"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 3 / September 2022
QADIMGI XORAZM MADANIYATI EVOLYUSIYASIDA MADANIY SINTEZ, INTEGRATSIYA VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI
Xayitboy Dedaxonovich Xolmirzayev atribut_8 5 @mail .ru Nizomiy nomli TDPU
Annotatsiya: Agar, qadimgi Sharq xalqlari madaniyati, jahon xalqlari evolyusiyasiga poydevor bo'lganidek, Markaziy Osiyo xalqlari ko'hna madaniyatida ushbu Sharq an'analari aks etadi. Jumladan, yurtimizning har bir qarich yeri, ma'lum bir tarixiy xodisa va voqeyalardan hikoya qiladi. Bu borada esa ko'hna Xorazm o'lkasi, nafaqat Otashparastlik dinining vatani sifatida e'tirof etish balki, uzoq-yaqin davlatlarning milliy an'ana, urf-odatlarining sintezi, ilm-fan va madaniyatining integratsiyasi va tranformatsiyasi asosida rivojlandi. Chindan ham Buyuk ipak yo'li chorahasida joylashgani bois yurtimiz, jahon madaniyatiga dahldor voqyeyalarni ilmiy o'rganish, tadqiq etishdan ko'plab ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.
Kalit so'zlar: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, falsafa, teologiya, tarix, madaniyat, veda bitiklari, otashparastlik, zardo'shtiylik, Avesto, ko'hna, qadim, Sharq, din, dunyoqarash, tafakkur, qadimshunoslik (arxeologiya), antropologiya, etnologiya, etnografiya, bo'rtma tasvir, dunyo, me'morchilik, me'moriy yodgorlik, me'moriy majmua.
PROCESSES OF CULTURAL SYNTHESIS, INTEGRATION AND TRANSFORMATION IN THE EVOLUTION OF ANCIENT KHOREZM
CULTURE
Khayitboy Dedakhanovich Kholmirzaev
atribut_8 5 @mail .ru TDPU
Abstract: If the culture of the ancient peoples of the East is the basis of the evolution of the peoples of the world, then the ancient culture of the peoples of Central Asia reflects these Eastern traditions. In particular, each part of our country tells about certain historical events and events. In this regard, the ancient land of Khorezm developed not only on the basis of recognition of the religion of Zoroastrianism as the homeland, but also on the basis of the synthesis of national traditions, customs, integration and transformation of science and culture of distant and near countries. Since our country is located at the crossroads of the Great Silk
Road, a lot of scientific information can be obtained from scientific study and research of events important for world culture.
Keywords: Egypt, Babylon, India, China, philosophy, theology, history, culture, Vedic scriptures, fire worship, Zoroastrianism, Avesta, ancient, ancient, oriental, religion, worldview, thought, antiques (archaeology), anthropology, ethnology, ethnography, relief, world, architecture, architectural monument, architectural complex.
Sho'rolar davrida o'lkamiz tarixi, davriy mafkura talqinida baholandi chuni, u vaqtda madaniyatshunoslika burjuaziya fani sifatida qarab, o'rganish taqiqlangandi. Yurtimiz mustaqillika erishganidan so'ng xalqimiz, o'tmishiga doir tarixiy muammolar holis va ilmiy asosda o'rganila boshlandi. Biroq, o'tmish ajdodlar madaniyati va madaniy merosiga bo'lgan munosabat hamda muammolarni tarix va boshqa turdosh ijtimoiy fanlar nuqtai nazaridan o'rganish ayrim yetishmovchilik, kemtiklarning o'rnini to'ldirolmadi. Madaniyatshunoslik fani manbalarni tadqiq etishga arxeo-logiya, antropologiya, etnologiya, etnografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va san'atshunoslik fanlari bilan uzviy hamda qiyosiy tarzda o'rganadi. Jumladan, manbashunoslikda yozma manbalar qatorida xalq og'zaki ijodi, asotirlar, mifologiya kabi manbalarga murojaat qilishda qadimgi insonlar fikridan farq qilsada, zamonaviy inson tasavvur hamda tafakkurini ham ishga soladi. O'tmish va hozirgi bilimlar o'rtasida juda ulkan tafovut mavjud xususan, yozma manbalarni o'rganishda tadqiqotchi diaxronik lingvistika, kiyosiy tarixiy tilshunoslikdan bohabar bo'lishi lozim.
