UO'T. 2964
TOSHKENT METROPOLITENI IQTISODIY KO'RSATKICHLAR TAHLILI
Norkulov Suxrob Turakulovich "Toshkent Metropoliteni" DUK boshlig'ining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari - Toshkent davlat transport univyersiteti prorektori
E-mail: [email protected]
Annotatsiya. O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy-ma'naviy sohalarda taraqqiyot va yangilanishning o'ziga xos hamda o'ziga mos yo'lini tanladi. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga yerishish, jahon bozorida milliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini oshirish bugungi kundagi eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Аннотация. После обретения независимости Узбекистан выбрал уникальный и подходящий путь развития и обновления в экономической, общественно-политической, идеологической и духовной сферах. Устойчивое развитие экономики страны, достижение устойчивых темпов экономического роста, обеспечение конкурентоспособности нашей национальной продукции на мировом рынке, повышение уровня жизни и благосостояния нашего народа входят сегодня в число важнейших задач.
Abstract. Aftyer gaining independence, Uzbekistan chose a unique and suitable path of development and renewal in the economic, socio-political, ideological and spiritual sphyeres. Sustainable development of the country's economy, achieving sustainable economic growth rates, ensuring the competitiveness of our national products on the world market, improving the standard of living and well-being of our people are among the most important tasks today.
"Toshkent metropoliteni" DUK mahalliylashtirishni moliyalashtirish bo'yicha huquqiy asoslariga e'tibor byeradigan bo'lsak, cheklangan ta'riflar bo'yicha ko'rilgan zararlarni qoplash, xizmat muddati tugagan metro vagonlarini modyernizatsiya qilish orqali xizmat muddatini 15 yilga uzaytirish bo'yicha budjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirish hamda metropolitenda yangi yo'nalish va bekatlarini qurilishini respublika va boshqa mablag'lar hisobidan moliyalashni ko'rishimiz mumkin.
"Toshkent metropoliteni" DUK mahalliylashtirishni moliyalashtirish bo'yicha huquqiy asosi sifatida cheklangan ta'riflar bo'yicha ko'rilgan zararlarni qoplash O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan "Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida"gi 419-I-sonli Qonuni:
12-modda. Yo'l qo'yiladigan doiradagi ta'riflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari doirasida belgilanadi;
15-modda. Shahar yo'lovchilar transporti tashuvchilarining yo'l qo'yiladigan doiradagi ta'riflar bo'yicha yo'lovchilar va bagaj tashish xizmatlari ko'rsatish munosabati bilan ko'rgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanishi, shuningdek, shaharda yo'lovchilar tashish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy foydalaniladigan transportda yo'lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to'g'risida" 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli qarori bilan "O'zbekiston Respublikasida yo'lovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo'nalishlarda hamda soatlar bo'yicha tashilgan yo'lovchilar sonini aniqlash tartibi to'g'risida nizomi tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra quyidagilar O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag'lari hisobiga moliyalashtirilishi belgilangan:
fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog'liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar byerish orqali qoplash;
cheklangan ta'riflar bo'yicha yo'lovchilar va bagajni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatilishi munosabati bilan shahar yo'lovchi tashish transporti tashuvchilari ko'radigan zararlarni qoplash.
Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lgan kunduzgi davrda pensionyerlarni bepul tashishda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash.
Nizomga muvofiq Toshkent metropolitenida bepul yuruvchi va imtiyozli yo'lovchilarni tashishi munosabati bilan olinmay qoladigan daromadlarini, shuningdek, cheklangan ta'riflar bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan ko'riladigan zararlarini subsidiyalar byerish orqali qoplash har oyda, O'zbekiston Respublikasi davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini qoplashga mablag'lar ajratish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxslarni har yili xatlovdan o'tkazish natijalari - shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilarni tashishda, har oyda teng ulushlar bilan moliyalashtirgan holda;
shahar yo'lovchi transportini boshqarish organining oylik transportda yurish imtiyozli kartochkalarining amalda sotilishi to'g'risidagi axboroti - transportda imtiyozli yurish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilarni tashishda.
Choraklik moliya hisobotini topshirgandan keyin dastlabki o'n kun mobaynida tashuvchi mahalliy davlat hokimiyati tegishli organi bilan oldingi chorakdagi ish yakunlari bo'yicha qoplanishi kyerak bo'lgan amalda ko'rilgan zararlar hajmini kelishadi, bunda liniyadagi tushumning to'liq yig'ilishini ta'minlash, shuningdek, ko'rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish bo'yicha qabul qilingan tadbirlar hisobga olinadi.
