Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI'

O‘ZBEKISTONDA XOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
97
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xor / xor ijrochiligi / avesto / O‘rta Osiyo / diniy musiqa / qadimgi davr. / choir / choir performance / Avesta / Central Asia / religious music / ancient times.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — O'. Shokarimov

Musiqa jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, rivojlandi. Musiqa san’ati insonning umumiy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatishi barchaga ma’lumdir. Barcha davrlar va xalqlarning tuyg‘ulari, g‘oyalari, dunyoqarashlarini musiqa tafakkuri orqali ma’lum darajada bilish mumkin. Tarixiy bosqichlarni o‘rganish jarayonida turli xil ijtimoiy sharoitlarning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, bu davrlarda mavjud bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy voqeliklar bilan bog‘lab o‘rganish kerak bo‘ladi. Musiqa turlari ichida xor san’ati eng ommaviy xususiyatga ega bo‘lib, u jamiyatning kundalik hayoti bilan uzviy bog‘liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CHOIR PERFORMANCE IN UZBEKISTAN

Music, as an integral part of world culture, was formed and developed in close connection with the development of human society. It is known to everyone that the art of music has a great influence on the general development of a person. The feelings, ideas, worldviews of all eras and peoples can be known to a certain extent through musical thinking. In the process of studying historical stages, taking into account the interaction of various social conditions, it is necessary to study them in connection with the economic, political, and moral realities existing in these periods. Among the types of music, choral art has the most public character, and it is inextricably linked with the daily life of society.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA XOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI

Shokarimov O'.I.

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7268350 Annotatsiya. Musiqa jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq holda shakllanib, rivojlandi. Musiqa san'ati insonning umumiy rivojiga katta ta'sir ko'rsatishi barchaga ma'lumdir. Barcha davrlar va xalqlarning tuyg'ulari, g'oyalari, dunyoqarashlarini musiqa tafakkuri orqali ma'lum darajada bilish mumkin. Tarixiy bosqichlarni o'rganish jarayonida turli xil ijtimoiy sharoitlarning o'zaro ta 'sirini hisobga olgan holda, bu davrlarda mavjud bo'lgan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy voqeliklar bilan bog'lab o'rganish kerak bo'ladi. Musiqa turlari ichida xor san'ati eng ommaviy xususiyatga ega bo'lib, u jamiyatning kundalik hayoti bilan uzviy bog'liqdir.

Kalit so'zlar: xor, xor ijrochiligi, avesto, O'rta Osiyo, diniy musiqa, qadimgi davr.

СТАНОВЛЕНИЕ ХОРОВОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. Музыка, как неотъемлемая часть мировой культуры, формировалась и развивалась в тесной связи с развитием человеческого общества. Всем известно, что музыкальное искусство оказывает большое влияние на общее развитие человека. Чувства, идеи, мировоззрения всех эпох и народов можно в той или иной степени познать через музыкальное мышление. В процессе изучения исторических этапов, учитывая взаимодействие различных социальных условий, необходимо изучать их в связи с существовавшими в эти периоды экономическими, политическими и нравственными реалиями. Среди видов музыки хоровое искусство носит наиболее общественный характер, оно неразрывно связано с повседневной жизнью общества.

Ключевые слова: хор, хоровое исполнительство, Авеста, Средняя Азия, религиозная музыка, древность.

FORMATION OF CHOIR PERFORMANCE IN UZBEKISTAN Abstract. Music, as an integral part of world culture, was formed and developed in close connection with the development of human society. It is known to everyone that the art of music has a great influence on the general development of a person. The feelings, ideas, worldviews of all eras and peoples can be known to a certain extent through musical thinking. In the process of studying historical stages, taking into account the interaction of various social conditions, it is necessary to study them in connection with the economic, political, and moral realities existing in these periods. Among the types of music, choral art has the most public character, and it is inextricably linked with the daily life of society.

Keywords: choir, choir performance, Avesta, Central Asia, religious music, ancient

times.

