Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI'

KICHIK BIZNES FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1059
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / iqtisodiy o’sish / YAIM / tadbirkorlik salohiyati / xususiylashtirish / protekstionistik model / iqtisodiy inqiroz / Marginal Social benefit / Marginal Social Cost.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — S. B. Sattorova, F. B. Shakirova

Ushbu maqolada kichik biznes faoliyatining davlat tomonidan qo’llab – quvvatlashning nazariy asoslari yaqqol ko’rsatilgan. Davlatning kichik biznes faoliyatida kamroq aralashuvi bu faoliyatning tezroq rivojlanishiga asos bo’ladi. Yan shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bu yerda 3 ta model yoritilgan. Ularni o’rganish mobaynida bu modellarni amalga oshirsak, davlat paternizmini yaratamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

KICHIK BIZNES FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI

S. B. Sattorova - TDTU talabasi Ilmiy rahbar: F. B. Shakirova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kichik biznes faoliyatining davlat tomonidan qo'llab -quvvatlashning nazariy asoslari yaqqol ko'rsatilgan. Davlatning kichik biznes faoliyatida kamroq aralashuvi bu faoliyatning tezroq rivojlanishiga asos bo'ladi. Yan shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bu yerda 3 ta model yoritilgan. Ularni o'rganish mobaynida bu modellarni amalga oshirsak, davlat paternizmini yaratamiz.

Tayanch so'zlar: integratsiya, iqtisodiy o'sish, YAIM, tadbirkorlik salohiyati, xususiylashtirish, protekstionistik model, iqtisodiy inqiroz, Marginal Social benefit, Marginal Social Cost.

Jahon iqtisodiy integratsiya sharoitda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 54,3 foizi, Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSH da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes ulushiga to'g'ri kelmoqda". Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, yo'lovchi tashish umumiy temir yo'l transportining 20,0 % ini, shu jumladan, tezyurar poyezdlar hozirgi kunda faqat 1,0% ni tashkil etadi - (Hindiston va Yaponiyada yo'lovchi tashish miqdori bo'yicha yuk tashish hajmidan oshadi). Jahon temir yo'llarining 2 trln. yo'lovchi-km yo'lovchi aylanmasi mamlakatlar bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: Yaponiya va Yevropa - 370-380 mlrd. yo'lovchi-km; Hindiston va Xitoy - deyarli 300 mlrd. yo'lovchi-km; boshqa mamlakatlar - 200 mlrd. yo'lovchi-km.

Yuqorida qayd etilgan holatlar mamlakat aholisining hayot darajasini oshirish uchun tadbirkorlik salohiyatini (TS) rivojlantirish, uning barqaror sur'atlarda o'sishini ta'minlash, mustaqil xo'jalik yuritish tashabbuskorligidan samarali foydalanishga imkon beruvchi institutsional asoslarini takomillashtirib borishni taqozo etadi. Bunda KBXT subyektlari faoliyatini davlat tomonidan iqtisodiy dastak va vositalar orqali qo'llab-quvvatlashda selektivlik tamoyilini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ushbu yondashuv davlat tomonidan KBXTni qo'llab-quvvatlashning nazariy asoslarini takomillashtirishni, tadbirkorlik salohiyatini (TS) oshirish uslubiyoti va strategiyasini

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

takomillashtiruvchi yangi ilmiy dastur yaratishni va muammolarni tizimli hal etish imkonini beradi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning uchta muhim yo'nalishini alohida ta'kidlash o'rinlidir, bular:

- tovar va xizmatlar bozorida talab va taklifni muvozanatini kuzatish va zarur holda unga aralashish;

- korxonaning ichki muhitini tartibga soladigan fiskal va kredit siyosatni amalga oshirish;

- mavjud davlat institutsional tizimning o'z - o'zini tartibga solish mexanizmini yaratish.

KBXTning davlat tomonidan qo'llab - quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi sabablarning doirasida o'z faoliyatiga ko'chaytirilgan talablarga mos bo'lishi kerakligini taqoza etadi. Ushbu sabablar quyidagilardir:

- mahsulot(xizmat) hayotiy (layoqatlilik) davrining qisqarganligi, tovarlarning turi va bir martalik turkum mahsulotlar chiqarish hajmi ko'payganligi sababli tovar(xizmatlar) turlarini tezda o'zgartirish imkonini beradigan yuqori o'zgaruvchan ishlab chiqarishga bo'lgan ehtiyoj;

- mehnatni tashkil etish va taqsimlash nazoratining mutlaqo yangi shakllarini talab qiladigan murakkab texnologiyalar;

- mahsulotni sotgandan keyingi xizmat ko'rsatish va qo'shimcha xizmat qiladigan mahsulot sifatiga munosabatni tubdan o'zgartiradigan mahsulot (xizmat ko'rsatish) bozoridagi jiddiy raqobat;

- ishlab chiqarish to'lovlari tarkibining birdaniga o'zgarishi; tashqi muhit noaniqligini hisobga olish ehtiyoj i.

Iqtisodiy adabiyotda davlat tomonidan kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning zarurligi nazariy jihatdan asoslangan va quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi deb ta'kidlanadi.

