Научная статья на тему 'TURKIYANING BOLQON DAVLATLARIDA OLIB BORGAN YUMSHOQ KUCH SIYOSAT VOSITALARI'

TURKIYANING BOLQON DAVLATLARIDA OLIB BORGAN YUMSHOQ KUCH SIYOSAT VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
64
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq diplomatiya / OAV / madaniyat markazi / masjid diplomatiyasi / Yangi usmonizm / TIKA / TRT / Yunus Emro instituti / Madaniy diplomatiya / Adolat va taraqqiyot partiyasi / Usmoniylar merosi / Yumshoq kuch / KDK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ravshanov Suhrobbek Gʻayrat Oʻgʻli, Moʻminov Azizbek Bahodir Oʻgʻli

Maqolada Turkiyaning xalqaro maydonda “soft power”ga asoslangan keng qamrovli siyosati juda ham foydali boʻldi deb aytishimiz mumkin. Sababi bu siyosat orqali Turkiya oʻzining xalqaro maydonda oʻz obroʻ e’tiborini yanada mustahlamlab oldi. Bolqon davlatlari Usmonlilar davrida uning mustamlakasi boʻlgan. U mintaqa Yevropa uchun darvoza vazifasini oʻtabgina qolmay, balki degizlar nazorati uchun ham muhim hisoblangan. Shu sababdan bu hududga qiziqishi va manfaatlari ortgan boʻlsa ortgan kamaygan emas. Juda ustalik bilan foydalanayotgan “yumshoq kuch” siyosati bu mintaqa uchun ham qoʻl keldi. Bolqon davlatlariga bu siyosat orqali xalq diplomatiyasi, masjid diplomatyasi, ijtimoiy yordam dasturlari, turizm diplomatyasi kabi strategiyalarni ishlatdi va natijada Bolqon davlatlari va Yevropa Ittifoqiga hamda dunyo hamjamiyati oldida hamda oʻzining siyosiy pozitsiyasini yanada mustahkamlab oldi. Mintaqa aholisini ham Turkiyaga hayrixohligi yuqori. Buning sababi tarixiy asoslarga borib taqaladi. Shu bilan birgalikda, Bolqon davlatlarida davom etib kelayotgan bazi bir sohalarni keng qamrovli modernizatsiya qilish orqali ta’lim, san’at, ommaviy axborot vositalari hamda yangi va zamonaviy binolar qurilishida, kasalxonalar qurilishida, masjidlar va madrasalarni tamirlashda faol ishtirok edi. Bu esa oʻz navbatida Bolqon davlatlari va dunyo hamjamiyati oldida oʻzining mavqeyini mustahkamlab oldi deyishimiz mumkin. Asosiy e’tibor va yordam azaldan mustamlakasi boʻlgan hududlar, til, madanyat, din jihatdan yaqin boʻlgan davlatlarga koʻmak koʻrsatib, oʻz jozibasi orqali ularda turk tili, madanyati, tarixiy qadriyatlari, boshqaruv tizimi, ijtimoiy munosabatlariga boʻlgan qiziqishni ortganini yaqqol namoyon boʻladi. Mintaqa uchun ham musilmon dunyosi uchun ham havas qilsa arzigulik model davlatga aylana oldi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKIYANING BOLQON DAVLATLARIDA OLIB BORGAN YUMSHOQ KUCH SIYOSAT VOSITALARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

TURKIYANING BOLQON DAVLATLARIDA OLIB BORGAN YUMSHOQ KUCH

SIYOSAT VOSITALARI *Ravshanov Suhrobbek G'ayrat o'g'li, 2Mo'minov Azizbek Bahodir o'g'li

1O'zMU, "Siyosat nazaryasi va falsafasi:siyosiy talimotlar tarixi va metodologiyasi" mutaxasisligi bo'yicha tayanch doktoranti 2O'zMU, Tarix yo'nalishi, O'zbekiston Tarix kafedrasi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10142488

