INNOVATSION TA'LIMNING RIVOJLANISHI M. I. Islamova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
Sh. D. Ablakulov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqodchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqolada Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimida innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini, innovatsion ta'limning rivojlanishi, tendentsiyalar va istiqbollari, innovatsion ta'limni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion muhit, innovatsion faoliyat, innovatsion ta'lim, innovatsion tendentsiyalar, ilm-fan, ta'lim tizimi.
DEVELOPMENT OF INNOVATIVE EDUCATION
ABSTRACT
This scientific article discusses the issues of innovative activities of educational institutions, the development of innovative education, trends and prospects, the implementation of innovative activities in the development of innovative education, along with the creation of an innovative environment in the system of continuing education in the country.
Keywords: innovation, innovative environment, innovative activity, innovative education, innovative trends, science, education system.
KIRISH
Bozor shart-sharoitlarida o'z hayotiy layoqatini barqaror saqlashga intiladigan har qanday ta'lim muassasasi pirovard natijada ilm-fan sohasida yoki kadrlar tayyorlash tizimida biron bir yangilikni yaratishga, yangi g'oyalarni amalga oshirishga, ya'ni g'oyalarning moddiylashtirilishiga hamda bozorlarda salohiyat xaridorlarga sotilishiga erishishi lozim. Ta'lim muassasalarining faoliyatini tijoratchilik asosida yo'lga qo'yilishi ularni funktsional vazifalaridan birmuncha
chalg'itishi mumkin albatta, ammo ilmiy-innovatsion faoliyat bilan
shug'ullanish oxir oqibatda o'quv yurtlariga moddiy jihatdan o'z-o'zini ta'minlash imkoniyatini yaratib beradi.
Respublikamiz miqyosida amal qiluvchi innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish ob'ektiv ehtiyojga aylangan. Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion sikl vaqt o'lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat majmuasidir.
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini joriy etishda innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardai olib qaralsa, innovatsion jarayon vaqt o'lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat yig'indisidir.
Innovatsiya uchun asos bo'lib xizmat kiluvchi fundamental g'oya va bilimlarning, ularni amalda ko'llash quyidagi natijalarga olib keladi:
- istiqbolli bo'lmaydigan loyihalarni aniqlab olish va to'g'ri qaror chiqarish;
- innovatsion g'oyani amaliyotga tatbiq etish jarayonida yanada takomillashtirish;
- yangilikni texnologik xususiyatlariga, boshqaruv va tashkiliy faoliyat yuritish uchun mas'ul bo'lgan tizimlarning xarakteriga moslashtirish imkoniyati bo'ladi.
Innovatsion potentsialning moliyaviy resurslardan foydalanish funktsiyalari
esa:
- innovatsionlarni joriy etish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslarning kelib tushishini ta'minlash;
- moliyaviy resurslarning innovatsion jarayonlarning mos holda ta'minlanish sharoitini yaratish;
- innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishi takomillashtirish;
- innovatsiyalarning yaratilishi uchun shart-sharoit yaratib berish, va rag'batlantirish;
- mavjud innovatsion tizimning funktsional faoliyati va rivojlanishi bilan bog'liq turli xil ehtiyojlarga mos keladigan innovatsion loyihalarning yaratilishiga ko'maklashish;
- innovatsion loyihalarni xarajatlarning optimal va samarador- ligini ta'minlash.
Y.Shumpeter innovatsion sohada faoliyat yurituvchi sub'ektlarning quyidagi funktsional vazifalarini belgilab beradi:
- innovatsiyalarni o'zlashtirishdan manfaatdor bo'ladigan potentsial iste'molchilarni aniqlash maqsadida tijorat tahlilini amalga oshirish;
- istiqbolli g'oyalar mualliflarini, funktsional faoliyat yuritish uchun imkoniyat beruvchi manbalarni izlab topish;
- yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish jarayonlarini tashkillashtirish;
- yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini qo'llab-quvvatlash.