Tashuvchilar ko'rgan zararlarni qoplash uchun zarur bo'lgan mablag'lar summasi tushumning to'liq yig'ilishi bo'yicha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, amaldagi daromadlar, shuningdek fuqarolar ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog'liq holda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash summasi bilan amaldagi xarajatlar o'rtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi, bunda ko'rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olinadi.
Bunda ko'rilgan zararlarni qoplash summasi qonun hujjatlariga muvofiq shahar yo'lovchi tashish transportida bepul va imtiyozli yurish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning ayrim toifalari uchun chegirishlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ushbu miqdorlar o'rtasidagi tafovut nol yoki ijobiy (tashkilotlarning foydasi) bo'lgan taqdirda ko'rilgan zararlar qoplanmaydi.
Tashuvchilar ko'rgan zararlarni qoplash miqdoriga yoqilg'i-moylash matyeriallari, elektr enyergiyasi, asosiy ehtiyot qismlar va matyeriallar narxlari o'zgarganda hamda cheklangan ta'riflarni shakllantirishda nazarda tutilmagan eng kam oylik ish haqining miqdori o'zgarganda, shuningdek, liniyadagi tushumning to'liq yig'ilishini ta'minlash va ko'rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Umumiy foydalaniladigan transportda yo'lovchi tashishda yo'lkira haqini to'lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to'g'risida» 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining «Umumiy foydalaniladigan transportda yo'lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to'g'risida» 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra quyidagi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi:
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda shaharda yo'lovchilarni muntazam tashish
transporting ta'rif rejalari tarkibiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqi byerildi;
Umumiy foydalaniladigan transport — yo'lovchilar va yuk tashish uchun mo'ljallangan jamoat yyer usti va yyer osti transporti (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yo'nalishli va yo' nalishsiz taksilar, metropoliten);
oylik transportda yurish kartochkasi — harakatlanish hududi chegaralarida va ushbu hujjat amal qiladigan davr mobaynida barcha yo'nalishlar bo'yicha umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) yurish imkoniyatini olishga yo'lovchining huquqini tasdiqlaydigan, qat'iy hisobda turadigan hujjat. Oylik yurish kartochkasi ikki turga — umumiy va imtiyozli kartochkaga bo'linadi:
umumiy oylik transportda yurish kartochkasi — yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilardan tashqari, umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yo'lovchilar yurishini nazarda tutadigan, qat'iy hisobda turadigan hujjat»;
quyidagi mazmundagi o'n beshinchi va o'n oltinchi xatboshilar qo'shilsin: transport kartasi — yo'lovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yo'nalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi ta'rif asosida yo'l haqini to'liq to'lash uchun mo'ljallangan shaxsiylashtirilmagan ko'p marotabalik debet to'lov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablag'larini tushirish orqali to'ldiriladi. Transport kartasidagi ta'rif rejalarining to'liq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan ta'rifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yurishlar soniga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi;
imtiyozli transport kartasi — umumiy foydalaniladigan transportda (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to'lov tizimi opyeratori ma'lumotlar bazasida ro'yxatga olingan yo'lovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi»;
Imtiyozli yurish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar (pensionyerlar, nogironligi bo'lgan shaxslar, talabalar va umumiy o'rta ta'lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o'quvchilari) tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali to'lovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksidan tashqari) amaldagi ta'riflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog'liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar byerish orqali qoplash;
xarajatlarni moliyalashtirish, joriy oyning 5-sanasigacha, avans to'lovlarini teng holda tasdiqlangan budjet parametrlari bo'yicha amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko'ra, oldindan qilingan to'lovlar va ko'rilgan zarar hajmlari keyingi davr to'lovlariga tegishli o'zgartirishlar kiritilishini inobatga olgan holda solishtiriladi;
Navbatdagi moliya yili uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga mablag'larning aniq summasi asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladi;
Fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog'liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar byerish orqali qoplash har oyda, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi;
Joriy oyning 5-sanasiga qadar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan tashuvchilarning prognozlashtirilgan zarar ko'rsatkichlariga muvofiq avans to'lovlari amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko'ra hisobot davri uchun yuzaga kelgan avans to'lovlari bilan tashuvchilarning amaldagi ko'rgan zararlari miqdoridagi farqiga, navbatdagi avans to'lovlarini amalga oshirishda tuzatishlar kiritiladi.
