Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI FARG'ONA VODIYSI MISOLIDA (1991-2021-YILLAR)
Faryozbek Paxlavon o'g'li Mamatazizov
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, tyutor mamatazizovfaryozbek@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Farg'ona viloyati hududlarida Turizm rivojlanishi va uning muammolarini aniqlash va baholash maqsadida hududlar bir nechta indekslar asosida guruhlashtirilgan. Bunda sosiy 5 ta turistik ko'rsatkichlar asos qilib olingan va shakllantirilgan har bir guruh tahlil qilingan. Shuningdek viloyat hududlarida mavjud lekin past darajada rivojlangan turizm xo'jaliklari ham tahlil qilingan, muammolari aniqlanib amaliy takliflar ichlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Turistik guruhlashtirish, turistik areal, infrastruktura, indeks, ekoturizm, agroturizm, tarixiy turizm, savdo turizmi, etnoturizm(madaniy turizm), rekreatsiya, milliy hunarmandchiligi.
ABSTRACT
In this article, the regions of Fergana region are grouped on the basis of several indices in order to identify and assess the development of tourism and its problems. Each group was analyzed based on 5 main tourist indicators. Existing but underdeveloped tourism farms in the region were also analyzed, problems were identified and practical recommendations were developed.
Keywords: tourist grouping, tourist area, infrastructure, index, ecotourism, agrotourism, historical tourism, trade tourism, ethnotourism (cultural tourism), recreation, national crafts.
АННОТАЦИЯ
В данной статье регионы Ферганской области сгруппированы по нескольким показателям с целью выявления и оценки развития туризма и его проблем. Каждая группа была проанализирована по 5 основным туристическим показателям. Также были проанализированы существующие, но недостаточно развитые туристические фермы в регионе, выявлены проблемы и разработаны практические рекомендации.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
Ключевые слова: туристическая группировка, туристическая зона, инфраструктура, индекс, экотуризм, агротуризм, исторический туризм, торговый туризм, этнотуризм (культурный туризм), отдых, народные промыслы [1].
KIRISH
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko'p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari bo'yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko'p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
O'zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
"O'zbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo'nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yo'nalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bog'liq; ekologik turizm yo'nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo'riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo'riqxonalar). Bu yo'nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay g'amda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog'liq; arxeologik turizm yo'nalishi (Qoraqalpog'iston, Surxondaryo, Samarqand hududdari bo'ylab). Bu yo'nalish O'zbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo'yadi; ekstre mal turizm yo'nalishi (Chimyon, Farg'ona vodiysi, Orol bo'yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo'ylab); liniy turizm yo'nalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog'liq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi qonuni kabul kilingan (20-
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
avgust 1999). Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil bo'ldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o'rta turistik korxonalarning xizmat ko'rsatish Mbozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada bo'lib faoliyat olib boradi.
O'zbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud bo'lib, ular "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. O'zbekistonda ko'plab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan mehmonxonalar soni tobora o'sib bormoqda.
O'zbekiston 1993-yilda o'z safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga a'zo bo'ldi. Shuningdek, O'zbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham a'zosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yo'li" loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish ko'zda tutilgan. O'zbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. (1994-yildan), "Biznes Gayd" JUR (RUS va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.
2021-yil aprel oyida Dog'istonda O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti o'tkazildi. Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirig'i bilan Dog'istonda «Imomlar yurtiga sayohat» yo'nalishidagi targ'ibot ishlari boshlangan [2].
Farg'ona viloyatidagi turizm markazlari.
Lisenzia Regi Pochtan Raqa Beri Yo'na Aloqa ma'lumoti
№ Lisenziat Manzil
stiri t on deks mi Idi lish tel Email
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
Turistska
ya deyatelnos
t +99873 24222-11,
1 205094603 CHP "DOLINA LIANA " Fergans kaya oblast 150109 g.Fyergana, ul. Xuvaydo, d.10 T-0072 25.08.2 017 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +99873 24229-66, +99899 99930-10,+99893 480-28-94 15dolinaliana@mail. ru Veb-sayt www.lianatour.uz
Turistska
ya deyatelnos t
tel.mob.:
