Научная статья на тему 'MAMLAKAT TRANSPORT TARMOG’INING IQTISODIYOTGA TA’SIRI'

MAMLAKAT TRANSPORT TARMOG’INING IQTISODIYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Transport tarmog‘i / iqtisodiyot / logistika / infratuzilma / xalqaro transport yo‘laklari / savdo / eksport / ekologik barqarorlik / mintaqalararo integratsiya / investitsiyalar / yo‘l-transport tizimi / iqtisodiy samaradorlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmonov M.D., Roziqov Elbek, Salaydinov Diyorbek

Mazkur tadqiqot mamlakat transport tarmog‘ining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Transport infratuzilmasi iqtisodiyotning uzviy qismi bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda transport tarmog‘ining rivojlanishi, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri, mintaqalararo integratsiya jarayonidagi roli va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Ishda yo‘l-transport tizimining modernizatsiyasi, logistika xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro transport yo‘laklariga qo‘shilish va ekologik barqarorlikka alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, transport tarmog‘i orqali savdo va eksport faoliyatining rag‘batlantirilishi, ish o‘rinlari yaratish va investitsiyalarni jalb qilishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT TRANSPORT TARMOG’INING IQTISODIYOTGA TA’SIRI»

MAMLAKAT TRANSPORT TARMOG'INING IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Usmonov M.D.

SamISI "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi stajyor-assistenti Roziqov Elbek SamISI talabasi elbek.roziqov.03 @bk.ru Salaydinov Diyorbek SamISI talabasi [email protected]

Annotatsiya. Mazkur tadqiqot mamlakat transport tarmog'ining iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Transport infratuzilmasi iqtisodiyotning uzviy qismi bo'lib, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarida muhim o'rin tutadi. Tadqiqotda transport tarmog'ining rivojlanishi, uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'siri, mintaqalararo integratsiya jarayonidagi roli va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari o'rganiladi.

Ishda yo'l-transport tizimining modernizatsiyasi, logistika xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro transport yo'laklariga qo'shilish va ekologik barqarorlikka alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, transport tarmog'i orqali savdo va eksport faoliyatining rag'batlantirilishi, ish o'rinlari yaratish va investitsiyalarni jalb qilishdagi o'rni ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: Transport tarmog'i, iqtisodiyot, logistika, infratuzilma, xalqaro transport yo'laklari, savdo, eksport, ekologik barqarorlik, mintaqalararo integratsiya, investitsiyalar, yo'l-transport tizimi, iqtisodiy samaradorlik.

Mamlakatlar o'rtasidagi tashqi savdoning o'sishiga asosan dengiz kemachilgining rivojlanishi turtki beradi. Avtotranspot XIX asrning oxirida paydo bo'ldi. XX asrning 20 yillarida qisqa masofaga yuk va yo'lovchilar tashishni amalga oshirib, temir yo'llari va daryo transporti bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro Havo transporti XX asrning birinchi choragida vujudga keldi.

XX asrda jahon transport tizimi juda yuksaldi. Rivojlangan mamlakatlarda transport tizimlarining barcha turlari (AQSh, Kanada) yoki ayrim transport turlari (G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya) ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.

XX asrning boshlariga qadar O'zbekistonda yuk va yo'lovchilar, asosan, temir yo'llari, ot-ulov transporti, tuya, xachir va boshqa yuk tashuvchi xayvonlarda tashilgan. XX asrning 20 yillarida avtomobil va havo transporti, yirik sonoat korxonalari qurilishi bilan sanoat tarmog'i vujudga keldi. 80 yillar oxiriga kelib, respublika transportining moddiy texnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning o'sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va

transport modiy texnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo'lovchi tashish xajmi ham orta bordi.

Respublika mustaqillikka erishgandan keyin transportning xalq xo'jaligiga va aholiga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transportai boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O'zbekiston Havo yo'llari» milliy aviya kompaniyasi (1992), «O'zbekiston avtomobil transporta) davlat aksiyadorlik korparatsiyasi (1993), «O'zbekiston temir yo'llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi (1994) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, ma'suliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.