Eramizdan avvalgi II ming yillik so'ngi davrida Markaziy Osiyo qabi-lalari til va e'tiqod birligida o'zaro transformatsiya jarayonidan ilk davlatchilik shakllandi. Ibtidoiy davrda o'lkamizda taraqqiy etgan turli diniy e'tiqod va marosimlari, taraqqiy etgan Sharq xalqlari diniy tafakkuri va dunyoqarashi ta'siridan vaqtlar o'tib, muqim tus oldi [1].
Eramizdan avvalgi II ming yillikda qabilalar birlashib, davlatchilik shakllana boshlagan bir paytda o'lkamizda turli diniy e'tiqodlar va maro-simlar o'zaro integratsiyasi, vaqt o'tishi bilan muqim tus olishi tabiiy bo'lgan. Bronza davrining so'ngi davrida uchta asosiy e'tiqod an'analarining o'zaro ta'siri bilan ajralib turadi: xaoma quyish bilan bog'liq mitraistik, olov e'tiqodi hukmron bo'lgan avestocha hamda So'g'ddan shimol va sharq tomonda yashovchi chorvador qabilalarida veda mavzulari aralashgan.
Integratsiya-lotincha, Integratio-tiklash, to'ldirish, integer-butun so'zi-dan tizim (sistema) yoki organizmning ayrim qism va funksiyalarining o'zaro bog'liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifoda-laydigan tushuncha hisoblanadi [2].
Integratsiya atamasi dastlab, aniq va tabiiy fanlarda qo'llanilgan va keyinchalik fan-texnika rivojidan ushbu sohada ham amalga tadbiq etildi. XX asrga kelib, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xususan madaniyatshunoslik fanida diniy e'tiqod, til va tarixan yaqin bo'lgan millat, xalqlar mada-niyatining o'zaro ta'siriga nisbatan madaniy integratsiya atamasi qo'lanildi.
Qadimgi Sharq: Misr-Nil, Bobil-Dajla va Frot, Hind-Ganga va Jamna va Xitoy-Xun'e va Syanze daryolari o'zanlarida ilk sivilizatsiya vujudga kelgan. Markaziy Osiyo xalqlarining ham ilk rivojlanishida Amudaryoning ahamiyati katta shuningdek, qadimgi Sharq davlatlari bilan madaniy aloqa-lar, savlo yo'llarini birlashtirgan. Bronza davri so'ngidan boshlab, uzoq masofalar bilan savdo-sotiq an'analari keng rivojlangan. Badaxshon tog'laridan boshlangan savdo yo'llari Eron va Bobil(Mesopotamiya)ni bog'la-gan, bu ikki davlat har jihatdan taraqqiy etgani, yurtimiz aholisining madaniy rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Badaxshonning qimmatbaho tosh-lojuvard bilan bezatilgan zargarlik va ro'zg'or buyumlari Misr, Bobil va Eron xududidan topilgan.
Transformatsiya-transformatio lotincha-qayta o'zgarish, hosil bo'lishdan genetikada-hujayraga yot DNK kirishi natijasida uning irsiy xususiyatlari o'zgarishi, prokariotlarda genetik material almashinish usullaridan biri hisoblanadi. Bu tushuncha ilk bora XX asr, tibbiyot bioogiyasi soxasida amaliyotga tadbiq etilgan va keyinchalik ijtimoiy fanda xususan, madaniyat-shunoslikda teologik tafakkur, dunyoqarash va ijtimoyat, urf-odat hamda an'analarning o'zaro ta'siridan jamiyatda tub islohotlar ro'y beridi [2].
Qurolsozlikda Markaziy Osiyo xalqlari Sharqda qadimdan mashhur bo'lgan, bronzadan yasalgan Baqtriya o'q-yoylari, Xorazm dudama-xanjarlari va saklarning harbiy boltalari, o'zining keskirligi hamda jang paytida ishlatishga qulay edi. Qadim Xorazmning Qo'zaliqir, Xumbuztepa va Xazorasp vohasida qulolchilik charxidan foydalanish boshlangan, temirdan mehnat va harbiy qurollar ishlab chiqarish, saroy, mayishiy bino va otashparastlik sajdagohi hamda otashkadalar bunyod etilgan. Badaxshondan boshlangan "lojuvard yo'li", g'arbiy Sibir(Oltoy)ning "oltin yo'li" ham O'rta Osiyo hududidan o'tib, O'rta yer dengizigacha davom etardi. Qadimiy yo'llar nafaqat savdo-sotiqni balki, ahloqiy, sotsial va madaniy aloqalarning keng quloch yoyishiga asos bo'ldi.
