Научная статья на тему 'TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK KENGASHIGA A’ZOLIK-O`ZARO ISHONCH VA DO`STLIK ALOQALARINING YANGI DAVRI'

TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK KENGASHIGA A’ZOLIK-O`ZARO ISHONCH VA DO`STLIK ALOQALARINING YANGI DAVRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
390
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
platforma / kooperatsiya aloqalari / venchur kompaniyalar / ratifikatsiya / texnopark / transchegaraviy harakatlar. / platform / cooperation relations / venture companies / ratification / technopark / cross-border movements.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Husnora G’ulomali Qizi Donaboyeva, Iroda Maxmudovna Shamsiyeva

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlat-lar hamkorlik kengashiga a’zo bo’lishi, mazkur platformadagi uning o’rni va ahamiyatiga berilgan e’tiroflar aks etgan. Shuningdek, bugungi kunda ushbu hamkorlik doirasida qanday sohalarga e’tibor qaratilayotgani va bu boradagi amaliy ishlar sarhisob qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEMBERSHIP IN THE COOPERATION COUNCIL OF TURKISH LANGUAGE COUNTRIES A NEW AGE OF RELATIONSHIP AND FRIENDSHIP

This article reflects the recognition of the membership of the Republic of Uzbekistan in the Cooperation Council of Turkic Speaking States,its role and importance in this platform. Also, what areas of attention are being paid in the framework of this cooperation today and practical work in this area are summarized.

Текст научной работы на тему «TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK KENGASHIGA A’ZOLIK-O`ZARO ISHONCH VA DO`STLIK ALOQALARINING YANGI DAVRI»

TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK KENGASHIGA A'ZOLIK-OZARO ISHONCH VA DOSTLIK ALOQALARINING YANGI DAVRI

Husnora G'ulomali qizi Donaboyeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti 5 5. donaboyevahusnora@gmail .com

Ilmiy rahbar: Iroda Maxmudovna Shamsiyeva

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlat-lar hamkorlik kengashiga a'zo bo'lishi, mazkur platformadagi uning o'rni va ahamiyatiga berilgan e'tiroflar aks etgan. Shuningdek, bugungi kunda ushbu hamkorlik doirasida qanday sohalarga e'tibor qaratilayotgani va bu boradagi amaliy ishlar sarhisob qilingan.

Kalit so'zlar: platforma, kooperatsiya aloqalari, venchur kompaniyalar, ratifikatsiya, texnopark, transchegaraviy harakatlar.

MEMBERSHIP IN THE COOPERATION COUNCIL OF TURKISH LANGUAGE COUNTRIES A NEW AGE OF RELATIONSHIP AND

FRIENDSHIP

Husnora Gulomali kizi Donaboeva

Master of Tashkent State University of Oriental Studies 5 5. donaboyevahusnora@gmail .com

Research advisor: Iroda Makhmudovna Shamsieva

ABSTRACT

This article reflects the recognition of the membership of the Republic of Uzbekistan in the Cooperation Council of Turkic Speaking States,its role and importance in this platform. Also, what areas of attention are being paid in the framework of this cooperation today and practical work in this area are summarized.

Keywords: platform, cooperation relations, venture companies, ratification, techno- park, cross-border movements.

KIRISH

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosatda asosiy maqsad, asosiy prinsip O'zbekiston manfaati va yana bir bor O'zbekiston manfaati ekanini doim ta'kidlaydi. Davlatimiz ana shu qat'iy tamoyillar asosida ochiq, do'stona va pragmatik siyosat olib bormoqda. Buning natijasida keyingi yillarda O'zbekistonning do'stlari, xayrixohlari

ko'paydi. Qo'shni, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan mutlaqo yangi - sog'lom siyosiy va iqtisodiy aloqalar yo'lga qo'yildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ana shunday yangi platformalardan biridir. Bu tashkilot 2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida tuzilgan bo'lib, dastlab unga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Qirg'iziston a'zo edi. Keyingi yillarda mazkur davlatlar bilan aloqalar mustahkamlandi. Oliy va yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi.1

Prezidentimiz 2018-yil 3-sentyabr kuni Qirg'izistonning Cho'lponota shahrida bo'lib o'tgan sammitda fahriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 2019-yil 5-oktyabrda Toshkentda Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi hamda Investitsiya forumi o'tkazildi.

