Научная статья на тему 'XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O‘RNINI YAXSHILASH YO‘LLARI'

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O‘RNINI YAXSHILASH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
957
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro reyting / indeks / islohotlar / globallashuv / jarayonlar / inson huquqlari / mamlakat / hakorlik / raqobat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xidiraliyev Komil Esanovich, Jo‘rayev Adxam Mengziya O‘g‘li

Ushbu maqolada respublikaning xalqaro reyting va indekslarda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lish imkoniyatlari atroflicha o‘rganilgan. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar mazmuni tahlil qilingan. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini taʼminlash, soʻz erkinligi, biznes yuritishda imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O‘RNINI YAXSHILASH YO‘LLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

O'RNINI YAXSHILASH YO'LLARI 1Xidiraliyev Komil Esanovich 2Jo'rayev Adxam Mengziya o'g'li

1Guliston davlat universiteti "Tabiiy fanlar fakulteti" "Ekologiya va geografiya" kafedrasi dotsenti g.f.n. 2Guliston davlat instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi

magistranti, 1-bosqich https://doi.org/10.5281/zenodo.10138361

Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikaning xalqaro reyting va indekslarda o'ziga xos o'ringa ega bo'lish imkoniyatlari atroflicha o'rganilgan. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar mazmuni tahlil qilingan. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta'minlash, so'z erkinligi, biznes yuritishda imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom tugatish borasidagi islohotlar o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Xalqaro reyting, indeks, islohotlar, globallashuv, jarayonlar, inson huquqlari, mamlakat, hakorlik, raqobat.

Аннотация. В данной статье подробно изучаются возможности республики занять особое место в международных рейтингах и индексах. Проанализировано содержание текущих реформ. В частности, были изучены реализуемые в нашей стране реформы в части обеспечения прав человека, свободы слова, предоставление льгот при ведении бизнеса, полной ликвидации коррупции.

Ключевые слова: Международный рейтинг, индекс, реформы, глобализация, процессы, права человека, страна, коррупция, конкуренция.

Abstract. This article examines in detail the possibilities of the republic to occupy a special place in international rankings and indices. The content of current reforms is analyzed. In particular, the reforms being implemented in our country in terms of ensuring human rights, freedom of speech, providing benefits for doing business, and the complete elimination of corruption were studied.

Keywords: International ranking, index, reforms, globalization, processes, human rights, country, corruption, competition.

Bizga ma'lumki, davlat-jamiyatning oliy siyosiy instituti bo'lib, shu jamiyatda yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun o'rnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada bo'ladi, qonunchilik bilan shug'ullanadi, davlatlar o'rtasida o'z o'rnini mustahkamlaydi, doimiy ravishda islohotlar olib boradi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo'lgan hukmron tuzilma hisoblanadi. Davlat jamiyatni o'z qonun-qoidalariga ko'ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Ushbu tuzilma fuqarolarini humoya qilish asosida, ular uchun ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratib beradi.

Zero, insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.

Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topmoqda. Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

Prezidentimizning 2020 yil 2 iyunda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi. Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir. Masalan, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) "Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi" bo'yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi.

Ammo, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o'rinlari nisbatan quyi pog'onalarda. Masalan, So'z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o'rinda, Normativ sifat indeksida 184-o'rinda, Korruptsiyani nazorat qilish indeksida 183-o'rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o'rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o'rinda turibmiz. Albatta, so'nggi 34 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko'plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institutsional o'zgarishlar ro'y berdi.

Xususan, mamlakatimizda so'z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to'siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi [1].

Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori o'rinda bo'lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shundan kelib chiqib aytish kerakki, iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash uchun keng ko'lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bo'lgan davlatlar, albatta, reytinglarda munosib o'rinlarni egallashga intilishi tabiiy. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik o'rnatish istagida bo'lgan davlatlar va tashkilotlar umume'tirof etilgan reytinglarga, albatta, e'tibor qaratadi.

