak;

O'qituvchilar tarkibi ushbu ta'lim tashkilotining barcha ishtirokchilari uchun qoidalar va cheklovlarni belgilaydigan Nizom yoki boshqa rasmiy hujjat bilan tanishishlari kerak;

Pedagogik xodim ish vaqtini aniq chegaralashi va ish tartibi buzilgan taqdirda rahbariyatni xabardor qilishi kerak;

Pedagogik jamoa umumta'lim maktablari pedagog xodimlarining nafaqat umumiy, balki maxsus huquq va erkinliklarini tartibga soluvchi barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni atroflicha o'rganishi;

Pedagogik xodim qayerda o'z huquq va erkinliklari buzilganligini, qayerda o'zi boshqalarning huquq va erkinliklarini buzayotganini tushuna olishi, ziddiyatli vaziyatlar oldini olishi kerak;

232

2024-yil, 7-dekabr

Pedagok-o'qituvchilar belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslaridan o'tishlari kerak;

O'qituvchi ilmiy faoliyat bilan bog'liq tadbirlarda ishtirok etishi, o'quv dasturini ishlab chiqishda o'zini sinab ko'rishi, ilmiy maqolalar yozishi;

Psixologik nuqtai nazardan, o'z qobiliyatlari va qobiliyatlariga bo'lgan ishonch muhim rol o'ynaydi. O'ziga ishongan o'qituvchi muvaffaqiyatli o'qituvchidir.

XULOSA

Demak, umumta'lim muassasalarida pedagog kadrlarning qonuniy huquqlari va ularni himoya qilish masalasi zamonaviy jamiyatda muhim o'rin tutayotganini ko'ramiz. O'qituvchi tomonidan uning huquqiy maqomi to'g'risidagi hozirgi bilim darajasi uning manfaatlari hurmat qilinishiga hech qanday kafolat bermaydi. Bu bosqichda shuni alohida ta'kidlash joizki, o'z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun nafaqat ushbu sohadagi qonunchilik bazasini bilish, balki ulardan foydalana olish ham zarur. Boshqacha aytganda, har qanday sohada tartibga solish mexanizmlarini qo'llash bo'yicha kampetentsiya zarur huquqiy himoyani ta'minlaydi. O'qituvchining o'z huquqlarini samarali amalga oshirishi, shu jumladan, o'qituvchilik mahoratini oshirishga va kasbiy faoliyatning huquqiy jihatlarida o'z-o'zini tarbiyalash darajasiga bog'liq.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, ko'pchilik o'qituvchilar o'z huquqlarini etarli darajada bilmaydilar va ularni to'liq amalga oshirmaydilar;

O'zbekiston respublikasi qonunchiligi oqilona chegaralar doirasida o'qituvchilarga barcha zarur va kafolatlangan huquq va erkinliklarni beradi. Ularni sifatli amalga oshirish masalasi o'qituvchilarning o'zlari va ta'lim tashkiloti rahbariyati (o'qituvchilar tarkibidan iborat) zimmasiga tushadi, ular o'z navbatida ularning bajarilishini ta'minlashi va nazorat qilishlari kerak.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истик;боллар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

233

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tahkn^iamiTtmmmSmmm^n

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий MaKOMtf//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлaри//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистан Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. To'xtamurodov, M. (2023). O'zbekistonda huquqiy islohotlar va yangi Konstitutsiya. Tashkent Davlat Yuridik Universiteti

9. Pershina, L. B. Pedagogik xodimlarning huquqlari, erkinliklari va kafolatlarini amalga oshirishning dolzarb muammolari / L. B. Pershina. // Yuridik fanlarning dolzarb masalalari: IV Xalqaro materiallar. ilmiy konf. (Chita, 2018 yil aprel). — Chita: "Yosh olim" nashriyoti, 2018. — 5-7-betlar. - Matn: elektron -https://moluch.ru/conf/law/archive/284/13987/ (kirish sanasi 04.03.2023) Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. " O'zbekiston Respublikasi "Pedagogning maqomi to'g'risida" Qonun ( yangi tahrir)

3. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks

234

2024-yil, 7-dekabr

4. O'zbekiston Respublikasining jinoiy javobgarlik to'g'risidagi kodeks

5. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

6. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

7. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

8. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бош;аруви академияси. Жамият ва бош;аруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

9. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тад;и;отлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

235

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.