Annotatsiya. Maqolada Turkiyaning xalqaro maydonda "soft power"ga asoslangan keng qamrovli siyosati juda ham foydali bo'ldi deb aytishimiz mumkin. Sababi bu siyosat orqali Turkiya o'zining xalqaro maydonda o'z obro' e 'tiborini yanada mustahlamlab oldi. Bolqon davlatlari Usmonlilar davrida uning mustamlakasi bo'lgan. U mintaqa Yevropa uchun darvoza vazifasini o'tabgina qolmay, balki degizlar nazorati uchun ham muhim hisoblangan. Shu sababdan bu hududga qiziqishi va manfaatlari ortgan bo'lsa ortgan kamaygan emas. Juda ustalik bilan foydalanayotgan "yumshoq kuch" siyosati bu mintaqa uchun ham qo'lkeldi. Bolqon davlatlariga bu siyosat orqali xalq diplomatiyasi, masjid diplomatyasi, ijtimoiy yordam dasturlari, turizm diplomatyasi kabi strategiyalarni ishlatdi va natijada Bolqon davlatlari va Yevropa Ittifoqiga hamda dunyo hamjamiyati oldida hamda o'zining siyosiy pozitsiyasini yanada mustahkamlab oldi. Mintaqa aholisini ham Turkiyaga hayrixohligi yuqori. Buning sababi tarixiy asoslarga borib taqaladi. Shu bilan birgalikda, Bolqon davlatlarida davom etib kelayotgan bazi bir sohalarni keng qamrovli modernizatsiya qilish orqali ta'lim, san'at, ommaviy axborot vositalari hamda yangi va zamonaviy binolar qurilishida, kasalxonalar qurilishida, masjidlar va madrasalarni tamirlashda faol ishtirok edi. Bu esa o'z navbatida Bolqon davlatlari va dunyo hamjamiyati oldida o'zining mavqeyini mustahkamlab oldi deyishimiz mumkin. Asosiy e 'tibor va yordam azaldan mustamlakasi bo'lgan hududlar, til, madanyat, din jihatdan yaqin bo'lgan davlatlarga ko'mak ko'rsatib, o'z jozibasi orqali ularda turk tili, madanyati, tarixiy qadriyatlari, boshqaruv tizimi, ijtimoiy munosabatlariga bo'lgan qiziqishni ortganini yaqqol namoyon bo 'ladi. Mintaqa uchun ham musilmon dunyosi uchun ham havas qilsa arzigulik model davlatga aylana oldi.

Kalit so'zlar: xalq diplomatiya, OAV, madaniyat markazi, masjid diplomatiyasi, Yangi usmonizm, TIKA, TRT, Yunus Emro instituti, Madaniy diplomatiya, Adolat va taraqqiyotpartiyasi, Usmoniylar merosi, Yumshoq kuch, KDK.

