Научная статья на тему 'Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi'

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
486
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / investitsiya / strategiya / davlat / milliy iqtisodiyot / innovatsion faoliyat / tartibga solish / budjet / kapital / logistika

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Salimjon No‘monjonovich Qurbonov

Ushbu maqolada “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasi, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni hamda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, milliy iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish siyosati va shu kabi boshqa masalalar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi»

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi

Salimjon No'monjonovich Qurbonov Namangan muhandislik-qurilish instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasi, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni hamda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, milliy iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish siyosati va shu kabi boshqa masalalar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, investitsiya, strategiya, davlat, milliy iqtisodiyot, innovatsion faoliyat, tartibga solish, budjet, kapital, logistika

State regulation of innovation activities

Salimjon Numonzhonovich Kurbonov Namangan Civil Engineering Institute

Abstract: This article examines the Law of the Republic of Uzbekistan "On Innovation Activity", the country's innovative development strategy, state regulation of innovation activity, state support for the development of the national economy and innovation activity, investments and innovative development of the national economy, state regulatory policy and other similar issues.

Keywords: innovation, investment, strategy, state, national economy, innovative activity, regulation, budget, capital, logistics

Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. (Sh.M.Mirziyoyev, O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti.)

"Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida [1] ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, uning sub'yektlari, obektlari, infratuzilmasi, sohani tartibga solish tizimi va uni moliyalashtirish mexanizmi huquqiy jihatdan mustahkamlangan.

Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta'minlash, ustuvor yo'nalishlarni belgilash, zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish,

innovatsion faoliyat sub'yektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim jihatlarni o'z ichiga olgan.

Ta'kidlash lozimki, davlat innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlashni innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, innovatsion faoliyat sub'yektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish, respublika Davlat budjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish, innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo'jalik yurituvchi sub'yektlar mablag'larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish, shu bilan bir qatorda, ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg'or texnologiyalarning davlat xaridlarini tashkil etish hamda innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish orqali amalga oshiradi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, joriy yilning 13-mart kuni Vazirlar Mahkamasining 128-son "O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini

2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi"gi qarori qabul qilinib, unda O'zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Mazkur hujjatda innovatsion infratuzilma sub'ektlari tarmog'ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish, kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni ta'minlash, yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning g'oyadan yakuniy iste'molchigacha bo'lgan kompleks tizimini ta'minlash orqali innovatsiyalarga bo'lgan talabni rag'batlantirish, shuningdek, yaratilgan kapitalni "tubdan yangilovchi" innovatsiyalarga qayta yo'naltirish tizimini shakllantirish hamda ta'limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko'nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish kabi masalalar nazarda tutilgan [2].

Hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarining zamonaviy qarashlari investitsiyalar va innovatsiyalar o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni tushunishga asoslanadi.

Ularning bir-birini to'ldiruvchi ta'siri shundan iboratki, innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining kapital qurilishi (va investitsiya faoliyatining boshqa shakllari) mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy va logistika infratuzilmasini rivojlantirish uchun turtki bo'ladi.

Bu yangi ish o'rinlari yaratib, hududning yashash uchun jozibadorligini oshirsada, lekin mamlakatimizda investitsiya va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga hududlarning iqtisodiy rivojlanishidagi sezilarli nomutanosibliklar to'sqinlik qilib kelmoqda. Ushbu jarayonlarda birinchi navbatda, investitsiya va innovatsion rivojlanishning asosiy predmeti bo'lgan hududlarni rivojlantirishning investitsion va innovatsion jarayonlarini o'rganish doirasida ularning sanoat salohiyati past chastotali mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilganligi bilan izohlash mumkin. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiyotdagi ichki va tashqi omillar ta'sirida yuzaga kelgan transformatsion siljishlarni tartibga solish siyosatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasida samarali iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini tartibga solish tamoyillarini amalga oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashning kalitidir. Vaqt o'tishi bilan nafaqat geosiyosiy vaziyat va siyosiy elitaning afzalliklari, balki milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari ham o'zgaradi. Bu milliy iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish siyosatiga muayyan o'zgartirishlar kiritish zarurligini belgilaydi va shuning uchun milliy iqtisodiyotni, uning alohida sohalari hamda tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni yaratishni rag'batlantiradi.

