Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISHDA O'ZBEK MUSIQA SAN'ATINING O'RNI
© S.V. Niyozov18 Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: yosh avlodning musiqa va san'at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an'analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy va ma'rifiy saviyasini har tomonlama oshirish muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu maqolada uchinchi renessans podevorini yaratishda o'zbek musiqa san'atining o'rni to'g'risida fikr yuritiladi.
MAQSAD: bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston" tushunchasi ham xalqimiz tilida o'ziga xos tarzda yangradi va yangicha dunyoqarash, fikrlash sari qadam tashlashga undamoq.
MATERIALLAR VA METODLAR: Materiallar: O'zbek maqomlari, folklor, zamonaviy musiqalar, musiqa ta'limi dasturlari va mustaqillik davri musiqiy loyihalari. Tarixiy va komparativ tahlil, empirik tadqiqot, san'atkorlar bilan suhbatlar va musiqiy loyihalarni o'rganish. O'zbek musiqasi ma'naviyat va madaniy uyg'onishni yuksaltirib, uchinchi renessans asoslarini shakllantirishda muhim o'rin tutadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'zbek musiqa san'ati xalqning ma'naviy merosini boyitib, milliy o'zlikni anglashga yordam beradi. Maqomlar va folklor janrlari uchinchi renessans davrida madaniy uyg'onish uchun qudratli manba hisoblanadi. Musiqiy ta'lim tizimlari va ijrochilik an'analari yoshlarda estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, O'zbek musiqasi xalqaro miqyosda milliy o'ziga xoslikni targ'ib qilishga muvaffaqiyatli hissa qo'shmoqda.
xulosa: o'zbek musiqa san'ati uchinchi renessans poydevorini yaratishda muhim omil bo'lib, milliy o'zlikni mustahkamlash, ma'naviy uyg'onishni ta'minlash va xalqaro madaniy muloqotda o'ziga xos o'rinni egallashga xizmat qiladi. Musiqa orqali yosh avlodni tarbiyalash va madaniy merosni saqlash yo'nalishida davomiy ish olib borish zarur. Bu, o'z navbatida, mamlakatning ma'naviy va madaniy rivojlanishida asosiy omillardan biri bo'lib qoladi.
Kalit so'zlar: renessans, milliy qo'shiqchilik san'ati, musiqa san'ati, ijod, maktab, madaniyat, san'at, tarbiya.
Iqtibos uchun: Niyozov S.V. Uchinchi renessans poydevorini yaratishda O'zbek musiqa san'atining o'rni. // Inter education & global study. 2024. №10. B. 542-549.
В СОЗДАНИИ ОСНОВ ТРЕТЬЕГО РЕНЕССАНСА МЕСТО УЗБЕКСКОГО МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
'j amos
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© С.В. Ниязов1И
1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: развитие интереса и способностей молодого поколения к музыке и искусству, повышение их социальной активности, воспитание их в духе уважения к традициям и национальным ценностям нашего народа, повышение их духовно -образовательного уровня во всех аспектах. являются важными задачами. В данной статье рассматривается роль узбекской музыки в создании третьего ренессансного подевора.
ЦЕЛЬ: в современную стремительно развивающуюся эпоху концепция «Нового Узбекистана», выдвинутая главой нашей страны, зазвучала на языке нашего народа уникальным образом и побудила людей сделать шаги к новому мировоззрению и мышлению.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: состояние Узбекистана, фольклор, современная музыка, музыкальные образовательные программы и музыкальные проекты периода независимости. Методы: Историко-сравнительный анализ, эмпирические исследования, интервью с артистами и изучение музыкальных проектов. Узбекская музыка играет важную роль в формировании основ третьего ренессанса, возвышения духовности и культурного возрождения.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: узбекская музыка обогащает духовное наследие нации и помогает осознать национальную идентичность. Статусы и фольклорные жанры являются мощным источником культурного возрождения в эпоху Третьего Возрождения. Системы музыкального воспитания и исполнительские традиции служат формированию эстетического мировоззрения у молодежи. Исследования показывают, что узбекская музыка успешно способствует продвижению национальной идентичности на международном уровне.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: узбекская музыка является важным фактором создания основ третьего Возрождения, служит укреплению национального самосознания, обеспечивает духовное пробуждение, занимает особое место в международном культурном общении. Необходимо вести постоянную работу в направлении воспитания молодого поколения и сохранения культурного наследия через музыку. Это, в свою очередь, становится одним из главных факторов духовного и культурного развития страны.
