TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA TURIZM SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI HAMDA O'ZBEKISTON TASHABBUSLARI
Tojiyev Dostonjon Beknazar o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslikinstituti II bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11116529
Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida turizm sohasida amalga oshirilgan hamkorliklar, turizm vazirlarining yillik yig'ilishlari natijasi, turkiy dunyoning turizm poytaxti masalasi hamda O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarning amaliy ahamiyati qay darajada bo'lgani xususidagi ma'lumotlar keltirib o'tiladi. Shu bilan birgalikda, Qo'qon, Samarqand, Shamaxi va Turkiston shaharlarida o'tkazilgan turizm vazirlari yig'ilishlarida qabul qilingan qarorlar, kelajak rejalari ham batafsil tarzda berib o'tilgan.
Kalit so'zlar. Turkiy davlatlar tashkiloti, O'zbekiston, Shavkat Mirziyoyev, Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasi, Bodrum sammiti, "Zamonaviy Ipak yo'li" qo'shma sayohat paketi loyihasi, Qo'qon shahri, "Turkiy dunyoning turizm poytaxti", "Turk dunyosi turizm xaritasi", Vengriya, "Turkiston - turkiy dunyoning turistik poytaxti", "Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi, "Samarkand Tourism Forum".
Özet. Bu makalede, Türk Devletleri Te§kilati 9er9evesinde turizm alaninda i§birlikleri, turizm bakanlarinin yillik toplantilarinin sonu9lari, Türk dünyasinin turizm ba§kenti sorunu ve bir dizi konunun pratik önemi hakkinda bilgi verilmektedir. Özbekistan'in öne sürdügü giri§imler. Ayni zamanda Kokand, Semerkant, §amahi ve Türkistan §ehirlerinde düzenlenen turizm bakanlari toplantilarinda alinan kararlar ve gelecek planlari detayli bir §ekilde aktarildi.
Anahtar kelimeler. Türk Devletleri Te§kilati, Özbekistan, §evket Mirziyoyev, "Tabarruk Ziyarat" turizm konsepti, Bodrum zirvesi, "Modern ipek Yolu" ortak seyahat paketi projesi, Kokand §ehri, "Türk dünyasinin turizm ba§kenti", "Türk dünyasi turizm haritasi" , Macaristan, "Türkistan - Türk dünyasinin turizm ba§kenti", "Uluslararasi Sürdürülebilir ve Ya§anabilir Turizm Yili" karar, "Semerkant Turizm Forumu".
Abstract. This article provides information on the cooperation in the field of tourism within the framework of the Organization of Turkic States, the results of the annual meetings of tourism ministers, the question of the tourism capital of the Turkic world, and the practical significance of a number of initiatives put forward by Uzbekistan. At the same time, the decisions and future plans made at the meetings of tourism ministers held in the cities of Kokand, Samarkand, Shamakhi and Turkestan were given in detail.
Key words. Organization of Turkic States, Uzbekistan, Shavkat Mirziyoev, "Tabarruk Ziyarat" tourism concept, Bodrum summit, "Modern Silk Road" joint travel package project, Kokand city, "Tourism capital of the Turkic world", "Tourism map of the Turkic world", Hungary, "Turkestan - the tourism capital of the Turkic world", "International year of Sustainable and Viable tourism" resolution, "Samarkand Tourism Forum".
Аннотация. В данной статье представлена информация о сотрудничестве в сфере туризма в рамках Организации тюркских государств, результатах ежегодных встреч министров туризма, вопрос о туристической столице тюркского мира, практическое значение ряда инициатив, выдвинутых Узбекистаном. При этом были подробно изложены решения и планы на будущее, принятые на встречах министров туризма, состоявшихся в городах Коканд, Самарканд, Шамахы и Туркестан.
Ключевые слово. Организация тюркских государств, Узбекистан, Шавкат Мирзиёев, Туристическая концепция «Табаррук Зиярат», Саммит в Бодруме, Совместный туристический пакетный проект «Современный Шелковый путь», Город Коканд, «Туристическая столица тюркского мира», «Туристическая карта тюркского мира», Венгрия, «Туркестан - туристическая столица тюркского мира», резолюция «Международный год устойчивого и жизнеспособного туризма», «Самаркандский туристический форум».
