O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Azizjon Talaboev
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotasiya: Ushbu maqolada o'zbek xalq musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish omillari va hozirgi kunda mamalakatimizda maqom san'atini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Musiqa, maqom, kuy, qo'shiq, cholg'u, ijro, mushkulot, anjuman.
FACTORS FOR RECONSTRUCTION AND DEVELOPMENT OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK FOLK MUSIC
Azizjon Talaboev
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article tells about the factors of revival and development of the genre of maqom in the art of Uzbek folk music performance and the work currently being done in our country to develop the art of maqom.
Keywords: Music, status, melody, song, instrument, performance, challenge, conference.
Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish XVII-XIX asrlarda cholg'ular batafsil ta'riflangan yirik asarlar yaratilmadi. Bu ko'proq feodal tarqoqligining kuchayishi bilan bog'liq. Ulkan davlat ayrim-ayrim xonliklarga bo'linib ketadi. (Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari). Bu esa musiqa san'ati taraqqiyotida aks etmay qolmadi. O'zbek musiqa madaniyati mahalliy xususiyatlar kasb eta boshladi. O'ziga xos musiqa cholg'ulari shakllandi. Musiqa turlaridan-maqomlar bundan buyon har xonlikda o'ziga xos yo'nalishda takomillashdi. Maqom ijrochilari zarurat yuzasidan o'zgarishlar kiritishdi. Shunga qaramay, musiqaning umumiy xususiyatlarini saqlab qolishdi. Har bir ijrochi maqom ijrosiga ijodiy yondashib, musiqa ijrosiga o'ziga xos takrorlanmas jihatlar kiritdi. Og'zaki tarzda cholg'ularni saqlab qolish an'anasi maqomning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib, busiz uning yashab qolish va so'nggi taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Har bir xonlikda o'ziga xos bir yo'nalishda xalq musiqasining yangi turlari yaratildi; bayramona, kuylar, xalq tomosha kuylari (dorbozlik, ko'g'irchoqbozlik) yangi tipdagi raqs kuylari. Bu kuylar o'zining quvnoqligi, sho'xligi bilan bir-biridan farq qilib turgan va keng xalq ommasini o'ziga jalb etgan. XVII asr oxiri va XIX asr boshlarida o'zbek musiqa madaniyatida
xalq va professional musiqa san'atining quyidagi ko'plab yangi turlari takomillasha boshladi; katta ashula, katta o'yin, Shodiyona, Navro'z, Mavrigiy, Shashmaqom, Chor maqom (unga Dugoh, Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori-Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg'ulari va ijrochilarga bog'liq holda turlicha cholg'u ansambllari tuzilgan. Ko'p hollarda xalq cholg'ulari ansambl tarkibiga g'ijjak, tanbur, dutor, chang, nay, qo'shnay, doira kabi musiqa cholg'ulari kiritilgan. Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo'lgan. U O'rta Osiyo xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. I.Rajabov yozadi: Shashmaqom olti xil turli sistemalaridan iborat, ularning har biri, o'z navbatida, mushkilot (cholg'u) va nasr (ashula) bo'limlaridan iborat bo'lgan quyidagi maqomlarga (qismlarga) bo'linadi: «Rost», «Buzrug», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» ... Har bir maqom 20 tadan 40 tagacha katta-kichik qismlarni o'z ichiga oladi. Hammasi bo'lib turkumda 250 ga yaqin mushkilot va nasr qismlari bor. Bir maqomning ijrosi bir necha soat davom etgan. Xalq cholg'ulari xalq og'zaki ijodi va klassik adabiyot bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi. Xalq cholg'ulari haqidagi tasavvurlarni badiiy asarlardagi musiqa cholg'ulari ifodalari, kitob miniatyuralaridagi cholg'uchilar tasviri boyitadi. Firdavsiy, Sa'diy, Navoiy, Dehlaviylarning asarlarida 60 dan ziyod xalq cholg'ularining nomi zikr etilgan. Maqomlar asosan saroy ayonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitlarda ijro etilgan. Hatto mohir qo'shiqchilarning o'ziga xos musobaqasi (ayniqsa, avjlarni ijro etishda, shuningdek, yangi qismlarini to'kishda) tashkil etilgani ma'lum. Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish davom etdi. Maqom o'zining oxang va ritm qonuniyatlariga ko'ra xalq qo'shiqlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, faqat qamrovining kengligi bilan farqlanar edi. Odatda, har bir maqom ikki katta qismga bo'lingan. Birinchisi - faqat cholg'ularda ijro etilgan qismi bo'lib mushkilot deb atalgan, ikkinchisi - cholg'ular jo'rligida aytiladigan ashula qismi bo'lib, nasr deb atalgan. Nasr o'z ichiga raqs kuyiuferni ham olgan. Cholg'uchilar orasida musiqa tovushlarini yozib ko'rsatadigan maxsus belgilar sistemasi notasiya yaratishga intilish paydo bo'ldi. Buni amalga oshirish shoir-musiqachi Pahlavon niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy 18251879) ga nasib etdi. Iste'dodli musiqa ijrochisi mohir tanburchi va g'ijjakchi Paxlavon niyoz Mirzaboshi sayohat chog'ida nota bo'yicha kuy chalayotgan cholg'uchilarni ko'rib hayratga tushdi. Mirzaboshi - Komil Xorazmiy Xorazmga qaytishi bilanoq ilgaridan diliga tugib yurgan niyati maqomlarni yozib olishga ilhom bilan kirishdi. Paxlovon noyoz Mirzaboshi Komilning shogirdi Muhammad Yoqub Xarratov (18671939) mashhur tanburchi edi. U nafaqat chog'uchilik san'atini, balki hattotlik san'atini ham mukammal egallagan edi. Iste'dodli cholg'uchi Komil Xorazmiy rahbarlik qilgan saroy xalq cholg'ulari ansambilining sozandasi bo'lgan Muhammad Yoqub Xarratov (Matyoqub Xarratov) tanbur notosiyasini tuzishda va xorazmcha maqomlarni yozib olishda qatnashgan. Ustozidan xorazmcha maqom turkumlarini qabul qilib, ularning
saqlanib qolishiga katta hissa qo'shgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825) saroyida ishlagan mashhur tanburchi va qo'shiqchi Niyozxo'ja Hojining ijodiy va ijrochilik faoliyati Xivada kechdi. U xorazm musiqa madaniyatiga katta e'tibor berdi. Matyoqub Xarratovning aytishicha, Niyozxo'ja Buxoroga «Shashmaqom»ni o'rganish uchun borgan. U Buxorodan qaytgach, buxorocha maqomlar Xiva cholg'uchilari tamonidan o'zlashtirilib, Xorazmda keng tarqala boshladi. Xorazmning mashhur cholg'uchilari Muxammadrahim Feruz, Komil Xorazmiy, Mirzo Muxammadrasul va boshqalar Niyozxo'ja bilan hamkorlikda maqomlarga yangi cholg'u bo'limlari qo'shib, ularni boyitdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida Qo'qon shahri mashhur cholg'uchilar to'plangan markazga aylangan edi. Bu erda Usta Xudoyberdi rahbarligida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik maktabini o'rganish bo'yicha o'ziga xos maktab yaratildi. Farg'ona cholg'ulari buxorocha shashmaqomni faol o'zlashtira boshladi. Ota -Jaloliddin Nosirov (1845-1928) maqom ijrochisi, taniqli o'qituvchi, cholg'uchi, usta tanburchi edi. U dastlab musiqa ilmini onasidan o'rgandi, so'ngra maqomlarning zukko bilimdoni va mohir ijrochisi bo'lgan otasidan ta'lim oldi. Ota-Jalol Nosirov uzoq yillar mobaynida Amir Olimxon (Buxoro), Amir Muzaffarxon (Shahrisabz)," Amir Otajonlar (Karmana, hozirda Navoiy)lar saroyida o'zbek xalq cholg'ulari ansamblining doimiy rahbari va xonandasi bo'lgan. Ota G'iyos Abdug'ani (18581924) o'zbek musiqasining bilimdoni, buxorolik tanburchi edi. U Shashmaqomning Mushkulot qismini yaxshi bilgan va har bir maqomni unga xos usul va xususiyatlarni saqlab qolgan holda ijro etgan. Xoji Abdulaziz Rasulev (1852-1936) o'zbek va tojik musiqasining taniqli ijrochilaridan biri, mohir tanburchi Hoji Raximqulning shogirdi. 1888 yilda Buxoroga bordi. U yerda Ota Jaloliddin Nazirov rahbarligi ostida bir yil ichida Shashmaqomni mukammal o'rgandi. A.Rasulov Farg'ona, Samarqand, Toshkent shaharlarida o'zbek xalq musiqasi va maqomlarini faol targ'ib qildi. U o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi rivojiga tanburchi, dutorchi va xonanda sifatida salmoqli hissa ko'shib, xalq va musiqa jamoatchiligining mehr-muhabbatiga sazovor bo'ldi. Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan musiqachi-cholg'uchilar o'z ijodiy yo'lini boshlab o'z davrida ijodiy kamolotga etdilar. Ular hammasi ma'rifatchilar, yosh musiqachilarning ustozlari edilar. Ularning pedogogik karashlari, ta'limotlari o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik bo'yicha yangi pedagogik hayotiy manba bo'lib, o'lmas meros sifatida saqlanmoqda.
