Научная статья на тему 'GENDER TENGLIGINI TA‟MINLASHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI: AYOLLAR, TINCHLIK VA XAVFSIZLIK INDEKSI (WPS)'

GENDER TENGLIGINI TA‟MINLASHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI: AYOLLAR, TINCHLIK VA XAVFSIZLIK INDEKSI (WPS) Текст научной статьи по специальности «Право»

166
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
gender / inson huquqlari / erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar / xalqaro huquq / reyting / indeks / barqaror rivojlanish maqsadlari / ayollar / biznes / qonun / zо‗ravonlik / bandlik. / gender / human rights / equal rights and opportunities for men and women / international law / ranking / index / sustainable development goals / women / business / law / violence / employment.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xurshida Xodjiakbarovna Saydivaliyeva, Iroda Abroljonovna Akramova

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bо‗lgan gender tengligi muammosining ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, gender tengligiga erishishning dolzarbligi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar, tinchlik va xafsizlik indeksining metodologiyasi, shuningdek, xalqaro reyting va indekslarda О‗zbekiston о‗rnini yaxshilashga oid takliflar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the socio-legal aspects of the issue of gender equality, which is an integral part of human rights, the relevance of achieving gender equality, the work being done in this regard, the methodology of the index of women, peace and security, as well as suggestions for improving Uzbekistan's position in international rankings and indexes.

Текст научной работы на тему «GENDER TENGLIGINI TA‟MINLASHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI: AYOLLAR, TINCHLIK VA XAVFSIZLIK INDEKSI (WPS)»

GENDER TENGLIGINI TA'MINLASHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI: AYOLLAR, TINCHLIK VA XAVFSIZLIK

INDEKSI (WPS)

Xurshida Xodjiakbarovna Saydivaliyeva

yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), "Oila va xotin-qizlar" ilmiy tadqiqot

instituti bo'lim boshlig'i

Iroda Abroljonovna Akramova

Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-amaliy tekshirish markazining tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bo'lgan gender tengligi muammosining ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, gender tengligiga erishishning dolzarbligi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar, tinchlik va xafsizlik indeksining metodologiyasi, shuningdek, xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston o'rnini yaxshilashga oid takliflar keltiriladi.

Kalit so'zlar: gender, inson huquqlari, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar, xalqaro huquq, reyting, indeks, barqaror rivojlanish maqsadlari, ayollar, biznes, qonun, zo'ravonlik, bandlik.

ABSTRACT

The article analyzes the socio-legal aspects of the issue of gender equality, which is an integral part of human rights, the relevance of achieving gender equality, the work being done in this regard, the methodology of the index of women, peace and security, as well as suggestions for improving Uzbekistan's position in international rankings and indexes.

Keywords: gender, human rights, equal rights and opportunities for men and women, international law, ranking, index, sustainable development goals, women, business, law, violence, employment.

KIRISH

Bugungi kunga kelib ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida gender tengligiga erishish hamda uni jamiyatda ta'minlash kun tartibiga qo'yilayotgan asosiy maqsadlardan biriga aylanib bormoqda. BMT Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida Barqaror

March, 2023

54

rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida 70-son rezolyusiyasi qabul qilinib, 17 ta maqsadga erishish bo'yicha 169 ta maqsadli vazifa tasdiqlangan. Bevosita barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga erishishdan iborat.

Xususan, mamlakatimizda so'nggi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga singdirish bilan bog'liq amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. 2016 yildan bugungi kunga qadar gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida rolini oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, Prezidentning 9 ta Farmon va qarori, hukumatning 18 ta qarori qabul qilindi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori bilan "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi" ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jamiyatda gender tenglik tamoyilini singdirish va tatbiq etish albatta oson kechadigan jarayonlardan emas, bu borada "gender tenglik" tushunchasining talqini bilan bog'liq bo'lgan bahsli, stereotipli munozaralar, faqat ayol huquqlarini himoya qilish deb tushunishlik hollari uchrab turgan bo'lsa, ikkinchi tomondan amaliyotda normativ huquqiy hujjatlar bilan hayotga tatbiq qilinib kelinayotgan gender tengligining talablari o'z navbatida muayayn tarzdagi yangi mexanizm va chora-tadbirlarni ham joriy qilishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi Qarori bilan tasdiqlangan "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi"da jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligi borasidagi bugungi holat va mavjud muammolar ko'rsatib o'tilib, strategiya vazifalaridan biri sifatida gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O'zbekistonning o'rnini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Mazkur vazifani amalga oshirishda gender tengligiga erishish borasidagi indekslarni tahlil qilish va o'rganish dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Bugungi kunda bir nechta tashkilotlarning indekslari asosida gender tengligini ta'minlash jahon mamlakatlari miqyosida baholanib kelinmoqda. Xususan, BMTning Barqaror rivojlanish dasturlari doirasida «Gender indeksi», Taraqqiyot dasturining "Gender tengsizlik