- ilm-fan sohasida kashf etilgan yangi g'oyalarning moddiy tusga kiritilishi bosqichida innovatsion faoliyat sohasidagi novatorlik mehnati yaxshilash;
Guruhdagi o'zaro shaxsiy munosabatlarni o'qituvchi, jamoa shakllanishiga qadar bo'lgan bosqichda maqsadli tashkil etishi lozim. Buning uchun u yuqori darajada rivojlangan kommunikativ o'quvga-munosabat va aloqalar o'rnatishga moyillik va iqtidor, ta'lim oluv-chilarni tushuna bilishga ega bo'lishi kerak.
S.V.Kondrat'evaning ma'lumotlariga ko'ra o'qituvchining ta'lim oluvchilarni tushunish darajasi va uning ularga ta'siri qandayligi o'rtasida muayyan o'zaro bog'liqlik mavjud. Tushunish darajasi yuqori bo'lgan o'qituvchida xarakterni shakllantiruvchi ta'sir birinchi o'rinda turadi, tushunish darajasi past bo'lgan o'qituvchida esa-intizomiy ta'sirdir.
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PF -6108-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida mamlakatimizda ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini joriy etish xususiyatlari, uning ahamiyati va zaruriyatidan kelib chiqqan holda vazifalar belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarorida ta'lim sifatini oshirish masalalari bo'yicha vazifalar uzluksiz ta'lim tizimining har bir bo'g'ini uchun alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, bu vazifalarni amalga oshirishda ta'lim texnologiyalarini qo'llash asosida o'qitish jarayonini tashkil etish ham o'z ahamiyatiga ega.
Amaliyotga joriy etiladigan innovatsiyalar jamiyat tomonidan e'tirof etilishi oqibat natijada vujudga keladi. Bu xususda quyidagi global tendentsiyalarni alohida ko'rsatib otamiz:
1.Ta'lim tizimini demokratlashtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida uzluksizlik va uzviylikni ta'minlash, ta'lim muassasalari mustaqilligini mustahkamlash.
2.Aholining barcha qatlamlari uchun ta'lim olishga teng imkoniyatlar yaratish. 3.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta'lim oldiga yangi vazifalar qo'yishi. Kasb
o'rganish uchun ta'lim olish bilan birga kelajakda ishlash uchun emas, balki o'z shaxsiy ehtiyoji uchun ta'lim olishning rivojlanib borishi va boshqalar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ularni amalga oshirishda innovatsion ta'limning quyidagi rivojlanish printsiplari asosida ish olib borilishi lozim.
• Ta'lim va amaliyotning o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlash, kadrlarni amaliyotda ishlashga tayyorlash;
• Ilm-fan yutuqlarini ta'limga keng joriy qilib borish:
• Ta'limning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, hayot mobaynida uzluksiz ta'lim;
• Bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta'minlash, ta'lim muassasalari an'analarini shakllantirish va rivojlantirib borish;
• Ta'lim va tarbiyani qo'shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash;
• Yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan intelligentsiyani tarbiyalash. Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari:
• Ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali
foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish.
• Ta'lim muassasalarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi;
• Ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining ko'payib borishi, byudjetdan tashqari moliyalashtirish;
• Ta'lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni tashkil etadi.
O'quv yurtlari o'rtasidagi integratsion aloqalar o'rnatish natijasida innovatsion faollikning ahamiyati quyidagicha:
1.Amaliy tadqiqotlarning shakllanish ko'nikmalari, professional yechimlarni qabul qilishga yordam beradi;
2. Bilimlarni samarali o'zlashtirish imkonini yaratadi ;
3. Bilimlarni to'plashdan mustaqil ta'lim olish mexanizmlarini yaratish va tadqiqot faoliyati ko'nikmalariga o'tish jarayoni rivojlantirish imkonini yaratadi:
4. O'quvchilarning qobiliyatlarini shakllantirish va ularda bilim ko'nikmalarini
mustahkamlaydi;
5. Ijodiy va kasbiy bilim qobiliyatini rivojlantiradi;
6. O'quvchilarning sotsial moslashuvi uchun psixologik shart sharoitlar yaratadi.
Milliy ta'lim tizimlari innovatsion faollik ular faoliyatiga ta'sir kursatib kelmoqda, ular bir-biridan taraqqiyot darajasi, maqsad va vazifalari, milliy va tarixiy xususiyatlari, an'analari, aholini qamrab olish darajasiga ko'ra keskin farqlanadi.