Turkiy davlatlar tashkiloti turkiy tilli davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, fan, ta'lim, transport va turizm sohalarida o'zaro aloqalarini kengaytirish hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan davlatlararo tashkilotdir.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida a'zo mamlakatlar uchun bir qator imtiyozlar mavjud. Ushbu tashkilotning a'zolari o'zlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turizm, ilmiy rivojlanish, inson huquqlarini himoyalash va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga moslashtirilgan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo bo'lgan 2019-yildan buyon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o'tgan davr ichida o'ttizdan ortiq savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, transport, turizm, sog'liqni saqlash, madaniy-gumanitar, ilm-fan, iqlim o'zgarishi va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim tashabbus hamda takliflar ilgari surildi. O'zbekiston tashkilotga bejiz qo'shilmagani va yuksak ambitsiyalarga egaligini namoyon etmoqda. Tashabbuslarning aksariyati bugungi kunda ham TDT doirasida, ham BMT doirasida amaliy ifodasini topayotganini ta'kidlash lozim.
Turkiy dunyoning turizm salohiyatiga doir bo'lgan "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-338-son qarori, unga asosan Turkiy dunyoda "Tabarruk ziyorat"2 turizm konsepsiyasining yaratilganligi ham bu sohaga qaratilayotgan e'tiborning yuqoriligiga dalildir.
Turkiy davlatlar tashkiloti a'zo va kuzatuvchi davlatlar o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojiga katta ahamiyat berib keladi. A'zo davlatlarning sayyohlik salohiyati TDT doirasida yaratilgan ko'p qirrali va chuqur hamkorlik jarayonida muhim o'ringa ega. Shu maqsadda TDT doirasida bugungacha 8 ta vazirlar darajasidagi va 18 ta Ishchi guruh yig'ilishlari o'tkazilgan.
2014-yilda Bodrumda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 4-sammiti mavzusi ham turizm sohasidagi hamkorlikka katta ahamiyat berilayotganidan dalolatdir3. Bodrum sammiti ortidan bu sohadagi hamkorlikni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar jadallik kasb etib, asosan, tarixiy Buyuk Ipak yo'lini jozibador sayyohlik maskaniga aylantirishga qaratildi. Shu munosabat bilan, Bodrum sammitida a'zo davlatlar Prezidentlarining topshirig'iga ko'ra, Kotibiyat tomonidan "Zamonaviy Ipak yo'li" qo'shma sayohat paketi ishlab chiqildi. "Zamonaviy Ipak yo'li" qo'shma sayohat paketi loyihasi va uning a'zo davlatlarga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlarni taqdim etuvchi noyob tur-paket sifatida amalga oshirilishi
1 "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zR Prezidentining 29.07.2022 yildagi PQ-338-son qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6137065
2 Туркий дунё доирасида "Табаррук зиёрат" туризм концепцияси. https://lex.uz/uz/docs/6137065#6138181
3 21. Yuzyilin parlayan yildizi: Turk Devletleri Te§kilati. istanbul: Cumhurba§kanligi ileti§im Ba§kanligi yayinlari, 2023. S. 21.
hamkorlikning ushbu bandi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning asosini tashkil etadi4. Turkiy tilli davlatlar o'rtasida sayyohlar oqimini ko'paytirishda qo'shma sayohat paketining istiqbolli roli va pirovardida ushbu mamlakatlarga uchinchi tomonlarning turistik tashriflarini ko'paytirishni qo'llab-quvvatlashi ushbu loyihaning muhim jihatini ko'rsatadi.
Qo'shma kasbiy ta'limni amalga oshirish a'zo davlatlar o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikning asosini tashkil etadi. Bosh Kotibiyatning yordami bilan hozirga qadar 1000 dan ortiq mutaxassislar tegishli vazirliklar va turizm assotsiatsiyalari bilan kelishilgan holda a'zo davlatlarning turizm xodimlari uchun xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha kasbiy ta'lim oldilar. Ushbu salohiyatni oshirish tashabbusi BMTning bir nechta hisobotlarida eng yaxshi amaliyot sifatida ko'rib chiqilgan.