March, 2023

55

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

indeksi hamda inson taraqqiyoti indeksi". Jahon Bankining «Ayollar, biznes va qonun indeksi»,

AQShning Jordjtaun instituti tomonidan yuritiladigan «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi», Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlanadigan «Global gender tafovuti (GGI)», Global boshqaruv forumining Gender tengligi va boshqaruv indeksi (GEGI), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ijtimoiy institutlar va gender indeksi (SIGI) asosiy xalqaro gender reytingini belgilovchilar hisoblanmoqda.

Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi.

Biroq indeksning 2021 va 2022 yilgi hisobotlarida O'zbekistan 190 ta davlat orasida 70,6 ball bilan 134-o'rinda qayd etilgan holda o'zgarishsiz qolib kelmoqda. Markaziy osiyo mamlakatlari orasida Tojikiston yuqori 78,8 ball bilan ustunlik qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida" gi PF-6003-sonli Farmoniga asosan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Kengashning ishchi organlari etib O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi belgilandi. Farmonda Kengashning vazifalari etib, O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash, mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o'rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish belgilangan.

2017-yilda Oslo tinchlik va xavfsizlik markazi (PRIO) va Djorjtaun ayollar, tinchlik va xavfsizlik instituti ayollar farovonligini har tomonlama baholashni ta'minlaydigan yangi global indeksni ishlab chiqdi. Global Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi (WPS) ayollarning oilada va jamiyatdagi imkoniyatlarini aks ettiradi. Global Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi (GATH)-

bu ayollar xavfsizligiga alohida e'tibor beruvchi birinchi gender

March, 2023

indeks hisoblanadi. Indeks natijalari to'plam ko'rinishida Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi ko'magida chop etiladi.

BMT Xavfsizlik Kengashining ayollar, tinchlik va xavfsizlik to'g'risidagi 2000-yildagi 1325-sonli rezolyutsiyasi bilan belgilangan kun tartibi ayollarning doimiy dunyo tinchligi, adolati va xavfsizligiga erishish bilan bog'liq masalalarda muhim rol o'ynashini aniq aks ettiradi.

2016-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi "tinchlikni saqlash" to'g'risidagi qarorlarini qabul qildi, ularda tinchlik o'rnatishdan tinchlikparvarlikka "jamiyatning umumiy qarashlarini shakllantirish jarayoni"ga o'tishni maqsad sifatida qabul qildilar. Kun tartibidagi masala 2030-yil Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini to'ldiradi, bu barcha uchun inklyuziv, adolatli va tinch jamiyat qurish zarurligini belgilaydi. Global Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksining uchinchi nashri shuni ko'rsatmoqdaki, ayollar maqomi global miqiyosda o'sishi sekinlashdi va mamlakatlar o'rtasidagi tengsizlik oshib - ko'rsatkichlardagi bo'shliq 2017-yilga qaraganda 44% ga yuqoriga ko'tarildi.

Qizig'i shundaki, GATH ayollarning holati va yutuqlarini erkaklar bilan taqqoslagan holda emas, balki mutlaq nuqtayi nazardan aks ettiradi: mamlakatlar ayollar va erkaklar o'rtasidagi bo'shliq bilan emas, balki integratsiya, adolat va ayollar xavfsizligining umumiy ko'rsatkichlari asosida baholanadi. Yangi ko'rsatkichlar majburiy migratsiyani o'lchaydi hamda Afg'oniston, Pokiston, AQShdagi viloyat va davlat darajasida GATH indikatorining samaradorligini aks ettiradi. Indeks, shuningdek, qurolli to'qnashuvlar sonining xavotirli o'sishini ko'rsatib beradi: 2020-yilda 56 ta davlatda ro'y bergan mojarolar va 72 ta nodavlat tashkilotlar o'rtasida mojarolar qayd etilgan. Majburiy migratsiya 2020-yil oxirida rekord darajadagi 90 millionga yetdi, shundan 55 millioni ichki migratsiya hisoblanadi.

