Научная статья на тему 'TURONNING QADIMGI TARIXINI O‘RGANISHDA “AVESTO”NING AHAMIYATI (XITOY TADQIQOTLARIDA)'

TURONNING QADIMGI TARIXINI O‘RGANISHDA “AVESTO”NING AHAMIYATI (XITOY TADQIQOTLARIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
177
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avesto / Zardusht / Markaziy Osiyo / Turon / Baqtiriya / So‘g‘d / Xorazm / Saka va massagetlar / “Shimoldan kelgan bosqinchilar” / Kushoniylar / Eftaliylar. / Avesta / Zoroastrianism / Central Asia / Turan / Bactria / Sogd / Khorezm / Sakas and Massagets / “Invaders from the North” / Kushans / Hephthalites.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdikulov, Xusniddin Maxmudovich

Xitoyda Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o‘rganishda Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” manbasining tarjima qilinishi va XXR tarixchilari tomonidan tadqiqotlarga tortilishi kursatib berildi. Bundan tashqari manbadagi ma’lumotlarning xitoy tarixchilari tomonidan talqiniga ham e’tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF "AVESTO" IN STUDYING THE ANCIENT HISTORY OF TURAN (IN CHINESE STUDIES)

In the study of the ancient history of the peoples of Central Asia in China, it was shown that the source of “Avesta”, which is considered the holy book of Zoroastrianism, was translated and studied by historians of the PRC. In addition, attention was paid to the interpretation of the source information by Chinese historians.

Текст научной работы на тему «TURONNING QADIMGI TARIXINI O‘RGANISHDA “AVESTO”NING AHAMIYATI (XITOY TADQIQOTLARIDA)»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

TURONNING QADIMGI TARIXINI O'RGANISHDA "AVESTO"NING AHAMIYATI (XITOY TADQIQOTLARIDA)

Xitoyda Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o'rganishda Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan "Avesto" manbasining tarjima qilinishi va XXR tarixchilari tomonidan tadqiqotlarga tortilishi kursatib berildi. Bundan tashqari manbadagi ma'lumotlarning xitoy tarixchilari tomonidan talqiniga ham e'tibor qaratildi.

Kalit so'zlar: Avesto, Zardusht, Markaziy Osiyo, Turon, Baqtiriya, So'g'd, Xorazm, Saka va massagetlar, "Shimoldan kelgan bosqinchilar", Kushoniylar, Eftaliylar.

In the study of the ancient history of the peoples of Central Asia in China, it was shown that the source of "Avesta", which is considered the holy book of Zoroastrianism, was translated and studied by historians of the PRC. In addition, attention was paid to the interpretation of the source information by Chinese historians.

Key words: Avesta, Zoroastrianism, Central Asia, Turan, Bactria, Sogd, Khorezm, Sakas and Massagets, "Invaders from the North ", Kushans, Hephthalites.

Xitoyda maxsus "Avestoshunoslik" maktabi mavjud bo'lmasada, ammo eronlik olimlar tomonidan tayyorlagan "Avesto" ning ba'zi qismlari xitoy tiliga tarjima qilingan va u Turonning qadimgi tarixini o'rganuvchi xitoylik tarixchilar uchun qo'llanma bo'lib kelmoqda.

Dastlab 2005-yilda eronlik tarixchi Jahlil Do'st tomonidan tayyorlangan "Avesto" ning ba'zi qismlarini xitoy tiliga Yuan Venchi tarjima qilib "Avesto"1 sarlvhasi bilan nashr qiladi. 2010-yilda esa "Avesto - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi"2 sarlavhasi bilan qayta nashr qilinadi.

1 Jahlil Do'st. Avesto. Tijorat nashriyoti. 2005. B. 559. ( E^fë. 2005 559 K.)

2 Jahlil Do'st. Avesto - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Tijorat nashriyoti. 2010. B. 559. (

mmmm-rn^&mmx^». 2010 559 K).

