Научная статья на тему '“TURKISTON VILOYATINING GAZETI”DA USMONIYLAR IMPERIYASI VA BOLQON DAVLATLARI MUNOSABATLARI TALQINI'

“TURKISTON VILOYATINING GAZETI”DA USMONIYLAR IMPERIYASI VA BOLQON DAVLATLARI MUNOSABATLARI TALQINI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
446
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolqon yarim oroli / Usmoniylar imperiyasi / Serbiya / Usmon poshsho / Skobelev / Murod V / Yusuf posho / Graf Dyula Andrashi / Bodkuba / Milan Obrenovich / Mehtar posho / Chernogoriya. / Balkan Peninsula / Ottoman Empire / Serbia / Osman Pasha / Skobelev / Murad V / Yusuf Pasha / Count Gyula Andrashi / Bodkuba / Milan Obrenovich / Mehtar Pasha / Montenegro

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Egamberdiev, Abduvahob Abdurasul O‘g‘li

Turkiston davriy matbuotida xorijda chop etilgan maqola va xabarlar doimiy ravishda bosib turilgan. Ayniqsa, Turkiyada ro‘y bergan siyosiy voqealar diqqat bilan kuzatib borilgan. Mazkur maqolada XIX asr oxirida Bolqon yarim orolidagi mahalliy xalqlarning Usmoniylar imperiyasi zulmiga qarshi ozodlik harakatlarining “Turkiston viloyatining gazeti”da qanday talqin qilinganligi ochib berilgan. Mazkur voqea-hodisalar yuzasidan “Turkiston viloyatining gazeti”da yigirmadan ortiq qisqa xabar hamda tahliliy maqolalar nashr etilgan. Shuningdek, G‘arb matbuotida ushbu jarayonlar qanday talqin etilganligi keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"TURKESTAN REGIONAL NEWSPAPER" INTERPRETATION OF RELATIONS BETWEEN THE OTTOMAN EMPIRE AND THE BALKAN STATES

The periodicals of Turkestan regularly publish articles and reports published abroad. In particular, political events in Turkey are being closely followed. The article describes how the liberation movements of the indigenous Balkan peoples against the oppression of the Ottoman Empire at the end of the 19th century were interpreted in the newspaper of the Turkestan region. More than twenty brief reports and analytical articles have been published about these events in the Turkestan native newspaper. It also mentions how the Western press interpreted these processes.

Текст научной работы на тему «“TURKISTON VILOYATINING GAZETI”DA USMONIYLAR IMPERIYASI VA BOLQON DAVLATLARI MUNOSABATLARI TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor

"TURKISTON VILOYATINING GAZETI"DA USMONIYLAR IMPERIYASI VA BOLQON DAVLATLARI MUNOSABATLARI TALQINI

Egamberdiev Abduvahob Abdurasul o'g'li

TDSHU 2-bosqich tayanch doktoranti abduvahob2017 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Turkiston davriy matbuotida xorijda chop etilgan maqola va xabarlar doimiy ravishda bosib turilgan. Ayniqsa, Turkiyada ro'y bergan siyosiy voqealar diqqat bilan kuzatib borilgan.

Mazkur maqolada XIX asr oxirida Bolqon yarim orolidagi mahalliy xalqlarning Usmoniylar imperiyasi zulmiga qarshi ozodlik harakatlarining "Turkiston viloyatining gazeti"da qanday talqin qilinganligi ochib berilgan. Mazkur voqea-hodisalar yuzasidan "Turkiston viloyatining gazeti "da yigirmadan ortiq qisqa xabar hamda tahliliy maqolalar nashr etilgan. Shuningdek, G'arb matbuotida ushbu jarayonlar qanday talqin etilganligi keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Bolqon yarim oroli, Usmoniylar imperiyasi, Serbiya, Usmon poshsho, Skobelev, Murod V, Yusuf posho, Graf Dyula Andrashi, Bodkuba, Milan Obrenovich, Mehtarposho, Chernogoriya.

АННОТАЦИЯ

На страницах периодической печати Туркестана регулярно были опубликованы статьи и сообщения, напечатанные в зарубежных изданиях. В частности, внимательно следили за политическими событиями в Турции.