Indeks uchta asosiy indikatorni va 11 ta subindikatorlarni o'z ichiga oladi:

InklyuziY. Ushbu indikator ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada qamrab olinganlik darajasini baholaydi.

1. Ayollar ta'lim olishining o'rtacha davomiyligi.

2. Ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi.

3. Ayollarning bandligi.

4. Ayollarning uyali telefonlardan foydalanish darajasi.

5. Parlamentdagi ayollar ulushi.

Adolat rasmiy qonunlar va norasmiy kamsitish

darajasini baholaydi.

March, 2023

57

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

1. Diskriminatsion normalar.

2. O'g'il bola tug'ilishining afzal ko'rilishi.

3. Ayollarga nisbatan huquqiy diskriminatsiyaning yo'qligi. Xavfsizlik uch darajada o'lchanadi: oila, mahalla va jamiyat.

1. Yaqin hamkor tomonidan zo'ravonlik.

2. Jamoat xavfsizligi.

3. Uyushgan zo'ravonlik.

Bu uchta o'lchovning har biri uchun hisoblangan pastki indekslarning geometrik o'rtacha qiymati sifatida baholanadi, har bir subindeks esa har bir o'lchov uchun normallashtirilgan ko'rsatkichlarning o'rtacha arifmetik qiymatidir.

Indeksining zo'ravonlikka oid ko'rsatkichiga ko'ra, Janubiy Gsiyo eng yomon ko'rsatkichlarga ega bo'lgan mintaqa bo'lib, yuqori darajadagi yaqin sherik zo'ravonligiga ega. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi adolat nuqtayi nazaridan barcha mintaqalar orasida eng past ball oldi, Lotin Amerikasida esa jamoat xavfsizligida xavotirli tendensiyalar mavjud: atigi har uch ayoldan bittasi tunda o'z mahallasi atrofida yurishda o'zini xavfsiz his qiladi. Ayollar uchun eng xavfli davlatlar Afg'oniston, Suriya, Yaman, Pokiston va Iroq ekani aytildi. Norvegiya 0,922 ball to'plagan holda, GATH indeksining uchinchi nashrida birinchi o'rinni egallaydi. Barcha besh Skandinaviya davlatlari kuchli yettilikka kirgan. Bunday ko'rsatkichlar progressiv davlat siyosati bilan bog'liq. Biroq hech bir mamlakat eng yuqori ballga ega emas.

Ta'kidlash joizki, MDH davlatlari orasida eng yuqori o'rinni Belorusiya - 38-o'rinni, Rossiya 53-o'rin, Qozog'iston 59-o'rin, Ukraina 66-o'rin, O'zbekiston 74-o'rin, Turkmaniston 60-o'rin, Tojikiston 85-o'rin, Qirg'iziston esa 97-o'rinni egallagan. WPS Index ko'rsatkichlariga ko'ra, O'zbekistonda ayollarning parlamentdagi ulushi 2017-yil bilan solishtirganda oshgan (16,4% dan 28,7% gacha). Ayollarning moliyaviy faoliyatdagi ishtiroki ko'rsatkichi esa 2017-yildagi 39,3% dan 2021-yildagi 36% gacha pasaygan. Ayollar tomonidan ijtimoiy xavfsizlikni qabul qilish ko'rsatkichi ham ushbu davr uchun 90,3% dan 85,7% gacha pasaygan.

Umuman olganda, mazkur indeks gender tengligiga erishishda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni baholash va dunyoda havfsizlik hamda tinchlik orqali erishilishi mumkun bo'lgan imkoniyatlarni ko'rsatib berishga qaratilgan, ushbu indeksda O'zbekistonni ko'rsatgichlarini yahshilashda chuqur tahlillar va ular asosida chora tadbirlar belgilash talab etiladi.