1917 yildan keyin o'zbek musiqa san'ati jadal va jo'shqin taraqqiy qila boshladi. Birinchi o'n yillikdayoq musiqa ta'limi, folklorshunoslik, ijrochilik san'ati sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi. Musiqa o'quv yurtlari - Toshkentdagi Turkiston xalq konservatoriyasi (1918) va uning Samarqanddagi, Farg'onadagi (1919), Buxorodagi (1920) filiallarida katta ishlar amalga oshirildi. Ularda asosan o'zbek xalq cholg'ularini hamda ba'zi Ovrupacha musiqa cholg'ulari (fortepyano, skripka va damli cholg'ulari) ni chalish o'rgatilar edi. Bu musiqa bilim yurtlari tom ma'nodagi konservatoriya
bo'lmasa-da, biroq, o'tgan davr musiqa madaniyati ilmini o'rganish imkoniga ega bo'lmaganlarga sodda musiqa nazariy ilmi hamda ijro san'atida saboq berilar edi. Shu tufayli yosh respublikaning ko'pgina shaharlarida musiqa havaskorligi keng quloch yoydi. O'zbek san'atining asoschisi, dramaturg, bastakor, muallim, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy musiqa san'ati rivojiga katta xissa qo'shdi. 1917 yilgacha bo'lgan davrdagi xalq musiqachi va ijrochilari yaratgan an'analar cholg'ularning keyingi avlodi ijodida tarkib topdi va davom etdi. Musiqachi-ijrochilar qayta tuzilgan madaniy ma'rifiy tashkilotlarda ishga kirishib ketdi. Taniqli tanburchi va xonanda Shorahim Shoumarov 1919 yilda Toshkentdagi «Namuna» maktab-internati qoshida xalq cholg'ulari ansamblini tuzdi. Bu ansambl keyinchalik Toshkent musiqa texnikumini tashkil qilish uchun asos bo'lib xizmat qildi. 20-yillarda o'quv yurtlari, zavodlar, fabrikalar qoshida, qishloq joylarda «Ko'k ko'ylak», «San'atchi qizlar», «Sanoyi nafisa» kabi musiqiy jamoalar tuzildi. Tashkil qilingan ijodiy jamoalar tarkibida naychi. changchi, dutorchi, tanburchi, g'ijjakchi, doirachi, nog'arachilar va qashqar rubob sozandalari bo'lgan xalq cholg'ulari ansambllari ham bor edi. Xalq cholg'ulari ansambllari Farg'onada, Andijonda, Samarqanda ham tuziladi. Ularga mashhur cholg'uchilar usta Olim Komilov, To'xtasin Jalilov, Ahmadjon Umirzoqov, Yusufjon Shakarjonov, usta Ro'zmat Isaboyev, Matyusuf Xarratov, Usta Toyir Marufjon Toshpo'latov, Muhiddin Mavlonovlar rahbarlik qilishgan. Ularning samarali ijodi tufayli, o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atidan ko'pchilik bahramand bo'ldi. 1936 yilda Moskvada bo'ladigan dekada munosabati bilan Qori Yoqubovga Davlat filarmoniyasini tuzish topshiriladi, u filarmoniyaning birinchi direktori etib tayinlanadi. Qori Yoqubovning va boshqa musiqa san'ati arboblarining qat'iyligi tufayli, Toshkent Davlat Konservatoriyasini tuzish haqida