BUYUK DAVLAT ARBOBI AMIR TEMUR TOMONIDAN YURITILGAN OQILONAICHKI VA TASHQI SIYOSAT HAMDA DAVLATLARARO
HAMKORLIK ALOQALARI
Astanov Sohibxo'ja Musaxon o'g'li
TATU Samarqand filiali talabasi
Aliyev Jalol Zoxid o'g'li TATU Samarqand filiali talabasi To'xtayev Sherxon Nuridin o'g'li
TATU Samarqand filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546896
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur hukmronligi davrida dunyoning turli mintaqalaridagi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy diplomatik hamkorlik, o'zaro munosabatlarning xavfsizligi masalasi, Amir Temurning bu boradagi siyosati tarixiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: siyosat, siyosiy omillar, davlatning kuch-qudrati, siyosiy kuchlar markazi, siyosiy manfaat, davlatning siyosiy mavqeyi, markazlashgan davlat, strategik maqsad, feodal tarqoqlik, savdo yo'li ustidan nazorat.
Аннотация: В данной статьи проанализированы торгово-экономические, дипломатические отнощения со странами разных регионов мира при правлении Амира Темура, вопросы государственной безопасности и политика Амира Темура по этому направлению на основе исторических источников.
Ключевые слова: политика, политические факторы, мощь госдарства, центры политических сил, политические интересы, политическое положение государства, центролизованное государство, стратегическая цель, феодальная раздробленность, контроль над торговым путями.
Abstract: In the following article the issues of the security, politics during the reign of Emir Timur, trade-economical relations in the diverse countries of the world are analyzed based on the historical literature
Key words: Politics, political aspects, power of the state, political status of the states, centralized state, strategical aim, feudal rivalry, control over the trade routes.
Mamlakatimizda buyuk allomalar va davlat arboblarning ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish, yosh avlodni ajdodlarimizning ezgu an'analari ruhida tarbiyalash bo'yicha islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo'nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. "Biz ajdodlarimizning donishmandlik an'analariga amal qilib, ularning g'oyalarini teran
CP Q -xP Q
anglagan holda, qat'iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo'lidanbormoqdamiz" [1; 13].
Sharq ijtimoiy-siyosiy fikrlar tarixida Amir Temurning davlat boshqaruviga oid ijtimoiy-siyosiy qarashlari va ta'limoti alohida o'rin egallaydi. U o'zining ijtimoiy -siyosiy tamoyillari tizimini yaratdiki, bu tizim eng awalo o'zining chuqur manbalariga tayanganligi bilan xarakterlanadi. Darhaqiqat, Temur dunyoqarashining shakllanishida o'spirinlik yillarida sevib o'qigan "Shohnoma" asari, Ibn Batuta sayohati sarguzashtlari, Nizom ul-Mulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-Muluk" asarlari muhim rol o'ynaydi, desak xato bo'lmaydi.
Siyosat - u yoki bu davlat yoxud davlatlar guruhi tashqi siyosati, milliy manfaati va maqsadlarining turli xil siyosiy omillarga (geografik, iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ekologik, demografik va madaniy -ma'rifiy) qarab belgilanishini o'zida ifodalaydigan tushunchadir. Siyosatda mazkur omillar alohida o'rin egallaydi va davlatlarning kuch-qudratini belgilab beradi.
Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa: birinchidan, o'zga davlat siyosatiga tashqi siyosat orqali ta'sir ko'rsatish yo'li bilan davlatning ko'zlagan maqsadiga erishishi; ikkinchidan, o'zining siyosiy holati doirasida o'z milliy manfaatlarini himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi. Davlat qudratini aniqlab beruvchi bunday yondashuv atributli yondashuv deyiladi. Chunki mazkur yondashuvda asosiy e'tibor kuch-qudratning eng muhim jihatlarini o'rganishga qaratiladi.
Aynan shu yondashuv asosida o'zbek davlatchiligi tarixida o'chmas iz qoldirgan Amir Temur davlatining xalqaro maydonda tutgan o'rniga baho bersak, uni o'rta asr dunyosining yirik siyosiy kuch markaziga aylangan qudratli davlat bo'lgan deb aytish mumkin.