Xusniddin MaxmudovichTurdikulov

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Bundan tashqari xitoy tarixchilari Vang Jilay3, Ma Dazheng, Feng Sishilar4, Lan Chi, Su Ligong, Huang Honglar 5 va Yuy Taishan6 o'z tadqiqotlarida Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi Avestoning qadimgi Turon xalqlari tarixini o'rganishda muhim manba ekanligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishgan. Xitoy tarixchilari Turon tarixini asosan "Markaziy Osiyo" va "O'rta Osiyo" kontekstida o'rganishadi. Xitoy tarixchilari ham ko'pchilik boshqa tarixchilar qatori Avesto nafaqat zardushtiylik dinining muqaddas kitobi balki, Dastlabki tarixiy davr Markaziy Osiyo va sharqiy Eronning ijtimoiy va iqtisodiy holatini aks ettirishda muhim manba deb hisoblashadi. Xitoylik tarixchilar Markaziy Osiyoni siyosiy jihatdan shimoliy va janubiy qismlarga ajratgan holda o'rganishganishgan. Janubiy qismga So'g'd, Baqtiriya va Xorazimni kiritishsa, shimoliy qismga Saka va massaget xalqlarni joylashtirishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jumladan Vang Jilay va Lan Chilar fikricha qadimgi davrda Markaziy Osiyoning janubiy qismi aholisining tashqi dushmanlarga qarshi turishda birlashishi va davlat qurish zarurati tufayli Zardushtiylik dini paydo bo'lgan7.

"Avesto" da Zardushtning voha aholisini ko'chmanchilar kirib kelishiga qarshi birlashishga chaqirgani qayd etilganligi bilan asoslashadi. "Avesto" ning "Gathas" qismida Zardusht tomonidan ko'tarilgan milliy tuyg'ular bilan, xalqni shimoldan kelgan bosqinchilarga qarshi birlashishga chaqiradi. Shuning uchun, u shunchaki payg'ambar emas, balki qarshilik harakatining kurashchisi va etakchisi bo'lgan deb hisoblashadi.

G'oyaviy jihatdan esa o'sha paytda shimoliy ko'chmanchilar Daevaslarga sig'inardilar, Herodotning tarix asariga asoslanib ular inson ruhiga ya'ni o'limdan keyin hayot borligiga, fol ochishga, osmon, yer, quyosh, oy, suv va olovga, ayniqsa quyosh va olovga sig'inardi. Skiflar ya'ni Saka va massagetlar xudolar ichida faqat quyoshga, massagetlar esa quyosh xudosi Mitraga ham sig'inardilar. Quyoshdan

3Vang Jilai. Markaziy Osiyo umumiy tarixi. Urumchi. Shinjon xalq nashriyoti. 2004. B. 371. (

f^SAK^fett. 2004. 371 K); Vang Jilai. Markaziy Osiyo umumiy tarixi. Urumchi. Shinjon xalq nashriyoti. 2010. B. 424. 2010 424 K).

4 Ma Da Jeng, Feng Sishi. Markaziy Osiyoning beshta davlati tarixi. Urumchi: Shinjon xalq nashriyoti. 2000. B. 531. (^AE, ^fSBt + ^SAK^fett. 2000. 531 K); Ma Da Jeng, Feng Sishi. Markaziy Osiyoning

beshta davlati tarixi. Urumchi: Shinjon xalq nashriyoti. 2005. B. 385. (^AE, ^fSBl + f^SAK^fe

tt. 2005. 385 K ).

5LanChi. Markaziy Osiyo tarixi. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2018. (6 jild) B. 2228. (ffig. . ^^^^

. 2020 2228 K).

6 Yuy Taishan. Fors va Qadimgi Markaziy Osiyo. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2021. B. 285. (^A^. ^^PAit + M— ^tJiE. 2021. 285 K.)

