Poziljanov X. G.
Andijon Davlat Universtiteti Ijtimoiy-Iqtisodiyot Fakulteti talabasi Abdugofurov Sh.M.
Tabiiy Fanlar Fakulteti talabasi
TURIZM GEOGRAFIYASI
Annotatsiya. Bu maqolaning mazmun-mohiyati shundan iboratki hozirgipaytda bir qancha sohalar qatori turizm geografiyasi ham anchagina rivojlanib kelmoqda. Uning hududiy tuzilishi, joylashishi, turistik obektlar bilan qay darajada ta'minlanganligi, sayyohlarni o'ziga qanday jalb eta olishi va yana ko'palab boshqa tarmoqlari haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so'zlar: Turizm geografiyasi, turistik obektlar, "O'zbekturizm", Jahon sayyohlik tashkiloti, " Ipak Yo 'li" sayyohlik yo'nalishi.
Pozilzhanov H. G.
student
socio-economic faculty Andijan State University Abdugofurov Sh.M.
student
faculty of natural sciences GEOGRAPHY OF TOURISM
Annotation. The essence of this article is that the geography of tourism, along with a number of other areas, is currently developing significantly. It details its regional structure, location, level of tourist attractions, how it can attract tourists, and much more.
Keywords: Geography of tourism, tourist sites, "Uzbektourism", World Tourism Organization, "Silk Road" tourist route.
Bugungi kunda geografiya fanlar tizimiing yana bir rivojlanib borayotgan tarmog'I bu turizm geografiyasidir. Turizm geografiyasiga asosan ular bilan bir qatorda sayyohlik yo'nalishlari ham kiradi.O'zbekistonda sayyohlik yo'nalishlari qatorida " Buyuk Ipak Yo'li" sayyohlik yo'nalishi ham mavjud bo'lib u 1994-yil Toshkent va Samarqandda Jahon sayyohlik tashkilotining " Ipak Yo'li " loyihasini ishlab chiqish bo'yicha xalqaro yig'ilishi o'tkazilib, unda O'zbekiston o'sha yo'nalishning markazi etib belgilandi. 1995-yil 2-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti " Buyuk Ipak Yo'li " ni qayta tiklashda O'zbekistonni ta'sirini kuchaytirish va uni ishtirokini kuchaytirish, respublikada xalqaro sayyohlikni rivojantirish borasidagi chora tadbirlar to'g'risida farmon
qabul qildi. Shu tariqa " O'zbekturizm " milliy kompaniyasi ipak yo'li o'tgan yo'nalishlar bo'ylab 200 dan ortiq yo'nalishlar ishlab chiqdi. Ular asosiy sayyohlik yo'nalishlarini qamrab oladi va Toshkent, Samarqand, Xiva, Buhoro va Farg'ona vodiysi shaharlarini o'z ichiga oladi. Ipak yo'lining tarmoqlari hisoblangan Andijon, Namangan, Farg'ona, Termiz, Nukus shaharlari orqali o'tuvchi yo'nalishi " Farg'ona Oltin Halqa "sini tashkil qilib ko'plab shaharlarni o'z ichiga oladi. Bu sayyohlik yo'nalishlari maqsad va vazifalariga qarab quyidagicha guruhga bo'linadi:
Ixtisoslashgan va sarguzshtli sayyohlik.
Kemping va karvonsaroylarda dam olishdagi sayyohlik.
Qishloq sayyohligi.Etnik va diniy sayyohlik.
Suvda sayyohlik. Avtomobil sayyohligi.
O'quv va yoshlar sayyohligi.Boshqa turdagi sayyohlik. kabi turlardan tashkil topgan.
Buyuk ipak yo'li sayyohlik yo'nalishida turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga namunali hizmat ko'rsatish maqsadida yangi shinam mehmonxonalar, motellar, kempinglar umumiy ovqatlanish maskanlari va dam olish joylari bunyod etilmoqda.Buning natijasida yo'nalish bo'ylab sayohat qiluvchilar soni yildan-yilga oshib bornoqda.
O'zbekistonning qadimdan mavjud bo'lgan tarixiy yodgorliklari uning turizimini rivojlantirib ko'plab turistlarning kelishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu qadimgi yodgorliklarning eng yiriklari Xiva, Samarqand, Buhoro, Shahrisabz, Toshkent va Qo'qon shular jumlasidandir. Ularning qulay geografik muhitda joylashganligi sayyohlarning tashrif buyurish jarayonini o'sishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekistonda jami qadimdan 36 000 nafar tarixiy obidadan 7 000 tasi saqlanib qolgan bo'lsa ularning 200 nafari YuNESKO ro'yhatiga kiritilgan va uning muhofazasiga olingan. Ular haqida qisqacha tavsif: Samarqand. Turistik obektlari haqida qisqacha hozirgi vaqtgacha bir qator yodgorliklar saqlanib qolgan. Eng mashhur yodorliklardan biri- Registon maydonidagi me'moriy majmua, ya'ni Tillakori madrasasi ( XVII ) asr, Sherdor madrasasi ( XVII ) asr, Ulug'bek madrasasi ( XV ) asr, Bibi xonim jome masjidi ( XIV-XV ) asrlar, Shohi Zinda majmuasi ( XIV -XV ) asrlar, Go'ri Amir maqbaralar majmuasi ( XV ) asr va Ulug'bek rasadxonasi 1429 -yil va yana ko'plab madaniy obidalarni keltirishimiz mumkin.