Amir Temur davrida mo'g'ul bosqinchilarining bir yarim asrlik hukmronligi, feodal tarqoqlik, mahalliy hokimlarning o'zaro urushlariga barham berildi va uning boshchiligida markazlashgan davlat tashkil topdi hamda jahonning buyuk saltanatlari qatoridan o'rin egalladi. Bu davlat chegaralari Sharqda Xitoy devorlarigacha, G'arbda O'rta yer dengizigacha, Janubda Hindiston va Shimolda Moskva knyazligi hududlari bilan chegaralangan edi.
Ma'lumki, har bir davlatning uzoq va yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur bo'lgan asosiy maqsad va vazifalari uning milliy manfaatlarida namoyon bo'ladi. Davlatlarning milliy manfaatlari, ularning siyosati orqali moddiy kuchga aylanib, ularning ichki va tashqi siyosati yo'nalishlarini belgilab beradi.
Amir Temur siyosatini tahlil qilar ekanmiz, u o'rta asr sharoitida mamlakat hududiy yaxlitligini va uning chegaralari xavfsizligini ta'minlash, dunyo miqyosida mamlakat siyosiy mavqeini oshirish, erkin savdo yo'lini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, davlatlararo o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish orqali adolatli integratsiya makonini yaratish va Yevroosiyo hududida barqaror xavfsizlik va
oggo-- O • ---oggo
xP ^^T^C Qy ^^ • Cy
hamkorlik zonasini vujudga keltirish, tashqi tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish, o'z saltanatining siyosiy maqsad va manfaatlarini qondirishning muhim omili ekanini teran anglaganini ko'ramiz. Buyuk Jahongir strategik maqsad va manfaatlarga mamlakat xavfsizligini ta'minlamasdan turib erishish mumkin emasligini tushunardi. Shuning uchun ham Movarounnahr taxtini egallagan (1370 y) kundanoq bu masalaga jiddiy e'tibor qaratadi. Dastlab mamlakat xavfsizligiga xavf soluvchi ichki va tashqi tahdidlarni oldini olish maqsadida harbiy islohot o'tkazadi. Bundan maqsad, yaxshi qurollangan kuchli muntazam armiyaga ega bo'lish edi. Buyuk sarkarda "amir" va "amir-ul umaro", ya'ni bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qiladi. Bunday oliy darajadagi unvonlarga ega bo'lgan iqtidorli sarkardalarga viloyat hokimligi yoki noibligini in'om etgan [1,28]. U armiyasini o'nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar kabi askariy birikmalarga bo'lgan. Qo'shin piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan edi. Uning qo'shinida har bir jangchi jang qilish uslublarini yaxshi bilishi, harbiy intizomga qattiq rioya qilishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo'lishi lozim bo'lgan. Amir Temur janglarda jasorat ko'rsatgan amirlar va askarlarga alohida e'tibor bilan qaragan va ularning darajasiga qarab maosh ham belgilagan. Shu tariqa u mamlakat xavsizligini ta'minlay oladigan qudratli armiya tuzishga muvaffaq bo'ldi. Qo'shin o'z davrining yaxshi qurollari bilan ta'minlanib, jangovorligi oshirildi. Amir Temur harbiy salohiyatga mamlakat xavfsizligini ta'minlovchi eng muhim siyosiy omil sifatida qaragan. Aynan harbiy omil saltanatda davlat tinchligi, barqarorligi, yaxlitligini ta'minlashda katta kuch bo6lib xizmat qilgan. Uning jangovor o'ta kuchli armiyaga ega bo'lishi Amir Temur davlatining mintaqadagi siyosiy mavqeini ko'tarilishiga va yirik siyosiy kuchlar markaziga aylanishiga zamin yaratgan.
