TRANSPORT FAOLIYATINING ASOSIY KO'RSATKICHLARI, RAQOBATBARDOSHLIK KO'RSATKICHLARI VA TRANSPORT
XIZMATI SIFATI
Ergashev Jakhongir Baxodirovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Marketing" kafedrasi assitent-stajyori j axongirergashev727@gmail .com Bahronqulov Ikromjon Azamat o'g'li Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi ikromj onbakhronkulov@gmail .com
Annotasiya. Transport ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmog'i yuklarni va yo'lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xo'jalik tarmoqlari o'rtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani ta'minlaydi. Hozirgi vaqtda logistika tushunchalari yetakchi kompaniyalar tomonidan biznesning asosiy yo'nalishlarini strategik va tezkor boshqarishda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Biznes amaliyotiga zamonaviy logistika boshqaruvini joriy etish kompaniyaning bozorda o' o'rnini topish va iqtisodiy barqarorligini oshirish imkonini beradi. Logistika konsepsiyasidan foydalanish kompaniya resurslarining umumiy xarajatlari darajasini kamaytirishning asosiy zaxiralaridan biridir
Kalit so'zlar:yuk, yo'lovchi, avtotransport , temir yo'l transport, suv transporti, havo transporti, elektr transporti, logistika zanjiri
Annotation: Transport social material production network. it provides for the promotion of cargo and passengers from one place to another, exchange and communication between the regions and districts of the country, enterprises, sectors of the people's economy, as well as within the country. Currently, the concepts of logistics are successfully used by leading companies in the strategic and operational management of the main areas of business. The introduction of modern logistics management into business practice makes it possible to find a place in the market and increase the economic stability of the company. The use of the logistics concept is one of the main reserves of reducing the level of total costs of the company's resources.
Key words: freight, passenger, motor transport, rail transport, water transport, air transport, electric transport, logistics chain.
Kirish. Transport turlarining bir nechta turlari mavjud bo'lib, bular quyidagilar: yer usti transporti (temir yo'l, avtomobil, quvur yo'llari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga ko'ra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportiga va umumiy foydalaniladigan transportga bo'linadi. Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi va xususiyatiga ko'ra, temir yo'lovchilar va yuk tashuvchi transportga bo'linadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy ne'matlar ishlab chiqarish jarayoniga
xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan transportning moddiy ishlab chiqarish tarmog'i sifatida paydo bo'lishi sanoat to'ntarishi bilan bog'liq.
Adabiyotlar sharhi. Mamlakatlar o'rtasida tashqi savdoning o'sishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-asrning oxirida paydo bo'ldi, 20-asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yo'lovchilar tashishni amalga oshirib, temir yo'l va daryo Transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti 20-asrning 1-choragida vujudga keldi.
20-asrda jahon transporti tizimi juda yuksaldi. Rivojlangan mamlakatlarda transport tizimlarining barcha transport turlari (AQSH, Kanada) yoki ayrim transport turlari (G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya)ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.
20-asr boshlariga qadar O'zbekistonda yuk va yo'lovchilar, asosan, temir yo'l, otulov transportlarida, tuya, xachir va boshqa yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. 20-asrning 20-yillaridan avtomobil va xavo transporti, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat transporti vujudga keldi. 80-yillar oxiriga kelib respublika transportining moddiy texnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xo'jaligi.da ishlab chiqarish.ning o'sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo'lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi.
Respublika mustakillikka erishganidan keyin transportning xalq xo'jaligiga va ahrliga xizmat ko'rsatishini tubdan yaxshilash va transportai boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yanvar), "O'zbekiston avtomobil transporti" davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil 8-yanvar), "O'zbekiston temir yo'llari" davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil 7-noyabr) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xo'jaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo'lovchilar tashuvchi transportning barcha turi - temir yo'l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo transporti, quvur yo'llari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari - temir yo'l, avtomobil, tasmali. transport, osma arqon transporti rivoj topgan (yana quyidagilar avtomobil transporti, daryo transporti, dengiz transporti, havo transporti, temir yo'l transporti, shahar transporti).