KIRISH: Dunyodagi haq qanday rivojlangan davlat borki, gegemonlik uchun kuch qudrat uchun kurashib kelgan. Vaqt o'tgan sayin bunga erishishning yo'llari o'sha davr nuqtai nazaridan kelib chiqib tanlanlagan. Misol uchun o'rta asrlarda biror bir qudratli davlatning boshqa bir davlatga ta'sir o'tkazishi bevosita uning harbiy salohiyati armiyasiga bog'liq bo'lgan. Bu tendinsiya o'tgan asrgacha o'z ustivorligini yo'qotmasdan keldi. Biroq bu davrda texnologiyalarning taraqqiyoti va qurol yarog'ning rivojlanishi shu darajaga borib yitdike bevosita ta'sir o'tkazish va egallash imkonsiz holatga keldi. Qattiq kuch o'z o'rnini yumshoq kuchga bo'shatib bera boshladi. Buning o'ziga xos xususiyatlari davlat o'zining ichki imkoniyatlari yani madaniyat, ta'lim san'at, memorchilik, til, hunarmandchilik, turizm, din, orqali boshqa davlatlar e'tiborini tortib unga ta'sir o'tkaza boshladi. Bu tajribani o'z amaliyotida muvaffaqiyatli joriy qilgan Turkiya ko'plab yutug'larga erishib kelmoqda. Shunday vositalardan biri xalq diplomatiya yoki xalq diplomatiyasi yaxshi samara bermoqda. Uning tarkibiga ommaviy axborot vositalari, madaniy diplomatiya, masjid diplomatiyasi, diaspora diplomatiyasini kiritish mumkin. Shundan kelib chiqib, Turk ommaviy axborot vositalari, TIKA, TRT, Anadolu agentligi, Yunus Emro institutining Bolqon davlatlarida olib borgan faoliyati va yutuqlariga qisqacha nazar tashlab o'tamiz. Bularning faoliyatida Turkiyaning "yumshoq kuch" siyosatining ahamiyati va uning o'ziga xosligiga dunyo davlatlarining qiziqishi yuqoriligini ko'rishimiz mumkin.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Turkiya diplomatiyasining "yumshoq kuch" siyosati natijasida Bolqon davlatlariga qaratilgan dasturi juda ham sermahsul bo'ldi deb aytolishimiz mumkin. Negaki Turkiya bu siyosiy dastur orqali o'zining siyosiy mavqeyini mustahkamlab oldi. Turkiyanng bu siyosiy pozitsiyasi esa o'z o'rnida dunyo olimlarini qiziqtira boshladi va Turkiyaning bu siyosatini ko'plab olimlar o'rgana boshladi. Jumladan Bergul Demirtash, Ilhan O'zgan, Baskin Oran, Mehmet Seyffeden, Erol-Emre Ozan Boyd-Barrett, Xie Oliver, Vivienne, Ivana Javonovich kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan.

Natija va muhokamalar:

Avvalo Bolqon davlatlarida Turkiyaning "yumshoq kuch siyosati" o'zaro tarixiy madaniy aloqalarda asoslangan. Shu tufayli mintaqa davlatlari Turkiyani o'ziga yaqin deb hiosblashadi Shuni aytib o'tish joizki Bolqon so'zi Turk tilidan kelib chiqqan. Bolqon davlatlari 500 yil davomida Usmomiylar imperiyasi ta'sirida bo'lgan. Ular qoldirib ketgan meros Usmoniylarning fundamental asoslaridir[1].

Usmomiylar - Turk - Islom madaniyati Bolqon davlatlarida o'zining o'chmas izini qoldirdi[2]. Mintaqada qolgan musulmon Usmoniylar kam sonli turklar Bolqon xalqi Turkiyada yashab kelgan xalqdan kelib chiqqan shuning uchun bevosita Turkiya bilan umumiy tarixiy madaniy qadiryatlari mavjud. Aynan shular Turkiyaning doimiy qiziqishini tortib kelgan muhim jihat hisoblanadi[3].

Turkiyaning strategiyasi bu mintaqada "soft power" va madaniy diplomatiyaga asoslangan. Shuningdek Usmoniylar imperiyasi harbiy nuqtai nazardan Bolqon davlatlari, kichkina tras bilan chegaradoshligi mamalakatning mudofaa strategiyasida biroz zaifligini nomoyon qilgan shu jihatdan Bolqon davlatlari Turkiyani Yevropaga o'tkazadigan eshik hisoblangan chunki u yerda Yevropa bilan bog'laydigan muhim savdo yo'li mavjud. Mintaqadagi siyosiy barqarorlikni buzilishi Turkiyaning quruqlik savdosiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatgan. Shunday ekan Bolqon davlatlarining barqaror siyosati Turkiya uchun uchun muhim bo'lgan shu bilan birgalikda bu mintaqada Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaning manfaatlari to'qnashgan. Yevropaning inergiya ehtiyojlarida muhim bo'lgan rechak yani strategik quvur yo'llari Bolqon davlatlari orqali o'tadi.