Insoniyat sivilizasiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Misr, Bobil, Hind va Xitoy bilan tengdosh bo'lmasada, ammo qadim Horazm, antik davr Grek va Rim madaniyati bilan davrdosh sifatida jahon tarixi va madaniyati-ning ajralmas bir qismi sifatida qarash, aslo mubolag'a bo'lmaydi. "...Madaniyatshunoslikda an'anaviylik-deb-biron bir tarixiy jarayon, voqyea yoki xodisaning bevosita aynan yoki bilvosita o'hshash tarzda takrorlanish, qiyoslashga nisbatan aytiladi.."[3].
Markaziy Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo'lishi Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib xususan, o'lkamizdan Afg'on-iston, Pokiston va Hindiston sopol ro'zg'or buyumi, turli jihoz va zargarlik asholari dengiz chig'anoqlari va filsuyagi bilan bezatilgan. Metalldan ish-langan buyumlarda fil va ajdar tasviri muhrlar ham uchraydi. Shuningdek, Afg'onistonning shimoliy-sharqida Panj daryosining so'l sohilida joylash-gan Shurto'qay savdo faktoriyasida Xarappa-Mokenjodaro madaniyatiga oid ashyoviy dalillarni topilishi tasodifiy hodisot emas. "...U Hind sivili-zatsiyasi markazi Moxenjodarodan 1100 km masofada noyob mineral va metallarga boy Sharqiy Baqtriyaning tog'-konchilik tumanlarining yaqinida j oylashgan....[4].
Milloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillikning boshida vujudga kelgan Veda bitiklari nafaqat qadimgi hindlar balki, yaqin qo'shni-larning falsafiy tafakkuri va madaniy dunyoqarashining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan. Veda-sanskritcha, bilim, hind yozma adabiyotining ko'hna yodgorligi, teologik-falsafiy bilimlar manbadir. Bu yodgorlikning hozirga qadar to'rta kism "Samhita", "Rigveda" qasida, madhiya va duolar to'plami, "Samaveda" qo'shiqlar to'plami va Ayurveda yoki Yajurveda qurbonlik qilish yo'llari hamda Atharvaveda sehrli duolar to'plami yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qadimgi hind jamiyati, diniy-falsafiy va estetik taraqqiyot darajasini ifodalaydi.
Veda ta'limotiga ko'ra, insonga nisbatan tabiatning muhim bir bo'lagi sifatida karab, uning hayoti, umr-farovonligi va baxt-saodati ana shu kuch-larga bog'liq holda
tasavvur qilishgan. ".....Rigvedaga ko'ra, Indra-momaqal-diroq ilohi, Mitra-quyosh
tangrisi, Varuna-osmon ma'budi, Agni-olov ma'budi, Yama- ajal va o'lim keltiruvchi, Sama- oy ma'budasi, Rita- koinot tartibini anglatadi. Rigveda qo'shiqlarini to'plovchi va kuylovchilar rishi, ilohiy qo'shiqlarni to'quvchi donishmandlar, jamiyatda eng obruli shaxslar hisoblangan....."[5].
Veda bitiklarining eng ko'hnasi "Rigveda" bo'lib, u o'nta kitob manda-ladan iborat, tabiatda ro'y bergan voqyea va hodisalar, osmonning o'zgarishi, quyosh va yulduzlar holati hamda joylashuvi nafaqat tabiatda o'zgarishlar ro'y berishini balki, insonlar taqdiriga ham ta'sir etuvchi sifatida talqin etilgan. Momaqaldiroq, shamol, yomg'ir, tog' va daryolar bilan ro'y beruvi hodisalarni ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo'shiq va madhiyalar to'qilgan hamda ularni hosil qiluvchi kuchlardan mehr-shafqat so'rab, qurbonlik keltirilgan.
Rigveda ko'hna dunyo falsafiy tafakkurining o'ziga xos badiiy ifodasi bo'lib, qadimda hindlar olam sirlari haqidagi fikrlari bayon etilgan. Deylik, osmon gumbaziga yopishtirilmagan va hyech narsaga tayanmagan quyosh nega qulab tushmaydi, tunda u qayoqqa g'oyib bo'ladi? Yoki shamol qaerda tug'ilib, so'ng qayoqqa yo'naladi ? Olamning asosi nimalardan tashkil torgan, kabi mohiyatdan biroz soda ammo, mazmunan mantiqiy savollarga javob izlashgan ? Vedalarda bu
kabi muammoli savollar ko'plab o'rin olgan, muammoning yechimi, olam sirlarini bilishga eltadi degan g'oyani olg'a surilgan. Sharq faylasuf-lari to'rt unsur-suv, olov, havo va tuproq, olamdagi barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Shu sababdan Veda falsafasi, Arastu zamoni va undan keyin Forobiy davridagi falsafiy tafakkurga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Vedalar adabiyoti bundan tashqari brahman, aranyak va upanishadlardan iboratdir.
Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" asarida rishi, hikmatshunoslarga ilohiy ilmlari bois, hindlar inson qiyofasidagi farishta sifatida qarab, deyarli ulardan afzal va ortiq deb bilishganini chunki, farishtalar ham rishilar bilimidan foydalanadi, deya hisoblashganini, ta'kidlaydi. "...Diniy e'tiqodlarning yuzaga kelishida, tabiiy va inson omillaridan tashqari, davlatchilik turi ham ahamiyatga ega bo'lgan. O'zbekiston zaminida qadimda o'z tarixiy an'anasi asosida vujudga kelgan e'tiqodlar bilan kelgindi bosqinchilar davlatchiligi keltirgan e'tiqodlar o'rtasida vaqt-vaqti bilan ayrim tafovutlar yuzaga kelgan..."[1].
Avesto, muqaddas kitobi xususan Xorazmda milloddan avvalgi I ming yillikning
I yarmida vujudga kelgani qayd etilgan, bu fikrni geografik ma'lumotlar ham tasdiqlab turibdi. Kitobda tangri yaratgan muqaddas zamin: qadimgi Xorazm, Gava (Sug'd), Marg'iyona (Marv) va Baqtriya (Balx) nomlari tilga olinib, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) sersuv daryo qirg'oqlaridagi xosildor zaminli bog'-rog', serxosil dala, bepayon o'tloq va dashtdan iboratligi tavsiflanadi. Avestoda nomlari qayd etilgan xalqning ilk vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysining tabiati boy hamda ko'rkamligi keltirib o'tilgan. Shuningdek, "Xorazm" so'zi dastlab "Avesto"da uchraydi, "Avesto"ning "Mitra yasht" deb ataluvchi 5-bo'lim, 14-qismida Sug'd nomi bilan birga Xorazm ham eslanadi.
S.P.Tolstov ushbu fikrni rivojlantirib ko'pchilik qadimgi mamlakat-larning nomlari etnik nomlar bilan bog'liq ekanligini to'g'ri ta'kidlagani holda "Xorazm" atamasining etimologiyasini qadimgi Mitanni davlati qabilasi nomi xurritlar bilan bog'lagan. Keltirilgan fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, "Xorazm" atamasi tarixiy manbalarda eslatila-digan xalq nomi bo'lib, bu etnik atama milloddan avvalgi VI asrda Amudaryoning quyi havzasida yashovchi o'troq aholining umumetnogeografik nomiga aylanadi [6].
Arxeolog olim M.Masson esa Markaziy Osiyo-Hindiston madaniy sintezining eng oliy yutug'i-Kushon sivilizatsiyasi ta'sirida shakllangan bo'lib, har ikkisi ham madaniy, iqtisodiy va siyosiy markaz hisoblanadi. Baktriya davlati taraqqiyotining asosi bo'lib, Shimoliy-G'arbiy Hindiston-ning bronza davriga oid yutuqlari xizmat qilgan. Shu tariqa, Xorazmga dastlab, hind va buddaviylik unsurlar i o'z ta'sirini o'tkazgan bo'lsa keyinchalik, yunon madaniyati transformatsiyasiga uchradi. Ammo,
II asr oxiriga kelib esa, Kushon imperiyasi inhirozga uchraydi.
Eng so'ngi arxelogik tadqiqotlar natijasiga ko'ra Aqchaxonqal'a qadim Xorazimning ilk poytahti degan fikr olg'a surildi. Shahar ichki v a tashqi qal'adan iborat to'g'ri to'rtburchak shaklga ega. Ularning har biri alohida mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Yodgorlikning shimoliy burchagida 13 ga maydonni egallagan ichki qal'a joylashgan. U shahar umumiy maydonining ^ qismini tashkil qiladi. Ichki qal'a burjli ikki qator mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Yuqori shaharning to'rtta darvozasi bo'lib, ular har bir devor-ning o'rtasida joylashgan. Peshdarvozalar adashtirma (labirint) yo'l va qo'shimcha devor bilan mustathkamlangan [7].