Respublika avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xo'jaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi. O'zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchi tashuvchi transportlarning barcha turi - temir yo'llari, avtomobil, aviatsiya, shaxar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metro-politen), daryo transporti, quvur yo'llari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan.

Asaka avtomobil zavodi «O'zDeu avto» kompaniyasi - O'zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to'ng'ich korxonasidir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan qurilgan. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O'zbekiston jaxonda o'z avtomobil sanoatiga ega bo'lgan 28 mamlakat qatoridan o'rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining asaka shaxrida 1994-1996 yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o'rta klasdagi dvigateli sig'imi 1500 sm3 bo'lgan «Neksiya», o'ta kichik klasdagi yonilg'i kam sarflovchi, dvigateli sig'imi 800 sm3 «Tiko» yengil avtomobili xamda furgon tipidagi yetti o'rindiqli, dvigateli sig'imi 800 sm3 bo'lgan «Damas» miniavtobuslarini ishlab chiqaradi. Uning barcha uskuna va jixozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg'or avtomatika va texnologiyalardan iborat. «UzDeu Avto» kompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Muassislari: O'zbekiston Respublikasi xukmati nomidan «O'zavtosanoat» uyushmasi va Koreya Respublikasining «DEU» korparatsiyasi. Aksiyalari xissasi 50% ga 50% bo'lib, investitsiyalarning umumiy xajmi 650 mln AQSh dollariga teng. Kompaniyani tuzish to'g'risidagi ta'sis shartnomasi 1992 yil 29 avgustda imzolangan. Zavod qurilishi esa 1994 yil boshlarida boshlangan. «Damas» minibuslari 1996 yil 25 martdan, «Tiko» 1996 yil iyun oyining o'rtalaridan, «Neksiya» avtomobiliesa 1996 yil iyul oyining o'rtalarida ishlab chiqarila boshandi.

1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Zavod kuniga 200 «Neksiya», 120 «Tiko», 60 «Damas» rusumli avtomashinalar ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Korxonadan 2000 yil oktyabr oyiga qadar 216659 ta avtomobil ishlab chiqarildi, 1999 yil 15 mingga yaqin avtomobil eksport qilindi.

Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko'rsatish vakolatxonasi faoliyat ko'rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg,

Tyumen, Novasibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho'ba korxonalari ochilgan.

Transport xalq xujaligida axamiyati katta bulib, ishlab chikarish kuchlarining rivojlantirishda uning roli kattadir. O'zbekistonda xozirgi zamon transport turlarini deyarli xammasi mavjuddir.

Temir yul, Havo, avto, suv, quvur va elektron transportlar.

O'zbekiston xalq xo'jaligida hozirgi kunda aholining 4-5 %i banddir. Yoki Respublika moddiy boylik ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchi xizmatchilarning 12 % dan ortig'i transportda ishlaydi.

O'zbekistonda transport tarmogi ayniqsa, sobiq sovet xokimiyati davrida rivojlandi. Bu jarayon O'zbekiston xaqiqiy mustaqillikka ega bulgandan keyin yana rivojini topdi.

O'zbekistonda transportning moddiy texnika bazasi mustaxkamlanib bormokda. Yuk tashishda temir yul transporti asosiy o'rinda turadi.

Temir yo'l transporti umumiy foydalaniladigan transport turlari buyicha yuk oborotini 93,2 % ini tashkil qiladi. O'zbekistonda temir yo'l qurilishi 1888 yildan boshlangan edi. Krasnovodskiydan Gorjuy temir yo'li davom ettirib, Farobiy bekatidan Samarqandgacha, Xovosdan Andijongacha temir yo'l o'tkazildi. 1905 yilda Toshkent-Orenburg temir yo'li qurildi. Fuqarolar urushi yillarida temir yo'l va uning xarakatiga ancha ziyon yetadi. Tez kunda O'zbekiston xukumati buzilgan yo'llarni tikladi va uni yanada rivojlantirdi.