qaror qabul qilinadi. O'zbek xalq musiqasi an'analarining davomchisi, toshkentlik mohir xalq cholg'uchisi-dutorchi, tanburchi, naychi Yunus Rajabiyning (1897-1976) ijodiy faoliyatiga ma'rifatparvarlik keng musiqiy ijtimoiy xususiyatlar xos edi. Besh jildlik o'zbek xalq musiqasini yozib olib, nashrga tayyorlaganligi Yunus Rajabiyning ko'p yillik ijodiy faoliyatining eng ajoyib samarasi bo'ldi. 1927 yili Yunus Rajabiy O'zbekiston radio qo'mitasi qoshida 12 cholg'uvchi (xonanda va sozandalar) dan iborat xalq cholg'ulari milliy ansambli tashkil etadi. Bu ansamblga u Toshkentdagi o'sha paytda mashhur musiqachilar - qo'shnaychi Xayrulla Ubaydullaev, dutorchilar Abdusoat Vahobov, Orif Qosimov, tanburchilar Rixsi Rajapov, Mahsudxo'ja Yusupov, g'ijjakchilar Imomjon Ikromov, Nabi Hasanov, Mahmud Yusupov, naychilar Dada ali Soatqulov, Said Kalonov, changchilar Nigmatjon Do'stmuhammedov, Faxriddin Sodiqov, Mahamatjon Rasulov, doirachi Dadaxo'ja Sottiyevlarni jalb etdi. Ansambl repertuarida o'zbek xalq kuylari bilan bir qatorda zamonaviy bastakor, shu jumladan Yunus Rajabiyning «Chorgoh», «Ko'chabog'i», «Bayot», «Birlashingiz», «Fabrika», «G'alaba», «Hammamiz», «Ilg'or», «Mirzadavlat» kabi asarlari bor edi. Keyinroq bu
ansamblda respublikaning mashhur xonandalari toshkentlik Mulla To'ychi Toshmuhamedov, buxorolik domla Halim Ibodov, samarqandlik dutorchi va xonanda hoji Abdurahmon Umarov, xorazmlik tanburchi va xonandalar Matyoqub Xarratov, Safo Mugoniy, Toshkentlik Nazira Axmedova kabi san'atkorlar ishlagan. Ayni paytda ansamblning ijrochilik repertuari «Shashmaqom»ning mushkulot va nasr qismlari: «Nasurulloi», «Navro'zi Sabo», «Talqini ushoq», «Sarvinozi talqincha», shuningdek, bastakorlarning «Uyg'oning», «Bizning qishloq», «Yashasin», «Kolxozimiz» kabi asarlar hisobiga kengaydi. 1930 yilda Toshkent musiqa oliy maktabi, 1936 yilda esa uning asosida O'rta Osiyoda birinchi musiqa oliy o'quv yurti - Toshkent Davlat konservatoriyasi ochildi. 1936-1937 o'quv yili xalq cholg'ularida ijrochilik sohasida musiqiy ta'lim rivoji uchun juda muhim davr bo'ldi. Aynan shu davrda Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida A.I.Petrosyans tashabbusi bilan Yu.Rajabiy, A.Daroshev, A.Mansurov, B.Gienko, N.Krestyanin, V.Marsinkovskiy, A.Maxsudov, O.Qosimov kabi o'qituvchilar umummaqbul nota sistemasi asosida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik bo'yicha saboq bera boshladilar. Sh.Shoakramov, A.G'ofurov, M.Yunusov (chang), S.Yuldoshov, G.Qodirov (tanbur), A.Ilyosov, M.A'zamov kabilar ularning birinchi o'quvchilardan bo'lishdi.