Turkiyadan Yevropaga o'tkazish leniyalari Turkiyani yevropa uchun inergiya karedoriga aylantirdi. Boshqa tomondan bu borada Turkiyaning eng katta raqibi Germaniya bo'ldi. Mintaqada katta iqtisodiy siyosatga egaligi tufayli Yevropa Ittifoqi Turkiyaga nisbatan ko'proq foyda ko'rdi. 1934 yilda imzolangan "Bolqon paktidan beri Turkiya har doim Bolqon mintaqasiga qiziqib kelgan. Shu sababli 1952 - 1975 - yillar orasida Bolqon ittifoqi. Bolqon do'stligi va Bolqon hamkorlik kelishuvlari imzolandi. 60 yillarda to hozirgi kunga qadar Turkiyani qiziqishi uzluksiz oshib bordi. Turkiya 1960 - 1970 - yillarda sovuq urush davrida keng qamrovli tashqi siyosati olib bordi[3].

90 - yillarda sovet ittifoqi qulagandan keyin mintaqada kuchlarning bo'shlig'I yuzaga keldi. Bu esa xalqaro ta'sir o'tkazishga yo'l ochib berdi Turkiya, AQSH, Germaniya, Italiya o'zining ta'sirini oshirish maqsadida faollashib qoldi. Sovet Ittifoqidan keyin o'zlarining mustaqilligini tan olishini va yordam berishini so'rab Turkiyaga yuzlandi[3]. Shunday vaziyatda Turkiya Bolqon davlatlariga emotsianal yondashuvdan foydalandi. Yangi usmanizm go'yasi 2000 yillarda adolat va taraqqiyot partiyasi hukimronligi davrida keng muhokama qilindi usmoniy parast g'oyani keng yoyishni Turg'ut Uzal davrida ilk qadamlar tashlandi. TIKA rahbarligi ostida "yumshoq kuch siyosati" va madaniy diplomatiya keng ilgari surildi. Bu mintaqadagi kuch bo'shlig'ini Turkiya egallashiga qaratilgan edi. Yugaslaviyaning qulashi va millatchilik ruhini paydo bo'lishi Bolqon davlatlarini etnik tozalash siyosiy barqarorlikni buzilishi dezintegratsiya kabi oqibatlarni keltirib chiqaradigan uzoq muddatli konfliktga aralashib qolishga sabab bo'ldi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

90 yillar Bolqon davlatlari tarixiga notinchlik va konflikt davri sifatida kirgan.Turkiyaning Bolqon davlatlariga bolgan siyosati Bosniyadgi urushdan beri Turkiya o'zining uzoq diplomatiyasi bilan muhim ishtirokchisi bo'lib kelgan. 2000 yillarda Bolqon davlatlarida ancha barqaror davr bo'ldi, Adolat va taraqqiyot partiyasi hokimyatga kelgandan keyin "yumshoq kuch" ga asoslangan tashqi siyosat olib bordi. Hukmron elita Tashqi Ishlar vaziri Dovud Ug'lu Bolqon davlartlarini yana Usmoniylar - Turk - Islom sivelizatsiya markaziga qaytdi dab fikr bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi hukmronligi davrida ular Bolqon davlatlarini " Evladi Fathan " yani Usmoniylardan qolgan deb hisoblashadi. Turkiyaning Bolqon davlatlariga bo'lgan siyosati ularning jamiyatidagi musulmon Usmoniylar bilan madaniy hamkorlik va integratsiyaga asoslangan o'zaro aloqalar 2009 yildan keyin yana ham faollashdi. Bunga nimtaqaviy o'zgarish ketayotgan Yaqin Sharqda Turkiyaning siyosiy e'tibor qaratilganligi ta'sir ko'rsatdi. 2003 yilda Iroqni AQSH bosib olishi Turkiyani Yaqin Sharq bilan aloqa qilishga undadi.

Bolqon davlatlarida qaltis konfliktli holat yuzaga kelgach Bosniya va Serbiyada hamkorlik va dialog mexanizmini yo'lga qo'ygan. Turkiya bu mintaqa bilan "publik diplomatiyaga" asoslangan institutlarni tashkil etish orqali siyosiy munosabatini olib bordi. Bu institutlar sirasiga Yunus Emri insitituti orqali madaniy diplomatiya bo'yicha TEKA orqali tashqi yordam diplomatiyasi bo'yicha, TRT va Anatoliya agentigi orqali telivedinya va axborot diplomatiyasi bo'yicha "yumshoq kuch" siyosatini olib bordi

Yunus Emri instituti.

