INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© A.Sh. Dadayev1H_
10'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: o'zbek milliy musiqa san'ati xalqimiz hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bo'lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan biridir. Bugungi kunda O'zbekistonda musiqa san'atini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada ushbu san'atning rivojlanish jarayonlari va asosiy tendensiyalar haqida fikr yuritiladi.
MAQSAD: O'zbekiston musiqa san'ati qadimiy an'analarga asoslangan boy merosga ega bo'lib, zamonaviy tendensiyalar bilan rivojlanmoqda. Milliy janrlar, xususan maqomlar va xalq qo'shiqlari asrlar davomida saqlanib kelmoqda. Mustaqillik yillarida musiqa milliy uslublarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg'unlashtirib, xalqaro miqyosda keng tanilmoqda. Musiqa ta'limi tizimining rivojlanishi yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. An'anaviy va zamonaviy yo'nalishlar uyg'unligi bu sohaning barqaror rivojlanishini ta'minlamoqda.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda O'zbekiston musiqa san'ati tarixiy rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari bilan bog'liq yozma manbalar, ilmiy maqolalar, maqomlar va xalq qo'shiqlari namunalaridan foydalanildi. Analitik, taqqoslash va tavsifiy metodlar qo'llanilib, milliy va zamonaviy musiqa uslublarining uyg'unlashuvi tahlil qilindi. Musiqa ta'limi va ijrochilikdagi o'zgarishlar empirik kuzatishlar asosida baholandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: O'zbekiston musiqa san'ati an'anaviy va zamonaviy yo'nalishlar uyg'unligi orqali barqaror rivojlanmoqda. Maqomlar va xalq qo'shiqlari milliy o'zlikni saqlab qolishda muhim rol o'ynasa, zamonaviy texnologiyalar ijodiy imkoniyatlarni kengaytirdi. Yosh ijodkorlar milliy musiqani yangi formatlarda targ'ib qilmoqda. Ta'lim tizimidagi islohotlar musiqa ijrochiligi va nazariyasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqot natijalari musiqa san'ati rivojlanishining istiqbolli yo'nalishlarini belgilashga imkon berdi.
XULOSA: O'zbekiston musiqa san'ati boy tarixiy merosi va zamonaviy tendensiyalari bilan milliy madaniyatni yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. An'anaviy maqomlar va xalq musiqasi zamonaviy texnologiyalar bilan uyg'unlashib, jahon sahnasida e'tirof etilmoqda. Ta'lim va yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash orqali musiqa san'atining barqaror rivoji ta'minlanmoqda.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: Milliy musiqe, s8n'8t, musiqe mаdаniyаti, kuy, tendensiye, integr8ysiy8, tаrаqqiyot, milliy meros.
Iqtibos uchun: Dаdаyev А. О^Ье^ог^а musiqа sаn'аtining rivojlаnish jаrаyonlаri vа tendensiyаlаri. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.235-242.
ПРОЦЕССЫ РАЗВИТИЯ И ТЕНДЕНЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ_
© А. Ш. Дадаев1И
1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: узбекское национальное музыкальное искусство-один из древнейших видов искусства, возникший и развивающийся в тесной связи с жизнью и творчеством нашего народа. Сегодня в Узбекистане проводится ряд работ по развитию музыкального искусства. В статье рассматриваются процессы развития этого искусства и основные тенденции.