Musiqiy ta'lim va ustozlar O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik madaniyatining o'sishi, jahon klassik bastakorlari asarlarining o'zlashtirilishi, O'zbekiston bastakorlarining xalq cholg'ulari uchun maxsus asarlar yaratishdagi faol ijodiy faoliyati o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo'ldi. Shu bilan birga, yuqori malakali ilmiy pedagogik va ijrochi kadrlarni puxta va mukammal qilib tayyorlash masalasini ham kun tartibiga qo'ydi. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilikning keyingi davrlardagi yuksalishi Toshkent konservatoriyasining faoliyati bilan chambarchas bog'langan. 1948 yildan boshlab mamlakatimizdagi musiqa oliy o'quv yurtlarida, shu jumladan; M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasida ham xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha ta'lim berish boshlandi. O'zbek xalq cholg'ulari bo'limiga (orkestr fakulteti tarkibida) rahbarlik qilish, o'quvchilarni saralab yig'ish, o'quv rejalarini tuzish A.I.Petrosyans tomonidan amalga oshirildi. Toshkent Davlat konservatoriyasida o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi bo'yicha professional ta'limni yo'lga qo'yishda V.A.Uspenskiy, M.A.Ashrafiy, A.I.Petrosyans, I.P.Blagoveshchenskiy, B.F.Gienko, G.G.Sobitovlar katta rol o'ynashdi. 1948-49 yillardagi birinchi o'quv yilida konservatoriyaga O'zbekiston Davlat filarmoniyasi xalq cholg'ulari orkestrining 13 cholg'uchisi o'qishga qabul qilindi. Shulardan 10 kishi: Nazir Nigmatov (qo'shnay), Abbos Bahromov, Aleksandr Evdokimov (primarubob), La'li Sultonova, Mirzaev, Buriboy Mirzaahmedov (qashqar), Mahamatjon Asilov, Obid Xolmuhamedov (g'ijjak), Anvar Liviev (doira) 1-kursga qabul qilindi. Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining bitiruvchilari Axmadjon Odilov (chang), Valentina Borisenko (prima
rubobi), Feoktist Vasilevlar (qashqar rubobi) esa 2-kursga qabul qilindi. Muhammadjon Mirzaev (1913 yilda tug'ilgan) respublikadagi rubobchilarning eng mashhuri, kuychi-bastakori. Konservatoriyani qashqar rubobi sinfida A.I.Petrosyans raxbarligida tamomlagan. 1951 yildan filarmoniya orkestrida ishlash bilan bir qatorda, o'zbek xalq musiqa merosini o'rganish bo'yicha yosh ijrochilarga murabbiylik qilib kelgan. Xalq artistlari X.Mavlonova, M.Turg'unboyevalar bilan ijodiy hamkorlikda «Bahor valsi», «Yangi tanovar», «Gulnoz», «Dilbar», «Gulxumor», «Dildor» kabi lirik qo'shiqli raqs kuylarini yaratgan. U yaratgan qo'shiqlar orasida «Shirmonoy», «Oltin sandiq», «Uch dugonalar» ayniqsa mashhurdir. M.Mirzayev O'zbekiston xalq artisti, O'zbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi va bir qancha mukofatlar sohibi. Rubob ijrochiligida (keyinroq yosh ijrochilar tomonidan rivojlantirilgan) hissiy va yorqin uslub asosini yaratgan dastlabki rubobchilardan hisoblanadi. Mirza Hakimovich Toirov (1930 yilda tug'ilgan). Konservatoriyani nay ixtisosligi bo'yicha tamomlagan dastlabki bitiruvchilardan biri (1956). U o'z ustozi A.I.Petrosyans bilan hamkorlikda «Nay maktabi» o'quv qo'llanmasini yaratgan. Ushbu qo'llanma O'zbekistondagi barcha musiqa bilim yurtlarida, shu bilan birga, qo'shni respublikalarda ham nay sinflarining ochilishiga imkon yaratdi. M.Toirov 1957 yildan ijrochilik kafedrasida avval o'qituvchi, so'ngra dosent bo'lib ishlagan. Ayni bir paytda T.Jalilov nomidagi xalq cholg'ulari orkestrida ham ishtirok ettan. M.Toirov musiqa ijrochilari Butunittifoq konkursining (1957) hamda Yoshlar va talabalarning VI jahon festivalining sovrindori (1957), Moskva, Estoniya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikistonda bo'lib o'tgan o'zbek san'ati dekadalarida qatnashgan. M.Toirov bir necha iste'dodli naychilarni tarbiyalab kamol toptirgan. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi.
Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Ayni paytda respublikamizda maqom san'atini keng targ'ib qilish hamda noan'anaviy ekspozisiyalar yaratish bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga erishilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.
2. Sh.Raximov - Dutor .T. 2005.
3. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.
4. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003
5. H.Nurmatov qashqar rubobi taronalari. T.G'.G'ulom nashriyoti1989
6. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
7. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.
8. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.
9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
10. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
11. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
12. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.
13. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).
14. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
15. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.
16. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.
17. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
18. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.
19. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.
20. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).
21. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.
22. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).
23. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.
24. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.
25. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.
26. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.
27. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).
28. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.
29. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).
30. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.
31. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).
32. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).
33. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.
34. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.
35. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.