Ключевые слова: возрождение, национальное песенное искусство, музыкальное искусство, творчество, школа, культура, искусство, образование.
Для цитирования: Ниязов С.В. создании основ третьего ренессанса место узбекского музыкального искусства. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 542-549.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
THE PLACE OF UZBEK MUSICAL ART IN THE CREATION OF THE FOUNDATIONS OF THE THIRD RENAISSANCE_
© Soyibjon Niyozov1®
1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: developing the interest and abilities of the younger generation in music and art, increasing their social activity, educating them in the spirit of respect for the traditions and national values of our people, raising their spiritual and educational level in all aspects. are important tasks. This article examines the role of Uzbek music in the creation of the third Renaissance sub-product.
AIM: in the modern rapidly developing era, the concept of "New Uzbekistan", put forward by the head of our country, sounded in the language of our people in a unique way and encouraged people to take steps towards a new worldview and thinking.
MATERIALS AND METHODS: the state of Uzbekistan, folklore, modern music, music educational programs and music projects of the independence period. Methods: Historical and comparative analysis, empirical research, interviews with artists and study of music projects. Uzbek music plays an important role in forming the foundations of the third Renaissance, the rise of spirituality and cultural revival.
DISCUSSION AND RESULTS: uzbek music enriches the spiritual heritage of the nation and helps to realize national identity. Statuses and folklore genres are a powerful source of cultural revival in the era of the Third Renaissance. Systems of musical education and performing traditions serve to form an aesthetic worldview of young people. Research shows that Uzbek music successfully contributes to the promotion of national identity at the international level.
CONCLUSION: Uzbek music is an important factor in creating the foundations of the Third Renaissance, serves to strengthen national self-awareness, provides spiritual awakening, occupies a special place in international cultural communication. It is necessary to carry out constant work in the direction of educating the younger generation and preserving the cultural heritage through music. This, in turn, becomes one of the main factors in the spiritual and cultural development of the country.
Key words: Revival, national song art, musical art, creativity, school, culture, art, education.
For citation: Soyibjon Niyozov. (2024) 'The place of Uzbek musical art in creating the foundations of the third renaissance', Inter education & global study, (10), pp. 542-549. (In Uzbek).
Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Joriy yilning avgust oyida yurtimizda "Sharq taronalari" XIII xalqaro musiqa festivali ko'tarinki ruhda o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Muhtaram Prezidentimiz festival ishtirokchilariga, mehmonlarga va xalqimizga quyidagi fikrlarni aytib o'tdilar: "Mamlakatimizda o'n uchinchi bor o'tkazilayotgan ushbu anjuman garchi "Sharq taronalari" deb atalsa-da, bugungi kunda u mohiyat e'tiboriga ko'ra, "Jahon taronalari" festivaliga aylanganiga barchamiz guvohmiz"1.
O'tgan davr mobaynida yurtimizda "Sharq taronalari" anjumani bilan birga, xalqaro maqom san'ati, baxshichilik san'ati, hunarmandchilik festivallari, folklor va raqs san'ati bo'yicha "Buyuk ipak yo'li", "Lazgi" xalqaro festivallari, Toshkent xalqaro kinofestivali singari yirik madaniy tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda. Ular, ta'bir joiz bo'lsa, O'zbekistonning jahon ahlini tinchlik-totuvlikka, qardoshlik va ahillikka chaqiradigan ezgu da'vatidir"- deya ta'kidladi muhtaram prezidentimiz.