March, 2023

Indeksning ko'rsatkichlarida O'zbekiston

Indikator Minimal ko'rsatkich Maksimal ko'rsatkich O'zbekiston (2021 yil)

Ta'lim olishning o'rtacha davomiyligi (yillar) 0 15 11,6

Moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi (%) 0 100 36,0

Ayollarning bandligi (%) 0 100 48,7

Ayollarning uyali telefonlardan foydalanish darajasi (%) 0 100 76,5

Parlamentdagi ayollar ulushi (%) 0 50 28,7

Diskriminatsion normalar 0 100 70,6

O'g'il bola tug'ilishining afzal ko'rilishi 1,15 0,95 1,06

Ayollarga nisbatan huquqiy diskriminatsiyaning yo'qligi (kishilarning %) 100 0 32

Yaqin hamkor tomonidan zo'ravonlik (%) 50 0 7,3

Jamoat xavfsizligi (%) 0 100 85,7

Uyushgan zo'ravonlik( har 100 000 kishi boshiga o'lim) 50 0 0,0

XULOSA

Indeksning so'nggi ko'rsatkichlariga ahamiyat qaratadigan bo'lsak, O'zbekiston moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi va ayollarning bandligi, tazyiq hamda zo'ravonlik ko'rsatkichlarini yaxshilashi talab etiladi. Shundan kelib chiqib, quyidagi taklif va tavsiyalar ilgari suriladi:

S yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarining joriy etilishini munosib mehnat va gender tengligiga ta'siri nuqtayi nazaridan baholash;

S norasmiy iqtisodiyotda ishlaydigan xodimlarga kasaba uyushmalari va kooperativlar kabi boshqa bo'linmalarni jamoaviy tashkil etish imkoniyatini berish;

S oiladagi zo'ravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanishini ta'minlash, zo'ravonlik sodir etgan shaxslarni tegishli ravishda jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyatlarini yaratish va tegishli huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida amaldagi qonunchilikni, shu jumladan, Jinoyat kodeksini, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksni va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish

March, 2023

59

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

to'g'risida"gi Qonunni takomillashtirish, sodir etilgan qilmishning og'irligiga mos keladigan jazo belgilash;

S oilaviy zo'ravonlik holatlarida qo'riqlash vositalarining, shu jumladan, zarur hollarda uydan chiqarib yuborish to'g'risidagi farmoyishlarning o'z vaqtida va samarali bajarilishini, ijro etilishini ta'minlash hamda bunday buyruqlarni bajarmaganlik uchun tegishli jazo choralarini joriy etish;

S ayollar va qizlarga nisbatan gender asosidagi zo'ravonlikning barcha shakllari, jumladan, maishiy va jinsiy zo'ravonlik haqida xabardorlikni rag'batlantirish va bunday holatlarning samarali tekshirilishini ta'minlash, jinoyatchilarni ta'qib qilish va tegishli sanksiyalarni qo'llash orqali ularni jazolash, yarashishtirish institutidan ko'ra jazo choralariga ustuvor ahamiyat berish, va jinoyat ishiga chora ko'rmaydigan yoki jabrlanganlarni shikoyat qilishdan qaytaradigan ichki ishlar xodimlarini javobgarlikka jalb qilish;

s xotin-qizlarning odil sudlovga ega bo'lishini ta'minlash va huquqni muhofaza qilish idoralariga jinsga asoslangan zo'ravonlik to'g'risidagi shikoyatlarni arzon va kerak bo'lganda, bepul yuridik yordam orqali rag'batlantirish.

1. https://giwps .georgetown.edu/country/uzbeki stan/

2. https://uis.unesco.org/

3. https://thedocs.worldbank.org/en/doc/f3ee545aac6879c27fBacb61abc4b6fB-0050062022/original/Findex-2021-Methodology.pdf

4. "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori. SQ-297-IV-son 28.05.2021 (https://lex.uz/docs/5466673)

5. https://giwps.georgetown.edu/wp-content/uploads/2021/11/WPS-Index-2021.pdf

6. https://genderchampions.com/news/the-women-peace-and- security-index-2021 -highlights-policy-recommendations

7. Сайдивалиева Х. Жамиятда ^укукий онг ва ^укукий маданиятни юксалтириш сохдсидаги ислохдгларнинг мазмун-мох,ияти.// Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения. 2021. Стр. 155-159

8. Рахманкулова Н., Сайдивалиева Х. Практика применения общественного договора и опыт сша в социальной поддержке населения// Review of law sciences 5-вып. 2020. С. 81-

9. Alimov S. K. Ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishda kompleks tizimli yondashuv: xalqaro tajriba // Academic research in educational sciences. 2023 / 1. P. 436-446

10. Alimov S. K. Migration ethics and migration policy: modern problems and their solutions // Scientific Bulletin of Namangan State

REFERENCES

86

University 2020/11. P. 151-157

March, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.