1930 yilda Turksib temir yo'li qurildi. U bilan O'zbekiston, Qirg'iziston orqali Sibir bilan o'tadi.

Urush yillarida Toshkent viloyatida Qizil to'qimachi temir yuli quriladi.

1925-1955 yillari Chorjuy-Qo'ng'irot temir yo'li bilan O'zbekiston boshqa rayonlari - quyi Amudaryo xududi bilan tutashadi. 1962 yili Navoiy-Uchquduq temir yo'li qurilib tog'-kon sanoati bilan markaz tutashtiriladi.

O'zbekiston keyingi yillarda Mirzacho'l, Qarshi yo'li, Quyi Amudaryo va boshqa yerlarda yangi yerlarni o'zlashtirish ishlari avj oladi. Shu munosabat bilan qisqa masofaga temir yo'llar ko'riladi: Sirdaryo Jizzax bilan Samarqand-Qarshi, 1972 yilda Qo'ng'irotdan -Ustyurt orqali Baynov temir yo'llari qurildi. Bu temir yo'l O'rta Osiyoni Yevropa bilan ikkinchi yo'nalishda temir yo'l aloqasi vujudga kelib, bu yo'l Aris orqali Orenburg, Ural va Volga bo'yi hamda markaz bilan aloqani kuchaytiradi.

1990 yilda Nukus-Chumbay temir yo'li quriladi, Tuyamuyna-To'rtko'l temir yo'li quriladi. Surxondaryodan Bo'ldir-Xujaxon tuz konigacha va Sho'rchidan-Bandixongacha va Boytun konigacha temir yo'l qurildi. Xozir O'zbekiston temir yo'l uzunligi 6,6 ming km.ni tashkil qiladi. O'zbekiston 1000 km.kv maydonga temir yo'l uzunligi 7,9 km.ga to'g'ri keladi. Bu O'zbekiston uchun ancha yuqori ko'rsatkichdir.

1-rasm. Transportning asosiy funksiyalari

O'zbekistonda transport tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari:

1. Havo transportida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish

2. Temir yo'l transportida sohani o'zgartirish, raqobatni rivojlantirish, transport samaradorligini oshirish bilan bog'liq muammolarni hal qilish.

3.Transportning barqaror va samarali ishlashi iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlari, mamlakat yaxlitligi, milliy xavfsizligini ta'minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash va O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga oqilona integratsiyalashuvi uchun zarur shartdir.

Havo transportida bozor munosabatlari shakllari, mulkni o'zgartirish mexanizmlari va raqobat muhitining sust rivojlanishi asosiy tizimli muammolar bo'lib qolmoqda. Xalqaro temir yo'l tarmog'ida tashish hajmi o'sish sur'atlarining yetarli emasligi respublikaning transport va tranzit salohiyatidan to'liq foydalanilmayotganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, temir yo'l transportida raqobatni rivojlantirish, transport samaradorligini oshirish va boshqalar bilan bog'liq muammolar mavjud.

2022-2026 yillarda transport tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor yo'nalishlar:

• tezyurar poezdlarni qo'shimcha sotib olish yo'li bilan yo'lovchilar aylanishini ko'paytirish va mamlakat hududlari o'rtasida tezyurar poezdlar qatnovini

rivojlantirish. Tezyurar poezdlar harakatlanadigan ikkita yo'lakli yo'l o'tkazgichlarni qurish uchun sarmoyalarni jalb qilish;

• yo'lovchilar tashishni yuk tashish daromadlaridan to'g'ridan to'g'ri subsidiyalashtirishni bosqichma-bosqich bekor qilish va davlat byudjet hisobiga o'tkazish;

• yuk egalari va yo'lovchilarga davlat-xususiy sheriklik asosida onlayn tarzda xizmatlar ko'rsatish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

• O'zbekistonning tranzit yo'laklari chorrahasida jahon savdo zonasini tashkil

etish;

• normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlatlararo standartlarni uyg'unlashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish va temir yo'l transporti, infratuzilma ob'ektlari sohasidagi muvofiqlikni tasdiqlash tizimida ishlash;

• ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish.