"Zamonaviy Ipak yo'li" qo'shma sayohat paketining yo'nalishi a'zo davlatlar orqali Buyuk Ipak yo'lining madaniy va tarixiy merosining diqqatga sazovor joylarini kuzatib borish uchun mo'ljallangan. 15 kunlik sayohat davomida sayyohlar o'tmishning jonli guvohlari sari sarguzasht uyushtirishadi. Dastur sayyohlarni an'anaviy Ipak yo'lining o'ziga xos madaniy, ma'naviy, tarixiy va gastronomik hayoti bilan birlashtirishga qaratilgan. Ushbu qo'shma paket turkiy davlatlar o'rtasida sayyohlar oqimini ko'paytirishga yo'l ochadi, shuningdek, ushbu mamlakatlarga uchinchi tomonlardan turistik tashriflarni kuchaytiradi. Kotibiyat Qo'shma sayohat paketini ilgari surishda davom etish barobarida Turkiy davlatlar tashkiloti delegatsiyalari ham jahonga mashhur sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etmoqda. Qo' shma tur paketi Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs)5 erishish va "Janubdan-Janubgacha" hamkorligini rivojlantirish uchun eng yaxshi amaliyot sifatida qaraladi. Bu bilan birga turkiy tilli davlatlar va butun dunyodan kelgan sayyohlar tomonidan tajriba o'tkazishga ham tayyor. Kotibiyat tur-paketning veb-saytini ham yaratgan6.
2021-yil 24-iyun kuni O'zbekistonning Qo'qon shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar turizm bo'yicha vazirlarning 6-yig'ilishi o'tkazildi7. Vazirlar yig'ilishi yakunlariga ko'ra, mintaqada turizmni rivojlantirish maqsadida "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" loyihasini ishga tushirishga kelishib oldilar, bu loyihada a'zo davlatlar shaharlaridan biri har yili "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" etib belgilanishiga kelishildi. Yig'ilish yakunida Qo'qon shahri Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm bo'yicha navbatdagi vazirlar yig'ilishiga qadar birinchi "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" deb e'lon qilindi8. Shu munosabat bilan Qo'qon shahrida a'zo davlatlarning davlat va xusuiy sektori, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralari va boshqa tegishli subyektlari ishtirokida shaharda turizmni rivojlantirish maqsadida xalqaro konferensiyalar va turli tadbirlar o'tkazildi. Turizmga mas'ul vazirlar tajriba, ma'lumot va pandemiya davrida turistlarning xavfsiz sayohati uchun a'zo davlatlar tomonidan ko'rilayotgan ehtiyot choralari to'g'risida fikr almashdilar. A'zo davlatlar o'rtasidagi turizm sohasidagi mavjud aloqalar va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo'llari hamda pandemiyadan keyingi davrda istiqbolli rejalar ham
4 Turkic Council Modern Silk Road Joint Tour Package, Brochure.
https://www.turkicstates.org/assets/pdf/yayinlar/turk-konseyi-modern-ipekyolu-ortak-tur-paketi-tanitim-brosuru-2-en.pdf
5 Department of Economic and Social Affairs Sustainable Development. https://sdgs.un.org/goals
6 www.modernsilkroadtour. com
7 Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm vazirlari VI yig'ilishi o'z ishini boshladi. 24.06.2021. https://uzreport.news/society/turkiy-tilli-davlatlar-hamkorlik-kengashining-turizm-vazirlari-vi-yig-ilishi-o-zi-ishini-b
8 Qo'qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e'lon qilindi. 24.06.2021. https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/24/qoqand/
muhokama qilingan edi. Vazirlar "Tabarruk ziyorat" loyihasining tafsilotlari ustida ishlashga kelishib oldilar va loyihaga tegishli davlatlarning muqaddas qadamjolarini jalb qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar Turk dunyosidagi asosiy tarixiy, madaniy va turistik yo'nalishlari ro'yxatini tuzish uchun "Turk dunyosi turizm xaritasi"9ni tayyorlashga rozi bo'ldilar, bu esa a'zo davlatlarning asosiy turistik yo'nalishlarini belgilashda namunaviy loyiha bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.
"Turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishda Qo'qon xonligining o'rni" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi10. Turkiy davlatlar tashkiloti hamda O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan O'zbekistonning qator oliy ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikda 2022-yil 8 - 10-iyun kunlari Qo'qon shahrida, Qo'qon universiteti mezbonlik qilgan tadbir O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Turkiston sammitida ilgari surilgan "Tabarruk ziyorat" tashabbusi hamda Qo'qon shahrining "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" deb e'lon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi11. Ochilish sessiyasi Qo'qon xonligi tarixiga bag'ishlangan to'rtta mavzuli sessiya bilan davom etib, unda olimlar o'z ilmiy tahlil va xulosalarini taqdim etdilar hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning turli jabhalari bo'yicha keng muhokamalar o'tkazdilar.