ЦЕЛЬ: музыкальное искусство Узбекистана имеет богатое наследие, основанное на древних традициях, и развивается с учетом современных тенденций. Национальные жанры, в частности статусы и народные песни, сохранились на протяжении веков. В годы независимости музыка соединила национальные стили с современными технологиями и получила широкую известность на международном уровне. Развитие системы музыкального образования служит поддержке молодых талантов. Сочетание традиционных и современных тенденций обеспечивает стабильное развитие отрасли.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы письменные источники, научные статьи, статусы и образцы народных песен, связанные с историческим развитием и современными тенденциями музыкального искусства Узбекистана. Для анализа сочетания национального и современного музыкальных стилей использовались аналитический, сравнительный и описательный методы. Изменения в музыкальном образовании и исполнительстве оценивались на основе эмпирических наблюдений.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: музыкальное искусство Узбекистана устойчиво развивается за счет сочетания традиционных и современных направлений. Статусы и народные песни играют важную роль в сохранении национальной идентичности, а современные технологии расширили творческие возможности. Молодые артисты продвигают национальную музыку в новых форматах. Реформы в системе образования служат развитию музыкального исполнительства и теории. Результаты исследования позволили определить перспективные направления развития музыкального искусства.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: музыкальное искусство Узбекистана с его богатым историческим наследием и современными тенденциями играет важную роль в поднятии национальной культуры. Традиционные статусы и народная музыка сочетаются с современными технологиями и получают признание на мировой арене. Поддерживая образование и молодые таланты, обеспечивается устойчивое развитие музыкального искусства.
Ключевые слова: Национальная музыка, искусство, музыкальная культура, мелодия, тенденция, интеграция, прогресс, национальное наследие.
Для цитирования: Дадаев А. Процессы развития и тенденции музыкального искусства в узбекистане. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 235242.
DEVELOPMENT PROCESSES AND TRENDS IN MUSICAL ART IN UZBEKISTAN
© Ahmadjon Sh. Dadayev1®
1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: uzbek National musical art is one of the oldest forms of art that arose and developed in close connection with the life and work of our people. Today, a number of works on the development of musical art are being carried out in Uzbekistan. The article examines the processes of development of this art and the main trends.
AIM: the musical art of Uzbekistan has a rich heritage based on ancient traditions and is developing taking into account modern trends. National genres, in particular statuses and folk songs, have been preserved for centuries. During the years of independence, music combined national styles with modern technologies and gained wide popularity at the international level. The development of the music education system serves to support young talents. The combination of traditional and modern trends ensures the stable development of the industry.
MATERIALS AND METHODS: the study used written sources, scientific articles, statuses and samples of folk songs related to the historical development and modern trends of the musical art of Uzbekistan. Analytical, comparative and descriptive methods were used to analyze the combination of national and modern musical styles. Changes in music education and performance were assessed based on empirical observations.
DISCUSSION AND RESULTS: the musical art of Uzbekistan is steadily developing due to the combination of traditional and modern trends. Statuses and folk songs play an important role in preserving national identity, and modern technologies have expanded creative possibilities. Young artists promote national music in new formats. Reforms in the education system serve the development of musical performance and theory. The results of the study allowed us to identify promising areas for the development of musical art.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
CONCLUSION: the musical art of Uzbekistan with its rich historical heritage and modern trends plays an important role in raising the national culture. Traditional statuses and folk music are combined with modern technologies and are recognized on the world stage. Supporting education and young talents ensures the sustainable development of musical art.
Key words: national music, art, musical culture, melody, trend, integration, progress, national heritage.
Mustaqillik yillarida yurtimizning har bir viloyat va shaharlarida qaror topgan asriy milliy musiqiy qadriyatlarga tobora katta e'tibor berilayotgani tufayli unutilayozgan badiiy an'analar qad rostlay boshladi, ajdodlardan bebaho meros bo'lib kelayotgan musiqa namunalarini rivojlantirish va tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida xalqimizning ma'naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta'kidlab, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san'at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g'oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish talab etilayotganini ta'kidladi. Ijodiy jamoalar shaxsni ijodiy rivojlantirish va tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega bo'lib, milliy va jahon madaniyatining ijodiy merosini asrab, targ'ib qiladi.
Ashula, musiqa, raqs - o'zbek milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bo'lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan biridir. O'zbek xalqining musiqaga ixlosmandligi, kuy, ashula va raqs shaydosi ekanligi hammaga ma'lum. O'zlikni anglash, xalqning ma'naviy sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdan iborat, uzviy, tabiiy jarayondir.
Yurtimizda xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, san'atni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Bularni dildan his qilib, teran idrok etishimiz joiz. Zotan, asrlarga tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha g'ururlansak arziydi. Bizdan talab etiladigani esa milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat qilishdir, chunki milliy madaniyati yuksak xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega ega bo'ladi.