Bu institut 2007 yilda madaniy diplomatiyaga mas'ul mexanizm sifatida tashkil etilgan[4]. 2009 yilda Bolqon davlatlarida o'zining birinchi madaniy markazini ochish orqali o'z faoliyatini boshladi. Tashqi ishlar vaziri Dovud Ug'lu madaniy markazni ochilish marosimida nutq so'zlab Bosniyadagi birinchi madaniy markazni ochilishi tasodif emas balki puxta o'ylangan strategik qaror deb aytib o'tdi[5]. Shuningdek Turkiya bu institutni tashkilot sifatida madaniy diplomatiyani olib boradigan tashqi siyosiy vosita bo'lishini xoxlaydi. Madaniy sohada siyosat olib borib o'zining raqiblaridan ko'ra kengroq maydonda o'z ta'sirini oshirish uchun boshqaruvchanlik imkoniyatiga ega bo'libgina qolmay jamoatchilik darajasida aloqalarini kuchaytirdi. Turkiyani Bolqonlarga bo'lgan siyosati Usmoniylar merosini qayta tiklash madaniy integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan. Buning zamirida yangi usmonizm yotadi.

Boqon davlatlarida madaniy vasilikni yaratishga qaratilgan Turkiya strategiyasi sifatida izohlanadi. Shuningdek o'z nutqida Bosniyadagi madaniy markazning ochilishi usmoniylar tarixiga urg'u berib Turkiya rahbarligi ostida boshqa tarofdagi davlatlarni ham integratsiya qilishga undaydi. Bu tushuncha yangi usmonizm g'oyasining asosiga mos lekin Yevropa Ittifoqi va NATO bilan mintaqa davlatlarini integratsiya qilishga udanshi bunga zid hisoblanadi. Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbarligi davrida Yaqin Sharq va Bolqon davlatlarida Usmoniylar davlati qaytyabdi degan tanqidlarga uchradi. Usmoniylar islom qadryatlarini tiklanishi Yunus Emri instituti TIKA va Din ishlari vazirligi kabi tashkilotlarning tarixiy va madaniy asoslarini tiklashga urinishlari yangi usmonizm sifatida tushinildi.

Yunus Emri instituti Bolqon davlatlarida madaniy merosda tiklashga doir bo'lgan katta mablag' ajratilgan madaniy diplomatiya dasturlarini amalga oshirdi. Bular sirasiga Turkiyaning an'anaviy qo'l hunarmandchiligini tiklash dasturi, 100 ta turk kutubxonasini qurish dasturi Kosova qo'l yozmalari dasturlari o'z ichiga oladi. Bundan tashqari mintaqa davlatlari bilan Bolqon davlatlarida turk tili, Bolqon davlatlarida sufizm, Usmoniylar izlari, Bolqon davlatlarida Usmoniylar merosi, Anatoliya qo'shiqlari kabi ko'plab tadbir va dasturlardan ko'zlangan maqsad tarixiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish ko'zlangan[6]. Turkiya Bosh Vazirligi muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligi.

TIKA, 1992 yilda tashkil etilgan 2011 yilda " publik diplomatiya" doirasida o'zgartirilgan u asosan urushdan zarar ko'rgan kasalxonalar va maktablarni tamirlash va qayta qurish bilan

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

shug'illangan. 2000 yillarda " yumshoq kuch"ga asoslangan taraqqiyot yordam loyihalari bilan shug'illanishni boshladi. Adolat va taraqqiyot partiyasi elitalarining ta'siri tufayli Usmoniylar merosi, islom qadryatlari va masjidlar qurish va tamirlash borasidagi faoliyatlarini ham o'z qo'llariga oldi. Uning faolliklariga keladigan bo'lsak Albaniyadagi Parrukiy masjidining ichki qismini tamirlashi, Nazr masjidi kabi beshta masjidni tamirlash,

