Научная статья на тему 'INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH VA XALQARO REYTING, INDEKSLAR TAHLILI.'

INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH VA XALQARO REYTING, INDEKSLAR TAHLILI. Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
99
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiyotning integratsiyalashuvi / xorijiy investorlar / investitsiya / investitsion jozibadorlik / o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar / barqarorlik / raqobatbardoshlilik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ashurova Nasiba Batirovna, Boborajabova Sadoqat Farhod Qizi

Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayoni jadal rivojlanayotgan bir paytda xalqaro reyting va indekslarda yuqori pog`onalarni zabt etish shu sohadagi ildam qadamlardan biri hisoblanadi. Bunda ayniqsa xorijiy investorlar uchun investitsiya muhitini tahlil qilishlarida qanchalik oldingi qatorlarni egallaganligimiz shunchalik ahamiyatlidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH VA XALQARO REYTING, INDEKSLAR TAHLILI.»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH VA XALQARO REYTING,

INDEKSLAR TAHLILI.

1Ashurova Nasiba Batirovna, 2Boborajabova Sadoqat Farhod qizi

1NDKTU moliya ishlari bo'yicha prorektor 2NDKTU "Iqtisodiyof'yo'nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10139268 Kalit so^zlar: iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, xorijiy investorlar,investitsiya, investitsion jozibadorlik, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar,barqarorlik,raqobatbardoshlilik.

Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayoni jadal rivojlanayotgan bir paytda xalqaro reyting va indekslarda yuqori pogonalarni zabt etish shu sohadagi ildam qadamlardan biri hisoblanadi. Bunda ayniqsa xorijiy investorlar uchun investitsiya muhitini tahlil qilishlarida qanchalik oldingi qatorlarni egallaganligimiz shunchalik ahamiyatlidir.

Malumki, xalqaro reyting va indekslarning asosini sohalar bo'yicha aniq va tahliliy ko rsatkichlar belgilab beradi. Shu o rinda o tgan yillar davomida O zbekiston Respublikasi prezidenti bir qator qonun va hujjatlarda investitsiyalarga oid o'zgartirishlar va yangiliklar yaratdiki, endilikda xorijiy va mahalliy investitsiyalar, ularning rag'batlantirilishi har qanday sohada investitsiya faoliyatini rivojlanishi uchun asosiy tirgak vazifasini o'taydi. Jumladan, xorijiy investitsiyalar bo'yicha asosiy ko'rsatkichlarga to'xtaladigan bo'lsak, 2012-yil 10-apreldagi "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag'batlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorda iqtisodiyotimizning radioelektron sanoati buyumlari, kompyuter va hisoblash texnikalariga, yengil sanoat, qurilish sanoati,mashinasozlik singari bir qator sanoat tarmoqlariga imtiyozlar berilganini alohida ta'kidlash mumkin. Bunday yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishga xorijiy investorlar bugungi kunda davlat byujeti va uning ijrosi,pul-kredit siyosati,tashqi savdodagi va boshqa ko'rsatkichlarni tahlil qilish orqali to'g'ridan-to'g'ri qo'yilmalar kiritishmoqda. Shu bilan birga, 2022-yil 28-yanvarda "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi prezident farmoni qabul qilinib,unda xalqaro reyting va indekslar togrisidagi malumotlar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturiga o'zlariga biriktirilgan ustuvor xalqaro reyting va indekslardan kelib chiqib takliflar ishlab chiqilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borilishi lozimligi belgilangan. Farmonning asosiy etiborli jihati sifatida ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni yillik davlat dasturlariga kiritish hamda loyihalarni boshqarishni PMI PMBOK xalqaro standarti asosida amalga oshirish va boshqa ustuvor vazifalar orqali muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishni alohida nazarda tutadi.

