XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA INNOVATSION FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH ZARURATI
Djalilov Faxriddin Azimovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti faxriddindj alilov2024@gmail. com
Annotatsiya: Ushbu maqolada xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yo'llari va vositalari, innovatsion faoliyatni rivojlantirishnini omillari, xizmat ko'rsatish sohasidagi innovatsion tadbirkorlik innovatsiyalardan foydalanishning iqtisodiy mazmuni va mohiyati, innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning turli mexanizmlari va amalga oshirish usullari tadqiq qilingan.
Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyat, innovatsion tadbirkorlik, innovatsion biznes, innovatsion faoliyatni rag'batlantirish, ixtirochilar, konstruktorlar, texnologlar.
НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
В СФЕРЕ УСЛУГ
Джалилов Фахриддин Азимович
Доцент Самаркандского государственного университета имени Шарафа
Рашидова
faxriddindj alilov2024@gmail. com
Аннотация: В данной статье исследуется пути и средства государственной поддержки инновационной деятельности в сфере услуг, факторы развития инновационной деятельности, экономический смысл и сущность использования инновационного предпринимательства в сфере услуг, различные механизмы и методы реализации государственного регулирования и поддержки инновационного предпринимательства.
Ключевые слова: инновационная деятельность в сфере услуг, инновационное предпринимательство, инновационный бизнес, стимулирование инновационной деятельности, изобретатели, конструкторы, технологи.
THE NEED TO DEVELOP INNOVATIVE ACTIVITIES IN THE SERVICE
SECTOR
Jalilov Fakhriddin Azimovich
Associate Professor of Sharaf Rashidov Samarkand State University faxriddindj alilov2024@gmail. com
Abstract: This article explores the ways and means of state support for innovative activities in the service sector, factors for the development of innovative activities, the economic meaning and essence of the use of innovative entrepreneurship in the service sector, various mechanisms and methods for implementing state regulation and supporting innovative entrepreneurship.
Keywords: innovative activity in the sphere of services, innovative entrepreneurship, innovative business, stimulation of innovative activity, inventors, designers, technologists.
KIRISH
Xalqaro tajribaning ko'rsatishicha, xizmat ko'rsatish sohasida sifat jihatdan o'sishni ta'minlovchi yangiliklarni tizimli tarzda amaliyotga joriy qilish jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Hozirgi iqtisodiy taraqqiyotning innovatsion modellari va "aqlli" texnologiyalarni realizatsiya qilayotgan davlatlar yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan holda barqaror iqtisodiy o'sish dinamikasiga ega bo'lmoqda. Bunday davlatlarning barqaror rivojlanishi natijasida ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta'minlash moddiy ishlab chiqarish omillari, va mehnat resurslari hisobga emas, balki, aynan innovatsion ishlanmalar va g'oyalarga asoslanadi.
Respublikamizning xizmat ko'rsatish sohasida ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish)da innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushiga ega bo'lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, xizmatlar bozorida raqobatbardosh xizmatlarga hamda qulay innovatsion-investitsiya muhitiga ega mamlakatga aylantirish bo'yicha davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda respublikamiz iqtisodiyotini to'liq innovatsion modeliga o'tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag'batlantirishning samarali tizimini yaratishni zarurat etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O'rganilayotgan muammoga bag'ishlangan ilmiy ishlarda "innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlash" kategoriyasiga turli xil ta'riflar berilgan. G.A.Yarin fikricha, "Innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlash innovatsion tadbirkorlikni
shakllantirish va rivojlantirish uchun innovatsion ishbilarmonlik muhiti faoliyati uchun huquqiy-siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, raqobatbardosh va boshqa shart-sharoitlarni davlat organlari tomonidan ta'minlash mexanizmidir"1.
Iqtisodchi olim I.V.Vaxramovning fikricha, davlatning innovatsion-investitsion siyosati samaradorligini oshirishdan kutilayotgan natijalar, uning innovatsiyalarni joriy qilishdagi obyektiv holatlari, ya'ni risk darajasining mavjudligi, yangi texnologiyani yaratish, xizmat ko'rsatish jarayonlari vaqtini sezilarli darajada qisqartirish, ilmiy muhit va innovatsion infratuzilma rivojlanishining o'zaro muvofiqligi, ilmiy-tadqiqot ishlarini osonlashtirish uchun tegishli infratuzilmani shakllantirish, ushbu faoliyat uchun ulkan kapital sig'imi yuqori tizimlarni shakllantirishning zarurati, iste'mol bozoridagi raqobat muhiti, kichik innovatsion korxonalar uchun davlat kafolatlarini taqdim etish, innovatsiyalar va mutaxassis-kadrlarga qo'yiladigan yuqori talablar bilan belgilanadi. Mazkur maqsadlarga erishish tarkibiy va infratuzilmaviy o'zgartirishlar umumiy dasturini realizatsiya qilish bilan bog'liq2.
