Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

10
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud hokimiyati mustaqilligi / konstitutsiyaviy asoslar / sud mustaqilligi va xolislik / konstitutsiya va sud tizimi / adolatli sudlov / O‘zbekiston konstitutsiyasi / sud hokimiyati va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar / sudyalarning huquqiy himoyasi / fuqarolik huquqlari himoyasi / sud tizimini konstitutsiyaviy mustahkamlash / huquqiy davlat va sud mustaqilligi / sud-huquq tizimidagi islohotlar / judicial independence / constitutional foundations / judicial independence and impartiality / constitution and judiciary system / fair trial / Cconstitution of Uzbekistan / relationship between judiciary and executive power / legal protection of judges / protection of citizens' rights / constitutional reinforcement of the judicial system / rule of law and judicial independence / reforms in the judicial-legal system

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Feruza Akramjon Qizi Xushnazarova

Mazkur maqola Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Yangi Konstitutsiyada sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash va adolatli sudlovni kafolatlashga yoʻnaltirilgan yangiliklar va me’yorlar koʻrib chiqiladi. Maqolada bu islohotlarning sud tizimi faoliyatiga taʼsiri, mustaqil sud hokimiyatining amaliy yutuqlari va mavjud muammolar muhokama qilinadi, shuningdek, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the constitutional foundations of judicial independence in the newly revised Constitution of the Republic of Uzbekistan. It examines the new provisions and amendments aimed at ensuring the independence of the judiciary and guaranteeing fair justice. The article discusses the impact of these reforms on the functioning of the judicial system, the practical achievements and existing challenges of an independent judiciary, as well as the prospects for future development

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI»

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Feruza Akramjon qizi Xushnazarova

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2 guruh talabasi

feruzaxushnazarova025@gmail .com Ilmiy rahbar: «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi Yuridik fanlar nomzodi, dotsent Kasimova A.A

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Yangi Konstitutsiyada sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash va adolatli sudlovni kafolatlashga yo'naltirilgan yangiliklar va me'yorlar ko'rib chiqiladi. Maqolada bu islohotlarning sud tizimi faoliyatiga ta'siri, mustaqil sud hokimiyatining amaliy yutuqlari va mavjud muammolar muhokama qilinadi, shuningdek, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: sud hokimiyati mustaqilligi, konstitutsiyaviy asoslar, sud mustaqilligi va xolislik, konstitutsiya va sud tizimi, adolatli sudlov, O'zbekiston konstitutsiyasi, sud hokimiyati va ijro hokimiyati o'rtasidagi munosabatlar, sudyalarning huquqiy himoyasi, fuqarolik huquqlari himoyasi, sud tizimini konstitutsiyaviy mustahkamlash, huquqiy davlat va sud mustaqilligi, sud-huquq tizimidagi islohotlar

This article analyzes the constitutional foundations of judicial independence in the newly revised Constitution of the Republic of Uzbekistan. It examines the new provisions and amendments aimed at ensuring the independence of the judiciary and guaranteeing fair justice. The article discusses the impact of these reforms on the functioning of the judicial system, the practical achievements and existing challenges of an independent judiciary, as well as the prospects for future development.

Keywords: judicial independence, constitutional foundations, judicial independence and impartiality, constitution and judiciary system, fair trial, Cconstitution of Uzbekistan, relationship between judiciary and executive power, legal protection of judges, protection of citizens' rights, constitutional reinforcement of the judicial system, rule of law and judicial independence, reforms in the judicial-legal system

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

357

2024-yil, 7-dekabr

Dolzarbligi. O'zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy asoslari mavzusi bugungi kunda katta dolzarb ahamiyatga ega. Chunki, demokratik davlat qurilishi va qonun ustuvorligini ta'minlashda sud hokimiyatining mustaqilligi muhim omil hisoblanadi. So'nggi yillarda O'zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar - jumladan, Konstitutsiya va boshqa normativ hujjatlarga kiritilgan o'zgartirishlar - sud hokimiyatini mustaqil va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan tuzilma sifatida rivojlantirishga qaratilgan. Bu islohotlar sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash bilan bir qatorda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolatli sudlovni kafolatlash, hamda investitsiya muhiti va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi. Shu boisdan, ushbu mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, balki mamlakatda huquqiy davlatni mustahkamlash va demokratiyani rivojlantirish yo'lida dolzarbdir.

Metodlar. Mavzu bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, qonunchilik hujjatlari, hisobotlar va maqolalar ko'rib chiqildi. Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari asosida sud mustaqilligi prinsiplari va qoidalarini tahlil qilish, boshqa davlatlarning sud mustaqilligi bo'yicha konstitutsiyaviy yechimlari va tajribalarini o'rganish, S sud mustaqilligi haqidagi qoidalar qanday tarixiy sharoitda va qanday o'zgarishlar asosida rivojlanganligini o'rganish, sud mustaqilligi ta'minlanganlik darajasini statistik ma'lumotlar yordamida tahlil qilish kabi metodlar sud hokimiyati mustaqilligini chuqur va asosli tahlil qilish imkonini beradi.