В статье раскрывается интерпретaция "Туркистон вилоятининг газети" освободительного движения Балканских народов против гнета Османской империи в конце XIX века. Об этих событиях опубликовано более двадцати сообщений и аналитических статей на страницах "Туркистон вилоятининг газети". В нем также упоминается, как западная пресса интерпретировала эти процессы.

Ключевые слова: Балканский полуостров, Османская империя, Сербия, Осман-паша, Скобелев, Мурад V, Юсуф-паша, граф Дюла Андраши, Бодкуба, Милан Обренович, Мехтар-паша, Черногория.

ABSTRACT

The periodicals of Turkestan regularly publish articles and reports published abroad. In particular, political events in Turkey are being closely followed.

The article describes how the liberation movements of the indigenous Balkan peoples against the oppression of the Ottoman Empire at the end of the 19th century were interpreted in the newspaper of the Turkestan region. More than twenty brief reports and analytical articles have been published about these events in the Turkestan native newspaper. It also mentions how the Western press interpreted these processes.

Keywords: Balkan Peninsula, Ottoman Empire, Serbia, Osman Pasha, Skobelev, Murad V, Yusuf Pasha, Count Gyula Andrashi, Bodkuba, Milan Obrenovich, Mehtar Pasha, Montenegro.

KIRISH

XIX asr o'rtalariga kelib xalqaro munosabatlar jahondagi gegemon davlatlarining nigohi Bolqon yarim oroli va Usmoniy turk imperiyasiga qaratildi. Endilikda Usmoniylar imperiyasini zaiflashtirish uning mustamlakalariga egalik qilishga qaratilgan harakatlar bu davr xalqaro munosabatlarining o'ziga xos xususiyatiga aylandi. Bu masalada birinchi navbatda Rossiya imperiyasi va Avstriya-Vengriya manfaatlari to'qnash keldi.

Rossiya imperiyasini tashqi siyosatda ancha agressiv harakat qilishga undadi, to'g'ri, Yevropa mamlakatlari ham jim qarab turishmadi jumladan, Buyuk Britaniya va Fransiya o'z navbatida Germaniya ham bunga turli qarshiliklar ko'rsatib keldi, chunki bu hududlarda Rossiyaning hukmron bo'lishiga toqat qila olmas edi. Imperiyaning yarim mustamlakaga aylanishi. Buyuk davlatlar Turkiya ichki ishlariga aralashishni tobora kuchaytirdilar. Rossiyaning Turkiyaga qaram o'lkalarda mustaxkamlanib olishga urinishlari 1853-yilda Sharq urushini keltirib chiqardi. Bu urush Rossiya tarixiga Qrim urushi nomi bilan kirgan. Rossiya podshosi Nikolay I sultondan Rossiyani Turkiya imperiyasiga qaram o'lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlarining xomiysi ekanligini tan olishini talab etdi. Buyuk Britaniya va Fransiya sultonni bu talabni rad etishga undadilar. Oqibatda Rossiya - Turkiya urushi boshlandi. Urushda Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiya uchlik kaolitsiyasi g'alaba qozondi. Biroq bu g'alaba Turkiyaning Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. Urush natijasida imzolangan Parij Tinchlik shartnomasi Turkiya ustidan amalda G'arb davlatlarining "xomiyligi"ni ta'minladi. Chet elliklarga Turkiyada yer va boshqa ko'chmas mulklar sotib olishga ruxsat etdi. Chet davlatlarga berilgan konsessiyalar kafolatlandi. Shu tariqa Turkiyaning yarim mustamlakaga aylanishiga yo'l ochildi. G'arbiy Yevropada sanoat inqilobi tugallanayotgan bir davrda Turkiyada xamon o'rta asr feodal tartiblari xukmronligicha qolaverdi.

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

G'arb davlatlarining Turkiyaga nisbatan tutgan siyosati mavjud tartiblarni yanada mustaxkamladi. 19-asrning 60-yillariga kelib mustamlakachi buyuk davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo'lib oldilar.

Ayni paytda Turkiya moliyaviy qaramlik botqog'iga ham bota boshladi. 1870-yillarda uning chet davlatlardan qarzi 2,4 mlrd frankni tashkil etdi. Shu tariqa bir vaqtlar dunyoning 3 qit'asida ulkan mustamlakalarga ega bo'lib olgan Turkiya endilikda Yevropaning buyuk davlatlari yarim mustamlakasiga aylandi.