Bugun respublikamizda betakror milliy madaniyatimizni rivojlantirishda o 'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan qator omillarni sanashimiz mumkin. Ular orasida ko'plab insonlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan, milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgan badiiy havaskorlik jamoalarini ham ta'kidlab o'tish joizki, ularning bugungi kundagi faoliyatidan asosiy maqsad shonli tariximizdan meros an 'analarimiz, madaniyat va san'atimizni saqlab qolish, el orasida targ'ib qilish va kerak bo'lsa, kelajak avlodga yetkazish desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Badiiy havaskorlik - yakka jamoa bo'lib
For citation: Ahmadjon Sh. Dadayev. (2024) 'Development processes and trends in musical art in Uzbekistan', Inter education & global study, (9(1)), pp. 235-242. (In Uzbek).
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ishlanadigan, ishdan ajralgan holda mashg'ulotlar, to'garaklar ijod qilinadigan xalq ijodiyotining shakllari1.
Mustaqilligimiz o'zbek musiqa madaniyatini keng xalq ommasining ma'naviy mulkiga aylantirib, uni jahon musiqasi taraqqiyoti tarkibiga kiritishiga alohida yo'l vazifasini bajardi. Shuning uchun ham mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq yuzlab havaskorlik ansambllari to'garaklari tashkil topib, ijtimoiy hayotda juda muhim rol o'ynadi. Bu davrda milliy musiqa an'analari yo'llari o'zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ'ib etuvchi o'ziga xos havaskorlik ashula va raqs ansambllari maydonga keldi. Ularning soni yildan yilga o'sib bordi. Ular orasida bir qanchalari "Xalq ansambli" va "Namunali bolalar ansambli" degan yuksak unvonlarga sazovor bo'lishdi. 2018-yil yakunlari hisobotiga ko'ra esa Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalarning o'zida 138 ta "Xalq ansambli" va 9 ta "Namunali bolalar ansambli" unvoniga sazovor bo'lgan ashula va raqs ansambllari mavjud.2
Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy bosqichlarida ijodkorlik sintetik xususiyatga ega bo'lgan xalq o'yinlarida namoyon bo'ldi. Bu musiqa, ashula, raqs, she'riyat va jang san'atlari birlashtirilgan jonli ijro edi. Har bir sohaning o'ziga xos tabiati, ritmi, tovushlari va san'ati mavjud. Birlamchi ommaviy raqsning bunday shakllariga insonning hayotiy ehtiyojlari va uning o'zgaruvchan ritmga, tabiat va o'zaro muloqotga jalb etilishi bilan bog'liq holda rivojlangan estetik hodisa sifatida qarash mumkin. Raqs harakatlari kengligi va ochiqligi bilan e'tiborli. Unda qo'llar keng, to'liq uzunlikda ochiladi, raqs paytida bosh va tana cheklanmaydi, lekin har bir harakatni aniq ifodalaydi. Erkin shamollar ostida tebranayotgan qayinlar va emanlar hamda raqs tushayotgan insonning harakatlari xuddi shunday erkin, kuchga to'la bo'ladi. Bunday dramatizatsiyalar ko'proq teatr va plastika harakatlarini eslatadi, unda inson shijoati jasorati, ba'zida ichki kechinmalari ifoda etilib, ajoyib ijro yuzaga keladi.
Ommaviy raqs estetik hodisa sifatida asta-sekin hayotning tabiiy ehtiyojlari va insonning ongli ravishda o'zgaruvchan ritm va tabiat bilan aloqaga jalb qilinishi bilan bog'liq holda tug'ildi. Keyinchalik yuzaga kelgan raqs, o'yin, marosim va boshqalar - bu ajdodlarimizning ongli ijod mahsulidir. Xoreografiyaning ushbu o'ziga xos shakllari tomoshaviy sahna asarlarining evolyusiyasini aks ettiradi.
Voqelikka yangicha qarash bu - ijod, o'rgata olinadigan bilim bu - ijod, o'rgata olish esa savobdir. Xoreograf sifatida aktyorlarning dunyoqarashini boshqarishdan yiroq bo'lsa-da, berilayotgan bilimlar orqali boyitib va o'zining yo'lini topishga erishish mumkin3.