Birinchi festivalda 31 ta mamlakat vakillari qatnashgan bo'lsa, bu yil barcha qit'alardagi 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod san'atkor va olimlar ishtirok etayotgani ham tasdiqlaydi. O'tgan davr mobaynida Samarqandning yulduzli osmoni ostida qanchadan-qancha sehrli navolar, hayotbaxsh ohanglar yangradi. Ko'hna Sharq bag'rida tug'ilgan musiqiy qadriyatlar anjumanimiz tufayli xalqaro miqyosda keng e'tibor va e'tirof qozondi. Festival o'nlab mahoratli xonanda va sozandalarni, iste'dodli yoshlarni kashf etdi, ularning parvoziga qanot, ijodiga kuch va ilhom bag'ishladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston" tushunchasi ham xalqimiz tilida o'ziga xos tarzda yangradi va yangicha dunyoqarash, fikrlash sari qadam tashlashga undamoqda. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, "Bugugi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas, bugungi xalimiz ham kechagi xalq emas". Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamalakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning azaliy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan obyektiv zaruriyatdir. Yangi O'zbekiston - demokratiya inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'sona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.2
Tarixdan ma'lumki, biron-bir jamiyat o'zining milliy-ma'naviy, axloqiy-ruhiy imkoniyatlarini odamlar ongida azaliy qadriyat sifatida shakllantirishda asosiy vositalardan biri bo'lgan madaniyat va san'atni rivojlantirmay turib o'z istiqbolini tasavvur etaolmaydi. Darvoqe, muhtaram Prezidentimiz 2017-yil 3-avgustda O'zbekiston ijodkor ziyolilari
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari" o'n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi 26.08.2024. president.uz rasmiy sayti.
2 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: 2021. O'qituvchi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vakillari bilan bo'lgan uchrashuvda Mudofaa vaziri bilan Madaniyat vazirining vazifalarini qiyoslab o'tgani bejiz emas, albatta. Bundan xulosa shuki, davlat mudofaasiz yashay olmaganidek, jamiyatning asosiy negizi hisoblangan madaniyat va san'atsiz ham to'laqonli mamlakat bo'lolmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzolagan edi. Ushbu qarorda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilariga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o'rgatilishi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritilishi ta'kidlangandi. Musiqa fani o'qituvchilarining milliy cholg'ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo'lishi, musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg'u» shiori ostida «cholg'u ijrochiligi alohida qayd etildi.» mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi.
Inson tirik ekan kuy, qo'shiqqa, ko'ngilga kayfiyat baxsh etuvchi san'at durdonalariga ehtiyoj sezadi. Madaniyat va san'at- jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining bemisil kashfiyotidir.3 Musiqa, kuy-ohangni insoniyatga ta'siri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o'rni beqiyos hisoblanadi. Shu o'rinda Asafevning "...musiqa - bu ham san'at, ham fan, ham til, ham o'yin"4, degan so'zlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Demak, san'at oliy ta'lim dargohlarida tarbiyalanayotgan talabalarni musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san'atidan vosita sifatida foydalanish masalasi allaqachon fan sifatida keng miqyosda tadqiq etib bo'lingan. Musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatar ekan: kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matni, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongi va shuuriga ham ta'sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks etgan ma'naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg'otadi. Bunday ta'sir g'oyat murakkab va kuchlidir.
Joriy yilning 30-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi. Pedagogik mahorat milliy institutida o'qituvchilar bilan bo'lgan muloqotda aytilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu uch yo'nalishning shaxs kamolotidagi o'rniga ahamiyat qaratib, ularni o'qitishni takomillashtirish dolzarbligini ta'kidlagan edi. Maktablardagi musiqa o'qituvchilarining 21 foizi o'rta maxsus ma'lumotli. Ba'zilarining o'zi cholg'u chala olmaydi. Sababi musiqa o'qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo'q, bu borada san'at maktablari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o'qituvchilikka qabul qilinmaydi. Musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo'lga qo'yilishi, bu yo'nalish bo'yicha o'quv qo'llanmalari, o'qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqilishi, "Turon
3 To'ychiyeva S. Madaniyat va san'atimiz rivojidagi zarsahifalar // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022.