Voqealar bunday rivoji Rossiyani to'htatib qolmadi, har qanday yo'l bilan ham kurashdan qaytmasdan o'z manfaatlaridan voz kechmadi. Rossiya agressiv siyosatining asosiy yo'nalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiya hamda Qora dengiz bilan O'rta dengizni bog'lovchi Dardanell va Bosfor bo'g'ozlari hamda O'rta Osiyoda o'z hukmronligini o'rnatish edi. Tez orada Bolqon inqirozi yuz berdi. 1875 -yilning yozida Gersegovina va Bosniyada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Ular milliy mustaqillik talab qildilar. Bolgariyada ham shunday qo'zg'olon ko'tarildi. Biroq qo'zg'olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Bolqon inqirozi buyuk davlatlarning manfaatini yana bir bor to'qnashtirdi.

1876-yil 26-dekabrda Konstantinopolda Bolqon masalasida xalqaro konferensiya chaqirildi. 1877-yilning 28-fevralida Serb-Turk tinchlik shartnomasi imzolandi. Bosniya, Gersegovina va Bolgariyaga muxtoriyat berish talablari esa qog'ozda qoldi.

Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo'lsa-da, o'z armiyasini demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni muddao bo'ldi. Rossiya 24 aprel kuni Turkiyaga urush e'lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush harakatlarida qatnashdi. Rossiya armiyasi Turkiya armiyasiga katta talafot yetkazdi. 1877-yil oxirida Plevna yonida Usmon poshsho 43 ming qo'shini bilan taslim bo'ldi. 1878-yil yanvarda Skobelev armiyasi Adrianopolni ishg'ol qildi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Angliyani tashvishga solib qo'ydi.

1878-yilning 3-fevralida Angliya o'z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi. Rossiya armiyasi Konstantinopol shahriga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqasini uzishini ma'lum qildi.

1878-yilning 19-fevralida San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi imzolandi. Shartnoma Bolqon yarim orolining siyosiy xaritasini tubdan o 'zgartirib yubordi. Chunonchi, Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil

Scientific Journal Impact Factor

davlatga aylandi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to'la mustaqil davlatlar deb tan olindi. Turkiyaning Rossiyaga 1 mlrd. 410 mln. rubl tovon to'lashi belgilandi.

Turkiston davriy matbuotida ham ushbu jaryonlar aks etgan yigirmaga yaqin maqola va xabarlar chop etilgan bo'lib, ularning aksariyati Rossiya imperiyasining turli hududlarida nashr etiladigan gazetalardan olingan. Xususan, "Turkiston viloyatining gazeti"da1 Rossiyaning "Botkina" gazetasida Usmoniylar davlati va unga tobeligida bo'lgan nasroniylar o'rtasidagi urush harakatlarining natijasini Yevropa davlatlari katta qiziqish bilan kuzatib turganligi ta'kidlab o'tilgan2.

1875-yilda Usmonli imperiyasining bir viloyati bo'lgan Gersegovinada serblarning qo'zg'oloni ko'tarilib, tez orada Bosniya viloyatining boshqa hududlariga ham tarqaldi, 1876-yil bahorida Bolgariyada ham nasroniy aholi qo'zg'oloni boshlandi. Usmonli imperiyasi Bolgariyadagi qo'zg'olonni tezda bostirgan bo'lsa-da, Gersegovina va Bosniyadagi janglar davom etdi. Shu bilan birga, 1876-yil 30-mayda sulton Abdulaziz taxtdan ag'darilib, uning o'rniga Murod V tayinlangach poytaxtdagi siyosiy beqarorlik avjiga chiqdi. Fursatdan foydalanib, ikki yarim mustaqil knyazlik Serbiya va Chernogoriya mustaqillikni tanladi va 1876-yil 18-iyunda Usmonli imperiyasiga qarshi urush e'lon qildi3.

Davriy matbuotda keltirilishicha, xalifalik zulmidan bezor bo'lgan Serbiya xalqi Usmoniylar imperiyasining yangi sultoni Murod V ning hukmronligini tan olmaydi va har yili to'lanadigan soliqlarni to'lashdan ham bosh tortadi. Sebrlar boshlig'i knyaz Milan Obrenovich askarlari ko'z o'ngida xalifalik bayrog'ini sindirib, ularni Istanbulga qarshi harbiy harakatlarni amalga oshirishga chorlaydi.