KIRISH

Xor so'zi qadimiy yunoncha "choros" so'zidan olingan bo'lib, to'da, yig'in degan ma'nolarni beradi. Xor ijrochiligi juda ham qadimgi davrlardan shakllangan. Jahon tarixida xor ijrochiligi azaldan jamoa bo'lib qo'shiq aytish hamma xalqlarning mehnat faoliyatini, turmush tarzini, orzu-umidlarini ifodalab berish uchun ishlatilgan. Har bir muqim joyning musiqiy-intonatsion ijodi o'sha maskandagi insonlarining genetik shakllanishi, urf-odatlari ta'sirida shakllanib borgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qadimgi xalqlarning jamoa bo'lib kuylash ko'nikmalari tabiat kuchlari bilan bog'lab turli marosimlarida va har bir xalqlarning turli hudolariga ibodat qilishdagi diniy musiqalarida shakllangan. Aksariyat xalqlarning kundalik hayoti, mashaqqatli mehnati maishiy va mehnat qo'shiqchiligining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Ushbu qo'shiqlar bir xil va doimiy turmush tarzi, og'ir mehnat jarayonlari paytida insonlarning charchoqlarini chiqarishga, hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga yordam bergan. Kundalik hayot, quvonch va qayg'ularga to'la to'y qo'shiqlari, dafn marosimlari, diniy bayramlardagi qo'shiqlarini yaratish har bir xalqning turmush tarzi va ularning xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi zamon musiqashunoslari tomonidan nota olingan bir qancha o'zbek xalq qo'shiqlarida ham jamoa bo'lib antifon tarzda kuylash namunalarini ko'rishimiz mumkin:

O'zbek xalq qo'shig'i "Qora mundi"

tog' - ni ko' - ra - man, tog' - lar ba - land boy -che - cha - gi bor

Shuningdek, o'zbek musiqasida yakkaxon-xor shakli ham kuzatiladi("yor-yor" qo'shiqlari). "Yalla" qo'shiqlari esa asosan kuplet shaklida bo'lib yakkaxon tomonidan ijro qilinadi. Ayrim hollarda ayollar tomonidan jamoa bo'lib kuylashlari ham kuzatiladi. Qo'shiqlar asosan avloddan-avlodga, ustoz-shogird an'analari orqali og'zaki usulda yetkazilgan. Turli xalqlarda xor san'atining professional darajaga yetishida diniy maskanlarda ibodat qiluvchi odamlar tomonidan diniy mavzulardagi qo'shiqlarni yaratish va uni ijro qilish muhim omil hisoblangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Qadimgi Yevropa, Hindiston va yaqin Sharq xalqlarining turmush tarzi va madaniyatida xor san'ati juda ham yuqori pog'onalarga ko'tarilgan. Yaqin Sharq davlatlari, ayniqsa Misr dunyo madaniy hayotini yuksalishida juda ham katta hissa qo'shgan. Qadimgi Misr musiqa madaniyatining ildizlari miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarga borib taqaladi. Bizgacha yetib kelgan madaniyat yodgorliklar - cholg'u asboblari, ikonagrafik materiallar, madhiyalar va qo'shiqlaming so'z matnlari, qadimgi Yunon va Rim olim faylasuflarining qo'l yozmalari kabi ma'lumotlar bu davrning musiqa madaniyati qay darajada shakllanib, rivojlanganligidan dalolat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

beradi. Cholg'ular tuzilishining tahliliga ko'ra Qadimgi Misr musiqa ladi pentatonikaga asoslanib, yurush harakatlari va dramatik epizodlar, saroyda ijro etilgan xor qo'shiqchiligi, ayollarning qo'shiq - yig'ilari va raqslari bilan bog'liq bo'lgan. Bu davrda notalashtirish vazifasini xeyronomiya bajargan.

Xitoy musiqa madaniyati ham jahonning eng qadimiy musiqa madaniyatlaridan biri bo'lib, miloddan avvalgi 2500 yildan oldin shakllangan degan taxminlar bor, lekin aniq hujjatlarda qadimgi marosim musiqasi haqidagi ma'lumotlar miloddan avvalgi XVI - XI asrlarda muayyan darajada rivojlangan qo'shiq va raqslarga borib taqaladi. Qo'shiqlar kitobi "Shitszin" Xitoyda ashulachilik ijod shakllari rivojidan dalolat berib, 3000 xalq qo'shiq san'atining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli bo'lib pentatonikaga asoslangan va keyinchalik 7 va 12 ovozli tizim paydo bo'ldi. Ushbu kitobda jodu qo'shiqlar, oda (chjen-ya, syao-ya)lar va madhiya(sun)lar yig'ilgan.

Masalan, jamoaviy qo'shiqlar bizning diyorimizda eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardagi yomg'ir chaqirish marosimlarida, quyoshga bog'liq afsunlarda, ov qilishda, dehqonchilik va chorvachilikdagi jarayonlarida shakllana boshlagan. Bizning xalqimiz turmush tarzi, madaniy hayotining ming yillar davomida shakllanishi va rivojlanishi ta'sirda jamoa bo'lib kuylash ham tuslanib bordi. Jamoa bo'lib kuylashning janrlarining shakllanishi tarixiy bosqichlar bilan chambarchas bog'liq.

Qadimgi Yunonistonda shakllangan antifon shakli ham bizning yurtimida azaldan o'tkazilgan yallalarda, lola sayllarida ijro qilinganligi va hozirgi kunga qadar saqlanib qolganini kuzatishimiz mumkin.