Amir Temur xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mamlakat atrofida ro'y berayotgan voqealardan ogoh bo'lgan hamda xavfni o'z vaqtida bartaraf etish masalasiga jiddiy e'tibor bergan va bunga erishgan. Qo'shni davlatlar to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni Amir Temur 1000 kishilik yengil bo'linmalar vositasida to'plagan [2,150]. Bu bo'linmalar suvsiz cho'llarda tuya minib, boshqa joylarda esa otliq va piyoda holda harakat qilganlar. Qo'shni davlatlar kimga qarshi va qachon urush boshlash niyatlari borligi, shu davlat hokimlarining maqsadlarini bilib olish bilan bog'liq ma'lumotlarni to'plash mazkur bo'linmalar uchun eng muhim vazifa bo'lgan. Ular tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga qarab Amir Temur tegishli chora tadbirlarni ko'rgan. Bunday ma'lumotlar savdo munosabatlari bahonasida ham to'planishi mumkin edi. Buyuk sarkarda savdo karvonlarini O'rta Osiyoning turli o'lkalariga, Xitoy, Hindiston, Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Gurjiston va hatto Yevropa davlatlariga ham yuborar edi. Karvon qaytib kelganidan keyin, darvesh shaklida savdogarlar bilan karvonga qo'shilgan ayonlar yo'l davomida ko'rgan davlatlardagi shart-sharoit, shu davlatda yashovchi xalq urf odatlari va eng asosiysi-
pggo o . o.-oggc
■CP • Gj .CP • Gj
o'sha davlat hukmdorlarining o'z fiiqarolariga, shuningdek, Amir Temurga bo'lgan munosabatlari haqida ma'lumot beradilar. Agar bu ma'lumotlar yetarli bo'lmasa Amir Temur qo'shni davlatlarga elchilarni yuborib, ular orqali o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni to'plagan. To'plangan ma'lumotlar mamlakatda xavfsizlik tizimini yaratishda va harbiy siyosat yo'nalishlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur Chig'atoy ulusining barcha yerlariga o'zini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyati, Farg'ona vodiysi, Xorazmni o'z hukmronligi ostiga kiritdi. Ayniqsa, Xorazmni o'z hududiga qo'shib olish Sohibqiron siyosatida mamlakat shimoliy chegaralarini mustahkamlash, mazkur hududda kuchli mudofaa makonini yaratish kafolati bo'lishi bilan birga bir qator siyosiy manfaatlarni qondirish omili sifatida qaralgan deb aytish mumkin: birinchidan, Oltin O'rdani Eron va Ozarbayjonga hukmronlik qilishiga yo'l qo'ymaslik; ikkinchidan, uni ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish; uchinchidan, Dashti Qipchoqning shimoliy qismiga o'z ta'sirini o'tkazish.
Mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo'layotgan muttasil tahdidlarni bartaraf qilish uchun Amir Temur Mo'g'ulistonga harbiy yurishlar (1371-1390) ni amalga oshirib, bu mamlakatni o'zining davlatiga birlashtirdi. Ammo buyuk sarkarda bu bilan qanoatlanmadi. U ulkan siyosiy makonga ega bo'lgan, markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bu davrda Oltin O'rda, Xuroson, Eron va boshqa bir qator mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun bu maqsadni amalga oshirishga juda qo'l keldi. O'z mamlakatining geostrategik maqsadlarini ko'zlab u harbiy yurishni Xurosondan boshladi va 1381- yilda Hirotni egalladi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot siyosiy jihatdan qulay joyga joylashgan bo'lib, Eron, Iroq, Shorn (Suriya) va boshqa davlatlarga o'tishga ko'prik vazifasini o'tardi.