Aloqalar bunday faol rivojlanar ekan, buni huquqiy jihatdan mustahkamlash ham zarur edi. 2019-yil 14-sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to'g'risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi.

Bu tashkilotning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o'rtasida ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishdir.

O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga qo'shilishini barcha a'zo mamlakatlar mamnuniyat bilan qabul qildi. Rasmiy shaxslar, ekspertlar xalqimizning turkiylar tarixidagi o'rni, bugungi salohiyati va ahamiyatini e'tirof etdi. Prezidentimizning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda vaziyat o'zgardi, mintaqa davlatlari o'rtasida do'stona aloqalar mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbarining Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Ozarbayjon Prezidentlari bilan uchrashuv va muloqotlari samarasida turli sohalardagi hamkorlik yanada rivojlandi,erishilgan ko'rsatkichlardan ancha yuqori marralarga erishish mumkinligini ta'kidlanib, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir muhim yo'nalishlarga to'xtalib o'tildi.

Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari o'rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Transport yo'nalishlarining integratsiyalashgan tarmog'ini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish masalasiga e'tibor qaratildi. Mamlakatlarni innovatsion asosda rivojlantirish, bu sohaga mas'ul bo'lgan idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va venchur kompaniyalar o'rtasida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Turizmni rivojlantirish bo'yicha ulkan imkoniyatlar borligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishi qayd etildi. Shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, yosh avlodni ilm-ma'rifat asosida tarbiyalash masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

O'zaro manfaatlar nimadan iborat?

O'zbekiston Turkiy kengash doirasida o'zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor. hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uyg'otadigan yo'nalishlar bo'yicha ishtirok etishga tayyor.

Qirg'izistonning 2017-yil kuzida saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov Turkiy tilli davlatlar sammitini 2018-yilning 3-sentyabrida o'tkazish to'g'risidagi farmonni 21-iyun kuni imzolagan. Mazkur sammitning o'tkazilishi o'shanda Qirg'iziston uchun Turkiya va Qozog'iston bilan aloqalarning yaxshilanayotganni anglatgan edi.

Qolaversa, o'shanda Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida ishtirok etish niyatini yuqori baholagan edi.Qirg'iziston prezidentining so'zlariga ko'ra, bu qadam Turkiy kengashning kengayishi va uning xalqaro maydondagi nufuzining oshishi uchun yaxshi sharoit yaratadi.Unga ko'ra, O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo'shilishi Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'li qurilishining tezroq boshlanishiga turtki bo'ladi.

Boshqa a'zo davlatlar ham O'zbekistonning turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (Turk kengashi)ga a'zo bo'lib kirishini qo'llab-quvvatladi.Ular qatorida Qozog'iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari bor. Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi O'zbekistonning 2019-yil 14-sentyabrga to'g'ri kelgan Naxichevan kelishuvi ratifikatsiyasining yakunlashi turkiy tilli davlatlar birdamligini mustahkamlashda navbatdagi muhim voqea bo'lganini e'tirof etdi.

Jumladan,Qozog'iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ham o'z navbatida O'zbekistonning Turkiy kengashga qo'shilishi ushbu tuzilmaning xalqaro nufuzini va hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etgan edi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining bayonotida O'zbekiston Respublikasining Turk Kengashida o'zini taqdim etish qarori ko'p asrlik chuqur ildizlarga asoslangan madaniy va tarixiy qardoshlikni yanada rivojlantirish, zamon talablariga muvofiq turkiy tilli davlatlar manfaati, farovonligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyati ma'lum qilingan edi.

Turkiy tilli davlatlar kengashi-hamkorlikning yangi sahifalarini ochmoqda.

Keyingi yillarda hamkorlik ko'lami yanada kengaya bordi. 2020-yil 10-aprelda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarni birlashtirishga bag'ishlangan Turkiy tilli davlatlar

hamkorlik kengashining (TTDHK) videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Turkiy Kengashi kotibiyati qoshida pandemiyaga qarshi kurashish bo'yicha mahsus muvofiqlashtiruvchi guruh tuzish tashabbusi bilan chiqdi.