Yudov S.D. esa innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash innovatsion tadbirkorlikni faollashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va shu bilan shug'ullanuvchilarning aholi qatlamlari orasida turmush farovonligini oshirish uchun qulay huquqiy, soliq va ma'muriy muhitni yaratishdan iborat ekanligini ta'kidlagan3.
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning ilmiy-amaliy jihatlari dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ulardan eng asosiysi institutsional muhit hisoblanadi. Ushbu jarayonda davlatning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish bir qator holatlar bilan belgilanadi. Bizningcha, ular qo'yidagilar:
- xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag'batlantirish bo'yicha tegishli qonunchilik bazasining takomillashmaganligi;
- sohada investitsion resurslardan foydalanish imkoniyati bo'yicha muammolarning mavjudligi;
1 Ярин Г.А. Экономика предприятия (в малом и среднем бизнесе): Учеб. Пособие. 2-е изд., перераб.и доп. -Екатеринбург. УрГЕУ, 2002. - с. 70.
2 Вахрамов И.В. К вопросу о методах стимулирования инноватсий в РФ/ И.В. Вахрамов// Инноватсии [Электронный ресурс]. — 2007.- № 5
3 Юдов С.Д. Совершенствование механизмов государственной поддержки малого предпринимателства в националной экономике. Дисс. На соис. Уч. Степени канд. эк. наук. - М., 2004.
- sohada innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan soliq imtiyozlarini berish bo'yicha rag'batlar tizimining takomillashmaganligi;
- xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlaridagi to'siqlar va kamchiliklar;
- innovatsion tadbirkorlarning manfaatlari va huquqlarining yetarli darajada himoyalanmaganligi;
- «innovasion mahsulot (xizmat)lar bozori»ning yetarlicha rivojlanmaganligi.
Davlat innovatsion siyosatining ahamiyati innovatsion jarayonlarning obyektiv
xususiyatlari, ya'ni yuqori darajadagi tavakkalchilik, ilmiy muhit va innovatsion infratuzilmaning rivojlanish darajasiga bog'liqlik, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yaratish uchun katta kapital sig'imi, halol raqobat va tadbirkorlikni keng rivojlantirish imkoniyatlari, innovatsiyalar, kadrlarning ilmiy-texnik malakasiga qo'yiladigan yuqori talablar kabilar bilan belgilanadi [4].
Innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash innovatsion tadbirkorlikni faollashtirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va shu bilan shug'ullanuvchilarning aholi qatlamlari orasida turmush farovonligini oshirish uchun qulay huquqiy, soliq va ma'muriy muhitni yaratishdan iborat.
Davlatning innovatsion faoliyatni rivojlantirishga munosabati uni rivojlantirishning yaxlit siyosati bilan ifodalanadi (1-rasm). Innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan davlat innovatsion siyosati belgilangan maqsad va vazifalar, tamoyillarni belgilash, turli mexanizmlar va ixtisoslashtirilgan davlat institutlarini yaratish asosida ishlab chiqilgan innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarining mutanosib tizimidir. Mahsulot va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda, shuningdek, shu asosda mahalliy tovarlarni sotish bozorlarini kengaytirishda namoyon bo'luvchi xo'jalik subyektlarining faol innovatsion siyosati yalpi ichki mahsulot hajmi o'sishini ta'minlash, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, iqtisodiyot sohalri va tarmoqlarida zamonaviy texnik-texnologik tuzilmalarni shakllantirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotini xomashyo yo'nalishidan yuqori texnologiyalarga yo'naltirilgan innovatsiyalar sohasiga o'tkazish muhim vazifalaridan biridir. Bu ilm-fan, ta'lim va yuqori texnologiyalar sohasidagi qiyosiy ustunliklarini oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardosh salohiyatini keskin oshirish va shu asosda iqtisodiy o'sish va aholi farovonligini ta'minlashning yangi manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, maqsadlari va mexanizmlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-son Farmoniga muvofiq "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish" konsepsiyasida
keltirilgan4. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish inson intellekti va ijodiy salohiyatini iqtisodiy o'sish va milliy raqobatbardoshlikning yetakchi omiliga aylantirish demakdir.