Davlat tartibga solish siyosati har tomonlama shakllantirilishi, amalga oshirilishi, tashqi va ichki omillarning o'zgarishi hamda rivojlanish ustuvorliklarining moslashuvini hisobga olishi, iqtisodiyotning turli sohalarini tartibga solishning sohaviy normalar va qoidalar, moliyaviy va tartibga solish rejimlari (soliq, bojxona, kredit, valyuta kurslarini boshqarish, davlat nazorati va boshqalar) majmui orqali belgilanishi kerak. Shu bilan birga, rivojlanishga ta'sir qiluvchi mexanizmlar ma'lum bir soha yoki sanoatga ta'sir qilish xususiyatiga qarab farqlanishi kerak.

Belgilangan ustuvor vazifalarga erishishga qaratilgan tartibga solish siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga aynan shunday yondashuv milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni samarali boshqarish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni tartibga solish siyosatida maqsadli o'zgarishlarni boshqarish va ularning samaradorligini baholash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy o'sishning kontseptual-metodik masalalari va iqtisodiy rivojlanishni global, milliy hamda mintaqaviy o'lchovlarda barqarorlik asosida iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mahalliy va

xorijiy olimlaming ishlarida, hususan H.Daly [3], G.Brundtland [4], K.Linnerud, E.Holden [5], C.Kroll, V.Zipperer [6], J.P.W.Scharlemann [7] J.D.Sachs [8], Xarrington J. [9] A.Van de Ven, M.S.Poole [10] B.Burkinskyi, O.Laiko, M.Losyev [11], N.Malyshev [12] va boshqalarning ishlarida ko'rilgan.

Umuman, iqtisodiyot va tarmoqlari darajasidagi tartibga solish siyosatining muammolarini MDH davlatlaridan Yu.Yu.Shves [13], N.V.Shibaeva [14], S.V.Ivanov [15], V.I.Lyashenko [16], I.P.Vorobeva [17], S.M.Kulik [18], O.A.Kolesnikov [19], R.M.Nureev [20], Yu.S.Simon [21], G.G.Pivnyak, V.Ya.Shves, L.L.Palexova [22] tadqiqotlarida o'rganilgan.

Shu bilan birga, milliy iqtisodiyotni rivojlanish kontekstidagi tartibga solish siyosati haqidagi g'oyalar turli xil uslubiy yondashuvlar bo'yicha H.P.Abulqosimov [23], M.Q.Pardayev [24], A.A.Vahobov [25], N.M.Maxmudov [26], D.Q.Axmedov [27], S.A.Abdurahimova [28], M.H.Abulqosimov, S,R.Topildiyev [29] va boshqalar ish olib borishgan.

Olimlarning milliy iqtisodiyot rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi va tartibga solish siyosatini takomillashtirish bo'yicha to'plangan tajribani e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash kerakki, zamonaviy muammolar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning tartibga solish siyosatini yanada chuqurroq o'rganishni, uning o'zgarishlarini baholash asoslari, tartibga solish siyosatini o'zgartirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish o'rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirishni uslubiy jihatdan takomillashtirishni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida, milliy iqtisodiyotimizning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni boshqarishning kontseptual va uslubiy asoslanishi, amaliy xarakterdagi tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish zaruratini, uning dolzarbligini, maqsadi va vazifasini belgilab berdi.

Milliy iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish siyosatini tizimli tadqiq qilishning uslubiy yondashuvini asoslash va shu asosda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni boshqarishning konseptual modelini shakllantirish maqsadida belgilangan natijaga erishish uchun bir qator vazifalar shakllantirilib, ijobiy hal etilmoqda.

Iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishini tartibga solishning nazariy yondashuvlarni umumlashtirish va takomillashtirish, zamonaviy sharoitda milliy iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, innovatsion-investitsion faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va uni tartibga solish aspektlarini o'rganish, tartibga solish siyosati turlarini tizimlashtirish va ularning tasnifini kengaytirish, tashqi tartibga solish siyosati tajribasini joriy etish bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyot sub'yektlarining investitsiya va innovatsion faoliyatining holatini tadqiq etish, iqtisodiyot sub'yektlarining

investitsiya va innovatsion faolligini ekonometrik baholashni amalga oshirish, baholash ko'rsatkichlarini guruhlash belgilarini tahlil qilish va tartibga solish siyosatini baholashga yondashuvni ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni boshqarishga yondashuvni takomillashtirish, prognozli yondashuv asosida tartibga solish siyosatini o'zgartirishga qaratilgan iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion rivojlanishining tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish kabi masalalar shular qatoridan o'rin olgan.