2022-yilning 3 - 4-oktabr kunlari Turkistonda Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida "Tabarruk Ziyorat" loyihasini amalga oshirish bo'yicha Turizm forumi ham shu doirasidagi tadbir bo'ldi. Forumda Qozog'iston va O'zbekistondan turizm, bojxona, migratsiya nazorati va chegaralarni qo'riqlash masalalariga mas'ul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sayyohlik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga Turkiston, Toshkent, Samarqand va Buxoroning turizm salohiyati haqida ma'lumot berildi hamda ziyorat turizmini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, "Tabarruk ziyorat" loyihasini samarali amalga oshirishdagi mavjud to'siqlar haqida fikr almashildi12. Forum Turkiston va Samarqand viloyatlari ma'muriyatlarining turizm bo'limlari, ikki davlat turoperatorlari hamda Turkiston xalqaro turizm va mehmondo'stlik universiteti o'rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bilan davom etdi.
2022-yilning 23 - 24-may kunlari Ozarbayjonning Shamaxi shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Turizmga mas'ul vazirlarning 7-yig'ilishi bo'lib o'tdi13. Vazirlar uchrashuvi yakunlariga ko'ra, Ipak yo'lining sayyohlik salohiyatini aniqlash, bilim va tajriba almashish, "Zamonaviy Ipak yo'li bo'ylab qo'shma tur", qishki turizm, golf turizmi sohalaridagi hamkorliklar muhokama qilindi. Shu bilan birga tomonlar ushbu dasturning umumiy asosi bo'lgan "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" to'g'risidagi nizomni qabul qildilar va Shamaxi shahrini 2023-yilda Turkiy
9 https://www.researchgate.net/figure/The-Map-of-the-Turkic-World-Ministry-of-Education-1993b fig1 248442221
10 Qardosh xalqlarning birdamligi va hamkorligi. // E.Ernazarov. 24.102.2022. http://nhrc.uz/oz/news/m8985
11 O'zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti. Shavkat Mirziyoyev qanday tashabbuslarni ilgari surgan? 09.11.2022. https://daryo.uz/2022/11/09/ozbekiston-va-turkiy-davlatlar-tashkiloti-shavkat-mirziyoyev-qanday-tashabbuslarni-ilgari-surgan
12 O'zbekiston hukumati Qozog'iston bilan o'zaro sayyohlar oqimini oshirishga doir "Yo'l xaritasi" imzolandi. 19.01.2023. https://uzreport.news/culture/ozbekiston-hukumati-qozog-iston-bilan-o-zaro-sayyohlar-oqimini-oshirishga-doir-yo-l-xarita
13 Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar turizm vazirlarining 7-yig'ilishi. HTTPS://BRIGHTUZBEKISTAN.UZ/UZ/TURKIY-DAVLATLAR-TASHKILOTIGA-AZO-MAMLAKATLAR-TURIZM-VAZIRLARINING-7-YIGILISHI/
dunyoning turizm poytaxti deya e'lon qildilar14. Shamaxida tadbirlar, anjumanlar, festivallar va boshqa loyihalar amalga oshirilishi belgilandi. Tomonlar a'zo va kuzatuvchi davlatlarning yirik shaharlari o'rtasida parvozlar sonini ko'paytirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Turizm vazirliklari, Transport vazirliklari va boshqa manfaatdor tomonlardan iborat maxsus ishchi guruh tuzishga ham kelishib oldilar. Delegatsiyalar rahbarlari a'zo va kuzatuvchi davlatlarda istiqbolli loyihalarni tizimli va belgilangan muddatda amalga oshirish maqsadida, turizm sohalariga hissa qo'shish maqsadida turli tadbir, ko'rgazma, festival, tanlov, o'yin, o'quv qo'llanma, turistik sayohat va dasturlarni o'z ichiga olgan qo'shma yo'l xaritasini qabul qildilar.