Ayni damda Turkiyaning o'zida ham hukumat va harbiylar ikki guruhga ajralib qolishgan edi. Ularning bir qismi sulton Murodning o'rniga xalifalik an'analariga ko'ra marhum sulton Abdulazizning o'g'li Yusuf poshoni taxtga o'tqazishni maqsad qilishgandi. Garchi Yusuf poshoni qo'llab turgan qo'shinning asosiy qismi urush harakatlariga safarbar qilingan bo'lsa ham mamlakatdagi notinchlik tobora avj olib borayotgan edi. Xatto xalq orasida fuqarolar urushi paydo bo'lish xavfi ham bor edi.4

1 Turkistondagi birinchi o'zbek tilidagi gazeta "Turkiston viloyati gazeti" 1870-1883 yilgacha "Turkestanskiye vedomosti" ("Туркестанские ведомости") gazetasiga "Ilova" tarzida chiqarilgan. 1883-yil 3O-yanvaridan 5OO nusxada alohida gazeta sifatida chiqa boshladi, lSSS-yil kelib 600 nusxada bosilgan hamda uning ko'p qismi majburiy obunachilarga aylantirilgan mahalliy amaldorlarga jo'natilgan, 191O-yillarda gazeta 1S5O nusxada chop etilgan edi. 1S72-1SS3 yillarda gazetaga Turkiston general-gubernatorligida tarjimon bo'lib ishlagan Shohimardon Ibragimov, 1SS3-yilning yanvaridan to yilning oxirigacha Muhammadhasan Chanishev, 1SS3-yilning oxiridan 1917-yil fevraligacha N.P.Ostroumov muharrirlik qildi. Gazeta 1917-yilgacha muntazam ravishda chop etib borilgan.

2 Turkiston viloyatining gazeti. ^76-уИ 1O-son (15-aprel). 2-bet.

3 Nevill Forbes, et al. The Balkans: a history of Bulgaria, Serbia, Greece, Rumania, Turkey (1915) summary histories by scholars online free

4 Turkiston viloyatining gazeti. ^76-уИ 2O-son (2S-iyul). 2-bet.

Scientific Journal Impact Factor

1876-yil aprel oyi boshlarida Istanbuldagi Yevropa elchilaridan biri Graf Dyula Andrashi5 Usmoniylar imperiyasi sadri a'zam hazratlariga sulx shartnomasini taqdim qilgan. Mazkur shartnomada Usmoniylar tasarrufida bo'lgan barcha nasroniylarga erkinlik berish, o'z milliy urf-odatlarini, diniy marosimlarini bemalol amalga oshirishlariga ruxsat berilishi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, ular istiqomat qiladigan hududlar amalda podsholik yoki musulmon amaldorlarining mulki hisoblanib, ushbu yerlarni ziroatchilik bilan shug'ullanayotgan nasroniylarga sotish to'g'risida hukmdor farmoni chiqarilishi kerakligi va u yerdan olingan daromadning bir qismi o'sha hududning o'ziga sarflanishi hamda mahalliy aholiga joriy qilingan barcha ijara shartnomalari barham berilishi kerakligi alohida ko'rsatib o'tilgan.6

Urush harakatlari boshlanish asnosida Serbiyaga turli mamlakatlardan ko'plab ko'ngillilar yordamga kelishidi. Ular orasida ruslar, bolgarlar, Juzeppe Garibaldining italiyalik izdoshlari va Prussiya ofitserlari, shuningdek, inglizlar, frantsuzlar, greklar, ruminlar va polyaklar bor edi. Eng yirik otryadlar ruslar va bolgarlar edi. 1876-77 yillardagi urush harakatlari davomida Garibaldi tashabbusi bilan bir necha yuzlab italiyalik ko'ngillilardan iborat otryad tuzildi. Rasmiy ravishda Rossiya davlatidan mustaqil bo'lgan rus ko'ngilli otryadlari Serbiya himoyasiga chiqdi. Rus ko'ngillilarining eng ko'p qismi Timok-Morava armiyasida jang qilgan, ularning soni 2200 ga yaqin edi, ulardan 650 nafari harbiy ofitser va 300 nafari tibbiyot xodimi edi.