Buxoro. Buxoro viloyati qadimgi davr, ilk va o'rta asrlarda qurilgan me'moriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat me'moriy-badiiy muzey qo'riqhonasi hisobida 997 ta tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi qadimiy yodgorliklardan biri, Buxoro hukmdorlarining qarorgohi Buxoro arki ( mil.avv.I asr ) hhozirgi kunga qadar saqlangan. Amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Hosa saroyi ( XIX-XX ) asrlar, Vobkent tumanidagi Vobkent minorasi ( XII ) asr, Chashmai Ayyub maqbarasi ( 1208 -yil ), So'fi Dehqon Honaqohi ( XVII-XVIII ) asrlar, Toshmasjid ( XVI-XVII ) asrlar va
Mahmud Torobiy dahmasi ( XIII ) asr kabi tarixiy majmualar shlar jumlasidandir.
Qo'qon. Manbaalarda Qo'qon shaxriga oid ma'lumotlar X asrdan boshlab uchray boshlaydi. Uning yoshi 2000 yildan oshadi. Ma'lumotlarda keltirilishicha Qo'qon nomi " Huvoqand" ( " Havoqand", " Ho'qand" ) nomlari bilan qayd etilgan. Havoqand so'zi - go'zal, yoqimli, hushmanzara, shahar degan ma'noni anglatadi degan fikrlar ham mavjud bo'lgan.Qo'qon shaxri XVIII-XIX as birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda O'rta Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri edi.
Endilikda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun ko'plab keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda, buning sababi hozirgi kunda turizm jahon iqtisodining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi. Uning keng qamrovliligi ko'plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanadi masalan Fransya 2015-yilda Fransyaga dunyo bo'yicha 83,7 million sayyoh kelgan bo'lsa Amerika Qo'shma Shtatlariga 74,8 million nafar sayyoh tashrif buyurgan.
Fanning mazmuni shundan iboratki uning maqsadi va vazifalari ham mavjud. Maqsadi - turizm geografiyasi maqsadlari va uning vazifalarini asosiy turlarini, ko'rinishlarini ilmiy asosda tahlil qilish, turizmning geografik xususiyatlari, uning xususiyatlari hududiy tarkib yuksalish bosqichlari va xalqaro turizm geografiyasini tushuntirish va kelgusida ilmiy tavsif berishdan iboratdir.Vazifasi - o'z sohalari bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish turizm geografiyasi turlarinig vujudga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlari xalqaro turizmning regional, lokal, hududiy, siyosiy ma'naviy va ijtimoiy ahamiyatini amalga oshirish, turizm va turist tushunchalariga ta'rif berish ularning ilk ko'rinishlari taraqqiyoti haqida ilmiy va daliliy manbaalar keltirish, turizm va turistik maqsadlarni aniqlab olish turistik xizmatlar tuzimini takomillashtirish sirlarini ochib berish, turizm yo'nalishlari va maxsus mashrutlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkiloti bergan ma'lumotlarga ko'ra dunyo bo'yicha 2015-yilda 1,184 mlrd sayyoh qayd etilgan bo'lib, ularga ko'rsatilgan eksport xizmatlar miqdori 1,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.
Turizm geografiyasining yana bir muhim yo'nalishi bu turistlarga hizmat ko'rsatish bo'yicha xorijiy tillarni hamda tarix va geografiyani yaxshi biladigan mutahhasislar tizimini takomillashtirishdir. Hozirgi kunda " Ipak Yo'li " Xalqaro turizm universtitetining faoliyati ham shu maqsadda hizmat qilmoqda. Umuman olganda turizm sohasiga iqtisodiyotning muhim tarmog'i ya'ni iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri sifatida qaralmoqda.
Xulosa. Maqolaning xulosasi shundan iborat turizm geografiyasi fanining imkoniyatlari, o'rganadigan obektlarining ko'pligi va boshqa ko'plab fanlar bilan uzviy bog'liligi uning keng darajada rivojlanishiga va ommalashishiga sabab
bo'lmoqda. Turizm geografiyasi davlatlarning sayyohlar tashrif buyuradigan hududlari va joylari haqida batafsil ma'lumot beradi. Buning sababi hozirgi vaqtda turizm jaxonda yuksak taraqqiy etayotgan sohalardan ekanligi undan foydalangan holda dunyoda daromadining asosiy qismini turizm tashkil etadigan mamlakatlarning ham mavjudligi fikrimizning yaqqol isbotidir va u haqida qiziqishlarni oshishiga sabab bo'lmoqda.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Gulmetov. F.E., Allabergenov.A.A. Turizm geografiyasi: Kasb-hunar kollejlari uchun qo'llanma. -T.: "Talqin", 2004.--128b.
2. "Маркетинг в туризме" ; "Страны и народ" научно-популярний и етнографический сборник, 1985.
3. О. Муминов, Р. Рахимбеков, П. Баратов, М. Маматкулов, T.: " Узбекистон табиий географияси"—"Мехнат", 2001.
4. "Узбекистон Миллий Енциклопедияси" 1, 2, 3- жилдлар. 2000-2002.
5. Узбекистоннинг янги тарихи // Тузувчилар: Н. Жураев; И.Файзуллаев; Тахрир хайати: А.Азизхужаев (Раис), Б.Ахмедов, С.Камолов ва бошк; /. Т: " Шарк ", 2000.-560б