Makendoniyadagi Ishak Chalabiy masjidi va Mustafo poshsho masjidining restovratsiya ishlari. Bosniyadagi Sanjak Beyi va Hunkar masjidlarini tiklash ishlari, Kosovadagi Prezrenni Emin Pashsha masjidini tiklash ishlarini kiritish mumkin. TIKA Turkiyaning birinchi yumshoq kuch siyosatini olib boradigan tashkilot sifatida keng ko'lamda ishlab chiqarish, sog'likni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'atga doir ko'plab tiklash ishlarini va dasturlarini amalga oshirdi. Birgina 2013 yilda TIKA Bolqon davlatlarida 400 ta loyiha kiritganini ma'lum qildi[7].

Misol uchun Albaniyada masjid restovratsiyasi, turizm, o'rmon xo'jaligi, qishloq xo'jaligi,kutubxonalarni raqamlashtirish markazi, qariyalar uyi, ayollarga bosh pana berish loyihasi, nogiron bolalarga yordam ko'rsatish markazi, kasalxonasi, huquq, kebir xavfsizlik ma'muriy va fuqaroviy obyektlar, kasalxona, talabalar uchun turar joy, qurish borasidagi bir qancha dasturlarni amalga oshirdi[7].

Bosniyadagi faoliyatiga kelsak: unversitetni qayta jihozlash, Sharkiyat unversititetini texnik jihatdan tamirlash, Bolqon tadqiqot markazini qurish, maktabni qayta jihozlash, madrasa qurish, sport zallarini qayta jihozlash, masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish, kasalxona va sog'lomlashtirish markazlarini tashkil etish, madaniyat va ta'lim komplekslari shular jumlasidandir[7].

Kosovoda 4 ta masjid restovratsiyasi, Prizren unversititetini qayta tamirlash, maktablarda lobaratoriya va kompyuter xonalar tashkil etish[7]. Makedoniyada 620 ta talabaga qo'llab quvvatlash, talabalar uchun sayohat sadturlari, maktab qurish dasturlari va ularni qayta jihozlash, Tetova va Kirli metodi universititetlarid texnik ko'mak ko'rsatish va qayta jihozlash, masjid va madrasalar qurish shular kabilarni misol keltirishimiz mumkin[7].

TRT va Anatoliya Agentligi komunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi bilan xalqaro siyosatda davlatlar o'rtasida axborot urushlari boshlandi[8]. Davlatlar o'zlarining siyosati va maqullashini ko'rsatib xalqaro hamjamiyatga ta'sir ko'rsatish va ishonish siyosatini boshlab yubordi. Ular o'zlarining ommaviy axborot vositalaridan foydalanish strategiyasini tashqi instrumenti sifatida amaliyotga tadbiq qildi va bu o'z - o'zidan telivedinya diplomatiyasiga aylanib ketdi u " publik diplomatiya" ni bir turi hisoblanadi.Bundan tashqari ular qatoriga Yangiliklar agentligi, radio, gazeta, filmlar va telivezion ko'rsatuvlarni kiritish mumkin. Diplomatiyaning bu turi xalqaro hamjamiyatni e'tiborini tortish uchun o'zining hikoyalari va qadiryotlarini ko'rsatib beradigan vosita sifatida maydonga chiqdi Adolat va taraqqiyt partiyasi davrida turkiyada birinchi bor ommaviy axborot vositalari " xalq diplomatiya" maqsadlari uchun ishlatilishni boshladi. Bolqon davlatlari Turkiyaning information "xalq diplomatiya" strategiyasining fokus nuqtasi bo'ldi. Anatoliya Agentlidagi Sarayevoni markaz sifatida tanladi[9]. 2012 yil agentlik Bosniya, Xorvatiya, Serbiya tillarida ilmiy nashrlar chiqarishni boshladi[10]. Shu bilan birga Anatoliya agentligi, Sofiya va Belgiratda Turkiyaning yuzi va brendi bo'lgan shaxobchalariini ochdi. Bundan tashqari qisqa vaqt ichida Bolqon davlatlarida ilg'or yangiliklar manbayiga aylandi. Shu taxlit Turkiya mintaqa aholisiga Turk qarashi singdirilgan yangiliklarni tarqatish strategiyasini muvafaqqiyatli yo'lga qo'ydi. Davlatlar axborot urushining ahamiyati oshgan sari o'zlarining istiqbolidan kelib chiqib yangiliklarni tarqatish strategiyasiga qo'shilib ketdi. Ommaviy axborot vositalarida til va g'oyalar orqali xalqaro siyosatni shakillanishi uchun o'ziga xos tasvir va reallikni yaratishda bu muhim rol o'ynadi[11]. Adolat va taraqqiyot partiyasi tarafdorlari bu imkoniyatni tushunib yetgach TRT ni tubdan o'zgartirish ishlarini boshlab yubordi. TRTWORLD nomi bilan "xalq diplomatiya" ning xalqaro driveriga aylangan eng katta yangiliklar