2 304859288 OOO "AL-FERGANI-TUR" Fergans kaya oblast 115102 g.Fyergana, ul. A.Yassaviy, d.36 A T-0062 31.07.2 017 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm (+99890) 407-63-80; rab.; (+99895) 401-47-48 al_fergtur@mail. ru
Turistska
3 302552601 SP "DILKAM MAZZALI NON" Fergans kaya oblast 150100 g.Fyergana, ul.Andijan, dom 65 T-1265-16 20.09.2 016 ya deyatelnos t Vnutrenn biy turizm +99890 53591-40 temirov.muzaffar@bk.rui
Turistska
ya deyatelnos t
4 303088949 OOO "KOKAND LUXYe Fergans kaya oblast 150100 g.Kokand, ul. Sarboz, dom 3 T-1058-15 21.07.2 015 Vnutrenn biy turizm +99890 30408-80, +99873 542- wetraveluz@bk.ru
TOURISM" Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm 43-43
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
Turistska
ya deyatelnos t
5 204607263 CHP "MIR-JAHON" Fergans kaya oblast 151800 Yaypan, ul. Ibn Sino, dom 69 T-1042-15 19.06.2 015 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +99871 23115-35, +99897 77335-15 info@mir-jahon.uz
Turistska
ya deyatelnos t
+99873 244-
6 302793524 OOO "VIATOR VIP TOURS Fergans kaya oblast 150100 g.Fyergana, ul. Komus, dom 45A T-0894-14 12.11.2 014 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm 01-00, +99890 27791-19,+99890 272-00-30 viator.vip.tours@mail.ru www.vvt.uz
Turistska
ya deyatelnos t
7 301704292 OOO "FARG ONA VODIY SAYYOX" Fergans kaya oblast 150100 g.Fyergana, ul.Oriyat, dom 10 T-0731-14 10.06.2 014 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +99873 24455-52, +99891 65815-88 fvs.turizm@mail.ru www.fvs.uz
Turistska
ya deyatelnos t
+99873 244-
8 202689536 OOO "XAVO-SAYEX" Fergans kaya oblast 150100 g. Fergana, ul. Al-Fergani, dom 20 T-0734-14 10.06.2 014 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm 11-18, +99873 24410-94, +99893 18175-95 temirov.muzaffar@bk.ru
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
Turistska
ya deyatelnos t
9 203471095 OOO "XAVO-SAYYOX" Fergans kaya oblast 150710 g. Kokand, ul. I. Buxoriy, dom 5 T-0733-14 10.06.2 014 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +99873 54231-02, +99894 64020-10 havosaiyoh@mail.ru www.havosaiyoh.com
Turistska
ya deyatelnos t
10 305069273 «AZIMUTAIR-TRADE» M CHJ Fergans kaya oblast P. Maxmud ko'chasi, 19 uy T-234 22.05.2 018 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +998 90 3034921
Turistska
ya deyatelnos t
11 304961154 «BEST TRAVAL COMPANY» MCHJ Fergans kaya oblast Sayilgox ko'chasi, 43 A uy T-235 22.05.2 018 Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm +998934832 116
Turistska
12 305199603 «MASHXUR A TRAVEL» O K Fergans kaya oblast Tinchlik, Topvoldiyev ko'chasi, 8 uy T-250 25.05.2 018 ya deyatelnos t Vnutrenn by turizm +998916522 907
Turistska
13 305209834 "Dilrabo Fergans Farg'ona T-0001- 05.07.2 ya deyatelnos +99891 662 sadafbekfergana@
Travel" O/K kaya oblast shaxar, Maorif ko'chasi 127uy 012 018 t Vnutrenn by turizm 42 28, 973370087 gmail.com
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
14 305218808 "Umid sayyox" MCHJ Fergans kaya oblast Fargona vil., Bag'dod tumani, Kushchinor ko'chasi, 10 T-0273 20.07.2 018 Turistska ya deyatelnos t Vnutrenn biy turizm 954856905, 911455826
15 305218808 "DOLINA ZOLOTAYA " MCHJ Fergans kaya oblast 150105 Farg'ona shaxar, Universitet ko'chasi 65/8 T-0002-012 26.08.2 018 Turistska ya deyatelnos t Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm (90)561-17-15, (0- 373)226-18-08 dolinazolotaya@mail.ru
16 305 675 454 "ALMAZ VIA TOUR" MCHJ Fergans kaya oblast 150100 Farg'ona shahar, C.Temur ko'chasi 33b uy T-0003-012 25.09.2 018 Turistska ya deyatelnos t Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm (91)677-37-57, (9 1)653-88-67 almazviatour@mail. ru
17 305 679 155 "GLOBAL ASIA GROUP" MCHJ Fergans kaya oblast 150100 Farg'ona shahar, A.Yassaviy ko'chasi, 46/48 uy orasida T-0004-012 23.10.2 018 Turistska ya deyatelnos t Vnutrenn biy turizm Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm (93)540-55-56, (91) 206-55-56 info@globalasiagr oup.com www.globalasiagro up.com
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
Turistska
ya
deyatelnos t
18 200 192 896 "MEHRIGIY O" X/K Fergans kaya oblast 151600 Uchko'prik tumani, Yangiqishloq Urozimergan qishlog'ida T-0005-012 31.10.2 018 Vnutrenn biy turizm (90)586-24-39 mehrigiyo1991@g mail.com www.mehrigiyo.uz
Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm
Turistska
ya
deyatelnos t
"SHOHJAH Quva tumani, -
19 300 476 855 ON Fergans 150811 Dexqonobod T-0006- 20.11.2 Vnutrenn biy turizm (91)115111 0 nosirbek 1110@m
ISMOILJON kaya QFY, 012 018
DILYORBEK oblast Kattaqishloq - a
" MCHJ 188 uy Vbiyezdn oy turizm V'yezdno y turizm
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur'atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o'ziga tortmoqda. Asrlar mobaynida O'zbekiston Buyuk ipak yo'lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo'g'rofiyashunoslar va missionerlar, isti'lochilar va zabt etuvchilarning yo'lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O'zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an'ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo'nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Toshkent. Toshkent - O'zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o'tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o'zimizning O'zbekiston Havo Yo'llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo'nalishlarining chorrahasidir.