Respublikaning transport tizimi temir yo'l, avtomobil yo'llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan temir yo'l vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, g'avo flotining yirik aerovokzallari va boshqa infratuzilma bo'linmalarini qamraydigan xalq xo'jaligi kompleksini tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida"gi Qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentabrdan barcha transportlarga texnik ko'rikdan o'tgani to'g'risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlar bundan mustasno). Shuningdek, qaror bilan transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Tahlil va natijalar. Mamlakatning transport tizimi-bu iqtisodiyotning va aholining transportga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan transport korxonalari va infratuzilma larning majmui. Transport tizimini rivojlantirish strategiyasidagi asosiy ko'rsatkichlardan biri mahsulot bahosidagi transport komponenti bo'lib, u rivojlangan mamlakatlar darajasidan 2-2, 5 barobar oshadi. Transport korxonalari va transport jarayonining boshqa ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni tashkil etishda xarajatlarni kamaytirish transport tizimini rivojlantirish strategiyasining maqsadli vazifasidir.
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borar ekan, transport jarayonining samaradorligini oshirish transportai tashkil etishga yangicha yondashuvlarni talab etadi. Bu esa yangi yo'nalish - transport logistikasining paydo bo'lishiga olib keldi.
Transport katta tizimning ajralmas qismi, ya'ni logistika zanjiri sifatida uni turli jihatlarda ko'rib chiqish zarurligiga olib keldi. Zamonaviy sharoitda transport xizmati nafaqat tovarlarni etkazib beruvchidan balkiy iste'molchilar, axborot va tranzaksiya operatsiyalari, yuklarni tashish xizmatlari, sug'urta, xavfsizlik va boshqalarni ham o'z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish korxona nuqtayi nazaridan transportni o'rganishni alohida moddiy-texnik munosabatlar sohasi bilan chegaralab bo'lmaydi. U butun logistika tizimida - birlamchi yetkazib beruvchidan to yakuniy iste'molchigacha, shu jumladan oraliq bosqichlargacha hisobga olinishi kerak.
So'nggi yillarda O'zbekistonda, xususan Toshkent shahrida ko'p qavatli uy-joylar, maktablar va bolalar bog'chalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish obyektlari qurildi. Bu esa ma'lum hududlarda aholi zichligini, transport qatnoviga talabni oshiradi.
Xo'sh, transport qatnovi ehtiyojga mos ravishda yo'lga qo'yilganmi? Transport qatnovi o'rtacha tezligi qanday? Qatnov yuklamasi talabga monandmi? Umuman, mamlakatda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish qanchalik qulay? Bekatlar va transport vositalarida nogiron, qariya va yosh bolali ayollar uchun imkoniyatlar yaratilganmi? Bu xizmatlar sifatini oshirish uchun nimalar qilish kerak va nimalar qilinayapti?
Jahon tajribasini qiyosiy o'rganganda, ko'p narsa ayon bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda transport vositalarining turi, soni va maqbul yo'nalishlari talabga mos ravishda yo'lga qo'yiladi. Masalan, AQSh tajribasiga nazar solsak, jamoat transportlari xizmat sohasida bir qancha ustunliklarga ega ekanligini ko'rish mumkin.
Eng avvalo, AQShda yo'lovchilar qatnovi tig'iz paytda yo'nalishlarga ko'proq transport vositalari chiqariladi. Masalan, ertalab va kechqurun ishga borish va qaytish vaqtida transport vositalari serqatnov bo'ladi. Shu bilan birga harakat yo'nalishi mutanosibligi ham mavjud.
Bizda ham turli yo'nalishlar bo'yicha yo'lovchilar oqimini va aholi ehtiyojlarini muntazam o'rganish va shuning asosida belgilangan yo'nalishlarga transport vositalarini chiqarish, zarurat bo'lsa, qo'shimcha yo'nalishlar ochish, bir-birini takrorlovchi yo'nalishlardagi transport vositalarini talab mavjud bo'lgan yo'nalishlarga yo'naltirish, transport xizmatini zamonaviylik darajasiga olib chiqish zarur.
Shu bilan birga transport vositalarining texnik jihatdan qulaylik darajasini ham oshirish kerak.