7 Lan Chi, Su Ligong, Huang Hong. Markaziy Osiyo tarixi. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2018. 196 - 200 betlar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tashqari, olov ham shimoliy chorvadorlarning sajda qilish obyekti hisoblangan8. Zardushtiylar esa Daevaslarga qarshi bo'lib, Daevaslar shayton, azob-uqubat manbayi, Daevaslarni yo'q qilish kerak, deyishardi. Zardusht ibtidoiy oriy dinini isloh qilishiga, xalqni birlashishga, Daevaslarga sig'inuvchilarga qarshi kurashishga chaqirgan. Natijada qarshilik urushi yillarida Markaziy Osiyoning janubidagi ko'chmanchilar davlat tuzish uchun birlashdilar" - deb talqin qilishgan. Ammo bu bahsli masala hisoblanadi chunki, XX asr boshlarida Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda arxeologik tadqiqotlar olib borgan etnograf, tarixchi Auriel Stein o'z tadqiqotlarida "Shimoldan kelgan bosqinchilar" - degan iborani u Shimoliy Hindistonda sansikrt tilidagi manbalarida uchraydi va bu ibora Shimoliy Hindistonga bostirib kirgan Kushoniylar va Eftaliylar sulolalari nazarda tutilganligini keltirib o'tadi.

Zardushtning tug'ilgan joyi va vaqti haqida turli xil fikrlar mavjudligi, ba'zilar uni Midiya (Eronning shimoli-g'arbiy qismidan) deb aytishsa, ba'zilar uni miloddan avvalgi 1000-yilda yoki undan oldin yashagan deb aytishadi. Ba'zilar uni Ahamoniylar sulolasining a'zosi yoki Sakyamuni (Siddiharta Gautama) ning zamondoshi bo'lgan deb aytishadi. Nemis olimi Marquart uni Xorazmda tug'ilgan deb hisoblagan, Hozirgi tadqiqotlarga ko'ra, u Baqtiriyada miloddan avvalgi VII asrda yashagan9 - deb unga asos sifatida "Avesto" da Zardusht o'zining shahri va faoliyatini boshlagan hududni tasvirlar ekan: "Ko'p sonli qo'shinlar va katta hududlarni boshqaradigan qahramon rahbarlar bor; Tog'lar, boy yaylovlar va suv o'simliklari bor; Chorvachilik uchun zarur bo'lgan narsalarni o'zlari yetishtirishadi; Ulkan chuqur ko'l bor, katta daryolar mavjud va uning to'lqinlari quyidagi mamlakatlar orqali o'tadi: Iskata (Skiflar), Bovulu (Kobul vodiysi), Mulu (Marv), Halieva (Aria), Gava (So'g'dning bir tumani), So'g'd, Xorazm" 10 - bu yerda eslatib o'tilgan "katta suzib yuruvchi daryolar" ni esa Amudaryo va Sirdaryo deb talqin qilishadi. O'sha paytda hech qanday yozuv yo'q edi, shuning uchun Zardusht yozishga qodir emas edi. U ko'plab diniy she'r va qo'shiqlar yozgan, ularning hammasi og'zaki tarzda avloddan - avlodga o'tgan va milodiy 350-yilga kelib, Sosoniylar sulolasi hukumronligining dastlabki yillarida "Avesto" deb nomlangan kitobga to'plangan. Zardushtning missionerlik she'rlari Baqtriya tilida yozilgan bo'lib Gathas deb nomlangan, ammo u kitob bo'lgan vaqtga kelib bu qadimiy til yo'q bo'lib ketgan. Avestoda (eng qadimgi qism) Gathasdan tashqari, keyingi avlodlar

8 O'sha joyda.

9 O'sha joyda.

10 Vang Jilai. Markaziy Osiyo umumiy tarixi. Urumchi. Shinjon xalq nashriyoti. 2004. 29 - 46 betlar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tomonidan yozilgan Yasanas, Vendidad va Yasht, Visperedlar ham bor. Ular orasida "Vendidad" diniy odoblar kitobi bo'lib, u eng kech yozilgan11.

Avestoning Turon xalqlari tarixini o'rganishdagi yana bir ahamiyatli jihati sifatida misol qilib Ahura Mazda tomonidan yaratilgan joylar - Airana Vaejo, Gau (u joy So'g'dda), Mulu (Marv), Baxdi (Baqtriya) va boshqalar, bu oriylarning tug'ilib o'sgan joylar deb hisoblab12, Saka va massagetlar jamiyatini esa Vang Jilai "Ahmoniylar sulolasidan tashqarida, Balxash ko'li sharqi, janubi va shimoli, Ural tog'laridan Oltoy tog'larining keng vohalariga qadar bo'lgan aholi Sakalar va ularning qarindoshlariga tegishli edi. Ammo bu Saka qabilalarining o'ziga xos holatiga kelinsa, Xitoy va G'arb tarixiy manbalarida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolganligi, "Avesto"da qayd etilgan o'troq oriylar va ularga qarshi ko'chmanchi Turonliklar ular uchun umumiy atama bo'lishi kerak" 13 - degan fikrni bildiradi.