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

kanali yuzga keldi. Yaqin Sharqdan Kavkazgacha, Bolqon davlatlaridan Markaziy Osiyogacha bo'lgan 27 ta davlatdagi taxminan 250 million aholiga ega bo'lgan keng maydonga axborot tarqatadigan TRT AVAZ kanaliga aylandi( TRT AVAZdasturlari). 2010 yilda Turk markazidagi keng tomosha binlarg ega bo'lgan Bolqon davlatlari geogirafiyasini yaratish va har jabhadagi maydonni qamrab oladigan strategiyani TRT TURK kanali amalga oshirdi. Shu taxlit OAV orqali Bolqon jamiyatiga uzliksiz 7\24 davomida kundalik munosabatlarini tarqata boshladi. Buning natijasi o'laroq Turkiya Bolqon davlatlari bilan telivedinya kanallari, elivezion shoular, filmlar va yangiliklar agentligi orqali Bolqon davlatlari bilan ijtimoiy ko'priklarni yuzaga keltiradigan munosabatlarn yo'lga qo'yish maqsadiga erishdi. Bolqon davlatlarining talabi asosida Yunus Emri institutining turk madaniyat markazlari ochildi ( Milliyat ) TRT Bolqon TV kanalini yo'lga qo'yish uchun talablarni inobatga olib Bolqon davlatlari uchun mo'ljallangan dasturlarni oshirdi. Bular sirasiga TRT Bolqon ovozi, Bolqonlar va megratsiya hujjatlari, Bolqon atlas va Bolqon hikoyalarini kiritish mumkin va nihoyat Shoh Suloymon Qonuniy davri yoritilgan" Muhtasham yuz yil" seriali Usmoniylar imperiyasini oltin davrini yoritgan bo'lib, Bolqon xalqining eng sevimli serialiga aylandi[12]. Xalq diplomatiyasini muvofiqlashtirish, madaniy diplomatiya, diaspora diplomatiyasi, tashqi yordam diplomatiyasi, va Turkiyaning telivedinya dilopmatiyasi, Bosh vazirlikning xalq diplomatiya muvofiqlashtirish markazi tomonidan amalga oshirildi.