4 Asafеv B.V. Zamоnaviy rus musiqashunоslik va uning taráiy vazifalari.- De Musica, 1-боп. L., 1926, 17-Ье1
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
maktab teatri"ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda "Iqtidor" havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilishi, Oliy ta'lim muassasalarining musiqa va san'at yo'nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat berilishi alohida ta'kidlab o'tildi.
Bugun respublikamizda betakror milliy madaniyatimizni rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan qator omillarni sanashimiz mumkin. Ular orasida ko'plab insonlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan, milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgan badiiy havaskorlik jamoalarini ham ta'kidlab o'tish joizki, ularning bugungi kundagi faoliyatidan asosiy maqsad shonli tariximizdan meros an 'analarimiz, madaniyat va san'atimizni saqlab qolish, el orasida targ'ib qilish va kerak bo'lsa, kelajak avlodga yetkazish desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Badiiy havaskorlik - yakka jamoa bo'lib ishlanadigan, ishdan ajralgan holda mashg'ulotlar, to'garaklar ijod qilinadigan xalq ijodiyotining shakllari5. Badiiy havaskorlik jamoalariga ashula va raqs ansambllarini, shuningdek, folklor-etnografiya ansambllari, raqs ansambllari, vokal, cholg'u-estrada ansambllari, sirk jamoalari, dorbozlar guruhi, xalq filarmoniyalari, karnay va surnay jamoalari, xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik studiyasi, tasviriy san'at studiyasi, cholg'u asboblari jamoalari, milliy estrada guruhlari, qiziqchilik guruhlari kabilarni misol qilish mumkin. Bu kabi jamoalar uchun Madaniyat vazirligi tomonidan ta'sis etilgan "Xalq havaskorlik jamoasi" va bolalar jamoalari uchun "Bolalar namunali jamoasi" unvonlari aholi orasida havaskorlik san'atiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda va ular orasidan yetishib chiqayotgan yosh san'atkorlar esa professional san'atkor bo'lib yetishmoqda.
Badiiy obrazni va voqeylikni ohanglar yordamida ifodalay olishda ijrochidan katta mahorat talab etiladi. Ma'lumki, o'zbek musiqa san'atining ajralmas qismi bo'lmish xonandalik san'ati o'zining uzoq o'tmish tarixiga egadir. Bu borada o'tmishda musiqashunos allomalar tomonidan bitilgan nodir musiqiy risolalarida ajoyib ovoz sohiblari va sohibalari haqida qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirilganligi barchamizga ma'lumdir. Xususan, Farobiy "cholg'ularning eng murakkabi bu inson ovozi"6 ekanligi bayon etadi.
Xonandalik san'ati ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida o'zining ulkan cho'qqisiga ko'tarildi. Shu davrlarda bitilgan ko'plab asarlarda o'z zamonasining mohir ashulachilari tilga olinganligining guvohi bo'lamiz. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning "Badoye' ul-vaqoye'", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si, Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma", Alisher Navoiyning "Majolisu un-nafois" kabi durdona asarlarda hofizlarning ismlari tilga olinadi. Keyingi davrlarda ham hofizlar ijodi yuksak darajada qadr topdi.