"Toshkent metropoliteni" DUK mahalliylashtirishni moliyalashtirish bo'yicha huquqiy
asosi sifatida xizmat muddati tugagan metro vagonlarini modyernizatsiya qilish orqali xizmat muddatini 15 yilga uzaytirish bo'yicha budjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-mart 170-sonli farmoyishiga asosan 6 ta harakat tarkibini modyernizatsiya qilish bo'yicha 2 973,0 ming.AQSh dollari hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-martdagi 190-sonli farmoyishiga asosan 6 ta harakat tarkibini modyernizatsiya qilish bo'yicha 5 500 ming AQSh dollari miqdorida mablag' ajratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil
3-fevraldagi "2016 - 2019 yillar davrida "Toshkent metropoliteni" DUK poezdlarining harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, harakatdagi tarkibni zamonaviylashtirish va zamonaviy muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari kompleksi to'g'risida"gi 24-sonli qaroriga asosan "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasida xizmat muddati tugagan 96 ta vagonlarni davlat budjeti hisobidan ta'mirla sh va modyernizatsiya qilish orqali metro vagonlarining xizmat muddatini 15 yilga uzaytirish b o'yicha 50 400 ming. AQSh dollari miqdorida mablag' ajratilgan (1-jadval).
1-jadval
Metro vagonlarni modyernizatsiya qilish bo'yicha mahalliylashtirishni moliyalashtirishning huquqiy asosi
№ Qarorlar Vagonlar soni Ajratilgan mablag' O'zlashtirilgan mablag' ming.doll mln.so'm
1. VMQ-170-f (17.03.2014 y.) 6 2 973,0 2 973,0 6 710,7
2. VMQ-190-f (30.03.2015 y.) 10 5 500,0 5 500,0 13 696,1
3. VMQ-24 (03.02.2016 y.) 96 50 400,0 30 740,6 170 201,9
Respublikada ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay investitsiya muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy shyeriklik asosida yangi infratuzilma ob'ektlarini barpo etish; shu asosda aholi bandligini ta'minlash va ularning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2021-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qaroriga asosan 28 ta metro vagonlarini modyernizatsiya qilish orqali metro vagonlarining xizmat muddatini 15 yilga uzaytirish b o'yicha 92 000 mln.so'm miqdorida mablag' ajratilgan.
Mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash va kambag'allikni qisqartirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2024-yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga asosan 16 ta metro vagonlarini modyernizatsiya qilish orqali metro vagonlarining xizmat muddatini 15 yilga uzaytirish bo'yicha 44 700,0 mln.so'm hamda yangi metro vagonlarini ishlab chiqarish uchun 80 000,0 mln.so'm jami 124 700,0 mln.so'm miqdorida mablag' ajratilgan (2-jadval).
2-jadval
Metro vagonlarni modyernizatsiya qilish bo'yicha mahalliylashtirishni moliyalashtirishning huquqiy asosi, mln.so'm
№ Qarorlar Vagonlar Ajratilgan O'zlashtirish |
soni I mablag' f" yil mln.so'm
1. PQ-4936 (28.12.2020 y.) 28 92 000,0 2021 92 000,0
2. PQ-98 (22.01.2022 8 44 700,0 2022 44 700,0
y.) 20 80 000,0 80 000,0
"Toshkent metropoliteni" DUK mahalliylashtirishni moliyalashtirish bo'yicha huquqiy asosi sifatida metropolitenda yangi yo'nalish va bekatlarini qurilishini Respublika va boshqa mablag'lar hisobidan moliyalashni Toshkent shahrining transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yo'lovchilar oqimini ko'paytirish, Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida yo'lovchilar tashish darajasi va sifatini oshirish, shahar yyer usti jamoat transportiga yuklamalarni kamaytirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" 2016 yil 7-noyabrdagi PQ-2653-sonli qaroriga asosan Quyidagilar hisoblab chiqilgan qiymati ekvivalentda 124,8 mln AQSh dollari bo'lgan loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilangan.
Davlat budjeti mablag'lari hisobiga O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlarida 2017-2019-yillar davomida har yili teng ulushlarda nazarda tutiladigan 72,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi markazlashtirilgan investitsiyalar;
import asbob-uskunalari, matyeriallar va butlovchi buyumlarni xarid qilish, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning loyiha hujjatlari ekspyertizasini o'tkazish, qurilishni kuzatib borish va texnik jihatdan nazorat qilish, zarur hollarda xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish bo'yicha xizmatlarga haq to'lash, shu jumladan loyihani amalga oshirish doirasidagi ularning boshqa valyuta xarajatlarini, shuningdek, qurilish-pudrat tashkilotlarini jihozlash uchun texnika xarid qilishni moliyalashtirish uchun 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi 0,25 foiz bo'lgan yillik 2,25 foiz stavkasida taqdim etiladigan, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining 52,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan moliyalashtirilgan.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasining «Transport to'g'risida»gi qonuni, 09.08.2021-yildagi 0'RQ-706-son.
2. O'zbekiston Respublikasining «Temir yo'llar to'g'risida»gi qonuni, O'RQ-766-I son,15.04.2020-y.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi PF-2313-sonli «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modyernizatsiya qilish dasturi to'g'risida»gi Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-sonli farmoni