MUHOKAMA

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda avj olib turgan ayni bir paytda bu tashabbusning dolzarbligi va ayni muddaoligidan kelib chiqib, Kengash kotibiyati tashkilotga a'zo davlatlar bilan hamkorlikda barcha siyosiy va tashkiliy masalalarini qisqa muddat ichida muvofiqlashtirib, Turkiy Kengash huzurida Sog'liqni saqlash bo'yicha qo'mitani tashkil etdi. 2020-yilning 8-iyunida o'tkazilgan ushbu qo'mitaning birinchi video-yig'ilishi TTDHK doirasidagi hamkorlikning yangi yo'nalishi boshlaganidan darak berdi. Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidenti tashabbusining tez fursat ichida amalda tatbiq etilishi Turkiy Kengashining faolligi va uning ulkan salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Shuningdek, Turkiy Kengashga a'zo davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga "COVID-19" pandemiyasining salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha "Harakatlar rejasini" tayyorlash masalalari ko'rib chiqildi. Turkiy Kengashga a'zo davlatlar biznes hamjamiyati o'rtasidagi hamkorlikning qo'shimcha mexanizmi sifatida birlashgan "Turkiy Kengash qoshidagi birlashgan investitsiya fondi"ni tashkil etishni tezlashtirish va turkiy savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, o'zaro savdoda milliy valyutadan foydalanish ulushini oshirish va "Boku-Tbilisi-Kars" temir yo'lidan samarali foydalanishni

"5

ta'minlash tashabbuslari muhokama qilindi.

Turkiy Kengash shafeligida qo'shma sanoat zonalari, texnoparklar va savdo uylarini tashkil etish g'oyalari, shuningdek Vengriya tomonining Yevropa Ittifoqi bilan sarmoyaviy hamkorlik bo'yicha harakatlar rejasini qabul qilish g'oyasi bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.

Yuk transportlarining transchegaraviy harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni almashish va ushbu sohada yuzaga kelgan masalalarni tezkor ravishda hal qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, tomonlar pandemiya davrida hamkorlikni kuchaytirish, axborot va tajriba almashish uchun qo'shimcha vositalarni joriy etish bo'yicha takliflar ilgari surdilar.

2020-yilning 6-may kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlarning iqtisodiyot, savdo vazirlari va bojxona organlari rahbarlari o'rtasida videokonferensiya bo'lib o'tdi.Davlatimiz tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Davlat bojxona qo'mitasining raisi M.Azimovlar ishtirok etgan yig'ilishda ishtirokchilar

"COVID-19" pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan cheklovlar doirasida Turkiy Kengashga a'zo va kuzatuvchi davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qildilar.

NATIJA

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020-yil 23-iyunda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (TTDHK) Turizm vazirlari V videokonferensiya yig'ilishida ishtirok etdi.4

Unda "COVID-19" pandemiyasi sharoitida hozirgi kundagi turizm sohasining holati, sohada pandemiya keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo'yicha mamlakatlarning tajribasi, Turk kengashiga a'zo davlatlar o'rtasida sayyohlik almashinuvini tiklash chora-tadbirlari,Kengashga a'zo davlatlarning sayyohlik yo'nalishlarini ilgari surish loyihalari va tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida "Zamonaviy Ipak yo'li" qo'shma turistik mahsulot loyihasiga O'zbekistonning shaharlari va manzillarini kiritish hamda TTDHK Turizm masalalari bo'yicha vazirlarning navbatdagi VI yig'ilishini 2021-yil O'zbekistonda o'tkazish masalasi ham ko'rib chiqildi.5

2021-yil 8-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) Bosh kotibi Bagdad Amreyev bilan uchrashuv o'tkazdi.Mazkur tadbir davomida O'zbekiston va Turkiy Kengash o'rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalar bo'yicha hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari xuxusida fikr almashildi.6

2021-yilning 24-fevral kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) energiya vazirlarining videokonferensiya shaklida uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zbekiston nomidan energiya vaziri Alisher Sultonov ishtirok etdi.Mazkur onlayn anjumanda Turkiy kengashga a'zo mamlakatlar o'rtasida energiya bo'yicha ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Turkiy kengash o'rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va uning faoliyati kundan kunga barqarorlik kasb etmoqda .Davlatimizning ushbu platforma doirasidagi o'rni va roli o'zaro ishonchga asoslangan bo'lib,nafaqat mintaqaviy,balki global ahamiyatga ham ega bo'lib bormoqda.

REFERENCES

1. Uzanalitcs.com

2. president.uz

3. https://mift.uz/uz/news

4. Uzbektorism.uz

5. Yuz.uz

6. https://mfa.uz/29239

7. trt.net.tr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.