AH Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-auvvatlashning asosiy yo'nalishlari
Moliya-kredit mexanizmini ishlab chiqish
Analitik-axborot ta'minotini takomillashtirish
Kadrlarni tayyorlash tizimining rivojlanishi
ЩШ Raqobatni rivojlantirishga yo'naltirilgan monopoliyaga qarshi ko'rashish bo'yicha davlat siyosati
Soliq tizimini takomillashtirish
Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning me'yoriy huquqiy bazasi
1-rasm. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-
quvvatlashning asosiy yo'nalishlari5
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotini xomashyo yo'nalishidan yuqori texnologiyalarga yo'naltirilgan innovatsiyalar sohasiga o'tkazish muhim vazifalaridan biridir. Bu ilm-fan, ta'lim va yuqori texnologiyalar sohasidagi qiyosiy ustunliklarini oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardosh salohiyatini keskin oshirish va shu asosda iqtisodiy o'sish va aholi farovonligini ta'minlashning yangi manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, maqsadlari va mexanizmlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-son Farmoniga muvofiq "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish" konsepsiyasida
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmoni. -httpc://lex/uz/docs/5073447
5 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
keltirilgan6. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish inson intellekti va ijodiy salohiyatini iqtisodiy o'sish va milliy raqobatbardoshlikning yetakchi omiliga aylantirish demakdir.
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining strategik maqsadi etib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion va yuqori texnologik formatiga o'tish, mamlakatimizning raqobatdosh ustunliklarini ishga solish va to'g'ri safarbar etish, innovatsion mahsulotlar hajmini kengaytirish, jadal iqtisodiy o'sishni ta'minlaydigan yo'nalishlarga investitsiyalarni yo'naltirish, aholi turmush darajasini bir necha bor yaxshilash, ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalarning innovatsion yondashuvga hamda ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalarga asoslangan ilmiy yechimini topish, xalqaro miqyosda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek "Ilmfan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi va "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi qonunlar ijrosini ta'minlash hisoblanadi"7.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun xizmat ko'rsatish va servis sohasida innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Biz, O'zbekistonning turli hududlarining amaliy tajribasini tahlil qilish asosida hududiy xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqdik (2-rasm).
Fikrimizcha, ushbu mexanizmning o'ziga xos jihati shundaki, yetakchi o'rin viloyatdagi xizmat ko'rsatish sohasidagi korxona va tashkilotlarga berilgan. Mexanizm tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda faol ishtirok etishga yo'naltirilgan, uning manfaatlarini inobatga oladi va hududdagi korxonalar tomonidan innovatsiyalarga bo'lgan talabni rivojlantirishga qaratilgan. Keng ma'noda mazkur mexanizm tashabbuslar va uni amalga oshirish bo'yicha tadbirlar - ilm-fan va biznes hamkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish yo'nalishlarini belgilaydi.
6 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmoni. -httpc://lex/uz/docs/5073447
7 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmoni. -httpc://lex/uz/docs/5073447
_____i__
Ilmiy-tadqiqot Innovatsiyalarni yaratuvchilar
institutlari, oliy ta'lim bilan tovar ishlab chiqaruvchilar
muassasalari, hamkorligi, sohada innovatsion texnoparklar faoliyatni rivojlantirish
Xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion rivojlanishi bo'yicha qo'llab-quvvatlash
vo'nalishlari
Innovatsiyalarni ommalashtirish
Innovatsiyalar bilan ishlash uchun xizmat ko'rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. Innovatsiyalarni omma-lashtirishning tashkiliy masalalarini ko'rib chiqish. Xizmat ko'rsatish sohasida turli xil tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalrni axborotlar bilan ta'minlash. Innovatsion rivojlanish markazlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati.
1
Xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion infratuzilmani rivojlantirish
Innovatsiyalarni yaratish
Jahon tajribasini o'rganish, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanish muammolarini tadqiq qilish, g'oyalarning yuzaga kelishi va ilmiy-texnik ishlanmalar rejasiga uning kiritilishi. Ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish, intellektual mulk obyektlari sifatida yakunlangan ilmiy
ishlanmalarni rasmiylashtirish. Fan sig'imiga ega mahsulotlar va xizmatlarni o'zlashtirishga innovatsiyalarni tayyorlash.
Innovatsiyalarni o'zlashtirish
Nau-xauni o'zlashtirish. Xizmat ko'rsatish va
boshqaruvda innovatsiyalarni joriy etish.
Ekspremental loyihalar
va maydonlar. Innovatsiyalarni ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot muassasalariga ko'maklashish. Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari, transfer markazlari, texnoparklar, biznes inkubatorlarni rivojlantirish.