Masalan, metrolarimiz misolida oladigan bo'lsak, aytish kerakki, bekatlar dizayn jihatdan juda go'zal. Lekin texnik jihatdan qulay emas. Ya'ni, aholining barcha qatlamlarining ham ehtiyojlari hisobga olinmagan. Masalan, AQShda ko'pgina metro bekatlarida lift borki, qariya, nogiron yoki bola aravasini itarib ketayotgan ota-onalar uchun chiqib-tushish muammo emas. Poyezd vagonlari ichida ham arava uchun maxsus joy ajratilgan. Umuman, aholining barcha qatlamlarining ehtiyoji hisobga olingan.
Bugun Toshkent shahrida yangi metro yo'nalishlari qurilmoqda. Bu yaxshi. Lekin loyihalash, qurilish jarayonlarida ana shu qulaylikni ham hisobga olinsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi.
AQShda avtobuslar ham nogironlar va yosh bolalar aravachasini avtobusga olib chiqish va tushishda qiyinchiliklar tug'ilmasligi uchun avtobuslar maxsus ko'tarma pandus-ko'prikchalar bilan jihozlangan.
Bugun birgina Nyu-York shahrida bir kunda jamoat transportidan foydalanuvchi yo'lovchilarning 11,2 foizi nogiron kishilar sanaladi. O'zbekistonda esa 650 mingdan ziyod turli darajadagi nogironligi bo'lgan kishilar ro'yxatga olingan. Lekin, respublikamizdagi j amoat transportlari va bekatlari turli guruhdagi kishilarga transport vositalaridan bemalol foydalanish imkonini beruvchi jahon standartlarga mos maxsus imkoniyatlari bilan ta'minlanmagan.
Shu bila birga, avtobuslarda velosiped qo'yish uchun ham maxsus joy ajratilgan. Yana bir jihati AQShda ko'pgina avtobuslar, bekatlar ko'rish va eshitish imkoniyati cheklangan yo'lovchilarga har bir bekat nomini avtomatik tarzda aytib va ko'rsatib turuvchi yorug' yozuvlar, ovozli texnik vositalar bilan jihozlangan. Hatto, yo'llar, piyodalar yo'lakchasi va boshqa turli o'tish joylari ham nogironlar va yosh bolalar aravachasiga moslashtirilgan holda zinalarsiz, tekis qurilgan bo'lib, bemalol harakatlanishga izn beradi.
AQShda jamoat transport xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi yana bir qulay imkoniyati shuki, transport vositalari ob-havoga mos ravishda isitish-sovutish tizimi bilan ta'minlanadi. Ko'pgina metro va avtobus bekatlarida bepul Wi-Fi internet xizmatlari ham yo'lga qo'yilgan.
Shu bilan birga ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda velosiped va boshqa motorsiz transport turlari ham rivojlangan. Bu transport turning o'ziga yarasha afzal tomonlari bor. Bu mamalakatlar aholisi o'rtasida ham bu transport turidan foydalanish ko'nikmasi shakllangan. Bizda ham "Bike Sharing" veloprokat tizimini joriy etish maqsadga muvofiq, nazarimizda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning mart oyida "Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi. Jumladan, unda "O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020-yilda Toshkent shahrida 152 ta yo'lovchi tashish transport yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish natijasida 131 tasini optimallashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yo'nalishlarni ochish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin" deb yoziladi.
Umuman, qarorda yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirishga qaratilgan ko'pgina chora-tadbirlar tilga olingan. Qarordagi vazifalar qanchalik amalga oshirilishini esa vaqt ko'rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 16.03.2020 dagi 157 sonli. "Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori . 16.03.2020 dagi
2. Lesov K.S. Temir yo'llar qurilishi texnologiyasi va tashkili: o'quv qo'llanma. -T.: Complex Print, 2020. - 223 b. - Adabiyotlar: b. 221-223(35 nomda). - ISBN 9789943-6641-2-8 0.
3. Salixanov S.S. Transport inshootlarini loyihalash va qurish: O'quv qo'llanma. -T.: Complex Print, 2020. - 1-qism.
4. Alibekov B.I. Mintaqadagi transport komplekslari uchun logistika boshqaruv tizimini modellashtirish / B.I. Alibekov, V.P. Jukov // M.: 2007. 276 b.