Saka va massagetlar jamiyati xususida Yuy Taishan Herodotga asoslanib "Masagetalar skiflar bilan bir xil kiyim kiyib, bir xil turmush tarzi kechirganlar" va "Ba'zilari o'zlarini skiflarning bir qismi deyishadi". "Bir xil turmush tarzi" deb atalgan narsa ko'chmanchilikni anglatadi14 - degan fikrni bildiradi.

Lan Chi esa Ahamoniylar imperiyasi hukmronligi davrida Baqtriya va So'g'dda ko'plab zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar bor edi. Bundan tashqari Baqtiriya, Parfiya va Xorazimda zardushtiylik taqvimidan foydalana boshlangan. Markaziy Osiyoda e'tiqod qilinadigan mahalliy xudolar forslar tomonidan ham hurmat qilingan. Bular jumlasiga Baqtiriyaliklar sig'inadigan Anaxita va Massagetlar sig'inadigan quyosh xudosi Mitrani kiritish mumkin. Bu holatlar Fors imperiyasining siyosiy boshqaruvida bosib olingan hududlarning e'tiqodlariga nisbatan bag'rikeng munosabatini aks ettiradi15 - deb tushuntiradi.

Xulosa qilganda Xitoy tarixshunosligida Turonning qadimgi tarixini o'rganishda "Avesto" ning o'rni katta ekanligiga e'tibor qaratilgan va "Avesto" ning ba'zi qismlari xitoy tiliga tarjima qilingan. Bu esa Turonning qadimgi tarixini o'rganuvchi tadqiqotchilar uchun foydali manba bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari ularning manbadagi ma'lumotlarni talqin qilishi masalasida bahsli va hali yechimini topmagan jihatlar mavjud.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Jahlil Do'st. Avesto. Tijorat nashriyoti. 2005. B. 559. (

fttäm. mmmm. 2005 559 m.)

11 O'sha joyda.

12 O'sha joyda.

13 O'sha joyda.

14 Yuy Taishan. Fors va Qadimgi Markaziy Osiyo. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2021. 3 - 25 betlar.

15 Lan Chi, Su Ligong, Huang Hong. Markaziy Osiyo tarixi. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2018. 196 - 200 betlar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

2. Jahlil Do'st. Avesto - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Tijorat nashriyoti.

2010. B. 559.( (ÄÄS#).

. ffi&^fê. 2010 559 M).

3. Vang Jilai. Markaziy Osiyo umumiy tarixi. Urumchi. Shinjon xalq nashriyoti.

2004. B. 371. 2004. 371 M).

4. Vang Jilai. Markaziy Osiyo umumiy tarixi. Urumchi. Shinjon xalq nashriyoti.

2010. B. 424. 2010424M).

5. Ma Da Jeng, Feng Sishi. Markaziy Osiyoning beshta davlati tarixi. Urumchi: Shinjon xalq nashriyoti. 2000. B. 531. ^W. MAKft »i. 2000. 531 M).

6. Ma Da Jeng, Feng Sishi. Markaziy Osiyoning beshta davlati tarixi. Urumchi: Shinjon xalq nashriyoti. 2005. B. 385. ^W. MAKft »i. 2005. 385 M ).

7. Lan Chi. Markaziy Osiyo tarixi. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2018. (6 jild) B. 2228.

(SS. . . 2020 2228 M).

8. Yuy Taishan. Fors va Qadimgi Markaziy Osiyo. Pekin. Tijorat nashriyoti. 2021. B. 285. «ffiïft^M—Ü^fiJE. ^M: fô&^fê. 2021. 285 M.).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.