Arxeologiya ob'ekti bo'yicha dastlabki o'tkazilgan ekspertiza natija-siga ko'ra yuqori shahar qismida olib borilgan qazishma vaqtida uning markazida bosh otashkadi qoldiqlari, shimoliy-g'arbida esa shoh saroyi, ibodatxona majmuasi va uning "100 ustunli zali" ochib o'rganildi. Qal'a loyhasi (tarhi) bunyodkorlik uslubi va qurilish hom-ashyosi tarkibi, uni qo'lanish jihatlarida Xorazmda hozirga qadar o'rgailgan topilmalar bilan aynan bir xillik mavjud. Saroy mudofasini ta'minlash uchun qo'shdevor barpo etilgan bo'lib, oraliq yo'lak devorlari rangli suratlar, shoh va uning yaqinlari suratlari bilan bezatilgan. Devoriy tasvir va suratlarni chizish, ishlash shakli, bo'yoq va undan foydalanish uslublari, tarkibi bo'yicha alohida o'tkazilgan san'atshunoslik ekspertizasi natijasi ham dastlabki fikrni tasdiqladi.
Darhaqiqat, qadimgi Xorazm madaniyati yurtimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etib, o'lkamiz xalqlarining eng qadimgi davrga oid yozma va og'zaki adabiyot na'munalari, tarixiy kitoblar, Beruniy asarlari orqali ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. E. Rtveladze fikriga ko'ra, madaniyatlar insoniyat tarixining barcha davrlariga mansub bo'lib, davlatchilik esa muayyan shart-sharoitlar shakllanganda kelib chiqadi. Binobarin, diniy e'tiqodlar, madaniyatning tarkibiy qismi sifatida davlatchilik asosini tashkil etishi tabiiy xolatdir..
"Avesto"da o'tmish ajdodlar ijtimoiy-falsafiy va ma'naviy fikr majmuasi sifatida qadim tarixi va madaniyatimizni o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Garchi Avestoda muqaddas bitiklar paxlaviy tilida yozilgan bo'lsada ammo, Zardushtiylik va Otashparastlik nomi bilan ataladi, ayrim manbalarda esa olovga sig'inuvchilar atamasi ham qo'llaniladi biroq, bu atama keng ommalashmagan. Zardushtiylik yoki Otashparastlik har ikki atama ham forsiy tilda ekanligi biroz taajubga soladi. Eng muximi, "Avesto" Sharq xalqlari yozma adabiyoti, ilm-ma'rifatini eng ko'hna manbasi sifatida diniy va dunyoviy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. "Avesto"da qadim Turon diyorining o'ziga xos tarixiy geografiyasi bayon etiladi. Xullas, bu din qadim ajdodlarning ezgulik va baxt-saodatga erishish, shu yo'lda halol mehnat qilish, adolat va haqgo'ylik, poklik va nurli kelajaka erishish g'oyasi yotadi.
Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati shundaki "ezgu fikr", "ezgu so'z" va "ezgu amal" kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada) da o'z ifodasini topgan,
Zardushtiylar ibodat avvalida shu uch iborani aytish, ya'ni niyat bilan boshlardi. Axloqiy-falsafiy ta'limotning asosi ezgulik va yaxshilikni ifodalab, ijobiy kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar esa yer ostida, yer yuzi esa qarama-qarshilikning to'qnashuvi, kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o'zgarishlar qaysi kuchning g'alaba qilishiga bog'liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o'zaro kurashidan iborat. Bu to'g'rida Xorazmshunos arxeolog-olim S.P.Tolstov "...Eramizdan avvalgi II-I ming yilliklardan to eramizning IV asrgacha o'tgan qarayib 3000 yillik tarixi, qadimgi Xorazm taraqqiyotini ko'rsatuvchi davri"- deya hisob-laydi[8].
Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni Mas'udiy" asarida "Avesto" bilanr bilan bir qatorda Xorazim hunarmandchiligi va ilm-ma'rifati to'g'risida ham fikr yuritgan ular yasagan sopol jihoz, astrolyabiyaga o'xshashishini tariflagan. Arxeologlar, eramizning uchinchi asrga oid dastlabki taqvim-noma, ya'ni "xorazmliklarning kalendari" topilgan, bu kabi noyob topilmalar, ko'hna diyor ilm-fani rivojidan dalolat beradi.