Mumtoz musiqaning tub mohiyati xalqning ichki kechinmalarini aks ettiruvchi ohanglardadir. Bu ohanglarni badiiy obraz darajasiga yuksaltirishda turfa k o'rinishdagi ijro bezaklaridan hofizlar samarali foydalanadilar. Ashulachilar ansambllarida ham ana shunday omillarga alohida e'tibor berish lozim. Bu jarayon ijrochilikning eng dolzarb
5 D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019-y.
6 N.Arzimurodova "Ashulachilar ansambli", O'quv qo'llanma - Т.: «Fan ziyosi» nashriyoti. 2021. 164-b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vazifalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Chunki, xonanda ham xalqona, ham falsafiy ohanglar yordamida hayotiy obrazlar yarata olsagina musiqa olamida o'z o'rnini topa oladi. Mohirona ijroviy harakter bilan yo'g'rilgan har qanday ijrolargina tabiiyki, professional ijodiy jarayonini yuzaga keltiradi. Ta'kidlash joizki, ijodiy tajribalar yig'indisi o'laroq, ohanglarning xilma-xil talqinlari paydo bo'la boshlaydi. Buning uchun albatta, xonanda o'z ovozini mukammal darajada rivojlantirish ustida ish olib borishi muxim xisoblanadi. Mazkur jarayonni t o'g'ri yo'lga qo'yishda ovoz mashqlari eng zarur va boshlang'ich vosita sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Ashula, musiqa, raqs - o'zbek milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bo'lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan biridir. O'zbek xalqining musiqaga ixlosmandligi, kuy, ashula va raqs shaydosi ekanlig i hammaga ma'lum. O'zlikni anglash, xalqning ma'naviy sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdan iborat, uzviy, tabiiy jarayondir.
Xalq ansambli iborasi badiiy shakl va an'analarga ega bo'lgan, xalq musiqasi va san'ati beqiyos rivojlangan tur va janrlar maydonga kelganligi natijasida o'zining dastlabki ko'rinishidan katta farq qiluvchi mukammal san'at darajasiga ko'tarilgan sozandalik, xonandalik, raqs san'atini o'ziga kasb qilib olgan mutaxasislar, xalq sozandalari, xalq hofizlari, xalq raqqosalaridan tashkil topgan va xalq ansambli unvoniga ega bo'lgan, umumxalq e'tirofiga sazovor bo'lgan ansambllarga qo'llaniladi.
Musiqa tinglash va kuylash ta'lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o'rganish bilan bir qatorda cholg'uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan bizga har tomonlama o'rganish va o'zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O'zbek xalq musiqasi o'zbek bastakorlari va kompozitorlari, musiqiy asarlaridan namunalar, shashmaqom sho'balari, mahalliy musiqa uslublaridan namunalar tinglanadi.
Jamoa bo'lib kuylash faoliyati o'quvchilarning musiqiy o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchi o'z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo'rnavozlik qilishga intiladi.
Mustaqilligimiz o'zbek musiqa madaniyatini keng xalq ommasining ma'naviy mulkiga aylantirib, uni jahon musiqasi taraqqiyoti tarkibiga kiritishiga alohida yo'l vazifasini bajardi. Shuning uchun ham mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq yuzlab havaskorlik ansambllari to'garaklari tashkil topib, ijtimoiy hayotda juda muhim rol o'ynadi. Bu davrda milliy musiqa an'analari yo'llari o'zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ'ib etuvchi o'ziga xos havaskorlik ashula va raqs ansambllari maydonga keldi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari" o'n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi 26.08.2024. president.uz rasmiy sayti.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. To'ychiyeva S. Madaniyat va san'atimiz rivojidagi zarsahifalar // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022.
3. Asafev B.V. Zamonaviy rus musiqashunoslik va uning tarixiy vazifalari. - De Musica, 1-son. L., 1926, 17-bet.
4. D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019-y.
5. N. Arzimurodova "Ashulachilar ansambli", O'quv qo'llanma - Т.: «Fan ziyosi» nashriyoti. 2021. 164-b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Soyibjon Niyozov, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, [Сойибжон Ниязов, Государственный институт искусства и культуры Узбекистана], [Soyibjon Niyozov, State Institute of Art and Culture of Uzbekistan]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'ochh dahasi 127 A uy. [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, М.Улугбек р. Массив Ялангач, д. 127 А.], [address: Uzbekistan, Tashkent city, M.Ulugbek dst. Massiv Yalangach, 127 A]; e-mail: [email protected]