O'rta Osiyoning qadimgi tarixini o'rganishda "Avesto" ning Gatlariga ahamiyat berish kerak. Unda diniy e'tiqod va xalqlarning o'zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek tarix, falsafa, dinshunoslik, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma'lumotlar to'plangan. "Avesto"ning Gatlarida bayon etilgan asosiy g'oyalar, diniy e'tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog'langan. O'zbek olimlari A.Qayumov, H.Homidov,M.Is'hoqov, N.Rahmonov va boshqalar zardushtiylik dini ta'limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo'lib o'rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 6-5 ming yillikdan ortiq davrda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhiyalar; ularda qabila-urug'chilik tuzumidagi e'tiqodlar, ko'p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlar deb atalgan qismidir; uchinchisi, qadimiy ko'pxudolik va keyingi yakkaxudolik g'oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda shakllangan. "Avesto" bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko'pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsona emas, balki, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o'rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.

"Avesto"ning saqlanib qolgan to'rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-daevodatam - «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo'lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma'nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard -odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to'g'risida bo'lib, ular orasida Xorazm, So'g'd, Marg'iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi - kasallik, o'lim, azob-uqubatlar bo'lmagan zamon haqida, ya'ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o'rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e'tiborli bo'limi sanaladi. Yasna - yaz o'zagidan bo'lib, «sajda, topinch, namoz» ma'nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo'lgan. Boblari "Ha", "Haitiy" deb atalgan. Har bir "Ha" zarur o'rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o'qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o'zi ijod qilgan targ'ibot she'rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 - jami bo'lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she'rlari ilmiy adabiyotda "gat"lar deb atab kelinadi. "Ha"-"bashorat" demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti "Ha" Haptanxati Yasna - «Yetti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo'lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e'tiqod qilish, dinning esa «otashparaslik» deb atalishi shunga bog'liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o'z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg'onni rosdan ajratib bergan. Yolg'on esa chin e'tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so'zi fonetik o'zgarib, dastlab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma'budlar sha'niga o'qilgan duolar va ibodat ustida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig'indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo'shimcha hisoblanadi. To'rtinchi kitob «Yasht» (madhiya) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami bo'lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma'lum vazifalarini bajaruvchi ma'budlar sha'niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba'zi qismlari uning yig'ma parchalar to'plami «Xo'rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatastan kitobidan mo'badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma'lumotlarga oid qismlari, Nirangastan - diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to'la ta'riflab berilgan. Bu ta'riflar savobli ishlar yo'riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta'limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug'ilishi va bolaligi; haq yo'lini tutish; jamiyat a'zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o'qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o'rgangan va Avestoni fransuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta'kidlash joizki, Avesto G'arbiy Yevropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to'g'ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.

"Avesto"ning Gatlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, ushbu din ta'limotiga ko'ra Axura-Mazda xudoga va payg'ambarlarga bag'ishlangan marosimlarda "qasida", "naqsh", "madhiya" (got)lar jamoa tarzida ijro qilingan. "Avesto"ning "Vendidat" bobida namoz o'qish, zikr aytish qoidalari, yakka va jamoa bo'lib ijro qilinuvchi qo'shiqlarning matnlari keltirilgan. Ushbu qo'shiqlar faqat ibodatxonalarda din peshvolari tomonidan yakka va jamoalar bo'lib ijro

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qilingan. Ushbu kitobning "Yasna" bobida ham xudoga va payg'ambarlarga sig'inish, murojaat etish, qurbonlik qilish marosimlarinig qonuniyatlari bayon etilgan bo'lib, umumiy 72 ta bob(29-51)dan 17 ta bobida xudoga va payg'ambarlariga bag'ishlangan "Got"lar ya'ni madhiyalarning so'z matnlari keltirilgan. Ushbu bobda shuningdek, Siyovarshan ya'ni "Siyovush" (qora ot) afsonaviy qahramonga bag'ishlangan qo'shiq va raqslar ommaviy ijro qilingan. "Siyovush" afsonasidagi qo'shiqlar - "Mug'i giren" ya'ni "qo'shiqlar yig'isi" nomi bilan xalqlar o'rtasida keng tarqagan. Qadimda Buxoro xalqlari "Siyovush" afsonasiga bag'ishlab uning taxminiy qabri yonida xo'rozni qurbonlik qilib, "Kin-i Siyovush" nomli ommaviy qo'shiq ijro etishgan.