Ichki temir yo'llarning raqobatbardoshligini oshirish va tranzit yuklarni muqobil temir yo'ldan ichki temir yo'lga yo'naltirish uchun quyidagilar:

• Afg'oniston orqali Pokiston bilan, shuningdek, Qirg'iziston orqali Xitoy bilan temir yo'l aloqasini o'rnatish;

• G'alaba (O'zbekiston) va Peshovar stansiyalari o'rtasida (Pokiston) logistika klasterlarini yaratish va Qashqar (Xitoy) va Andijon stansiyalari o'rtasida (O'zbekiston) intermodal tashishlarni tashkil etish lozim (temir yo'l va avtomobil yo'llari orqali). Bu esa ushbu yo'nalishda ham yuk egalari, ham Afg'oniston va Qirg'iziston transport kompaniyalari tomonidan yuk tashishga qiziqish uyg'otadi;

• mavjud xalqaro avtomagistrallardan foydalanish va yuklarni Qashqar (Xitoy)dan Andijon (O'zbekiston)gacha va Peshovar (Pokiston)dan G'alaba (O'zbekiston)gacha bo'lgan xalqaro avtomobil yo'llarida tashishni tashkil etish.

Havo transporti sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha:

• parvozlar geografiyasini kengaytirish. Ham to'g'ridan to'g'ri, ham tranzit yo'lovchilar tashishni rivojlantirish, shuningdek, barcha yo'nalishlarda parvozlar intervalini izchil oshirish;

• yo'lovchilar tashish bozorida transport xizmatlarining yangi turlarini, marketing va tarif siyosatini joriy etish maqsadida axborot texnologiyalarini modernizatsiya qilish;

• mavjud xalqaro intermodal logistika markazlaridan maksimal darajada foydalangan holda Yevropa va Osiyo o'rtasida muntazam yuk tashish yo'nalishlarini samarali tashkil etish.

Yo'l qurilishi va avtomobil transporti sohasida xizmatlar ko'rsatish sifatini yanada oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

• transport infratuzilmasi ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida yo'llarning tirbandligini kamaytirish bo'yicha xalqaro tajribani

o'rganishni hisobga olgan holda yangi yondashuvlarni qo'llash (yuqori tezlikdagi yo'l o'tkazgichlar, yer usti metrosi, ko'priklar, tunnellar va boshqalar);

• yo'l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish va monitoring qilish tizimidan foydalangan holda xalqaro, mintaqaviy, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun investitsiya mablag'larini jalb qilish;

• davlat va xususiy sheriklik asosida shaharlar va viloyat markazlarida avtostansiyalarni, shuningdek, yo'l bo'yidagi infratuzilma ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

• joriy yo'l infratuzilmasiga yukni kamaytirish maqsadida muqobil pullik yo'llar tarmog'ini yaratish;

• jamoat transportining favqulodda xizmat ko'rsatish tizimlari bilan integratsiyalashgan holda onlayn rejimida amalga oshirilishini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish, shuningdek, jamoat transportida yo'lovchilar to'lovlarini amalga oshirish tizimlarini to'laligicha raqamlashtirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Bekmurodov, A. (2021). Transport-logistika tizimining iqtisodiy rivojlanishga ta'siri. Toshkent: Fan nashriyoti.

2. World Bank Group (2022). Transport and Logistics: Global Development Indicators. Washington, D.C.: World Bank.

3. Khodjayev, S. (2019). Regional transport tizimi va uning iqtisodiy samaradorligi. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya.

4. Eshonov, U. (2022). Xalqaro transport yo'laklari va ularning iqtisodiyotga ta'siri. Toshkent: Universitet nashriyoti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.