Urush harakatlarining birinchi bosqichi 1876-yil 30-iyundan 1877-yil 28-fevralgacha bo'lib o'tdi. Serbiya milliy bayrami hisoblangan Vidovdan7 kunida Usmonli imperiyasiga qarshi urush e'lon qildi. Serblarning dastlabki harbiy rejasi Nishni himoya qilish va Chernyayev boshchiligidagi asosiy armiya bilan Sofiyaga hujum qilish edi. Qo'shinni bir necha guruhlarga bo'lib bir vaqtning o'zida chalg'ituvchi hujumlarni boshlaydilar, ammo ularning bu harakatlari samara bermaydi. Shimoli-sharqda general Miloyko Leshanin Kior yaqinida Usmonlilarni Timok daryosidan o'tishiga qarshilik ko'rsata olmadi va mag'lubiyatga uchradi. U Saikar qal'asiga chekinishga majbur bo'ldi. Biroq Usmoniylar imperiyasi qo'shining 1876-yil 7-avgustdagi harbiy harakatlari natijasida ushbu qal'ani egallab oldilar.

5 1871-yilda Avstirya-Vengriya tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. 1879-yil 22-sentyabrda graf Andrashi hamda Bismark o'rtasida Avstriya-Germaniya mudofaa ittifoqini tuzish bilan u siyosiy sohadagi faoliyatini yakunlab, tashqi ishlar vaziri lavozimini tark etdi.

6 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 10-son (15-aprel). 2-bet.

7 Vidovdan (serbcha - Vidovdan - "Avliyo Vitus kuni") - serblarning milliy va diniy bayrami. Grigorian taqvimi 28 iyunda yoki Yulian taqvimiga ko'ra 15 iyunda nishonlanadi. Serb cherkovi uni 1389 yil 15 iyunda (Yulian taqvimiga ko'ra) Usmonlilar imperiyasiga qarshi Kosovo jangida qurbon bo'lgan Avliyo shahzoda Lazar va serb muqaddas shahidlarini xotirlash kuni sifatida nishonlaydi.

Serb armiyasining janubdagi asosiy yurishi Nishava vodiysi bo'ylab tez harakatlanib, Pirot shimolida joylashgan Babina Glavadagi muhim pozitsiyani egallab olib dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. Biroq, Usmonlilar Sulaymon posho va Hofiz posho boshchiligidagi ikkita harbiy bo'linmani serblar pozitsiyasini qayta egallash uchun yubordi, natijada serblar chekinishga majbur bo'lishdi. General Ranko Alimpich 1876 yil iyul oyida Drinani kesib o'tib, Biyelinani egallashga kirishadi, ammo uning bu harakatlari samara bermaydi.8

Ushbu ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar va mag'lubiyatlardan so'ng, Serbiya Yevropa kuchlariga urushni diplomatik yo'l bilan hal qilishda vositachilik qilishni so'radi. Yevropa davlatlarining qo'shma ultimatumi Usmonli imperiyasini Serbiya bilan bir oylik sulhni qabul qilishga majbur qildi, bu davrda tinchlik muzokaralari olib borildi. Usmonli imperiyasining tinchlik shartlari Yevropa davlatlari tomonidan juda og'ir deb topildi va rad etildi.

Sulh muddati tugagach, urush davom etdi va yangi serb qo'mondoni Horvatovich 1876-yil 28-sentyabrda Junisdan Aleksinasgacha bo'lgan keng front bo'ylab Usmonli pozitsiyalariga hujum qildi, ammo Usmonli qo'shinlari hujumlarni qaytarishdi. Usmonli qo'shinlari qayta tashkil etildi va 1876-yil 19-oktyabrda Adil Posho armiyasi serblarning o'ng tomoniga kutilmagan hujum uyushtirdi va bu hujum natijasida serblar Belgradga chekinishga majbur bo'ldi.

Bodkuba (yoki Bobiko'h - Boku shahri)9 shahrida nashr etiladigan gazetada keltirilishicha, Bosniya va Usmoniylarga tobe bo'lgan boshqa nasroniy xalqlar ushbu shartnoma bandlarida keltirib o'tilgan shartlarni qabul qilmaydi hamda ular Usmoniylardan butunlay ozod bo'lish maqsadida 15000 askardan iborat ulkan qo'shin to'plab urush harakatlarini boshlaydi10.

