B.M. Ibragimov
O'ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING ENG QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHA DAVRDAGI RIVOJLANISHI
Mazkur maqolada O'zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi, shuningdek, mazkur davrlarda eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar, Markaziy Osi-yoning qadimiy musiqa madaniyati va ta 'lim-tarbiyasi xususida ma 'lumotlar berilgan.
Tayanch iboralar: musiqa, madaniyat, tarix, pedagogkia, adabiyot, san 'at, estetika, musiqiy ta 'lim, tarbiya.
Ma'lumki, uzoq va boy tarixga ega bo'o'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do'stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruhida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma'rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. O'zbek xalqi tarixan ta'lim-tarbiya sohasida o'ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o'zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o'z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon-Makedon qo'shinlari, so'ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o'sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo'qotib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta'lim-tarbiyaga oid an'analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o'rganish, puxta taxlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o'rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasi bilan G'arb pedagogikasining eng ilg'or an'analarini o'rganishga e'tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan. Buyuk olmon olimi Xerler: «Sharq Yevropaning muallimidir» -deganda haq edi.1.
Pedagogika jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta'lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o'rgatadi. O'tmishning pedagogik sistemalarida bo'lgan ilg'or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yon-doshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo'lganligini ochib beradi, ilg'or qarash-larning taraqqiyot yo'lini ko'rsatib beradi.
Musiqa pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya'ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, o'zbek cholg'uchilik sanat tarixi (umuman o'zbek musiqa tarixi), O'zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz o'zbek musiqa pedagogikasini o'rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo'lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy - ma'naviy me'rosi, xalq og'zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalarga oid asarlariga asoslanamiz.
Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar
Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollar-idan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota -bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so'g'diyonalar, xorazmiylar, box-tarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yash-ovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o'ziga xos madaniy an'analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro'y bergan. Eramizdan oldingi
© Ibragimov B.M., 2021.
1 N.Narziyeva, Sh.Hayitova "PEDAGOGIKA TARIXI VA G'OYALARI" (O'quv uslubiy qo'llanma). Samarqand-2014. 5-bet.
IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Ajdolarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta'lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o'rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining ijodiy merosi, san'at va adabiy asarlarning namu-nalari buning dalilidir.
Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg'ariy, faylasuf, sharqshunos va tar-ixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo'minov, B.G'afurov, I.V.Stebleva, A.O.Ma-kovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olim-lar O'.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san'ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lish-ning namunasi tarzida e'tirof etilgan ma'naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning "Tarix", Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk" kabi asarlari, shuningdek, O'rxun-Yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay dara-jada katta rol o'ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta'sir etgan bo'lsa, insonning shakllana borishi ham o'z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa bor-ishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo'lgan inson kamolotining ta'minlanish ja-rayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o'zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma'lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon minglab yillarni o'z ichiga olgan bo'lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kel-gan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo'lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o'z ifodasini topgan. Ruhga sig'inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig'inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e'tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so'g'd hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
S Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko'rgazmali ashyolar.
S Xalq og'zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
S Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati
O'rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo'lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o'troq dehqonlar (sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko'chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma'lumotlar Avyestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san'atining boshlanishi o'sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san'ati dastlab sinkretik holatda bo'lgani to'g'risida "Avesto" kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklardan turmushi, ularning urf -odatlari, to'y-tomoshalarining elementlaridan guvohlik beradi. "Avesto"ning o'zi aslida ijro vositasida og'zaki tarqalib, faqat kyeyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so'z oxiridagi "t" harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so'nggi davrlarda "goh" shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, syegoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, dyeb topilmoqda. "Avesto"da "sruna" dyeb ataluvchi "sirli eshitish" tushunchasi bo'lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardushtiylar muqaddas tuyg'u hisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (some') hissi Allohning sifatlaridan biri.
Qizig'i shundaki, zardushtiylar faqat unli tovushlar go'zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiiyat, san'at sifatida tom ma'noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo'lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda "Sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" dyegan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko'zda tutiladi, albatta. Ularning hammasi qo'shimcha dalil sifatida ko'zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin.