San'at mazmuni - hayot, atrofimizdagi voqеlik, inson va uning ichki dunyosi o'y -fikrlari, his-tuyg'ularidir. San'at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko'ra badiiy obrazlarni yaratish orqali voqеlikni o'zlashtiradi. U kishining hissiyoti va onggiga bеvosita ta'sir qiluvchi shaklda olamni guyoki yangidan yaratadi. Lеkin, san'atkor hayotni,
1 D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019 y.
2 J.T.Shukurov. "Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti (Ashula va raqs)". Darslik. Toshkent -2020. 11 -b.
3 Aвдеевa Л.А. Узбек миллий parçc тaрихидaн - Т.:"Узбекрaк,с" бирлaшмaси, 2001.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
xodisalar va narsalarni nusha qilib ko'chirmaydi. U biror obrazga xos bo'lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz qiuofasini o'zgartiradi, so'ng uni rasm, she'r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san'atkorning asari muallifning shaxs asoratini o'z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning obyektiv materiali san'atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o'ziga xos ijod bo'lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti deb ham hisoblanadi.4 Negaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo'ladiki, inson o'z zamondoshlari hamda xalqi o'tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san'at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning uzluksiz bog'liqligini amalga oshiradi.
Musiqa - ohang (intonatsiya) san'ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o'ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o'zgartirishda yordam beradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Musiqa - insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mehnat va dam olish chog'larida albatta ishtirok etadigan omil sifatida namoyon bo'lib, odamni ma'naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob san'atdir. U shaxsning ma'naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiyaning samarali quroli deb hisoblanadi. Musiqaning o'zi, uning yaratuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash - davr talabidir5.
Shu maqsadda ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotdagi ta'sirchanligini yanada oshirishga qaratilgan dasturlar qabul qilamiz. Ijodkor ziyolilarga doimiy e'tibor qaratish, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni ma'naviy-ma'rifiy sohadagi siyosatimizning muhim yo'nalishlari deb bilamiz. Biron bir jamiyat o'z taraqqiyotini ta'minlashda madaniyat va san'atni, o'zining milliy-ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirmay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. O'zining qadimiy va an'anaviy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy merosimiz durdonalarini asrab-avaylash, o'zbek xalqi madaniyati va san'atining tarkibiy qismi bo'lgan qadimiy an'analarimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boylik - xalq qo'shiqlari, cholg'ulari, tomoshalar, dostonlar, maqomlar, raqslar va milliy marosimlarni bugungi kun talabidan o'rganish,
4 L.A.Urmanova, A.X.Trigulova, GAIbrahimjanova "Musiqa nazariyasi". O'quv qo'llanma. Toshkent-2012. 3-bet.
5 SH.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi". - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 275-b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
unga katta hurmat bilan munosabatda bo'lish, kelgusi avlodlarga bekami ko'st yetkazish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. 6
Musiqa mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi. Musiqa mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi va maktabgacha ta'limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat talablari. Maktabgacha ta'lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar. Musiqa mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi fanidan ta'lim mazmunining minimal hajmi. Tarbiyalanuvchilarning musiqa mashg'ulotlarida egallashi lozim bo'lgan kompetensiyalari. Musiqa mashg'ulotlari ta'limi dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Mashg'ulotlar tahlili. «Ilk qadam» maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan dastur - davlat hujjati bo'lib, musiqa rahbarini ta'limiy tarbiyaviy ishi, bolalarni barkamol tarbiyalab maktab ta'limiga tayyorlashini nazarda tutadi. Musiqa mashg'ulotlarini rejalashtirar ekan, pedagog bolalarning aqliy, jismoniy, emotsional yuklamalarini hisobga olishi kerak va shunga ko'ra o'rgatiladigan repertuar va faoliyat turlarini ketma - ketligini to'g'ri tuzishi kerak.