- mablag' to'plashda yordamlash, jumladan, imtiyozli kreditlar, maxsus dasturlar doirasida subsidiyalar berish, kreditlarni davlat tomonidan kafolatlash kabi moliyaviy ko'mak berish;

- tadbirkorga soliqlardan imtiyozlar berish, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari va kashfiyotlar uchun xarajatlar qismi hajmida foydadan olinadigan soliqdan chegirma qilish, foyda hisobidan soliqqa tortilmaydigan maxsus maqsadlardagi jamg'armalar tuzishga ruxsat berish, olingan foydani pasaytirilgan stavkalar bo'yicha soliqqa tortish;

- jadallashtirilgan amortizatsiya;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish sohasida ko'maklashish, texnikaviy va boshqaruvda yordam berish chora-tadbirlari tizimi;

- davlat buyurtmalarini bajarishda kichik biznes ishtirokini ta'minlash;

- yirik firmalar bilan integratsiya aloqalariga ko'maklashish.

Iqtisodchi olim Nurislom To'xliyevning fikriga ko'ra, O'zbekistonda XX asrning 90-yillar boshida kichik biznesni rivojlantirish asosan uchta yo'nalish bo'yicha olib borilgan :

- xususiylashtirish, ya'ni davlat ixtiyoridagi davlat mulkini xususiy sektorga o'tkazish yo'li bilan kichik korxonalarni tashkil etish;

- kichik korxonalarni yangidan tashkil qilish;

- kichik korxonalarni yirik tuzilmalardan ajratish orqali monopoliyadan chiqarish, turar joy va kommunal xo'jaligini rivojlantirishda.

KBXTni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash nazariyasida, obyekt komponentlari va jarayonlardagi aloqalar hamda munosabatlar jamlamasini tizim sifatida qarab, u statik holatda emas, balki tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo'lishi talqin etiladi.Aytish mumkinki, KBXT ni qo'llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlar uchun juda murakkab va aniq choralarni ko'rishni talab qiladigan jarayondir.

Jahon tajribasida kichik biznesni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash amaliyotiga e'tibor qaratsak, sohani qo'llab-quvvatlash prinsipida davlat paternalizmi (otalikka oluvchi) prinsipini alohida ko'rsatish mumkin. Buning mohiyati shundaki kichik biznesni qo'llab - quvvatlash uch xil yondashuv modeli orqali amalga oshiriladi.

Birinchi model proteksionistik (muhofazachilik) modeli bo'lib, unda rivojlangan davlatlarning iqtisodiy inqirozdan chiqishdagi tajribasi va amaliyotini, kichik biznesni qo'llab - quvvatlashning maqsadli dasturlarini o'zida aks ettiradi. Kichik biznesning eng rivojlangan vatani Amerika Qo'shma Shtatlari iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega samarali tadbirlar qatorida "Kichik biznesda innovatsion tadqiqotlar dasturi" (SBIR) va "Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi" (STTR) kabi dasturlar orqali soha qo'llab-quvvatlanadi.

Ikkinchi model mazkur modelning aksi bo'lib, unda proteksionistik (muhofazachilik) usullarini qo'llamaydigan yondashuvdir. Jahon tajribasida bunga misol qilib Fransiyadagi kichik biznesni qo'llab - quvvatlashga yo'naltirilgan yirik ko'lamli dasturlar qabul qilinmasligini ko'rsatib o'tish mumkin.

Uchinchi modelda ikkala model birlashadi. Jumladan, Buyuk Britaniyada bunday yondashuvni kuzatish mumkin. Bu yondashuvda davlat darajasida e'lon qilingan kichik biznesni qo'llab - quvvatlash chora - tadbirlari proteksionistik bo'lmagan usullar yordamida amalga oshiriladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Nazariy jihatdan yondashganda davlatning KBXT subyektlarini iqtisodiy qo'llab-quvvatlash davlatning bozor munosabatlarini tartiblashtirish unsurlaridan biridir.

Fikrimizcha, ushbu jarayonni amalga oshirishda quyidagilarni inobatga olish zarur. Jumladan, qo'llab-quvvatlashning maqsadi jamiyat miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy naflikni (Marginal Social Benefit) va biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion taraqqiyotini ta'minlash, resurslardan foydalanishda Pareto-samaradorligiga erishish, aholining turmush faravonligini muttasil oshirishga qaratilishi lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda:

- birinchidan, biznes subyektlarini iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlashning chegarasi marjinal ijtimoiy naflik marjinal ijtimoiy xarajatlar (Marginal Social Cost) dan yuqori bo'lishi;

- ikkinchidan, davlatning biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlashning pastki chegarasi qisqa muddatli, manzilli va muqobil darajada bo'lishi lozim.

Fikrimizcha, davlatning biznes yuritishga ortiqcha aralashuvi bozor mexanizmiga zid kelishi, subyektlarning raqobatbardosh bo'lishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va innovatsion taraqqiyotiga xalal berishi mumkin. Shu bois, davlatning biznes subyektlarini qo'llab - quvvatlashi selektiv (tanlama) tarzda, korxonalarning "Start-up" bosqichida amalga oshirilishi lozim.

1. http: \\ www. ifc. prg.msmecountryindicator.

2. www.worldbank.org.

3. Gorfinkelya V. Y., Shvandera V. A. " Ekonomika predpriyatiya: uchebnika dlya vuzov" Yuniti- Dana 2000 c274

4. To'xliyev N. Mo'jizakor "mitti"lar\\ Xalq So'zi 2001 yil 10 aprel

5. Kolesnikova L. Poryadok dlya xaoca: gosudarsvo I predprinimatelstvo v perexodnoy ekonomiki M:2001 c.77

6. Chjen V. Sistema podderji predprinimatelsva T: 1995

Foydalanilgan adabiyotlar:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.