O'zbek xalqi uzoq musiqiy tarixiy merosiga ega musiqiy pedogogik fikr, taraqqiyotida musiqaning ma'naviy tarbiyaviy omil sifatida keng qamrovda talqin etilishi uni pedogogik ilmlar bilan bir qatorda falsafa, tarix, musiqashunoslik va axloq ilmi asoslari bilan uzviy bog'liqlikni o'rganishni taqazo etadi musiqaning insoni-yat kayfiyatiga badiiy estetik va tarbiyaiv ahamiyati haqida qator sharq mutafakirlari o'zlarining boshqa sohalarga
bag'ishlagan asarlari ichida bayon qilganlar IX - XII - asrlarda movorunnahrda madaniyat ilm fan san'at va ada-biyot islom madaniyati yo'nalishida rivojlandi va taraqiy etdi bu davrda Farg'oniy, Farobiy, Beruniy, Xorazimiy, Termiziy, Rudakiy, Firdavsiy, Yassaviy, Qoshg'ariy kabi yuzlab fozillar yashab ijod qildilar. Kelajak avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda buyuyk ekanligi qadimiy mutaffakirlar alohida urg'u bilan takidlashgan. Aynan shu davrda musiqaning ijobiy sifatlarini shakillantiruvchi vazifa hisoblangan. Qadimgi risolalarida mu-siqani "Kimda kim musiqa san'atiga murojaat etsa, uning nomiga hech qanday dog' tushmaydi", musiqa ta'sirida o'ziga, vataniga katta foyda keltiradi, hech qayerda muvozanatini buzmay hamma yerda donolik va tartibga qat'iy rioya qiladi" deyilgan1. Temuriylar davri madaniyati va san'ati taraqiyotida Marog'iy boshchiligidagi Markaziy Osiyo musiqasi nazariyasi va ahamiyati maktabi alohida o'rin tutadi shuningdek bir qancha xususiy maktablar ham bo'lib, unda musiqachilar odatda muayyan miqdor shogirdlar o'qitganlar ular o'qituvchining butunlay moddiy ta'minotida bo'lganlar bu maktabda muayyan darajada Italiyada XV - XVI asrlarda mavjud bo'lgan badiiy maktablarni eslatadi. O'zbekiston musiqa madaniyatini tarixiy jihatlari ko'rib chiqilar ekan, uning O'rta Osiyo teritoriyasida yashovchi qardosh xalqlar madaniyati bilan aloqasini qayd etmoq kerak. X - XI asrgacha bolgan O'rta Osiyo xalqalrining musiqa madaniyati o'rganilar ekan uni o'zbek, tojik musiqa madaniyati taraqqiyoti uchun asos bo'lib xizmat qilgan umumiy musiqa madaniyati deb qarash kerak2.
O'zbek xalqining musiqa madaniyati va profesional ijod maxsuli bolgan musiqa asarlari og'izdan og'izga o'tishi asosida an'analar zamirida rivojlangan u bizgacha xofizlar, musiqachilar va baxshilar orqali yetib keldi. Unda xalq ijodiyotining eng yangi namunalari xalq hamda uning proffesional ijrochilari tamonidan chalingan mu-siqalar qolgan.
O'zbek xalqi ajdodlarninng musiqa sarchashmalari O'rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, bi-rinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog'langan. Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha (ya'ni, bu xalqlar faol chegaralangunlarigacha) o ' zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o'zbek va toj ik musiqa madani-yatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo'lib xizmat qildi.
Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik"--taronacha, "buxorcha", "farg'ona-
cha"ga o'xshagan uslub tushunchasi), "suvora"
("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma'no va mazmunlar bilan to ' ldirilgan, albatta, qanday bo'lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so'zlardir. Buni arxyeologiya, etnografiya va boshqa fanlar bergan ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O'rta Osiyoda musiqa asboblarining asosi, ya'ni, urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi3.
Urug'chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o'tish, Baqtriya, Sug'diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo'lishi, ahmoniylarning harbiy-ma'muriy jihatdan birlashuvlari, Alyeksandr Makyedonskiy davlati, Gryek-baqtriya podsholigining vujudga kyelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV
asrgacha bo'lgan juda katta tarixiy davrni o'z ichiga oladi. Bu davr epik xaraktyerli mifologik qahramonlik ustun bo'lgan qadimgi og'zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo'shiqlar O'rta Osiyo xalqlarining o'z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo'yoqdor tasvirlari bilan to'la. O'z xalqining ozodligi yo'lida jonini qurbon qilgan cho'pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo'lgan muhabbati to'g'risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizga-cha saqlanib kelgan.
Foydalangan adabiyotlar
1. Istoriya uzbekskoy sovetskoy muziki. Vip.1. - Tashkent: izd.im. G.Gulyama, 1972. - 210 s.
2. O'zbek musiqa tarixi. Bahrom Madrimov
3. To'raev F.J. Buxoro muqanniylari. - Toshkent: Fan, 2009. - 323 b.
4. Yunusov R.Yu. O'zbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (o'quv-uslubiy qo'llanma) T.: Ziyo chashma, 2000. - 56 b.
5. O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B.qofurbekov. Toshkent: O'qituvchi, 1981. - 131 b.
6. Komiljon HASHIMOV, Sanobar NISHONOVA. PEDAGOGIKA TARIXI
7. muhaz.org
8. natlib.uz
IBRAGIMOV BOBIR MANSUROVICH - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Unversiteti "Musiqiy ta'lim va san'at" Mutaxassisligi 1-kurs magistranti.O'zbekiston.
1 Yunusov R.Yu. O'zbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (o'quv-uslubiy qo'llanma) T.: Ziyo chashma, 2000. - 56 b.
2 Istoriya uzbekskoy sovetskoy muziki. Vip.1. - Tashkent: izd.im. G.Gulyama, 1972. - 210 s.
3 O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B.qofurbekov. Toshkent: O'qituvchi, 1981. - 131 b.