XULOSA

Yumshoq kuch tashkilotlari va xalq diplomatiyasini muvofiqlashtirish markzi(KDK). Bolqon davlatlarida samarali faoliyat olib bordi. Bular orasida yoshlar dasturi ahamiyatga molikdir. KDK Turkiya va Bolqon davlatlari o'rtasida yoshlar ko'prigi dasturi orqali barcha harajatlari qoplab beriladigan Turkiyaga sayohat dasturlarini Bolqon talabalari uchun tashkil qildi(KDK). Turkiya bu siyosat orqali Bolqon davlatlariga sizilarli yordamlarni berdi, jumladan ta'limni rivojanishi uchun ko'plab maktablarni qayta zamonaviy texnologiyalar bilan jihozladi va qayta tamirladi hamda yangi maktab binolari qurib berdi va Bolqon davlatlarida ta'limni rivojlanishida o'z yordamni berdi. Kasaloxonalar qurilishda ularni yangi va zamonaviy texnologiyalar bilan taminladi. Shuni aytib o'tish joizki, Turkiyaning " yumshoq kuch" siyosati natijasida Bolqon davlatlaridagi musulmonlarga alohida e'tibor berdi misol kiltirish joizki eski madrasalarni qayta tamirlab yangi masjid qurib berdi bu esa Islom olamida Turkiyani yanada yuksaklarga olib chiqdi deb aytolishimiz mumkin. Shuningdek Turkiyaning xalq diplomatiyasi siyosati doirasida Bolqon davlatlarida madaniy merosni asrab qolishga uni asrab avaylashga qaratilgan bir nechta dasturlarni ilgari surdi va dasturlarni Turkiyaning o'zi mablag' bilan taminladi hamda Bolqon madaniyati saqlanib qolishida o'zining beqiyos hissasini qo'shdi. Turkiyaning "yumshoq kuch" siyosati doirasida Bolqon davlatlarida qaratilgan "xalq diplomatiyasi" dasturi natijasida Turkiya o'zining dunyo siyosiy maydonida mustahkam pozetsiyasiga ega bo'ldi deb aytishimiz mumkin.

REFRENCES

1. DEMIRTA§, Birgül, "Turkey and the Balkans: Overcoming Prejudices, Building Bridges and Constructing a Common Future", Perception, Summer, Vol. XVIII, Number 2, p. 163-184, 2013

2. EROL, Mehmet Seyfettin Erol-Emre Ozan, "Türk Di§ Politikasinda Süreklilik Unsuru Olarak Siyasal Rejim", Di§ Politika Analizinde Teorik Yakla§imlar:TürkDi§ Politikasi Örnegi, Bari§ Kitap, Ankara, 2012, p. 237-271.

3. UZGEL, ilhan, "Balkanlarla Îliçkiler", Baskin Oran (Editör), Türk Di§ Politikasi,2. Cilt, Îletiçim Yayinlari, istanbul, 2001, p.170

4. "The Law on the Foundation and Duties of the Yunus Emre Institute", http://www.yee.org.tr/turkiye/tr/kurumsal/vakif-kanunu (Accessed 02 April 2016)

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

5. Yunus Emre Bülteni, Yil:1, Sayi:2, Aralik 2009. Yunus Emre Enstitüsü 2014 Faaliyet Raporu.

6. "Yunus Emre Institute's activities in the Balkans",http://yee.org.tr/turkiye /tr/haberler/bizden-haberler/balkanlarda-osmanli-mirasi-ve-defter-ihakani-etkinligi-2486, http://yee.org.tr/arnavutluk-tiran/tr/haberler/

7. TIKA 2013 Faaliyet Raporu, p.11, http://www.tika.gov.tr/upload/oldpubli cation/faaliyet-raporu-2013.pdf

8. JABRI, Vivienne, War and the Transformation of Global Politics, Palgrave Macmillan, New York, 2007

9. "Bosnia and Herzegovina Anadolu Agency", http://www.aa.com.tr/tr/ mod/tag/saraybosna (Accessed 12 June 2016)

10. "Anadolu Ajansi ''BHS'' 3 ya§inda", Anadolu Ajansi, http://www.aa.com.tr /tr/kurumsal-haberler/477137--anadolu-ajansi-bhs-3-yasinda (13 June 2016).

11. XIE, Shuang, Boyd-Barrett, Oliver (2015), "External-National TV News Networks' Way to America: Is the United States Losing the Global "Information War"?, International Journal of Communication9, p.66-83.

12. JOVANOVIC, Ivana ve Tokyay, Menek§e, "TV Series Fosters Balkan, Turkey Relations", Southeast Times, 2012, http://www.setimes.com/cocoon/setimes/xhtml/en_GB/features/setimes/features/2012/12/2 1/feature-04 (Accessed 07 July 2016).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.