Yangi Ozbekistonimizning o'tgan yillarda xalqaro reyting va indekslarda erishgan tarmoqlararo muvaffaqiyatlari yildan-yilga ko'payib bormoqda, xususan, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) "Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi" bo'yicha mamlakatimiz 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egallagan.Shuningdek,amerikaning gallup.com sayti jamoatchilik fikri institutining tadqiqotlarida,2022-yil bu tadqiqot 146mingdan ortiq kishini qamrab olgan, 140dan ziyod mamlakatlar orasidan "Qonun va tartib indeksi"da (law and order index) O'zbekiston 90 ball bilan Indoneziya, Daniya,Sloveniya kabi davlatlar bilan birgalikda 4-

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

orinni egallagan. Buning natijasida yurtimiz eng xavfsiz mamlakatlar sirasiga kirishini, investitsiyalar ham qonun doirasida mustahkam himoyalanganligini kuzatishimiz mumkin.

Biron davlat hududiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nuqtayi nazaridan investitsiyaviy jozibadorlikni baholashda ayniqsa quyidagi xalqaro reyting va indekslarning ko'rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Amaliyotda investitsiyaviy jozibadorlikni baholashda xalqaro reyting va indekslarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:

O'zbekiston 2019-yilda birinchi marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi"ga kiritildi va ushbu indeksga ko'ra, 2020-yilda jahonda 43-o'rinni, Osiyo mintaqasida 7-o'rinni qayd etgan. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi bo'yicha mamlakat ko'rsatkichlarini yaxshilash strategiyasida esa biznes xizmatlari ko'lami, son va sifat ko'rsatkichlarini oshirish dasturi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuklatilgan.

Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar nafaqat yuqoridagi reyting tizimlari bilan, balki eksport yoki import yo'nalishlari uchun sug'urta tizimida

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ham barqarorlikni, ta'kidlash lozim bo'lsa ishonchlilikni ham talab qiladi. Misol uchun "O'zbekinvest" Eksport-import sug'urta kompaniyasi «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba3» moliyaviy barqarorlik reytingi taqdim etilgan birinchi kompaniya hisoblanib, Ahbor-Reyting reyting agentligi tomonidan ham milliy miqyosda "uzA ++" darajasida "Barqaror" prognozi bilan to'lov qobiliyati ishonchliligi reytingi berilgan. Bunday reyting bo'yicha olingan natijalari bilan kompaniya Allianz SE (Germaniya); Tsyurix sug'urta guruhi (Shveytsariya); Tokio Marine & Nichido yong'in sug'urtasi Co. Ltd (Yaponiya); AXA (Frantsiya); Xitoyning sug'urta kompaniyasi (Xitoy); Koreya qayta sug'urta kompaniyasi (Koreya); Sogaz (Rossiya) kabi yetakchi sug'urta va qayta sug'urta kompaniyalari va sug'urta brokerlari bilan hamkorlik qiladi.

Xulosa qilib aytganda, xalqaro reyting va indekslarda kerakli marralarni zabt etish xoh bank-kredit tizimi, xoh sug'urta yoki qonunchilik sohasida bo'lsin,barchasi avvalo, mamlakat aholisi uchun keyin investorlar uchun qulay imkoniyatlar eshigini ochadi. Investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish har bir sohada erkinlikni va raqobatbardoshlikni taqozo etadi. Investitsiyalar va investitsion muhit yaxshilanishi investorlar uchun mamlakatimizda tavakkalchiliklarni oldiga olishga,o'zgaruvchanliklarni va xavflarni minimal darajada ekanligiga oid hisob-kitoblarni amalga oshirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ №598 son qonuni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4300 sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi Ozbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi" farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni,2022-yil 28-yanvar.

5. Vahabov A.V., Xajibakiyev Sh,X., Muminov N.G "Xorijiy investitsiyalar" o'quv qo'llanma - Т.: Moliya, 2010. -153 b.

6. G'ozibekov D.G'., Nosirov E.I. O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Risola. -T.:Iqtisod-moliya, 2007.

7. Bobur Ochilov Baxtiyor o'g'li "Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsion jozibadorlikni yaxshilash masalalari", "Innovatsiya va investitsiya"2023-yil 1-son

8. gallup.com sayti

9. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti

10. "O'zbekinvest" Eksport-import sug'urta kompaniyasi rasmiy sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.