"Turkiston viloyatining gazeti"da ta'kidlanishicha, Serbiya knyazi Milan Obrenovich Usmoniylarga qarshi urush harakatlarini boshlashdan oldin Turkiyaga o'z elchilarini yuborgan. Turklar kelgan elchilarni qabul qilmaganligi hamda Dyula Andrashi sulh shartnomasida keltirilgan shartlarni bajarishga va'da bergan bo'lsa ham amalda uning birorta bandi bajarilmaganligi sababli serb xalqi Usmoniylarga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan.11

Gazeta sahifalarida Bolqondagi vaziyat asosan umumiy holda talqin qilingan. Voqea-hodisalar rivoji imperiya markaziy bosma nashrlarida, Yevropaning yetakchi gazetalarida keltirilgan ma'lumotlar hamda telegraf xabarlaridan foydalangan holda

8 Harris, David. A diplomatic history of the Balkan crisis of 1875-1878: the first year (1969).

9 Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixi. - Toshkent.: Fan, 1965. - 61-bet.

10 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 14-son (22-may). 3-bet.

11 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 20-son (28-iyul). 4-bet.

299

yoritilgan. Xususan, 1876-yil 6-avgust kuni Chernogoriyadan Peterburg shahriga yuborilgan telegraf xabardan ma'lum bo'ladiki, Kuchum degan joyda Serbiya, Bosniya va Gersegovina hamda Chernogoriya nasroniylarining birlashgan qo'shini turklarning Mahmud posho qo'mondonlik qilgan 20000 kishilik qo'shinni tor-mor keltirgan. Telegrafda keltirilishicha, 3 soat ortlaridan ta'qib qilib borib, nasroniylarning har bir bo'linmasi 1000 nafardan turk askarini o'ldirgan. Martin Iskiy degan qo'mondon 2000 nafar turk askarini o'ldirib, 6 ta katta bayroqlarini qo'lga kiritilganligi haqida xabar beradi.12

Ayni damda podsho Rossiyasi ham Usmoniylarga qarshi general Chernyaev boshchiligida harbiy harakatlarni boshlab, bir qancha hududlarini qo'lga kiritdilar. Bundan xabar topgan Serbiya knyazi Milan Obrenovich general Chernyaevga xat yo'llab, barcha nasroniy qo'shinlarini bir joyga to'plab Istanbulga yurish qilish niyati borligini bildiradi.13

"Turkiston viloyatining gazeti" xorijiy matbuotdan ma'lumotlar keltirar ekan, aksariyat hollarda gazeta va jurnallarning nomi keltirilmasdan, faqat davlatning nomi keltirilgan holda berib borilgan. Jumladan, 1876 yil 23 iyulda ingliz gazetasi Usmoniylarning Bolqonda nasroniylarga nisbatan yuritgan siyosati natijasida Yevropa davlatlari bilan munosabatlari chigallashib qolganligi, mavjud vaziyatni muhokama qilish maqsadida Istanbulda hukumat vazirlarining navbatdagi yig'ilishida mamlakat bosh vaziri Yevropaning qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'lgach, og'ir iqtisodiy vaziyatni boshdan kechirayotgan Usmoniylar mablag' yo'qligi sababli harbiy harakatlarni amalga oshirishga qodir qo'shin to'plashni imkoni yo'q ekanligini ta'kidlab o'tganligi haqida yozadi.14

Xuddi shunday holatni gazetaning boshqa sonlarida ham ko'rish mumkin. 1876-yil 20-avgustda "Turkiston viloyatining gazeti" Rossiya gazetalarida chop etilgan ma'lumotlarni keltirar ekan, "rus gazetalarida 1876-yil 17-iyun kuni Chernogoriya askari qo'mondoni Nikolay telegraf orqali bergan xabariga ko'ra, Mehtar posho boshchiligidagi qo'shin Chernogoriya askarlariga hujum qilgan ekan. Bir soatlik harbiy harakatlar natijasida turklarni chekinishga majbur qilishibdi. Xarbiy bo'linma boshlig'i Usmon posho bir necha turklar bilan birgalikda asir olinibdi. Urush harakatlari hanuz davom etayogan ekan", deb yozadi.15

Bodkuba shahrida nashr etiladigan gazetaning xabar berishicha, Usmoniylar qo'shini Serbiyaga bostirib kirib, bir necha shaharlarni qo'lga kiritibdi. Belgrad

12 Turkiston viloyatining gazeti.

13 Turkiston viloyatining gazeti.

14 Turkiston viloyatining gazeti.

15 Turkiston viloyatining gazeti.

1876-yil 21-son (10-avgust). 1-bet. 1876-yil 21-son (10-avgust). 2-bet. 1876-yil 21-son (10-avgust). 2-bet. 1876-yil 22-son (20-avgust). 2-bet.