Bugungi kunda O'zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o'zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo'lib, uning ulkan ko'k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O'zbekiston hududida o'rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
va san'atning rivojlanishini aks ettiradi.
Samarqand. Asrlar mobaynida O'zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo'li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o'ynadi. Birgina Samarqand esa "Buyuk Ipak yo'lining yuragi" deb nom oldi.
Qadim davrlarda Samarqand "Islom me'morchiligi marvaridi", "Dunyo ko'zgusi" kabi nomlar bilan ta'riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo'lgan Samarqand o'zining 2750 yilligini nishonladi. Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me'moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo'lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug'bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko'targan.
Go'ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug'bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig'iz qilib joylashtirib chiqilgan g'unchaga o'xshash Go'ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Buxoro. Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo'lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me'moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo'lib qolaveradi. Huddi to'r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo'rg'on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko'plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo'q marvaridlaridan bo'lib qoladi.
Mehmonxonalar. Qadimdagi karvonsaroylar o'rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi. Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini qondirishi mumkin. Yagona "qiyinchilik" didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni tanlashda bo'lishi mumkin. Yevropa uslubini hush ko'ruvchilar uchun zamonaviy interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma'nodagi sharqona muhitni hohlovchilarga esa o'zining naqshli eshiklari, rang-barang gilamlardan tortib sharqona ayvonlargacha ega bo'lgan mexmonxonalar ham muhayyodir. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch kabi katta shaharlardagi birinchi darajali mehmonhonalardan foydalanishingiz mumkin. Hozirgi kunda O'zbekistonda 350 dan ortiq mehmonhonalar sayyohlarni qabul qilib xalqaro standartlarga mos ravishda xizmatlar ko'rsatmoqda.
Transport. O'zbekiston hozirda rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Manzilga yetib olishingiz uchun sizga Buyuk Ipak Yo'li davridagidek bir oy kerak
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
emas. O'zbekiston bo'ylab katta shaxarlarga aviatsiya yordamida yetib olish tez va qulay. Sayyohlar mamlakatning chiroyli manzaradan qulay va tez bo'lgan transport vositasi mashina yoki avtobuslardan foydalanadilar.
Aktiv sayohatlar. O'zbekiston faqatgina tarixiy va afsonaviy me'morchiligi bilan mashxur bo'lib qolmasdan, aktiv sayyohlik yo'nalishlariga ham ega. Mamlakatimizning geografik jihatdan qulay joylashganligi bu yerda zamonaviy qulaylik va yovvoyi tabiatning uyg'unlikka kirisha olishiga inkoniyat beradi. O'zbekiston hududida har qanday tabiat landshaftlarini; tog', vodiy, cho'l, daryo va ko'lni uchratish mumkin.
Otda sayr. Otda yurish har qanday yoshdagi va har qanday temperamentdagi odamga zavq bag'ishlaydi. Va bu bilan yil bo'yi betakror iqlim sharoitlarida shug'illanish mumkin.
Otda yurishning eng mashxur yo'nalishlaridan biri bu o'zining flora va faunasi bilan mashxur bo'lgan Ugam-Chotqol milliy bog'idir. Toshkentdan go'zal vodiy dengiz sathidan 1600 metr balandligda bo'lgan katta va kichik Chimyon tog'lari etagida joylashgan dam olish maskani "Chimyon oromgohi" ga 90 kilometrlik masofani otda bosib o'tishlari mumkin. Bu yerda mahalliy otlar zotidan qurama qorabair va shuningdek axaltek zotli otlarda sayr qilish mumkin. Tog' havosining turli xil gullar va o'simliklarning isi bilan to'lgan musaffoligi, egarning g'ichrlashi, ot tiyoqlarining bir xilda taqillashi va ochiq osmon ostidagi hissiyotga to'la kechki nonushta bir umrga unutilmas taasurotlar qoldiradi.
Hukumat va turizm. O'zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo'lsada, u rivojlanishda ko'pgina sohalardan oldinga chiqib oldi. Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O'zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 yilning 27 iyulida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tashkil topdi. "O'zbekturizm" ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.
Bundan tashqari O'zbekistonning turistik salohiyatini qo'llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o'tadigan, Toshkentdagi xalqaro "Ipak yo'lidagi turizm" yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o'zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o'rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-262-272
xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko'rgazmalardan biri sifatida nom qozongan.
XULOSA
Afsonaviy o'tmishi, Ipak Yo'lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o'tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo'stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O'zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o'ziga jalb etadi [3].
REFERENCES
1. https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-turizmni-rivojlantirish-tarixiga-nazar
2. https: //uz.wikipedia. org/wiki/Turizm
3. http: //www.uzbekistan- geneva.ch/turizm-191. html