2-rasm. Xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan
qo' llab-quvvatlash8
8 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Xizmat ko'rsatish va servis sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- innovatsion faoliyat natijalari tufayli hududni yangi turdagi xizmatlar bilan ta'minlash;
- hududning xizmat ko'rsatish sohasidagi korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari asosida ko'rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish;
- hududning xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion tadbirkorlik faoliyati subyektlarining manfaatlarini huquqiy tartibga solish va himoya qilish;
- innovatsion sohada raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, hududdagi innovatsion va tadbirkorlik tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash;
- hududda zamonaviy innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
- davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish orqali hududiy innovatsion tizimning turli elementlarining o'zaro hamkorligini ta'minlash.
Respublkamiz hududlarida xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyat rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan muammolardan biri innovatsiyalarga talab va taklif o'rtasidagi nomuvofiqlikning mavjudligi hamda tadbirkorlar, olimlar va aholining innovatsion madaniyatining pastligi, o'z ixtirolaridan foydalanish va ularni targ'ib qila olmasligi hisoblanadi. Shunga ko'ra, milliy va hududiy innovatsion siyosatning zarur elementi quyidagi asosiy yo'nalishlarda innovatsion madaniyatni oshirish chora-tadbirlariga qaratilishi lozim:
- xizmat ko'rsatish sohasi korxonalari va tashkilotlari hamda oliy ta'lim muassasalari uchun innovatsion sohada ishlash uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- korxonalar va aholiga intellektual mulk obyektlarini ro'yxatga olish masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
- innovatsion tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishning marketing mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- innovatsion tadbirkorlar va aholini ilg'or mahalliy va xorijiy innovatsiyalar to'g'risida axborot bilan ta'minlashni amalga oshirish.
- hududda innovatsion infratuzilma elementlarini shakllantirish, rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash.
Hozirgi kunda xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi restrukturizatsiya qilish bosqichidadir. Shunga ko'ra, innovatsion loyihalarni boshqarish ularni realizatsiya qilish bo'yicha qarorlarni qabul qilishni metodik ta'minlashdagi kamchilik bo'lib hisoblanadi. Mazkur holatdan kelib
chiqadigan bo'lsak, zamonaviy xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish zarur.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bizningcha, zamonaviy xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish quyidagi choralarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
- zamonaviy xizmat ko'rsatish tarmoqlarida korxonalar va tashkilotlar faoliyatining muhim yo'nalishlari doirasida ilmiy tadqiqotlarni o'tkazishga konsentratsiyalash;
- sohada texnologik yo'l xaritalarini yaratish asosida innovatsion faoliyatga kichik va xususiy xizmat ko'rsatish korxonalarini jalb qilish;
- fan sig'imi yuqori bo'lgan xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatini rag'batlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion faoliyat natijalarini xarid qilish va sotish;
- xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatining moliyaviy samaradorligini oshirish usullari va vositalarini joriy etish;
- xizmat ko'rsatish korxonalarida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida resurslardan foydalanishni optimallashtirish vositalarini qo'llash;
- innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar yoki korxonalar tomonidan aniqlanadigan mezonlardan kelib chiqib, foydali bo'lgan innovatsion loyihalarga resurslarni yo'naltirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmoni. -httpc://lex/uz/docs/5073447
2. Ярин Г.А. Экономика предприятия (в малом и среднем бизнесе): Учеб. Пособие. 2-е изд., перераб.и доп. -Екатеринбург. УрГЕУ, 2002. - с. 70.
3. Вахрамов И.В. К вопросу о методах стимулирования инноватсий в РФ/ И.В. Вахрамов// Инноватсии [Электронный ресурс]. — 2007. - № 5
4. Юдов С.Д. Совершенствование механизмов государственной поддержки малого предпринимателства в националной экономике. Дисс. На соис. Уч. Степени канд. эк. наук. - М., 2004.
5. Аоки М. Фирма в японской экономике. Информация, стимулирование и заключение сделок в японской экономике [Текст] / М. Аоки: пер. с англ. - СПб., 1995. - С. 314-315.
6. Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. [Текст] / И.Т. Балабанов. - СПб.: Питер, 2001. - 304 с.
7. Ernazarov O.E. Innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish // Diss. iqt. fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). - Toshkent: TDTU, 2021. 28-29-b.
8. Djalilov F.A. Xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari // Diss. iqt. fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). - Samarqand: SamISI, 2023. 109-130-b.