Ta'lim tizimini rivojlantirish uchun mamlakatimizning ilmiy-texnik va innovatsion potentsialini barqaror saqlash xamda rivojlantirish zarur. Buning uchun quyidagi yunalishlar bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
- mavjud konunchilikka innovatsion sohadagi faollikni yanada jadallashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradigan yangi takliflar kiritish;
- ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratish uchun, ilm-fan yutuklaridan keng ko'lamda foydalanish asosida innovatsion faoliyat sub'ektlarini va ulardagi faollarni qo'llab-quvvatlash;
- yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro'yobga oshirish bilan bog'lik bo'lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib boshqarib boradigan maxsus innovatsion guruhlarni yaratish;
- bilimli, tajribali professional ilmiy-texnik xodimlari, olimlari va mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion loyixalarni ishlab chiqib ularni ro'yobga oshirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik ushbu faoliyatni boshqarib turadigan ta'lim muassasalariaro Forsayt markazlarini tashkil qilish.
Innovatsion guruhlar faoliyat va undagi faollikani tartibga solish mexanizmlarini boshqaruv funktsiyalari orqali muvofiqlashtirib borish quyidagilarni amalga oshirishga bog'liq:
- ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik istiqbollarni to'g'ri belgilash;
- turli xil ilmiy izlanishlarni va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan mablag'larni akkumulyatsiyalash;
- innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
- innovatsiyalarni rag'batlantirish; innovatsion sohada raqobatchilikni kuchaytirish va ta'lim tizimidagi innovatsion faoliyatni amalga oshirishda salohiyatli kadrlar ta'minotiga ahamiyat berish;
- ilmiy-innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
- amalga oshirilishi mo'ljallangan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy yo'nalishli bo'lishligini ta'minlash;
- ta'lim tizimida innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini ko'tarish;
- ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni regional mikyoslarda tartibga solish;
XULOSA VA TAKLIFLAR
Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga joriy etilishi natijasida ta'lim sifatiga ta'sir etishi hammaga ma'lum. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan ta'lim muassasalari
raqobatbardoshlikka ega. Bu esa o'z navbatida turli xil dasturlarni tashkil etishda va integratsiya qilinishida xizmat qiladi. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan muassasalar - bu lider, ya'ni bu ta'lim muassasalarining faol ishtirokini bildirib, chet ellik hamkorlar bilan mustahkam tashqi munosabatlarni bildiradi. Bu - muassasalar qulay bo'lib, ya'ni xavfsizlikni ta'minlaydi va to'liq infratuzilma bilan (meditsina, sport, mediateka, psixolog - pedagogik kuzatuv, informatsion markaz va boshqalar) ajralib turadi. Bunda muassasalar innovatsion faoliyatni ham samarali yuritadi, ya'ni yangi tashkillashtirilgan texnologiyalarni, yangi dasturlarni va uslublarni ishlab chiqadi. Biz bularni quyidagicha guruhlarga bo'lishimiz mumkin:
Birinchi guruh:
1.Ta'lim maqsadi va mazmuniga oid innovatsiyalar;
2.Pedagogik jarayonda foydalaniluvchi metodlar, vositalar, usullar, texnologiyalarni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Ta'lim va tarbiya shakllari va usullarini o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar;
4.Ta'lim muassasasi rahbariyati, pedagoglar va ta'lim oluvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar;
Ikkinchi guruh:
1.Yakka, muayyan ta'lim muassasasiga oid, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lmagan innovatsiyalar;
2.Kompleks holdagi, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan innovatsiyalar;
3.Tizimli, ta'lim tizimini to'liq qamrab olgan va barcha ta'lim muassasalariga tatbiq qilish mumkin bo'lgan innovatsiyalar.