Gekatey va Gerodot asarlarida keltirilgan "Katta Xorazm" davlati masalasi, shuningdek Ktesiyning Baqtriya podsholigi haqidagi ma'lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo'lishi ilmiy muammosiga asos bo'lib xizmat qildi. Shunigdek, bu to'g'rida, "Antik dunyo tarixchilari: Gerodot, Ktesiy, Esxil, yevripid, Aristotel, Strabon va Yoqut al-Hamaviy" kabi mualliflar asarlari va ko'hna Xorazm xalqlarining afsona, rivoyat hamda hikoyatlarida keltirilgan" [9].
Eronning markaziy shaharlari- Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana va Misrni ishg'ol qilgan Makedoniyalik Aleksandrning Markaziy Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan, shaxsan o'zi Spitamenni dasht chegarasigacha ta'qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko'plab qishloq va qal'alarni vayron qiladi, ekinzor, bog'-rog'larni payhon etadi. Milloddan avvalgi 329 yilda Baqtriya va So'g'diyonani mag'lub qilib, Yunon-Baqriya davlatiga asos soladi. Bu davr, Markaziy Osiyo tarixida eng mukammal tadqiq etilgan sababi, ko'p tarixchilar e'tiborini tortgan, grek qo'shinda xizmat qilgan Ptolemey, Aristovul, Onesikrit, Kallisfen va Xareslar o'zlari shohid bo'lgan turli siyosiy va madaniy voqyealarni yozib borganlar.
Rus tarixchisi V.V.Grigorev vatanparvar so'g'diylar va ularning yo'l boshchisi Spitamanga xurmat-izzat bilan juda yuksak baho bergan: "Agar Doro Aleksandrdan o'z podsholigini himoya qilolmagan bo'lsa, Bess razil nomard chiqqan bo'lsa ham, ammo bu yerda, Turonda, shunday sher yuraklar topildiki, ular chet elliklarga bo'ysunish sezgisiga itoat etmadilar, shunday qo'llar topildiki ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini namoyon etdilar" Kezi kelganda ta'kidlash joizki, Spitaman Zardusht singari qadimiy Spitaman urug'idan bo'lgan, shu bois uning
nomini "Spitaman" deb atash tarixiy haqiqatga javob beradi. Biroq, adabiyotlarda bu ism an'naviy "Spitamen" shaklida noto'g'ri yoritiladi.
Xulosa o'rnida yurtimiz madaniyati va tarixini o'rganishda ilmiy asoslangan haqiqatni yuzaga chiqarishdan yosh avlodni vatanparvalik ruhida tarbiyalashda asosiy omil bo'ladi. Chunki, yurtimiz qadim o'tmishi haqida xitoylik, grek va arab tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan manbalar bilan bir qatorda arxeologik, antropologik, xalq og'zaki ijodi namunalari asosida boyitiladi. Ushbu yozma yodgorliklarni qiyosiy darajada o'rganishdan ilmiy asoslangan manbalarga ega bo'lish mumkin. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshu-noslik, boshqa ilmiy muassasalarda va xorij davlatlarga tarqab ketgan qo'lyozmalarni yig'ish hamda o'rganishdan o'tmish tariximizni har jixatdan oydinlashtiramiz. O'rganilgan manbalarni dunyoning ommalashgan xorijiy tillariga o'girishdan yutmiz xaqida xorijliklarni mukammal bilishiga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karomatov X.S. O'zbekistonda moziy e'tiqodlar tarixi. T.:2008, -B.-19,-20,-
26.
2. Кравченко А. И. Культурология Учебное пособие. -М.: Наука, -С.-486, -2018.
3. Xolmirzaev X.D., Kadirova Ya.B., Kadirova X.B. Madaniyatshunoslik.-B. 190.-T.-2022.
4. O'zbekiston tarixi. I-jild. I-kitob, T.: 0'zMU-2017,-97.
5. Ibrohimov A. Vedalar. https://qomus.info/encyclopedia/cat-v/vedalar-uz/
6. Толстов С.П. Древности Верхнего Хорезма // ВДИ. - М., 1941. - № 1 (14).- C. -155-160.
7. Xodjaniyazov G'. Qadimgi Xorazm mudofaa inshoot-i.-T.:-2007.-B. -32.
8. Avesto tarixidan. https://Zamahshariy.uz
9. Тревер К., Александр Македонский в Согде, «Вестник истории», 1947.
10. Ртвеладзе Э.В. Александр Македонский в Трансоксиане. Походы. Историческая география. -М.: Евразия, 2019, -С.-368.