2022-yilgi Samarqand sammiti chog'ida davlat rahbarlari O'zbekiston Respublikasi tomonidan 2022-yilda "Turkiy dunyoning birinchi turizm poytaxti" Qo'qon shahrida o'tkazilgan tadbirlarni yuqori baholadilar. "Tabarruk ziyorat", "Turkiy davlatlarning eng yaxshi turistik qishloqlari" loyihalarini amalga oshirishni ta'minlash, shuningdek, a'zo va kuzatuvchi davlatlarda golf va qishki turizmini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini keng muhokama qildilar. A'zo davlatlarning tegishli organlariga "Ipak yo'lining jahon merosi" turkumi va transmilliy nominatsiyasi bo'yicha qo'shma nomzodlik ishlarini tuzish, shuningdek, milliy va xalqaro sayyohlik ko'rgazmalari, "Turkiy davlatlarning zamonaviy Ipak yo'li qo'shma sayohatini tashkil etish loyihasi"ni zarur vositalar bilan targ'ib qilish bo'yicha sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish topshirildi15.
2023-yilning 7 - 12-may kunlari Vengriyada Turkiy davlatlar tashkilotining turizm bo'yicha kadrlar tayyorlash dasturi a'zo davlatlarning davlat va xususiy sektori vakillari ishtirokida tashkil etildi16. Dastur Vengriya turizm agentligi tomonidan mezbonlik qilgan TDT turizm masalalari bo'yicha vazirlarning 7-yig'ilishida qabul qilingan qarorlar asosida o'tkazildi. Dastur davomida a'zo davlatlarning turizm bo'yicha mutaxassislari Vengriyaning Budapesht, Vesprem, Balatonfured, Sumeg, Keshtheli va Xeviz shaharlariga tashrif buyurib, venger rasmiylarining ilg'or tajriba va ishlanmalar haqida ma'lumot olishdi.
2023-yilning 11-oktabrida Qozog'istonning Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti turizm vazirlarining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi17. Yig'ilishda a'zo va kuzatuvchi davlatlarning yirik shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni ko'paytirish, "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" va "Tabarruk ziyorat" loyihalarini amalga oshirish, "Jibek yo'li" (Turkiston viloyatidagi qishloq) sayyohlik salohiyatini oshirish, shuningdek, o'zaro turizm industriyasini ham jadal rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yig'ilishda Qozog'iston tomonining taklifiga binoan tomonlar Turkiston shahrini 2024-yil uchun "Turkiy dunyoning turizm poytaxti" deb e'lon qilishdi va Turkistonda turli anjumanlar, festivallar va boshqa tadbirlarni o'z ichiga olgan "Yo'l xaritasi"ni ma'qullashdi. Shu bilan birga, yig'ilish doirasida "Turkiston - turkiy dunyoning turistik poytaxti"18 xalqaro turizm forumi ham tashkil etildi.
14 Ozarbayjonning Shemaxa shahri 2023 yil uchun turkiy dunyoning turistik poytaxti deb e'lon qilindi. 25.05.2022. https://darakchi.uz/oz/145411
15 Samarkand declaration of the ninth summit of the Organization of Turkic States. 11.11.2022. https://www.turkicstates.org/assets/pdf/temel_belgeler/ninth-summit-declarataion-16-en.pdf
16 TDT Turizm Egitim Programi Macaristan'da düzenlendi. 12.05.2023. https://www.turkicstates.org/tr/haberler/tdt-turizm-egitim-programi-macaristanda-duzenlendi_2916
17 Kazakhstan to host meeting of tourism ministers of OTS countries. 09.10.2023. https://en.trend.az/casia/kazakhstan/3808994.html
18 Kazakhstan to host meeting of tourism ministers of OTS countries. 09.10.2023. https://turkic.world/en/articles/kazakhstan/154649
Tomonlar, shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkilotining turizm vazirlarining IX yig'ilishini 2024-yilda Qirg'izistonda o'tkazishga kelishib oldilar.
O'zbekistonning yirik tashabbuslaridan biri bo'lgan "Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi ham muhim ahamiyatga ega. 2024-yilning 26-fevral kuni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida "2027-yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi19. O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga dunyoning 80 dan ortiq a'zo mamlakatlari hammualliflik qilishgan.
Qayd qilinishicha, hujjat matnini muvofiqlashtirish bo'yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Misr, Braziliya, Argentina kabi davlatlarning ekspertlari ham ishtirok etgan.
Hujjatning bosh maqsadi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil oktabrida Samarqandda bo'lib o'tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va moslashuvchanligi borasida bildirilgan fikrlariga asoslangan20.