300

shahrida serblarning yetakchi davlat amaldorlari hamda Yevropa davlatlarining elchilari Usmoniylar bilan urush harakatlarini to'xtatib sulh tuzishga kelishibdilar. Biroq Chernogoriyaliklar qo'shini qo'mondoni knyaz Nikolay bu taklifni qabul qilmay Chernyaev bilan birgalikda urush harakatlarini davom ettirishini ta'kidlabdi.

Usmoniylar qo'shini Aleksinas shahriga yetib borguncha yo'ldagi barcha shaharlarni bosib olibdi. Aleksinas shahri Belgradga boradigan yo'lda joylashgan ekan.16

Usmoniylarga tobe nasroniylar ko'p yillardan buyon amaldorlar zulmi ostida yashab kelgan. Shartnomalarda ular ham musulmonlar kabi huquq va erkinliklarga ega ekanliklari belgilab qo'yilgan bo'lsa ham amalda bu shartlarni birortasi bajarilmagan. Jabr zulmning tobora oshib borishi natijasida nasroniylarning usmoniylar hukmronligiga nisbatan norozilik kayfiyatini yildan-yilga kuchaytirib bordi. Natijada qo'zg'olon ko'tarib o'z erkinliklarini talab qilishdi. Yevropa davlatlari ularni qo'llab-quvvatlab, amaliy yordam berishdi. Nasroniylar bilan Usmoniylar o'rtasida bo'lib o'tgan urush harakatlari natijasida turklarning jami 33984 askari halok bo'libdi17.

Bu urushlar natijasida asosiy jabrni oddiy xalq tortdi. Usmoniylarning qo'shinlari bosib olgan hududlarida ayovsiz qirg'in barotni amalga oshirdilar. Ayollar, qariyalar va hattoki go'daklarga ham rahm qilmadilar.

"Turkiston viloyatining gazeti"da keltirilishicha, Rossiya imperiyasi hukmdori urush harakatlarini chetdan kuzatib turib turklarning bu qilayotgan xunrezliklari musulmonchilikka to'g'ri kelmasligini va oddiy xalqqa hayvonlarga qilingani kabi muomala qilmaslik kerak ekanligi ta'kidlagan.18 Biroq ilmiy adabiyotlarda buni aksini kuzatishimiz mumkin. Xususan, 1876-yil 31-oktabrda vaziyat og'irlashib, serb qo'shinlari mag'lubiyati arafasida Rossiya o'z qo'shinini safarbar qildi va turklarga agar ular Serbiya bilan sulh tuzmasa va qirq sakkiz soat ichida tinchlik muzokaralarini yangilamasa, Usmonli imperiyasiga qarshi urush e'lon qilish bilan tahdid qildi. Bu muzokaralar 1877-yil 15-yanvargacha davom etdi va Serbiya va Usmonli imperiyasi o'rtasidagi urushni amalda tugatdi.

Serbiya Rossiyadan moliyaviy yordam olib, 1877-yilda yana Usmonli imperiyasiga qarshi urush e'lon qildi. Bu urush harakatlari 1877-yil 13-dekabrdan 1878-yil 5-fevralgacha davom etdi. Urush harkatlari davrda serb qo'shinlari o'zlarining Podsho Rossiyasining yordami bilan qayta tiklashga erishdilar.

16 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 25-son (23-sentyabr). 2-bet.

17 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 20-son (28-iyul). 2-bet.