Zardushtiylik dinining deyarli barcha ibodat marosimlarini musiqa asosida qurilgan bo'lib, aksariyat qismlari jamoa tarzida ijro qilinadi. Bu esa Zardushtiylik ta'limoti asosida qadimdan xalqlarning madaniyati tizimli ravishda shakllanganligidan dalolat beradi. Shashmaqomning Tarona qismi bo'yicha yuqorida ma'lumotlarni keltirib o'tdik, hozir esa yana Tarona qismning ayrim mohiyatlari borasida to'xtalib o'tamiz. Tadqiqotchilar Taronani turli tarzda tahlil qiladilar. Masalan: ikki kuy elementlarining umumiyligi va dialogik bog'liqligida; uch kuy elementlarining bir-biri bilan bog'ligida, hamda yakkaxon va jamoa ijrochiligida; shuningdek, ijrochilikda xor intonatsiyalaridan o'ta noziklik bilan kuylanishida deb fikrlar berishgan. Taronaning asli maqom dramaturgiyasini to'liq ochib berishini gavdalantiradi.

MUHOKAMA

Tarixiy jarayonlarda Zardushtiylik diniga bo'lgan qarashlar o'zgarib bordi. 651-yilda Eron hukmdorlarining urushli yurishlari natijasida O'rta Osiyo xalqlarining turmush tarzlari ham o'zgarib bordi. Zardushtiylikning din peshvolari o'z ibodatxonalaridan quvilishi natijasida bir necha yuzlab yillar davomida shakllandan "o'ziga xos yuqori darajadagi akademik xor san'ati"ning tugallanishiga sabab bo'ldi.

So'fiylik davrida Zardushtiylik dini an'analarida bo'lmagan xususiyatlar paydo bo'la boshladi, Islom ta'limotining keng yoyilishi asosida musiqaning roli kichiklashib bordi. Bu davrda jamoa bo'lib kuylashning boshqa shakllari paydo bo'la boshladi. Masalan: Zardushtiylik kuylash yo'llarida Islomiy matnlar asosida darveshlar talqinlari, diniy marosimlarda erkaklar davra shaklida terilib olib zikrli motivlarning ijrosi, muqaddas "Ramazon" oyida mobaynida darveshlarning ushbu oy to'g'risida yozilgan she'rlarni ma'lum ohang ostida ijro qilib yurishi, bu jarayon ta'sirida yoshlar ham ushbu so'zlarni jamoa bo'lib aytib yurishgan. Turli xil nota ilovalarida ushbu qo'shiqlarnig quyidagi so'zlar bilan uchrab turadi: "Rabiman, yo rabiman, yo, Ramazon, rabiman Alloh quliman hur Ramazon".

—JF—fl- fÎ t-J L . 1

tn -i- -1- !S=

4 Ù it ^-J-*-»- Rab - bi - man Rab - bi - man y ti- o rt a - ic ib - b >h - q i - m u - lim in an —1-« yo R Hur R « a - m a - m 0 a - zo a - zo n n

-X 5 —i- .1

!?= !$= s •1

-ir-1 7 Ù i m Ra m b - b] K-0 - ma n -0-ay 0 - tit 0 ke --0 l - dil < 0 e - sh 0 i - gi --0 7- - gi 1

-;—i- ^- S- - 's-

1 - ? * -m J-M —m- ■5- s—

-™-0 --0 0 --0

T - lo him o' - g'il ber - sin be - shin - giz - ga

Ro' - za - ni uch tu - tib kel - dik siz - ga.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XULOSA

O'rta Osiyo xalqlari VII-VIII asrlarda Islom dini ta'limoti ta'sirida Zardushtiylik, Buddaviylik va boshqa dinlarnining diniy marosimlaridagi musiqalari ta'qiqlandi. Yillar mobaynida bu ta'qiq natijasida ushbu marosim qo'shiqlari xalqlar yodidan chiqib bordi. Dinimizning muqaddas kitobi bo'lmish "Qur'oni Karim"ning ayrim suralarining tafsilotida musiqaga bo'lgan qarashlar torayib bordi. Lekin musiqa san'atining turli tarmoqlari, turlari, janrlari yangicha g'oyaviy, uslubiy an'analari bizning davrimizgacha yetib keldi.

REFERENCES

1. Государственная академическая капелла им. Глинки. Очерк истории / Tuzuvchilar: I.Gusin, D.Tkachev// muharrir. А. Anisimov. - L., 1957. 170 bet.

2. "Xalq musiqasi" F.Karomatli, 1966 y.

3. N.N.Bodishevskiy - "История зарубежного хорового исскуства" М.2012. 4-бет

4. O.Ibrohimov, G'.Xudoyeva - "Musiqa tarixi" T.2018 y. 9-bet.

5. А.Х.Хакимова - "Профессиональное вокальное музицирование в Центральной Азии"(древние века, средние века) Т.1997 г. 18 бет

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.