Oltin O'rda mamlakati ham Amir Temur siyosatida muhim o'rin tutgan bo'lib, uning bu mamlakatga nisbatan tutgan siyosatini strategik maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan yo'l bilan bog'liq bo'lgan deb xulosa chiqarish mumkin. Buyuk sarkarda o'z davlatining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib, Oltin O'rdaga qarshi 1389, 1391 va 1394-1395-yillarda uch marta harbiy yurish qiladi. 1395- yil u Oltin O'rdani harbiy jihatdan batamom tor-mor etdi. Natijada, savdo yo'lining mazkur davlat orqali o'tgan tarmog'i barham topdi. Endilikda butun savdo qatnovi Movarounnahr shaharlari: O'tror, Toshkent, Samarqand va Buxoro orqali Balx, Hirot va Sultoniya tomon yo'naldi. Oltin O'rda mag'lub etilgandan so'ng u Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo, Ozarbayjon, Hindiston va Turkiyaning katta qismini zabt etdi. Misr ham o'z itoatkorligini bildirdi.
Shunday qilib, Amir Temur 27 mamlakatni o'ziga bo'ysundirib, o'z davlat qudratini yanada mustahkamladi va jahonning buyuk davlatlari qatoriga ko'tardi. Albatta, Amir Temurning mamlakat milliy manfaatlari va maqsadlarini amalga
oggo-- O • ---oggo
^^T^C Qy ^^ • Cy
oshirish yo'lida olib borgan harbiy yurishlariga baho berilar ekan, uning bu faoliyatiga nisbatan ikki xil yondashuv borligini ham ta'kidlash lozimdir. Bir tomondan, Amir Temurning féodal tarqoqlikni tugatib, mamlakatni birlashtirib, markazlashgan davlat barpo etish uchun olib borgan kurashlari Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida shubhasiz ijobiy ahamiyat kasb etdi deb baholansa, ikkinchi tomondan, uning Eron, Iroq, Kavkaz orti, Suriya, Kichik Osiyo, Misr va Hindiston kabi davlatlarga olib borgan yurishlarini tajovuzkorlik tusiga ega bo'lgan siyosat deb qaraladi.
Bizning fïkrimizcha, Amir Temurning harbiy yurishlari bilan bog'liq faoliyati teranroq talqin etilib, unga baho beriladigan bo'lsa, shuni aytish mumkinki, u o'rta asrlar sharoitida xalqlar irqi, millati, dini va kelib chiqishidan qat'iy nazar bir butun hududga, ya'ni, "yagona iqtisodiy makon"ga yashashlari mumkinligi to'g'risidagi g'oyani ilk tashabbuskori bo'lgan. U mamlakatning taraqqiy etishi uchun savdoning foydali ekanligini yaxshi anglar edi. Shu bois ham savdo-sotiqqa, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan olib boriladigan savdo-sotiqqa, uning rivojiga alohida e'tibor qaratgan. "Tuzuklar"da bu haqida mana bularni o'qiymiz: "Har bir mamlakatga va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga borishmasin, Xitoy, Xo'tan, Chinumochin, Hindiston, arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangiston, u yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirishsin. O'sha mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o'z raiyatiga qanday muomilayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar"[4,67].
Amir Temur savdo sotiqning rivoji, farovonligi va mamlakatning obodligiga xizmat qilishini ta'kidlardi hamma vaqt. Shuning uchun ham u savdo karvoni yo'llari ustidan nazorat o'rnatish va savdogarlar hech qanday to'siqlarsiz harakat qiladigan yangi yo'llar ochishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Sohibqiron tomonidan olib borilgan harbiy yurishlar savdoning keng quloch yoyishiga, uning umumsayyoraviy miqyosda shakllanib borishiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadini ko'zlagan desak xato qilmaymiz. Buyuk sarkardaning yuqorida tilga olingan mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari aynan shu maqsadlarni ko'zlab amalga oshirilgan edi. Chunki bu mamlakatlarda ro'y bergan o'zaro urushlar, féodal tarqoqlik, boshboshdoqlik Amir Temur davlati siyosiy manfaatlariga g'ov bo'layotgan, shuningdek, savdo aloqalarining rivojlanishiga, uzoq va yaqin sharq xalqlari mamlakatlarining bir-birlari bilan yaqinlashishiga to'sqinlik qilayotgan edi. Buyuk ajdodimiz bundan olti asr awalroq biror bir davlat qo'shnilari bilan savdo aloqalari qilmasdan, yoki hamkorliksiz, o'z qobig'ida rivojlana olmasligini yaxshi tushungan. Shu sababli u Yevropa va Osiyoni bog'lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Birinchi prezidentimiz ta'kidlaganidek "Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari
pggo o . ---oggc
rf^âsji
<f97T>
LJAU
tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanligini his etdi" [3,20.] Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari va elchilik qatnovi uning g'arbga, Turkiya ustiga yurish munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Boyazidga qarshi birgalikda kurashish rejalari ko'zda tutiladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Amir Temurning Boyazid Yeldirim ustidan qozonilgan g'alabasiga guvoh bo'lgan xorijlik diplomatlar orasida Kastiliya va Lion qiroli Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga yuborilgan elchilar Payo de Sato Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos ham bor bo'lgan. Jangdan so'ng Amir Temur elchilarni qabul qiladi, ulardan Kastiliya va Lion qirolining ahvoli haqida surishtiradi. Ziyofatga taklif qilib, ko'p hadyalar beradi. Elchilarning vataniga qaytish payti kelganda esa, Sohibqiron ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga o'zining qobiliyatli beklaridan bo'lgan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg'alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo'natadi [5,14]. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg'alarni qirol Enrike III ga topshiradi. U qirol huzurida katta hurmat bilan kutib olinadi. Musulmon diplomatlari orasida faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar bo'lgan. Bu ham uning Yevropa tillaridan birini bilganidan dalolat beradi. Turk qo'shinlari ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng Amir Temurning G'arbiy Yevropa mamlakatlari bilan elchilik, o'zaro savdo-sotiq aloqalari hamda do'stona munosabatlari yanada mustahkamlana bordi. Uning saltanati shuhrati bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari Amir Temur bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni o'rnatishga intilganlar. Sohibqiron Kastiliya qirolligidan tashqari Fransiya qiroli Karl IV, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga o'z elchilarini yuboradi va ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik, hindistonlik, rusiyalik va boshqa mamlakatlar elchilarini o'z saltanatida qabul qiladi. Buyuk ajdodimizning Fransiya qiroli Karl IV ga yozgan xatidagi quyidagi fikri diqqatga sazovordir: "Siz o'z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib izzat-ikrom ko'rsatamiz. Biz ham o'z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo'llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsating. Ularga ortiqcha tazyiqlar o'tkazilishiga yo'l qo'ymang. Sizga bundan bo'lak talabimiz yo'q. Zero, dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak" [6,53].
Ko'rinib turibdiki, Buyuk sarkarda jahondagi barcha mamlakatlar bir-birlari bilan o'zaro manfaatli barqaror iqtisodiy munosabatlar o'rnatib yashashgina rivojlanib borishini anglab yetgan edi. G'arbiy Yevropa mamlakatlari bilan Amir Temur davlatining olib borgan diplomatic va savdo aloqalari asosan Mironshoh tasarrufidagi o'lkalar orqali amalga oshgan. Bu o'lkalarning G'arbiy chegaralari O'rta yer dengizi mamlakatlari bilan tutashgan edi. Yevropa davlatlari ham Temur davlati bilan iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirishdan manfaatdor edilar. Chunki, Amir Temur davlatining siyosiy jihatdan qulay joyga joylashganligi ularga
pggo o . ---oggc
■CP • .CP • ^y.
Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkonini berar edi. Bu davrda Mironshoh Yevropa davlatlari bilan o'zaro savdo aloqalarini yuksaltirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayroxohlik bildirib, savdogarlarning xavfsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu sababli g'arbda Mironshoh tez orada "Katolik dinining homiysi" [7,47] sifatida shuhrat qozonadi. Ulug' Sohibqiron bir tomondan Xitoy, Hindiston, yana bir tomondan Fransiya, Angliya, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar o'rnatgan hamda shu munosabatlarni mustahkamlashga uringan.