O'zbekiston rahbari tomonidan turizmning turli sivilizatsiyalar boy madaniy merosini asrashda, tinchlik va bag'rikenglikni mustahkamlashda, xalqlarning qadriyatlarini hurmat qilishda muhim o'rin tutishi to'g'risida bayon etilgan tamoyillar ushbu rezolyutsiyada mustahkamlangan. Hujjatda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash va atmosferaning ifloslanishini kamaytirish yo'lida "yashil" turizmni21 rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Rezolyutsiyada barqaror turizmni, jumladan, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, iqtisodiy o'sish, to'liq bandlikni ta'minlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi ekoturizmni rivojlantirish muhimligi ta'kidlanadi22 Rezolyutsiya barcha manfaatdor tomonlarga barqaror va yashovchan turizmni kambag'allikni bartaraf etish, ayollar, yoshlar, keksalar va nogironlarning ishtirokini rag'batlantirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda munosib ish joylari va daromad manbalarini yaratishning muhim vositasi sifatida faol ilgari surishni tavsiya etadi.
Bundan tashqari 2024-yilning 9 - 10-fevral kunlarida Samarqandda STF'24 - "Samarkand Tourism Forum" turizm xizmatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan yirik tadbir o'tkazildi23. To'rtinchi bor tashkillashtirilgan forumning asosiy maqsadi tajriba almashish va hamkorlik qilish uchun yuqori sifatli platformani ta'minlash va sanoat ishtirokchilarining umumiy platformalarda uchrashishiga yordam berishdir24
19 Узбекистан ташаббуси билан 2027 йил Халкдро баркарор ва яшовчан туризм йили деб эълон килинади. 27.02.2024. ma'qullandi.
20 Shavkat Mirziyoyev UNWTO Bosh Assambleyasi ochilish marosimida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi. 16.10.2023. https://kun.uz/news/2023/10/16/shavkat-mirziyoyev-unwto-bosh-assambleyasi-ochilish-marosimida-bir-qator-yangi-tashabbuslarni-ilgari-surdi
21 UNWTO Samarqandda «yashil» turizm xalqaro markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. 20.11.2023. https://kun.uz/news/2023/11/20/unwto-samarqandda-yashil-turizm-xalqaro-markazi-tashkil-etishni-rejalashtirmoqda
22 BMT O'zbekiston tashabbusi bilan 2027 yilni «Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili» deb e'lon qiladi. 27.02.2024. https://kun.uz/news/2024/02/27/bmt-ozbekiston-tashabbusi-bilan-2027-yilni-xalqaro-barqaror-va-yashovchan-turizm-yili-deb-elon-qiladi
23 Samarqandda to'rtinchi bor xalqaro turizm forumi o'tkaziladi. 07.02.2024. https://kun.uz/news/2024/02/07/samarqandda-tortinchi-bor-xalqaro-turizm-forumi-otkaziladi
24 Samarqandda to'rtinchi bor xalqaro turizm forumi o'tkaziladi. 07.02.2024. https://daryo.uz/2024/02/07/samarqandda-tortinchi-bor-xalqaro-turizm-forumi-otkaziladi
Xulosa qilib aytish mumkinki, TDT doirasida turizm hamkorligi kun tartibining bosh masalasidir. Tashkilotga a'zo va kuzatuvchi davlatlarning o'zaro manfaatli aloqalari natijasida ushbu hududlarga sayyoh sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga o'sib bormoqda. Shu munosabat bilan davlat rahbarlari darjasidagi sammitlardan tortib quyi rahbarlar yig'ilishlarigacha bo'lgan har bir anjuman bosh rejasida turkiy dunyo birligi, aholi farovonligi va jahon hamjamiyatida muhim o'rin egallashga intilish maqsadi yotadi.
Turkiy dunyo doirasida aviaqatnovlarning ko'paytirilishi, bir davlat fuqarosining ikkinchi bir davlat hududida vizasiz bo'lish muddatini bir necha oyga uzaytirish takliflarini jiddiy qo'llash davri keldi. Bu orqali yaqin kelajakda turkiy dunyo chegaralari birlashib Yevropa Ittifoqiga o'xshagan o'ziga xos, hech bir chegaraga ega bo'lmagan Turkiy dunyo Ittifoqini ko'rish ehtimoli yuqori. Albatta qolgani vaqt hukmidagi masaladir.