Bugun O'zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda o'z obro'-e'tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu, avvalo, qo'shni davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini to'la ifoda etishiga qaratilayotgan e' tiborning samarasidir.

So'nggi qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan inson huquqlarini ta'minlash, so'z erkinligi, biznes yuritishda yengillik va imtiyozlar berish, korrupsiyani batamom

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tugatish borasidagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etildi. Natijada O'zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarga ko'tarilib, o'z ijobiy imijini yaxshilab bormoqda. Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va investorlar mamlakatimizga istiqbolli hamkor sifatida munosabat bildirmoqda. Oddiy aytganda, O'zbekiston xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo'lyapti. Lekin, ishonch bilan aytish kerakki, mamlakatimiz bundan-da yuqori ko'rsatkichlarni qayd etishga qodir [2].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqgan holda aytish lozimki, bugungi globallashuv jarayonida dunyodagi barcha davlatlar qatori, O'zbekiston ham o'ziga xos va mos yo'ldan rivojlanib bormoqda. Rivojlanish jarayonida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish choralarni ko'rish dolzarb vazifa hisoblanadi. Mazkur holat davlatimiz qudratini oshirishda, xalqimiz farovonligi ko'tarishda asosiy omil sifatida qaralishi lozim. Ushbu doirada bizni u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalashi, uni tuzish uslubiyati (ya'ni qanday mezonlar baholanishi), O'zbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaxshilash bo'yicha hatti-harakatlar rejasi qiziqtiradi.

O'zbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda o'z pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish, shuningdek bugungi kunda qayd etilmaydigan reytinglarda o'zini ko'rsatishi dolzarb hisoblanadi. Bu erda quyidagi xalqaro reytinglar va indekslarni ilmiy-amaliy jihatdan kengroq o'rganish lozim [3]:

-Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) kredit reytingi. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a'zosi hisoblanadi. Tashkilot byudjeti - 374 mln evro. 1997 yilda Rasman qo'llab-quvvatlanadigan eksport kreditlari bo'yicha kelishuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) ishtirokchilari mamlakatlarning kredit xatarini baholash uslubiyatini ishlab chiqib, davlatlarni ushbu uslubiyat bo'yicha tasniflaydi. Uning xususiyati shundaki, ushbu tasnif faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar uchun haqning eng kam stavkalarini aniqlash maqsadida qo'llaniladi;

-Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index). 2004 yildan buyon tuziladi, bugungi kunda dunyodagi turli mamlakatlar raqobatbardoshligi ko'rsatkichlarining eng to'liq majmui sanaladi. 113 ta o'zgaruvchan ko'rsatkichni o'z ichiga oladi, ularning 2/3 qismi kompaniyalar rahbarlarini global so'rovdan o'tkazish natijalarini, 1/3 qismi esa umumfoydalanishdagi manbalarni (statistik ma'lumotlar, tadqiqotlar natijalari va h.k.) aks ettiradi;

-Jahon bankining «Biznes yuritish» (Doing Business) indeksi. Doing Business indeksidagi ko'rsatkichlarimizni ko'tarish uchun to'rtta yo'nalish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish taklif etiladi:

-korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini takomillashtirish;

-kredit olish imkonini oshirish;

-«Qurilish uchun ruxsatnoma olish», «Mol-mulkni ro'yxatdan o'tkazish», «Minoritar investorlarni himoya qilish» va «To'lovga noqobillikni hal etish» singari reytingning boshqa komponentlarini takomillashtirish. Minoritar ishtirokchi - ustav kapitalidagi ulushining miqdori unga jamiyatni boshqarishda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish imkonini bermaydigan jamiyat ishtirokchisi (jismoniy yoki yuridik shaxs);

-jahon banki bilan hamkorlik qilish.

-Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom). 1999 yildan buyon iqtisodiy jarayonlarni o'rganish yakunlari bo'yicha har yili tuziladi. The Wall Street Journal gazetasi bilan hamkorlikda Meros jamg'armasi (The Heritage Foundation) tomonidan nashr etiladi. Tadqiqotlar

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

10 ta nazorat ko'rsatkichi: mulk huquqi, korrupsiyadan xolilik, fiskal erkinlik, hukumat ishtiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiya erkinligi va moliyaviy erkinlikka asoslanadi. Har biri bo'yicha 0 dan 100 ballgacha baho qo'yilib, shundan so'ng o'rtacha qiymat hisoblab chiqariladi;

-Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index). 2010 yildan buyon The World Justice Project xalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati bo'yicha muntazam (bir necha yilda bir marta) tuziladi. Indeks kombinatsiyalangan ko'rsatkich bo'lib, ekspert manbalaridan va jamoatchilik fikrini so'rash orqali olingan ma'lumotlar asosida hisoblab chiqariladi. Jami 8 ta nazorat ko'rsatkichi: hokimiyat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yo'qligi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlarining shaffofligi, qonunlarga rioya etish, fuqarolik sohasidagi odil sudlov va jinoyat sohasidagi odil sudlov baholanadi;

-Korrupsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index). 1996 yildan buyon Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati bo'yicha har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik ma'lumotlar va global so'rov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekshirilayotgan mamlakatlar davlat sektoridagi korrupsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korrupsiya darajasi) 100 gacha (eng quyi korrupsiya darajasi) shkala bo'yicha ranjirovka qilinadi;

-Matbuot erkinligi jahon indeksi (Worldwide Press Freedom Index). U 2001 yildan buyon milliy mass-media faoliyatidagi 43 ta asosiy ko'rsatkichlarni tekshirish asosida har yili tuziladi. «CHegara bilmas reportyorlar» («Reportyorbi bez granits») xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan nashr qilinadi.

Audio, video va bosma materiallarni tarqatish miqyosini yanada kengaytirish; qo'shma media-loyihalarni amalga oshirish; xorijiy tillarda qisqa axborot materiallarini tezkor tayyorlashtizimini yaratish yuzaga kelgan vaziyatni o'zgartirishda yordam beradi. Xorijiy sotsiologik markazlar bilan hamkorlik o'rnatish, jurnalistikaga o'qitishning yangi dasturlarini joriy etishga ehtiyoj borligi ham qayd etildi;

-Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi (The Democracy Index). Bu 2006 yildan buyon muntazam o'tkazilayotgan siyosiy jarayonlar global tadqiqotidir. YAkunlar bo'yicha reyting shakllantiriladi, uning uslubiyati muallifi Britaniyadagi The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi (Angliyadagi Economist jurnalining tahlil bo'linmasi) hisoblanadi.

Reyting qisman ekspert baholariga va tegishli mamlakatlar aholisi orasida o'tkazilgan jamoatchilik fikri so'rovi natijalariga asoslangan. Saylov jarayoni va plyuralizm, hukumat faoliyati, siyosiy ishtirok, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinliklari toifalariga birlashtirilgan 60 ta asosiy ko'rsatkichdan shakllantiriladi;

-BMT Rivojlanish dasturining Inson rivojlanishi indeksi. 1990 yildan buyon belgilanadi (2013 yilgacha - Inson salohiyati rivojlanishi indeksi). Uning doirasida uchta asosiy ijtimoiy omil: kutilayotgan yashash davomiyligi, ta'lim va yalpi milliy daromad bo'yicha ko'rsatkichlar baholanadi.

So'nggi to'rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg'armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog'onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog'onaga ko'tarildi. O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko'tarildi [4].

Xulosa o'rnida aytish lozimki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

o'zgarishlarning O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash, mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish bugungi kunning ustuvor vazifasi bo'lishi kerak.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari surish lozim. Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o'rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish lozim.

REFERENCES

1. T. Narbaeva Xalqaro reyting va indekslar. zarnews.uz>uz/post/xalqaro-reyting-va-indekslar-

2. Nodir Jumaev, O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rni nima uchun kerak? "Xalq so'zi" ONLINE 4-iyun, 2020 yil.

3. Oleg Zamanov.https://www.norma.uz/

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi PF-6003-son Farmoni. "O'zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish" to'g'risida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.