Har bir musiqa rahbari har bir musiqa mashg'ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko'rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg'ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak: mashg'ulot bayoni, yangi qo'shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg'u asboblari uchun tayyorlangan ko'rgazmalar; qismlarni bir-biriga uzviy bog'lay olish; bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo'lish; texnika vositalaridan foydalana olish; musiqiy ta'limiy va didaktik o'yinlar yordamida bolalar bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab borish; musiqaviy xarakatli o'yinlarni atributlar va o'yinchoqlar yordamida tashkillashtirish.7
Ashula va raqs ansambllarining asosiy vazifasi insonni g'oyaviy va estetik jihatdan tarbiyalashdan iborat bo'lib, bu o'zining janri, ishtirokchilarning yoshi, jinsi va son jihatidan tarkibi kabi xususiyatlariga qarab turlarga bo'linadi. Masalan, bolalar ashula va raqs ansambli, kattalar ashula va raqs ansambllari tabiiyki, o'zining avvalo repertuari, ijro jihati, o'z oldiga qo'yilgan vazifalari bilan ham farq qiladi. Yoxud alohida ayollar va alohida erkaklar ashula va raqs ansambllari ham bo'lishi mumkin. Bulardan tashqari, mamlakatimizda to'rt yo'nalishda, Qoraqalpoq bilan besh yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan ashula va raqs ansambllar mavjud. Bularning barchasi mazkur yo'nalishlarning xilma-xil ekanligidan dalolat beradi.
O'z ijodiy faoliyatini vokal-xorlari va xalq ansambllari bilan ishlashga bag'ishlagan rahbarlar xonandani muntazam ravishda to'g'ri tarbiyalash uchun zarur bo'lgan ijodiy pedagogik jarayonni chuqurroq idrok qilishi zarur. Rahbarning tashkilotchiligi va tashabbuskorligi, ayniqsa, xorni tashkil qilish davrida qo'l keladi. Vokal -xorni tashkil qilish ma'lum davrni o'z ichiga oladi. Albatta, bu davrda qator tashkiliy ishlar amalga oshiriladi.
6 D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti" o'quv qo'llanma, - T.: "Navro'z" nashriyoti 2019-y. -15 b.
7 B. Boltayev, J. А. Xodjayev. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi. Darslik. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.- 27-bet.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tashkiliy davr ikki hafta, bir-ikki oy, xatto, undan ham ko'pga cho'zilishi mumkin. Tashkiliy davr qancha tez amalga oshsa, shuncha ishning samarasi yaxshi bo'ladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, o'quv yurtlarida, muassasalarda, madaniyat saroylarida vokal -xor jamoasi, ashula va raqs ansambli tuzish uchun, dastavval, kasaba uyushmasi, yoshlar tashkilotlari madaniyat saroyi xodimlari hamkorligida keng tayyorgarlik ishlarini olib borishi zarur.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. SH.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi". - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 458 b.
2. D.Yusupaliyeva, G.Xudoyberganova. "Madaniy-ma'rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti". O'quv qo'llanma, - T.: Navro'z nashriyoti 2019-y.
3. J.T.Shukurov. "Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti (Ashula va raqs)". Darslik. Toshkent -2020.11-b.
4. Aвдеевa ЛА Узбек миллий pa^ тapихидaн - Т.: "Узбекpaкс" биpлaшмaси,
5. L.A.Urmanova, A.X.Trigulova, G.A.Ibrahimjanova "Musiqa nazariyasi". O'quv qo'llanma. Toshkent-2012. 175-bet.
6. B. Boltayev, J. A. Xodjayev. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi. Darslik. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021.- 27-bet.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Dadayev Ahmadjon Shokarimovich, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi v.b. professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, [Дадаев Ахмаджон Шокаримович, Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, в.б.профессор кафедры "Национальное пение", Заслуженный артист Узбекистана], [Dadayev A. Shokarimovich, Uzbek state institute of art and culture, Professor of the Department of National Singing Honored Artist of Uzbekistan; manzil 190111, O'zbekiston, Toshkent, [адрес: 190111, Узбекистан, Ташкент,], [address: 190111, Uzbekistan, Tashkent]
2001.