Iqtisodiyotni investitsion-innovatsion rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solinishi natijasida bir qator ilmiy yangiliklarni amalga oshirish imkoniyati tug'iladi. Shu jumladan, iqtisodiyotning investitsiya va innovatsion faoliyat boshqaruv jarayonlarini tashkil etish metodologiyasi arxitekturasini belgilash asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni tartibga solish siyosatidagi nazariy-kognitiv, uslubiy, tahliliy yo'naltirilganlik, rejalashtirish-optimallashtirish va amalga oshirish-nazorat darajalari ajralib turadi. Bu esa, tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni optimallashtirish jarayonini takomillashtirish va shu asosda rivojlanishni tartibga solish amaliyotiga o'zgartirishlarni rejalashtirish va joriy etish, shuningdek, ular ustidan nazoratni boshlash imkonini beradi.

Milliy iqtisodiyot rivojlanishini retsept, kategoriyaviy, mazmunli, uslubiy-instrumental va diagnostik o'lchovlarni o'z ichiga oladigan polidiagnostik baholashga indeks usuli, yig'ish va kalibrlash usullarining kombinatsiyasiga asoslangan yondashuv ishlab chiqilib, tartibga solish siyosati indekslarini aniqlash va sohalar bo'yicha jamlangan rivojlanish indeksidan foydalangan holda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solish siyosati o'rtasidagi munosabatlarni modellashtirish natijalari asosida tuzilgan tartibga solish siyosatidagi o'zgarishlarni boshqarish uchun uch o'lchovli matritsa, baholashning klassifikatsion xususiyatlarini tizimlashtirish natijalariga asoslangan va polidiagnostikani amalga oshirish mantiqini aks ettiruvchi baholashning muammoli-kontseptual, axborot, uslubiy va funktsional sohalarini uyg'un kombina-tsiyasi orqali milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash taklif etiladi.

Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini o'rganishga qo'shimcha yondashuv, bu uning tasnifi va tipologiyasining alohida elementlarining uyg'un kombinatsiyasini o'z ichiga oladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanishini uning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha parchalanish bilan ko'rib chiqishga, ularni taqsimlashga imkon beradi. Rivojlanishning tezlashi yoki sekinlashi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning alohida sohadagi rivojlanishi tartibga solish siyosati ta'siriga qay darajada moslashuvchanligini aniqlash lozim bo'ladi.

Umuman olganda, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur

huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish imkonini beradi.

Фойдаланилган адабиётлар

1. "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining

0'RQ-630-son Qonuni. 24.07.2020 yil https://lex.uz/docs/-4910391.

2. https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/uzbekistonning_2024-2025_yil-larga_ muljallangan_innovacion_rivojlanish_strategiyasi_qanday_amalga_oshiriladi

3. Daly H. Towards A Steady-State Economy. URL: http://theoildrum.com/node/ 3941. (Accessed: 07.10.2019).

4. Brundtland G.H. (Ed.) Report of the World Commission on Environment and Development: Our Common Future. UN General Assembly, 1987. URL: https://sustainabledevelopment.un.org/content/documents/5987our-common-future.pdf (Accessed: 30.09.2019).;

5. Linnerud K., Holden E. Five criteria for global sustainable development. International Journal of Global Environmental Issues. 2016. Vol. 15. № 4. P. 300314.

6. Kroll C., Warchold A., Pradhan P. Sustainable Development Goals (SDGs): Are We Successful in Turning Trade-Offs into Synergies? Palgrave Communications. 2019. Vol.5. №1. URL: https://www.researchgate.net/publication/337203432_Sustainable_ Development_Goals_SDGs_Are_we_successful_in_turning_trade-offs_into_synergies (Accessed: 30.03.2020).

7. Scharlemann J.P.W. Interactions among the SDGs and why they are important: Technical Report. SSRP Brief #1, University of Sussex. 2018. URL: https://www.researchgate.net/publication/326583498_Interactions_among_the_SDGs _ and_why_they_are_important (Accessed: 25.03.2020).