Samarqand Temur davrida butun Osiyo savdosining mol ombori vazifasini o'tay boshladi. Bu yerga Hindistondan juda ko'p attorlik va bo'yoq mollari karvonlari, Xitoydan esa ipak gazlamalar, chinni kosalar, qadahlar, qimmatbaho toshlar kelib turardi. Mamlakatning shimol tomonidan noyob po'stinlar kelar edi. Ushbu turli iqlimning mollari Samarqand bozorlarida Osiyoning katta shaharlariga toy-toy boylanib va Buyuk ipak yo'li orqali Yevropaga jo'natilar edi. Savdogarlar bir yo'l bilan Xorazm, Astrobod, NijniyNovgorod, Moskva orqali Genza ko'liga borar edi. Ikkinchi Hirot - Qazvin - Tabriz - Trabzun yo'li bilan genuyaliklarning, venetsiyaliklarning, pizaliklarning savdo kemalariga tushib Yevropaga yetardi [8, 55]. Shu tariqa Amir Temur Yevropa va Osiyoni bog'lagan hamda bu ikki qit'ani yagona siyosiy hududga aylantirish uchun ko'plab ishlarni amalga oshirgan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab yashnagan davlat barpo etdi va uni xavfsizligini ta'minlash hamda qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlash borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning tomonidan barpo etilgan davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari o'zida mamlakat milliy manfaatlarini aks etganligi, strategik maqsadlar o'z ifodasini topganligi bilan ahamiyatlidir. U olib borgan siyosatida tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, shu bilan bir qatorda bugungi kunda yaratmoqchi bo'lgan yangicha xalqaro iqtisodiy tartibotni adolatli shakllantirish, Osiyo va Yevropa xalqlarining mushtarak manfaatlariga xizmat qiladigan yagona iqtisodiy makon yaratish, integratsiyalashuv jarayonlarini yanada kuchaytirish g'oyalari asos bo6 lib xizmat qildi. Amir Temurning qoldirgan merosi va o'gitlari nafaqat o'z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, Amir Temurning davlat boshqaruvida va xalq bilan muloqot qilishda faqat nazariyotchi podshoh bo'libgina qolmadi, aksincha, u islom dini g'oyalari asosida o'z saltanatini chuqur markazlashtirib, boshqaruv tartiblarida demokratizmni amalda namoyon qildi. Chunki, Temur xalqni o4z siyosatidan bahramand qilishga harakat qilgan va uning roziligi bilan ish qilgan. Shuning uchun u har bir musulmon davlat ishlarida qatnashishi va siyosatni tushunishini istagan. Buning uchun esa har bir musulmon ilohiy va diniy hamda dunyoviy ilmlarni egallashga chaqirgan hamda g6amxo6rlik qilgan.
oggo-- O • ---oggo
Demak, biz uchun mamlakatimizda Amir Temurdan meros bo6 lib qolgan siyosiy yo'l qayta tiklanmoqda deb ta'kidlashimiz mumkin. Chunki Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat yo'nalishi mintaqamiz orqali Uzoq va Yaqin Sharqni, Hindiston va Rusni birlashtirgan Buyuk Ipak yo'lini hamda "Bir makon bir yoT' konsepsiyasini qo'llab quwatlash orqali dunyo tamaddunida markaziy Osiyoning tarixiy mavqeini qayta tiklashga qaratilgan. Bu yo'l esa O'zbekistonning o'z imkoniyatlaridan to6la foydalanishga, Jahon bozoriga kirib borishga va mintaqada do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro anglashuv muhitini mustahkamlashga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Muhammadjonov A. Amir Temur va temuriylar saltanati- T.:Qomuslar bosh tahririyati, 1996.-126 b.
2. Ivanin I. Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur- T.: Fan, 1994. -238 b.
3. Karimov I. Amir Temur haqida so'z T.: O'zbekiston, 1996. - 110 b.
4. Temur tuzuklari. T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-manbaa birlashmasi, 1991. 110-b.
5. Saidov A. Amir Temur va YevropaII Milliy tiklanish. 2010. -№14. 7-aprel.
6. Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. -T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990. - 92 b.