18 Turkiston viloyatining gazeti. 1876-yil 33-son (22-dekabr). 2-bet.

301

Scientific Journal Impact Factor

Serblar beshta harbiy bo'linma tuzib, birin-ketin Nish, Pirot, Leskovac va Vranje shaharlarini egallab, Usmonli qo'shinlariga janubga hujum qilishdi. Urush Bolgariya qo'zg'oloni, Chernogoriya-Usmonli urushi va Rossiya-Turkiya urushiga to'g'ri keldi, bu urushlar birgalikda Usmonli imperiyasining Buyuk Sharq inqirozi deb nomlanadi.19

Serb-turk urushlari natijasida ko'plab bolalar yetim qolgan. O'sha paytda Serbiyada ijtimoiy himoya tizimi yaxshi rivojlanmagan edi. 1879-yilda Terazije maydonidagi Kasina mehmonxonasida Belgradning 50 nafar taniqli fuqarolari "Bolalarni tarbiyalash va himoya qilish jamiyati"ni tuzishga qaror qildilar. Bu muassasada keyinchalik Serbiyada birinchi kasb-hunar maktabi tashkil etildi.20

1876-78 yillardagi harbiy harakatlar davomida va undan keyin 70000 ga yaqin musulmonlar, asosan albanlar serb armiyasi tomonidan Nis viloyatidan quvib chiqarilgan va ular Kosovo viloyatiga borib joylashishgan.21

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, "Turkiston viloyatining gazeti"da xorijiy mamlakatlar hayotiga oid ma'lumotlar aksariyat hollarda Rossiya imperiyasida chop etilgan matbuotdan olib bosilgan hamda ularda Rossiya imperiyasi hukumatining pozitsiyasi aks etganini ko'rish mumkin. Jumladan, Usmoniylar imperiyasi va Bolqon davlatlari o'rtasidagi munosabatlar masalasiga ham Rossiya hukumatining munosabatidan kelib chiqqan holda baholangan. "Turkiston viloyatining gazeti" Turkiston general -gubernatorligining rasmiy organi ekanligi ham nazarda tutilishi kerak. Mazkur gazeta ushbu masalalarni yoritishda boshqa xorijiy davlatlarda chop etilgan gazeta va jurnallar maqola va xabarlaridan ham ma'lumotlar keltirgan.

Shuningdek, gazeta sahifalarida bosib chiqarilgan xabar va maqolalardan Usmoniylar imperiyasining Bolqon yarim orolida olib borgan siyosati va uning natijasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni yoritishda podsho Rossiyasi qarashlarini yaqqol sezish mumkin.

Ayrim o'rinlarda keltirilgan ma'lumotlar ilmiy adabiyotlar bilan solishtirilganda xato berilganligini ko'rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

19 Pavlowitch, Stevan K. (1999). A History of the Balkans 1804-1945. London, New York: Longman. ISBN 9780582045859.

20 Pavlowitch, Stevan K. (2002). Serbia: The History behind the Name. London: Hurst & Company. ISBN 9781850654773.

21 Pavlowitch, Stevan K. (2002). Serbia: The History behind the Name. London: Hurst & Company. ISBN 9781850654773.

Scientific Journal Impact Factor

1. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixi. - Toshkent: Fan, 1965. - 61-bet.

2. Nevill Forbes, et al. The Balkans: a history of Bulgaria, Serbia, Greece, Rumania, Turkey (1915) summary histories by scholars online free

3. Harris, David. A diplomatic history of the Balkan crisis of 1875-1878: the first year (1969).

4. Pavlowitch, Stevan K. (1999). A History of the Balkans 1804-1945. London, New York: Longman. ISBN 9780582045859.

5. Pavlowitch, Stevan K. (2002). Serbia: The History behind the Name. London: Hurst & Company. ISBN 9781850654773.

6. Turkiston viloyatining gazet

7. Turkiston viloyatining gazet

8. Turkiston viloyatining gazet

9. Turkiston viloyatining gazet

10. Turkiston viloyatining gazet

11. Turkiston viloyatining gazet

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Turkiston viloyatining gazet

13. Turkiston viloyatining gazet

14. Turkiston viloyatining gazet

15. Turkiston viloyatining gazet

16. Turkiston viloyatining gazet

876-yil 10-son. 876-yil 20-son. 876-yil 14-son. 876-yil 21-son. 876-yil 22-son. 876-yil 23-son. 876-yil 24-son. 876-yil 25-son. 876-yil 32-son.

876-yil 33-son.

877-yil 2-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.