Tadqiqot natijalari. O'zbekistonda sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash Konstitutsiyaning 1992-yilgi tahriridan boshlab muhim prinsip sifatida belgilangan. 2023-yilgi Konstitutsiyaviy islohotlar ushbu prinsipni yanada rivojlantirib, sud mustaqilligini ta'minlashning huquqiy kafolatlarini mustahkamladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizga muvofiq sudlar faqat qonunga bo'ysunadi va sudyalarning mustaqilligiga hech kim aralasha olmaydi. So'nggi yillarda quyidagi yo'nalishlarda yutuqlarga erishilgan: Sudyalarning vakolat muddatlari va tayinlash tartibi takomillashtirildi; sudyalar oliy kengashi faoliyatining kengaytirilishi; Moliyaviy mustaqillik berild; sudyalarning daxlsizligi ularning konstitutsiyaviy huquqlari har qanday shakldagi bosim yoki ta'sirlar qarshisida himoya qilinadi. Shuningdek, sudlarning haqiqiy mustaqilligi nafaqat qonunchilikdagi o'zgarishlarga, balki sudyalar va boshqa huquqiy mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash kabi omillarga ham bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta'minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yilgan inson huquqlari va erkinlilarini

358

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti

^ashkeni^iaie^rans^sii^nivei^t^™

Konstitutsiya — inson qadri uchun

TheConStiiUmtOn^JOOZHmman—agmiy

ta'minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimyatining chinakam mustaqilligini ta'minlashda alohida o'rin tutadi. Sud mustaqilligi jamiyatda adolat tantanasining garovidir. Adolat va qonun ustuvor bo'lgan jamiyatda fuqarolar erkin va faravon yashaydi, davlat har tomonlama rivojlanadi.

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi va joriy yilning 1 may sanasida kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshdi, ya'ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilandi. Bu yangilanishlar tag zaminida faqat insoniylik omili yotadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham sud hokimiyatiga alohida bob ajratilgan bo'lib, konstitutsiyamizning moddalarida: oliy sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi hamda sud hokimiyatining, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi organlar, siyosiy partiyalardan mustaqil holda faoliyat yuritishi qat'iyan belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo'lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o'rinbosari etib saylanishi mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21 oktyabrida e'lon qilingan PF-4850-sonli "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo'ysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda to'la-to'kis ro'yobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va

1 O'zbeikton Respublikasi Konstitutsiyasi

2024-yil, 7-dekabr

359

takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi. Xususan, sudya lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini va shundan so'ng muddatsiz davrini belgilash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolatini tugatish, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o'tkazish kabilar nazarda tutildi2

Sudya lavozimida bo'lishning eng yuqori yoshini, ya'ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini - 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo'lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro'-e'tiborli sudyalar bilan to'ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi.

Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta'siridan holi bo'lishiga xizmat qiladi. "Harakatlar strategiyasi"dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri - sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta'minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. Joriy yilning 6-aprelida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to'g'risida"gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar to'liq o'z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitutsiyaviy maqomga ega bo'ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashishi o'z ifodasini topdi.3

O'zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi, xususan 2023-yilgi

2 "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi" // "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami"

3 https://constitution.uz/oz/pages/Sud_hokimiyati_mustaqilligi

2024-yil, 7-dekabr

360

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipial ravishda takomillashtirildi. Konstitutsiyamizning 109-moddasi sud tizimining davlat hokimiyatining mustaqil bo'lagi sifatida mustahkamlanishini kafolatlaydi. 110-moddasida esa sudyalarni lavozimidan asossiz ravishda ozod qilishga yo'l qo'yilmasligi, ularning muddatlari uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin emasligini huquqiy kafolat sifatida belgilaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sud hokimiyati faoliyatiga aralashuv qat'iy man etiladi. Konstitutsiya davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarga sud qarorlarini tanqid qilish va ularga ta'sir ko'rsatishni man etdi. Konstitutsiyamizning yangi tahriri sudlarning xalq uchun ochiqligi va ularda shaffoflik tamoyillari mustahkamlaydi. Bu sud tizimining adolatga erishish borasidagi ishonchni oshirishga qaratilgan. Konstitutsiyaviy asoslar sud hokimiyatining faqat qonun va odil sudlov tamoyillariga amal qilgan holda qaror qabul qilish huquqini kafolatlaydi. Bu sud hokimiyatining boshqa sohalardan to'liq mustaqilligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.Yakuniy natijada, sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, faqat huquqiy me'yorlar emas, balki bu tamoyillarning amalda to'liq bajarilishini talab qiladi. O'zbekistonning bu boradagi konstitutsiyaviy yangiliklari mamlakatda adolatli va xalqchil sud tizimini shakllantirish yo'lidagi muhim qadamlardan biridir.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Кучга кириш caHac^01.05.2023

2. O'Zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022 — 2026-Yillarga Mo'Ljallangan Yangi O'Zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi To'G'Risida

3. https://sud.uz/

361

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.