Uchinchi guruh:
l.Mavjud tizim (o'quv rejalari, DTS, fan dasturlari)ni qisman o'zgartirish,
rivojlantirish, takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar;
2.Nisbatan chuqurroq o'zgarishlarga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Tub islohotlarga qaratilgan innovatsiyalar. To'rtinchi guruh:
l.Muayyan hududni zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan innovatsiyalar;
2.Ijtimoiy buyurtmani qondirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Inson haqidagi fanlarning yutuqlarini o'rganishga qaratilgan innovatsiyalar; 4.Ilg'or pedagogik tajribalarni tatbiq etishga qaratilgan innovatsiyalar;
5.Ta'lim muassasasi rahbariyati va pedagoglarning malakasini oshirib borish, ishga ijodiy yondoshuv, mas'uliyat va fidoyilikni tarbiyalashga qaratilgan innovatsiyalar;
6.Tajriba-sinov ishlari, yangiliklarni sinash uchun ma'lum bir ta'lim muassasalarida qo'llab ko'rib, ijobiy tajribalarni, yutuqlarni ommalashtirishga qaratilgan innovatsiyalar;
7.Ilg'or xorijiy tajribalar, jahondagi nufuzli ta'lim muassasalarining yutuqlarini joriy etishga qaratilgan etishga qaratilgan innovatsiyalar va boshqalar.
Innovatsion ta'limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko'rsatilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda, ta'lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish, elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.
2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
3. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).
4. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини
шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).
5. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2).
6. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебно-производственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).
7. Ernazarova, G. (2016). Development of training professional activity of vocational college students. Наука и Мир, 2(11), 100-102.
8. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.
9. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.
10. Avlaev, O. U., Burkhanov, A. A., Ismoilova, D. M., & Norkuzieva, M. A. (2020). Factors Affecting the Intellectual Dynamics of the Individual. Test Engineering & Management, 83, 693-702.
11. Musurmonov, R., Burkhonov, A., & Musurmonova, M. (2021). Innovative activity-a factor of educational efficiency. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(3), 1238-1241.
12. Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4).
13. Мусурмонов, Р., & Расулов, А. (2021). Мактаб менежменти-таълимни янги боскичга кутариш омили. Academic research in educational sciences, 2(2).
14. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истщболлар, 1, 33-34.
15. Рахмонов, А. Р. (2019). Инновацион таълим кластери укув фаолиятига самарали усул сифатида.«. Барцарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар» халцаро илмий-амалий анжуман, 2, 46.
16. Raxmonov, A. R., & Luxmanov, D. B. (2020). МакаЫаМа ta'limning ijtimoiy
sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences, (4).
17. Элмурзаева, Н. Х. (2020). Ихтисослаштирилган давлат таълим муассасаларида таълим жараёнини ташкил этишга куйиладиган педагогик талаблар. Academic research in educational sciences, (4).
18. Бобоскин С .Я. Инновационный проект: Методы отбора и инструменты анализа рисков. Учебное пособие - М.: Дело АНХ, 2009. - 240 стр.
19. Шарифхужаев М.Ш. Менежмент: Дарслик // - Т.: "Укитувчи", 2001. - 704 с.
20. Уроков А., Федотов И.В. Методы и модели оптимизации управленческих решений. Учебное пособие. - М.: Дело АНХ, 2009. -240 стр.
21. Отакулов М.К. Совершенствование учебного процесса на основе дистанционного интерактивного программного продукта. Материалы Республиканской научно-практической конференции «Внедрение в учебный процесс ВВОУ новых педагогических и информационных технологий». Т.: 2010й.,140 стр.
22. Голов Р. Инвестиционное проектирование: Учебник. - М.: "Дашков и К ", 2010 г.
23. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.