8. Sachs J.D. The Age of Sustainable Development. New York: Columbia University Press, 2015. 543 p.

9. Харрингтон Дж. Совершенство управления изменениями. Москва: Стандарты и качество, 2008. 132 с.

10. Van de Ven A., Poole M. S. Explaining Development and Change in Organizations. Academy of Management Review. 1995. Vol. 20. № 3. P. 510-540.

11. Burkinskyi B., Laiko O., Losyev M. Realization of sustainable development aims for industry and innovations on glocalization principles. Economic Innovations. 2018. Vol.20. №4 (69). P. 7-22. https://doi.org/https://doi.org/10.31520/ei. 2018.20.4(69). 7-22.

12. Malyshev N. The evolution of regulatory policy in OECD countries. URL: http://www.oecd.org/gov/regulatory-policy/41882845.pdf (Accessed: 28.11.2019).

13. Швец Ю. Ю. Регуляторная политика государства в управлении качеством и конкурентоспособностью услуг. Симферополь: ДИАЙПИ, 2013. 108 с.

14. Шибаева Н.В. Определение и принципы регуляторной политики. Экономический анализ: сб. науч. пр. Тернополь, 2014. Т. 18. №1. С. 114-119.

15. Иванов С. В. Строительная отрасль как один из векторов развития Украины: состояние, практика и перспективы: монография / НАН Украины, Ин-т экономики пром-сти Киев, 2020. 264 с.

16. Ляшенко В.И. Финансово-регуляторные режимы стимулирования экономического развития: введение в экономическую режимологию: монографiя / НАН Украины, Ин-т экономики пром-сти. Донецк, 2012. 370 с.

17. Воробьева И.П. Государственное регулирование нatsiональной экономики: учеб. пособие / под науч. ред. Ю. С. Нехорошева. Томск: ИД ТГУ, 2014. 292 с.

18. Кулик С.М. Государственная регуляторная политика содействия развитию малого предпринимательства: автореф. дис. канд. наук по гос. упр.: 25.00.02. Запорожье, 2007. 20 с

19. Колесников О.А. Модернизatsiя правового обеспечения регуляторной политики государства в сфере ведения хозяйства: дис. ... канд. Юрид. наук: 2016. 200 с.

20. Нуреев Р.М. Экономика развития: модели становления рыночной экономики. Москва: Норма. 2008. 367 с.

21. Симон Ю.С. Философские проблемы управления: предмет, объект и Задание. URL: https://arm.naiau.kiev.ua/books/fpu/lections/lection1.html (дата обращение: 17.04.2019).

22. Пивняк Г.Г., Швец В.Я., Палехова Л.Л. Ответственное горнодобывающее производство: инициативы и проблемы внедрения. В кн.: Управление устойчивым развитием в условиях переходной экономики: монография, 2-изд, пер. и доп. Днепропетровск-Коттбус: НГУ-БТУ, 2016. С. 2540.

23. Абулкосимов Х,.П. Макроиктисодий тартибга солиш ва Узбекистоннинг баркарор ривожланиши. -Т. :Akademiya, 2011. -186 бет.

24. Пардаев М.К, ва бошкалар,. Макроиктисодий тахлил. Укув кулланма. -Самарканд, СамИСИ, 2020. - 268 бет.

25. Вахобов А.А. Косимова Г.А. ва бошк Бюджет-солик сиёсати яхлитлиги. «Иктисод-молия». Т., 2005. 248 б.

26. Н.М.Махмудов. Макроиктисодий тахлил ва прогнозлаш фанидан укув услубий мажмуа. Т., ТДИУ, 2017 йил.

27. Д.К,.Ахмедов ва бошкалар, Макроиктисодиёт, дарслик, Тошкент 2004

28. C.A.AögypaxHMOBa (2021). Y3ÖeKHCTOHga uHBeei^HA ^apaeH.apHHH MaKpoHKTHCogHH TapTHÖra conHmHHHr xo3Hpru xo.aTH Tax.H.H. Iqtisodiyot va ta'lim, (6), 24-31. https://doi.org/10.55439/ECED/vol_iss6/a276

29. X,.n.A6y.nKOCHMOB, M.X,.A6y.KocHMoB, C,P.TonH.gHeB H^THCogueTHH gaB.aT ToMoHugaH TapTHÖra co.um. -T.: 2019 h. 212-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.